Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.10.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2645]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 12-oktabrdagi 6-2015, 24-mh, 42-q/q-sonli “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2719, 15.10.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 21-noyabrdagi PF-4672-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1.Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash 2014-yil 15-dekabrdan boshlab mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2014-yil 29-sentabrdagi 9/y, 54 va 23-qq-son “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2619, 2014-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 41-son, 513-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHOBOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-dekabr,
13-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-dekabr,
62-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-dekabr,
33-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2014-yil 25-dekabrdagi 13, 62 va 33-q/q-son qaroriga
ILOVA
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash
MIQDORLARI
1. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek mazkur davlat muassasalarida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari

T/r

Kontingent

Oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi shaxslar

Soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm)

1.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari

professor, fan doktori

24 879,6

dotsent, fan nomzodi

14 591,6

ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar*

10 009,9

2.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari

professor, fan doktori

28 433,8

dotsent, fan nomzodi

17 958,8

ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar

13 012,7

3.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari (kurslari) tinglovchilari

professor, fan doktori

34 358,2

dotsent, fan nomzodi

23 570,9

ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar

19 018,7

4.

Kurslar tinglovchilari, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan ishchilar, xodimlar**

professor, fan doktori

19 403,3

dotsent, fan nomzodi

11 294,8

ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar*

7 618,5

2. Umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari

T/r

Lavozimlar nomi

Malaka toifasi

Soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm)

1.

Umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri

oliy malaka toifali

9 772,4

birinchi malaka toifali

9 211,3

ikkinchi malaka toifali

8 625,7

oliy maʼlumotli

8 054,6

oʻrta maxsus maʼlumotli

7 529,2

2.

Umumtaʼlim maktablarining yuqori sinflari oʻqituvchisi

oliy malaka toifali

8 096,7

birinchi malaka toifali

7 342,7

ikkinchi malaka toifali

6 876,8

oliy maʼlumotli

6 423,5

oʻrta maxsus maʼlumotli

6 009,9

* ilmiy darajaga ega boʻlmagan, mutaxassislik fanlari boʻyicha mashgʻulot oʻtkazish uchun jalb qilinadigan shaxslar.
** ushbu bandda belgilangan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Izoh:
1. Soatbay haq toʻlash miqdori tarkibiga mehnat taʼtili haqi kiritilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.
3. Konkurs va tanlovlar jyurilari aʼzolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq toʻlashda oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib borganlik uchun toʻlanadigan soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.
4. Taʼlim muassasalarida soatbay haq toʻlash asosida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun shaxslarni jalb qilish, faqat muayyan muassasa shtatidagi oʻqituvchilar tarkibi tomonidan oʻtkazilmaydigan oʻquv mashgʻulotlari va fanlari uchun koʻzda tutiladi. Oʻquv mashgʻulotlarini soatbay haq toʻlash asosida olib borganlik uchun haq toʻlash xarajatlari taʼlim muassasasi xarajatlar smetasining hisob-kitoblar yoyilmasida alohida qator bilan ajratilgan soatbay haq toʻlash fondi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
5. Soatbay haq toʻlash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan.
3. Mazkur oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2014-yil 25-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 645-modda)