

<!DOCTYPE html>

<html lang="en-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/en/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-5628861" id="-5628861">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2604178" id="-2604178">Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2604179" id="-2604179">Shartnoma</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2604197" id="-2604197">1970-yil 19-iyun, Vashington</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2604199" id="-2604199">(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirdi)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2604181" id="-2604181"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2604183" id="-2604183">Ahdlashuvchi davlatlar,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628863" id="-5628863">Fan va texnika taraqqiyotiga hissa qoʻshishni istagan holda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628864" id="-5628864">Ixtirolarning huquqiy jihatdan muhofaza qilinishini takomillashtirishga intilgan holda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628865" id="-5628865">Ixtirolarga muhofaza bir nechta mamlakatda soʻralganda muhofaza olishni soddalashtirishga va tejamli qilishga intilgan holda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628866" id="-5628866">Yangi ixtirolarni tavsiflovchi hujjatlarda mavjud boʻlgan texnik axborotdan jamoat foydalana olishini yengillashtirishga va jadallashtirishga intilgan holda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628867" id="-5628867">Rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud, milliy yoki mintaqaviy tizimlar boʻlishidan qatʼi nazar, ularning oʻziga xos ehtiyojlariga javob beradigan mavjud texnik yechimlar toʻgʻrisidagi axborotdan yanada tezda foydalana olishni taʼminlash hamda doimiy oshib boradigan zamonaviy texnik yutuqlardan foydalanishni yengillashtirish vositasida ixtirolarni muhofaza qilishning huquqiy tizimlari samaradorligini oshirishga moʻljallangan choralarni koʻrish yoʻli bilan mazkur mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini ragʻbatlantirish va jadallashtirishni istagan holda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628868" id="-5628868">Davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik ushbu maqsadlarga erishishda sezilarli darajada yordam berishiga qatʼiy ishonch qilgan holda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628869" id="-5628869">ushbu Shartnomani tuzdilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628870" id="-5628870">KIRISh QOIDALARI</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628871" id="-5628871">1-modda <br />Ittifoqni taʼsis etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628872" id="-5628872">(1) Ushbu Shartnomaning ishtirokchilari boʻlgan davlatlar (bundan buyon “Ahdlashuvchi davlatlar” deb nomlanadi) ixtirolarni muhofaza qilish uchun talabnomalar topshirish sohasida hamkorlik qilish, ular boʻyicha izlash va ekspertiza oʻtkazish, shuningdek maxsus texnik xizmatlarni koʻrsatish uchun Ittifoq tashkil qiladilar. Ushbu Ittifoq Xalqaro patent kooperatsiyasi ittifoqi deb nomlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628873" id="-5628873">(2) Ushbu Shartnomaning hech bir qoidalari Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasida nazarda tutilgan huquqlarni, ushbu Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan davlatning har qanday fuqarosi yoki ushbu mamlakatda yashayotgan shaxs huquqlarini cheklash sifatida tushunmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628877" id="-5628877">2-modda<br /> Tushunchalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628878" id="-5628878">Ushbu Shartnoma va Yoʻriqnoma maqsadlari uchun, agar boshqacha qoida bayon qilinmagan boʻlsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628879" id="-5628879">(i) “talabnoma” ixtironi muhofaza qilish uchun talabnomani anglatadi; “talabnoma”ga havolalar patentlar, mualliflik guvohnomalari, foydalilik toʻgʻrisida guvohnomalar, foydali modellar, qoʻshimcha patentlar yoki qoʻshimcha guvohnomalar, qoʻshimcha mualliflik guvohnomalari va foydalilik toʻgʻrisida qoʻshimcha guvohnomalar sifatida tushunilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628880" id="-5628880">(ii) “patent”ga havolalar patentlar, mualliflik guvohnomalari, foydalilik toʻgʻrisida guvohnomalar, foydali modellar, qoʻshimcha patentlar yoki qoʻshimcha guvohnomalar, qoʻshimcha mualliflik guvohnomalari va foydalilik toʻgʻrisida qoʻshimcha guvohnomalar sifatida tushunilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628881" id="-5628881">(iii) “milliy patent” milliy organ tomonidan berilgan patentni anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628882" id="-5628882">(iv) “mintaqaviy patent” milliy yoki patentlarni berish huquqiga ega boʻlgan hukumatlararo organ tomonidan berilgan, bittadan ortiq davlatda amal qiladigan patentni anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628883" id="-5628883">(v) “mintaqaviy talabnoma” mintaqaviy patent uchun talabnomani anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628884" id="-5628884">(vi) “milliy talabnoma”ga havolalar milliy patentlar va mintaqaviy patentlar uchun talabnomalarga havolalar sifatida tushunilishi kerak, ushbu Shartnomaga muvofiq berilgan talabnomalar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628885" id="-5628885">(vii) “xalqaro talabnoma” ushbu Shartnomaga muvofiq berilgan talabnomani anglatadi; “talabnoma”ga havolalar xalqaro talabnomalarga va milliy talabnomalarga havolalar sifatida tushunilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628886" id="-5628886">(ix) “patent”ga havolalar milliy patentlar va mintaqaviy patentlarga havolalar sifatida tushunilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628887" id="-5628887">(x) “milliy qonunchilik”ka havolalar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligiga yoki mintaqaviy talabnoma yoxud mintaqaviy patent haqida soʻz yuritilayotganda mintaqaviy talabnomalar yoki mintaqaviy patentlar berishni nazarda tutadigan shartnomaga havolalar sifatida tushunilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628888" id="-5628888">(xi) muddatlarni hisoblash maqsadlari uchun “ustuvorlik sanasi” quyidagilarni anglatadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628890" id="-5628890">(a) agar xalqaro shartnoma 8-moddaga muvofiq ustuvorlikka daʼvoni ichiga olsa, ustuvorligi bunday tarzda soʻralayotgan talabnomaning berilgan sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628893" id="-5628893">(b) agar xalqaro shartnoma 8-moddaga muvofiq bir nechta ustuvorlikka daʼvoni ichiga olsa, ustuvorligi bunday tarzda soʻralayotgan eng erta berilgan talabnomaning sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628897" id="-5628897">(c) agar xalqaro talabnoma 8-moddaga muvofiq ustuvorlikka daʼvoni ichiga olmasa, ushbu talabnomaning berilgan sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628898" id="-5628898">(xii) “milliy idora” hukumat organini yoki patentlarni berishga vakolatli boʻlgan Ahdlashuvchi davlatni anglatadi; “milliy idora”ga havolalar bir nechta davlatlar tomonidan mintaqaviy patentlarni berishga vakil qilingan har qanday hukumatlararo organga havola sifatida tushunilishi kerak, shu shart bilanki, bunda ushbu davlatlardan eng kamida bittasi Ahdlashuvchi davlat boʻlishi va ushbu davlatlar yuqorida qayd etilgan organga mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma milliy idoralarga nisbatan nazarda tutadigan majburiyatlarni zimmasiga olishga va huquqlarni amalga oshirishga vakolat bergan boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628900" id="-5628900">(xiii) “koʻrsatilgan idora” ushbu Shartnomaning I bobiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan davlatning milliy idorasini yoki davlat nomidan amal qiladigan milliy idorani anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628904" id="-5628904">(xiv) “tanlangan idora” ushbu Shartnomaning II bobiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan tanlangan davlatning milliy idorasini yoki davlat nomidan amal qiladigan milliy idorani anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628908" id="-5628908">(xv) “qabul qiluvchi idora” xalqaro talabnoma beriladigan milliy idorani yoki hukumatlararo tashkilotni anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628910" id="-5628910">(xvi) “Ittifoq” Xalqaro patent kooperatsiyasi ittifoqini anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628913" id="-5628913">(xvii) “Assambleya” Ittifoq Assambleyasini anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628915" id="-5628915">(xviii) “Tashkilot” Jahon intellektual mulk tashkilotini anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628917" id="-5628917">(xix) “Xalqaro byuro” Tashkilotning Xalqaro byurosini va Xalqaro intellektual mulkni muhofaza qilish boʻyicha birlashgan byurolarni (BIRPI) BIRPI mavjud boʻlishiga qadar anglatadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628920" id="-5628920">(xx) “Bosh direktor” Tashkilotning Bosh direktorini va BIRPI mavjud boʻlishiga qadar BIRPI direktorini anglatadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628922" id="-5628922">I BOB<br /> XALQARO TALABNOMA VA XALQARO IZLASh </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628926" id="-5628926">3-modda <br />Xalqaro talabnoma </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628929" id="-5628929">(1) Ixtirolarni muhofaza qilish uchun talabnomalar Ahdlashuvchi davlatlarning istalgan birida ushbu Shartnomaga muvofiq xalqaro talabnomalar sifatida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628931" id="-5628931">(2) Xalqaro talabnoma ushbu Shartnomada va Yoʻriqnomada belgilanganidek ariza, ixtiro tavsifi, ixtiro formulasining bitta bandi yoki bir necha bandi, bitta yoki bir nechta chizma (agar bu zarur boʻlsa) va referatni ichiga olishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628933" id="-5628933">(3) Referat faqat texnik axborot maqsadlari uchun xizmat qiladi va boshqa maqsadlarda, xususan soʻralayotgan muhofaza hajmini talqin qilish uchun eʼtiborga olinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628934" id="-5628934">(4) Xalqaro talabnoma:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628935" id="-5628935">(i) belgilangan tilda tuzilgan boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628937" id="-5628937">(ii) xalqaro talabnomani rasmiylashtirish uchun belgilangan talablarga javob berishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628940" id="-5628940">(iii) ixtironing birligiga doir belgilangan talabga javob berishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628943" id="-5628943">(iv) belgilangan bojlar toʻlanishi bilan birga yuritilishi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628949" id="-5628949">4-modda <br />Ariza </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629693" id="-5629693">(1) Ariza quyidagilarni ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629694" id="-5629694">(i) xalqaro talabnoma ushbu Shartnomaga koʻra koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida iltimosnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629695" id="-5629695">(ii) Ahdlashuvchi davlatni yoki xalqaro talabnoma asosida ixtiro muhofazasi soʻralayotgan davlatlarni koʻrsatilishi (“koʻrsatilgan davlatlar”); agar biror-bir koʻrsatilgan davlatga nisbatan mintaqaviy patent soʻrash mumkin boʻlsa va talabnoma beruvchi milliy patent emas, balki mintaqaviy patent olishni istasa, arizada bu bayon qilinishi kerak: agar mintaqaviy patent toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq talabnoma beruvchi oʻz talabnomasini ushbu shartnoma ishtirokchisi boʻlgan alohida davlatlar bilan cheklash imkoniyatiga ega boʻlmasa, ushbu davlatlardan bittasini koʻrsatilishi va mintaqaviy patentni olish haqidagi iltimos ushbu shartnoma ishtirokchilari boʻlgan barcha davlatlarni koʻrsatilishi sifatida koʻrilishi kerak; agar koʻrsatilgan davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq ushbu davlatni koʻrsatilishi mintaqaviy patent uchun talabnoma kuchiga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatma mintaqaviy patentni olish niyati sifatida koʻrib chiqilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629696" id="-5629696">(iii) talabnoma beruvchi va agent (agar u mavjud boʻlsa) nomi hamda u haqida aniqlangan boshqa maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629697" id="-5629697">(iv) ixtironing nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629698" id="-5629698">(v) ixtirochi nomi va u haqida aniqlangan boshqa maʼlumotlar, agar koʻrsatilgan davlatlardan eng kamida bittasining milliy qonunchiligi ushbu maʼlumotlar milliy talabnoma berish bilan bir vaqtda taqdim etilishini talab qilsa. Aks holda mazkur maʼlumotlar milliy qonunchiligi ularni taqdim etishni talab qiladigan, ammo ularni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga ruxsat beradigan davlatning har bir koʻrsatilgan idorasiga yoʻllangan arizada yoki alohida xatlarda taqdim etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629699" id="-5629699">(2) Ahdlashuvchi davlatlardan har birini koʻrsatganlik uchun belgilangan boj belgilangan muddatda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629700" id="-5629700">(3) Agar talabnoma beruvchi 43-moddada sanab oʻtilgan muhofaza turlaridan birortasini soʻramasa, davlatni koʻrsatilishi soʻralayotgan muhofaza koʻrsatilgan davlat tomonidan yoki ushbu davlatga nisbatan patent berilishidan iboratligini anglatadi. Ushbu band maqsadlari uchun 2(ii)-moddasi qoidalari qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629701" id="-5629701">(4) Arizada ixtirochi nomi va u haqida aniqlangan boshqa maʼlumotlarning yoʻqligi milliy qonunchiligi ushbu maʼlumotlar taqdim etilishini talab qiladigan, ammo ularni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga ruxsat beradigan har qanday koʻrsatilgan davlatda hech qanday oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Mazkur maʼlumotlarni alohida xatda taqdim etilmasligi milliy qonunchiligi ushbu maʼlumotlar taqdim etilishini talab qiladigan har qanday koʻrsatilgan davlatda hech qanday oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629702" id="-5629702">5-modda <br />Ixtiro tavsifi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629703" id="-5629703">Tavsif ixtiro ushbu sohadagi mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlishi uchun ixtironi yetarli darajada aniq va toʻliq ochib berishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629704" id="-5629704">6-modda<br /> Ixtiro formulasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629705" id="-5629705">Ixtiro formulasining bandi yoki bandlari muhofaza soʻralayotgan obyektni aniqlashi kerak. Ixtiro formulasining bandlari ravshan va aniq boʻlishi kerak. Ular ixtiro tavsifi bilan toʻliq asoslanishi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629706" id="-5629706">7-modda<br /> Chizmalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629707" id="-5629707">(1) Chizmalar (2)(ii)-bandining qoidalarini inobatga olgan holda, ular ixtironi tushunish uchun zarur boʻlganda taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629708" id="-5629708">(2) Agar chizmalar ixtironi tushunish uchun zarur boʻlmasa, ammo ixtiro tabiati chizmalar koʻrinishidagi rasmlarga yoʻl qoʻysa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629709" id="-5629709">(i) talabnoma beruvchi bunday chizmalarni xalqaro talabnomaga uni berish chogʻida qoʻshishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629710" id="-5629710">(ii) har qanday koʻrsatilgan idora talabnoma beruvchi bunday chizmalarni belgilangan muddatda taqdim etishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629711" id="-5629711">8-modda <br />Ustuvorlikni daʼvo qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629712" id="-5629712">(1) Xalqaro talabnoma Yoʻriqnomada belgilangan tartibda Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining ishtirokchisi boʻlgan har qanday davlatga yoki har qanday bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki ilgarigi bir nechta talabnomaning ustuvorligi toʻgʻrisida arizani ichiga olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629713" id="-5629713">(2) (a) (1)-bandiga muvofiq bayon qilingan ustuvorlikka har qanday daʼvoning shartlari va oqibatlari (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining Stokgolm Hujjatining 4-moddasida nazarda tutilgani kabi boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629714" id="-5629714">(b) Ahdlashuvchi davlatga yoki bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki ilgarigi bir nechta talabnomaning ustuvorligi soʻralayotgan xalqaro talabnoma ushbu davlat koʻrsatilishini ichiga olishi mumkin. Agar xalqaro talabnoma biror-bir koʻrsatilgan davlatga yoki bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki bir nechta milliy talabnoma ustuvorligi soʻralayotgan boʻlsa yoki faqat bitta davlat koʻrsatilgan boshqa xalqaro talabnomaning ustuvorligi soʻralayotgan boʻlsa, ushbu davlatda ustuvorlikka daʼvo shartlari va oqibatlari uning milliy qonunchiligi bilan tartibga solinadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629715" id="-5629715">9-modda <br />Talabnoma beruvchi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629716" id="-5629716">(1) Ahdlashuvchi davlatning har qanday fuqarosi yoki ushbu davlatda yashayotgan shaxs xalqaro talabnomani berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629717" id="-5629717">(2) Assambleya Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining ishtirokchisi boʻlgan, ushbu Shartnomada ishtirok etmaydigan har qanday davlatning fuqarolariga, shuningdek ushbu mamlakatda yashayotgan shaxslarga xalqaro talabnomalarni berishga imkon beradigan qaror qabul qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629718" id="-5629718">(3) Fuqarolik va yashash joyi tushunchalari, shuningdek ushbu tushunchalarni bir nechta talabnoma beruvchilar mavjud boʻlgan yoki talabnoma beruvchilar barcha koʻrsatilgan davlatlar uchun aynan bir xil boʻlmagan hollarda qoʻllash Yoʻriqnomada aniqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629719" id="-5629719">10-modda<br /> Qabul qiluvchi idora </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629720" id="-5629720">Xalqaro talabnoma belgilangan qabul qiluvchi idoraga beriladi, u mazkur talabnomani ushbu Shartnomada va Yoʻriqnomada nazarda tutilgan tartibda tekshiradi va koʻrib chiqadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629721" id="-5629721">11-modda <br />Xalqaro talabnomani berish sanasi va oqibatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629722" id="-5629722">(1) Qabul qiluvchi idora, agar xalqaro talabnomani olish chogʻida idora quyidagi xulosaga kelsa, xalqaro berilgan sana sifatida xalqaro talabnoma olingan sanani belgilaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629723" id="-5629723">(i) talabnoma beruvchi fuqarolik yoki yashash joyi sabablari tufayli mazkur qabul qiluvchi idoraga xalqaro talabnomani berish huquqidan mutlaq aniqlik bilan mahrum qilinmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629724" id="-5629724">(ii) xalqaro talabnoma belgilangan tilda tuzilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629725" id="-5629725">(iii) xalqaro talabnoma eng kamida quyidagilarni ichiga olsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629726" id="-5629726">(a) u xalqaro talabnoma sifatida berilayotganligi haqida mulohaza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629727" id="-5629727">(b) eng kamida bitta Ahdlashuvchi davlat koʻrsatilganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629728" id="-5629728">(c) belgilanganidek talabnoma beruvchining nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629730" id="-5629730">(d) sirtdan qaralganda ixtiro tavsifi sifatida taqdim etilayotgan qism;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629729" id="-5629729">(e) sirtdan qaralganda ixtiro formulasi bandi yoki bandlari sifatida taqdim etilayotgan qism.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629731" id="-5629731">(2) (a) Agar qabul qiluvchi idora xalqaro talabnoma uni olish sanasida (1)-bandda sanab oʻtilgan talablarni qanoatlantirmasligini aniqlasa, mazkur idora talabnoma beruvchiga Yoʻriqnomada nazarda tutilgani kabi zarur tuzatishlar kiritishni taklif qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629732" id="-5629732">(b) Agar talabnoma beruvchi ushbu talabni Yoʻriqnomaga muvofiq bajarsa, qabul qiluvchi idora xalqaro berilgan sana sifatida talab qilingan tuzatishlar olingan sanani belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629733" id="-5629733">(3) 64(4)-moddada nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda, (1)-bandning (i) — (iii) kichik bandlarida sanab oʻtilgan talablarga javob beradigan va oʻziga nisbatan xalqaro berilgan sana belgilangan har qanday xalqaro talabnoma har bir koʻrsatilgan davlatda xalqaro berilgan sanadan eʼtiboran toʻgʻri rasmiylashtirilgan milliy talabnoma kuchiga ega boʻladi, mazkur sana har bir koʻrsatilgan davlatda amal qiladigan berilgan sana deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629734" id="-5629734">(4) (1)-bandning (i) — (iii) kichik bandlarida sanab oʻtilgan talablarga javob beradigan xalqaro talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasi nuqtai nazaridan toʻgʻri rasmiylashtirilgan milliy talabnoma berishga tenglashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629739" id="-5629739">12-modda <br />Xalqaro talabnomani Xalqaro byuroga va Xalqaro izlash organiga yuborish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629740" id="-5629740">(1) Yoʻriqnomada nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq, xalqaro talabnomaning bir nusxasi qabul qiluvchi idorada (“qabul qiluvchi idoraning nusxasi”) saqlanadi, bir nusxasi (“roʻyxatdan oʻtkaziladigan nusxasi”) Xalqaro byuroga joʻnatiladi va bir nusxasi (“izlash uchun nusxasi”) 16-moddada qayd etib oʻtilgan vakolatli Xalqaro izlash organiga joʻnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629741" id="-5629741">(2) Roʻyxatdan oʻtkaziladigan nusxasi xalqaro talabnomaning asli deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629743" id="-5629743">(3) Agar roʻyxatdan oʻtkaziladigan nusxasi belgilangan muddatda Xalqaro byuro tomonidan olinmagan boʻlsa, xalqaro talabnoma olib qoʻyilgan deb hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629744" id="-5629744">13-modda<br /> Koʻrsatilgan idoralar tomonidan xalqaro talabnoma nusxasini olish imkoniyati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629745" id="-5629745">(1) Har qanday koʻrsatilgan idora Xalqaro byurodan unga xalqaro talabnomaning nusxasini 20-moddada nazarda tutilgan yuborishga qadar joʻnatishni soʻrashi mumkin va Xalqaro byuro ustuvorlik sanasidan eʼtiboran bir yil oʻtgach darhol bunday nusxani koʻrsatilgan idoraga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629747" id="-5629747">(2) (a) Talabnoma beruvchi oʻz xalqaro talabnomasining nusxasini har qanday vaqtda har qanday koʻrsatilgan idoraga yuborishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629750" id="-5629750">(b) Talabnoma beruvchi Xalqaro byurodan oʻzidagi xalqaro talabnomaning nusxasini har qanday vaqtda har qanday koʻrsatilgan idoraga yuborishni soʻrashi mumkin va Xalqaro byuro nusxani bunday idoraga darhol yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629752" id="-5629752">(c) Har qanday milliy idora Xalqaro byuroni u (b) kichik bandida nazarda tutilgani kabi nusxalarni olishni istamasligini xabardor qilishi mumkin; bunday holatda qayd etib oʻtilgan kichik bandi ushbu idoraga nisbatan qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629754" id="-5629754">14-modda<br /> Xalqaro talabnomaning ayrim kamchiliklari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629755" id="-5629755">(1) (a) Qabul qiluvchi idora xalqaro talabnomada kamchiliklardan biror-biri mavjudligini, aynan esa quyidagilarni tekshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629756" id="-5629756">(i) Yoʻriqnomada nazarda tutilganidek imzolanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629758" id="-5629758">(ii) talabnoma beruvchi toʻgʻrisida belgilangan maʼlumotlar mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629759" id="-5629759">(iii) nomi mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629760" id="-5629760">(iv) referat mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629761" id="-5629761">(v) xalqaro talabnomani rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga Yoʻriqnomada nazarda tutilgani darajasida qanoatlantirmasligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629762" id="-5629762">(b) Agar qabul qiluvchi idora qayd etib oʻtilgan kamchiliklardan biror-biri mavjudligini aniqlasa, u talabnoma beruvchiga xalqaro talabnomani belgilangan muddatda toʻgʻirlashni taklif qiladi; ushbu talab bajarilmagan taqdirda, talabnoma olib qoʻyilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qoʻyish haqida maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629763" id="-5629763">(2) Agar xalqaro talabnomada chizmalarga havola qilinsa va ular haqiqatda ham talabnomaga kiritilmagan boʻlsa, qabul qiluvchi idora bu haqda talabnoma beruvchini xabardor qiladi va u belgilangan muddatda chizmalarni taqdim etishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi buni bajarsa, qabul qiluvchi idora tomonidan chizmalar olingan sana xalqaro berilgan sana deb hisoblanadi. Aks holda mazkur chizmalarga har qanday havola haqiqiy emas deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629764" id="-5629764">(3) (a) Agar qabul qiluvchi idora 3(4)(iv)-moddada nazarda tutilgan bojlar belgilangan muddatda toʻlanmaganligini yoki 4(2)-moddada nazarda tutilgan boj koʻrsatilgan davlatlardan hech biriga toʻlanmaganligini aniqlasa, xalqaro talabnoma olib qoʻyilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qoʻyish haqida maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629765" id="-5629765">(b) Agar qabul qiluvchi idora 4(2)-moddada nazarda tutilgan boj belgilangan muddatda bitta yoki undan ortiq davlatga toʻlanganligini, ammo barcha koʻrsatilgan davlatlarga ham toʻlanmaganligini aniqlasa, belgilangan muddatda boj toʻlanmagan davlatlarni koʻrsatilganligi olib qoʻyilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qoʻyish haqida maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629766" id="-5629766">(4) Agar qabul qiluvchi idora xalqaro talabnomani xalqaro berish sanasi aniqlanganidan keyin belgilangan muddatda 11-moddaning (1)-bandi (i) — (iii) kichik bandlarida sanab oʻtilgan talablardan biror-biri ushbu sanaga bajarilmaganligini aniqlasa, mazkur talabnoma olib qoʻyilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qoʻyish haqida maʼlum qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629768" id="-5629768">15-modda<br /> Xalqaro izlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629771" id="-5629771">(1) Har bir xalqaro talabnoma boʻyicha xalqaro izlash oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629773" id="-5629773">(2) Texnikaning tegishli darajasini aniqlash xalqaro izlashning maqsadidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629775" id="-5629775">(3) Xalqaro izlash ixtiro formulasi asosida ixtiro tavsifi va chizmalarni (agar ular boʻlsa) lozim darajada hisobga olgan holda oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629776" id="-5629776">(4) 16-moddada qayd etib oʻtilgan Xalqaro izlash organi oʻzidagi mavjud imkoniyatlar darajasida tegishli texnika darajasini aniqlashga intiladi va har qanday holatda ham Yoʻriqnomada belgilangan hujjatlardan foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629777" id="-5629777">(5) (a) Milliy talabnomani Ahdlashuvchi davlatning milliy idorasiga yoki bunday davlat nomidan amal qiluvchi milliy idoraga beradigan talabnoma beruvchi, agar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligi bilan va ushbu qonunchilikda belgilangan shartlarga muvofiq bunga ruxsat berilsa, oʻzining talabnomasi boʻyicha xalqaro izlashga aynan oʻxshash izlash (“xalqaro turdagi izlash”) oʻtkazilishini soʻrashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629779" id="-5629779">(b) Ahdlashuvchi davlatning milliy idorasi yoki bunday davlat nomidan amal qiluvchi milliy idora, agar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligi bilan bunga ruxsat berilsa, mazkur idoraga berilgan har qanday milliy talabnoma boʻyicha xalqaro turdagi izlashni oʻtkazishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629781" id="-5629781">(c) Xalqaro tardagi izlash 16-moddada qayd etib oʻtilgan,agar ushbu milliy talabnoma xalqaro talabnoma boʻlganida hamda (a) va (b) kichik bandlarida qayd etib oʻtilgan idoraga berilganida xalqaro izlashni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan Xalqaro izlash organi tomonidan oʻtkaziladi. Agar milliy talabnoma Xalqaro izlash organi talabnomalarni koʻrib chiqish imkoniga ega boʻlmagan tilda tuzilgan boʻlsa, xalqaro turdagi izlash xalqaro talabnomalar uchun belgilangan va mazkur Xalqaro izlash organi xalqaro talabnomalarni qabul qilish majburiyatini olgan tilga talabnoma beruvchi tomonidan tayyorlangan tarjima boʻyicha oʻtkaziladi. Milliy talabnoma va talab qilinganida uning tarjimasi xalqaro talabnomalar uchun belgilangan shakl boʻyicha taqdim etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629783" id="-5629783">16-modda <br />Xalqaro izlash organi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629785" id="-5629785">(1) Xalqaro izlash Xalqaro izlash organi tomonidan oʻtkaziladi, mazkur organ sifatida milliy idora yoki hukumatlararo tashkilot, masalan Xalqaro patent instituti boʻlishi mumkin, uning vazifalari qatoriga bayon qilingan ixtirolarga nisbatan texnika darajasini aniqlash boʻyicha izlash haqidagi hujjatlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629786" id="-5629786">(2) Agar yagona Xalqaro izlash organi taʼsis qilinishiga qadar boʻlgan davrda bir nechta xalqaro izlash organi mavjud boʻlsa, har bir qabul qiluvchi idora (3)(b)-bandida qayd etib oʻtilgan kelishuv shartlariga muvofiq Xalqaro izlash organini yoki ushbu idoraga beriladigan xalqaro talabnomalar boʻyicha izlashni oʻtkazishga vakolatli boʻlgan organlarni koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629787" id="-5629787">(3) (a) Xalqaro izlash organlari Assambleya tomonidan tayinlanadi. (s) kichik bandida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan har qanday milliy idora yoki har qanday hukumatlararo tashkilot xalqaro izlash organi sifatida tayinlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629788" id="-5629788">(b) Tayinlash bunday Organ sifatida tayinlanadigan milliy idora yoki hukumatlararo tashkilotning roziligi bilan hamda ushbu idora yoki tashkilot va Xalqaro byuro oʻrtasida Assambleya tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan kelishuv tuzilganligi sharti bilan amalga oshiriladi. Kelishuvda tomonlarning huquq va majburiyatlari, xususan bunday idora yoki tashkilotning xalqaro izlashning barcha umumiy qoidalarini qoʻllash va ularga rioya qilish yuzasidan rasmiy majburiyati belgilanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629789" id="-5629789">(s) Yoʻriqnoma, xususan tayinlanishi mumkin boʻlishidan oldin har qanday idora yoki tashkilot javob berishi kerak boʻlgan va ularni tayinlashning jami muddati davomida ular javob berishi kerak boʻlgan xodimlar va hujjatlarga nisbatan eng kam talablarni nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629790" id="-5629790">(d) Tayinlash maʼlum bir muddatga amalga oshiriladi, mazkur muddat uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629791" id="-5629791">(e) Biror-bir milliy idorani yoki hukumatlararo tashkilotni tayinlash, shuningdek bunday tayinlash muddatini uzaytirish yoki tugatish haqida qaror qabul qilishdan avval Assambleya manfaatdor idorani yoki tashkilotni eshitadi va 56-moddada qayd etib oʻtilgan Texnik hamkorlik qoʻmitasining fikrini ushbu Qoʻmita tuzilganidan keyin soʻraydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629793" id="-5629793">17-modda <br />Xalqaro izlash organi tomonidan qoʻllaniladigan tartib-taomil </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629794" id="-5629794">(1) Xalqaro izlash organi tomonidan qoʻllaniladigan tartib-taomil ushbu Shartnoma, Yoʻriqnomaning va Xalqaro byuro ushbu Organ bilan mazkur Shartnoma va Yoʻriqnomaga muvofiq tuzadigan kelishuvning qoidalari bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629795" id="-5629795">(2) (a) Agar Xalqaro izlash organi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629796" id="-5629796">(i) xalqaro talabnoma Yoʻriqnomaga muvofiq Xalqaro izlash organi xalqaro izlashni oʻtkazishi shart boʻlmagan obyektga taalluqli deb hisoblasa va mazkur holatda u bunday izlashni oʻtkazmaslik haqida qaror qabul qilsa yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629797" id="-5629797">(ii) ixtiro tavsifi, ixtiro formulasi yoki chizmalar belgilangan talablarni toʻlaqonli izlashni oʻtkazish mumkin boʻlmaydigan darajada qanoatlantirmasa, mazkur Organ bunday faktni deklaratsiyada qayd etadi va talabnoma beruvchi hamda Xalqaro byuroni xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobot tayyorlanmasligi haqida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629799" id="-5629799">(b) Agar (a) kichik bandida qayd etib oʻtilgan vaziyatlardan istalgani faqat formulaning ayrim bandlari munosabati bilan aniqlangan boʻlsa, u holda xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobot bunday bandlarga nisbatan tegishli mulohazani oʻz ichiga oladi, ayni vaqtda ixtironing boshqa bandlari boʻyicha mazkur hisobot 18-moddaga muvofiq tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629802" id="-5629802">(3) (a) Agar Xalqaro izlash organi xalqaro talabnoma Yoʻriqnoma bilan belgilangan ixtironing birligi talabini qanoatlantirmaydi deb hisoblasa, u talabnoma beruvchiga qoʻshimcha bojlar toʻlashni taklif qiladi. Xalqaro izlash organi xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobotni xalqaro talabnomaning formulada birinchi boʻlib qayd etilgan ixtiroga (“bosh ixtiro”) taalluqli qismlari boʻyicha, shuningdek talab qilingan qoʻshimcha bojlarni belgilangan muddatda toʻlanishi sharti bilan xalqaro talabnomaning bunday bojlar toʻlangan ixtirolarga taalluqli qismlari boʻyicha tayyorlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629803" id="-5629803">(b) Har qanday koʻrsatilgan davlatning milliy qonunchiligi ushbu davlatning milliy idorasi Xalqaro izlash organining (a) kichik bandida qayd etib oʻtilgan taklifini asosli deb topgan va talabnoma beruvchi barcha qoʻshimcha bojlarni toʻlamagan taqdirda, agar talabnoma beruvchi ushbu davlatning milliy idorasiga maxsus bojni toʻlamasa, xalqaro talabnomaning izlash oʻtkazilmagan qismlari ushbu davlatda amal qilishiga nisbatan olib qoʻyilgan deb hisoblanishini nazarda tutishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629806" id="-5629806">18-modda <br />Xalqaro izlash toʻgʻrisida hisobot </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629808" id="-5629808">(1) Xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobot belgilangan muddatda va belgilangan shaklda tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629809" id="-5629809">(2) Xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobot u tayyorlaganidan keyin darhol Xalqaro izlash organi tomonidan talabnoma beruvchiga va Xalqaro byuroga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629816" id="-5629816">(3) Xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobot yoki 17(2)(a)-moddada qayd etib oʻtilgan deklaratsiya Yoʻriqnomada nazarda tutilgan tilga tarjima qilinadi. Tarjima Xalqaro byuroning oʻzi tomonidan yoki uning buyurtmalari boʻyicha, ammo uning javobgarligi ostida bajariladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629817" id="-5629817">19-modda <br />Xalqaro byuroda ixtiro formulasini oʻzgartirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629819" id="-5629819">(1) Xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobotni olganidan keyin talabnoma beruvchi oʻzgartishlarni Xalqaro byuroga belgilangan muddatda taqdim qilgan holda xalqaro talabnoma formulasini bir marta oʻzgartirish huquqiga ega boʻladi. Talabnoma beruvchi bir vaqtda Yoʻriqnomaga muvofiq oʻzgartishlarning qisqacha tushuntirishini taqdim etishi va ular ixtiro tavsifi hamda chizmalarda qanday aks etganligini koʻrsatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629820" id="-5629820">(2) Oʻzgartishlar dastlabki topshirilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629821" id="-5629821">(3) Agar biror-bir koʻrsatilgan davlatning milliy qonunchiligi oʻzgartishlar dastlabki topshirilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqishiga ruxsat bersa, (2) bandga rioya qilmaslik ushbu davlatda oqibatlarga ega boʻlmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629822" id="-5629822">20-modda<br /> Xalqaro talabnoma materiallarini koʻrsatilgan idoralarga yuborish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629823" id="-5629823">(1) (a) Xalqaro talabnoma xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobot (jumladan 17(2)(b)- moddada qayd etib oʻtilgan har qanday mulohaza) bilan yoki 17(2)(a)-moddada qayd etib oʻtilgan deklaratsiya bilan birga Yoʻriqnomada nazarda tutilgani kabi har bir koʻrsatilgan idoraga, agar koʻrsatilgan idora bunday tartibdan toʻliq yoki qisman voz kechmasa, yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629826" id="-5629826">(b) Yuboriladigan materiallar qayd etib oʻtilgan hisobot yoki deklaratsiyaning tarjimasini (belgilanganidek) ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629827" id="-5629827">(2) Agar ixtiro formulasi 19(1)-moddaga muvofiq oʻzgartirilgan boʻlsa, materiallar ixtiro formulasining dastlabki koʻrinishidagi toʻliq matnini ham, oʻzgartirilgan koʻrinishidagi matnini ham yoxud kiritilgan oʻzgartishlar koʻrsatilgan holda ixtiro formulasining dastlabki koʻrinishidagi toʻliq matnini, shuningdek 19(1)-moddada qayd etib oʻtilgan tushuntirishni, agar u mavjud boʻlsa, ichiga olishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629831" id="-5629831">(3) Koʻrsatilgan idoraning yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra Xalqaro izlash organi Yoʻriqnomada nazarda tutilganidek xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobotda havolalar qilingan hujjatlarning nusxasini tegishincha ushbu idoraga yoki talabnoma beruvchiga joʻnatadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629838" id="-5629838">21-modda <br />Xalqaro eʼlon qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629839" id="-5629839">(1) Xalqaro byuro xalqaro talabnomalarni eʼlon qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629844" id="-5629844">(2) (a) (b) kichik bandida va 64(3)-moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari, xalqaro talabnomani xalqaro eʼlon qilish ushbu talabnomaning ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 18 oy oʻtgach darhol amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629846" id="-5629846">(b) Talabnoma beruvchi Xalqaro byurodan oʻzining xalqaro talabnomasini (a) kichik bandida qayd etib oʻtilgan muddat tugashiga qadar istalgan vaqtda eʼlon qilishni soʻrashi mumkin. Xalqaro byuro ushbu iltimosni Yoʻriqnomaga muvofiq bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629850" id="-5629850">(3) Xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobot yoki 17(2)(a)-moddada qayd etib oʻtilgan deklaratsiya Yoʻriqnomada belgilanganidek eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632773" id="-5632773">(4) Xalqaro eʼlon qilish tili va shakli, shuningdek boshqa tafsilotlar Yoʻriqnoma bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629857" id="-5629857">(5) Agar xalqaro talabnoma uni eʼlon qilishga texnik tayyorlash yakunlanishiga qadar olib qoʻyilgan boʻlsa yoki olib qoʻyilgan deb hisoblansa, xalqaro eʼlon qilish amalga oshirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629859" id="-5629859">(6) Agar xalqaro talabnoma Xalqaro byuroning fikriga koʻra axloqqa va jamoat tartibiga zid boʻlgan iboralar yoki chizmalarni ichiga olsa yoki agar uning fikriga koʻra xalqaro talabnoma Yoʻriqnomada belgilanganidek iltifotsiz fikrlarni ichiga olsa, Xalqaro byuro eʼlon qilishda bunday iboralar, chizmalar va fikrlarni ularning joyi, tushirib qoldirilgan soʻzlar va chizmalar sonini koʻrsatgan holda tushirib qoldirish huquqiga ega. Xalqaro byuro soʻrovga koʻra matnning tushirib qoldirilgan qismlari yoki chizmalarning alohida nusxalarini taqdim etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629862" id="-5629862">22-modda<br /> Koʻrsatilgan idoralar uchun nusxasi, tarjimasi va patent boji </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629864" id="-5629864">(1) Talabnoma beruvchi har bir koʻrsatilgan idoraga ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 30 [<sup><a href="/en/acts/-2602762#-5629869">1</a></sup>] oydan kechikmay xalqaro talabnomaning nusxasini (yuborish 20-moddaga koʻra amalga oshirilgan hollar bundan mustasno) va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim etadi, shuningdek milliy bojni (agar bu nazarda tutilgan boʻlsa) toʻlaydi. Agar koʻrsatilgan davlatning milliy qonunchiligi ixtirochi nomini va u toʻgʻrisidagi belgilangan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatib oʻtishni talab qilsa, ammo ushbu maʼlumotlarni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga yoʻl qoʻysa, talabnoma beruvchi mazkur maʼlumotlarni, agar ular arizada mavjud boʻlmasa, ushbu davlatning milliy idorasiga yoki ushbu davlat nomidan amal qiladigan milliy idoraga ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 30 <sup>[<a href="/en/acts/-2602762#-5629869">1</a></sup>] oydan kechikmay taqdim etadi.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-5629869" id="-5629869">[1]Muharrir izohi:2002-yilning 1-aprelidan kuchga kirgan 30 oylik muddat koʻrsatilgan idoralar tomonidan qoʻllaniladigan milliy qonunchilik bilan mos kelmasligi haqida Xalqaro byuroni xabardor qilgan mazkur idoralarga nisbatan qoʻllanilmaydi. 2002-yilning 31-martiga qadar amal qilgan 20 oylik muddat oʻzgartirilgan 22(1)-modda qoʻllaniladigan milliy qonunchilik bilan mos kelmasligiga qadar har qanday bunday koʻrsatilgan idoraga nisbatan ushbu sanadan keyin ham qoʻllash davom ettiriladi. Xalqaro byuro tomonidan olingan bunday mos kelmaslik haqidagi axborot JIMT ning Axborotnomasida va Internetdagi www.wipo.int/pct/ru/texts/reservations/res_incomp.html manzili boʻyicha saytida eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629888" id="-5629888">(2) Xalqaro izlash organi 17(2)(a)-moddaga koʻra xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobot tayyorlanmasligini deklaratsiyada qayd etgan hollarda, ushbu moddaning (1)-bandida qayd etib oʻtilgan harakatlarni bajarish uchun muddat bu (1)-bandda nazarda tutilganidek kabi boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629890" id="-5629890">(3) (1) yoki (2)-bandlarda qayd etib oʻtilgan harakatlarni amalga oshirish uchun har qanday milliy qonunchilik ushbu bandlarda nazarda tutilganiga nisbatan kechroq tugaydigan muddatlarni belgilashi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629899" id="-5629899">23-modda<br /> Milliy tartib-taomilni kechiktirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629901" id="-5629901">(1) Mazkur idoralar 22-moddada nazarda tutilgan tegishli muddat tugashiga qadar xalqaro talabnoma boʻyicha tartib-taomilni yoki ushbu talabnoma boʻyicha ekspertizani oʻtkazmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629902" id="-5629902">(2) (1) band qoidalariga qaramay, har qanday koʻrsatilgan idora talabnoma beruvchining maxsus iltimosiga koʻra istalgan vaqtda xalqaro talabnoma boʻyicha tartib-taomilni yoki ushbu talabnoma boʻyicha ekspertizani olib borishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629905" id="-5629905">24-modda <br />Koʻrsatilgan mamlakatlarda xalqaro talabnoma amal qilishini tugatish ehtimoli </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629907" id="-5629907">(1) Ushbu moddaning (ii) kichik bandida belgilangan hollarda qoʻllaniladigan 25-modda qoidalarini inobatga olgan holda xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan amal qilishi har qanday koʻrsatilgan davlatda ushbu davlatda har qanday milliy talabnoma olib qoʻyilgandagi kabi oʻsha oqibatlar bilan tugatiladi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629909" id="-5629909">(i) talabnoma beruvchi oʻzining xalqaro talabnomasini yoki ushbu davlatni koʻrsatilganligini olib qoʻysa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629911" id="-5629911">(ii) xalqaro talabnoma 12(3), 14(1)(b), 14(3)(a) yoki 14(4)-moddalarga muvofiq olib qoʻyilgan boʻlsa yoki ushbu davlatni koʻrsatilganligi 14(3)(b)-moddaga muvofiq olib qoʻyilgan deb hisoblansa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629912" id="-5629912">(iii) talabnoma beruvchi 22-moddada nazarda tutilgan harakatlarni tegishli muddatda bajarmasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629914" id="-5629914">(2) (1) bandi qoidalariga qaramay, har qanday koʻrsatilgan idora xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan amal qilishini hatto bu 25(2)-moddaga muvofiq talab qilinmagan taqdirda ham saqlab qolishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629917" id="-5629917">25-modda <br />Koʻrsatilgan idoralar tomonidan qarorlarni qayta koʻrib chiqish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629918" id="-5629918">(1) (a) Agar qabul qilayotgan idora xalqaro berilganligi sanasini belgilashni rad etgan boʻlsa yoki xalqaro talabnoma olib qoʻyilgan deb hisoblanishini maʼlum qilgan boʻlsa yoki agar Xalqaro byuro 12(3)-moddada nazarda tutilgan faktni aniqlagan boʻlsa, Xalqaro byuro talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra ishdagi har qanday hujjatning nusxasini talabnoma beruvchi tomonidan nomi aytilgan har qanday koʻrsatilgan idoraga darhol yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629920" id="-5629920">(b) Agar qabul qiluvchi idora biror-bir davlatning koʻrsatilganligi olib qoʻyilgan deb hisoblanishini maʼlum qilsa, Xalqaro byuro talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra ishdagi har qanday hujjatning nusxasini bunday davlatning milliy idorasiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629923" id="-5629923">(c) (a) yoki (b) kichik bandlarda qayd etib oʻtilgan iltimos belgilangan muddatda taqdim etilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629925" id="-5629925">(2) (a) Har bir koʻrsatilgan idora (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda milliy boj (agar u mavjud boʻlsa) belgilangan muddatda toʻlanishi va belgilangan muddatda tegishli tarjimani (belgilangandek) taqdim etishi sharti bilan (1)-bandda qayd etib oʻtilgan rad etish, ariza yoki faktni aniqlash ushbu Shartnoma va Yoʻriqnoma qoidalariga asoslanganligiga qaror qilsa hamda mazkur idora bunday rad etish yoki ariza qabul qiluvchi idora tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato yoki kamchilik natijasi degan yoki faktni aniqlash Xalqaro byuro tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato yoki kamchilik natijasi degan xulosaga kelsa, koʻrsatilgan idora mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan xalqaro talabnomani bunday yoʻl qoʻyilgan xato yoki kamchilik mavjud boʻlmaganidek kabi koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629927" id="-5629927">(b) Agar roʻyxatdan oʻtkazish nusxasi talabnoma beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan biror-bir xato yoki kamchilik sababli 12(3)-moddada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin Xalqaro byuroga kelib tushgan boʻlsa, (a) kichik bandi qoidalari faqat 48(2)-moddada qayd etib oʻtilgan shartlar mavjud boʻlganda qoʻllaniladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629933" id="-5629933">26-modda <br />Koʻrsatilgan idoralarda xalqaro talabnomaga tuzatishlar kiritish imkoniyati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629936" id="-5629936">Mazkur idoralar xalqaro talabnomani u ushbu Shartnoma va Yoʻriqnoma talablariga mos kelmasligi asosida,talabnoma beruvchiga nomi tilga olingan talabnomani milliy talabnomalarga nisbatan xuddi shunday yoki oʻxshash vaziyatlar uchun milliy qonunchilikda nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq darajada tuzatish imkonini taqdim etmasdan rad etolmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629942" id="-5629942">27-modda<br /> Milliy qonunchilik talablari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629944" id="-5629944">(1) Milliy qonunchilik xalqaro talabnoma shakli yoki mazmuniga ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomada nazarda tutilganidan tashqari boshqa yoki qoʻshimcha talablarni qoʻya olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629946" id="-5629946">(2) (1)-band qoidalari 7(2)-modda qoidalarini qoʻllashga taʼsir qilmaydi va milliy qonunchilikka xalqaro talabnoma koʻrsatilgan idorada koʻrib chiqilishi boshlanishi bilanoq quyidagilarni talab qilishga toʻsqinlik qilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629948" id="-5629948">(i) yuridik shaxs boʻlgan talabnoma beruvchi manfaatini ifodalashga vakil qilingan mansabdor shaxs nomini koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629950" id="-5629950">(ii) xalqaro talabnomaning qismi boʻlmagan holda ushbu talabnomada keltirilgan tasdiqlashlar yoki bayonotlarning isboti boʻlib xizmat qiladigan hujjatlarni taqdim etish, jumladan ushbu talabnoma uni berish chogʻida uning vakili yoki agenti tomonidan imzolangan hollarda talabnoma beruvchining imzosi bilan xalqaro talabnomani tasdiqlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629953" id="-5629953">(3) Agar talabnoma beruvchi ixtirochi boʻlmaganligi tufayli, biror-bir koʻrsatilgan davlatda ushbu davlatning milliy qonunchiligiga koʻra milliy talabnomani berish huquqiga ega boʻlmasa, mazkur idora xalqaro talabnomani rad etishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629956" id="-5629956">(4) Agar milliy qonunchilik milliy talabnomalarning shakli va mazmuniga qoʻyiladigan, talabnoma beruvchilar nuqtai nazarida ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomada nazarda tutilgan xalqaro talabnomalarga qoʻyiladigan talablarga nisbatan maqbul boʻlgan talablarni oʻz ichiga olsa, bunday koʻrsatilgan davlatning milliy idorasi, sudlari va har qanday boshqa vakolatli organlari yoki uning nomidan harakat qiluvchi organlar xalqaro talabnomalarga oxirgi talablar oʻrniga birinchi talablarni qoʻllashi mumkin, bundan talabnoma beruvchi oʻzining xalqaro talabnomasiga ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomada nazarda tutilgan talablar qoʻllanilishini talab qilayotgan hollar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629958" id="-5629958">(5) Ushbu Shartnomada va Yoʻriqnomada hech bir narsa har bir Ahdlashuvchi davlatning patentga layoqatlilikning moddiy-huquqiy shartlarini oʻz xohishiga qarab belgilash huquqini cheklash sifatida tushunilmasligi kerak. Xususan, ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomaning texnikaning avvalgi darajasi tushunchasiga taalluqli har qanday qoidasi faqat xalqaro tartib-taomil maqsadlariga xizmat qiladi va dyemak, har qanday Ahdlashuvchi davlat xalqaro talabnomada bayon qilingan ixtironing patentga layoqatligini aniqlashda texnikaning avvalgi darajasi tushunchasiga hamda talabnomalarning shakli va mazmuniga qoʻyiladigan talablarga taalluqli boʻlmagan patentga layoqatlilikning boshqa shartlariga nisbatan oʻz milliy qonunchiligi mezonlarini qoʻllash huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629960" id="-5629960">(6) Milliy qonunchilik patentga layoqatlilikning ushbu qonunchilik tomondan belgilangan har qanday moddiy-huquqiy shartiga nisbatan dalillarni talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilishi toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629964" id="-5629964">(7) Har qanday qabul qiluvchi idora yoki xalqaro talabnomani koʻrib chiqish boshlangan koʻrsatilgan idora talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma beruvchilar manfaatlarini ushbu idora oldida ifodalash huquqiga ega agentni tayinlash haqidagi va/yoki talabnoma beruvchida koʻrsatilgan davlatda bildirishnomalarni olish maqsadlari uchun manzili mavjudligi haqidagi talabga nisbatan oʻz milliy qonunchiligini qoʻllashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629967" id="-5629967">(8) Ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi davlat milliy xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur deb hisoblaydigan choralarni qoʻllash yoki davlatning asosiy iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda oʻz fuqarolari yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxslarning xalqaro talabnomalarni berish huquqini cheklash borasida har qanday Ahdlashuvchi davlatning huquqi cheklanishi sifatida tushunilmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629969" id="-5629969">28-modda <br />Koʻrsatilgan idoralarda ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarni oʻzgartirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629971" id="-5629971">(1) Talabnoma beruvchiga har bir koʻrsatilgan idorada belgilangan muddatda ixtiro formulasiga, ixtiro tavsifiga va chizmalarga oʻzgartishlar kiritish imkoniyati taqdim etiladi. Koʻrsatilgan idoralar bunday muddat tugashiga qadar patent bermasligi yoki uni berishni rad etmasligi kerak, talabnoma beruvchining maxsus roziligi mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629973" id="-5629973">(2) Oʻzgartishlar, agar bu koʻrsatilgan davlatning milliy qonunchiligi bilan yoʻl qoʻyilmasa, dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629975" id="-5629975">(3) Oʻzgartishlar koʻrsatilgan davlatning milliy qonunchiligi talablariga ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomada nazarda tutilmagan barcha hollarda mos kelishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629979" id="-5629979">(4) Agar koʻrsatilgan idora xalqaro talabnomaning tarjimasi taqdim etilishini talab qilsa, oʻzgartishlar tarjima tilida taqdim etilishi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5629984" id="-5629984">29-modda<br /> Xalqaro eʼlon qilish oqibatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5629988" id="-5629988">(1) Koʻrsatilgan davlatda talabnoma beruvchining har qanday huquqlariga nisbatan ushbu davlatda xalqaro talabnomani xalqaro eʼlon qilinishining oqibatlari (2) — (4)-bandlar qoidalarini inobatga olgan holda,ekspertiza oʻtkazilmagan milliy talabnomalarni majburiy milliy eʼlon qilingan hollarda koʻrsatilgan davlatning milliy qonunchiligida nazarda tutilgan oqibatlardagi kabi boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630008" id="-5630008">(2) Agar xalqaro eʼlon qilish amalga oshirilgan til koʻrsatilgan davlatda uning milliy qonunchiligiga muvofiq eʼlon qilinadigan tildan farqlansa, milliy qonunchilik (1)-bandda qayd etib oʻtilgan oqibatlar faqat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630011" id="-5630011">(i) milliy qonunchilikka muvofiq milliy eʼlon qilish tiliga tarjima eʼlon qilinganidan, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630013" id="-5630013">(ii) milliy eʼlon qilish tiliga tarjima milliy qonunchilikka muvofiq ommaviy tanishish uchun joylashtirish yoʻli bilan hamma foydalanishi mumkin boʻlganidan, yoki </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630017" id="-5630017">(iii) milliy eʼlon qilish tiliga tarjima talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro talabnomada bayon qilingan ixtirodan haqiqatda yoki taxmin qilingan holda noqonuniy foydalanayotgan shaxsga berilganidan, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630020" id="-5630020">(iv) (i) va (iii) kichik bandlarida qayd etib oʻtilgan har ikkala harakat yoki (ii) va (iii) kichik bandlarida qayd etib oʻtilgan har ikkala harakat mavjud boʻlganidan keyin yuz berishi mumkinligini nazarda tutishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630024" id="-5630024">(3) Har qanday koʻrsatilgan davlatning milliy qonunchiligi xalqaro eʼlon qilish talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 18 oy oʻtishiga qadar amalga oshirilgan hollarda, (1)-bandda qayd etib oʻtilgan oqibatlar faqat ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 18 oy oʻtganidan keyin yuz berishini nazarda tutishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630028" id="-5630028">(4) Har qanday koʻrsatilgan davlatning milliy qonunchiligi (1)-bandda qayd etib oʻtilgan oqibatlar 21-moddaga muvofiq eʼlon qilingan xalqaro talabnomaning nusxasi faqat bunday davlatning milliy idorasi yoki bunday davlat nomidan harakat qiladigan milliy idora tomonidan qabul qilgan sanadan eʼtiboran yuz berishini nazarda tutishi mumkin. Qayd etib oʻtilgan idora oʻz axborotnomasida qabul qilgan sanani darhol eʼlon qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630035" id="-5630035">30-modda<br /> Xalqaro talabnomaning oshkor qilinmaslik tabiati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630041" id="-5630041">(1) (a) (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda Xalqaro byuro va Xalqaro izlash organlari bunday talabnoma xalqaro eʼlon qilinishiga qadar har qanday shaxsga yoki organga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat bermaydi, bundan talabnoma beruvchining iltimosi yoki ruxsati mavjud boʻlgan hollar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630045" id="-5630045">(b) (a) kichik bandining qoidalari vakolatli Xalqaro izlash organiga har qanday materiallarni 13-moddada nazarda tutilgan joʻnatishga nisbatan, shuningdek 20-moddada nazarda tutilgan yuborishga nisbatan tatbiq etilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630048" id="-5630048">(2) (a) Milliy idoralar quyidagi sanalardan eng erta sana yuz berishiga qadar uchinchi shaxslarga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat bermasligi kerak, bundan talabnoma beruvchining iltimosi yoki ruxsati boʻlgan hollar mustasno:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630057" id="-5630057">(i) xalqaro talabnomaning xalqaro eʼlon qilinishi sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630060" id="-5630060">(ii) 20-moddaga muvofiq xalqaro talabnoma materiallari olinishi sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630064" id="-5630064">(iii) 22-moddaga muvofiq xalqaro talabnoma nusxasi olinishi sanasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630067" id="-5630067">(b) (a) kichik bandining qoidalari milliy idoraga uchinchi shaxslarni ushbu idora koʻrsatilgan idora ekanligi haqida axborot berishga yoki ushbu faktni eʼlon qilishga toʻsqinlik qilmaydi. Biroq bunday axborot yoki eʼlon qilish faqat quyidagi: qabul qiluvchi idora haqidagi maʼlumotlar, talabnoma beruvchining nomi, xalqaro berish sanasi, xalqaro talabnoma raqami va ixtiro nomi kabi maʼlumotlarni ichiga olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630072" id="-5630072">(c) (a) kichik bandining qoidalari koʻrsatilgan idoraga sud hokimiyatiga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat berish uchun toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630075" id="-5630075">(3) (2)(a)-bandining qoidalari, agar gap faqat 12(1)-moddada nazarda tutilgan materiallarni joʻnatish haqida ketmayotgan boʻlsa, har qanday qabul qiluvchi idoraga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630078" id="-5630078">(4) Ushbu modda maqsadlari uchun “foydalana olish” tushunchasi uchinchi shaxslar ular yordamida maʼlumotlarni, jumladan shaxsiy xabarni va oddiy eʼlon qilingan nashrni olish mumkin boʻlgan har qanday vositalarni anglatadi; bunda milliy idora, qoida tariqasida, xalqaro talabnomani yoki uning tarjimasini xalqaro eʼlon qilishga qadar yoki agar xalqaro eʼlon qilish ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 20 oy ichida amalga oshirilmagan boʻlsa, mazkur ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 20 oy tugashigaga qadar eʼlon qilmasligi kerak</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630080" id="-5630080">II BOB<br /> XALQARO DASTLABKI EKSPERTIZA </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630082" id="-5630082">31-modda<br /> Xalqaro dastlabki ekspertizani oʻtkazish talabi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630126" id="-5630126">(1) Talabnoma beruvchining talabiga koʻra, bu keyingi qoidalarda va Yoʻriqnomada belgilanganidek, uning xalqaro talabnomasi boʻyicha xalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630127" id="-5630127">(2) (a) Yoʻriqnomada belgilanganidek, II bob qoidalari bilan bogʻliq boʻlgan Ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxs boʻlgan hamda xalqaro talabnomasi bunday davlatning qabul qiluvchi idorasiga yoki bunday davlat nomidan harakat qiladigan qabul qiluvchi idoraga berilgan har qanday talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertizani oʻtkazish talabini berish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630129" id="-5630129">(b) Assambleya xalqaro talabnomalarni berish huquqiga ega shaxslarga, hatto ular ushbu Shartnomada ishtirok etmaydigan yoki ishtirok etsa-da, ammo II bob qoidalari bilan bogʻliq boʻlmagan davlatning fuqarolari yoki unda yashovchi shaxslar boʻlganida ham, xalqaro dastlabki ekspertizani oʻtkazish talabini berishga ruxsat etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630130" id="-5630130">(3) Xalqaro dastlabki ekspertizani oʻtkazish talabi xalqaro talabnomadan alohida beriladi. Ushbu talab belgilangan tilda, belgilangan shakl boʻyicha tuziladi va belgilangan maʼlumotlarni ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630132" id="-5630132">(4) (a) Talabda talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertiza natijalaridan foydalanishni qasd qilgan Ahdlashuvchi davlat yoki davlatlar (“tanlangan davlatlar”) aniqlanishi kerak. Qoʻshimcha Ahdlashuvchi davlatlar kechroq tanlanishi mumkin. Tanlash 4-moddaga muvofiq koʻrsatib boʻlingan Ahdlashuvchi davlatlar qatoridan amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630135" id="-5630135">(b) (2)(a)-bandida qayd etib oʻtilgan talabnoma beruvchilar II bob qoidalari bilan bogʻliq har qanday Ahdlashuvchi davlatni tanlashi mumkin. (2)(a)-bandida qayd etib oʻtilgan talabnoma beruvchilar faqat II bob qoidalari bilan bogʻliq boʻlgan, ular bunday talabnoma beruvchilar tomonidan tanlanishga eʼtiroz bildirmaydigan Ahdlashuvchi davlatlarni tanlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630136" id="-5630136">(5) Talab belgilangan bojlarni belgilangan muddatda toʻlash bilan birga kechadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630138" id="-5630138">(6) (a) Talab 32-moddada qayd etib oʻtilgan Xalqaro dastlabki ekspertizaning vakolatli organiga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630140" id="-5630140">(b) Har qanday qoʻshimcha tanlash haqidagi iltimos Xalqaro byuroga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630141" id="-5630141">(7) Har bir tanlangan idora u tanlanganligi haqida xabardor qilinadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630152" id="-5630152">32-modda <br />Xalqaro dastlabki ekspertiza organi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630337" id="-5630337">(1) Xalqaro dastlabki ekspertiza Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630338" id="-5630338">(2) 31(2)(a)-moddada qayd etib oʻtilgan talablar berilgan taqdirda, qabul qiluvchi idora, 31(2)(b)-moddada qayd etib oʻtilgan talablar berilgan taqdirda esa, Assambleya Xalqaro dastlabki ekspertizaning manfaatdor Organi yoki Organlari va Xalqaro byuro tomonidan tuzilgan kelishuvga muvofiq, dastlabki ekspertizani oʻtkazishga vakolatli boʻlgan Xalqaro dastlabki ekspertiza Organini yoki Organlarini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630339" id="-5630339">(3) 16(3)-modda qoidalari xalqaro dastlabki ekspertiza organlariga nisbatan mutatis mutandis qoʻllaniladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630340" id="-5630340">33-modda <br />Xalqaro dastlabki ekspertiza </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630341" id="-5630341">(1) Bayon qilingan ixtiro yangi, ixtirochilik darajasiga mos (ayon boʻlmagan) va sanoatda qoʻllanishi mumkin ekanligi haqida dastlabki va majburiy boʻlmagan xulosani tuzish ning maqsadidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630342" id="-5630342">(2) Xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun bayon qilingan ixtiro, agar u Yoʻriqnomada belgilanganidek avvalgi texnika darajasidan maʼlum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630344" id="-5630344">(3) Xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun bayon qilingan ixtiro, agar u Yoʻriqnomada belgilanganidek avvalgi texnika darajasini eʼtiborga olgan holda belgilangan tegishli sanaga mazkur sohadagi mutaxassislar uchun ayon boʻlmasa, tegishli ixtirochilik darajasiga mos deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630346" id="-5630346">(4) Xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun bayon qilingan ixtiro, agar u oʻz tabiatiga koʻra sanoatning biror-bir sohasida amalga oshirilishi yoki foydalanilishi (texnologik jihatdan) mumkin boʻlsa, sanoatda qoʻllanilishi mumkin deb hisoblanadi. “Sanoat”ni bu Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasida aniqlangani kabi eng keng maʼnoda tushunish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630347" id="-5630347">(5) Yuqorida tavsiflangan mezonlar faqat xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun xizmat qiladi. Har qanday Ahdlashuvchi davlat bayon qilingan ixtiro ushbu davlatda patentga layoqatli ekanligi masalasini hal qilish uchun qoʻshimcha yoki boshqa mezonlarni qoʻllashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630349" id="-5630349">(6) Xalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazilishida xalqaro izlash haqidagi hisobotda havola qilingan barcha hujjatlar eʼtiborga olinadi. Mazkur aniq holatga taalluqli deb hisoblangan har qanday qoʻshimcha hujjatlar ham shuningdek eʼtiborga olinishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630353" id="-5630353">34-modda<br /> Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qoʻllanadigan tartib-taomil </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630355" id="-5630355">(1) Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qoʻllanadigan tartib-taomil ushbu Shartnoma, Yoʻriqnoma va Xalqaro byuro ushbu Organ bilan mazkur Shartnoma va Yoʻriqnomaga muvofiq tuziladigan kelishuv qoidalari bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630357" id="-5630357">(2) (a) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organi bilan ogʻzaki va yozma ravishda aloqa bogʻlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630359" id="-5630359">(b) Talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tayyorlanishiga qadar ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarga belgilangan tartibda va belgilangan muddatda oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega. Oʻzgartishlar dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630362" id="-5630362">(s) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining, agar ushbu Organ barcha quyidagi shartlar bajarilgan deb hisoblamasa, eng kamida bitta yozma xabarini olishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630364" id="-5630364">(i) ixtiro 33(1)-moddada nazarda tutilgan mezonlarni qanoatlantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630369" id="-5630369">(ii) xalqaro talabnoma ushbu Shartnoma va Yoʻriqnoma talablarini ushbu Organ tomonidan tekshiriladigan darajada qanoatlantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630370" id="-5630370">(iii) 35(2)-moddaga muvofiq biror-bir mulohazalarni kiritish nazarda tutilmaydi (soʻngi taklif).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630371" id="-5630371">(d) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining fikrini ichiga olgan yozma xabarga javob berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630373" id="-5630373">(3) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xalqaro talabnoma Yoʻriqnomada belgilanganidek ixtiro birligi talabini qanoatlantirmaydi deb hisoblasa, u talabnoma beruvchiga uning xohishiga qarab ixtiro formulasini mazkur talabga mos kelishi uchun cheklashi yoki qoʻshimcha bojlarni toʻlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630374" id="-5630374">(b) Har qanday tanlangan davlatning milliy qonunchiligi, agar talabnoma beruvchi (a) kichik bandiga muvofiq formulani cheklashni afzal deb topsa, xalqaro talabnomaning cheklash natijasida xalqaro dastlabki ekspertizaga uchramaydigan qismlari, agar talabnoma beruvchi ushbu davlatning milliy idorasiga maxsus bojni toʻlamasa,ularni mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan olib qoʻyilgan deb hisoblanishini nazarda tutishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630376" id="-5630376">(c) Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda (a) kichik bandida qayd etib oʻtilgan talabni bajarmasa, Xalqaro dastlabki ekspertiza organi uning fikriga koʻra xalqaro talabnomaning bosh ixtiroga taalluqli qismlari boʻyicha xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasini tuzadi va buni qayd etib oʻtilgan xulosada belgilaydi. Har qanday tanlangan davlatning milliy qonunchiligi uning milliy idorasi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining fikrini asosli deb hisoblagan taqdirda, xalqaro talabnomaning bosh ixtiroga taalluqli boʻlmagan qismlari, agar talabnoma beruvchi ushbu idoraga maxsus bojni toʻlamasa, ularni mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan olib qoʻyilgan deb hisoblanishini nazarda tutishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630383" id="-5630383">(4) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630384" id="-5630384">(i) xalqaro talabnoma Yoʻriqnomaga muvofiq Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xalqaro dastlabki ekspertizani oʻtkazishi shart boʻlmagan obyektga taalluqli boʻlsa va ushbu holatda u bunday ekspertizani oʻtkazmaslik haqida qaror qabul qilsa, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630387" id="-5630387">(ii) ixtiro tavsifi, ixtiro formulasi yoki chizmalar oʻta noaniq boʻlsa yoki bayon qilingan ixtironing yangiligiga, ixtirochilik darajasiga (ayon boʻlmaganligiga) yoki sanoatda qoʻllanilishiga nisbatan hech qanday aniq bir xulosa tuzilishi mumkin boʻlmagan holda ixtiro formulasi tavsif bilan oʻta zaif mustahkamlangan boʻlsa, deb hisoblasa, qayd etib oʻtilgan Organ 33(1)-moddasiga muvofiq talabnomani koʻrib chiqmaydi va talabnoma beruvchini ushbu qaror va uning sabablari haqida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630391" id="-5630391">(b) Agar (a) kichik bandida qayd etib oʻtilgan vaziyatlardan istalgani ixtiro formulasining ayrim bandlari boʻyicha yoki ular bilan bogʻliq holda aniqlangan boʻlsa, mazkur bandning qoidalari ixtiro formulasining faqat ushbu bandlariga qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630393" id="-5630393">35-modda<br /> Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630396" id="-5630396">(1) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi belgilangan muddatda va belgilangan shakl boʻyicha tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630400" id="-5630400">(2) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi bayon qilingan ixtiro biror-bir milliy qonunchilikka koʻra patentga layoqatli yoki patentga layoqatsiz ekanligi yoki taqdim etilganligi haqida hech qanday tasdiqni ichiga olmaydi. Xulosada (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda u yangilik, ixtirochilik darajasi (nomayonligi) va sanoatda qoʻllanilishi mezonlarini 33(1) — (4)-moddada xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun ular aniqlangani kabi formulaning har bir bandi boʻyicha qanoatlantirishi tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlash mazkur aniq holatlarda talab qilinadigan tushuntirishlar bilan qilingan xulosalarning tasdigʻi deb hisoblangan hujjatlarga havolalar bilan kechadi. Tasdiqlash shuningdek Yoʻriqnomada nazarda tutilgani kabi boshqa mulohazalar bilan ham birga kechadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630403" id="-5630403">(3) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xulosani tuzishda 34(4)(a)-moddada qayd etib oʻtilgan vaziyatlardan biror-biri mavjud degan xulosaga kelsa, xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida ushbu xulosa va uning sabablari bayon qilinadi. Mazkur xulosa (2)-bandida qayd etib oʻtilgan biror-bir tasdiqni ichiga olmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630406" id="-5630406">(b) Agar 34(4)(b)-moddada qayd etib oʻtilgan vaziyat yuzaga kelsa, xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida ixtiro formulasining bunday bandlari boʻyicha (a) kichik bandida nazarda tutilgan xulosalar bayon qilinadi, ayni paytda ixtiro formulasining boshqa bandlari boʻyicha xulosa (2)-bandda qayd etib oʻtilgan tasdiqni ichiga oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630410" id="-5630410">36-modda <br />Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasini yuborish, tarjima qilish va tarqatish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630413" id="-5630413">(1) Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi belgilangan ilovalar bilan birga talabnoma beruvchiga va Xalqaro byuroga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630416" id="-5630416">(2) (a) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi va unga ilovalar belgilangan tillarga tarjima qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630418" id="-5630418">(b) Qayd etib oʻtilgan xulosaning tarjimasi Xalqaro byuro tomonidan yoki uning buyurtmasiga koʻra, ammo uning javobgarligi ostida bajariladi, ayni vaqtda nomi aytib oʻtilgan ilovalarning tarjimasi talabnoma beruvchi tomonidan bajariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630422" id="-5630422">(3) (a) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi tarjimasi (belgilanganidek) va ilovalar (originali tilida) bilan birga Xalqaro byuro tomonidan har bir tanlangan idoraga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630425" id="-5630425">(b) Ilovalarning belgilangan tarjimasi belgilangan muddatda tanlangan idoralarga talabnoma beruvchi tomonidan yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630427" id="-5630427">(4) 20(3)-modda qoidalari xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasida havola qilingan va xalqaro izlash toʻgʻrisidagi hisobotda havola qilinmagan har qanday hujjatga nisbatan mutatis mutandis qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630431" id="-5630431">37-modda <br />Xalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazish talabini yoki davlatni tanlashni olib qoʻyish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630434" id="-5630434">(1) Talabnoma beruvchi davlatlarning istalgani yoki barchasini tanlashni olib qoʻyishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630435" id="-5630435">(2) Barcha davlatlar tanlanishini olib qoʻyish xalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazilishi talabini olib qoʻyish deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630437" id="-5630437">(3) (a) Xalqaro byuro har qanday olib qoʻyish haqida xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630440" id="-5630440">(b) Xalqaro byuro oʻz navbatida tegishli tanlangan idoralarni va tegishli Xalqaro dastlabki ekspertiza organini xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630444" id="-5630444">(4) (a) (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda, Ahdlashuvchi davlatni talab qilishni yoki tanlashni olib qoʻyish, agar ushbu davlatning milliy qonunchiligi boshqa oqibatlarni nazarda tutmasa, mazkur davlatga nisbatan xalqaro talabnomani olib qoʻyish deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630447" id="-5630447">(b) Talab qilishni yoki tanlashni olib qoʻyish, agar ushbu olib qoʻyish 22-moddaga koʻra tegishli muddat tugashiga qadar amalga oshirilsa, xalqaro talabnomani olib qoʻyish deb koʻrilmasligi kerak; biroq har qanday Ahdlashuvchi davlat yuqorida bayon qilingan qoidani, agar uning milliy idorasi faqat belgilangan muddatda xalqaro talabnomaning nusxasini uning tarjimasi (belgilanganidek) bilan birga va milliy bojni qabul qilgan taqdirda, qoʻllashi mumkinligini oʻz milliy qonunchiligida nazarda tutishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630452" id="-5630452">38-modda<br /> Xalqaro dastlabki ekspertizaning oshkor qilinmaslik tabiati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630469" id="-5630469">(1) Xalqaro byuro va Xalqaro dastlabki ekspertiza organi talabnoma beruvchining iltimosi yoki roziligisiz istalgan vaqtda har qanday shaxsga yoki organga xalqaro dastlabki ekspertiza materiallaridan foydalana olishga (30(4)-modda mazmunida va undagi shartlarni inobatga olgan holda) ruxsat bermaydi; ushbu qoida tanlangan idoralarga nisbatan xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tuzilganidan keyin qoʻllanilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630471" id="-5630471">(2) (1)-band, shuningdek 36(1) va (3) hamda 37(3)(b)-moddalari qoidalarini inobatga olgan holda Xalqaro byuro va Xalqaro dastlabki ekspertiza organi talabnoma beruvchining iltimosi yoki roziligisiz xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tuzilganligi yoki tuzish rad etilganligi, shuningdek talab yoki biror-bir tanlash olib qoʻyilganligi yoki saqlanishi haqidagi axborotni bermaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630476" id="-5630476">39-modda <br />Tanlangan idoralar uchun nusxasi, tarjimasi va patent boji </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630478" id="-5630478">(1) (a) Agar biror-bir Ahdlashuvchi davlatni tanlash ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 19 oy tugashiga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, 22-modda qoidalari bunday davlatga nisbatan qoʻllanilmaydi va talabnoma beruvchi xalqaro talabnoma nusxasini (bundan 20-moddaga muvofiq yuborish amalga oshirib boʻlingan hollar mustasno) va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim etadi, shuningdek har bir tanlangan idoraga ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 30 oydan kechikmay boj (agar bu nazarda tutilgan boʻlsa) toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630479" id="-5630479">(b) (a) kichik bandida qayd etib oʻtilgan harakatlarni amalga oshirish uchun har qanday milliy qonunchilikda ushbu bandda nazarda tutilganiga nisbatan kechroq tugaydigan muddatlar belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630482" id="-5630482">(2) Agar talabnoma beruvchi (1)(a)-bandida bayon qilingan harakatlarni (1)(a) yoki (b)-bandida qayd etib oʻtilgan tegishli muddatda bajarmasa, xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan amal qilishi, tanlangan davlatda har qanday milliy talabnoma ushbu davlatda olib qoʻyilganidagi kabi oqibatlar bilan tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630483" id="-5630483">(3) Har qanday tanlangan davlat, agar talabnoma beruvchi (1)(a) yoki (b)-bandida bayon qilingan talablarni hatto bajarmasa ham, xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan amal qilishini saqlab qolishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630486" id="-5630486">40-modda <br />Milliy ekspertiza va boshqa tartib-taomilni kechiktirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630487" id="-5630487">(1) Agar biror-bir Ahdlashuvchi davlatni tanlash ustuvorlik sanasidan eʼtiboran 19-oy tugashiga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, 23-moddaning qoidalari bunday davlatga nisbatan qoʻllanilmaydi va ushbu davlatning milliy idorasi yoki ushbu davlat nomidan amal qiladigan milliy idora (2)-band qoidalarini inobatga olgan holda 39-moddada qayd etib oʻtilgan tegishli muddat tugashiga qadar xalqaro talabnoma boʻyicha ekspertiza va boshqa tartib-taomilni oʻtkazmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630489" id="-5630489">(2) (1)-band qoidalariga qaramay, har qanday tanlangan idora talabnoma beruvchining maxsus iltimosiga koʻra xalqaro talabnoma boʻyicha ekspertiza va boshqa tartib-taomilni istalgan vaqtda oʻtkazishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630492" id="-5630492">41-modda <br />Tanlangan idoralarda ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarni oʻzgartirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630494" id="-5630494">(1) Talabnoma beruvchiga har bir tanlangan idorada belgilangan muddatda ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarga oʻzgartishlar kiritish imkoniyati taqdim etiladi. Tanlangan idoralar bunday muddat tugashiga qadar patent bermasligi yoki uni berishni rad etmasligi lozim, talabnoma beruvchining maxsus roziligi mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630497" id="-5630497">(2) Oʻzgartishlar, agar bunga tanlangan davlatning milliy qonunchiligida yoʻl qoʻyilmasa, dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630498" id="-5630498">(3) Ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomada nazarda tutilmagan barcha hollarda, oʻzgartishlar tanlangan davlatning milliy qonunchiligi talablariga mos kelishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630500" id="-5630500">(4) Agar tanlangan idora xalqaro talabnoma tarjimasi taqdim etilishini talab qilsa, oʻzgartishlar tarjima tilida taqdim etilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630503" id="-5630503">42-modda <br />Tanlangan idoralarda milliy ekspertiza natijalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630505" id="-5630505">Tanlangan idora xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasini olgan holda har qanday boshqa tanlangan idorada aynan bitta xalqaro talabnoma ekspertizasiga taalluqli hujjatlarning yoki biror-bir hujjatlar mazmuni haqidagi axborotning nusxalari taqdim etilishini talabnoma beruvchidan talab qilishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630508" id="-5630508">III BOB<br /> UMUMIY QOIDALAR </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630510" id="-5630510">43-modda <br />Muhofazaning maʼlum turlarini soʻrab olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630512" id="-5630512">Qonunchiligi mualliflik guvohnomalari, foydalilik toʻgʻrisidagi guvohnomalar, foydali modellar guvohnomalari, qoʻshimcha patentlar yoki qoʻshimcha guvohnomalar, qoʻshimcha mualliflik guvohnomalari yoki foydalilik toʻgʻrisidagi qoʻshimcha guvohnomalar berilishini nazarda tutadigan har qanday koʻrsatilgan yoki tanlangan davlatga nisbatan talabnoma beruvchi Yoʻriqnomada belgilanganidek ushbu davlatda qoʻllanilishiga nisbatan uning xalqaro talabnomasida patent emas, balki mualliflik guvohnomasi, foydalilik toʻgʻrisidagi guvohnoma, foydali modelga guvohnoma, qoʻshimcha patent yoki qoʻshimcha guvohnoma,qoʻshimcha mualliflik guvohnomasi yoki foydalilik toʻgʻrisidagi qoʻshimcha guvohnoma soʻralayotganini koʻrsatishi mumkin; oqibatlar talabnoma beruvchining ushbu koʻrsatmasi bilan belgilanadi. Ushbu modda maqsadlari va unga taalluqli qoidalar uchun 2(ii)-modda qoidalari qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630514" id="-5630514">44-modda<br /> Ikki turdagi muhofazani soʻrab olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630516" id="-5630516">Qonunchiligi patent yoki 43-moddada sanab oʻtilgan muhofaza turlaridan biror-birini soʻrash bilan bir qatorda yana qayd etib oʻtilgan muhofaza turlaridan boshqasini ham soʻrash mumkinligiga yoʻl qoʻyadigan har qanday koʻrsatilgan yoki tanlangan davlatga nisbatan talabnoma beruvchi Yoʻriqnomada belgilanganidek oʻzi soʻraydigan har ikkala muhofaza turini koʻrsatishi mumkin; buning oqibatlari talabnoma beruvchining ushbu koʻrsatmasi bilan belgilanadi. Ushbu modda maqsadlari uchun 2(ii)-modda qoidalari qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630517" id="-5630517">45-modda <br />Mintaqaviy patentlar toʻgʻrisida shartnomalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630519" id="-5630519">(1) Mintaqaviy patentlar berilishini nazarda tutadigan va 9-moddaga koʻra xalqaro talabnomalar berish huquqidan foydalanuvchi barcha shaxslarga bunday patentlarga talabnomalar berish huquqini taqdim etadigan har qanday shartnoma (mintaqaviy patent toʻgʻrisida shartnoma) har ikkala shartnoma — mintaqaviy patent toʻgʻrisidagi shartnoma va ushbu Shartnoma ishtirokchisi boʻlgan davlatni koʻrsatish yoki tanlashni ichiga olgan xalqaro talabnomalar mintaqaviy patentlar uchun talabnomalar kabi berilishi mumkinligini nazarda tutishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630520" id="-5630520">(2) Bunday koʻrsatilgan yoki tanlangan davlatning milliy qonunchiligi ushbu davlatni xalqaro talabnomada har qanday koʻrsatilganligini yoki tanlanganligini talabnoma beruvchining mintaqaviy patent toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra mintaqaviy patent olish istagi sifatida koʻrilishini nazarda tutishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630522" id="-5630522">46-modda<br /> Xalqaro talabnomani notoʻgʻri tarjimasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630524" id="-5630524">Agar xalqaro talabnoma boʻyicha berilgan biror-bir patentdan kelib chiqadigan muhofaza hajmi mazkur talabnomaning notoʻgʻri tarjimasi tufayli ushbu xalqaro talabnomaning original tilida soʻralayotgan muhofaza hajmidan ortiq boʻlsa, manfaatdor Ahdlashuvchi davlatning vakolatli organlari tegishincha va qaytish kuchi bilan patentdan kelib chiqadigan muhofaza hajmini cheklash va uni xalqaro talabnomaning original tilida soʻralayotgan muhofaza hajmidan ortiq boʻlgan darajasida haqiqiy emas va bekor qilingan deb eʼlon qilish huquqiga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630530" id="-5630530">47-modda <br />Muddatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630536" id="-5630536">(1) Ushbu Shartnomada nazarda tutiladigan muddatlarni hisoblashga doir tafsilotlar Yoʻriqnomada belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630539" id="-5630539">(2) (a) Ushbu Shartnomaning I va II boblarida belgilangan barcha muddatlar 60-moddaga muvofiq qayta koʻrib chiqishdan tashqari, Ahdlashuvchi davlatlarning qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630541" id="-5630541">(b) Bunday qarorlar yoki Assambleyada yoki yozishmalar vositasida ovoz berish bilan qabul qilinadi va bir ovozdan qabul qilingan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630544" id="-5630544">(c) Mazkur tartib-taomilning tafsilotlari Yoʻriqnomada belgilanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630548" id="-5630548">48-modda <br />Ayrim hollarda muddatlarga rioya qilmaslik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630558" id="-5630558">(1) Agar ushbu Shartnoma yoki Yoʻriqnoma bilan belgilangan biror-bir muddatga pochta xizmatlari koʻrsatilishidagi uzilishlar yoki muqarrar yoʻqotishlar yoki xat-xabarlar ushlanib qolishi sababiga koʻra rioya qilinmagan boʻlsa, dalillar taqdim etilgan va Yoʻriqnomada belgilangan boshqa shartlarga rioya qilingan taqdirda, Yoʻriqnomada nazarda tutilgan hollarda muddatga rioya qilingan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630560" id="-5630560">(2) (a) Har qanday Ahdlashuvchi davlat oʻziga taalluqli boʻlganda, ushbu davlatning milliy qonunchiligida nazarda tutilgan sabablarga koʻra muddatlarga rioya qilishda har qanday kechikishlarga yoʻl qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630561" id="-5630561">(b) Har qanday Ahdlashuvchi davlat oʻziga taalluqli boʻlganda, (a) kichik bandida qayd etib oʻtilganlardan farqlanadigan boshqa sabablarga koʻra muddatlarga rioya qilishda har qanday kechikishlarga yoʻl qoʻyishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630563" id="-5630563">49-modda <br />Xalqaro organlarda ishlarni yuritish huquqi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630578" id="-5630578">Har qanday ishonchli vakil, patent agenti yoki xalqaro talabnoma berilgan milliy idorada ishlarni yuritish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxs Xalqaro byuroda, vakolatli Xalqaro izlash organida va vakolatli Xalqaro dastlabki ekspertiza organida mazkur talabnoma boʻyicha ishlarni yuritish huquqiga ham ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630603" id="-5630603">IV BOB <br />TEXNIK XIZMATLAR </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630610" id="-5630610">50-modda<br /> Patent axboroti sohasida xizmatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630612" id="-5630612">(1) Xalqaro byuro eʼlon qilingan hujjatlar, birinchi navbatda patentlar va eʼlon qilingan talabnomalar asosida oʻzida mavjud boʻlgan texnik va har qanday tegishli axborotni taqdim etish yoʻli bilan ushbu moddada “axborot xizmatlari” deb atalgan xizmatlarni koʻrsatishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630615" id="-5630615">(2) Xalqaro byuro ushbu axborot xizmatlarini bevosita yoki bitta yoki bir nechta xalqaro izlash organi orqali yoxud Xalqaro byuro bitimlar tuzishi mumkin boʻlgan boshqa milliy yoki xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar orqali koʻrsatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630617" id="-5630617">(3) Axborot xizmatlari texnik bilimlar va texnologiyalarni, jumladan mavjud eʼlon qilingan “nou-xau”larni, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar boʻlgan Ahdlashuvchi davlatlar tomonidan xarid qilishga yordam berish uchun amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630619" id="-5630619">(4) Axborot xizmatlari Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga, ularning fuqarolari va ushbu davlatlarda yashaydigan shaxslarga koʻrsatiladi. Assambleya bunday xizmatlarni boshqa shaxslarga ham koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630621" id="-5630621">(5) (a) Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga har qanday xizmat tannarxi boʻyicha haq evaziga koʻrsatiladi; biroq, agar rivojlanayotgan mamlakat boʻlgan Ahdlashuvchi davlatning hukumatiga taalluqli boʻlsa, xizmat pastroq haq evaziga koʻrsatiladi, shu shart bilanki, bunda farq Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga emas, balki boshqa shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan foyda hisobiga yoki 51(4)-moddada qayd etib oʻtilgan manbalar hisobiga qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630624" id="-5630624">(b) (a) kichik bandida qayd etib oʻtilgan haq milliy idora tomonidan xizmatlar bajarilganligi uchun yoki Xalqaro izlash organi oʻz majburiyatlarini bajarganligi uchun odatdagi toʻlovlardan tashqari va undan ortiq haq boʻlib hisoblanadi, deb tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630625" id="-5630625">(6) Ushbu modda qoidalarini qoʻllashga doir tafsilotlar Assambleya qarorlari bilan va Assambleya tomonidan, Assambleya ushbu maqsadda tuzishi mumkin boʻlgan ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatiladigan chegarada belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630628" id="-5630628">(7) Assambleya, u buni zarur deb hisoblaganda, (5)-bandda nazarda tutilgan tartibga qoʻshimcha ravishda moliyalashtirish tartibini tavsiya qiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630631" id="-5630631">51-modda<br /> Texnik yordam </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630633" id="-5630633">(1) Assambleya Texnik yordam qoʻmitasini (ushbu moddada “Qoʻmita” deb nomlanadi) taʼsis etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630635" id="-5630635">(2) (a) Qoʻmita aʼzolari rivojlanayotgan mamlakatlarning lozim darajadagi vakilligini inobatga olgan holda Ahdlashuvchi davlatlar ichidan saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630639" id="-5630639">(b) Bosh direktor oʻz tashabbusiga yoki Qoʻmitaning iltimosiga koʻra rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordam masalalari bilan shugʻullanadigan hukumatlararo tashkilotlarning vakillarini Qoʻmita ishida ishtirok etishi uchun taklif etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630641" id="-5630641">(3) (a) Qoʻmitaning vazifasi rivojlangan mamlakatlar boʻlgan Ahdlashuvchi davlatlarga ularning milliy yoki mintaqaviy asosdagi patent tizimlari rivojlanishiga texnik yordamni tashkil qilish va kuzatishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630643" id="-5630643">(b) Texnik yordam barchasidan tashqari, yana mutaxassislarni tayyorlash, ekspertlarni safarga joʻnatish va namoyish qilish hamda amaliy qoʻllash uchun uskunalarni yetkazib berishni ham ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630646" id="-5630646">(4) Ushbu moddaga muvofiq, loyihalarni moliyalashtirish uchun Xalqaro byuro bir tarafdan xalqaro moliyaviy tashkilotlar va hukumatlararo tashkilotlar bilan, xususan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining muassasalari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan bogʻliq va texnik yordam koʻrsatish masalalari bilan shugʻullanuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan, ikkinchi tarafdan texnik yordam olayotgan davlatlarning hukumatlari bilan bitimlar tuzishga intiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630647" id="-5630647">(5) Ushbu modda qoidalarini qoʻllashga doir tafsilotlar Assambleya qarorlari bilan va Assambleya tomonidan, Assambleya ushbu maqsadda tuzishi mumkin boʻlgan ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatiladigan chegarada belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630648" id="-5630648">52-modda <br />Shartnomaning boshqa qoidalari bilan bogʻliqlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630650" id="-5630650">Ushbu bob Shartnomaning boshqa boblarida mavjud boʻlgan moliyaviy qoidalarga tegishli emas. Ushbu qoidalar mazkur bobga yoki uni qoʻllanilishiga nisbatan tatbiq qilinmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630654" id="-5630654">V BOB<br /> MAʼMURIY QOIDALAR </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630656" id="-5630656">53-modda<br /> Assambleya </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630658" id="-5630658">(1) (a) 57(8)-modda qoidalarini inobatga olgan holda Assambleya Ahdlashuvchi davlatlardan tashkil topgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630659" id="-5630659">(b) Har bir Ahdlashuvchi davlatning hukumatidan bitta delegat vakil qilingan boʻlib, u oʻrinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630662" id="-5630662">(2) (a) Assambleya:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630665" id="-5630665">(i) Ittifoqning saqlanishi va rivojlanishiga hamda ushbu Shartnoma qoʻllanishiga taalluqli barcha masalalarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630667" id="-5630667">(ii) oʻziga ushbu Shartnomaning boshqa qoidalari bilan maxsus yuklangan vazifalarni bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630670" id="-5630670">(iii) Xalqaro byuroga qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlashga doir koʻrsatmalarni beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630673" id="-5630673">(iv) Bosh direktorning Ittifoqqa taalluqli hisobotlarini va faoliyatini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda Ittifoq vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha unga barcha zarur yoʻriqnomalarni beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630675" id="-5630675">(v) (9)-bandga muvofiq tashkil qilingan Ijroiya qoʻmitasi faoliyatiga doir hisobotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda faoliyatini maʼqullaydi, shuningdek unga yoʻriqnomalar beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630677" id="-5630677">(vi) Ittifoq dasturini belgilaydi, uning uch yillik budjetini [<sup><a href="/en/acts/-2602762#-5632779">2</a></sup>]qabul qiladi va moliyaviy hisobotlarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-5632779" id="-5632779">[<sup>2</sup>]Muharrir izohi: 1980-yildan eʼtiboran Ittifoq dasturlari va budjeti ikki yillikdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630679" id="-5630679">(vii) Ittifoqning moliyaviy reglamentini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630680" id="-5630680">(viii) Ittifoq maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur deb hisoblaydigan qoʻmitalar va ishchi guruhlarini tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630682" id="-5630682">(ix) Ahdlashuvchi davlatlar boʻlmagan qanday davlatlar va (8)-band qoidalarini inobatga olgan holda qanday hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlari uning majlislariga kuzatuvchilar sifatida qoʻyilishi mumkinligini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630684" id="-5630684">(x) Ittifoq maqsadlariga erishish uchun yoʻnaltirilgan har qanday lozim darajadagi harakatlarni amalga oshiradi va ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan barcha boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630686" id="-5630686">(b) boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqish uygʻotadigan masalalar boʻyicha Assambleya Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasi fikrini eshitgan holda qarorlar qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630691" id="-5630691">(3) Delegat faqat bitta davlatni vakili boʻlishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630692" id="-5630692">(4) Har bir Ahdlashuvchi davlat bitta ovozga ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630694" id="-5630694">(5) (a) Ahdlashuvchi davlatlarning yarmi kvorumni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630710" id="-5630710">(b) Kvorum mavjud boʻlmagan taqdirda, Assambleya qarorlar qabul qilishi mumkin, biroq Assambleyaning barcha qarorlari, bundan uning oʻz tartib-taomili qoidalariga taalluqli qarorlar mustasno, Yoʻriqnomada nazarda tutilganidek, yozishmalar vositasida ovoz berish bilan faqat kvorumga va zarur koʻpchilik ovozga erishilganda kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630699" id="-5630699">(6) (a) 47(2)(b), 58(2)(b), 58(3) va 61(2)(b)-moddalarning qoidalarini inobatga olgan holda Assambleya oʻz qarorlarini berilgan ovozlarning uchdan ikki qismini tashkil qilgan koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630702" id="-5630702">(b) Betaraflarning ovozlari hisobga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630704" id="-5630704">(7) faqat II bob qoidalari bilan bogʻliq boʻlgan davlatlar uchun qiziqish uygʻotadigan masalalar boʻyicha(4), (5) va (6)-bandlarda Ahdlashuvchi davlatga har qanday havola faqat II bob qoidalari bilan bogʻliq davlatlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630706" id="-5630706">(8) Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlanadigan har qanday hukumatlararo tashkilot Assambleya majlisiga kuzatuvchi sifatida qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630734" id="-5630734">(9) Ahdlashuvchi davlatlar soni 40 ta davlatdan ortiq boʻlganida Assambleya Ijroiya qoʻmitani tuzadi. Ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomada Ijroiya qoʻmitaga har qanday havola u tuzilganidan keyin ushbu Qoʻmitaga havola sifatida koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630735" id="-5630735">(10) Ijroiya qoʻmita tuzilishiga qadar Assambleya dastur va uch yillik [<sup><a href="/en/acts/-2602762#-5632783">3</a></sup>] budjet doirasida Bosh direktor tomonidan tayyorlangan yillik dasturlar va budjetlarni qabul qiladi.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-5632783" id="-5632783">[<sup>3</sup>]Muharrir izohi:1980-yildan eʼtiboran Ittifoq dasturlari va budjeti ikki yillikdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630736" id="-5630736">(11) (a) Assambleya navbatdagi sessiyasiga Bosh direktorning chaqiruviga binoan ikki yilda bir marta va, istisno holatlaridan tashqari, Tashkilotning Bosh assambleyasi yigʻiladigan ayni vaqtda va ayni joyda yigʻiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630737" id="-5630737">(b) Assambleya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyaga Ijroiya qoʻmitaning talabiga koʻra yoki Ahdlashuvchi davlatlarning toʻrtdan birining talabiga koʻra yigʻiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630740" id="-5630740">(12) Assambleya oʻz tartib-taomil qoidalarini qabul qiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630742" id="-5630742">54-modda <br />Ijroiya qoʻmitasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630770" id="-5630770">(1) Assambleya Ijroiya qoʻmitani tuzganidan keyin u quyidagi qoidalarga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630772" id="-5630772">(2) (a) 57(8)-modda qoidalarini inobatga olgan holda Ijroiya qoʻmita Assambleyaga aʼzo davlatlar sonidan Assambleya tomonidan saylangan davlatlardan tashkil topadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630774" id="-5630774">(b) Ijroiya qoʻmita aʼzosi boʻlgan har bir davlatning hukumati hukumatidan bitta delegat vakil qilingan boʻlib, u oʻrinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630777" id="-5630777">(3) Ijroiya qoʻmita aʼzosi boʻlgan davlatlar soni Assambleya aʼzosi boʻlgan davlatlar sonining toʻrtdan bir qismini tashkil qiladi. Toʻldirilishi lozim boʻlgan joylar sonini aniqlash chogʻida toʻrtga boʻlingandan keyin qoladigan qoldiq hisobga qabul qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630778" id="-5630778">(4) Ijroiya qoʻmita aʼzolarini saylashda Assambleya adolatli geografik taqsimlanishga lozim darajada eʼtibor qaratadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630781" id="-5630781">(5) (a) Ijroiya qoʻmita aʼzolari oʻz funksiyalarini oʻzlari saylangan Assambleya sessiyasi yopilishidan to Assambleyaning keyingi navbatdagi sessiyasi yopilishiga qadar amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630783" id="-5630783">(b) Ijroiya qoʻmita aʼzolari qayta saylanishi mumkin, ammo ularning soni ular tarkibining uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630785" id="-5630785">(s) Assambleya Ijroiya qoʻmita aʼzolarini saylash va ehtimol qilingan qayta saylanishi yuzasidan toʻliq qoidalarni belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630789" id="-5630789">(6) (a) Ijroiya qoʻmita:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630791" id="-5630791">(i) Assambleya kun tartibi loyihasini tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630793" id="-5630793">(ii) Assambleyaga Ittifoqning Bosh direktor tomonidan tayyorlangan dasturlari va ikki yil budjeti loyihalariga taalluqli takliflarni taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630795" id="-5630795">(iii) [Olib qoʻyilgan]</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632785" id="-5632785">(iv) Assambleyaga tegishli mulohazalar bilan birga Bosh direktorning davriy hisobotlarini va moliyaviy taftishlar yillik dalolatnomalarini taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630800" id="-5630800">(v) Assambleya qarorlariga muvofiq va Assambleyaning ikkita navbatdagi sessiyalari oʻrtasida yuzaga keladigan holatlarni hisobga olgan holda Bosh direktor tomonidan Ittifoq dasturi bajarilishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630803" id="-5630803">(vi) ushbu Shartnomaga muvofiq unga yuklangan barcha boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630807" id="-5630807">(b) boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqish uygʻotadigan masalalar boʻyicha Ijroiya qoʻmita Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasi fikrini eshitgan holda qarorlar qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630809" id="-5630809">(7) (a) Ijroiya qoʻmita navbatdagi sessiyasiga Bosh direktorning chaqiruviga koʻra bir yilda bir marta,imkon qadar Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasi yigʻiladigan ayni vaqtda va ayni joyda yigʻiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630813" id="-5630813">(b) Ijroiya qoʻmita Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyaga oʻz tashabbusiga koʻra yoki Raisning iltimosiga koʻra yoxud Ijroiya qoʻmita aʼzolarining toʻrtdan birining talabiga koʻra yigʻiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630819" id="-5630819">(8) (a) Ijroiya qoʻmita aʼzosi boʻlgan har bir davlat bitta ovozga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630822" id="-5630822">(b) Ijroiya qoʻmita aʼzolari boʻlgan davlatlarning yarmi kvorumni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630824" id="-5630824">(c) Qarorlar berilgan ovozlarning oddiy koʻpchiligi bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630827" id="-5630827">(d) Betaraflarning ovozlari hisobga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630830" id="-5630830">(e) Delegat faqat bitta davlatni vakili boʻlishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630833" id="-5630833">(9) Ijroiya qoʻmita aʼzolari boʻlmagan Ahdlashuvchi davlatlar uning majlislariga Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlanadigan har qanday hukumatlararo tashkilot kabi kuzatuvchilar sifatida qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630836" id="-5630836">(10) Ijroiya qoʻmita oʻz tartib-taomil qoidalarini qabul qiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630842" id="-5630842">55-modda<br /> Xalqaro byuro </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630849" id="-5630849">(1) Ittifoqning maʼmuriy vazifalari Xalqaro byuro tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630854" id="-5630854">(2) Xalqaro byuro Ittifoqning turli organlari kotibiyati funksiyalarini bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630857" id="-5630857">(3) Bosh direktor Ittifoqning bosh mansabdor shaxsi boʻlib hisoblanadi va Ittifoqni ifodalaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630861" id="-5630861">(4) Xalqaro byuro Axborotnomani nashr qiladi va Yoʻriqnomada nazarda tutilgan yoki Assambleya tomonidan belgilangan boshqa nashrlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630865" id="-5630865">(5) Yoʻriqnomada Xalqaro byuro, xalqaro izlash organlari va xalqaro dastlabki ekspertiza organlariga ular tomonidan ushbu Shartnomada nazarda tutilgan vazifalar bajarilishiga yordam berish maqsadida milliy idoralar koʻrsatadigan xizmatlar belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630868" id="-5630868">(6) Bosh direktor va u tomonidan tayinlangan xodim Assambleya va Ijroiya qoʻmitaning hamda ushbu Shartnoma yoki Yoʻriqnomaga muvofiq taʼsis qilingan har qanday boshqa qoʻmita yoki ishchi guruhining barcha majlislarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi. Bosh direktor yoki u tomonidan tayinlangan xodim ushbu organlarning ex officio kotibi boʻlib hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630872" id="-5630872">(7) (a) Xalqaro byuro Assambleya koʻrsatmalariga muvofiq va Ijroiya qoʻmita bilan hamkorlikda qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630875" id="-5630875">(b) Xalqaro byuro hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlari bilan qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlash masalalari boʻyicha maslahatlashishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630878" id="-5630878">(c) Bosh direktor va u tomonidan tayinlangan shaxslar qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiya ishida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630882" id="-5630882">(8) Xalqaro byuro unga yuklangan boshqa har qanday vazifalarni bajaradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5630886" id="-5630886">56-modda<br /> Texnik hamkorlik qoʻmitasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630890" id="-5630890">(1) Assambleya Texnik hamkorlik qoʻmitasini (ushbu moddada “Qoʻmita” deb nomlanadi) tuzadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630895" id="-5630895">(2) (a) Assambleya Qoʻmita tarkibini belgilaydi va rivojlanayotgan mamlakatlarning adolatli vakilligini inobatga olgan holda uning aʼzolarini tayinlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630900" id="-5630900">(b) Xalqaro izlash organlari va Xalqaro dastlabki ekspertiza organlari Qoʻmitaning ex offisio aʼzolari boʻlib hisoblanadi. Bunday Organ sifatida Ahdlashuvchi davlatning milliy idorasi boʻlgan taqdirda, ushbu davlat Qoʻmitada qoʻshimcha ravishda vakil boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630904" id="-5630904">(c) Agar Ahdlashuvchi davlatlar soni bunga imkon bersa, Qoʻmita aʼzolarining umumiy soni ex officio aʼzolarining sonidan ikki martadan ortiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630911" id="-5630911">(d) Bosh direktor oʻz tashabbusiga koʻra yoki Qoʻmitaning iltimosiga koʻra manfaatdor tashkilotlarning vakillarini ular uchun qiziqish uygʻotadigan masalalarning muhokamasida ishtirok etishga taklif qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630915" id="-5630915">(3) Qoʻmitaning vazifasi quyidagilar boʻyicha takliflar va tavsiyalarni tayyorlash yoʻli bilan yordam berishdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630924" id="-5630924">(i) ushbu Shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni doimiy tarzda takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5630930" id="-5630930">(ii) bir nechta xalqaro izlash organi va xalqaro dastlabki ekspertiza organi mavjud boʻlishiga qadar hujjatlarda, ish uslublarida maksimal tarzda birxillikni hamda hisobotlar va xulosalarning maksimal darajada bir xil yuqori sifatini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631040" id="-5631040">(iii) Assambleya yoki Ijroiya qoʻmita tashabbusiga koʻra texnik muammolarni, ayniqsa yagona Xalqaro izlash organini tashkil qilish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631042" id="-5631042">(4) Har qanday Ahdlashuvchi davlat va har qanday xalqaro tashkilot Qoʻmitaga uning vakolatiga kiradigan har qanday masalalar boʻyicha yozma ravishda murojaat qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631045" id="-5631045">(5) Qoʻmita Bosh direktorga yoki u orqali Assambleyaga, Ijroiya qoʻmitaga, barcha yoki alohida xalqaro izlash organlariga yoki xalqaro dastlabki ekspertiza organlariga, shuningdek barcha yoki alohida qabul qiluvchi idoralarga oʻz takliflari va tavsiyalarini berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631048" id="-5631048">(6) (a) Har qanday holatda ham Bosh direktor Qoʻmitaning barcha takliflari va tavsiyalari matnlarini Ijroiya qoʻmitaga yuboradi. Bosh direktorga ushbu matnlarni sharhlash huquqi taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631051" id="-5631051">(b) Ijroiya qoʻmita Qoʻmitaning har qanday taklifi, har qanday tavsiyasi yoki boshqa harakatlari boʻyicha oʻz fikrini bildirishi, shuningdek Qoʻmitaga uning vakolatiga kiradigan har qanday masalani oʻrganishni topshirish va bu haqda axborot berishi mumkin. Ijroiya qoʻmita tegishli sharhlar bilan Qoʻmitaning takliflari, tavsiyalari va dokladlarini Assambleya koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631055" id="-5631055">(7) Ijroiya qoʻmita tuzilishiga qadar (6)-banddagi Ijroiya qoʻmitaga havola Assambleyaga havola deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631057" id="-5631057">(8) Qoʻmita tartib-taomillarining tafsilotlari Assambleya qarorlari bilan belgilanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5631061" id="-5631061">57-modda <br />Moliyalashtirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631068" id="-5631068">(1) (a) Ittifoq budjetga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631074" id="-5631074">(b) Ittifoq budjeti Ittifoqning oʻz tushumlari va xarajatlarini hamda boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan Ittifoqlar uchun umumiy boʻlgan xarajatlar budjetiga uning badalini ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631077" id="-5631077">(c) Mutlaq ushbu Ittifoqqa taalluqli boʻlmagan, balki boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan bitta yoki bir nechta boshqa Ittifoqqa taalluqli boʻlgan xarajatlar Ittifoqlar uchun umumiy boʻlgan xarajatlar deb hisoblanadi. Ushbu umumiy xarajatlarda Ittifoqning ulushi uning mazkur xarajatlarga boʻlgan manfaatdorligiga mos keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631082" id="-5631082">(2) Ittifoq budjeti boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlar budjetlari bilan muvofiqlashtirish talablarini lozim darajada hisobga olgan holda qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631086" id="-5631086">(3) (5)-band qoidalarini inobatga olgan holda Ittifoq budjeti quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631090" id="-5631090">(i) Xalqaro byuro tomonidan Ittifoqqa taalluqli xizmatlar taqdim qilinganligi uchun bojlar va toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631095" id="-5631095">(ii) Xalqaro byuroning Ittifoqqa taalluqli nashrlarini sotishdan yoki bunday nashrlarga boʻlgan huquqlarni berishdan keladigan tushumlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631098" id="-5631098">(iii) hadyalar, vasiyat qilingan mablagʻlar va subsidiyalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631104" id="-5631104">(iv) rentalar, foizlar va turli boshqa daromadlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631108" id="-5631108">(4) Xalqaro byuro xizmatlari uchun bojlar va toʻlovlarning miqdorlari, shuningdek uning nashrlari narxlari normal holatlarda ular Xalqaro byuroning ushbu Shartnomaga taalluqli maʼmuriy funksiyalarini amalga oshirishga doir barcha xarajatlari qoplanishini hisobga olgan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631114" id="-5631114">(5) (a) Agar biror-bir moliya yili taqchillik bilan tugagan taqdirda, Ahdlashuvchi davlatlar (b) va (c) kichik bandlarining qoidalarini inobatga olgan holda ushbu taqchillikni qoplash uchun badallar toʻlashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631117" id="-5631117">(b) Har bir Ahdlashuvchi davlatning badal miqdori ulardan har biri tomonidan tegishli yil davomida berilgan xalqaro talabnomalar sonini lozim darajada hisobga olgan holda Assambleya tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631120" id="-5631120">(c) Agar taqchillikni yoki uning har qanday qismini vaqtincha qoplashning boshqa manbalari mavjud boʻlsa, Assambleya ushbu taqchillikni keyingi yilga oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi va Ahdlashuvchi davlatlardan badallarni toʻlashni talab qilmasligi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631123" id="-5631123">(d) Agar Ittifoqning moliyaviy holati imkon bersa, Assambleya (a) kichik bandiga muvofiq toʻlangan har qanday badallar ushbu badallarni toʻlagan Ahdlashuvchi davlatlarga qoplab berilishi haqida qaror qabul qilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631127" id="-5631127">(e) Assambleya tomonidan belgilangan sanadan eʼtiboran ikki yil ichida (b) kichik bandiga muvofiq oʻz badalini toʻlamagan Ahdlashuvchi davlat Ittifoqning har qanday organida ovoz berish huquqini yoʻqotadi. Biroq ushbu organlardan istalgani bunday davlatga,toʻlov muddatini oʻtkazib yuborish favqulodda va muqarrar holatlar natijasida yuz bergan deb qatʼiy ishonishiga qadar, ushbu organda ovoz berish huquqidan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631130" id="-5631130">(6) Agar budjet yangi moliyaviy davr boshlanishiga qadar qabul qilinmasa, u holda moliyaviy reglamentda nazarda tutilgan tartibga muvofiq avvalgi yil darajasidagi budjet amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631137" id="-5631137">(7) (a) Ittifoq aylanma mablagʻlar jamgʻarmasiga ega boʻlib, u har bir Ahdlashuvchi davlat tomonidan kiritiladigan bir martalik toʻlovdan tashkil topadi. Agar aylanma mablagʻlar jamgʻarmasi yetarli boʻlmasa, Assambleya uni oshirish uchun choralar koʻradi. Agar ushbu jamgʻarma mablagʻlarining qismi kerak boʻlmasa, u Ahdlashuvchi davlatlarga qoplab beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631144" id="-5631144">(b) Har bir Ahdlashuvchi davlatning mazkur jamgʻarmaga dastlabki toʻlovining miqdori yoki uning ushbu jamgʻarmani oshirishdagi ulushi (5)(b)-bandida nazarda tutilgan aynan oʻsha prinsiplar asosida Assambleya tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631147" id="-5631147">(c) Toʻlov shartlari Bosh direktorning taklifiga koʻra va Tashkilot Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasining fikri eshitilganidan keyin Assambleya tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631151" id="-5631151">(d) Badallarning har qanday qoplanishi har bir Ahdlashuvchi davlat tomonidan toʻlangan summalarga ular toʻlangan sanalarini hisobga olgan holda mutanosib boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631154" id="-5631154">(8) (a) Hududida Tashkilot oʻz qarorgohiga ega boʻlgan davlat bilan tuziladigan Qarorgoh haqidagi bitimda aylanma mablagʻlar jamgʻarmasi yetarli boʻlmagan hollarda ushbu davlat boʻnaklar taqdim etishi nazarda tutiladi. Ushbu boʻnaklar summasi va ular taqdim etiladigan shartlar har bir holatda ushbu davlat va Tashkilot oʻrtasida alohida kelishuv predmeti boʻlib hisoblanadi. Bunday davlat boʻnaklarni taqdim etish majburiyati bilan bogʻliq boʻlishiga qadar u Assambleya va Ijroiya qoʻmitada ex officio tarzda bir oʻringa ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631158" id="-5631158">(b) (a) kichik bandida qayd etib oʻtilgan davlat ham, Tashkilot ham yozma ravishda xabardor qilgan holda boʻnaklarni taqdim etish toʻgʻrisidagi majburiyatni denonsatsiya qilish huquqiga ega. Denonsatsiya bildirishnoma berilgan yil yakunlanganidan keyin uch yil oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631161" id="-5631161">(9) Moliyaviy taftish moliyaviy reglament qoidalariga muvofiq bitta yoki bir nechta Ahdlashuvchi davlat yoki ularning roziligiga koʻra Assambleya tomonidan tayinlanadigan tashqi revizorlar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5631165" id="-5631165">58-modda <br />Yoʻriqnoma </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631171" id="-5631171">(1) Ushbu Shartnomaga ilova qilinadigan Yoʻriqnoma quyidagi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631173" id="-5631173">(i) ushbu Shartnoma Yoʻriqnomaga maxsus havola qiladigan talablarga yoki ular belgilanganligini yoki belgilanishi mumkinligini maxsus nazarda tutadigan talablarga doir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631177" id="-5631177">(ii) har qanday maʼmuriy talablar, masalalar yoki tartib-taomillarga doir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631181" id="-5631181">(iii) ushbu Shartnoma qoidalarini qoʻllash uchun foydali boʻlgan har qanday tafsilotlarga doir qoidalarni ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631186" id="-5631186">(2) (a) Assambleya Yoʻriqnomaga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631189" id="-5631189">(b) (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda oʻzgartishlar berilgan ovozlarning toʻrtdan uch qismiga ega boʻlgan koʻpchilik bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631194" id="-5631194">(3) (a) Yoʻriqnoma qoidalarni belgilaydi, ular quyidagicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631199" id="-5631199">(i) faqat bir ovozda qabul qilingan qaror bilan yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631202" id="-5631202">(ii) faqat milliy idorasi Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi sifatida amal qiladigan Ahdlashuvchi davlatning hech biri qarshi boʻlmasligi sharti bilan, bunday Organ vazifalarini hukumatlararo tashkilot bajargan taqdirda esa, mazkur hukumatlararo tashkilotning tegishli instansiyasi doirasida boshqa aʼzo davlatlar tomonidan bunga vakil qilingan ushbu tashkilotning aʼzosi boʻlgan davlat qarshi boʻlmasligi sharti bilan oʻzgartirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631207" id="-5631207">(b) Qoʻllaniladigan talablarning bunday qoidalardan biror-biriga kelajakda tatbiq etilmasligi tegishincha (a)(i) yoki (a)(ii) kichik bandlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini talab qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631209" id="-5631209">(c) (a) kichik bandida nazarda tutilgan talablarning kelajakda biror-bir qoidaga nisbatan tatbiq qilinishi bir ovozdan qaror qabul qilinishini talab qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631212" id="-5631212">(4) Yoʻriqnoma Bosh direktor tomonidan Assambleya nazorati ostida Maʼmuriy yoʻriqnoma ishlab chiqilishini nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631216" id="-5631216">(5) Ushbu Shartnoma qoidalari va Yoʻriqnoma oʻrtasida tafovutlar aniqlangan taqdirda, Shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5631219" id="-5631219">VI BOB<br /> NIZOLARNI HAL QILISh </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5631223" id="-5631223">59-modda <br />Nizolarni hal qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631226" id="-5631226">64(5)-modda qoidalarini inobatga olgan holda ikkita yoki bir nechta Ahdlashuvchi davlatlar oʻrtasida ushbu Shartnoma yoki Yoʻriqnomani talqin qilishga doir har qanday nizo muzokaralar yoʻli bilan hal qilinmagan taqdirda, agar faqat manfaatdor davlatlar nizoni hal qilishning boshqa usuli haqida kelishib olmasa, har qanday manfaatdor davlat tomonidan Sud Maqomiga muvofiq ariza berilishi yoʻli bilan Xalqaro sudga berilishi mumkin. Ariza berayotgan Ahdlashuvchi davlat Sudda koʻrib chiqilishi uchun berilgan nizo haqida Xalqaro byuroga xabar berishi kerak; Xalqaro byuro bu haqda qolgan Ahdlashuvchi davlatlarni xabardor qilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5631262" id="-5631262">VII BOB<br /> QAYTA KOʻRIB ChIQISh VA TUZATIShLAR </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5631266" id="-5631266">60-modda <br />Shartnomani qayta koʻrib chiqish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631270" id="-5631270">(1) Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi davlatlarning maxsus konferensiyalarida vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631272" id="-5631272">(2) Qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyani chaqirish toʻgʻrisidagi qaror Assambleya tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631277" id="-5631277">(3) Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlangan har qanday hukumatlararo tashkilot qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiya majlisiga kuzatuvchi sifatida qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631283" id="-5631283">(4) 53(5), (9) va (11), 54, 55(4)-(8), 56 va 57-moddalarga tuzatishlar qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyada yoki 61-modda qoidalariga muvofiq qabul qilinishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5631288" id="-5631288">61-modda<br /> Shartnomaning ayrim qoidalariga tuzatishlar kiritish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631293" id="-5631293">(1) (a) 53(5), (9) va (11), 54, 55(4)-(8), 56 va 57-moddalarga tuzatishlar kiritish haqidagi takliflar Assambleya aʼzosi boʻlgan har qanday davlat, Ijroiya qoʻmita yoki Bosh direktor tomonidan berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631299" id="-5631299">(b) Bunday takliflar Ahdlashuvchi davlatlarga eng kamida ularni Assambleya tomonidan koʻrib chiqilishiga qadar olti oy oldin Bosh direktor tomonidan yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5631303" id="-5631303">(2) (a) (1)-bandda nazarda tutilgan moddalarga tuzatishlar Assambleya tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632630" id="-5632630">(b) Tuzatishlarni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning toʻrtdan uch qismiga teng koʻpchilik talab qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632632" id="-5632632">(3) (a) (1)-bandda qayd etib oʻtilgan moddalarga har qanday tuzatish har bir davlatning konstitutsiyaviy tartib-taomiliga muvofiq amalga oshirilgan uning qabul qilinganligi haqidagi yozma bildirishnomalar ushbu tuzatish qabul qilinishi vaqtida Assambleya aʼzolari boʻlgan davlatlarning toʻrtdan uch qismidan Bosh direktor tomonidan olinganidan keyin bir oy oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632633" id="-5632633">(b) Mazkur moddalarga bunday tarzda qabul qilingan har qanday tuzatish u kuchga kirgan vaqtda Assambleya aʼzosi boʻlgan barcha davlatlar uchun majburiydir; biroq Ahdlashuvchi davlatlarning moliyaviy majburiyatlarini oshiruvchi har qanday tuzatish faqat bunday tuzatish ular tomonidan qabul qilinganligi haqida xabardor qilgan davlatlar uchun majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632635" id="-5632635">(c) (a) kichik bandi qoidalariga muvofiq qabul qilingan har qanday tuzatish mazkur tuzatish (a) kichik bandi qoidalariga muvofiq kuchga kirgan sanadan keyin Assambleya aʼzolari boʻlgan barcha davlatlar uchun majburiydir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5632636" id="-5632636">VIII BOB<br /> YAKUNIY QOIDALAR </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5632637" id="-5632637">62-modda<br /> Shartnomada ishtirok etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632638" id="-5632638">(1) Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoqqa aʼzo boʻlgan har qanday davlat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632639" id="-5632639">(i) ratifikatsiya yorligʻi saqlash uchun keyingi topshirilishi bilan Shartnoma imzolanishi yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632641" id="-5632641">(ii) Shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilishi yoʻli bilan ushbu Shartnoma ishtirokchisi boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632642" id="-5632642">(2) Ratifikatsiya yorliqlari yoki Shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632644" id="-5632644">(3) Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining Stokxolm Hujjati 24-moddasi qoidalari ushbu Shartnomaga nisbatan qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632646" id="-5632646">(4) (3)-band mazkur bandga binoan ushbu Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi davlat tomonidan qoʻllaniladigan hududga nisbatan amaldagi holatning har qanday Ahdlashuvchi davlat tomonidan eʼtirozsiz tan olinishini yoki qabul qilinishini bildiradigan tarzda hech qaysi holda ham talqin qilinishi kerak emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5632648" id="-5632648">63-modda<br /> Shartnomani kuchga kirishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632649" id="-5632649">(1) (a) Ushbu Shartnoma (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda sakkizta davlat oʻz ratifikatsiya yorliqlarini yoki Shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni saqlash uchun topshirganidan keyin uch oy oʻtgach kuchga kiradi, shu shart bilanki, bunda sakkizta davlatdan eng kamida toʻrtta davlat quyidagi har qanday talablarni qanoatlantiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632650" id="-5632650">(i) bunday davlatda berilgan talabnomalar soni Xalqaro byuro tomonidan eʼlon qilingan soʻnggi har yillik statistika maʼlumotlariga koʻra 40 000 dan oshgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632651" id="-5632651">(ii) bunday davlat fuqarolari yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxslar Xalqaro byuro tomonidan eʼlon qilingan soʻnggi har yillik statistika maʼlumotlariga koʻra biror-bir xorijiy mamlakatga eng kamida 1000 ta talabnoma bergan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632652" id="-5632652">(iii) bunday davlatning milliy idorasi Xalqaro byuro tomonidan eʼlon qilingan soʻnggi har yillik statistika maʼlumotlariga koʻra xorijiy mamlakatlarning fuqarolaridan yoki ushbu mamlakatlarda yashaydigan shaxslardan eng kamida 1000 ta talabnoma qabul qilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632653" id="-5632653">(b) Ushbu band maqsadlari uchun “talabnomalar” tushunchasi foydali modellarga talabnomalarni ichiga olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632654" id="-5632654">(2) (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda ushbu Shartnoma (1)-bandga muvofiq kuchga kirgan sanada uning ishtirokchisi boʻlmagan har qanday davlat u ratifikatsiya yorligʻi yoki Shartnomaga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi hujjatni saqlash uchun topshirgan sanadan keyin uch oy oʻtgach mazkur Shartnoma qoidalari bilan bogʻliq boʻlib qoladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632656" id="-5632656">(3) II bob qoidalari va ushbu Shartnomaga ilova qilinadigan, ularga taalluqli boʻlgan Yoʻriqnoma qoidalari faqat har biri (1)-bandda sanab oʻtilgan uchta talabdan eng kamida bittasini qanoatlantiradigan,II bob qoidalari bilan oʻzlarini bogʻliq deb hisoblamasligi haqida 64(1)-moddada nazarda tutilgan izohlar bermagan uchta davlat ushbu Shartnoma ishtirokchilariga aylangan sanadan eʼtiboran qoʻllaniladi. Biroq ushbu sana (1)-bandga muvofiq Shartnoma kuchga kirgan sanaga nisbatan erta boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5632657" id="-5632657">64-modda<br /> Izohlar[<sup>4</sup>] </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632662" id="-5632662">(1) (a) Har qanday davlat u oʻzini II bob qoidalari bilan bogʻliq deb hisoblamasligi haqida maʼlum qilishi mumkin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-5632665" id="-5632665">[<sup>4</sup>]Muharrir izohi: 64(1)-(5)-moddaga muvofiq bayon qilingan, Xalqaro byuro tomonidan olingan izohlar toʻgʻrisidagi axborot JIMT ning Axborotnomasida va Internetdagi www.wipo.int/pct/ru/texts/reservations/res_incomp.html manzili boʻyicha saytida eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632666" id="-5632666">(b) (a) kichik bandiga koʻra izohni bayon qilgan davlatlar II bob qoidalari bilan bogʻliq boʻlmaydi va ularga Yoʻriqnoma qoidalari bilan taalluqli boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632667" id="-5632667">(2) (a) (1)(a)-bandiga koʻra izohni bayon qilmagan har qanday davlat quyidagilarni maʼlum qilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632668" id="-5632668">(i) u oʻzini xalqaro talabnoma nusxasi va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim etishga nisbatan39(1)-modda qoidalari bilan bogʻliq deb hisoblamaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632670" id="-5632670">(ii) xalqaro talabnomani milliy bosqichda koʻrib chiqishni kechiktirishga nisbatan 40-modda qoidalari bilan nazarda tutilgan majburiyat xalqaro talabnomani yoki uning tarjimasini mazkur davlatning milliy idorasi tomonidan yoki ushbu idora vositasida eʼlon qilinishiga toʻsqinlik qilmaydi. Biroq bunda mazkur davlat 30 va 38-moddalarda nazarda tutilgan cheklovlardan ozod qilinmasligi tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632672" id="-5632672">(b) Bunday izohni bayon qiluvchi davlatlar ularning bayonotlariga tegishli tarzda mazkur qoidalar bilan bogʻliq boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632674" id="-5632674">(3) (a) Har qanday davlat mazkur davlatga taalluqli boʻlgan hollarda xalqaro talabnomaning xalqaro eʼlon qilinishi talab qilinmasligini maʼlum qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632676" id="-5632676">(b) Agar ustuvorlik sanasidan 18 oy tugashiga xalqaro talabnoma (a) kichik bandiga muvofiq izohni bayon qilgan faqat bunday davlatlar koʻrsatilishini ichiga olsa, xalqaro talabnoma 21(2)-moddada nazarda tutilgani kabi eʼlon qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632678" id="-5632678">(c) Biroq (b) kichik bandi qoidalari qoʻllanilgan taqdirda ham xalqaro talabnoma Xalqaro byuro tomonidan quyidagi hollarda eʼlon qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632679" id="-5632679">(i) Yoʻriqnomada nazarda tutilganidek talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632681" id="-5632681">(ii) xalqaro talabnomaga asoslangan milliy talabnoma yoki patent koʻrsatilgan davlatning milliy idorasi tomonidan yoki ushbu davlat (a) kichik bandiga muvofiq maʼlum qilganda uning nomidan eʼlon qilinganidan keyin darhol, ammo ustuvorlik sanasidan 18 oydan erta boʻlmagan holda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632683" id="-5632683">(4) (a) Milliy qonunchiligi oʻz patentlarini eʼlon qilish sanasidan ilgarigi sanadan eʼtiboran texnika darajasiga taʼsirini nazarda tutadigan, ammo texnika darajasini aniqlash maqsadlari uchun Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasiga koʻra bayon qilingan ustuvorlik sanasini ushbu davlatga talabnoma amalda berilgan sanasiga tenglashtirmaydigan har qanday davlat uning koʻrsatilganligini ichiga olgan xalqaro talabnomani ushbu davlatdan tashqarida berilishi texnika darajasini aniqlash maqsadlari uchun xalqaro talabnomani ushbu davlatga haqiqatda berishga tenglashtirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632685" id="-5632685">(b) (a) kichik bandiga muvofiq izohni bayon qiluvchi har qanday davlat ushbu qismda 11(3)-modda qoidalari bilan bogʻlanmagan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632687" id="-5632687">(c) (a) kichik bandiga muvofiq izohni bayon qiluvchi har qanday davlat bir vaqtda mazkur davlatda uning koʻrsatilganligini ichiga olgan har qanday xalqaro talabnomaning texnika darajasiga taʼsiri qaysi sanadan eʼtiboran va qanday shartlarda haqiqiy boʻlishini yozma ravishda xabar qilishi kerak. Ushbu xabar Bosh direktorga yoʻllanadigan bildirishnoma berish yoʻli bilan har qanday vaqtda oʻzgartirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632691" id="-5632691">(5) Har qanday davlat u oʻzini 59-modda qoidalari bilan bogʻliq deb hisoblamasligini maʼlum qilishi mumkin. Izohni bayon qilgan biror-bir Ahdlashuvchi davlat va boshqa har qanday Ahdlashuvchi davlat oʻrtasida har qanday nizo boʻlgan taqdirda, 59-modda qoidalari qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632692" id="-5632692">(6) (a) Ushbu moddaga muvofiq bayon qilingan har qanday izoh yozma ravishda boʻlishi kerak. U ushbu Shartnomani imzolash vaqtida, ratifikatsiya yorligʻini yoki Shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni saqlash uchun topshirish vaqtida, bundan (5)-bandda nazarda tutilgan holat mustasno, har qanday kechroq vaqtda Bosh direktorga yoʻllangan bildirishnoma yoʻli bilan bayon qilinishi mumkin. Bunday bildirishnoma boʻlgan taqdirda, izoh Bosh direktor bildirishnomani olgan sanadan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi va ushbu olti oylik muddat tugashiga qadar berilgan xalqaro talabnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632693" id="-5632693">(b) Ushbu moddaga muvofiq bayon qilingan har qanday izoh Bosh direktorga yoʻllangan bildirishnoma berish yoʻli bilan har qanday vaqtda olib qoʻyilishi mumkin. Bunday olib qoʻyish Bosh direktor bildirishnomani olgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi va (3)-bandga koʻra bayon qilingan izoh olib qoʻyilgan taqdirda, ushbu uch oylik muddat tugashiga qadar berilgan xalqaro talabnomalarga nisbatan tatbiq qilinmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632695" id="-5632695">(7) Ushbu Shartnoma (1) dan (5) gacha bandlarda nazarda tutilgan izohlardan tashqari boshqa izohlarga yoʻl qoʻymaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5632699" id="-5632699">65-modda<br /> Shartnoma va Yoʻriqnomani bosqichma-bosqich qoʻllash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632701" id="-5632701">(1) Agar biror-bir Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi bilan kelishuv bunday Organ koʻrib chiqish majburiyatini olgan xalqaro talabnomalar soni yoki turiga vaqtinchalik cheklashni nazarda tutsa, Assambleya xalqaro talabnomalarning maʼlum toifasiga nisbatan ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomani bosqichma-bosqich qoʻllash uchun zarur boʻlgan choralarni koʻradi. Ushbu qoida 15(5)-moddaga koʻra xalqaro turda izlashni oʻtkazish haqidagi iltimoslarga nisbatan ham tatbiq etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632702" id="-5632702">(2) Assambleya sanalarni belgilaydi, ulardan eʼtiboran (1)-band qoidalarini inobatga olgan holda xalqaro talabnomalar va xalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazilishiga talablar berilishi mumkin. Ushbu sanalar tegishincha 63(1)-modda qoidalariga koʻra ushbu Shartnoma kuchga kirganidan keyin yoki 63(3)-modda qoidalariga koʻra II bob qoʻllanishi boshlanishidan keyin olti oydan kech boʻlmasligi kerak. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5632704" id="-5632704">66-modda <br />Denonsatsiya </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632706" id="-5632706">(1) Har qanday Ahdlashuvchi davlat ushbu Shartnomani Bosh direktorga yoʻnaltirilgan bildirishnoma yoʻli bilan denonsatsiya qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632708" id="-5632708">(2) Denonsatsiya Bosh direktor tomonidan bildirishnoma olingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi. Denonsatsiya, agar ushbu olti oylik muddat tugashiga qadar xalqaro talabnoma berilgan boʻlsa va denonsatsiya qiluvchi davlat tanlanganda ushbu tanlash amalga oshirilgan boʻlsa, denonsatsiya qilinayotgan davlatda xalqaro talabnomaning amal qilishini tugatmaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5632710" id="-5632710">67-modda<br /> Imzolash va tillar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632712" id="-5632712">(1) (a) Ushbu Shartnoma ingliz va fransuz tillarida bittadan nusxada imzolanadi, bunda har ikkala matn toʻlaligicha bir-biriga toʻgʻri.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632714" id="-5632714">(b) Rasmiy matnlar manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashuvlardan keyin Bosh direktor tomonidan ispan, nemis, portugal, rus va yapon tillarida, shuningdek Assambleya aniqlaydigan boshqa tillarda ishlab chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632717" id="-5632717">(2) Ushbu Shartnoma Vashingtonda imzolash uchun 1970-yilning 31-dekabrigacha ochiq.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5632719" id="-5632719">68-modda<br /> Depozitariy funksiyalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632721" id="-5632721">(1) Ushbu Shartnomaning asl matni u imzolash uchun yopilganidan keyin Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632723" id="-5632723">(2) Bosh direktor ushbu Shartnoma va unga ilova qilinadigan Yoʻriqnomaning oʻzi tomonidan lozim darajada tasdiqlangan ikkita nusxasini Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasiga aʼzo barcha davlatlarning hukumatlariga va soʻrov boʻyicha boshqa har qanday davlatning hukumatiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632726" id="-5632726">(3) Bosh direktor ushbu Shartnomani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632730" id="-5632730">(4) Bosh direktor ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomaga kiritilgan har qanday tuzatishning oʻzi tomonidan lozim darajada tasdiqlangan ikkita nusxasini barcha Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga va soʻrov boʻyicha boshqa har qanday davlatning hukumatiga yuboradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5632733" id="-5632733">69-modda<br /> Bildirishnomalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632735" id="-5632735">Bosh direktor Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasiga aʼzo barcha davlatlarni quyidagilar haqida xabardor qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632736" id="-5632736">(i) 62-moddaga muvofiq imzolashlar haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632737" id="-5632737">(ii) 62-moddaga muvofiq qoʻshilish toʻgʻrisidagi ratifikatsiya yorliqlari yoki hujjatlarini saqlash uchun topshirish haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632739" id="-5632739">(iii) ushbu Shartnomani kuchga kirganligi sanasi va 63(3)-moddaga muvofiq II bob qoʻllanishi boshlanadigan sana haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632741" id="-5632741">(iv) 64(1)-(5)-moddaga muvofiq bayon qilingan har qanday izohlar haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632742" id="-5632742">(v) 64(6)(b)-moddaga muvofiq amalga oshirilgan har qanday izohlarni olib qoʻyish haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632745" id="-5632745">(vi) 66-moddaga muvofiq olingan denonsatsiyalar haqida, va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5632747" id="-5632747">(vii) 31(4)-moddaga muvofiq amalga oshirilgan har qanday bayonotlar haqida.</div></div><div class="SIGNATURE_WITH_BOLD"><div name="-5632749" id="-5632749">(imzolar)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
