Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
TOVAR BELGILARI, XIZMAT KOʻRSATISH BELGILARI VA TOVAR KELIB CHIQQAN JOY NOMLARI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
(1-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi
Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi (bundan buyon matnda tovar belgisi deb yuritiladi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilardir.
Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy boʻlishi mumkin.
Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi.
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega boʻlgan tovarlarini belgilash uchun moʻljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.
Tasvirlar, soʻzlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
4-modda. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Tovar belgisi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisi yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi OʻRQ-749-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)
5-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻgʻrofiy obyektning (bundan buyon matnda joʻgʻrofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb eʼtirof etiladi.
6-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Tovar kelib chiqqan joy nomi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur joʻgʻrofiy obyektdagi, nomi oʻzlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan boʻlsa, foydalanish huquqini oladi.
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi xuddi shu joʻgʻrofiy obyektda joylashgan va aynan shunday xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin.
7-modda. Vakolatli davlat organi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik:
(7-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olishga doir talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular yuzasidan davlat ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;
(7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomlarini va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini, tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgilari davlat reyestrini va Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini (bundan buyon matnda Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxati deb yuritiladi)yuritadi;
(7-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
tovar belgisi uchun guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tovar belgilari roʻyxatga olinganligi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilganligi, shuningdek tovar belgisi Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
(7-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(7-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olishga doir talabnomalar yuzasidan davlat ekspertizasini oʻtkazadi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
8-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olish uchun talabnoma berish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Vazirlikka davlat axborot tizimlari orqali beriladi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Jamoaviy belgini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi nomidan birlashma qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuviga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgandan soʻng Vazirlik ushbu talabnoma haqidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtiradi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma haqidagi maʼlumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan soʻng manfaatdor shaxslar Vazirlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma eʼtirozlarini taqdim etishlari mumkin;
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.
(8-moddaning beshnchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma, agar unda bir necha tovar koʻrsatilgan boʻlsa, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra dastlabki talabnoma berilgan sana saqlangan holda ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilgari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra muhofaza qilingan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan maʼmuriy reglamentda belgilangan tartibda beriladi.
(8-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 8-bobi.
9-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnomaga doir talablar
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga yoki tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli boʻlishi lozim.
Talabnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri;
belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlarning roʻyxati;
tovar ishlab chiqarilgan joyni joʻgʻrofiy obyekt chegarasida koʻrsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi.
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
talabnoma beruvchining zikr etilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bogʻliq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar;
chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma berganlik uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga taalluqli talablar maʼmuriy reglament bilan belgilanadi.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
10-modda. Tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar
Quyidagilar tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari;
3) rasmiy nazorat, kafolat tamgʻalari va namuna yoʻsinidagi tamgʻalar, muhrlar;
4) davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
5) farqlash xususiyatiga ega boʻlmagan belgilar;
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar;
7) umum eʼtirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki oʻtkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar;
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
11) maʼdanli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi joʻgʻrofiy nomlar boʻlgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga oʻxshash soʻzlar bilan qoʻshilgan holda qoʻllanilsa;
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar;
13) quyidagi belgilar:
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish soʻrab talabnoma berilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar;
Oldingi tahrirga qarang.
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar;
(10-modda birinchi qismi 13-bandi uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
(10-modda birinchi qismi 13-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martdagi OʻRQ-757-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son)
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar;
14) quyidagi belgilar:
oʻzga shaxslarga tegishli va Oʻzbekiston Respublikasi hududida taniqli boʻlgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga boʻlgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan boʻlsa, takrorlovchi belgilar;
sanoat namunalarini, agar ularga boʻlgan huquq Oʻzbekiston Respublikasida oʻzga shaxslarga tegishli boʻlsa, takrorlovchi belgilar;
Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan ilmiy asarlar, adabiyot va sanʼat asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, sanʼat asarlarini yoki ulardan koʻrinishlarni mualliflik huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxoʻrlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan yasalgan soʻzlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi boʻlsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxoʻrlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4-bandlarida koʻrsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi boʻlsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, ushbu modda birinchi qismining 5—8-bandlarida koʻrsatilgan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun mavqega ega boʻlmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 5 — 8-bandlarida koʻrsatilgan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega boʻlgan taqdirdagina, yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 13-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshilarda koʻrsatilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishga tovar belgisi egasining bu belgini roʻyxatga olish uchun roziligi boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
11-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar
Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
tovar kelib chiqqan joy xususida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyadigan joʻgʻrofiy nom boʻlgan belgilar;
tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
tovar tayyorlangan joy nomi bilan bogʻliq boʻlmagan joʻgʻrofiy nomni anglatuvchi va Oʻzbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar.
Oldingi tahrirga qarang.
shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilar.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martdagi OʻRQ-757-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son)
12-modda. Tovar belgisining ustuvorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Vazirlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun birinchi talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga qoʻshilgan davlatda berilgan sanaga qarab, basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Vazirlikka tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan boʻlsa (konvensiya ustuvorligi), belgilanishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga qoʻshilgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan rasmiy xalqaro koʻrgazmalarning yoki rasmiy deb tan olingan shunday koʻrgazmalarning eksponatlariga qoʻyilgan tovar belgisining ustuvorligi eksponat koʻrgazmada ochiq namoyish etila boshlangan sanaga qarab (koʻrgazma ustuvorligi), basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Vazirlikka tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan boʻlsa, belgilanishi mumkin.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Konvensiya yoki koʻrgazma ustuvorligi huquqini soʻrayotgan talabnoma beruvchi qoʻyilgan talab haqqoniy ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani berayotganida yoki Vazirlikka talabnoma tushganidan keyin ikki oy mobaynida maʼlum qilishi shart yoxud bu hujjatlarni tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan vaqtdan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay Davlat muassasasiga taqdim etishi lozim.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilgan taqdirda talabnomalarning har biri boʻyicha ustuvorlik dastlabki talabnomaning ustuvorligi sanasiga qarab belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining ustuvorligi ilgari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra muhofaza qilingan tovar belgisining ustuvorligi sanasiga qarab belgilanishi mumkin.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni asosida oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
13-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi hamda rasmiy ekspertizadan oʻtkazishdan va talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazishdan iborat boʻladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlashtirish yoki talabnoma mohiyatini oʻzgartirmaydigan maʼlumotlar bilan toʻldirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish davrida talabnoma beruvchi bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar dastlabki talabnomada sanab oʻtilgan tovarlarni talabnomalar oʻrtasida taqsimlash orqali dastlabki talabnomani ikki yoki bir necha talabnomaga ajratishga haqli.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasini oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha materiallarsiz ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmasa, Davlat muassasasi talabnoma beruvchidan bunday materiallarni soʻrab olishga haqli.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasining soʻroviga binoan qoʻshimcha materiallarni talabnoma beruvchi soʻrov joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida taqdim etmogʻi lozim. Talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra mazkur muddat koʻpi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
(13-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlar talabnoma beruvchining mazkur muddat tugaganidan keyin kechi bilan ikki oy ichida bergan iltimosnomasiga binoan Davlat muassasasi tomonidan tiklanishi mumkin.
(13-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi maʼmuriy reglament bilan belgilanadi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
14-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish talabnoma Vazirlikka berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddat ichida amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Rasmiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Talabnoma beruvchiga rasmiy ekspertiza natijalariga binoan Davlat muassasasining talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud qabul qilishni rad etish haqidagi qarori maʼlum qilinadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
15-modda.Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq, talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran yetti oy ichida biroq kamida olti oydan keyin Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Taraflarning kelishuviga koʻra amalga oshiriladigan muhofazaga layoqatlilik axborotini izlash oʻtkazilgan taqdirda, talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir oy ichida oʻtkaziladi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza tugaganidan keyin bir oy ichida Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertizadan oʻtkazish chogʻida talabnomada ifodalangan belgining tovar belgisini ekspertiza qilishda ushbu Qonun 3-moddasining birinchi qismi hamda 10-moddasi (10-moddasi birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno)qoidalariga, tovar kelib chiqqan joy nomini ekspertiza qilish va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishda esa ushbu Qonunning 6 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
(15-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza natijalariga binoan Davlat muassasasi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va (yoki) undan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida yoxud ularni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bu xususda xabardor qilinadi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasasining tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq sanasiga koʻra ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma tushganligi munosabati bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
16-modda. Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan shikoyat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida shikoyat berishga haqli.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan Apellyatsiya kengashiga shikoyat berish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalari (roʻyxat raqami 3190, 30.10.2019-y.).
Talabnoma beruvchi Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy mobaynida sudga shikoyat berishga haqli.
17-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoki bunday talabnomani chaqirib olish
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomadan uni koʻrib chiqishning istalgan bosqichida boshqa shaxs foydasiga voz kechishi yoki talabnomani chaqirib olishi mumkin, lekin bu tegishincha tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkaziladigan sanadan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.
18-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida, patent boji toʻlanganda avtomatik tarzda tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tegishli reyestrda roʻyxatga oladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlar tarkibi maʼmuriy reglament bilan belgilanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
19-modda. Roʻyxatga olish maʼlumotlarini eʼlon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
20-modda. Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma
Tovar belgisiga doir guvohnoma tovar belgisi sifatida talabnomada ifodalangan belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligi faktini, tovar belgisining ustuvorligini va tovar egasining guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisiga boʻlgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada ifodalangan belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligi faktini va guvohnoma egasining undan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi tegishli reyestrda roʻyxatga olinganidan keyin oʻsha kunning oʻzida Vazirlik tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda beriladi. Guvohnomalar shakli va ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
21-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati
Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil mobaynida amal qiladi.
22-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil mobaynida uning egasi tomonidan berilgan arizaga binoan har safar oʻn yilga uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizani topshirishda patent boji toʻlanadi va arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
(22-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
patent vakili orqali ariza berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs mazkur joʻgʻrofiy obyektda ekanligini va guvohnomada koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv tegishli reyestrga kiritiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizani berish muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga binoan uzaytirilishi mumkin.
23-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi Vazirlikni oʻz nomi, familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga taalluqli boshqa oʻzgartirishlar toʻgʻrisida, tovar belgisi uchun esa tovar belgisi olingan tovarlarning roʻyxati qisqartirilganligi, tovar belgisining ayrim qismlari uning mohiyatini buzmaydigan tarzda oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Ushbu oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi yozuv Vazirlik tomonidan tovar belgisiga doir guvohnomaga yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga va tegishli reyestrga kiritiladi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, huquqiy muhofaza berish nizolashilmayotgan bitta tovar yoki tovarlarning bir qismi uchun tovar belgisi alohida roʻyxatdan oʻtkazilganligi bir necha tovarga nisbatan amal qilayotgan tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligidan tovar belgisi egasining arizasiga binoan ajratib koʻrsatiladi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
24-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomani yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida, basharti u ushbu Qonun 10-moddasi birinchi qismining 1 — 12-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa yoki tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran besh yil mobaynida, basharti u ushbu Qonun 10-moddasi birinchi qismining 13 va 14-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda, tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-fevraldagi OʻRQ-908-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son)
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma uning amal qilishining butun muddati davomida, basharti u ushbu Qonunda belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma Apellyatsiya kengashining yoki sud qarori asosida toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
25-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilganligining bekor qilinishi, tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishining tugatilishi
Tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilganligi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
mazkur joʻgʻrofiy obyekt uchun xos boʻlgan sharoitlar yoʻqolganda va reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarishning iloji boʻlmaganda;
chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxslar tovar kelib chiqqan mamlakatda tovar kelib chiqqan shu joy nomiga doir huquqlarini yoʻqotganda.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi amal qilgan oxirgi uch yil mobaynida undan uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan oldin toʻliq yoki qisman tugatilishi mumkin. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini undan foydalanilmaganligi munosabati bilan muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilayotganda tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etilgan unga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra tovar belgisidan foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar eʼtiborga olinishi mumkin.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada koʻrsatilgan vaqt davriga taalluqli boʻlishi kerak.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi huquq egasi boʻlgan yuridik shaxs tugatilganda, huquq egasi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etib, uning vasiyatnoma yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlari mavjud boʻlmaganda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan sud qarori asosida muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuniga asosan beshinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-avgust)
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi:
Apellyatsiya kengashining qarori asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
tovar belgisi egasining yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma egasining Vazirlikka bergan arizasi asosida;
(25-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
sud qarori asosida muddatidan ilgari tugatiladi.
26-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquq
Tovar belgisining egasi tovar belgisidan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi. Bunda mutlaq huquq tovar belgisi Tovar belgilarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish davrida amalga oshiriladi hamda tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻsha kunning oʻzida Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, oʻzgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisidan uning egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar tovar belgisi egasining talabiga koʻra yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi shart. Tovar belgisining egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qatʼi nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va tovar belgisi egasining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda toʻlanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-959-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son — 2024-yil 12-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi boʻlmaydi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
27-modda. Tovar belgisidan foydalanish
Tovar belgisi uni ishlatish uchun roʻyxatga olingan tovarlarda va (yoki) ularning idishi hamda oʻrovida tovar belgisining egasi tomonidan yoki ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq litsenziya shartnomasi asosida bunday huquq berilgan shaxs tomonidan qoʻllanilishi tovar belgisidan foydalanish deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining:
reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, koʻrgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida, ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan va (yoki) tashilayotgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida;
tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarda;
domen nomida ishlatilishi ham tovar belgisidan foydalanish deb eʼtirof etilishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi OʻRQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
Vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni tayyorlovchining tovar belgisi bilan bir qatorda shartnoma asosida oʻz tovar belgisidan ham foydalanishi mumkin.
28-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish
Tovar kelib chiqqan joy nomini tovarda, uning idishi hamda oʻrovida, peshlavhalarda, rasmiy blankalarda, reklamada, bosma nashrlarda va tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarda ishlatish tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish deb hisoblanadi.
Litsenziya shartnomasi asosida: tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, bunday huquqdan boshqa shaxslar foydasiga voz kechish toʻgʻrisida bitimlar tuzishga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlmagan shaxslarning tovar kelib chiqqan joyning roʻyxatdan oʻtkazilgan nomidan foydalanishiga, hatto basharti bunda tovar kelib chiqqan joyning haqiqiy nomi koʻrsatilgan yoki nom tarjima qilib yoxud “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va shunga oʻxshash soʻzlarni qoʻshib qoʻllanilgan taqdirda ham, shuningdek har qanday tovar kelib chiqqan joy nomi va tovarning alohida xususiyatlari xususida isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan oʻxshash belgilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
29-modda. Ogohlantiruvchi tamgʻalash
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining egasi tovar belgisi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisi ekanligini bildiruvchi lotin alifbosidagi “R” yoki aylana ichiga olingan “R” harfi tarzidagi ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi tovar kelib chiqqan joy nomi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻaning shaklini tasdiqlaydi.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-avgust)
30-modda. Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq bu huquqning egasi tomonidan shartnoma boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1105-moddasi.
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazishga, basharti u isteʼmolchini tovar yoki uning tayyorlovchisi xususida chalgʻitadigan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Tovar belgisidan foydalanish huquqi tovar belgisining egasi (litsenziar) tomonidan litsenziya shartnomasi boʻyicha boshqa shaxsga (litsenziatga) berilishi mumkin.
Litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past boʻlmasligi haqida shart qoʻyilgan boʻlishi va litsenziar bu shartning bajarilishini nazorat qilishi koʻrsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki litsenziya shartnomasi Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(30-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Jamoaviy belgi va undan foydalanish huquqi boshqa shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas.
31-modda. Tovar belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxsni qayta tashkil etish paytida tovar belgisining oʻtishi
Tovar belgilarining egalari boʻlmish yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda tovar belgilari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxs boʻlinganda tovar belgisi tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi zimmasiga oʻtadigan, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi. Tovar belgisining egasi tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilgan tovarlarni ishlab chiqarishning bir qismini oʻzida saqlab qolgan taqdirda har ikkala yuridik shaxs oʻzaro kelishuvga (shartnomaga) koʻra tovar belgisining birgalikdagi egasi deb eʼtirof etilishi mumkin. Bu haqdagi kelishuv (shartnoma) Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Tovar belgisining egasi boʻlmish yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda tovar belgisiga doir huquq qoʻshib olgan yuridik shaxsga oʻtadi.
32-modda. Tovar belgisini takroriy roʻyxatdan oʻtkazish shartlari
Guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan tovar belgisi tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tugagan sanadan eʼtiboran uch yil mobaynida boshqa shaxs nomiga qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas. Mazkur qoida tovar belgisining egasi undan tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar voz kechgan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
321-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazish asosida muhofaza qilinadigan tovar belgisi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan tovar belgisi, shuningdek tovar belgisi sifatida foydalaniladigan, lekin Oʻzbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofazaga ega boʻlmagan belgi yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasiga binoan, agar bunday tovar belgilaridan yoki belgidan muttasil foydalanilishi natijasida ular arizada koʻrsatilgan sanadagi holatga koʻra mazkur shaxsning tovarlari xususida Oʻzbekiston Respublikasida tegishli isteʼmolchilar orasida keng maʼlum boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi deb eʼtirof etilishi mumkin.
Hammaga maʼlum tovar belgisiga ushbu Qonunda tovar belgisi uchun nazarda tutilgan huquqiy muhofaza beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalari (roʻyxat raqami 3190, 30.10.2019-y.).
322-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisini huquqiy muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hammaga maʼlum tovar belgisiga qonunchilikda belgilangan tartibda Apellyatsiya kengashining qarori asosida huquqiy muhofaza beriladi.
(322-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom 5-bandining g kichik bandi ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgisi Vazirlik tomonidan Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritiladi.
(322-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hammaga maʼlum tovar belgisiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar ular Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilganidan keyin Vazirlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(322-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hammaga maʼlum tovar belgisiga guvohnoma berish tovar belgisi Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilgan sana boʻyicha Vazirlik tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlanadigan elektron shaklda amalga oshiriladi. Guvohnomaning shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(322-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalari (roʻyxat raqami 3190, 30.10.2019-y.).
Hammaga maʼlum tovar belgisining huquqiy muhofazasi muddatsiz amal qiladi.
(321 va 322-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
33-modda. Patent bojlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun patent bojlari olinadi.
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni.
34-modda. Patent vakillari
Oldingi tahrirga qarang.
Patent vakili Vazirlikda yuridik va jismoniy shaxslarning vakillik huquqini amalga oshiradi.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻz mamlakati hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi patent vakili boʻlishi mumkin. Patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Patent vakillari toʻgʻrisida nizom”ga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Vazirlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida boʻlgan jismoniy shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini va bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni yozishma uchun Oʻzbekiston Respublikasi doirasidagi manzilini koʻrsatgan holda patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin.
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
35-modda. Tovar belgisini va tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tovar belgisini yoki tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishga haqli.
36-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki oʻzaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.
37-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(37-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4 va 6-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
371-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi
Tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquq egasining arizasi asosida Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organi deb yuritiladi) tovar belgisidan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(371-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlar asosida adliya organi tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha adliya organining va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
(371-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, adliya organining mansabdor shaxsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak.
(371-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida adliya organi huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(371-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror adliya organining rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.
(371-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuborilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, adliya organi jarimani undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.
(371-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi Vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
(371-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzar adliya organining jarima solish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
(371-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Bir xil mahsulotlarni belgilash uchun mahsulot belgisidan yoki xizmat koʻrsatish belgisidan yoxud unga oʻxshash belgidan mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzgan holda foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177-moddasiga asosan javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1102 — 1111-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
267-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 178-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 379-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son; 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son; 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)