Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-son qaroriga muvofiq, davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek davlat mulki obyektlari bilan bitishuvlarni amalga oshirishda ommaviylik va oshkoralikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasi va davlat koʻchmas mulk obyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi shakli 41-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2022-y., 09/22/71/0129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 51-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi qarorlari boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Davlat mulki obyektlarini tanlov savdolarida va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-oktabr,
279-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom davlat muassasalarini (keyingi oʻrinlarda davlat tashkilotlari deb ataladi) aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xoʻjalik jamiyatiga aylantirish tartibotlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirish davlat organining, oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotlari muassislarining takliflari, nodavlat yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) buyurtmanomalariga muvofiq shakllantiriladigan va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga (davlat tashkilotlari roʻyxatlari) (keyingi oʻrinlarda xususiylashtirish dasturi deb ataladi) shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) qarorlariga asosan, ushbu nizomning 1-ilovasiga binoan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat tashkilotini oʻzgartirish muddati va shartlarini belgilash Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma) tomonidan amalga oshiriladi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari bilan boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
4. Davlat tashkiloti oʻzgartirilayotgan xoʻjalik jamiyati shaklini tanlash ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini, uning faoliyati samaradorligini va ishlab chiqarish koʻlamlarini oshirish darajasini, asosiy vositalari qiymatini va oʻzgartirilayotgan davlat tashkiloti muassisining takliflarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat tashkiloti xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda, mazkur xoʻjalik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushiga nisbatan aksiyadorning (ishtirokchining) vazifalari Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
II. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirish uchun takliflar va buyurtmanomalar tashabbuskorlar tomonidan Agentlikka yoki hududiy boshqarmaga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
7. Davlat organining, davlat tashkiloti muassisining davlat tashkilotini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifiga:
oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining amaldagi mulkchilik shaklini saqlab qolish zaruriyati yoʻqligi haqidagi birinchi rahbar tomonidan imzolanadigan va muhr bilan tasdiqlanadigan xulosa;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tashkilotini Oʻzbekiston Respublikasining davlat muassasalari reyestriga kiritilganligi haqidagi guvohnoma;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tashkiloti toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
taʼsis hujjatlari nusxalari, davlat tashkilotining kadastr hujjatlari va mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarori nusxalari ilova qilinadi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
8. Davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun buyurtmanoma:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat yuridik shaxs nomidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga binoan shakl boʻyicha rahbar yoki muassis bilan kelishgan holda uning tomonidan bunga vakolatlangan shaxs tomonidan imzolanishi lozim;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
jismoniy shaxs nomidan ushbu Nizomning 3-ilovasiga binoan shakl boʻyicha oʻzi yoki bunga vakolatlangan shaxs tomonidan imzolanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tashkilotini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza elektron imzo bilan tasdiqlangan elektron shaklda Agentlikning veb-saytiga ham yuborilishi mumkin, shunda:
ariza beruvchi — jismoniy shaxs — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, mobil telefon raqami, elektron manzilini koʻrsatadi;
ariza beruvchi — yuridik shaxs — tashkilot nomi, tashkilot STIRi, tashkilot rahbarining mobil telefon raqami va elektron pochta manzilini koʻrsatadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Agentlik yoki hududiy organ davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar mavjud boʻlmagan taqdirda, buyurtmanomani olgandan keyin besh ish kuni ichida davlat tashkilotining:
respublika mulki hisoblanganda uning muassisi;
munitsipal mulk boʻlganda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga davlat tashkiloti muassisining va mahalliy davlat hokimiyati organining birinchi rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan davlat tashkilotini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etish haqida soʻrovnoma yuboradi;
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan birinchi — uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat tashkilotining tashkiliy-huquqiy shaklini saqlab qolish zarur boʻlsa, uning birinchi rahbari soʻrov olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlikni (tegishli hududiy boshqarmani) yozma ravishda xabardor qiladi va soʻrov olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kechiktirmay, davlat tashkilotining tashkiliy-huquqiy shaklini saqlab qolish toʻgʻrisida tegishincha davlat tashkilotining birinchi rahbari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimlari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan va davlat tashkilotini rivojlantirishni nazarda tutuvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli Kotibiyati rahbari tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga yoki yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, agar u boʻlmagan taqdirda — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlangan tegishli dastur (maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha taʼlim muassasalari bundan mustasno) ilova qilingan holda asoslantirilgan xulosani taqdim etadi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Xulosa soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlikka yoki hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Agentlik yoki hududiy boshqarma davlat tashkilotini oʻzgartirishni rad etish haqida qaror qabul qiladi, agar:
davlat tashkiloti xususiylashtirilmaydigan obyektlar roʻyxatiga kirsa;
aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanilishiga zarurat boʻlsa;
mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan muddatlarga koʻra, davlat tashkilotini oʻzgartirish maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha xulosa kiritilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
dasturda yoki tarmoq jadvalida belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar bajarilmagan taqdirda, Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi, davlat tashkiloti munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimlari xulosasiga binoan, respublika mulki hisoblanganda davlat tashkiloti muassisining (yuqori turuvchi tashkilotining) roziligisiz tegishli davlat tashkilotini (taʼlim muassasalari, shu jumladan maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha taʼlim muassasalari bundan mustasno) xususiylashtirish dasturiga kiritishi mumkin.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Bu haqda davlat tashkiloti muassisi (uning yuqori turuvchi tashkiloti) Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan qaror qabul qilingan paytdan 5 kun mobaynida yozma ravishda xabardor qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat tashkilotini oʻzgartirishni rad etish toʻgʻrisidagi qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi axborot Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun buyurtmanoma (taklif) kelib tushgan paytdan boshlab oʻn ish kuni ichida, sabablari koʻrsatilgan holda, yozma shaklda ariza beruvchiga yetkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun buyurtmanoma hududiy organga kelib tushgan taqdirda, oʻzgartirishni rad qilish uchun sabablar boʻlmaganda, hududiy boshqarma buyurtmanoma (taklif) kelib tushgan paytdan boshlab oʻn besh ish kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradigan hamda tarkibiga Agentlik (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Tabiat resurslari vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organlarining rahbarlari kiradigan hududiy tanlov komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — hududiy tanlov komissiyasi) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda axborot yuboradi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun kelib tushgan buyurtmanomaning (taklifning) nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha davlat tashkilotini koʻzdan kechirish dalolatnomasi, binolar va inshootlarning kamida toʻrtta fotosuratini ilova qilgan holda;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha davlat tashkiloti toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
kadastr hujjatlari nusxalari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi);
davlat tashkiloti muassisi va mahalliy davlat hokimiyati organining davlat tashkilotini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari;
oʻzgartirish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosa.
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy tanlov komissiyasi davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun berilgan buyurtmanomani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tasdiqlangan mezonlarga mos kelishini koʻrib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinishi zarur boʻlsa, hududiy organ hududiy tanlov komissiyasining qaroriga asosan berilgan buyurtmanomani (taklifni) hujjatlarni ilova qilgan holda Agentlikka yuboradi.
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik, zarur boʻlganda, hududiy boshqarmadan davlat tashkiloti toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etish muddatini koʻrsatgan holda soʻrab olishi mumkin.
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun buyurtmanoma (taklif) Agentlikka kelib tushgan taqdirda, oʻzgartirishni rad etish uchun sabablar boʻlmaganda, buyurtmanoma (taklif) mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni shakllantirish uchun hududiy boshqarmaga yuboriladi, hujjatlar oʻn besh ish kuni mobaynida hududiy organ tomonidan hududiy tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
14. Davlat tashkilotida uning tegishli obyektlariga oid kadastr hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlmaganda, koʻrsatilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotuvdan oldingi tayyorgarlik doirasida tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirish uchun kelib tushgan buyurtmanomalar (takliflar) asosida hududiy tanlov komissiyalari va Agentlik har yili kamida bir marta tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xususiylashtiriladigan davlat tashkilotlari boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori boʻyicha xususiylashtiriladigan davlat tashkilotlari boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyalari tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritiladi.
Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan davlat tashkilotlarining roʻyxati hududlar yoki tarmoqlar boʻyicha shakllantirilishi mumkin.
Xususiylashtirish dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra oʻzgartiriladigan davlat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga kiritiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Agar davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun buyurtmanomani (taklifni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra u xususiylashtirish dasturi loyihasiga kiritilsa, Agentlik yoki hududiy boshqarma yozma shaklda bu haqdagi tegishli axborotni buyurtmanoma (taklif) kelib tushgan paytdan boshlab bir oy muddatda ariza beruvchiga yetkazadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
III. Davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
17. Tasdiqlangan xususiylashtirish dasturiga muvofiq Agentlik yoki hududiy boshqarma oʻzgartirish uchun tayyorlash boʻyicha Komissiyani (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuzadi.
Komissiya tarkibiga Agentlik yoki hududiy boshqarma vakillari bilan bir qatorda:
muassis;
oʻzgartirilayotgan davlat tashkiloti maʼmuriyati va unda mehnat faoliyatini yuritayotgan ishchilar;
iqtisodiyot va moliya organi;
soliq xizmati organi;
xizmat koʻrsatuvchi bank;
mahalliy ijro hokimiyat organlari;
Kadastr agentligi vakillari kiritiladi.
Zarurat boʻlganda, Komissiya tarkibiga boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Komissiyani shakllantirish uchun Agentlik yoki hududiy boshqarma tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Komissiya tarkibiga ularni kiritish uchun nomzodlarni taqdim etish haqida soʻrovnoma yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari, soʻrovnoma kelib tushgandan keyin uch kun muddatda yozma ravishda Agentlik yoki hududiy boshqarmaga Komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni yuboradilar va kelgusida uni Komissiya ishida qatnashishi uchun zarur sharoitlar bilan taʼminlaydilar.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Komissiyada ishlash vaqtida Komissiya aʼzosining asosiy ish joyi boʻyicha ish haqi va boshqa qoʻshimcha toʻlovlari saqlanadi.
Komissiya oʻz faoliyatini bevosita oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotida amalga oshiradi. Komissiya mustaqil ravishda oʻz ishining reglamentini tasdiqlaydi. Komissiya aʼzolari qabul qilayotgan qarorlari uchun qonun hujjatlariga binoan javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Komissiya faoliyatiga rahbarlikni va uning ishini tashkillashtirishni Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan oʻz xodimlari orasidan tayinlanadigan Komissiya raisi amalga oshiradi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Komissiya raisi oʻz vakolatlari doirasi quyidagi huquqlarga ega:
Komissiya aʼzolariga, oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining mansabdor shaxslariga Komissiya faoliyati masalalari boʻyicha topshiriqlar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik yoki hududiy boshqarmaga Komissiya ishi reglamentini surunkali buzayotgan ayrim Komissiya aʼzolarini, ularni tegishli ravishda almashtirgan holda Komissiya tarkibidan chiqarish masalalarini koʻrib chiqish uchun kiritadi.
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
21. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan Komissiya raisi qatnashgan taqdirda huquqiy vakolatga ega hisoblanadi. Komissiya qarorlari uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovoz berish ochiq usulda oʻtkaziladi. Komissiyaning har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. Ovozlar teng boʻlganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya qarorining qabul qilinishiga rozi boʻlmagan Komissiya aʼzosi oʻz mulohazasini yozma ravishda bayon qilish va uni Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasiga yuborish huquqiga ega.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Davlat tashkilotini oʻzgartirishga tayyorlash boʻyicha Komissiya tomonidan amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat boʻladi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
moddiy va nomoddiy aktivlar tarkibini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining mol-mulklari saqlanishini taʼminlash choralarini belgilash;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
davlat tashkilotini oʻzgartirish paytiga qadar ijro etilmagan majburiyatlarni aniqlash va bu haqda axborot tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha davlat tashkiloti oʻzgartirilishini oʻtkazish muddatlari va yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda davlat tashkilotini oʻzgartirish rejasini tuzish;
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining taʼsis hujjatlari tayyorlanishini tashkil qilish;
boshqa masalalarni hal etish.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining mol-mulkini va moliyaviy majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazish Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
24. Xatlovdan oʻtkazish oraliq balans tuzilgan sana boʻyicha oʻtkaziladi, bunda balansning har bir qatori tegishli xatlov roʻyxati bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Oʻtkazilgan xatlov yakunlariga koʻra ushbu Nizomning 4 — 9-ilovalariga binoan shakllar boʻyicha xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari tuziladi hamda Komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ish yakunlari boʻyicha Komissiya tomonidan Agentlik yoki hududiy boshqarmaga:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
xatlovdan oʻtkazish komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi;
Komissiya majlislarining bayonnomalari;
Komissiya aʼzolari va rahbari tomonidan imzolangan xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining kadastr hujjatlari nusxalari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi) va boshqa huquqni belgilovchi hujjatlar (mavjud boʻlganda);
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
yer uchastkasiga, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
moliyaviy (oraliq) hisobot, auditorlik hisoboti bilan;
debitorlik va kreditorlik, shu jumladan kechiktirilgan qarzdorliklarning rasshifrovkasi (yoyib koʻrsatilgan holati);
davlat tashkilotiga nisbatan mavjud qoʻshimcha yuklamalar yoki cheklashlar toʻgʻrisida axborot;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tashkiloti toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar — Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha;
(25-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
davlat tashkilotini oʻzgartirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi, yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining taʼsis hujjatlari loyihalarini ilova qilgan holda;
zarurat boʻlganda davlat tashkilotining mulkiy majmuasini restrukturizatsiya qilish yoxud monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotini boshqa usulda (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish) qayta tashkil etish boʻyicha taklif taqdim etiladi.
26. Fuqarolik muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga moliq obyektlari, arxiv hujjatlari, moddiy madaniy meros obyektlari va intellektual mulk obyektlari, qonun hujjatlariga muvofiq davlat siriga taalluqli hujjatlari mavjud boʻlgan davlat tashkiloti oʻzgartirilgan taqdirda, Komissiya tomonidan ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda mazkur obyektlar va mulk haqidagi tegishli axborot va ulardan kelgusida foydalanish, shuningdek safarbarlik topshiriqlarini bajarish boʻyicha taklif taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining xususiylashtirilmaydigan mol-mulki, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida belgilanmagan boʻlsa, yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilmaydi hamda undan kelgusida oʻz vazifasiga muvofiq foydalanish sharti bilan tekin foydalanishga beriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Komissiya tomonidan materiallar va hujjatlar taqdim etilgandan keyin yetti ish kundan kam boʻlmagan muddatda Agentlik yoki hududiy boshqarma:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
tayyorlangan materiallar va hujjatlarda jiddiy kamchiliklar boʻlganda ularni qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda va ularni takroriy taqdim etishning ular qaytarilgan paytdan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatini belgilagan holda puxtalashtirish uchun Komissiyaga qaytaradi. Agar Komissiya tomonidan materiallar va hujjatlarni qayta taqdim etishda qayd qilingan kamchiliklar bartaraf etilmagan (yoki toʻliq bartaraf etilmagan) boʻlsa, Komissiya tarqatib yuboriladi va yangisi tayinlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 25 va 26-bandlariga muvofiq boʻlganda davlat tashkilotini oʻzgartirish rejasini tasdiqlaydi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Komissiya ishining umumiy muddati u tashkil etilgan paytdan boshlab ikki oydan oshmasligi lozim. Agentlikning yoki hududiy boshqarmaning qarori bilan Komissiyaning ish muddati bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining xususiylashtirishdan keyingi barqaror faoliyat yuritishi va moliyaviy-iqtisodiy holatini taʼminlash, asosiy ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mulk va asbob-uskunalarni qisqartirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini va uning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlatga tegishli sotilayotgan aksiyalari (ulushlari) likvidliligini oshirish maqsadida Agentlik yoki hududiy boshqarma bilan tuziladigan shartnomalar asosida, ixtisoslashtirilgan moliyaviy, texnik va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini mustaqil maslahatchilar sifatida jalb qilgan holda, oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotini xususiylashtirishdan oldin tayyorlashdan oʻtkazish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan davlat tashkilotini xususiylashtirishdan oldin tayyorlashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Agentlik hayʼati yoki hududiy tanlov komissiyasi tomonidan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan yoki viloyatlar va toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturiga muvofiq oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotlari boʻyicha) tarkibiga oʻzgartirilayotgan ushbu davlat organi kiradigan tegishli davlat organi bilan (yoki davlat tashkilotining muassisi bilan) kelishgan holda qabul qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari davlat tashkilotlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
31. Xususiylashtirish dasturi tasdiqlangan paytdan boshlab va davlat tashkilotlarini oʻzgartirish jarayoni oxiriga yetkazilgunga qadar:
Oldingi tahrirga qarang.
uning muassislari tomonidan davlat tashkilotini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish) va tugatishni (belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini oʻtkazish bundan mustasno) amalga oshirish;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining oʻzining tezkor boshqaruv huquqida boʻlgan asosiy fondlarini begonalashtirish, hisobdan chiqarish, garovga berish, yuridik shaxslarning ustav fondlariga kiritish yoki boshqacha tarzda tasarruf etish yoxud boshqacha usullar bilan davlat mulkiga nisbatan majburiyatlarni yuzaga keltirish (joriy xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq hollar bundan mustasno) taqiqlanadi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
IV. Davlat tashkilotini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi buyruqni qabul qilish va ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
32. Agentlik xususiylashtirish dasturlarida belgilangan shartlar va muddatlarda oʻzgartirishni amalga oshiruvchi organni (Agentlik yoki hududiy boshqarmani) belgilaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotini Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Agentlik yoki hududiy boshqarma davlat tashkilotini oʻzgartirish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda:
davlat unitar korxonasi xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda uning mulki inventarizatsiyadan oʻtkazilib, xoʻjalik jamiyati ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori mulk baholashdan oʻtkazilmagan holda, soliq organlariga taqdim etilgan oxirgi buxgalteriya balansi maʼlumotlariga asosan;
davlat muassasasi xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda uning mulki inventarizatsiyadan oʻtkazilib, xoʻjalik jamiyati ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori mulk baholashdan oʻtkazilmagan holda, davlat muassasasi mulkining qoldiq (balans) qiymati boʻyicha belgilanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirilayotganda bir vaqtning oʻzida buyruq bilan qonun hujjatlari talablariga muvofiq tayyorlangan uning ustavi, ustav fondi miqdori va aksiyalar emissiyasi risolasi tasdiqlanadi.
Davlat tashkiloti masʼuliyati cheklangan jamiyatga oʻzgartirilayotganda buyruq bilan bir vaqtning oʻzida uning ustavi, ustav fondi (ustav kapitali) miqdori va ustav fondidagi davlat ixtiyorida qoladigan va investorlarga sotiladigan ulushlar tasdiqlanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Davlat tashkilotini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi buyruq, oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining ustavi, aksiyalar emissiyasi risolasi Agentlikning yoki hududiy boshqarmaning vakolatli rahbari tomonidan imzolanadi (tasdiqlanadi), qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tarqatiladi va saqlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
35. Davlat tashkilotini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi buyruqda yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ijro qilishning aniq muddatlari va masʼul shaxslar koʻrsatiladi.
Bunda yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyati oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining rahbariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ushbu Nizomga muvofiq davlat tashkilotlari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatga olish yigʻimlari va boshqa toʻlovlar undirilmaydi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Agentlik yoki hududiy boshqarma uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi:
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi buyruqni;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari emissiyasi risolasini yuboradi.
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi tomonidan hujjatlar toʻplami belgilangan tartibda shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Yangi vujudga kelgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi xoʻjalik jamiyatining aksiyalari chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bepul amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
39. Qimmatli qogʻozlarning Markaziy depozitariysi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan aksiyalar chiqarilishini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda hisobga qoʻyilishini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Davlat tashkilotini xoʻjalik jamiyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axborot Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan davlat tashkilotini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi buyruq imzolangan sanadan boshlab oʻttiz kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulkining yaxlitligini va but saqlanishini taʼminlash maqsadida oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining rahbari oʻz roziligiga asosan oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan xoʻjalik jamiyatining rahbari etib tayinlanishi mumkin.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
42. Yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyati davlat tashkilotining oʻzgartirish paytida mavjud boʻlgan huquq va majburiyatlarining (shu jumladan uning xodimlari uchun ijtimoiy kafolatlarning) huquqiy vorisi hisoblanadi.
V. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirishda kelishuvlar tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
43. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirishda Agentlik yoki hududiy boshqarma va yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi rahbari oʻrtasida muayyan majburiyatlarni bajarish toʻgʻrisida kelishuv tuzilishi mumkin.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
44. Muayyan muddat mobaynida quyidagi majburiyatlarni bajarish oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi kelishuvning shartlari boʻlishi mumkin:
yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining muayyan faoliyat sohasini saqlash;
ish oʻrinlari sonini saqlash yoki koʻpaytirish;
yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyati xodimlarining mehnat sharoitlarini va ijtimoiy-maishiy taʼminotini yaxshilash;
ekologik xavfsizlikni taʼminlash choralarini amalga oshirish;
fuqarolik muhofazasi, safarbarlik, ijtimoiy va tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik obyektlar hamda mol-mulkni asrash va saqlash.
Oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi kelishuvda yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining mulkni tasarruf etish huquqiga taʼsir oʻtkazuvchi belgilangan qoʻshimcha yuklamalar va cheklashlar hamda quyidagi tarzda ularga rioya qilishning shartlari aks ettiriladi:
yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatiga oʻzgartirish natijasida huquqi oʻtgan yer uchastkasining asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirishga taqiq;
toʻsiqsiz foydalanish, oʻtish, oʻtib ketish, chegara, geodeziya va boshqa belgilarni joylashtirish imkoniyati, elektr energiyasi uzatish, aloqa liniyalarini va quvurlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va melioratsiya tizimlarini oʻtkazish va ulardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash majburiyati;
tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa qoʻshimcha yuklamalar va cheklashlar.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Kelishuv shartlarining bajarilishini nazorat va monitoring qilish Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan amalga oshiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish tartibi
(VI boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Oʻzgartirilgan davlat tashkilotining mulkiga boʻlgan mulk huquqi yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatiga ushbu Nizomga 10-ilovadagi elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi QR-kod qoʻyilgan holda, Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali beriladi. Ushbu elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi jamiyatga va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatiga ushbu jamiyat boshqaruv organlari shakllantirilgandan soʻng oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda beriladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi yoʻqolganda uning dublikati mulkdor yoki uning huquqiy vorisining (merosxoʻrlarining) tegishli arizaga asosan ikki hafta ichida beriladi.
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dublikat olish toʻgʻrisidagi arizaga davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida maʼlumotnoma ilova qilinadi:
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)
Mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderining dublikati berilgandan soʻng Agentlik yoki hududiy organ besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda davriy bosma nashrda yoʻqolgan mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderining haqiqiy emasligi toʻgʻrisida eʼlon beradi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
VII. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirish orqali tashkil etilgan xoʻjalik jamiyatlarining davlat aksiyalarini (ulushlarini) sotish
50. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirish orqali tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiyalarini sotish Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
51. Davlat tashkilotlarini oʻzgartirish orqali tashkil etilgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning davlat ulushlarini sotish Masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
VIII. Yakunlovchi qoida
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga aylantirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

tashabbuskorlar:

davlat organi, davlat tashkiloti taʼsischisi, yuridik va jismoniy shaxslar.

Koʻrib chiquvchi organ:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), uning hududiy boshqarmalari, hududiy tanlov komissiyasi

1) Buyurtmanomalar va takliflar berish

2) Agentlikning davlat muassasasini oʻzgartirish jarayoni boʻyicha tashabbus koʻrsatish toʻgʻrisidagi takliflari va arizalarini koʻrib chiqish.

3) Xususiylashtirish dasturi (davlat muassasalari roʻyxati) loyihasini shakllantirish va

Vazirlar Mahkamasiga yoki munitsipal mulk boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qaror qabul qilish uchun kiritish.

Buyurtmanomalar tashabbuskorlik tartibida topshiriladi.

Buyurtmanomalarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha javob berish xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda bir oy ichida amalga oshiriladi.

Buyurtmanomalarning kelib tushishiga koʻra, lekin yiliga kamida bir marta.

2-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi,

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, baholovchi tashkilot

1) Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi davlat muassasasini oʻzgartirishga tayyorlash boʻyicha Komissiya tuzadi.

2) Davlat muassasasining mol-mulki va moliyaviy majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazishni tashkil qilish va oʻtkazish, xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

3) Oʻzgartirish boʻyicha Komissiya tomonidan Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasiga tegishli qarorlar qabul qilish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va takliflarni koʻrib chiqish.

5) Davlat muassasasini (zarurat boʻlganda) xususiylashtirishdan oldin tayyorlash.

Komissiyani tuzish muddatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy organi tomonidan belgilanadi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa.

Komissiya ishining umumiy muddati u tuzilgan paytdan boshlab ikki oydan oshmaydi.

Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi.

Bir hafta muddatda.

Xususiylashtirishdan oldin tayyorlashdan oʻtkazish muddatlari va shartlari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

3-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi,

roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar

1) Mulk baholashdan oʻtkazilmagan holda, soliq organlariga taqdim etilgan oxirgi buxgalteriya balansi maʼlumotlari va oʻzgartirishga tayyorlash boʻyicha Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan davlat muassasasini oʻzgartirish toʻgʻrisida buyruq chiqarish.

2) Tashkil etilgan xoʻjalik jamiyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Davlat muassasasini oʻzgartirish boʻyicha hujjatlar ijobiy koʻrib chiqilgandan keyin 10 kun ichida.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda.

4-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi,

yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyati

Muayyan muddat ichida ijtimoiy majburiyatlarni (faoliyat sohasini saqlash, ish oʻrinlari sonini saqlash va koʻpaytirish va h.k.)

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda.

5-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi

Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish.

Yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining boshqaruv organlari shakllantirilgandan soʻng 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish № ________

‎‎__________________________________________________

‎‎(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi)

‎‎________ y. “____” _________________

‎‎Davlat muassasasini oʻzgartirish uchun

‎‎BUYURTMANOMA

‎‎‎______________________________________________________________________ni

‎‎(davlat muassasasining) nomi

‎‎oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.
‎‎Joylashgan manzili:

‎‎___________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)‎

________________________________________________________________________

Muassis:‎

‎‎________________________________________________________________________

‎‎Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(roʻyxat raqami va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi)

________________________________________________________________________‎‎

‎‎(tashkiliy-huquqiy shakli)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(ustav fondidagi davlat ulushi — foizlarda, mavjud boʻlganda)

‎‎Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaxs

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O., lavozimi)

(imzo)‎
M.Oʻ.‎

‎‎__________ yil “___” _______________

Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatishga va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish № ________

‎‎__________________________________________________

‎‎(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi)

‎‎________ y. “____” _________________

‎‎Davlat muassasasini oʻzgartirish uchun

‎‎BUYURTMANOMA

‎‎‎______________________________________________________________________ni

‎‎(davlat muassasasining) nomi

‎‎oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.
‎‎Joylashgan manzili:

‎‎___________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)‎

________________________________________________________________________

Muassis:‎

‎‎________________________________________________________________________

‎‎Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar:

‎‎________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)

‎‎________________________________________________________________________

(pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

(imzo)‎

‎‎__________ yil “___” _______________

Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatishga va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎__________________________________________________ning

‎‎(davlat muassasasining nomi)

‎‎asosiy fondlarini xatlovdan oʻtkazish

‎‎DALOLATNOMASI

‎‎________ y “___” _____________holati boʻyicha

t/r

Inv.
‎№

Xatlov obyektining
‎nomi, texnik tavsifi

Qurilgan yili yoki foydalanishga
‎topshirilgan sanasi, oyi va yili

Soni

Balans qiymati,
‎(ming soʻm)

‎‎Eskirishi

Qoldiq qiymati, ming soʻm‎‏

Qurilish maydoni,
‎kv.m.*

Izoh‎‏

ming soʻm‎

foiz‎

‎‎* Binolar va inshootlar boʻyicha.
‎‎Komissiya raisi
‎‎Komissiya aʼzolari
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

‎‎__________________________________________________ning

‎‎(davlat muassasasining nomi)

xatlovdan oʻtkazish davomida aniqlangan, oʻzgartirilayotgan davlat muassasasining ustav fondiga kiritilmagan asosiy fondlari

‎‎DALOLATNOMASI

________ yil “___” _____________dagi holati boʻyicha

t/r

Inv.

Xatlov obyektining
‎nomi, texnik tavsifi

Qurilgan yili yoki foydalanishga
‎topshirilgan sanasi, oyi va yili

Soni

Balans qiymati,
‎(ming soʻm)

‎‎Eskirishi

Qoldiq qiymati,
‎ming soʻm‎‏

Qurilish maydoni,
‎kv.m.*

Izoh‎‏

ming soʻm‎

foiz‎

‎‎* Binolar va inshootlar boʻyicha.
‎‎Komissiya raisi
‎‎Komissiya aʼzolari
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

‎‎__________________________________________________ning

‎‎(davlat muassasasining nomi)

ijtimoiy infratuzilma va atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarini xatlovdan oʻtkazish

‎‎DALOLATNOMASI

________ yil “___” _____________dagi holati boʻyicha

t/r

Inv.

Xatlov obyektining
‎nomi, texnik tavsifi

Qurilgan yili yoki foydalanishga
‎topshirilgan sanasi, oy va yil

Soni

Balans qiymati,
‎(ming soʻm)

‎‎Eskirishi

Qoldiq qiymati,
‎ming soʻm‎‏

Qurilish maydoni,
‎kv.m.*

Izoh‎‏

ming soʻm‎

foiz‎

* Binolar va inshootlar boʻyicha.
‎‎Komissiya raisi
‎‎Komissiya aʼzolari
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

‎‎___________________________________________________________________ning

‎‎(davlat muassasasining nomi)

‎‎tugallanmagan qurilishini xatlovdan oʻtkazish

‎‎DALOLATNOMASI

‎‎________ yil “___” _____________dagi holati boʻyicha

Yil‎

Xarajatlar hajmi ming rub,
‎soʻm-kupon, soʻm.‎

Asos (bajarilgan ishlar
‎dalolatnomasi, raqami va sanasi)‎

Izoh‎

JAMI:‎
Komissiya raisi‎
Komissiya aʼzolari‎
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

‎‎‎__________________________________________________ning

‎‎(davlat muassasasining nomi)

‎‎oʻrnatilmagan asbob-uskunalarini xatlovdan oʻtkazish

‎‎DALOLATNOMASI

‎‎________ yil “___” _____________dagi holati boʻyicha

t/r‎

Inv.
‎№ ‎

Xatlov obyektining nomi,
‎texnik tavsifi‎

Ishlab chiqarilgan
‎yili‎

Soni‎

Balans qiymati,
‎ming soʻm ‎

Izoh‎

‎‎Komissiya raisi
‎‎Komissiya aʼzolari
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
(9-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)

‎‎____________________________________________________________________________________

‎‎yer uchastkasini (yer uchastkasi, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan huquqlar)

‎‎xatlovdan oʻtkazish

‎‎DALOLATNOMASI

‎‎________ yil “___” _____________dagi holati boʻyicha

t/r‎

Tabiiy resurslarning nomi

Obyektning
‎joylashgan oʻrni

Tabiiy resurslarga boʻlgan huquqni
‎tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi

Kadastr raqami

Yer uchastkasining
‎umumiy maydoni

hujjat boʻyicha

haqiqatda

1.‎

Yer uchastkasi‎

2.‎

Yer osti boyliklari‎

3.‎

Boshqa tabiiy resurslar‎
a)‎
b)‎
v)‎
Komissiya raisi‎
Komissiya aʼzolari‎
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
(10-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI
DAVLAT KOʻCHMAS MULK OBYEKTIGA
‎MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI
‎DAVLAT ORDERI

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi fonida oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)

‎‎---------------------------------------------------------------------------------------------------

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI
‎DAVLAT ORDERI № _____________

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

______________________________________________________________________ga‎‎‎
‎‎Mulkdorning manzili (yashash joyi) __________________________________________
‎‎______________________________________________________________‎
‎‎pasport seriyasi ______ raqami _________________ kim tomonidan va qachon berilgan

‎‎(jismoniy shaxslar uchun)

‎‎STIR________________, JSHSHIR __________________________________________

‎‎‎‎(jismoniy shaxslar uchun)

‎‎ _____________________________________________________________qiymatidagi

‎‎(soʻz bilan)

‎‎_____________________________________________________________________ ga

‎‎(xususiylashtirilgan davlat mulkining nomi)‎‎

‎‎____________________________________________mulk huquqi berildi.‎

‎‎(huquq turining belgisi)

‎‎Ushbu order _____________________________________________________tomonidan

(ushbu orderni bergan davlat organining nomi)

‎‎_________________________________________________________ga asosan berildi.

‎‎(orderni berish asosi)

‎‎*Izoh___________________________________________________________________
‎‎Order berilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________
‎‎Agentlik direktori (oʻrinbosari)
‎(hududiy boshqarma boshligi)

QR-kodi‎

(F.I.O)

* Sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash va/yoki investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini bajarish shartlari mavjud boʻlganda toʻldiriladi‎‎‎.

(10-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom davlat mulkida boʻlgan aksiyalarni (keyingi oʻrinlarda — davlat aksiyalari) nodavlat yuridik shaxslarga, shuningdek, jismoniy shaxslarga xususiylashtirish tartibida sotish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi:
davlat aksiyalarini sudning qarori asosida sotishda;
Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyalarni olishda yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat aksiyalari savdosi (keyingi oʻrinlarda savdolar deb ataladi) — fond birjasi, tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan yoki sotuvchi tomonidan tashkil etiladigan davlat aksiyalarini sotish boʻyicha savdolar;
birja bitimi — birja tomonidan savdoning qayd etilgan natijasi boʻyicha tuzilgan davlat aksiyalarining elektron shakldagi fond birjasi (keyingi oʻrinlarda birja deb ataladi) tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan oldi-sotdi shartnomasi;
davlat aksiyalarining birja savdolari (keyingi oʻrinlarda birja savdolari deb ataladi) — birja savdosi qoidalariga va ushbu Nizomga muvofiq birja tomonidan tashkil etiladigan davlat aksiyalarining savdolari;
davlat aksiyalarining birjadan tashqari savdolari (keyingi oʻrinlarda birjadan tashqari savdolar deb ataladi) — tashkilotchisi sotuvchi yoxud tegishli qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tashkilotchisi huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblangan, qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tizimida amalga oshiriladigan davlat aksiyalari savdolari;
sotib olish toʻlovi — sotib olinayotgan davlat aksiyalari uchun xaridor tomonidan milliy va (yoki) erkin ayirboshlanadigan valyuta (EAV)da toʻlanadigan pul mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi — Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy tanlov komissiyasi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradigan hamda tarkibiga Agentlik (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Tabiat resurslari vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari kiradigan tanlov komissiyasi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
emitent — ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyati;
investitsiyaviy majburiyatlar — davlat aksiyalarini sotib olishda xaridor tomonidan aksiyadorlik jamiyatiga (emitentga) investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan pul bahosiga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
ijtimoiy majburiyatlar — davlat aksiyalarini sotib olishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan pul bahosiga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
axborot memorandumi — aksiyadorlik jamiyatining hisobot sanasidagi holati boʻyicha tijoriy, tashkiliy va boshqa tavsiflari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotidan iborat boʻlgan hujjat;
lot — birja savdolariga qoʻyilayotgan va birjadan tashqari savdolar tizimidagi bir paketdagi davlat aksiyalarining miqdoriy oʻlchov birligi;
boshlangʻich narx — davlat aksiyalarini savdolarga qoʻyish uchun sotuvchi tomonidan belgilangan narx;
davlat aksiyalarining birjadan tashqari savdolari tashkilotchisi (keyingi oʻrinlarda birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi deb ataladi) — sotuvchi yoxud qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tashkilotchisi huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlgan va birjadan tashqari savdolar tizimida davlat aksiyalarining savdolarini tashkil qilayotgan yuridik shaxs;
birja savdolariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar — birja, sotuvchining (xaridorning) vositachisi, Markaziy depozitariy;
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvchi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma);
(2-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tizimi (BTST) — qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tashkilotchisi huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchisi (keyingi oʻrinlarda BTST tashkilotchisi deb ataladi) tomonidan tashkil etilgan, qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga oid buyurtmanomalarni toʻplash va qanoatlantirishni taʼminlaydigan qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari elektron tizimi;
sotuvchining (xaridorning, qatnashchining) vositachisi — qimmatli qogʻozlar bozorida investitsion vositachi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan, sotuvchi (xaridor) nomidan vakolat berilgan, shartnomaga asosan birja savdolarida va BTSTda davlat aksiyalarini sotish chogʻida vositachi boʻladigan yuridik shaxs;
talabgor — taklif etilgan yoki boshqa shartlarda tanlovda yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarda oʻzining qatnashish niyati toʻgʻrisida ariza bergan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti) yoki uning vakolatli vakili;
xaridor — sotuvchi bilan qonun hujjatlariga muvofiq davlat aksiyalarining oldi-sotdi shartnomasini tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti)”;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat aksiyalarini sotish sotuvchi tomonidan davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining yoki emitentning takliflariga, nodavlat yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga muvofiq shakllantirilgan va belgilangan tartibda respublika mulki hisoblanganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga (davlat ulushi sotiladigan emitentlarning roʻyxatiga) (keyingi oʻrinlarda xususiylashtirish dasturlari deb ataladi) asosan ushbu Nizomning 1-ilovasiga binoan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Savdolarda turgan, ilgari qabul qilingan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq sotilayotgan davlat aksiyalari mazkur davlat aksiyalarini sotish muddati uzaytirilganda savdolardan olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat aksiyalarini sotish birja, shuningdek “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Emitent ustav fondining 10 foizidan oshmaydigan davlat aksiyalari BTST savdolariga chiqariladi. Bunda savdoga chiqarilayotgan davlat aksiyalarining yalpi nominal qiymati sotuvchining davlat aksiyalarini BTST savdolariga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan sanadagi holatiga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravaridan oshmasligi lozim. Mazkur summa oshib ketgan taqdirda, shuningdek agar davlat aksiyalari emitent ustav fondining 10 foizidan koʻproqni tashkil etsa, savdoga qoʻyish birja savdolarida amalga oshiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
5. Davlat aksiyalarini birja savdolariga va BTST savdolariga qoʻyish miqdorlari sotuvchining buyrugʻi bilan belgilanadigan lotlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat aksiyalari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich bahosi, qoldiq (balans) yoki sof aktivlari qiymatidan qatʼi nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.
Birja savdolariga va BTST savdolariga chiqarilgan davlat aksiyalari ularni savdoga qoʻyish narxi boʻyicha sotib olishga uch oy mobaynida buyurtmanoma boʻlmagan taqdirda, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan mexanizmga asosan narx bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Davlat aksiyalarini investitsiyaviy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan sotish davlat aksiyalari emitent ustav fondining 50 foizidan oshganda “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan boshqa usullarda amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
8. Davlat aksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlariga sotish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari davlat aksiyalarini EAV yoki Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida sotib olishlari mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aksiya paketlari xorijiy investorlarga “Toshkent” RFB savdolari orqali xorijiy valyutada sotilishi va ular boʻyicha toʻlovlar shartnomada belgilangan valyutada amalga oshirilishi mumkin;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari respublikaning vakolatli banklarida ochilgan xorijiy banklarning “loro” vakillik hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablagʻlardan davlat aksiyalarini sotib olish uchun foydalanishlari mumkin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
9. Davlat aksiyalarini birja va birjadan tashqari savdolarga qoʻyish sotuvchi yoki sotuvchining vositachisi tomonidan sotuvchining buyrugʻi va (yoki) ular oʻrtasidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
10. Sotuvchining buyrugʻida:
sotiladigan davlat aksiyalarining nomi va soni;
Oldingi tahrirga qarang.
lot miqdori. Bunda lot miqdori agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining alohida qarorlari bilan boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, bitta aksiya — bitta lot tamoyilida oʻrnatiladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
savdolar tashkilotchisining nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
boshlangʻich narx (Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida) va (yoxud) EAVda;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat aksiyalarini sotish muddati va usullari (birja yoki birjadan tashqari savdolar, shuningdek ushbu Nizomning 6-bandiga binoan boshlangʻich savdoga qoʻyish narxini qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllaniladi) koʻrsatiladi.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Buyruqda boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat aksiyalari sotuvidan tushgan pul mablagʻlari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
12. Davlat aksiyalarining alohida hisobi Qimmatli qogʻozlarning depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb ataladi) tomonidan yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy depozitariy har oyda har oyning beshinchi sanasigacha Agentlikka hisobi yuritilayotgan davlat aksiyalari toʻgʻrisidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
13. Buyruq qabul qilingandan va davlat aksiyalarini birja va birjadan tashqari savdolarga qoʻyilishi haqidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida chop etilgandan keyin mazkur aksiyalar qayta baholanmaydi.
II. Davlat aksiyalarini sotish yuzasidan tashabbus koʻrsatish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat aksiyalarini sotish yuzasidan davlat organi, xoʻjalik boshqaruvi organi, emitent, nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan Agentlik yoki hududiy boshqarmaga tegishli ravishda takliflar yoki buyurtmanomalar berish yoʻli bilan tashabbus koʻrsatilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
15. Davlat organining, xoʻjalik boshqaruvi organining yoki emitentning davlat aksiyalari sotish toʻgʻrisidagi taklifiga:
davlat organi, xoʻjalik boshqaruvi organi yoki emitentning birinchi rahbari tomonidan imzolanadigan va muhr bilan tasdiqlanadigan sotishga tavsiya etilayotgan davlat aksiyalarini saqlab qolish zarurati mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa;
Oldingi tahrirga qarang.
emitent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
emitentning taʼsis hujjatlari nusxasi ilova qilinadi.
Davlat aksiyalarini sotish toʻgʻrisidagi taklif bilan murojaat qilgan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organi yoki emitent uni koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlamaydilar.
16. Davlat aksiyalarini sotish uchun buyurtmanoma:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat yuridik shaxs nomidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga binoan shakl boʻyicha rahbar yoki uning tomonidan bunga vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
jismoniy shaxs nomidan ushbu Nizomning 3-ilovasiga binoan shakl boʻyicha oʻzi yoki bunga vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Agentlik yoki hududiy boshqarma davlat aksiyalarini sotish uchun qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar mavjud boʻlmagan taqdirda davlat aksiyalarini sotish uchun buyurtmanomani olgandan keyin besh ish kuni ichida tegishli davlat organiga yoki xoʻjalik boshqaruvi organiga ularni sotishning maqsadga muvofiqliligi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etish haqida soʻrovnoma yuboradi.
Davlat organining yoki xoʻjalik boshqaruvi organining birinchi rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan xulosa soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlikka yoki hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
Davlat aksiyalarini saqlab qolishga ehtiyoj boʻlgan taqdirda Agentlik yoki hududiy boshqarma davlat aksiyalarini sotish uchun buyurtmanoma (taklif) kelib tushgan paytdan boshlab oʻn ish kuni ichida mazkur davlat aksiyalarining xususiylashtirilishi rad etilganligi haqida ariza beruvchiga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda axborot beradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat aksiyalarini sotish uchun buyurtmanoma (taklif) hududiy boshqarmaga kelib tushgan taqdirda, sotishni rad etish uchun sabablar boʻlmaganda, hududiy organ davlat aksiyalarini sotish uchun buyurtmanoma (taklif) kelib tushgan paytdan boshlab oʻn besh ish kuni ichida Hududiy tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda axborot yuboradi:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
emitentning taʼsis hujjatlari nusxalari;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
emitentning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxalari;
emitentning tegishli obyektlari kadastr hujjatlari nusxalari;
birinchi rahbar tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlar (1 va 2-shakllar) nusxalari;
davlat ulushi boʻyicha oxirgi uch yil ichida hisoblangan va toʻlangan (yoki toʻlanmagan) dividendlar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyat ustav fondidagi davlat ulushiga haqiqiy aktivlarning (asosiy vositalarni 1-yanvardagi holatiga koʻra har yillik qayta baholashdan keyingi) nisbati toʻgʻrisidagi axborot;
(18-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
sotish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosa.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy tanlov komissiyasi munitsipal mulk hisoblangan davlat aksiyalarini sotish boʻyicha arizani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilishdan oldin koʻrib chiqadi.
(18-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika mulki boʻlgan davlat aksiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish zarur boʻlgan taqdirda, hududiy boshqarma hududiy tanlov komissiyasi qarori asosida ariza (taklif) boʻyicha tegishli maʼlumotlarni, hujjatlarni ilova qilgan holda Agentlikka yuboradi.
(18-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik, zarur boʻlganda, hududiy boshqarmadan emitent toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar va hujjatlarni, ularni taqdim etish muddatini koʻrsatgan holda soʻrab olishi mumkin.
(18-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Davlat aksiyalarini sotib olish uchun buyurtmanoma (taklif) Agentlikka kelib tushganda, sotishni rad etish uchun sabablar boʻlmagan taqdirda, buyurtmanoma (taklif) ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish va oʻn besh ish kuni mobaynida hududiy boshqarma tomonidan ularni hududiy tanlov komissiyasiga taqdim etish uchun hududiy boshqarmaga yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
20. Emitentda uning tegishli obyektlariga oid kadastr hujjatlari mavjud boʻlmaganda mazkur hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotuvdan oldingi tayyorgarlik doirasida tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Davlat aksiyalarini sotib olish uchun kelib tushgan buyurtmanomalar (takliflar) asosida hududiy boshqarma yiliga kamida bir marotaba hududiy tanlov komissiyasiga xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlash boʻyicha takliflar kiritadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aksiyalarini sotib olish uchun kelib tushgan buyurtmanomalar (takliflar) va hududiy tanlov komissiyalari qarorlari asosida Agentlik yiliga kamida bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra sotilishi lozim boʻlganlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat aksiyalarini xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlash boʻyicha takliflar kiritadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining qarorlari bilan xususiylashtiriladigan munitsipal mulk boʻlgan davlat aksiyalarini sotish boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tayyorlanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kelishish uchun kiritiladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan ustav fondidagi davlat ulushi sotishga taklif etilayotgan emitentlarning roʻyxati hududlar yoki tarmoqlar boʻyicha shakllantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirish dasturi vakolati doirasida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ustav fondidagi davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra sotiladigan emitentlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Agar davlat aksiyalarini sotish uchun buyurtmanomani (taklifni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra u xususiylashtirish dasturi loyihasiga kiritilsa Agentlik yoki hududiy boshqarma yozma shaklda bu haqdagi tegishli axborotni buyurtmanoma (taklif) tushgan paytdan boshlab bir oy muddatda ariza beruvchiga yetkazadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
III. Davlat aksiyalarini sotishga tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tasdiqlangan xususiylashtirish dasturiga muvofiq Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida emitentga yozma talabnoma yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Inventarizatsiyadan oʻtkazish oraliq balans tuzilgan sanadagi holati boʻyicha amalga oshiriladi, bunda balansning har bir satri tegishli xatlov roʻyxatlari bilan tasdiqlanishi lozim.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Davlat aksiyalarini xususiylashtirishga tayyorlashda Emitent rahbari tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Agentlik tomonidan belgilangan shaklga muvofiq, Emitent rahbari tomonidan tasdiqlangan asosiy vositalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomalari;
koʻchmas mulkka va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
Emitent rahbari tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish), tarkibiy boʻlinmalari va kommunikatsiya tarmoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
korxonadagi ishlab chiqarish jarayonining texnologik va ekologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkazilgan auditorlik xulosalari, shuningdek korxonaning tashkiliy-huquqiy jihatdan kompleks tahliliy hisoboti;
Emitentning moliyaviy hisobotlari va oʻtgan hisobot yili natijalari toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi;
davlat aksiyalarini xususiylashtirishning tanlangan usuliga muvofiq boshqa hujjatlar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Emitent tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va materiallar koʻrib chiqilgandan keyin bir hafta muddatda Agentlik yoki hududiy boshqarma:
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
tayyorlangan hujjatlarda jiddiy kamchiliklar boʻlganda, ularni qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda va ularni takroriy taqdim etishning ular qaytarilgan paytdan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatini belgilagan holda puxtalashtirish uchun emitentga qaytaradi;
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq boʻlganda baholovchi tashkilot bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladigan davlat aksiyalarini baholashdan oʻtkazish uchun shartnoma tuzadi.
27. Davlat aksiyalarini savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi sotuvchi tomonidan baholovchi tashkilotning aksiyalar qiymatini baholash toʻgʻrisidagi hisobotida hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi ekspert xulosasida aniqlangan miqdorda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda davlat aksiyalari birja savdolariga chiqarilganda hamda baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining Oʻzbekistonda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan shuʼba korxonalari tomonidan amalga oshirilganda davlat aksiyalarini baholash hisobotlari haqqoniyligini majburiy ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aksiyalarini savdolarga qoʻyish Agentlik yoki hududiy boshqarmaning buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat aksiyalarini sotish usuli, muddati va shartlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat komissiyasining yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining vakolatlari doirasida qabul qilingan yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotuvchi tomonidan belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
IV. Sotiladigan davlat aksiyalari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Sotiladigan emitent davlat aksiyalari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish sotuvchi yoki sotuvchining vositachisi tomonidan ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Sotishga tavsiya etilayotgan davlat aksiyalari toʻgʻrisidagi eʼlon (keyingi oʻrinlarda eʼlon deb ataladi) sotuvchining va birja savdolari tashkilotchisining rasmiy veb-saytida savdolar boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin chop etiladi.
Bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi. Savdo kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
31. Eʼlon quyidagi axborotlardan iborat boʻlishi lozim:
sotuvchining va (yoki) uning vositachisining nomi, ularning bogʻlanish maʼlumotlari, jumladan pochta manzili, elektron pochtasi manzili, telefonlar, telefaks raqamlari va veb-sayti;
birja yoki birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining nomi;
davlat aksiyalarini savdolarga qoʻyish sanasi va joyi;
emitentning nomi va pochta manzili;
emitentning faoliyat sohasi;
davlat aksiyalarining umumiy soni, toifasi, ustav fondidagi foizi va davlat aksiyalarini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi;
emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) va oxirgi uch yil ichidagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi axborot.
Oldingi tahrirga qarang.
minimal investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar (mavjud boʻlgan taqdirda);
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Eʼlonda boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
32. Talabgor davlat aksiyalarining sotuvchisi va emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun oʻzi qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni soʻrash va olishga haqlidir, oʻzining xususiyatiga koʻra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.
V. Davlat aksiyalarini birja savdolarida sotish
33. Davlat aksiyalarini birja savdolarida sotish ushbu Nizomda va birja savdosi qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Davlat aksiyalarini sotib olish uchun xaridor (xaridorning vositachisi) birja savdolari boshlanishidan kamida oʻttiz daqiqa oldin Hisob-kitob-kliring palatasida (keyingi oʻrinlarda HKKP deb ataladi) xaridor (xaridorning vositachisi) sotib olish niyatida boʻlgan davlat aksiyalari boshlangʻich narxining kamida 15 foizi miqdorida pul mablagʻlarini depozitga qoʻyishi shart. Pul mablagʻlari davlat aksiyalarining va xaridor vositachisining nomini koʻrsatgan yoki koʻrsatmagan holda depozitga qoʻyilishi mumkin.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
Pul mablagʻlari xaridorning vositachisini koʻrsatmasdan depozitga qoʻyilgan taqdirda HKKPga topshiriq-shartnomaning nusxasi taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
341. Fond birjasiga chiqarilgan davlatga tegishli aksiyalarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat savdo jarayonlarida kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. EAV Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit qoʻyilgan sanadagi kursi boʻyicha oʻtkaziladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
36. Depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari HKKP tomonidan xaridorning (xaridor vositachisining) yozma arizasiga koʻra ariza olingan kundan boshlab besh bank kuni ichida pul mablagʻlari depozitga qoʻyilgan valyutada qaytariladi.
37. Davlat aksiyalari sotib olinganda topshiriq-shartnomada xaridorning davlat aksiyalari qiymatini va birja savdolariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha majburiyatlari nazarda tutilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
38. HKKP birja savdolari qoidalarida belgilangan muddatda birjaga xaridor vositachisini koʻrsatgan holda depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi va yuboradi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
39. HKKP Markaziy depozitariyning maʼlumotlariga asosan birjaga birja savdolariga qoʻyilayotgan davlat aksiyalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Davlat aksiyalarini sotib olish toʻlovlarini toʻlash muddati sotuvchi tomonidan belgilanadi, biroq bu muddat, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat komissiyasi qarorida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, birja bitimi kuchga kirgan kundan boshlab uch yildan oshishi mumkin emas.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Birja bitimi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin xaridor (xaridorning vositachisi) birja bitimining butun summasini bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlash orqali va birja savdolariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning vositachilik toʻlovlarini:
birja savdolari qoidalarida belgilangan tartibda va muddatlarda HKKPdagi maxsus hisobvaraqlariga mablagʻlarni oʻtkazish yoʻli bilan (oʻzaro hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshirilgan taqdirda);
birja savdolari qoidalarida belgilangan tartibda va muddatlarda HKKPning maxsus hisobvaragʻiga birja bitimi roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha mablagʻlarni oʻtkazish yoʻli bilan (oʻzaro hisob-kitoblar EAVda amalga oshirilgan taqdirda) toʻlashi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aksiyalarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish boʻyicha birja bitimi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlarining 35 foizi miqdoridagi hamda 4 va 5-toifadagi tumanlarda joylashgan aksiyadorlik jamiyatlarning davlat aksiyalarini sotib olgan xaridorlarga, shuningdek, ushbu toifadagi hududda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 35 foizdan kam boʻlgan (bundan ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari xaridor boʻlgan hollar mustasno) (sotib olish uchun depozitga qoʻyilgan mablagʻni inobatga olgan holda) dastlabki toʻlov amalga oshirilgan taqdirda, xaridorga sotib olish toʻlovlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
(40-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar dastlabki toʻlov summasi ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan foizlardan (miqdorlardan) kam boʻlgan holatda, bir oylik muddat tugagan kundan keyingi kundan boshlab qolgan summaga har bir kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizidan kelib chiqqan holda, quyidagi formula boʻyicha kunlik foizlar hisoblanadi.
(40-bandning oltiinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Fd=Qd*(MBd/365)*Kd
Bunda:
Fd — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davri uchun hisoblangan foizlar;
D — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davri tartib raqami;
Qd — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davridagi sotib olish toʻlovlari qoldigʻi;
MBd — Markaziy bankning foiz hisoblanayotgan davr uchun amalda boʻlgan asosiy foiz stavkasi. Bunda, toʻlov grafigidagi hisobga olinayotgan kunlar uchun bir nechta asosiy foiz stavkalari amalda boʻlsa, foiz miqdorlari tegishli kunlarga mos ravishda asosiy foiz stavkasi oʻzgartirilgan holda alohida-alohida hisoblanib, toʻlov grafigidagi davr uchun jamlanadi;
Kd — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davrlari oraligʻidagi kunlar soni, bunda birinchi davr uchun kunlar soni birja bitimi tuzilgan sanadan keyingi kundan boshlab hisoblanadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadigan birja bitimi boʻyicha muddatida toʻlanmagan foizlar uchun xaridordan penya undirish nazarda tutilmaydi.
Bunda, hisoblangan foizlar birja bitimida belgilangan toʻlov grafigi boʻyicha har bir toʻlovni amalga oshirishning oxirgi muddatida toʻlanmagan taqdirda, toʻlov grafigi boʻyicha keyingi amalga oshirilgan toʻlov birinchi navbatda oldingi davr uchun hisoblangan foizlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
401. Davlat aksiyalari xaridorning chegirmani berish haqidagi elektron arizasiga muvofiq, sotib olish toʻlovlari bir oy muddatda toʻlanishini nazarda tutuvchi birja bitimi tuzilib, xarid toʻlovlari birja bitimi tuzilgan kundan boshlab bir oy davomida toʻlangan taqdirda, xaridorga xarid summasidan mazkur bitim tuzilgan sanada kuchda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi, bundan chegirma qoʻllanilmaslik sharti bilan sotilgan, shuningdek boshlangʻich narxi pasaytirilgan holda sotilgan davlat aksiyalari mustasno.
Bunda xaridorga sotib olish toʻlovlarini mazkur chegirmani qoʻllagan holda toʻlash imkoni beriladi.
(401-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. HKKP birja bitimi boʻyicha mablagʻlar tushgandan keyin:
kliring operatsiyasini amalga oshiradi;
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga birja bitimi boʻyicha pul mablagʻlari oʻtkazmalarini va vositachilik toʻlovlarini toʻlash boʻyicha birja savdolariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning hisobvaraqlariga pul oʻtkazmalarini amalga oshiradi;
sotuvchining vositachisiga sotilgan davlat aksiyalari boʻyicha amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
Sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash va xaridor tomonidan investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar qabul qilish sharti bilan (agar mavjud boʻlgan taqdirda) sotilgan davlat aksiyalari boʻyicha birja bitimi doirasida xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlari qisman amalga oshirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida sotuvchi:
davlat aksiyalari sotilganligi toʻgʻrisida jamiyatni xabardor qiladi;
xaridorga birja bitimi boʻyicha barcha majburiyatlar, jumladan sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq amalga oshirilgunga hamda investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgunga qadar (agar mavjud boʻlgan taqdirda) aksiya qiymatining toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi asosida sotuvchining depo hisobvaragʻidan xaridorning depo hisobvaragʻiga hisobdan chiqarish toʻgʻrisida topshiriq berish orqali xaridorga sotib olingan aksiyaga egalik qilish va undan foydalanish huquqini beradi, bunda investitsiya majburiyatlari bajarib boʻlingunga qadar xaridor tomonidan depozitar xizmatlarga haq toʻlash sharti bilan xaridorning depo hisobvaragʻidagi aksiyaning harakati Markaziy depozitariydagi “Qimmatli qogʻozlar” maxsus boʻlimida blokirovka qilinadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
42. Xaridor (xaridorning vositachisi) tomonidan toʻlov muddati buzilgan taqdirda birja bitimi bekor qilinadi. Bunda HKKP xaridor tomonidan depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlaridan belgilangan tartibda taqsimlanadigan birja bitimi summasining 5 foizi miqdorida sotuvchining foydasiga jarima hamda birja savdolariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning vositachilik toʻlovlarini ushlab qoladi va qolgan pul mablagʻlarini xaridorning hisobvaragʻiga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Birja savdolari haqiqiy emas deb topilgan yoki birja bitimi avval sotilgan bekor qilingan taqdirda davlat aksiyalari:
Oldingi tahrirga qarang.
baholangan narxidan past qiymatida sotilgan davlat aksiyalarining savdolari natijalari haqiqiy emas deb topilgan (bekor qilingan) yoki bitim bekor qilingan taqdirda, agar ularni savdoga qoʻyish va birja bitimini bekor qilish (haqiqiy emas deb topish) sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlganda shakllangan narx boʻyicha, baholangan narxidan baland qiymatida sotilganda oxirgi savdolarga chiqarilgan narx boʻyicha;
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
agar savdoga qoʻyish va birja bitimini avval sotilgan davlat aksiyalari boʻyicha bekor qilish (haqiqiy emas deb topish) sanasi orasidagi muddat bir yildan oshgan boʻlsa belgilangan tartibda takroriy baholashdan keyin birja savdolariga qoʻyilishi lozim.
(43-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
44. Davlat aksiyalarini savdolardan olish sotuvchi vositachisi tomonidan sotuvchining yozma topshirigʻiga koʻra navbatdagi savdo sessiyasi boshlangunga qadar quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
agar davlat aksiyalari birja savdolariga boshlangʻich qoʻyish narxining 10 foizigacha qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllangandan keyin uch oy mobaynida sotilmaganda;
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq emitentning davlat aksiyalarini sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinganda.
Oldingi tahrirga qarang.
441. Agar Davlat komissiyasining savdoga chiqarish boʻyicha nominal qiymatdan past boʻlmagan qiymatgacha qadamba-qadam pasaytirish mexanizmini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinsa, davlat aksiyalari avval chiqarilgan savdolarning bir xil savdo maydonchalarida sotilishi mumkin.
(441-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Ushbu Nizomning 44-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda savdolardan olingan davlat aksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan vakolati doirasida qabul qilingan tegishli qaroriga asosan:
davlat tasarrufida qoladi va (yoki) keyingi xususiylashtirish dasturlariga kiritiladi;
davlat aksiyalarini xususiylashtirish boshqa usullar orqali amalga oshirilishi mumkin.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
VI. Davlat aksiyalarini BTSTda sotish
46. Davlat aksiyalarini BTSTda sotish ushbu Nizomga va BTST tashkilotchisining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
47. Davlat aksiyalarini sotib olish uchun qatnashchi BTSTda savdolar boshlanishidan kamida oʻttiz daqiqa oldin HKKPda qatnashchi sotib olish niyatida boʻlgan davlat aksiyalari boshlangʻich narxining 100 foizidan kam boʻlmagan miqdorda pul mablagʻlarini depozitga qoʻyishi shart.
Pul mablagʻlari qatnashchining nomini koʻrsatmasdan HKKPda depozitga qoʻyilgan taqdirda topshiriq-shartnomaning nusxasi taqdim etiladi.
48. Depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari HKKP tomonidan qatnashchining yozma arizasiga koʻra ariza olingan kundan boshlab besh bank kuni ichida pul mablagʻlari depozitga qoʻyilgan valyutada qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. HKKP BTST tashkilotchisining qoidalarida belgilangan muddatda BTST tashkilotchisiga qatnashchining depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi va yuboradi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
50. HKKP Markaziy depozitariyning maʼlumotlariga asosan BTST tashkilotchisiga BTST savdolariga qoʻyilayotgan davlat aksiyalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni taqdim etadi.
51. HKKP davlat aksiyalarining oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan keyin:
kliring operatsiyasini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga pul mablagʻlari oʻtkazmalarini va vositachilik toʻlovlarini toʻlash boʻyicha BTST tashkilotchisi, Markaziy depozitariy va xaridor vositachisining hisob raqamlariga pul mablagʻlari oʻtkazmalarini amalga oshiradi;
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Markaziy depozitariyga davlat aksiyalarini oʻtkazish yuzasidan tegishli topshiriqnomalarni taqdim etadi;
sotuvchiga sotilgan davlat aksiyalari boʻyicha amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Davlat aksiyalarining oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda ular ushbu Nizomning 43-bandida nazarda tutilgan tartibda belgilanadigan narx boʻyicha BTST savdolariga ushbu Nizomda belgilangan tartibda qoʻyilishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
53. Sotuvchi ushbu Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan hollarda davlat aksiyalarini BTST savdolaridan oladi.
Bunda davlat aksiyalari ushbu Nizomga muvofiq aynan shu turdagi savdolarga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Agar davlat aksiyalari BTSTga qoʻyilgan boshlangʻich narxning 10 foizigacha pasaytirilgandan keyin 3 oy mobaynida sotilmasa, davlat aksiyalari ularni ushbu Nizomning 45-bandiga muvofiq tasarruf etish uchun BTSTdan olinadi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
(X boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
(XI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
XII. Emitentning huquqlari va majburiyatlari
93. Xaridor va emitent davlat aksiyalarini investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda xaridor tomonidan kiritiladigan investitsiyalardan foydalanish shartnomasini tuzishlari shart, unda quyidagi majburiy shartlar boʻlishi lozim:
investitsiya sifatida kiritilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish;
investitsiya sifatida kiritilgan xom ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar va texnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun butlovchi qismlardan maqsadli foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
tuzilgan shartnoma doirasida yuzaga keladigan nizolar va daʼvolarga nisbatan, birinchi navbatda mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish;
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
investitsiya kiritishning pulli yoki bepul tavsifi;
kiritilgan investitsiyalarni qoplash (investitsiyalar pulli tavsifda kiritiladigan taqdirda) va (yoki) ijtimoiy majburiyatlarni bajarish yoki xaridorning emitent ustav fondidagi ulushini, uning tomonidan sotib olingan davlat aksiyalariga mulk huquqini qoʻlga kiritgandan keyin koʻpaytirish (kapitalizatsiya qilish).
Investitsiyadan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
94. Xaridor tomonidan investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi davomida emitent quyidagilarga majbur:
xaridorga, xaridor tomonidan oʻzining investitsiyaviy majburiyatlarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlgan obyektdan va u haqdagi axborotdan erkin foydalanishiga ruxsat berish;
xaridorning talabi boʻyicha oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda investitsiyaviy (va ijtimoiy) majburiyatlar bajarilganligini tasdiqlovchi tegishli buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish;
xaridorga davlat aksiyalarining oldi-sotdi shartnomasi va biznes-rejaga muvofiq investitsiyaviy (va ijtimoiy) majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilmaslik;
xaridorni investitsiyaviy (va ijtimoiy) majburiyatlar bajarilishi davomida moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilish.
XIII. Yakunlovchi qoidalar
95. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazishda qatnashayotgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlash uchun javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
96. Davlat aksiyalarini sotishda yuzaga keladigan nizolar va daʼvolarga nisbatan, birinchi navbatda mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladi.
Mediativ kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar va daʼvolar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aksiyalarini sotish tartibi
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashabbuskorlar:

davlat organi, xoʻjalik boshqaruvi organi; emitent; yuridik va jismoniy shaxslar.

1. Taklif va arizalarni berish.

Buyurtmanomalar tashabbuskorlik tartibida topshiriladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), uning hududiy boshqarmasi,

2. Agentlik yoki davlat aksiyalarini sotish jarayonini boshlash boʻyicha hududiy tanlov komissiyasi tomonidan taklif va arizalarni koʻrib chiqish.

Buyurtmanomalarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha javob berish xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda bir oy ichida amalga oshiriladi.

Agentlik, Hududiy tanlov komissiyasi

3. Xususiylashtirish dasturi (aksiyalari sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxati) loyihasini shakllantirish va vakolat doirasida Vazirlar Mahkamasiga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashiga qaror qabul qilish uchun kiritish. Takliflar va arizalar berish

Buyurtmanomalarning kelib tushishiga qarab, lekin yiliga kamida bir marta.

2-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi, emitent, baholovchi tashkilot

1. Tasdiqlangan Dasturga muvofiq Agentlik, uning hududiy boshqarmasi emitentga mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish.

Agentlik tomonidan aniqlanadigan muddatlarda, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa.

2. Emitent tomonidan mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va oʻtkazish, inventarizatsiya oʻtkazish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi.

3. Tegishli qaror qabul qilish uchun emitent tomonidan Agentlikka yoki uning hududiy boshqarmasiga taqdim etiladigan hujjatlar va takliflarni koʻrib chiqish.

Bir hafta muddatda.

4. Davlat aksiyalarini baholashni oʻtkazish.

Baholash xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan muddatda.

3-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi

Emitent taqdim etgan baholovchi tashkilotning korxonani baholash toʻgʻrisidagi hisoboti va hujjatlari asosida Agentlik, uning hududiy boshqarmasi tomonidan davlat aksiyalarini sotish toʻgʻrisidagi buyruqni chiqarish.

Bunda davlat aksiyalarini sotuvga qoʻyish quyidagicha amalga oshiriladi:

- BTSTda birjadan tashqari savdolarga qoʻyiladi, agar savdoga qoʻyilayotgan aksiyalar paketi emitent ustav fondining koʻpi bilan 10 foizini tashkil etsa;

- birja savdolariga qoʻyiladi, agar savdoga qoʻyilayotgan aksiyalar paketining miqdori emitent ustav fondining 50 foizidan oshmasa;

- tanlovga qoʻyiladi, agar savdoga qoʻyilayotgan aksiyalar paketining miqdori emitent ustav fondining 50 foizidan ortiq boʻlsa.

Davlat aksiyalari boʻyicha hujjatlar toʻplami ijobiy koʻrib chiqilgandan keyin 3 ish kuni ichida.

4-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi, birja savdolari tashkilotchisi

Axborotni oshkor qilish va sotishga taklif qilinayotgan davlat aksiyalari boʻyicha sotuvchining va birja savdolari tashkilotchisining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.

Birja savdolari va BTST birjadan tashqari savdolariga qoʻyish belgilangan sanadan, tanlovda toʻgʻridan-toʻgʻri sotilgan taqdirda — tanlov takliflari konvertlari ochiladigan sanadan — talabgorlardan takliflarni qabul qilish tamom boʻladigan sanadan kamida oʻttiz kun oldin.

5-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi, uning vositachisi, savdolar tashkilotchilari

Davlat aksiyalarini sotish.

Belgilangan muddatlarda.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish № ________

‎‎__________________________________________________

(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki hududiy boshqarmasi)

_______ yil “___” _______________

Davlat aksiyalarini sotish uchun

‎‎BUYURTMANOMA

‎‎‎______________________________________________________________________ni

(aksiyadorlik jamiyatining nomi)

‎‎davlat aksiyalarini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.
‎‎Joylashgan manzili:

‎‎___________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)‎

________________________________________________________________________

Idoraviy mansubligi:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(roʻyxat raqami va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi)

________________________________________________________________________‎‎

‎‎(tashkiliy-huquqiy shakli)

‎‎________________________________________________________________________

(ustav fondidagi davlat ulushi, foizlarda)

‎‎Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaxs

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O., lavozimi)

(imzo)‎

‎‎__________ yil “___” _______________

Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatishga va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish № ________

‎‎__________________________________________________

(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki hududiy boshqarmasi)

_______ yil “___” _______________

Davlat aksiyalarini sotish uchun

‎‎BUYURTMANOMA

‎‎‎____________________________________________________________________ning

(aksiyadorlik jamiyatining nomi)

‎‎davlat aksiyalarini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.
‎‎Joylashgan manzili:

‎‎___________________________________

________________________________________________________________________

Idoraviy mansubligi:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar:

‎‎________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)

‎‎________________________________________________________________________

(pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

(imzo)‎

‎‎__________ yil “___” _______________

Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatishga va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
3-ILOVA
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini (bundan buyon davlat ulushi deb yuritiladi) xususiylashtirish tartibida nodavlat yuridik shaxslarga, shuningdek jismoniy shaxslarga sotish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning amal qilishi davlat ulushini sudning qarori asosida sotishda yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
jamiyat — ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ulushi savdolari (savdolar) — sotuvchi yoki auksion va tanlovlarni tashkil etish shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron shaklda oʻtkaziladigan va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan davlat ulushini sotish boʻyicha tashkil etiladigan savdolar;
(2-band uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
savdolar tashkilotchisi — sotuvchi yoxud sotuvchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion va tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan tashkilot deb yuritiladi);
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
talabgor — savdolarda oʻzining qatnashish niyati toʻgʻrisida ariza bergan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti);
qatnashchi — auksion yoki tanlovda qatnashishga qoʻyilgan talabgor yoki uning vakolatli vakili;
vakolatli vakil — qatnashchi (talabgor) tomonidan ishonchnomaga asosan auksion, tanlov yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarda qatnashish vakolati berilgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvchi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yoki uning hududiy boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma);
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
xaridor — sotuvchi bilan qonun hujjatlariga muvofiq davlat ulushining oldi-sotdi shartnomasini (bundan buyon matnda oldi-sotdi shartnomasi deb yuritiladi) tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari);
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi — Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy tanlov komissiyasi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradigan hamda tarkibiga Agentlik (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Tabiat resurslari vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari kiradigan tanlov komissiyasi;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin boʻlgan) qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridorni aniqlash boʻyicha savdo shakli;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
tanlov shartlari — tanlovni oʻtkazish tartibi, oʻtkazish joyi, taklifning narxi, qatnashchilarga qoʻyiladigan qoʻshimcha yuklamalar, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar va talablar boʻyicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;
tanlov hujjatlari — davlat ulushi toʻgʻrisida, tanlov shartlari va tartib-taomillari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotdan iborat savdo tashkilotchisi tomonidan talabgorlarga taqdim etiladigan tanlovni oʻtkazish qoidalari, tanlov takliflari shakllarini oʻz ichiga oluvchi hujjatlar toʻplami;
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilanadigan shartlarda oldi-sotdi shartnomasini tuzish taklifi;
savdolarni oʻtkazish sanasi — auksion oʻtkazish yoki tanlov yakunlari yuzasidan xulosa chiqarish sanasi va vaqti;
Oldingi tahrirga qarang.
sotib olish toʻlovi — sotib olinayotgan davlat ulushi uchun xaridor tomonidan milliy va (yoki) erkin ayirboshlanadigan valyutada (keyingi oʻrinlarda EAV deb ataladi) pul mablagʻlarida Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan pul mablagʻlari;
(2-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
investitsiyaviy majburiyatlar — davlat ulushlarini sotib olishda xaridor tomonidan jamiyatga investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan pul bahosiga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
ijtimoiy majburiyatlar — davlat ulushlarini sotib olishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan pul bahosiga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
auksion — musobaqalashish asosida (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin boʻlgan) xaridorni aniqlash shakli, bunda eng katta narxni taklif qilgan qatnashchi oldi-sotdi shartnomasini tuzish huquqiga ega boʻladi;
(2-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov asosidagi auksion — auksionning sotuvchi tomonidan belgilangan mezonlar boʻyicha oldindan tanlangan maxsus taklif qilingan shaxslar qatnashishi mumkin boʻlgan turi;
(2-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
boshlangʻich narx — davlat ulushini savdolarga qoʻyish uchun sotuvchi tomonidan belgilangan narx.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat ulushini sotish sotuvchi tomonidan davlat organlarining yoki xoʻjalik boshqaruvi organlarining, jamiyatning takliflariga, nodavlat yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga muvofiq shakllantirilgan va belgilangan tartibda respublika mulki hisoblanganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashi qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga (jamiyatlarning roʻyxatlariga) (bundan buyon matnda xususiylashtirish dasturlari deb yuritiladi) asosan ushbu Nizomga 1-ilovaga binoan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Savdolarda turgan, ilgari qabul qilingan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq sotilayotgan davlat ulushlari mazkur davlat ulushlarini sotish muddati uzaytirilganda savdolardan olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ulushlarini sotish muddati va shartlarini belgilash, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat komissiyasi yoxud berilgan vakolatlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotuvchi tomonidan belgilanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ulushlari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich bahosi, qoldiq (balans) yoki sof aktivlari qiymatidan qatʼi nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Savdolarda davlat ulushini sotib olishga uch oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan mexanizmga asosan narx bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi mumkin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
4. Davlat ulushlarini Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlariga sotish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari davlat ulushlarini EAVda yoki Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida sotib olishlari mumkin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari davlat ulushlarini sotib olish uchun respublikaning vakolatli banklarida ochilgan xorijiy banklarning “loro” vakillik hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablagʻlaridan foydalanishlari mumkin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
II. Davlat ulushlarini sotish yuzasidan tashabbus koʻrsatish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat ulushini sotish yuzasidan davlat organi yoki xoʻjalik boshqaruvi organi, jamiyatning oʻzi, nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan Agentlik yoki hududiy boshqarmaga tegishlicha takliflar yoki buyurtmanomalar berish yoʻli bilan tashabbus koʻrsatilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
6. Davlat organining yoki xoʻjalik boshqaruvi organining, jamiyatning oʻzining davlat ulushini sotish toʻgʻrisidagi taklifiga:
davlat organi, xoʻjalik boshqaruvi organi yoki jamiyatning oʻzining birinchi rahbari tomonidan imzolanadigan va muhr bilan tasdiqlanadigan sotishga taklif etilayotgan davlat ulushini saqlab qolish zarurati mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha jamiyat toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
jamiyatning taʼsis hujjatlari nusxalari ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
7. Davlat ulushini sotish uchun buyurtmanoma:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat yuridik shaxs nomidan ushbu Nizomga 2-ilovaga binoan shakl boʻyicha rahbar yoki uning tomonidan bunga vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
jismoniy shaxs nomidan ushbu Nizomga 3-ilovaga binoan shakl boʻyicha uning oʻzi yoki bunga vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agentlik yoki hududiy boshqarma davlat ulushini sotish uchun qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar mavjud boʻlmagan taqdirda davlat ulushini sotish uchun buyurtmanomani olgandan keyin besh ish kuni ichida tegishli davlat organiga yoki xoʻjalik boshqaruvi organiga, qatnashchilarga uni sotishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etish haqida soʻrovnoma yuboradi.
Davlat organining yoki xoʻjalik boshqaruvi organining birinchi rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan xulosa soʻrovnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlikka yoki hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
Muayyan davlat ulushini davlat mulkida saqlab qolish ehtiyoji mavjud boʻlgan taqdirda Agentlik yoki hududiy boshqarma davlat ulushini sotish uchun buyurtmanoma (taklif) tushgan paytdan boshlab oʻn ish kuni ichida mazkur davlat ulushini sotish rad etilganligi haqida ariza beruvchini rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat ulushini sotish uchun buyurtmanoma (taklif) hududiy boshqarmaga tushgan taqdirda, sotishni rad etish uchun sabablar boʻlmaganda, hududiy boshqarma davlat ulushini sotish uchun buyurtmanoma (taklif) tushgan paytdan boshlab oʻn besh ish kuni ichida hududiy tanlov komissiyasi quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda axborot yuboradi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning taʼsis hujjatlari nusxalari;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
jamiyatning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalari;
jamiyatning kadastr hujjatlari nusxalari;
birinchi rahbar tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlar (1 va 2-shakllar) nusxalari;
davlat ulushi boʻyicha oxirgi uch yil ichida hisoblangan va toʻlangan (yoki toʻlanmagan) dividendlar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushiga haqiqiy aktivlarning (asosiy vositalar 1-yanvarga har yili qayta baholangandan keyin) nisbati toʻgʻrisidagi axborot;
sotish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosa.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy tanlov komissiyasi davlat ulushini sotish boʻyicha arizani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun koʻrib chiqadi.
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
respublika mulki boʻlgan davlat ulushi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish zarur boʻlgan taqdirda, hududiy boshqarma hududiy tanlov komissiyasi qarori asosida ariza (taklif) boʻyicha tegishli maʼlumotlarni, hujjatlarini ilova qilgan holda Agentlikka yuboradi.
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik, zarur boʻlganda, hududiy boshqarmadan jamiyat toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar va hujjatlarni, ularni taqdim etish muddatini koʻrsatgan holda soʻrab olishi mumkin.
(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat ulushini sotib olish uchun buyurtmanoma (taklif) Agentlikka kelib tushganda, sotishni rad etish uchun sabablar boʻlmagan taqdirda, buyurtmanoma (taklif) ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun hududiy organ tomonidan oʻn besh ish kuni mobaynida hududiy tanlov komissiyasiga yuboriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
11. Jamiyatda uning tegishli obyektlariga oid kadastr hujjatlari mavjud boʻlmaganda, koʻrsatilgan hujjatlar sotuvdan oldingi tayyorgarlik doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat ulushlarini sotish boʻyicha tushgan buyurtmanomalar (takliflar) asosida Agentlik va hududiy tanlov komissiyasi buyurtmanomalarni (takliflarni) tushishiga qarab, yiliga kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari boʻyicha sotiladigan davlat ulushlari boʻyicha xususiylashtirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida taklif kiritadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari qaroriga koʻra munitsipal mulk hisoblangan davlat ulushlarini sotish boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tayyorlanadi va kelishish uchun tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan, ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlari sotishga taklif etilayotgan jamiyatlarning roʻyxati hududlar yoki tarmoqlar boʻyicha shakllantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirish dasturi vakolati doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra sotiladigan jamiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Agar davlat ulushini sotish uchun buyurtmanomani (taklifni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra u xususiylashtirish dasturi loyihasiga kiritilsa, Agentlik yoki hududiy boshqarma yozma shaklda bu haqdagi tegishli axborotni buyurtmanoma (taklif) tushgan paytdan boshlab bir oy muddatda ariza beruvchiga yetkazadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat ulushlari jamiyat ishtirokchilari yoki jamiyatning oʻzi tomonidan jamiyat ishtirokchisining ulushini sotib olishning imtiyozli huquqini amalga oshirish tartibida sotib olinishi, yoxud qonun hujjatlari va ushbu Nizomda belgilangan tartibda auksion, tanlov orqali sotilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
III. Davlat ulushlarini sotishga tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tasdiqlangan xususiylashtirish dasturiga muvofiq Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida jamiyatga yozma talabnoma yuboriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Inventarizatsiyadan oʻtkazish oraliq balans tuzilgan sanadagi holati boʻyicha amalga oshiriladi, bunda balansning har bir satri tegishli xatlov roʻyxatlari bilan tasdiqlanishi lozim.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Davlat ulushini xususiylashtirishga tayyorlashda jamiyat rahbari tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Agentlik tomonidan belgilangan shaklga muvofiq, jamiyat rahbari tomonidan tasdiqlangan asosiy vositalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomalari;
koʻchmas mulkka va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
jamiyat rahbari tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish), tarkibiy boʻlinmalari va kommunikatsiya tarmoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
korxonadagi ishlab chiqarish jarayonining texnologik va ekologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkazilgan auditorlik xulosalari, shuningdek korxonaning tashkiliy-huquqiy jihatdan kompleks tahliliy hisoboti;
jamiyatning moliyaviy hisobotlari va oʻtgan hisobot yili natijalari toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi;
davlat ulushini xususiylashtirishning tanlangan usuliga muvofiq boshqa hujjatlar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Jamiyat tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilgandan keyin bir hafta muddatda Agentlik yoki hududiy boshqarma:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
tayyorlangan hujjatlarda jiddiy kamchiliklar boʻlganda, ularni qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda va ularni takroriy taqdim etishning ular qaytarilgan paytdan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatini belgilagan holda puxtalashtirish uchun jamiyatga qaytaradi;
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq boʻlganda baholovchi tashkilot bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladigan davlat ulushini baholashdan oʻtkazish uchun shartnoma tuzadi.
19. Savdoga qoʻyishda davlat ulushining boshlangʻich narxi sotuvchi tomonidan baholovchi tashkilotning ulush qiymatini baholash toʻgʻrisidagi hisobotida hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi ekspert xulosasida aniqlangan miqdorda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, quyidagi holatlarda baholash hisobotlari haqqoniyligini majburiy ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi:
davlat ulushini baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining Oʻzbekistonda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan shuʼba korxonalari tomonidan amalga oshirilganda;
davlat ulushi “E-auksion” elektron savdo platformasidagi auksion savdolariga chiqarilganda.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat ulushini sotish usuli, muddatlari va shartlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotuvchi tomonidan belgilanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
21. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazish ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan uning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi, agar sotuvchi va ixtisoslashtirilgan tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa.
Davlat ulushlari sotuvchining oʻzi tomonidan sotiladigan hollarda sotuvchi ham savdolar tashkilotchisi sifatida qatnashishi mumkin.
IV. Davlat ulushining jamiyat qatnashchilari yoki jamiyatning oʻzi tomonidan sotib olinishi
Oldingi tahrirga qarang.
22. Davlat ulushining boshlangʻich narxi belgilangandan keyin Agentlik yoki hududiy boshqarma jamiyat qatnashchilarini va jamiyatning oʻzini (tilxat olgan holda yoxud pochta boʻyicha topshirilganligi haqidagi xabarnoma bilan buyurtma xat yuborgan holda) mazkur jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini sotish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Jamiyatning yoxud uning qatnashchilarining ijobiy javobi olingan taqdirda davlat ulushini sotish oldi-sotdi shartnomasini tuzish orqali ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq sotuvchi tomonidan belgilangan narx boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Jamiyatning bir nechta qatnashchilari davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirgan taqdirda Agentlik yoki hududiy boshqarma davlat ulushini ushbu qatnashchilarga ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari miqdoriga mos ravishda sotadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Jamiyat qatnashchilari va jamiyatning oʻzi davlat ulushini sotib olishni rad etgan yoxud Agentlik yoki hududiy boshqarmaning xatiga jamiyat xabardor qilingan kundan boshlab bir oy ichida javob boʻlmagan taqdirda, basharti jamiyat ustavida yoki jamiyat qatnashchilarining kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat ulushi ushbu Nizomda belgilangan tartibda savdolarda sotilishi mumkin. Agentlik yoki hududiy organ davlat ulushini savdolarga qoʻyish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi, unda davlat ulushining boshlangʻich narxini, sotish shartlari va savdolar turini tasdiqlaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
25. Davlat ulushini savdolarga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingandan va davlat ulushi savdolarga qoʻyilishi toʻgʻrisida tegishli xabarnoma ommaviy axborot vositalarida chop etilgandan keyin, mazkur davlat ulushi qayta baholanmaydi.
V. Davlat ulushlarini auksionda sotish
26. Auksionni oʻtkazish uchun sotuvchi:
ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan davlat ulushini sotish boʻyicha auksionni tashkil etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzadi, unda shartnoma taraflarning rekvizitlari, shartnoma predmeti, ixtisoslashtirilgan tashkilot hamda sotuvchining huquq va majburiyatlari, shu jumladan savdolar tashkilotchisini zarur hujjatlar va sotilayotgan davlat ulushi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, taraflarning oʻzaro hisob-kitoblari tartibi va javobgarligi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar boʻlishi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
auksionning sanasi va turini belgilaydi;
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzining rasmiy veb-saytida auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani (bundan buyon matnda auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma deb yuritiladi) chop etadi (tanlov asosidagi auksionlar oʻtkazish hollaridan tashqari);
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
261. Davlat ulushini “E-auksion” elektron savdo platformasida sotishda auksion hayʼati tashkil etilmaydi.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
27. Ixtisoslashtirilgan tashkilot, sotuvchi bilan tuzilgan shartnomaga va sotuvchining boshqa farmoyish beruvchi hujjatlariga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
auksionda qatnashishga buyurtmanomalar berish muddatini belgilaydi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
auksion oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin oʻzining va sotuvchining rasmiy veb-saytida auksion toʻgʻrisidagi xabarnomani eʼlon qiladi, bunda bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi, savdo bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilayotgan davlat ulushi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qiladi;
talabgorlarning auksionda qatnashishga buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov asosidagi auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomalarni (bundan buyon matnda tanlov asosidagi auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma deb yuritiladi) yuboradi va mazkur xabarnomada koʻrsatilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslardan buyurtmanomalar oladi;
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
talabgorlarni taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan taʼminlaydi va ularni rasmiylashtirishda yordam beradi;
ushbu Nizomga muvofiq talabgorlar sonidan auksion qatnashchilari roʻyxatini shakllantiradi;
auksion qatnashchilariga qatnashchining tartib raqami koʻrsatilgan chiptani va maxsus raqamli belgini beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan paytdan boshlab nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga ularning soʻrovnomalari boʻyicha auksionga qoʻyilgan davlat ulushi toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot beradi;
(27-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
auksion yakunlari toʻgʻrisidagi axborot chop etilishini amalga oshiradi, u auksion oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida ilgari auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida chop etiladi;
(27-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Auksion toʻgʻrisidagi (tanlov asosidagi auksion toʻgʻrisidagi) xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
savdolar tashkilotchisining nomi va pochta manzili, uning aloqa telefoni, telefaksi, elektron pochta manzili;
auksionga qoʻyilgan davlat ulushlarining miqdori;
sotilayotgan davlat ulushining boshlangʻich narxi;
jamiyatning nomi, uning joylashgan joyi, faoliyati sohasi;
auksion oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
oldi-sotdi shartnomasi tuzilishining cheklangan muddati;
garovga qoʻyish miqdori, muddati va tartibi, uni qoʻyish uchun bank rekvizitlari;
buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);
qoʻshimcha axborot olish mumkin boʻlgan manzil va aloqa telefoni.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tanlov asosidagi auksionni oʻtkazishda sotuvchi uning talablariga mos keladigan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar roʻyxatini oldindan aniqlaydi, ixtisoslashtirilgan tashkilot ularga tanlov asosidagi auksion toʻgʻrisidagi xabarnomani auksion boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin yuboradi. Tanlov asosidagi auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma ommaviy axborot vositalarida chop etilmaydi va auksion taklif etilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Auksionda qatnashish uchun talabgor majburiyatlarni bajarish taʼminoti sifatida qonunchilikda belgilangan miqdorda zakalat toʻlashi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. “E-auksion” elektron savdo platformasida qatnashish uchun talabnomani qabul qilish, auksionni oʻtkazish, gʻolibni aniqlash va auksion natijalarini rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
36. Auksionda qatnashishga savdolar tashkilotchisi tomonidan buyurtmanomalari qabul qilingan talabgorlarga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Davlat ulushlarini sotish boʻyicha auksionlar davlat ulushining boshlangʻich narxi qadamba-qadam oshirilgan tarzda savdolashish tarzida oʻtkaziladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Auksionlar birinchi auksion oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida har oʻn kunda bir marotaba oʻtkaziladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
VI. Davlat ulushlarini tanlovda sotish
47. Tanlovni oʻtkazish uchun sotuvchi:
davlat ulushlarini sotish boʻyicha tanlovni tashkil etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan shartnoma tuzadi, unda shartnoma taraflarining rekvizitlari, shartnoma predmeti, savdolar tashkilotchisi va sotuvchining huquq va majburiyatlari, shu jumladan savdolar tashkilotchisini zarur hujjatlar va sotilayotgan davlat ulushi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, taraflarning oʻzaro hisob-kitoblari tartibi va javobgarligi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar boʻlishi lozim;
tanlov sanasi, shartlari va turini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani (bundan buyon matnda tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma deb yuritiladi) chop etadi;
(47-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
471. Davlat ulushini “E-auksion” elektron savdo platformasida sotishda tanlov hayʼati tashkil etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
“E-auksion” elektron savdo platformasida qatnashish uchun talabnomani qabul qilish, tanlovni oʻtkazish, gʻolibni aniqlash va tanlov natijalarini rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(471-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Ixtisoslashtirilgan tashkilot sotuvchi bilan tuzilgan shartnomaga va sotuvchining farmoyish beruvchi hujjatlariga muvofiq:
sotish uchun qoʻyilayotgan davlat ulushi, jamiyat toʻgʻrisidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 35-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
ilgari tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida tanlov yakunlari haqidagi axborotni tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida chop etadi;
(49-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
savdolar tashkilotchisining nomi va pochta manzili, aloqa telefoni, telefaksi, elektron pochta manzili;
tanlovga qoʻyilgan davlat ulushining miqdori;
sotilayotgan davlat ulushining boshlangʻich narxi;
investitsiyaviy majburiyatlarning (kiritish shakli va shartlari yoyib koʻrsatilgan holda) va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam hajmi;
mavjud qoʻshimcha yuklamalar toʻgʻrisidagi axborot;
jamiyatning nomi, uning joylashgan joyi, faoliyati sohasi;
talabgorlarning takliflari bildirilgan konvertlarni ochish sanasi, vaqti va joyi;
tanlov oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
davlat ulushining oldi-sotdi shartnomasini (bundan buyon matnda oldi-sotdi shartnomasi deb yuritiladi) tuzishning cheklangan muddati;
zakalat qoʻyish miqdori, muddati va tartibi, uni qoʻyish uchun bank rekvizitlari;
buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);
tanlov hujjati va qoʻshimcha axborotni olish mumkin boʻlgan manzil.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Auksionda qatnashish uchun talabgor majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash sifatida qonunchilikda belgilangan miqdorda zakalat toʻlashi shart.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
63. Tanlov takliflarini baholash va tanlov gʻolibini aniqlash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
TT = (T*0,8)+(I*0,2), bunda:
TT — qatnashchining tanlov taklifi;
T — davlat ulushi uchun sotib olish toʻlovi summasi boʻyicha qatnashchining taklifi;
I — investitsiyaviy majburiyatlar miqdori boʻyicha qatnashchining taklifi.
Oldingi tahrirga qarang.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Tanlovlar birinchi tanlov oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran bir oy mobaynida har oʻn ish kunida bir marta davriylikda oʻtkaziladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
(VII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
VIII. Auksion va tanlov natijalarini rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
67. “E-auksion” elektron savdo platformasida onlayn-auksion savdolari yakuni boʻyicha xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomalari savdo natijasi boʻyicha bayonnoma asosida elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo orqali) rasmiylashtiriladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Gʻolib oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki rad etgan taqdirda:
sotuvchi auksion gʻolibi tomonidan taklif etilgan narxdan bir bosqich past narxni taklif etgan auksion qatnashchisi bilan shartnoma tuzishni taklif qiladi.
sotuvchi taklifi tanlov shartlariga eng koʻp muvofiq boʻlgan tanlovning boshqa qatnashchisi bilan shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Agar ushbu qatnashchi ham oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etsa, auksion yoki tanlov natijalari bekor qilinadi.
Oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortayotgan yoki rad etayotgan auksion yoki tanlov gʻolibiga uning toʻlagan zakalat summasi qaytarilmaydi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Auksion yoki tanlov gʻolibi oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan va davlat ulushini sotib olish boʻyicha, shuningdek kelishuv va auksion yoki tanlov jarayonini buzuvchi boshqa xatti-harakatlarda qatnashish oldi-sotdi shartnomasi shartlarini bajarishdan bosh tortgan yoki rad etgan taqdirda, u kelgusida mazkur davlat ulushini sotish boʻyicha navbatdagi savdolarda qatnashishi mumkin emas.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
X. Davlat ulushlarining oldi-sotdi shartnomalarini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
77. Bayonnoma imzolangandan keyin yigirma kundan kechikmay, agar auksion (tanlov) toʻgʻrisidagi xabarnomada boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, auksion (tanlov) gʻolibi (qatnashchi) tomonidan oferta shartlariga eng koʻp javob beradigan talabgor bilan ERI orqali imzolanadigan elektron oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
(77-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Auksion (tanlov) oʻtkazish natijalari boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi bir tarafdan sotuvchi va boshqa tarafdan gʻolib (qatnashchi) yoki talabgor oʻrtasida manfaatdor tarafning — balansda saqlovchining ishtirokida tuziladi.
(77-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldi-sotdi shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
78. Oldi-sotdi shartnomasida quyidagi maʼlumotlar va shartlar aks ettirilishi kerak:
taraflarning nomi va manzillari;
oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun asoslar;
sotib olish toʻlovining miqdori, valyutasi, amalga oshirish shartlari, tartibi va muddatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
taraflarning majburiyatlari, jumladan sotilgan davlat ulushiga boʻlgan mulk huquqining sotuvchidan xaridorga oʻtishi shartlari, tartibi va ketma-ketligi, shu jumladan mulk huquqini tasdiqlovchi sertifikatni berish;
(78-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha qabul qilinadigan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaganlik va (yoki) bajarmaganlik uchun javobgarlik, jarima miqdori va toʻlash shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
nizolarni hal qilish tartibi, yuzaga keladigan nizolar va daʼvolarga nisbatan, birinchi navbatda mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish, oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish shartlari, qoʻllanadigan huquq, fors-major holatlarini aniqlash va bunday holatda harakat qilish tartibi, tili, nusxalar soni, oldi-sotdi shartnomasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish shartlari, uning kuchga kirishi;
(78-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
taraflarning kafolatlari tarzidagi ilovalar.
Oldi-sotdi shartnomasida zarur boʻlgan quyidagilar koʻrsatilishi mumkin:
xaridor tomonidan qabul qilinadigan investitsiyaviy majburiyatlar va ijtimoiy majburiyatlarning hajmi (pul ifodasida), umumiy mazmuni, amalga oshirish shartlari, ketma-ketligi va muddatlari;
toʻlovlar boʻlib-boʻlib toʻlanayotgan va investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar bajarilayotgan davrda sotilayotgan davlat ulushidan xaridor tomonidan foydalanish shartlari;
xaridor tomonidan sotuvchi bilan kelishish uchun investitsiyaviy majburiyatlar va ijtimoiy majburiyatlarni amalga oshirishning batafsil dasturini (reja-jadvalini) tayyorlash va taqdim etish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish muddati;
xaridor tomonidan investitsiyaviy majburiyatlar va ijtimoiy majburiyatlar asosiy bandlarining bajarilishi mazmunining taʼrifi, muddatlari, ular amalga oshirilganligi faktini tasdiqlash tartibi va shartlari.
Oldingi tahrirga qarang.
79. Agentlik, hududiy boshqarma tomonidan sotib olish toʻlovlarining tushishi, xaridor tomonidan investitsiyaviy majburiyatlar va ijtimoiy majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishi va ularning muddatlari yuzasidan doimiy monitoring amalga oshiriladi.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
80. Xaridor bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan taqdirda, u sotib olish toʻlovlarini chet el valyutasida amalga oshirgan boʻlsa, qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar tegishli jarima ushlab qolingandan keyin xaridor bilan kelishgan holda pul oʻtkazish sanasidagi kurs boʻyicha xaridor tomonidan koʻrsatilgan bank hisob raqamiga Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida oʻtkazib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Baholangan narxidan past qiymatida sotilgan davlat ulushlarining savdolari yakunlari bekor qilingan yoki oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan yoxud haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, agar ularni savdoga qoʻyish va oldi-sotdi shartnomasi bekor qilish (haqiqiy emas deb topish) sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlganda shakllangan narxi boʻyicha, baholangan narxidan baland qiymatida sotilganda oxirgi savdolarga chiqarilgan narx boʻyicha — agar savdoga qoʻyish va shartnomalarni bekor qilish yoxud haqiqiy emas deb topish sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Bunda davlat ulushi ushbu Nizomning V va VI boʻlimlariga muvofiq tegishli ravishda aynan oʻsha turdagi savdolarga qoʻyiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
82. Savdoga qoʻyish va oldi-sotdi shartnomalarni bekor qilish yoxud haqiqiy emas deb topish sanasi oʻrtasidagi muddat bir yildan ortiq boʻlgan taqdirda davlat ulushi belgilangan tartibda takroran baholashdan keyin savdoga qoʻyiladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
XI. Davlat ulushini sotish yakunlari boʻyicha hisob-kitob qilish va huquqni belgilovchi hujjatlarni rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
83. Oldi-sotdi shartnomasini tuzgandan keyin xaridor yoki uning vakolatli vakili tuzilgan oldi-sotdi shartnomasining shartlariga muvofiq sotib olish toʻlovlarini amalga oshiradi hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajaradi. Bunda auksion yoki tanlovda yutib chiqilgan taqdirda gʻolib tomonidan toʻlangan zakalat sotib olish toʻlovlari summasiga qoʻshiladi, savdolarning qolgan qatnashchilariga esa toʻlagan zakalati besh bank kuni ichida qaytariladi.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Davlat ulushlarini sotib olish toʻlovlarini toʻlash muddati sotuvchi tomonidan belgilanadi, biroq u, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud Davlat komissiyasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab uch yildan oshishi mumkin emas.
(84-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiyaviy majburiyatlarni bajarish muddati besh yildan oshmasligi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat komissiyasining alohida qarorlari boʻyicha davlat ulushlarini sotish hollari bundan mustasno.
(84-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sotib olish toʻlovlari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadi.
(84-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ulushlarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlarining 35 foizi miqdoridagi hamda 4 va 5-toifadagi tumanlarda joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning davlat ulushlarini sotib olgan xaridorlarga, shuningdek, ushbu toifadagi hududda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 35 foizdan kam boʻlgan (zakalat toʻlovini inobatga olgan holda) dastlabki toʻlov amalga oshirilgan taqdirda, xaridorga sotib olish toʻlovlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
(84-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar dastlabki toʻlov summasi ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan foizlardan (miqdorlardan) kam boʻlgan holatda, bir oylik muddat tugagan kundan keyingi kundan boshlab qolgan summaga har bir kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizidan kelib chiqqan holda, quyidagi formula boʻyicha kunlik foizlar hisoblanadi.
(84-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Fd=Qd*(MBd/365)*Kd
Bunda:
Fd — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davri uchun hisoblangan foizlar;
D — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davri tartib raqami;
Qd — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davridagi sotib olish toʻlovlari qoldigʻi;
MBd — Markaziy bankning foiz hisoblanayotgan davr uchun amalda boʻlgan asosiy foiz stavkalari. Bunda toʻlov grafigidagi hisobga olinayotgan kunlar uchun bir nechta asosiy foiz stavkalari amalda boʻlsa, foiz miqdorlari tegishli kunlarga mos ravishda asosiy foiz stavkasi oʻzgartirilgan holda alohida-alohida hisoblanib, toʻlov grafigidagi davr uchun jamlanadi;
Kd — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davrlari oraligʻidagi kunlar soni, bunda birinchi davr uchun kunlar soni oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanadan keyingi kundan boshlab hisoblanadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadigan shartnomalar boʻyicha muddatida toʻlanmagan foizlar uchun xaridordan penya undirish nazarda tutilmaydi.
Bunda, hisoblangan foizlar shartnomada belgilangan toʻlov grafigi boʻyicha har bir toʻlovni amalga oshirishning oxirgi muddatida toʻlanmagan taqdirda, toʻlov grafigi boʻyicha keyingi amalga oshirilgan toʻlov birinchi navbatda oldingi davr uchun hisoblangan foizlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Xaridor sotilgan davlat ulushi uchun sotib olish toʻlovini muddatidan oldin toʻlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
85. Davlat ulushlari xaridorning chegirmani berish haqidagi yozma (elektron) arizasiga muvofiq, sotib olish toʻlovlari bir oy muddatda toʻlanishini nazarda tutuvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, xarid toʻlovlari shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir oy davomida toʻlangan taqdirda, xaridorga xarid summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanada kuchda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi, bundan chegirma qoʻllanilmaslik sharti bilan sotilgan, shuningdek boshlangʻich narxi pasaytirilgan holda sotilgan davlat ulushlari mustasno.
Bunda xaridorga sotib olish toʻlovlarini mazkur chegirmani qoʻllagan holda toʻlash imkoni beriladi.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86. Investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlarsiz hamda sotib olish toʻlovlarini bir yoʻla toʻlash sharti bilan sotilgan davlat ulushlari boʻyicha sotib olish toʻlovlari toʻliq hajmda tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida sotuvchi:
(86-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
davlat ulushi sotilganligi toʻgʻrisida jamiyatni xabardor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
xaridorga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shakl boʻyicha QR-kod qoʻyilgan holda jamiyat ustav fondidagi ulushga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi orderni (bundan buyon matnda order deb yuritiladi) beradi, u jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartirishlar roʻyxatdan oʻtkazilgan paytgacha xaridorga jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini tasdiqlaydi.
(86-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
87. Sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash va xaridor tomonidan investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar qabul qilish sharti bilan sotilgan davlat ulushlari boʻyicha (davlat ulushi jamiyatning oʻziga sotilgan holatlar bundan mustasno) oldi-sotdi shartnomalari doirasida xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlari qisman amalga oshirilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida sotuvchi:
davlat ulushi sotilganligi toʻgʻrisida jamiyatni xabardor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
xaridorga oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlar, jumladan sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq amalga oshirilgunga hamda investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgunga qadar ulush qiymatining toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi asosida Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali QR-kod qoʻyilgan holda “tasarruf etish huquqisiz” orderni beradi.
(87-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
88. Xaridor tomonidan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlar, jumladan sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq amalga oshirilib hamda investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgandan soʻng va ular belgilangan tartibda sotuvchi tomonidan qabul qilingandan keyin xaridor sotib olingan davlat ulushiga nisbatan mulk huquqiga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda xaridor Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali ariza bergan kundan boshlab besh ish kunidan kechikmagan muddatda unga avval berilgan elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi “tasarruf etish huquqisiz” orderga QR-kod qoʻyilgan holda “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi qoʻyiladi.
(88-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
881. Davlat ulushi belgilangan tartibda jamiyatning oʻziga sotilgan taqdirda, jamiyat tomonidan sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq amalga oshirilib hamda oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlar, jumladan investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar (mavjud boʻlgan taqdirda) belgilangan tartibda toʻliq bajarilgan deb eʼtirof etilgan kundan oʻn ish kuni ichida jamiyatga order beriladi.
(881-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
89. Elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi order davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali QR-kod qoʻyilgan holda tayyorlanadi, tartib raqamiga ega boʻladi va qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Maxsus qogʻozda berilgan sertifikat blankasi yoʻqolganda uning dublikati elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali tegishli arizaga asosan ikki hafta ichida order beriladi.
(91-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dublikat berish toʻgʻrisidagi arizaga davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida maʼlumotnoma ilova qilinadi.
(91-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)
Sertifikat dublikati berilgandan soʻng Agentlik yoki hududiy boshqarma besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda davriy bosma nashrda yoʻqolgan sertifikatning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida eʼlon beradi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
XII. Jamiyat ijro etuvchi organining huquqlari va majburiyatlari
92. Jamiyatning ijro etuvchi organi sotilgan davlat ulushiga huquqni belgilovchi hujjatlar xaridor tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini va ularning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
93. Investitsiyaviy majburiyatlar bilan birgalikda oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan keyin oʻn kun muddatda xaridor va jamiyatning ijro etuvchi organi xaridor tomonidan kiritiladigan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishlari shart, unda quyidagilar boʻlishi lozim:
investitsiyaviy majburiyatlar hisobiga kiritilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish shartlari;
investitsiyaviy majburiyatlar hisobiga kiritilgan xom ashyo va materiallar, ehtiyot qismlardan va texnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash uchun butlovchi qismlardan maqsadli foydalanish shartlari;
investitsiyalar kiritishning pulli yoki bepul xususiyati shartlari;
kiritilgan investitsiyalarni qoplash (investitsiyalar pulli tusda kiritiladigan taqdirda) yoki davlat ulushiga mulk huquqi qoʻlga kiritilgandan keyin xaridorning jamiyat ustav fondidagi ulushini koʻpaytirish.
Investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
94. Xaridor tomonidan investitsiyaviy majburiyatlar bajarilishi davomida jamiyatning ijro etuvchi organi quyidagilarga majbur:
xaridorga investitsiya obyektiga (jamiyatga) erkin kirib-chiqish va uning toʻgʻrisidagi axborotdan erkin foydalanishga ruxsat berish;
xaridorning talabi boʻyicha investitsiyaviy majburiyatlar bajarilganligini tasdiqlovchi tegishli buxgalteriya hujjatlarini taqdim etish;
oldi-sotdi shartnomasiga va investitsiyalar kiritish rejasiga muvofiq investitsiyaviy majburiyatlarini bajarishida xaridorga toʻsqinlik qilmaslik;
investitsiyaviy majburiyatlarini bajarishi davomida jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida xaridorni xabardor qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIII bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
XIV. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazishda qatnashadigan shaxslarning javobgarligi
96. Savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotuvchi bilan tuzilgan davlat ulushlarini sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasi shartlari bajarilishi, savdolar qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligi taʼminlanishi uchun javob beradi.
97. Jamiyatning ijro etuvchi organi qonun hujjatlariga muvofiq;
jamiyat mol-mulkining saqlanishi, jamiyatning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlarning oʻz vaqtida kiritilishi va ularning tegishli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazishning taʼminlanishi;
ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi uchun javob beradi.
98. Sotuvchi, savdolar tashkilotchisi va qatnashchilar qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
XV. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
99. Davlat ulushlarini savdolarda sotishda yuzaga keladigan nizolar va daʼvolarga nisbatan, birinchi navbatda mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladi.
Mediativ kelishuvga erishilmagan taqdirda nizolar va daʼvolar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashabbuskorlar:

davlat organi;

jamiyat;

yuridik va jismoniy shaxslar — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), uning hududiy boshqarmasi,

hududiy tanlov komissiyasi

Agentlik,

hududiy tanlov komissiyasi

Takliflar va arizalar berish.

Davlat aksiyalarini sotish jarayoni yuzasidan tashabbus koʻrsatish toʻgʻrisidagi takliflar va arizalarni Agentlik yoki hududiy tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish.

Xususiylashtirish dasturi loyihasini (ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlari sotishga taklif etilayotgan jamiyatlarning roʻyxatini) shakllantirish va qaror qabul qilish uchun vakolat doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashiga qaror qabul qilish uchun kiritish.

Buyurtmanomalar tashabbus koʻrsatish tartibida topshiriladi.

Buyurtmanomalar xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda, ularni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha javob bir oy muddatda beriladi.

Buyurtmanomalar qabul qilinishiga koʻra, lekin yiliga kamida bir marotaba.

2-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi

jamiyatning ijro etuvchi organi, jamiyat qatnashchilari

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi

Baholovchi tashkilot

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi, jamiyat qatnashchilari, jamiyat

Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi jamiyatga mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomani yuboradi.

Jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va oʻtkazish, inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

Jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilish uchun Agentlikka yoki uning hududiy boshqarmasiga taqdim etiladigan hujjatlar va takliflarni koʻrib chiqish.

Davlat ulushini baholash.

Jamiyat qatnashchilariga va jamiyatning oʻziga davlat ulushini sotib olishni taklif qilish.

Jamiyat yoki uning qatnashchilarining ijobiy javobi olingan taqdirda, toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasini tuzish.

Agentlik tomonidan aniqlanadigan muddatlarda, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa.

Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi.

Bir hafta muddatda.

Baholash xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan muddatda.

Davlat ulushining bozor qiymati aniqlangandan keyin.

Ijobiy javob olingandan keyin 20 kun ichida.

3-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi

Jamiyatni xabardor qilgan kundan boshlab bir oydan soʻng, agar jamiyat ustavida yoki jamiyat qatnashchilarining kelishuvida boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa yoki jamiyat tomonidan sotib olish rad etilgandan soʻng davlat ulushini baholash boʻyicha baholovchi tashkilotning hisoboti va jamiyat tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida davlat ulushini savdolarga qoʻyish toʻgʻrisida buyruq chiqarish.

Davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha hujjatlar toʻplami ijobiy koʻrib chiqilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida.

4-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi, ixtisoslashtirilgan tashkilot (savdolar tashkilotchisi)

Savdolarni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan shartnoma tuzish.

Ommaviy savdolar (auksion va tanlov) oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni rasmiy veb-saytda chop etish, sotishga taklif qilinayotgan davlat ulushi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish.

Savdolar tashkilotchisi tomonidan ommaviy savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalar qabul qilish.

Ommaviy savdolarni oʻtkazish.

Tanlov natijalari toʻgʻrisida uning qatnashchilariga xabar berish.

Ommaviy savdolarni oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish va oʻtkazilgan savdolar gʻolibi bilan davlat ulushining oldi-sotdi shartnomasini imzolash.

Xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda.

Ommaviy savdolar oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin.

Ommaviy savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda belgilangan muddatlarda.

2 oy ichida oʻn ish kunida bir marta davriylikda.

Besh ish kuni ichida.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda.

5-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi, xaridor

Mulkchilik huquqini tasdiqlovchi orderni Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan barcha sotib olish toʻlovlarini amalga oshirgan xaridorga berish.

Sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida:

investitsiyaviy majburiyatlarsiz sotib olingan davlat ulushi boʻyicha;

investitsiyaviy majburiyatlar mavjud boʻlgan taqdirda xaridorga xaridor oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlarni bajarib boʻlgunga qadar muddatga investitsiyaviy majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha amalda boʻladigan “tasarruf etish huquqisiz” belgisi qoʻyilgan holda order beriladi, u jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartirishlar roʻyxatdan oʻtkazilgan paytgacha xaridorga jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini tasdiqlaydi.

6-bosqich

Agentlik

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, balansda saqlovchilar bilan birgalikda

Davlat ulushi 10 foizgacha pasaytirish qoʻllangandan keyin 3 oy ichida sotilmagan taqdirda, sotuvchi-jamiyat qatnashchisi sifatida jamiyatga davlat ulushini sotib olish talabi bilan jamiyatdan chiqishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuborishi mumkin.

Jamiyatda mablagʻlar yetarli boʻlmaganda sotuvchining qarori boʻyicha davlat ulushi jamiyat tomonidan ikki yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olinishi mumkin.

Jamiyat sotib olishga mablagʻlari yetarli boʻlmaganligi sababli davlat ulushini sotib olishni rad etganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur jamiyatdan chiqish jarayoni tashabbusi bilan chiqiladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda.

Ikki yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish № ________

‎‎__________________________________________________

(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasining nomi)

_______ yil “___” _______________

Davlat ulushini sotish uchun

‎‎BUYURTMANOMA

‎‎‎______________________________________________________manzilida joylashgan

‎(manzili)

‎‎__________________________________________________________ning

‎‎(masʼuliyati cheklangan jamiyatning nomi va ulush miqdori, foizlarda)
‎davlat ulushini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.

________________________________________________________________________

Idoraviy mansubligi:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)

‎‎________________________________________________________________________

(roʻyxatga olish raqami va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana)

________________________________________________________________________‎‎

‎‎(tashkiliy-huquqiy shakli)

‎‎________________________________________________________________________

(ustav fondidagi davlat ulushi, foizlarda)

‎‎Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaxs

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O., lavozimi)

(imzo)‎
M.Oʻ.

‎‎__________ yil “___” _______________

Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatishga va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish № ________

‎‎__________________________________________________

(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasining nomi)

_______ yil “___” _______________

Davlat ulushini sotish uchun

‎‎BUYURTMANOMA

‎‎‎______________________________________________________manzilida joylashgan

‎(manzili)

‎‎__________________________________________________________ning

‎‎(masʼuliyati cheklangan jamiyatning nomi va ulush miqdori, foizlarda)

‎‎‎davlat ulushini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.
Idoraviy mansubligi:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar:

‎‎________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________________

(manzili, telefoni, faksi)

‎‎________________________________________________________________________

(pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

‎‎________________________________________________________________________

‎_____________

(imzo)‎

‎‎__________ yil “___” _______________

Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatishga va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
4-ILOVA
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mulkiy majmua (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlarni (bundan buyon matnda davlat koʻchmas mulk obyekti deb yuritiladi) nodavlat yuridik shaxslarga, shuningdek jismoniy shaxslarga xususiylashtirish tartibida sotish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi davlat koʻchmas mulk obyektlarini sud hal qiluv qaroriga asosan sotishda yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat koʻchmas mulk obyektlari savdolari (savdolar) — sotuvchi yoki riyeltorlik tashkiloti shuningdek, auksion va tenderlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron shaklda, tashkil etish va oʻtkazish uchun xizmat qiluvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha tashkil etiladigan savdolar;
savdolar tashkilotchisi — sotuvchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomaga asosan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha “E-auksion” elektron savdo platformasida auksionlar va tanlovlarni tashkil qilish hamda oʻtkazish xizmatlarini koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki sotuvchi;
talabgor — savdolarda oʻzining qatnashish niyati toʻgʻrisida ariza bergan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti);
qatnashchi — auksion yoki tanlovda qatnashishga qoʻyilgan talabgor yoki uning vakolatli vakili;
vakolatli vakil — qatnashchi (talabgor) tomonidan ishonchnomaga asosan auksion, tanlov yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarda qatnashish vakolati berilgan shaxs;
xaridor — sotuvchi bilan qonun hujjatlariga muvofiq davlat koʻchmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasini (bundan buyon matnda oldi-sotdi shartnomasi deb yuritiladi) tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti);
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yoki uning hududiy boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma);
Davlat komissiyasi — Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi;
Hududiy tanlov komissiyasi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradigan hamda tarkibiga Agentlik (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Tabiat resurslari vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari kiradigan tanlov komissiyasi;
tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin boʻlgan) qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridorni aniqlash boʻyicha savdo shakli;
tanlov shartlari — tanlovni oʻtkazish tartibi, oʻtkazish joyi, taklifning narxi, davlat koʻchmas mulk obyektlarining soni va miqdori, qoʻshimcha yuklamalar, qatnashchilarga qoʻyiladigan investitsiyaviy majburiyatlar va ijtimoiy majburiyatlar va talablar boʻyicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;
tanlov hujjatlari — davlat koʻchmas mulk obyektining texnik, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari toʻgʻrisidagi, shuningdek tanlov shartlari va tartib-taomili toʻgʻrisidagi dastlabki axborotdan iborat tanlov tashkilotchisi tomonidan talabgorlarga taqdim etiladigan tanlov oʻtkazish qoidalari, tanlov takliflari shakllarini oʻz ichiga oluvchi hujjatlar toʻplami;
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilanadigan shartlarda shartnoma tuzish taklifi;
savdolarni oʻtkazish sanasi — auksion oʻtkazish yoki tanlov yakunlari yuzasidan xulosa chiqarish sanasi va vaqti;
sotib olish toʻlovi — sotib olinayotgan davlat koʻchmas mulk obyekti uchun xaridor tomonidan milliy va (yoki) erkin ayirboshlanadigan valyutada (keyingi oʻrinlarda EAV deb ataladi) Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan pul mablagʻlari;
investitsiyaviy majburiyatlar — davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olishda xaridor tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektiga investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan pul bahosiga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
ijtimoiy majburiyatlar — davlat koʻchmas mulk obyektini sotishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan pul bahosiga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
auksion — musobaqalashish asosida (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin boʻlgan) xaridorni aniqlash boʻyicha savdo shakli, bunda eng katta narxni taklif qilgan qatnashchi davlat koʻchmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzish huquqiga ega boʻladi;
tanlov asosidagi auksion — auksionning sotuvchi tomonidan belgilangan mezonlar boʻyicha oldindan tanlangan maxsus taklif qilingan shaxslar qatnashishi mumkin boʻlgan turi;
balansda saqlovchi — sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyekti biriktirilgan yuridik shaxs;
boshlangʻich narx — davlat koʻchmas mulk obyektini savdolarga qoʻyish uchun sotuvchi tomonidan belgilangan narx.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat koʻchmas mulk obyekti davlat organlari yoki xoʻjalik boshqaruvi organlarining, balansda saqlovchining takliflariga, nodavlat yuridik shaxslarning, shuningdek, jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga muvofiq shakllantiriladigan va belgilangan tartibda respublika mulki hisoblanganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga muvofiq tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga (davlat koʻchmas mulki obyektlarining roʻyxatlariga) (keyingi oʻrinlarda — xususiylashtirish dasturi) asosan ushbu Nizomga 1-ilovaga binoan sxema boʻyicha sotuvchi tomonidan sotiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish muddati va shartlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Davlat komissiyasining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotuvchi tomonidan belgilanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Savdolarda turgan, ilgari qabul qilingan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlari mazkur davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish muddati uzaytirilganda savdolardan olinmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat koʻchmas mulk obyektlari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich bahosi, qoldiq (balans) qiymatidan qatʼi nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Savdolarda davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olishga uch oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan mexanizmga asosan narxni bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi mumkin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
4. Davlat koʻchmas obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlariga sotish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari davlat koʻchmas mulk obyektlarini EAVda yoki Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida sotib olishlari mumkin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish uchun respublikaning vakolatli banklarida ochilgan xorijiy banklarning “loro” vakillik hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablagʻlaridan foydalanishlari mumkin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
II. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish yuzasidan tashabbus koʻrsatish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish yuzasidan davlat organi yoki xoʻjalik boshqaruvi organi, balansda saqlovchi, nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish uchun Agentlik yoki hududiy boshqarmaga tegishlicha takliflar yoki buyurtmanomalar berish yoʻli bilan tashabbus koʻrsatilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
6. Davlat organi, xoʻjalik boshqaruvi organi yoki balansda saqlovchining davlat koʻchmas mulk obyektini sotish toʻgʻrisidagi taklifiga:
davlat organi, xoʻjalik boshqaruvi organi yoki balansda saqlovchining birinchi rahbari tomonidan imzolanadigan va muhr bilan tasdiqlanadigan sotishga taklif etilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektini saqlab qolish zarurati mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa;
kadastr hujjatlari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi) nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
balansda saqlovchi Oʻzbekiston Respublikasining davlat muassasalari reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, balansda saqlovchi davlat muassasasi boʻlgan taqdirda.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
7. Davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun buyurtmanoma:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat yuridik shaxs nomidan ushbu Nizomga 2-ilovaga binoan shakl boʻyicha rahbar yoki uning tomonidan bunga vakil qilingan shaxs tomonidan imzolanishi kerak;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
jismoniy shaxs nomidan ushbu Nizomga 3-ilovaga binoan shakl boʻyicha oʻzi yoki bunga vakil qilingan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agentlik yoki hududiy boshqarma davlat koʻchmas mulk obyektini xususiylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar mavjud boʻlmagan taqdirda, buyurtmanomalar olingandan keyin besh ish kuni ichida:
respublika mulki hisoblanganda, davlat koʻchmas mulk obyektini balansida saqlovchining yuqori turuvchi tashkilotiga;
munitsipal mulk hisoblanganda, tegishli tuman (shahar) hokimiyati organiga uni sotishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tegishlicha balansda saqlovchi va tuman (shahar) hokimiyati organining birinchi rahbari tomonidan imzolanadigan va muhr bilan tasdiqlanadigan xulosasini taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
Agar davlat koʻchmas mulk obyektini saqlab qolish zarur boʻlsa, balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkilotining birinchi rahbari soʻrov olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlikni (tegishli hududiy boshqarmani) yozma ravishda xabardor qiladi va soʻrov olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmay, Agentlikka (tegishli hududiy boshqarmaga) davlat koʻchmas mulk obyektini saqlab qolish toʻgʻrisida tegishincha balansda saqlovchining birinchi rahbari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tomonidan imzolanishi hamda muhrlar bilan tasdiqlanishi shart boʻlgan, davlat koʻchmas mulk obyektini rivojlantirishni nazarda tutuvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan dastur (taʼlim muassasalarining koʻchmas mulk obyektlari, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muassasalardan tashqari) yoki davlat koʻchmas mulk obyektini rivojlantirishni nazarda tutuvchi va Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati rahbari yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tasdiqlagan tarmoq jadvali ilova qilingan asoslantirilgan xulosani taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun buyurtmanoma (taklif) hududiy organga tushgan taqdirda, xususiylashtirishni rad etish uchun sabablar boʻlmaganda, hududiy boshqarma davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun buyurtmanoma (taklif) tushgan paytdan boshlab oʻn besh ish kuni ichida hududiy tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda axborot yuboradi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun tushgan buyurtmanomaning (taklifning) nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha kamida toʻrtta fotosuratni ilova qilgan holda davlat koʻchmas mulk obyektini koʻzdan kechirish dalolatnomasi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
kadastr hujjatlari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi) nusxalari;
balansda saqlovchi va mahalliy davlat hokimiyati organining davlat koʻchmas mulk obyektini sotishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari;
sotish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosa.
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy tanlov komissiyasi davlat koʻchmas mulki obyektini sotish boʻyicha arizani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish uchun tasdiqlangan mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish zarur boʻlgan taqdirda, hududiy boshqarma hududiy tanlov komissiyasi qarori asosida ariza (taklif) boʻyicha tegishli maʼlumotlarni, hujjatlarni ilova qilgan holda Agentlikka yuboradi.
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik zarur boʻlganda, hududiy boshqarmadan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar va hujjatlarni, ularni taqdim etish muddatini koʻrsatgan holda soʻrab olishi mumkin.
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat ulushini sotib olish uchun buyurtmanoma (taklif) Agentlikka kelib tushganda, sotishni rad etish uchun sabablar boʻlmagan taqdirda, buyurtmanoma (taklif) ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun hududiy boshqarma tomonidan oʻn besh ish kuni mobaynida hududiy tanlov komissiyasiga yuboriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
11. Davlat koʻchmas mulk obyektiga oid kadastr hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlmaganda, koʻrsatilgan hujjatlar sotuvdan oldingi tayyorgarlik doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun tushgan buyurtmanomalar (takliflar) asosida Agentlik va hududiy komissiyasi buyurtmanomalar kelib tushishiga qarab, lekin kamida bir yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlash yuzasidan takliflar kiritadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qaroriga asosan xususiylashtiriladigan munitsipal koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiya tomonidan tayyorlanadi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kelishish uchun kiritiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirish dasturi, shuningdek Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari va hududiy tanlov komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda davlat mulkini xatlovdan oʻtkazish natijasida aniqlangan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxatidan tuzilishi mumkin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan, sotishga taklif etilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati hududlar yoki tarmoqlar boʻyicha shakllantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirish dasturi vakolati doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra xususiylashtiriladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Agar davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun buyurtmanomani (taklifni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra u xususiylashtirish dasturi loyihasiga kiritilsa, Agentlik yoki hududiy boshqarma bu haqdagi yozma shakldagi tegishli axborotni buyurtmanoma (taklif) kelib tushgan paytdan boshlab bir oy muddatda ariza beruvchiga yetkazadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
14. Davlat koʻchmas mulk obyektini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab u yangi mulkdorga topshirilgunga qadar uni har qanday usulda oʻzgaga berish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
141. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) tomonidan oʻz hududlarida aniqlangan, hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻlganda — hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan belgilangan tartibga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri “E-auksion” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
142. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlariga qarashli boʻlgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari, ijtimoiy obyektlar bundan mustasno, Agentlik tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ularning roziligisiz sotish uchun savdoga chiqariladi.
(141-142-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
III. Davlat koʻchmas mulk obyektini sotishga tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tasdiqlangan xususiylashtirish dasturiga muvofiq Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulki obyektini inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektining inventarizatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etish va oʻtkazish Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻtkazilgan inventarizatsiya yakunlariga koʻra Agentlik tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha tegishli inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomalari tuziladi hamda balansda saqlovchining rahbari tomonidan imzolanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ish yakunlari boʻyicha balansda saqlovchi tomonidan Agentlik yoki hududiy boshqarmaga besh ish kuni muddatida:
Oldingi tahrirga qarang.
balansda saqlovchining rahbari tomonidan imzolangan asosiy vositalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomalari;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
davlat koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi) va boshqa huquqni belgilovchi hujjatlar (mavjud boʻlganda) nusxalari;
yer uchastkasiga, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektini tasarruf etish huquqiga taʼsir qiluvchi mavjud yuklamalar va cheklashlar toʻgʻrisidagi axborot;
Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish organining xulosasi (zarur boʻlganda).
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Fuqarolik muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlari va mol-mulki, arxiv hujjatlari, moddiy-madaniy meros obyektlari va intellektual mulk obyektlari, qonun hujjatlariga muvofiq davlat siriga taalluqli hujjatlari mavjud boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyekti sotilgan taqdirda, balansda saqlovchi tomonidan ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda mazkur obyektlar va mol-mulk haqidagi tegishli axborot va ulardan kelgusida foydalanish, shuningdek safarbarlik topshiriqlarini bajarishning holati boʻyicha maʼlumot taqdim etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan materiallar va hujjatlar koʻrib chiqilgandan keyin yetti kundan kam boʻlmagan muddatda Agentlik yoki hududiy boshqarma:
tayyorlangan hujjatlarda jiddiy kamchiliklar boʻlganda ularni qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda va ularni takroriy taqdim etishning ular qaytarilgan paytdan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatini belgilagan holda puxtalashtirish uchun balansda saqlovchiga qaytaradi;
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 22 va 23-bandlariga muvofiq boʻlganda baholovchi tashkilot bilan davlat koʻchmas mulk obyektini baholashdan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Balansda saqlovchi ishining umumiy muddati talabnoma kelib tushgan paytdan boshlab besh ish kunidan oshmasligi lozim. Agentlik yoki hududiy boshqarmaning qarori bilan balansda saqlovchining ish muddati bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
26. Davlat koʻchmas mulk obyektining savdolarga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi sotuvchi tomonidan baholovchi tashkilotning davlat koʻchmas mulk obyektining qiymatini baholash toʻgʻrisidagi hisobotida hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi ekspert xulosasida aniqlangan miqdorda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, quyidagi holatlarda baholash hisobotlari haqqoniyligini majburiy ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi:
davlat koʻchmas mulk obyektini baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining Oʻzbekistonda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan shuʼba korxonalari tomonidan amalga oshirilganda;
davlat koʻchmas mulk obyekti “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolariga chiqarilganda.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Davlat koʻchmas mulk obyektini savdolarga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingandan va eʼlon ommaviy axborot vositalarida chop etilgandan keyin mazkur obyekt qayta baholanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Davlat koʻchmas mulk obyektini savdolarga qoʻyish Agentlik yoki hududiy boshqarmaning buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat koʻchmas mulk obyektini sotish usuli, muddatlari va shartlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat komissiyasining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotuvchi tomonidan belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazish savdolar tashkilotchisi tomonidan sotuvchi bilan tuziladigan shartnomaga asosan, uning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Savdolar tashkilotchisi sifatida sotuvchi ham qatnashishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(III1-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Ijarachi tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olish tartibi
291. Sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyekti ijaraga berilgan boʻlsa, ushbu obyektning ijarachisi mazkur Nizomning 292-bandidagi talablarga mos kelganda toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasini tuzish orqali sotib olish mumkin.
292. Davlat koʻchmas mulk obyekti quyidagi talablarning barchasini bajargan ijarachiga oldi-sotdi shartnomasini tuzish huquqi beriladi:
2024-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan ijara shartnomalari boʻyicha ijaraga olganiga kamida besh yil boʻlganda;
ijara shartnomasi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tuzilganda;
obyektda kapital taʼmirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish va bino-inshootlarni turli darajada yaxshilash boʻyicha ishlar amalga oshirilganda;
ijara toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlab kelinganda.
293. Davlat koʻchmas mulk obyektining boshlangʻich bahosi belgilangan tartibda aniqlangandan keyin uch kun muddatda, sotuvchi ushbu davlat koʻchmas mulk obyektini ijaraga olgan ijarachini yozma ravishda (shaxsan tilxat orqali yoki pochtadan topshirilganligi maʼlum qilinadigan, shu jumladan elektron pochtadan buyurtma xat orqali) xabardor qiladi.
294. Ijarachi tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektini toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish istagini bildirilgan taqdirda, oʻn kun muddatda ijara shartnomasida nazarda tutilgan holda ijaraga beruvchining yozma roziligiga asosan ijara olingan davlat koʻchmas mulk obyektini kapital taʼmirlash, modernizatsiya qilish, obyektga biriktirilgan yer maydoni doirasida tevarak-atrofini obodonlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirilganligi toʻgʻrisida nazorat oʻlchovi natijalarini sotuvchiga taqdim etadi.
295. Tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, sotuvchi tomonidan besh kun muddatda ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq aniqlanadigan narxidan ijara davrida kiritilgan investitsiyalarni chegirib tashlash hisobiga mazkur obyektni shakllangan qiymatda ijarachiga taklif etadi.
Ijarachi, sotuvchining taklifi berilgandan soʻng, 20 kundan oshmagan muddatda obyektni sotib olishini tasdiqlashi haqidagi maʼlumotni hamda ijara davrida ijarachi tomonidan koʻchmas mulk obyektiga qilingan xarajatlarini tasdiqlovchi mustaqil auditorlik tashkiloti hisobotini taqdim etadi.
Bunda:
davlat koʻchmas mulk obyektining ijarachisiga uning ijara davrida foydalanilgan qismiga mos qismi taklif etiladi, bir obyektdan (uning qismlaridan) bir necha ijarachi foydalangan taqdirda, ularning har biriga obyektning oʻzlari tomonidan foydalangan qismi (ushbu qismlarning har biridan mustaqil foydalanish imkoniyatini nazarda tutgan holda) taklif etiladi;
davlat koʻchmas mulk obyektining ijarachisi jami maydonning 50 foiz yoki undan ortiq qismidan ijara asosida foydalangan taqdirda, unda ijarachi obyektni toʻliq holda sotib olish taklifini sotuvchiga berishi, sotuvchi tomonidan esa obyekt uning ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq aniqlanadigan narxidan ijara davrida kiritilgan investitsiyalarni chegirib tashlash orqali shakllangan qiymatda toʻliq holda sotish taklif etilishi mumkin;
obyektga qilingan xarajatlarning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan qiymatidan davlat koʻchmas mulki obyektining ajratib boʻlmaydigan tarkibiy qismi hisoblanmaydigan mol-mulklar qiymati chiqarib tashlanishi lozim;
obyektning ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq aniqlanadigan narxidan ijara davrida qilingan xarajatlarning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan qiymatini chegirishda avval ijarachiga ijara haqi yuzasidan berilgan chegirmalar qiymati inobatga olinishi lozim.
296. Ijarachi tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olishni rad etgan yoki ijarachi xabardor qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni muddatida Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasining murojaatiga javob bermagan yoxud oʻn kun muddatda oldi-sotdi shartnomasini tuzmagan taqdirda ushbu davlat koʻchmas mulk obyekti mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda ommaviy savdolarga chiqariladi.
Davlat koʻchmas mulki obyektini (uning qismlarini) ijarachi (ijarachilar) tomonidan sotib olinishi ehtimolini inobatga olgan holda, sotuvchi obyekt qiymatini toʻliq holda hamda ijara asosida foydalanilayotgan qismi (qismlari)ni qiymatini alohida koʻrsatgan holda aniqlanishini taʼminlaydi.
Ijarachi ijara asosida davlat koʻchmas mulki obyektining toʻliq maydonidan foydalanmagan va faqat oʻzi tomonidan foydalanilgan qismini sotib olish istagini bildirgan taqdirda, sotuvchi tomonidan davlat koʻchmas mulki obyektining tegishli qismlari boʻyicha alohida kadastr hujjatlari belgilangan tartibda shakllantiriladi va keyin sotilishi taʼminlanadi.
(III1 boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
IV. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini auksionda sotish
30. Auksionni oʻtkazish uchun sotuvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
savdolar tashkilotchisi bilan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha auksionni tashkil etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzadi, shartnoma taraflarning rekvizitlari, shartnoma predmeti, savdolar tashkilotchisi va sotuvchining huquq va majburiyatlari, shu jumladan, savdolar tashkilotchisini zarur hujjatlar va sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, taraflarning oʻzaro hisob-kitoblari tartibi va javobgarligi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlardan iborat boʻlishi lozim;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
auksionning sanasi va turini belgilaydi;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzining rasmiy veb-saytida auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani (bundan buyon matnda auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma deb yuritiladi) eʼlon qiladi, tanlov asosidagi auksionlar oʻtkazish hollari bundan mustasno;
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvchi, riyeltorlik tashkiloti, balansda saqlovchi vakillaridan va, zarur boʻlganda, shu jumladan shartnoma asosida jalb etiladigan mustaqil ekspertlar va maslahatchilardan tashkil topgan kamida besh kishidan iborat tarkibda doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan auksion komissiyasini shakllantiradi. Auksion komissiyasiga sotuvchining vakili boshchilik qiladi.
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Auksion komissiyasi oʻzining ish reglamentini mustaqil ravishda tasdiqlaydi. Qaror komissiya aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda auksion komissiyasi raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega boʻladi.
Auksion komissiyasining qarorlari, agar uning majlisida uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa qonuniy hisoblanadi.
Auksion komissiyasi talablarning yagonaligini va auksion natijalari boʻyicha qaror qabul qilishning xolisligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
301. Davlat koʻchmas mulk obyektini “E-auksion” elektron savdo platformasida sotishda auksion hayʼati tuzilmaydi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Savdolar tashkilotchisi sotuvchi bilan tuzilgan shartnomaga va sotuvchining boshqa farmoyish beruvchi hujjatlariga muvofiq:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
auksionda qatnashishga buyurtmanoma berish muddatini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
auksion oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin oʻzining va sotuvchining rasmiy veb-saytida auksion toʻgʻrisidagi xabarnomani chop etadi, bunda bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi, savdo bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi;
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etadi;
talabgorlarning auksionda qatnashishga buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov asosidagi auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani (bundan buyon matnda tanlov asosidagi auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma deb yuritiladi) yuboradi va mazkur xabarnomada koʻrsatilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslardan buyurtmanomalar oladi;
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
talabgorlarni taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan taʼminlaydi va ularni rasmiylashtirishda yordam beradi;
talabgorlardan ushbu Nizomga muvofiq auksion qatnashchilari roʻyxatini shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan paytdan boshlab nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga ularning soʻrovnomalari boʻyicha sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot beradi;
(31-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
auksion yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni chop etadi, u auksion oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida ilgari auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida chop etiladi;
(31-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Auksion (tanlov asosidagi auksion) toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
savdolar tashkilotchisining nomi va pochta manzili, uning aloqa telefoni, telefaksi, elektron pochtasi manzili;
auksionga qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining nomi, miqdori, tavsifi va ularning joylashgan joyi;
sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektining boshlangʻich narxi;
balansda saqlovchining nomi, uning faoliyati sohasi;
auksion oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
oldi-sotdi shartnomasi tuzilishining oxirgi muddati;
zakalat qoʻyish miqdori, muddati va tartibi, uni qoʻyish uchun bank rekvizitlari;
buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);
qoʻshimcha axborot olish mumkin boʻlgan manzil va aloqa telefoni.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tanlov asosidagi auksionni oʻtkazishda sotuvchi uning talablariga mos keladigan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar roʻyxatini oldindan aniqlaydi, savdolar tashkilotchisi ularga yopiq auksion toʻgʻrisidagi xabarnomani auksion boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin yuboradi. Tanlov asosidagi auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma ommaviy axborot vositalarida chop etilmaydi hamda auksion taklif etilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Auksionda qatnashish uchun talabgor majburiyatlarni bajarish taʼminoti sifatida davlat koʻchmas mulk obyekti boshlangʻich narxining kamida 10 foizi miqdorida zakalat toʻlashi lozim. Zakalatning aniq miqdori sotuvchi tomonidan belgilanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Auksionda qatnashish uchun buyurtmanomalar ochiq auksion (tanlov asosidagi auksion) toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatlarda qabul qilinadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
351. “E-auksion” elektron savdo platformasida qatnashish uchun talabnomani qabul qilish, auksionni oʻtkazish, gʻolibni aniqlash va auksion natijalarini rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Auksionda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili savdolar tashkilotchisiga shaxsan yoki pochta orqali auksion (tanlov asosidagi auksion) toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan muddatlarda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda auksionda qatnashish uchun buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi:
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
nodavlat yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning auksionda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
jismoniy shaxslar uchun — pasportning nusxasi, auksionda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
Oldingi tahrirga qarang.
auksion (tanlov asosidagi auksion) toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga zakalat toʻlanganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjatining nusxasi;
(36-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(36-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
37. Savdolar tashkilotchisi buyurtmanomaning ikkinchi nusxasiga hujjatlarning roʻyxati bilan birgalikda berilgan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida ular qabul qilingan sana va vaqtni koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi, ushbu nusxa talabgorga yoki uning vakolatli vakiliga topshiriladi yoxud pochta orqali yuboriladi. Buyurtmanomalar sotuvchi tomonidan belgilanadigan tartibda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan qabul qilish muddati tugagandan keyin tushgan, ushbu Nizomning 36-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan buyurtmanomalar savdolar tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmaydi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Hujjatlarning tushgan sanasi savdolar tashkilotchisida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgi boʻyicha belgilanadi.
Boshqa asoslar boʻyicha auksionda qatnashishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
39. Savdolar tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmagan buyurtmanomalar oʻsha kunning oʻzida talabgor yoki uning vakolatli vakiliga tilxat olib topshirish yoxud qabul qilish rad etilishining sabablari koʻrsatilgan holda pochta orqali (buyurtma xat topshirilganligi haqidagi xabarnoma bilan) yuborish yoʻli bilan qaytariladi. Bunda toʻlangan zakalat summasi besh bank kuni ichida qaytariladi.
40. Auksionda qatnashishga savdolar tashkilotchisi tomonidan buyurtmanomalari qabul qilingan talabgorlarga ruxsat etiladi.
41. Auksion qatnashchilariga auksionni oʻtkazish kuni auksion qatnashchisi chiptasi beriladi, unda qatnashchining raqami va auksionga qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektining nomi koʻrsatiladi. Qatnashchilarga shuningdek auksion davomida foydalaniladigan maxsus raqamli belgilar beriladi.
42. Auksion qatnashchisi auksion oʻtkazilishidan bir soat oldin savdo tashkilotchisiga yozma bildirishnoma berish yoʻli bilan buyurtmanomani qaytarib olishi mumkin. Ushbu holda qatnashchidan tushgan zakalat buyurtmanoma qaytarib olinishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma savdolar tashkilotchisiga tushgan paytdan boshlab besh bank kunidan kech boʻlmagan muddatda qaytarilishi lozim.
43. Auksion, agar buyurtmanoma qabul qilish tamom boʻlishi sanasigacha birorta ham buyurtmanoma tushmasa yoki faqat bitta buyurtmanoma tushsa, boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
Bunda savdolar tashkilotchisi bu toʻgʻrida auksion komissiyasini, sotuvchini va yagona buyurtmanomani bergan qatnashchini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha auksionlar obyektning boshlangʻich narxini qadamba-qadam oshirish tarzida oʻtkaziladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
45. Auksionni savdolar tashkilotchisi tomonidan tayinlanadigan auksionchi oʻtkazadi. Auksion auksionchi tomonidan savdo predmeti, davlat koʻchmas mulk obyektining nomi, qisqacha tavsifi va boshlangʻich narxi, savdo jarayonida uni oshirish bosqichi (auksion bosqichi) eʼlon qilingan holda boshlanadi.
46. Auksionning dastlabki bosqichi auksion komissiyasi tomonidan boshlangʻich narxning 1 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
47. Auksion jarayonida har uch bosqichdan keyin auksionchi auksion bosqichini oshirish tomonga oʻzgartirishi mumkin. Bunda auksionchi narxni aytadi, qatnashchilar esa raqamli belgini koʻtarib davlat koʻchmas mulk obyektini mazkur narxda sotib olishga tayyorliklari toʻgʻrisida xabar beradilar.
48. Bir nechta qatnashchilar tomonidan qiziqish namoyon etilgan taqdirda auksionchi narxni auksion bosqichiga muvofiq oshirib navbatdagi narxni eʼlon qiladi.
49. Auksion navbatdagi narx uch marotaba eʼlon qilingandan keyin qatnashchilardan birortasi raqamli belgisini koʻtarmaganda yakunlanadi. Chiptasining raqami auksionchi tomonidan oxirgi marta aytilgan qatnashchi auksion gʻolibiga aylanadi. Shundan keyin auksionchi auksion savdosiga qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektining sotilganligini eʼlon qiladi, sotuv narxini va auksion gʻolibining chipta raqamini aytadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Auksionlar birinchi auksion oʻtkazilgan sanadan soʻng ikki oy ichida oʻn ish kunida bir marta davriylikda oʻtkaziladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
V. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini tanlovda sotish
50. Tanlovni oʻtkazish uchun sotuvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
savdolar tashkilotchisi bilan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha tanlovni tashkil etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzadi, shartnoma taraflarining rekvizitlari, shartnoma predmeti, savdolar tashkilotchisi va sotuvchining huquq va majburiyatlari, shu jumladan savdolar tashkilotchisini zarur hujjatlar va sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, taraflarning oʻzaro hisob-kitoblari tartibi va javobgarligi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlardan iborat boʻlishi lozim;
(50-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
tanlov sanasi, shartlari va turini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani (bundan buyon matnda tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma deb yuritiladi) eʼlon qiladi;
(50-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvchi, savdolar tashkilotchisi, balansda saqlovchi vakillaridan va zarur boʻlganda, shu jumladan shartnoma asosida jalb etiladigan mustaqil ekspertlar va maslahatchilardan tashkil topgan kamida besh kishidan iborat tarkibda doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan tanlov komissiyasini shakllantiradi. Tanlov komissiyasiga sotuvchining vakili boshchilik qiladi.
(50-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
501. Davlat koʻchmas mulk obyektini “E-auksion” elektron savdo platformasida sotishda tanlov hayʼati tuzilmaydi.
“E-auksion” elektron savdo platformasida qatnashish uchun talabnomani qabul qilish, tanlovni oʻtkazish, gʻolibni aniqlash va tanlov natijalarini rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(501-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
51. Tanlov komissiyasi oʻzining ish reglamentini mustaqil ravishda tasdiqlaydi. Qaror komissiya aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda tanlov komissiyasi raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega boʻladi.
Tanlov komissiyasining qarorlari, agar uning majlisida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa qonuniy hisoblanadi.
Tanlov komissiyasi talablarning yagonaligini va tanlov natijalari boʻyicha qaror qabul qilishning xolisligini taʼminlaydi va tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi, ushbu hujjatlar umumiy qabul qilingan belgilar va nomlardan foydalangan holda tushunarli tilda, ikki xil talqin etilmaydigan soʻzlar va jumlalardan tuzilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Savdolar tashkilotchisi sotuvchi bilan tuzilgan shartnomaga va sotuvchining boshqa farmoyish beruvchi hujjatlariga muvofiq:
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
sotish uchun qoʻyilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Nizomning IV boʻlimi.
investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni izlashni tashkil etadi va talabgorlarning sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlari bilan tanishishi uchun sharoitlar yaratadi;
tanlov hujjatlarini tayyorlaydi;
tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalar berish muddatini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov takliflari solingan konvertlarni ochish belgilangan sanadan kamida oʻttiz kun oldin oʻzining va sotuvchining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani (bundan buyon matnda tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma deb yuritiladi) eʼlon qiladi, bunda bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi, savdo bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi;
(52-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
talabgorlarga ularning soʻrovlari boʻyicha tanlov hujjatlarini beradi;
talabgorlarning tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi va ularning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorlarni taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan taʼminlaydi va ularni rasmiylashtirishda yordam beradi;
tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni chop etadi, u tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida ilgari tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida chop etiladi;
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
(52-bandning toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
savdolar tashkilotchisining nomi va pochta manzili, uning aloqa telefoni, telefaksi, elektron pochtasi manzili;
tanlovga qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining nomi, miqdori, tavsifi va ularning joylashgan joyi;
sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektining boshlangʻich narxi;
investitsiyaviy majburiyatlarning (kiritish shakli va shartlari yoyib koʻrsatilgan holda) va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam hajmi;
mavjud qoʻshimcha yuklamalar toʻgʻrisidagi axborot;
balansda saqlovchining nomi va uning faoliyati sohasi;
qatnashchilarning takliflari bildirilgan konvertlarni ochish sanasi, vaqti va joyi;
tanlov oʻtkazish sanasi, vaqti, joyi va shartlari;
davlat koʻchmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasini (bundan buyon matnda oldi-sotdi shartnomasi deb yuritiladi) tuzishning oxirgi muddati;
zakalat qoʻyish miqdori, muddati va tartibi, uni qoʻyish uchun bank rekvizitlari;
buyurtmanomalarni qabul qilishning (kun va soat koʻrsatilgan holda) oxirgi muddati;
tanlov hujjatlarini va qoʻshimcha axborotni olish mumkin boʻlgan manzil.
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Tanlovda qatnashish uchun talabgor majburiyatlarni bajarish taʼminoti sifatida davlat koʻchmas mulk obyekti boshlangʻich narxining kamida 10 foizi miqdorida zakalat toʻlashi shart. Zakalatning aniq miqdori sotuvchi tomonidan belgilanadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili savdolar tashkilotchisiga tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan muddatlarda shaxsan yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi:
(56-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
nodavlat yuridik shaxslar uchun — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
jismoniy shaxslar uchun — pasportining nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
Oldingi tahrirga qarang.
biznes-reja imzolangan konvertda, shuningdek tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov takliflari (taklif qilingan sotib olish toʻlovlari summasi va uni toʻlash muddatlari, taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning shakli, muddati va kiritish sharti) bilan.
(56-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(56-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
57. Savdolar tashkilotchisi buyurtmanomaning ikkinchi nusxasiga hujjatlarning roʻyxati bilan birgalikda berilgan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida ular qabul qilingan sana va vaqtni koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi, ushbu nusxa talabgorga yoki uning vakolatli vakiliga topshiriladi yoxud pochta orqali yuboriladi. Buyurtmanomalar sotuvchi tomonidan belgilanadigan tartibda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
58. Tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan qabul qilish muddati tugagandan keyin tushgan buyurtmanomalar savdolar tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmaydi. Pochta orqali yuborilgan hujjatlarning tushgan sanasi savdolar tashkilotchisining roʻyxatdan oʻtkazishi boʻyicha belgilanadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
59. Savdolar tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmagan buyurtmanomalar oʻsha kunning oʻzida talabgor yoki uning vakolatli vakiliga tilxat olib topshirish yoxud qabul qilish rad etilishining sabablari koʻrsatilgan holda pochta orqali (buyurtma xat topshirilganligi haqidagi xabarnoma bilan) yuborish yoʻli bilan qaytariladi. Bunda toʻlangan zakalat summasi besh bank kuni ichida qaytariladi.
60. Agar:
ushbu Nizomning 56-bandida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatiga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
talabgor — nodavlat yuridik shaxsning tugatish bosqichida turganligi yoki bankrot deb topilganligi aniqlansa, talabgor yoki uning vakolatli vakili tanlov komissiyasi tomonidan tanlovda qatnashishga qoʻyilmaydi:
(60-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Boshqa asoslar boʻyicha tanlovda qatnashishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
61. Konvertlarni ochishning belgilangan sanasigacha talabgor savdolar tashkilotchisini yozma ravishda xabardor qilgan holda oʻzining buyurtmanomasini qaytarib olish huquqiga ega. Savdolar tashkilotchisi koʻrsatib oʻtilgan bildirishnomani u tushgan kunda roʻyxatdan oʻtkazishi shart. Ushbu holda talabgordan tushgan zakalat tushgan bildirishnoma roʻyxatga olingan kundan boshlab besh bank kunidan kech boʻlmagan muddatda qaytarilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
62. Tanlovda qatnashishga buyurtmanomalarni qabul qilish tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan kundan boshlanadi va xabarnomada belgilangan konvertlarni ochish sanasidan uch soat oldin toʻxtatiladi.
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlov savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi rasmiy eʼlon nashr etilgan kundan eʼtiboran 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatda, aniq belgilangan mezonlarga muvofiq, shu jumladan investitsiya hajmlari va yangi ish oʻrinlari yaratish shartlari asosida oʻtkaziladi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
63. Tanlov, agar xabarnomada belgilangan konvertlarni ochish sanasida birorta ham buyurtmanoma tushmagan yoki faqat bitta buyurtmanoma tushgan boʻlsa, boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
Bunda savdolar tashkilotchisi bu toʻgʻrida tanlov komissiyasini, sotuvchini va yagona buyurtmanomani bergan talabgorni xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(63-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
64. Tanlov komissiyasi, agar berilgan tanlov takliflaridan hech biri tanlov shartlariga muvofiq boʻlmasa, tanlovni boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etishi mumkin.
65. Tanlov takliflari bildirilgan konvertlarning birinchi nusxalarini ochish tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Konvertlarning ikkinchi nusxalari savdolar tashkilotchisida saqlanadi va takliflarning mazmuniga oid nizolar kelib chiqqan taqdirda ochiladi.
Yagona qatnashchining tanlov takliflari bildirilgan konvert ochilmaydi.
Tanlov qatnashchilari yoki ularning vakolatli vakillari konvertlarni ochishda hozir boʻlishlari mumkin.
Tanlov takliflari bildirilgan konvertlarni ochishda tanlov komissiyasi tomonidan tanlovda qatnashish shartlari va tartib-taomillariga rioya qilish, tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.
66. Konvertlarni ochish natijalari boʻyicha bayonnoma tuziladi, unda tushgan barcha tanlov takliflari hamda ularning tanlov shartlari va tartib-taomillariga muvofiqligi qayd etiladi.
67. Tanlov takliflarini baholash va tanlov gʻolibini aniqlash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
TT = (T*0,8)+(I*0,2), bunda:
TT — qatnashchining tanlov taklifi;
T — davlat koʻchmas mulk obyekti uchun sotib olish toʻlovi summasi boʻyicha qatnashchining taklifi;
I — investitsiyaviy majburiyatlar miqdori boʻyicha qatnashchining taklifi.
68. Tanlov turidan qatʼi nazar, tanlov gʻolibini aniqlash tanlov komissiyasining yopiq majlisida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlov taklifi (biznes-reja) tanlov shartlariga eng koʻp darajada muvofiq deb eʼtirof etilgan qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
(68-bandning ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Ikki yoki undan ortiq tanlov takliflari teng boʻlgan taqdirda taklifida sotib olish summasi yuqori boʻlgan qatnashchi gʻolib deb eʼtirof etiladi, agar sotib olish toʻlovi summasi boʻyicha ham, investitsiyaviy majburiyatlar miqdori boʻyicha ham bir xildagi takliflar berilgan boʻlsa — taklifi savdolar tashkilotchisi tomonidan oldin roʻyxatdan oʻtkazilgan qatnashchi gʻolib deb eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(68-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Savdolar tashkilotchisi tanlov qatnashchilarini uning natijalari bilan tanlov yakunlari toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
69. Tanlovlar birinchi tanlov oʻtkazilgan sanadan soʻng ikki oy ichida oʻn ish kunida bir marta davriylikda oʻtkaziladi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
VI. Auksion va tanlov komissiyalarining huquqlari
70. Auksion va tanlov komissiyalari quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan, auksion yoki tanlov jarayonini buzadigan til biriktirish va boshqa oldindan koʻrib boʻlmaydigan holatlar aniqlangan taqdirda auksion yoki tanlovni oʻtkazishni toʻxtatish;
tegishlicha asoslagan holda auksion yoki tanlovni boʻlmagan deb eʼtirof etish;
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov qatnashchilarining tanlov takliflarini, ular tanlov hujjatlariga va tanlovni oʻtkazish shartlariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, rad etish sabablarini koʻrsatib, tanlov qatnashchilarini xabardor qilgan holda, rad etish;
(70-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov oʻtkazish sanasini, ilgari tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida tegishli axborotni chop etish orqali yozma ravishda xabardor qilgan holda, tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan muddatdan ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga koʻchirish;
(70-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
auksion oʻtkazish sanasini ilgari auksion (tanlov asosidagi auksion) toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida tegishli axborotni chop etish orqali (ilgari tanlov asosidagi auksion toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli axborotni yuborgan holda) yozma ravishda xabardor qilgan holda, auksion (tanlov asosidagi auksion) toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan muddatdan ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga koʻchirish;
(70-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
auksion yoki tanlov oʻtkazilishini bekor qilish, bu toʻgʻrida sotuvchi va qatnashchilarni tegishlicha asoslagan holda xabardor qilish.
VII. Auksion va tanlov natijalarini rasmiylashtirish
71. Auksion yoki tanlov oʻtkazish yakunlari boʻyicha auksion yoki tanlov komissiyasi tomonidan tegishli ravishda auksion yoki tanlov savdolari bayonnomasi rasmiylashtiriladi, bayonnomada auksion yoki tanlovning barcha qatnashchilari, ularning takliflarining mazmuni va gʻolibni tanlash toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
711. Davlat koʻchmas mulk obyektini “E-auksion” elektron savdo platformasida sotishda elektron savdolar bayonnomasi xaridorga auksion (tanlov) gʻolibi bilan ERI orqali imzolanadigan elektron oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
(711-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
72. Auksion yoki tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq savdolar tashkilotchisi va gʻolib tomonidan savdo oʻtkazilgan kunda oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadigan oʻtkazilgan savdolarning natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolanadi.
Oʻtkazilgan savdoning natijalari toʻgʻrisidagi imzolangan bayonnoma sotuvchiga va gʻolibga taqdim etiladi.
73. Gʻolib bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki rad etgan taqdirda:
auksion komissiyasi tomonidan bayonnomaga tegishli belgi qoʻyiladi va sotuvchi auksion gʻolibi tomonidan taklif etilgan narxdan bir bosqich past narxni taklif etgan auksion qatnashchisi bilan shartnoma tuzishni taklif qiladi.
tanlov komissiyasi tomonidan bayonnomaga tegishli belgi qoʻyiladi va sotuvchi taklifi tanlov shartlariga eng koʻp muvofiq boʻlgan tanlovning boshqa qatnashchisi bilan shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Agar ushbu qatnashchi ham oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etsa, auksion yoki tanlov natijalari bekor qilinadi.
Bayonnomani va (yoki) oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortayotgan yoki rad etayotgan auksion yoki tanlov gʻolibiga, uning tomonidan toʻlangan zakalat summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Auksion yoki tanlov gʻolibi bayonnomani va (yoki) oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan, davlat koʻchmas mulk shuningdek, kelishuv va auksion yoki tanlov jarayonini buzuvchi boshqa xatti-harakatlarda qatnashish obyektini sotib olish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi shartlarini bajarishdan bosh tortgan yoki rad etgan taqdirda, u kelgusida mazkur obyektni sotish boʻyicha navbatdagi savdolarda qatnashishi mumkin emas.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
IX. Davlat koʻchmas mulk obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
82. Bayonnoma imzolangandan keyin oʻn kundan kechikmay, agar auksion (tanlov) toʻgʻrisidagi xabarnomada boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, auksion (tanlov) gʻolibi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Auksion (tanlov) oʻtkazish natijalari boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi bir tarafdan sotuvchi va boshqa tarafdan gʻolib hamda balansda saqlovchining ishtirokida tuziladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
83. Oldi-sotdi shartnomasida quyidagi maʼlumotlar va shartlar aks ettirilishi kerak:
taraflarning nomi va manzillari;
oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun asoslar;
davlat koʻchmas mulk obyektining nomi va joylashgan joyi;
sotib olish toʻlovining miqdori, valyutasi, amalga oshirish shartlari, tartibi va muddatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
taraflarning majburiyatlari, shu jumladan sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqining sotuvchidan xaridorga oʻtishi shartlari, tartibi va ketma-ketligi, shu jumladan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish;
(83-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha qabul qilinadigan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaganlik va (yoki) bajarmaganlik uchun javobgarlik, jarima miqdori va toʻlash shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
oldi-sotdi shartnomasi doirasida yuzaga keladigan nizolar va daʼvolarga nisbatan, birinchi navbatda mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish, oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish shartlari, qoʻllanadigan huquq, fors-major holatlarini aniqlash va bunday holatda harakat qilish tartibi, tili, nusxalar soni, oldi-sotdi shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shartlari, uning kuchga kirishi;
(83-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
taraflarning kafolatlari shaklidagi ilovalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldi-sotdi shartnomasida zarurat boʻlganda quyidagilar koʻrsatilishi mumkin:
(83-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
xaridor tomonidan qabul qilinadigan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning hajmi (pul ifodasida), umumiy mazmuni, amalga oshirish shartlari, ketma-ketligi va muddatlari;
(83-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
xaridor tomonidan toʻlovlar boʻlib-boʻlib toʻlanayotgan va investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar bajarilayotgan davrda sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektidan foydalanish shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni amalga oshirishning batafsil dasturini (reja-jadvalini) tayyorlash va xaridor tomonidan sotuvchi bilan kelishish uchun taqdim etishning, ularning bajarilishi monitoringini olib borishning muddati;
(83-bandning oʻn uchinchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar asosiy bandlari mazmunining bayoni, xaridor tomonidan bajarilishi muddatlari, ularning amalga oshirilganligi holatini tasdiqlash tartibi va shartlari.
(83-bandning oʻn toʻrtinchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Agentlik, hududiy boshqarmasi tomonidan sotib olish toʻlovlarining tushishi, xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishi va ularning muddatlari yuzasidan doimiy monitoring amalga oshiriladi.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
85. Xaridor bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan taqdirda uning tomonidan sotib olish toʻlovlari xorijiy valyutada amalga oshirilgan boʻlsa, qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar tegishli jarima ushlab qolingandan keyin xaridor bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida ularni xaridor tomonidan koʻrsatilgan bank hisob raqamiga pul oʻtkazish sanasidagi kursi boʻyicha oʻtkazib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
86. Baholangan narxidan past qiymatida sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining savdolari yakunlari bekor qilingan yoki oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan yoxud haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, agar ularni savdoga qoʻyish va oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish (haqiqiy emas deb hisoblash) sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlganda shakllangan narxi boʻyicha, baholangan narxidan baland qiymatida sotilganda oxirgi savdolarga chiqarilgan narx boʻyicha — agar savdoga qoʻyish va shartnomalarni bekor qilish yoxud haqiqiy emas deb topish sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Savdoga qoʻyish va shartnomalarni bekor qilish yoxud haqiqiy emas deb topish sanasi orasidagi muddat bir yildan oshgan boʻlsa davlat koʻchmas mulk obyektlari belgilangan tartibda takroriy baholashdan keyin savdoga qoʻyiladi.
Bunda davlat koʻchmas mulk obyektlari ushbu Nizomning tegishli ravishda IV va V boʻlimlariga muvofiq aynan oʻsha turdagi savdolarga qoʻyiladi.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
87. Savdoga qoʻyish va oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish yoxud uni haqiqiy emas deb topish sanasi oʻrtasidagi muddat bir yildan oshgan taqdirda davlat koʻchmas mulk obyekti belgilangan tartibda takroran baholashdan keyin savdoga qoʻyiladi.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
X. Davlat koʻchmas mulk obyektini sotish yakunlari boʻyicha hisob-kitoblarni oʻtkazish va mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini rasmiylashtirish
(X boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
88. Oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan keyin xaridor yoki uning vakolatli vakili tuzilgan oldi-sotdi shartnomasining shartlariga muvofiq sotib olish toʻlovlarini amalga oshiradi hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajaradi. Bunda auksion yoki tanlovda yutib chiqilgan taqdirda gʻolib tomonidan toʻlangan zakalat sotib olish toʻlovlari summasiga qoʻshiladi, savdolarning qolgan qatnashchilariga esa toʻlagan zakalati besh bank kuni ichida qaytariladi.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
89. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish toʻlovlarini toʻlash muddati sotuvchi tomonidan belgilanadi, biroq u oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab uch yildan oshmasligi lozim, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud Davlat komissiyasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa.
(89-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlarining 35 foizi miqdoridagi hamda 4 va 5-toifadagi tumanlarda joylashgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olgan xaridorlarga, shuningdek, ushbu toifadagi hududda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 35 foizdan kam boʻlgan (zakalat toʻlovini inobatga olgan holda) (bundan ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari xaridor boʻlgan hollar mustasno) dastlabki toʻlov amalga oshirilgan taqdirda, xaridorga sotib olish toʻlovlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
(89-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar dastlabki toʻlov summasi ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan foizlardan (miqdorlardan) kam boʻlgan holatda, bir oylik muddat tugagan kundan keyingi kundan boshlab qolgan summaga har bir kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizidan kelib chiqqan holda, quyidagi formula boʻyicha kunlik foizlar hisoblanadi.
(89-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Fd=Qd*(MBd/365)*Kd
Bunda:
Fd — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davri uchun hisoblangan foizlar;
D — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davri tartib raqami;
Qd — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davridagi sotib olish toʻlovlari qoldigʻi;
MBd — Markaziy bankining foiz hisoblanayotgan davr uchun amalda boʻlgan asosiy foiz stavkalari. Bunda, toʻlov grafigidagi hisobga olinayotgan kunlar uchun bir nechta asosiy foiz stavkalari amalda boʻlsa, foiz miqdorlari tegishli kunlarga mos ravishda asosiy foiz stavkasi oʻzgartirilgan holda alohida-alohida hisoblanib, toʻlov grafigidagi davr uchun jamlanadi.
Kd — toʻlov grafigi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish davrlari oraligʻidagi kunlar soni, bunda birinchi davr uchun kunlar soni oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanadan keyingi kundan boshlab hisoblanadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadigan shartnomalar boʻyicha muddatida toʻlanmagan foizlar uchun xaridordan penya undirish nazarda tutilmaydi.
Bunda, hisoblangan foizlar shartnomada belgilangan toʻlov grafigi boʻyicha har bir toʻlovni amalga oshirishning oxirgi muddatida toʻlanmagan taqdirda, toʻlov grafigi boʻyicha keyingi amalga oshirilgan toʻlov birinchi navbatda oldingi davr uchun hisoblangan foizlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiyaviy majburiyatlarni bajarish muddati besh yildan oshmasligi kerak, davlat koʻchmas mulk obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat komissiyasining alohida qarorlari boʻyicha sotish hollaridan tashqari.
(89-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sotib olish toʻlovlari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadi.
(89-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Xaridor sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti uchun sotib olish toʻlovini muddatidan oldin toʻlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
90. Davlat koʻchmas mulk obyektlari xaridorning chegirmani berish haqidagi yozma (elektron) arizasiga muvofiq, sotib olish toʻlovlari bir oy muddatda toʻlanishini nazarda tutuvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, xarid toʻlovlari shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir oy davomida toʻlangan taqdirda, xaridorga xarid summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanada kuchda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi, bundan chegirma qoʻllanilmaslik sharti bilan sotilgan, shuningdek boshlangʻich narxi pasaytirilgan holda sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari mustasno.
Bunda xaridorga sotib olish toʻlovlarini mazkur chegirmani qoʻllagan holda toʻlash imkoni beriladi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
91. Investitsiyaviy majburiyatlar va (yoki) ijtimoiy majburiyatlarsiz sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha sotib olish toʻlovlari toʻliq hajmda tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida sotuvchi:
(91-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
balansda saqlovchini davlat koʻchmas mulk obyekti sotilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
xaridorga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali QR-kod qoʻyilgan holda elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.
(91-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
92. Xaridor tomonidan investitsiyaviy majburiyatlar va (yoki) ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha, sotuvchi sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida xaridor oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlarni bajarib boʻlgunga qadar boʻlgan muddatga investitsiyaviy majburiyatlar va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali QR-kod qoʻyilgan holda “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qoʻygan holda davlat orderini beradi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
93. Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlar bajarib boʻlingandan va ular belgilangan tartibda sotuvchi tomonidan qabul qilib olingandan keyin xaridor sotib olingan davlat koʻchmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega boʻladi.
(93-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda xaridor davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali ariza bergan kundan boshlab besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda unga Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan avval berilgan elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi “tasarruf etish huquqisiz” sertifikatga QR-kod qoʻyilgan holda “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi qoʻyiladi.
(93-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
94. “Elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali QR-kod qoʻyilgan holda ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tayyorlanadi, tartib raqamiga ega boʻladi va qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
96. Maxsus qogʻozda berilgan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi blankasi yoʻqolganda, uning dublikati elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali tegishli arizaga asosan ikki hafta ichida beriladi.
(96-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dublikat berish toʻgʻrisidagi arizaga davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida maʼlumotnoma ilova qilinadi.
(96-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)
Mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderining dublikati berilgandan soʻng Agentlik yoki hududiy boshqarma besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda davriy bosma nashrda yoʻqolgan mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderining haqiqiy emasligi toʻgʻrisida eʼlon beradi.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
XI. Balansda saqlovchining huquqlari va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
97. Balansda saqlovchi sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar xaridor tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab besh kun ichida sotuvchining ishtirokida qabul qilish — topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini va sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti xaridorga topshirilishini taʼminlashi shart.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
98. Xaridor tomonidan investitsiyaviy majburiyatlar bajarilishi davomida balansda saqlovchi quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
xaridorga sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektidan va xaridor tomonidan oʻzining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishiga bogʻliq boʻlgan ushbu obyekt toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini berish;
xaridorga oldi-sotdi shartnomasi va investitsiyalarni kiritish rejasiga muvofiq obyektda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilmaslik.
(98-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
XII. Savdolarda sotilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlarini tasarruf etish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
99. Savdolarda sotilmagan munitsipal koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha har yarim yillik yakunlariga koʻra Agentlik yoki hududiy boshqarmalar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari va ularning balansda saqlovchilari bilan birgalikda davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati, ularni xarid qiymatida sotish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilish yoxud ularni buzish va boʻshab qoladigan yer uchastkalarini zaxira yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari bilan birgalikda hududiy tanlov komissiyasiga vakolati doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun kiritadi.
(99-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xususiylashtirilishi lozim boʻlgan savdolarda sotilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati, ularni xarid qiymatida sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilish yoxud ularni buzish va boʻshab qoladigan yer uchastkalarini zaxira yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari bilan Agentlik tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(99-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
100. Sotilmagan davlat koʻchmas mulk obyekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ishtirokida tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida keyinchalik jamiyat qatnashchilari yoki jamiyatning oʻzi tomonidan besh yildan koʻp boʻlmagan muddatda ulushini kiritish sanasida belgilangan qiymat boʻyicha sotib olish sharti bilan kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
101. Xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda kiritilgan davlat koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi davlat orderi xoʻjalik jamiyatiga Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga kiritilgan davlat koʻchmas mulk obyektining oʻrniga olingan aksiyalarga (ulushga) boʻlgan davlatning huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn ish kuni ichida beriladi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XII1. Savdolarda sotilmagan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli boʻlgan munitsipal koʻchmas mulk obyektlarini tasarruf etish
1011. Hududi oʻn ming kvadrat metrdan, baholangan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravari miqdoridan oshmagan hamda olti oy davomida sotilmagan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli boʻlgan munitsipal koʻchmas mulk obyektlari (Nukus shahri, viloyatlar va tuman (shahar) markazlari hamda Toshkent shahri tumanlari bundan mustasno) ikki yil ichida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va servis sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan ijara toʻlovining eng kam stavkalari asosida tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻn yil muddatga ijaraga beriladi.
Bunda ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va servis sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish shartlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilanadi hamda ushbu shartlar ijara shartnomasida nazarda tutiladi.
1012. Ushbu Nizomning 1011-bandida belgilangan munitsipal koʻchmas mulk obyektlari (keyingi oʻrinlarda — munitsipal mulk) boʻyicha ijaraga oluvchi shaxs (keyingi oʻrinlarda — ijarachi) tomonidan toʻrt yil davomida uzluksiz ijara toʻlovlarini toʻlagan va ijara shartnomasi shartlarini toʻliq bajargan taqdirda, ushbu mulkni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish yuzasidan sotuvchiga ijara shartnomasini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Sotuvchi bir kun muddatda arizaga muvofiq taqdim etilgan ijara shartnomasi shartlari bajarilganligini aniqlash maqsadida Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tegishli hududiy boshqarmasiga soʻrov yuboradi.
Sotuvchidan tegishli soʻrov kelib tushgandan soʻng bir kun muddatda Markazning hududiy boshqarmasi ijarachi tomonidan:
ikki yil ichida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va servis sohalarida yangi loyihani amalga oshirilgani yuzasidan — tegishli tuman (shahar) hokimliklariga;
yangi ish oʻrinlari yaratilgani yuzasidan — tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga soʻrov yuboradi.
Tuman (shahar) hokimliklari hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan uch kun muddatda tegishli maʼlumotlar Markazga taqdim etiladi.
Tegishli maʼlumotlar Markazga taqdim etilgandan soʻng bir kun muddatda ijarachi tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihasi, yaratilgan yangi ish oʻrinlari va ijara toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Sotuvchiga taqdim etadi.
Sotuvchi taqdim etilgan maʼlumotlar asosida uch kun muddatda ijarachining arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida yozma ravishda (shaxsan tilxat orqali yoki pochtadan topshirilgani maʼlum qilinadigan, shu jumladan, elektron pochtadan buyurtma xat orqali) xabardor qiladi.
Bunda ijara shartnomasida belgilangan shartlar bajarilmagani arizani qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻladi.
1013. Ijarachining arizasi qanoatlantirilgan taqdirda, munitsipal mulkni sotish ishlari ushbu Nizomning 295-bandi hamda 296-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1014. Ijarachi munitsipal mulkni sotib olishni rad etgan yoki ijarachi xabardor qilingan kundan boshlab oʻn ish kunida Sotuvchining murojaatiga yozma ravishda javob bermagan yoxud oʻn ish kunida oldi-sotdi shartnomasini imzolamagan taqdirda, ijara shartnomasining muddati tugaganidan soʻng munitsipal mulk ushbu Nizomda belgilangan tartibda tasarruf etiladi.
(XII1 boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
XIII. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritish
102. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularni xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritish orqali sotish:
davlat ulushi ishtirokida tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatlari taʼsis etilganda;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlari xoʻjalik jamiyati ustav fondidagi davlat ulushi hisobiga oshirilganda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
103. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra Agentlik yoxud munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qaroriga muvofiq va:
(103-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
muassislarning (qatnashchilarning) yoki xoʻjalik jamiyati vakolatli organining qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik yoki hududiy boshqarmaning davlat koʻchmas mulk obyektini xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi, Agentlikning davlat koʻchmas mulk obyektini xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga berish toʻgʻrisidagi qarori bundan mustasno;
(103-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga kiritilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar, jumladan kadastr hujjatlari;
xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga kiritilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektining qiymatini baholash toʻgʻrisida baholovchi tashkilotning hisoboti mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
XIV. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazishda qatnashadigan shaxslarning javobgarligi
104. Savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotuvchi bilan tuzilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasi shartlarini bajarish, savdolar qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishini va maxfiyligini taʼminlash uchun javob beradi.
105. Balansda saqlovchi qonun hujjatlariga muvofiq;
sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining ular yangi mulkdorga topshirilguniga qadar saqlanishini, davlat koʻchmas mulk obyektining oʻz vaqtida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi taʼminlanishi, rasmiylashtirilishi;
ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi uchun javob beradi.
106. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazishda qatnashadigan shaxslar talabgorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligi taʼminlanishi uchun javob beradilar.
XV. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
107. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini savdolarda sotishda yuzaga keladigan nizolar va daʼvolarga nisbatan, birinchi navbatda mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladi.
Mediativ kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar va daʼvolar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashabbuskorlar:

davlat organi;

balansda saqlovchilar;

yuridik va jismoniy shaxslar.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), uning hududiy boshqarmasi,

hududiy tanlov komissiyasi

Agentlik,

hududiy tanlov komissiya

Takliflar va arizalar berish.

Agentlik yoki hududiy tanlov komissiyasi tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish tashabbusi toʻgʻrisidagi takliflar va arizalarni koʻrib chiqish.

Xususiylashtirish dasturi loyihasini (xususiylashtirish taklif etilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatini) shakllantirish va qaror qabul qilish uchun vakolat doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiga kiritish.

Buyurtmanomalar tashabbus koʻrsatish tartibida beriladi.

Buyurtmanomalar xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda ularni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha bir oy muddatda beriladi.

Buyurtma kelib tushishiga koʻra, ammo yiliga kamida bir marta.

2-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi, balansda saqlovchi

Balansda saqlovchi

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi

Tasdiqlangan Dasturga muvofiq davlat koʻchmas mulki obyektini inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuborish.

Davlat koʻchmas mulk obyektining mol-mulkini inventarizatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish, balansda saqlovchi tomonidan inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

Balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan materiallar va hujjatlar koʻrib chiqish.

Davlat koʻchmas mulk obyektini baholash

Besh ish kuni.

Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi.

Bir hafta muddatda.

Baholash xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan muddatda.

3-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi

Baholovchi tashkilotning davlat koʻchmas mulk obyektining qiymatni baholash toʻgʻrisidagi hisobotida koʻrsatilgan miqdorda davlat koʻchmas mulk obyektini sotish toʻgʻrisida buyruq chiqarish.

Davlat koʻchmas mulk obyektini xususiylashtirish boʻyicha hujjatlar toʻplami ijobiy koʻrib chiqilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida.

4-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi, (savdolar tashkilotchisi)

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi, (savdolar tashkilotchisi)

(savdolar tashkilotchisi)

(savdolar tashkilotchisi)

(savdolar tashkilotchisi)

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi,
(savdolar tashkilotchisi),

xaridor.

Savdolar tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga bilan shartnoma tuzish.

Ommaviy savdolar (auksion yoki tanlov) oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni rasmiy veb-saytda chop etish, davlat koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish.

Sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektini ijaraga olgan ijarachini xabardor qilish.

Savdolar tashkilotchisi tomonidan ommaviy savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish.

Ommaviy savdolarni oʻtkazish.

Tanlov natijalari toʻgʻrisida tanlov qatnashchilarini xabardor qilish. Ommaviy savdolarni oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish va oʻtkazilgan savdolar gʻolibi bilan davlat koʻchmas obyektining oldi-sotdi shartnomasini imzolash.

Xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda.

Ommaviy savdolar oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin.

Davlat koʻchmas mulk obyektining savdolarga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi aniqlangandan keyin.

Ommaviy savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda belgilangan muddatlarda.

2 oy muddatda oʻn ish kunida bir marta davriylikda.

Besh ish kunida.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda.

5-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi

Auksion savdolarda davlat koʻchmas mulk obyektlari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich bahosi, qoldiq (balans) qiymatidan qatʼi nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.

Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi qarorida belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi

Mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderi Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan barcha sotib olish toʻlovlarini amalga oshirgan xaridorga beriladi.

Sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida:

investitsiyaviy majburiyatlarsiz sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha;

investitsiyaviy majburiyatlar mavjud boʻlgan taqdirda xaridorga xaridor oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlar bajarib boʻlgunga qadar muddatga investitsiyaviy majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha amalda boʻladigan “tasarruf etish huquqisiz” belgisi qoʻyilgan holda.

7-bosqich

Agentlik
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, balansda saqlovchilar bilan birgalikda

Savdolarda sotilmagan respublika mulki hisoblangan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha, investitsiyaviy majburiyatlar va yangi ish oʻrni yaratish sharti bilan xarid qiymatida sotiladigan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilinadigan yoxud buziladigan va boʻshab qoladigan yer uchastkalari zaxira yer toifasiga oʻtkaziladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati shakllantiriladi va tegishli qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Har bir yarim yillik yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish № ________

‎‎__________________________________________________

(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi)

_______ yil “___” _______________

Davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun

‎‎BUYURTMANOMA

‎‎‎______________________________________________________manzilida joylashgan

(manzil, telefon, faks)

‎‎__________________________________________________________ning

(davlat koʻchmas mulk obyektining nomi)
‎davlat ulushini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.

________________________________________________________________________

Balansda saqlovchi:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)

‎‎________________________________________________________________________

(roʻyxatdan oʻtkazish raqami va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana)

________________________________________________________________________‎‎

‎‎(tashkiliy-huquqiy shakli)

‎‎________________________________________________________________________

(ustav fondidagi davlat ulushi, foizlarda)

‎‎Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaxs

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O., lavozimi)

(imzo)‎

‎‎__________ yil “___” _______________

Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish № ________

‎‎__________________________________________________

(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi)

_______ yil “___” _______________

Davlat koʻchmas mulk obyektini sotish uchun

‎‎BUYURTMANOMA

‎‎‎____________________________________________________________________ning

(davlat koʻchmas mulk obyektining nomi)‎

‎‎davlat koʻchmas mulk obyektini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.
______________________________________________________manzilida joylashgan

(manzil, telefon, faks)

_______________________________________________________________
Balansda saqlovchi:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(manzili, telefoni, faksi)

‎‎________________________________________________________________________

(pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

(imzo)‎

‎‎__________ yil “___” _______________

Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI
DAVLAT KOʻCHMAS MULK OBYEKTIGA
‎MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI
‎DAVLAT ORDERI

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi fonida
‎ oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)

‎‎---------------------------------------------------------------------------------------------------

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI
‎DAVLAT ORDERI № _____________

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

______________________________________________________________________ga‎‎‎
‎‎Mulkdorning manzili (yashash joyi) __________________________________________
‎‎______________________________________________________________‎
‎‎pasport seriyasi ______ raqami _________________ kim tomonidan va qachon berilgan

‎‎(jismoniy shaxslar uchun)

‎‎STIR________________, JSHSHIR __________________________________________

‎‎‎‎(jismoniy shaxslar uchun)

‎‎ _____________________________________________________________qiymatidagi

‎‎(soʻz bilan)

‎‎_____________________________________________________________________ ga

‎‎(xususiylashtirilgan davlat mulkining manzili va nomi)‎‎

‎‎____________________________________________mulk huquqi berildi.‎

‎‎(huquq turining belgisi)

‎‎Ushbu order _____________________________________________________tomonidan

(ushbu orderni bergan davlat organining nomi)

‎‎_________________________________________________________ga asosan berildi.

‎‎(orderni berish asosi)

‎‎*Izoh___________________________________________________________________
‎‎Order berilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________
‎‎Agentlik direktori (oʻrinbosari)
‎(hududiy boshqarma boshligi)

QR-kodi‎

(F.I.O)

* Sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash va/yoki investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini bajarish shartlari mavjud boʻlganda toʻldiriladi‎‎‎.

(10-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
41-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
‎AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI

YER UCHASTKASI VA DAVLAT KOʻCHMAS MULK OBYEKTIGA

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi fonida

oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)
‎‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _



‎MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI
‎DAVLAT ORDERI
‎№ ________ ‎

‎‎Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎
‎Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

‎‎pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________

(jismoniy shaxslar uchun)‎‎

‎‎‎
‎STIR ____________________________, JSHSHIR__________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxslar uchun)


‎‎‎_________________________________________________________________________________manzilidagi

‎_________________________________________________________________________________ qiymatidagi

(summa raqam va soʻz bilan yoziladi)

Umumiy _______________ kv m yer maydoni va ______________ kv m davlat koʻchmas mulk obyekti mulk huquqi bilan berildi. ‎‎

‎‎
‎Ushbu order_________________________________________________________________________tomonidan

‎‎(orderni bergan davlat organining nomi)

‎‎
‎____________________________________________________________________________ga asosan berildi.

‎‎(orderni berishning asosi)

‎‎
‎Order roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________________________

Agentlik direktori
‎‎(Hududiy boshqarma boshligʻi)


‎QR-kodi‎‎

‎‎F.I.O.
(41-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2022-y., 09/22/71/0129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
51-ILOVA
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maʼmuriy reglament davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki xoʻjalik jamiyati ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushlari (keyingi oʻrinlarda — davlat ulushi) xususiylashtirilganligi boʻyicha tomonlar oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, avval xususiylashtirilgan davlat aktivlari boʻyicha maxsus qogʻozda berilgan davlat orderi yoki sertifikatning dublikatini (keyingi oʻrinlarda — dublikat) berishda davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Maʼmuriy reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerxususiylashtirish” AAT) — ushbu tizimga ulangan vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, shuningdek, dublikatni rasmiylashtirish boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, koʻrib chiqish va kelishish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
ariza beruvchi (xaridor) — davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushini sotib olganligi boʻyicha sotuvchi bilan qonun hujjatlariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasini tuzgan xaridor nomiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, shuningdek, dublikatni rasmiylashtirishga ariza bergan yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari).
“tasarruf etish huquqisiz” belgisi — oldi-sotdi shartnomasida belgilangan sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq amalga oshirilgunga hamda investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar (mavjud boʻlganda) toʻliq bajarilgunga qadar shartnoma doirasida belgilangan grafikka asosan qisman toʻlovni amalga oshirganda, xaridor nomiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi rasmiylashtirilganda kiritiladigan belgi;
“tasarruf etish huquqi bilan” belgisi — oldi-sotdi shartnomasida belgilangan sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq amalga oshirilganda hamda investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar (mavjud boʻlganda) toʻliq bajarilgandan soʻng va ular belgilangan tartibda sotuvchi tomonidan qabul qilingandan keyin xaridor davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushiga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlishi va rasmiylashtirilgan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga kiritiladigan belgi.
3. Oʻzbekiston Respublikasida davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki davlat ulushi xususiylashtirilganligi boʻyicha sotuvchi va xaridor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikatni berish boʻyicha davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
4. Davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki davlat ulushlari sotilganligi boʻyicha sotuvchi va xaridor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikat ushbu Maʼmuriy reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
5. Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
6. Oʻzbekiston Respublikasida davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki davlat ulushlari xususiylashtirilganda, shartnomaga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikatni olish uchun ariza beruvchi (xaridor) oʻzlariga qulay boʻlgan hududdagi davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilgan holda yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP orqali ariza yuboradi.
7. Ariza beruvchi (xaridor) oʻzi kelib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi (xaridor) nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa mustaqil ravishda ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda yuridik shaxslar va 3-ilovaga muvofiq shaklda jismoniy shaxslar ariza toʻldiradi.
8. Ariza beruvchi (xaridor) davlat xizmatlaridan foydalanishda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikat berilguniga qadar xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi (xaridor) davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmaydi yoki davlat xizmatini koʻrsatish toʻxtatiladi.
9. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazi ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni “Yerxususiylashtirish” AAT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) yoki uning hududiy boshqarmalariga kelishish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ariza avtomatik ravishda “Yerxususiylashtirish” AAT orqali Davaktiv agentligiga yoki uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
10. Investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlarsiz sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushi boʻyicha sotib olish toʻlovlari toʻliq hajmda hamda penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganda, shuningdek, ushbu Maʼmuriy reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq “Yerxususiylashtirish” AAT orqali kelib tushgan ariza asosida Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari besh ish kuni ichida shartnomaga asosan xaridorga mulk huquqiga ega boʻlganligini toʻgʻrisida mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi.
Bunda Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari shartnomaga asosan xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlari toʻliq amalga oshirilganligi hamda toʻlov mablagʻlari sotuvchining gʻaznachilik hisobvaragʻiga kelib tushganligini, shuningdek, penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganligini tekshirib chiqadi.
11. Investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar hamda sotib olish toʻlovlarini boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushi boʻyicha ushbu Maʼmuriy reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq “Yerxususiylashtirish” AAT orqali kelib tushgan arizaga asosan Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari besh ish kuni ichida xaridorga:
a) shartnoma doirasida davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki davlat ulushining xarid qiymati toʻlanganda, toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgunga hamda investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar (agar mavjud boʻlgan taqdirda) toʻliq bajarilgunga qadar “tasarruf etish huquqisiz” yoki ulush qiymatining toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi asosida mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (davlat ulushi jamiyatning oʻziga sotilgan holatlar bundan mustasno) elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi;
b) sotilgan davlat ulushlari uchun shartnoma doirasida belgilangan grafikka asosan ulush qiymatining navbatdagi toʻlovi amalga oshirilganda hamda penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganda, xaridorning navbatdagi arizasiga asosan avval QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtirilgan “tasarruf etish huquqisiz” orderiga ulushning toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi berilganligi toʻgʻrisida tegishli qayd kiritadi (davlat ulushi jamiyatning oʻziga sotilgan holatlar bundan mustasno);
v) shartnomada belgilangan sotib olish toʻlovlari toʻliq hajmda va penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganda hamda investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilganda, xaridorning navbatdagi arizasiga asosan avval QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtirilgan “tasarruf etish huquqisiz” mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga “tasarruf etish huquqi bilan” belgisini kiritadi.
Bunda Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari xaridor tomonidan shartnomada belgilangan grafikka asosan sotib olish toʻlovlari qisman (navbatdagi) yoki toʻliq amalga oshirilgan mablagʻlar sotuvchining gʻaznachilik hisobvaragʻiga kelib tushganligini va penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganligini hamda Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiyasi tomonidan investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilganligi (mavjud boʻlgan taqdirda) toʻgʻrisida qarori qabul qilinganligini, shuningdek, boshqa majburiyatlar bajarilganligini (zaruratga koʻra) tekshirib chiqadi.
12. Avval xususiylashtirilgan davlat aktivlari boʻyicha maxsus qogʻozda berilgan davlat orderi yoki sertifikatning blankasi yoʻqolganligi uchun uning dublikatini berish toʻgʻrisida ushbu Maʼmuriy reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq “Yerxususiylashtirish” AAT orqali kelib tushgan arizaga asosan Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari ikki hafta ichida mulkdor nomiga avval rasmiylashtirilgan davlat orderini elektron shaklda QR-kod va “Dublikat” belgisini qoʻygan holda beradi.
Bunda Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari avval xususiylashtirilgan davlat aktivlariga oid hujjatlar toʻplamini tekshirib chiqadi.
13. Agar ushbu Maʼmuriy reglamentning 10 — 12-bandlarida keltirilgan majburiyatlar toʻliq yoki lozim darajada bajarilmaganligi hamda ariza beruvchi tomonidan mazkur Maʼmuriy reglamentga 2 va 3-ilovalarga nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, arizada maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganda yoki toʻliq koʻrsatilmaganda, Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari ikki ish kunida ariza beruvchiga kamchiliklarni tegishli qonunchilik hujjatlari normalari bilan asoslab koʻrsatgan holda, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun besh ish kunidan kam boʻlmagan muddat beradi.
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari ikki ish kunida elektron shaklda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki shaxsiy kabinetiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboradi va bu haqda Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi (xaridor)ni avtomatik ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron pochta manzili orqali xabardor qiladi.
Maʼmuriy ish yuritish muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turiladi va kamchilik bartaraf etilgan kundan boshlab Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari ushbu Maʼmuriy reglamentning 10 — 12-bandlarida keltirilgan muddatda arizani qayta koʻrib chiqadi.
Ariza beruvchi tomonidan mazkur Maʼmuriy reglament 13-bandining birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida ariza va unga ilova qilingan hujjatlardagi xato hamda kamchiliklar bartaraf etilmasligi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini rasmiylashtirishni rad etishga asos boʻladi.
14. Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, shuningdek, dublikat rasmiylashtirilganligi, ularga tegishli qaydlar kiritilganligi yoki davlat xizmatlarini koʻrsatish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki shaxsiy kabinetiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboradi va bu haqda davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi (xaridor)ni avtomatik ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
15. Ariza beruvchi (xaridor) koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta ariza topshirishga haqli.
16. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi ushbu Maʼmuriy reglamentga 4-ilovada keltirilgan tartibga muvofiq roʻyxatga olinadi.
17. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, shuningdek, dublikat ushbu Maʼmuriy reglamentga 5 va 6-ilovalarda keltirilgan shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi.
18. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga davlat koʻchmas mulk obyektlari va davlat ulushlari hamda xaridor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shuningdek uning tartib raqami va dastlabki berilgan sanasi oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qoʻyilgan elektron hujjatlar asliga tenglashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega boʻladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari, shu jumladan, YIDXP orqali ushbu Maʼmuriy reglamentning talablari ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
21. Arizachi beruvchi (xaridor) davlat organlari va boshqa tashkilotlarning harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
22. Ushbu Maʼmuriy reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi(xaridor)

Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, shuningdek, dublikatni elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda olishuchunariza taqdim etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ariza Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilishi uchun“Yerxususiylashtirish” AATga yuboradi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

3-bosqich

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari

Ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.

2 ish kuni ichida

Shartnomada belgilangan majburiyatlar toʻliq yoki lozim darajada bajarilmaganligi hamda arizaga ilova qilingan maʼlumotlarga qoʻshimcha maʼlumotlar talab etilishi lozimligi aniqlansa, arizani qaytaradi.

Ariza beruvchi(xaridor)

Kamchiliklarni bartaraf etadi.

5 ish kuni ichida

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari

Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini rasmiylashtiradi.

Kamchilik bartaraf etilgan kundan
5 ish kuni ichida

Dublikatni rasmiylashtiradi.

2 hafta ichida

4-bosqich

Davaktiv agentligiva uning hududiy boshqarmalari

“Yerxususiylashtirish” AATorqali arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki shaxsiy kabinetiga (YIDXP orqali murojaat etganda) yuboradi.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Ariza beruvchi (xaridor)ni avtomatik ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va elektron pochta manzili orqali xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

6-bosqich

Ariza beruvchi (xaridor)

Davlat xizmati natijasini Davlat xizmatlari markazidan kelib oladi (oʻzi kelib murojaat etganda).

Davlat xizmati natijasini YIDXPda shaxsiy kabinetidan oladi (YIDXP orqali murojaat etganda).

Oʻz xohishiga koʻra

Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikatni olish boʻyicha

ARIZA

_______________

_______________

(sana)

(raqam)

I. Ariza beruvchi(xaridor)toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. STIR

2. Yuridik shaxsning nomi (tizim orqali olinadi)

3. Tashkiliy-huquqiy shakli (tizim orqali olinadi)

4. Joylashgan joyi (pochta manzili)

5. Elektron pochta manzili (amaldagi)

6. Telefon raqami

II. Xususiylashtirilgan davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushitoʻgʻrisidagi maʼlumot:

1.Elektron-onlayn auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma raqami va sanasi

2. Davlat aktivini xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror raqami va sanasi

3.Shartnoma raqami va sanasi

4.Davlat aktivi nomi

5.Davlat aktivi manzili (shartnoma boʻyicha)

6. Yer uchastkasiva binoning maydoni (m2)

7. Sotilgan davlat aktivining xarid qiymati toʻliq yoki qisman toʻlanganligi toʻgʻrisida toʻlov topshiriqnoma sanasi va raqami (Dublikat olishda talab etilmaydi)

8. Oldi-sotdi shartnomasi shartlari toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisida Komissiya bayoni raqami va sanasi (davlat aktivi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bilan sotilgan boʻlsa toʻldiriladi)

9. Davlat orderi yoki sertifikat berilgan raqami va sanasi(ariza beruvchi (xaridor) tomonidan dublikatini olishda yoki unga tegishli qayd kiritishda ariza berilganda toʻldiriladi)

10. Davlat xizmatlari markazidan yoʻqolgan ashyo topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berilgan ariza raqami va sanasi (dublikat olishda toʻldiriladi)

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

Dublikat olishda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning ishonchnomasi yoki huquqiy vorisining (agar mavjud boʻlsa) taʼsis hujjatlari

Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikatni olish boʻyicha

ARIZA

_________________

_________________

(sana)

(raqam)

I.Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1.Ariza beruvchining JSHSHIR

2. F.I.O. (tizim orqali olinadi)

3.Yashash joyi (pochta manzili)

4. Elektron pochta manzili (amaldagi)

5.Telefon raqami

II.Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumot:

1.Elektron-onlayn auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma raqami va sanasi

2. Davlat aktivini xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror raqami va sanasi

3.Shartnoma raqami va sanasi

4.Davlat aktivi nomi

5.Davlat aktivi manzili (shartnoma boʻyicha)

6. Yer uchastkasiva binoning maydoni (m2)

7. Sotilgan davlat aktivining xarid qiymati toʻliq yoki qisman toʻlanganligi toʻgʻrisida toʻlov topshiriqnoma sanasi va raqami (Dublikat olishda talab etilmaydi)

8. Oldi-sotdi shartnomasi shartlari toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisida Komissiya bayoni raqami va sanasi (davlat aktivi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bilan sotilgan boʻlsa toʻldiriladi)

9. Davlat orderi yoki sertifikat berilgan raqami va sanasi(arizachi (xaridor) tomonidan dublikatini olishda yoki unga tegishli qayd kiritishda ariza berilganda toʻldiriladi)

10. Davlat xizmatlari markazidan yoʻqolgan ashyo topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berilgan ariza raqami va sanasi (dublikat olishda toʻldiriladi)

III.Ilova qilinadigan hujjatlar:

Dublikat olishda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning yoki huquqiy vorisining (merosxoʻrlarining) ishonchnomasi (agar mavjud boʻlsa)

Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini roʻyxatga olish
TARTIBI

T/r

Hudud

Orderni roʻyxatga olish raqamlari

Jismoniy shaxs uchun

Yuridik shaxs uchun

1.

QoraqalpogʻistonRespublikasi

20__-J-01/00__

20__-Y-01/00__

2.

Andijon viloyati

20__-J-02/00__

20__-Y-02/00__

3.

Buxoro viloyati

20__-J-03/00__

20__-Y-03/00__

4.

Jizzax viloyati

20__-J-04/00__

20__-Y-04/00__

5.

Qashqadaryo viloyati

20__-J-05/00__

20__-Y-05/00__

6.

Navoiy viloyati

20__-J-06/00__

20__-Y-06/00__

7.

Namangan viloyati

20__-J-07/00__

20__-Y-07/00__

8.

Samarqand viloyati

20__-J-08/00__

20__-Y-08/00__

9.

Sirdaryo viloyati

20__-J-09/00__

20__-Y-09/00__

10.

Surxondaryo viloyati

20__-J-10/00__

20__-Y-10/00__

11.

Toshkent viloyati

20__-J-11/00__

20__-Y-12/00__

12.

Fargʻona viloyati

20__-J-12/00__

20__-Y-12/00__

13.

Xorazm viloyati

20__-J-13/00__

20__-Y-13/00__

14.

Toshkent shahri

20__-J-14/00__

20__-Y-14/00__

15.

Markaziy apparat

20__-J-15/00__

20__-Y-15/00__

Bunda:
20___ roʻyxatga olingan yil.
J — jismoniy yoki Y yuridik shaxs subyektlari.
01…15hududiy kod.
00__ beriladigan tartib raqami.
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI

DAVLAT KOʻCHMAS MULK OBYEKTIGA

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi fonida

oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)

– – – – – – – – – – – – – – – – – – – – – –– – – – – – – – – – –– – – – – – – – – – –– – – – – – – – –

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI

DAVLAT ORDERI № ______________

________________________________________________________________________________ ga

(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

Mulkdorning manzili (yashash joyi) ___________________________________________________

___________________________________________________________________________________

pasport seriyasi _____ raqami __________________________ kim tomonidan va qachon berilgan

(jismoniy shaxslar uchun)

STIR _______________, JSHSHIR ____________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun)

_______________________________________________________________________ qiymatidagi

(summa soʻz bilan)

________________________________________________________________________________ ga

(xususiylashtiriladigan davlat mulkining manzili va nomi)

________________________________________________________________ mulk huquqi berildi.

(huquq turining belgisi)

Ushbu order ______________________________________________________________ tomonidan

(ushbu orderni bergan davlat organining nomi)

__________________________________________________________________ ga asosan berildi.

(orderni berish asosi)

* Izoh ____________________________________________________________________________

Order berilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ________________

Agentlik direktori (oʻrinbosari)

(hududiy boshqarma boshligʻi)

QR-kodi

__________

(F.I.O.)

* Sotib olish toʻlovlarini boʻlib toʻlash va/yoki investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini bajarish shartlari mavjud boʻlganda toʻldiriladi.
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI

MASʼULIYATI CHEKLANGAN YOKI QOʻSHIMCHA

MASʼULIYATLI JAMIYATNING USTAV FONDIDAGI ULUSHGA

BOʻLGAN MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI SERTIFIKAT

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi fonida

oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)

– – – – – – – – – –– – – – –– – – – –– – – – –– – – – –– – – – –– – – – –– – – – –– – – – – – – – – – –

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI

SERTIFIKAT № ______________

___________________________________________________________________________________

(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

________________________________________________________________________________ ga

Mulkdorning manzili (yashash joyi) ___________________________________________________

___________________________________________________________________________________

pasport seriyasi _____ raqami __________________________ kim tomonidan va qachon berilgan

(jismoniy shaxslar uchun)

STIR _____________, JSHSHIR _______________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun)

_______________________________________________________________________ qiymatidagi

(summa soʻz bilan)

______________________________________________________________________________ ulush

(davlat ulushi xususiylashtirilgan jamiyatning manzili va nomi (ulush miqdori)

qiymatining _______________________________________________________ toʻlangan qismiga

(summa soʻz bilan)

mutanosib ravishda _______________________________________________ mulk huquqi berildi.

(ulush miqdori yozilgan holda huquq turining belgisi

Ushbu sertifikat _________________________________________________________ tomonidan

(ushbu sertifikatni bergan davlat organining nomi)

__________________________________________________________________ ga asosan berildi.

(sertifikatni berish asosi)

* Izoh ____________________________________________________________________________

Sertifikat berilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ________________

Agentlik direktori (oʻrinbosari)

(hududiy boshqarma boshligʻi)

QR-kodi

_______________

(F.I.O.)

* Sotib olish toʻlovlarini boʻlib toʻlash va/yoki investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini bajarish shartlari mavjud boʻlganda toʻldiriladi.

(51-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi qarorlari boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(6-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom davlat mulkini Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) qarorlariga muvofiq xususiylashtirish tartibida nodavlat yuridik shaxslarga, shuningdek jismoniy shaxslarga investitsiyalarni jalb etgan holda davlat mulkini sotish boʻyicha tanlovlarga tayyorgarlik koʻrish, ularni tashkil etish hamda oʻtkazish shartlari va tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mulki — davlat muassasalari, davlatga tegishli boʻlgan mulkiy majmualar, bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar hamda davlat (aksiyalari) ulushlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
talabgor — taklif etilgan shartlarda tanlovda qatnashish niyatini bildirgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti);
qatnashchi — tanlovda qatnashishga qoʻyilgan talabgor yoki uning vakolatli vakili;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli vakil — tanlovda qatnashish uchun qatnashchi tomonidan ishonchnoma asosida vakolat berilgan jismoniy shaxs;
(2-band sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
xaridor — qonun hujjatlariga muvofiq sotuvchi bilan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti);
tanlov predmeti — qatnashchining tanlov natijasida shakllangan sotib olish qiymati, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar (agar bular nazarda tutilgan boʻlsa) boʻyicha davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini tuzishga boʻlgan huquqi;
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin boʻlgan) qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali davlat mulki xaridorini aniqlash boʻyicha savdolar shakli;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov shartlari — tanlovni oʻtkazish tartibi, oʻtkazish joyi, tanlov predmetining boshlangʻich narxi, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar, qoʻshimcha yuklamalar va qatnashchilarga qoʻyiladigan talablar boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan shartlar;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
tanlov hujjatlari — davlat mulkining texnik, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari, shuningdek tanlov shartlari va tartibotlari toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tanlovni oʻtkazish qoidalaridan, tanlov takliflari shaklidan iborat boʻlgan sotuvchi tomonidan toʻlov evaziga talabgorlarga beriladigan hujjatlar toʻplami;
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilanadigan shartlarda davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini tuzish taklifi;
tanlovni oʻtkazish sanasi — tanlov yakunlari chiqariladigan kun va vaqt;
Oldingi tahrirga qarang.
sotib olish toʻlovi — davlat mulki sotib olinganligi uchun xaridor tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan milliy va (yoki) erkin ayirboshlanadigan valyutadagi (keyingi oʻrinlarda EAV deb ataladi) pul mablagʻlari;
(2-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
investitsiyaviy majburiyatlar — pulli qiymatga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan, obyektlarga investitsiyalar qoʻyish boʻyicha davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq xaridor qabul qiladigan majburiyatlar;
ijtimoiy majburiyatlar — pulli qiymatga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan, davlat mulkini sotib olishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat komissiyasi qarori boʻyicha davlat mulkini sotish sotuvchi tomonidan xususiylashtirish dasturlari (obyektlar roʻyxatlari) asosida ushbu Nizomga ilovaga binoan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni tashkil etish ushbu Nizomga va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan ish reglamentiga muvofiq ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat komissiyasi va ishchi organning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Tanlovni oʻtkazish shartlari hamda tanlov gʻolibini tanlash mezonlari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va tanlov hujjatlarida aks ettiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
II. Tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni tashkil etish
5. Ishchi organ tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni tashkil etish uchun:
tanlov hujjatlarini, shu jumladan maslahatchilarni jalb etgan holda ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mulkini sotish shartlari, uni sotish qiymati, tanlov takliflarini baholash tartibi, tanlov gʻolibini tanlash mezonlari, toʻlovlar tartibi va shartlari, tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha takliflarini koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasiga kiritadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq tanlov oʻtkazishni eʼlon qiladi va tashkil etadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
talabgorlarni ularning buyurtmanomalariga binoan ular uchun belgilangan toʻlov evaziga tanlov hujjatlari bilan taʼminlaydi;
tanlovda qatnashish uchun talabgorlarning buyurtmanomalarini va ularning tanlov takliflarini, ularni olish sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda, qabul qiladi;
qatnashchilar buyurtmanomalarining va tanlov takliflari solingan konvertlarning ular ochilgungacha saqlanishi va maxfiyligini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
tanlov takliflari mavjud boʻlmaganda yoki faqat bitta tanlov taklifi mavjud boʻlganda tanlov takliflarini qabul qilish muddatini uzaytiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy davomida davlat mulkini sotib olish toʻgʻrisida tanlov takliflari mavjud boʻlmaganda, davlat mulkiga boʻlgan talab konyunkturasiga qarab, Davlat komissiyasiga Nizomning ushbu bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarga muvofiq tanlov shartlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritadi;
(5-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi tomonidan oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tanlovni oʻtkazishda tanlov takliflari solingan konvertlar ochiladigan sanadan kamida oʻttiz kun oldin oʻzining rasmiy veb-saytida ishchi organ tomonidan ochiq tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnomani (keyingi oʻrinlarda tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma deb ataladi) eʼlon qilinadi, bunda, bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi, savdo bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
sotuvchining nomi va manzili, uning bogʻlanish telefoni, telefaksi, elektron pochta manzili;
Oldingi tahrirga qarang.
tanlovga qoʻyilgan davlat mulkining nomi, soni, tavsifi va uning joylashgan joyi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
davlat mulkining boshlangʻich narxi;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiyaviy (kiritish shakli va shartlari yoyilmasi bilan) va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam hajmi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
davlat mulki xoʻjalik jamiyatining yoki balans saqlovchisining nomi, uning faoliyati sohasi va joylashgan joyi;
qatnashchilarning tanlov takliflari solingan konvertlarini ochish sanasi, vaqti va joyi;
tanlov oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati (kuni va soati koʻrsatilgan holda);
tanlov hujjatlari uchun toʻlov miqdori, uni toʻlash uchun bank rekvizitlari;
tanlov hujjatlarini va qoʻshimcha axborotni olish uchun manzil va bogʻlaniladigan shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tanlovda qatnashish uchun sotuvchiga talabgor yoki uning vakolatli vakili tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomaning muddatlarini ikki nusxada quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda, belgilangan muddatlarda shaxsan yoki pochta orqali taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
nodavlat yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi, vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan holda;
jismoniy shaxslar uchun — pasportning nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, vakolatli vakilning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan holda;
ikki nusxada yopiq konvertlarga joylangan, tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan va quyidagilar mavjud boʻlgan tanlov takliflari:
sotib olish toʻlovlarining taklif etilayotgan summasi va ularni toʻlash muddati;
investitsiyaviy majburiyatlarning taklif etilayotgan summasi, ularni kiritish shakllari, muddati va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorning moliyaviy jihatdan qobiliyatliligini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) tegishli sohada ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalari.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
9. Sotuvchi hujjatlarning roʻyxati bilan birgalikdagi buyurtmanomaning ikkinchi nusxasiga taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida, ularning qabul qilingan sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi, u talabgorga yoki uning vakolatli vakiliga beriladi yoxud pochta orqali joʻnatiladi. Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalar sotuvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada sotuvchi tomonidan belgilangan muddatdan keyin tushgan tanlov takliflari qabul qilinmaydi. Pochta orqali joʻnatilgan hujjatlarning tushgan sanasi sotuvchining roʻyxatdan oʻtkazishi boʻyicha belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
11. Sotuvchi tomonidan qabul qilinishi rad etilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda qabul qilinmagan buyurtmanoma shu kunning oʻzida, ularni talabgorga yoki uning vakiliga topshirish yoʻli bilan, tilxat boʻyicha yoxud koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni pochta orqali (topshirilgani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga buyurtma xat bilan) qaytariladi. Bunda tanlov hujjatlari uchun talabgor tomonidan toʻlangan summa sotuvchi tomonidan qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Talabgor tanlovga sotuvchi tomonidan quyidagi holatlarda tanlovda qatnashiga qoʻyilmaydi agarda:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorning — nodavlat yuridik shaxsning tugatish bosqichida ekanligi yoki bankrot deb topilganligi aniqlanganda.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Tanlovda qatnashishning boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Konvertlarni ochishning belgilangan sanasigacha talabgor yozma shaklda bildirish yoʻli bilan oʻzining buyurtmanomasini va tanlov takliflarini qaytarib olish huquqiga ega. Sotuvchi ushbu bildirishnomani u olingan kunda roʻyxatdan oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma eʼlon qilingan kunda boshlanadi va konvertlarni ochishning eʼlonda koʻrsatilgan sanasidan uch soat oldin toʻxtatiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Tanlov qatnashchilari yoki ularning vakolatli vakillari konvertlarni ochish chogʻida ishtirok etishlari mumkin.
15. Tanlovlar oyda bir marta davriylikda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat komissiyasi yoki uning topshirigʻiga koʻra ishchi organ tanlov oʻtkaziladigan sanani tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan muddatni kechiktirishi mumkin, bu holda ilgari tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma eʼlon qilingan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida tegishli axborot chop etiladi hamda qatnashchilar mavjud boʻlganda ular yozma ravishda xabardor qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
III. Tanlovni oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
17. Agar konvertlarni ochishning tanlov toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan sanasigacha birorta ham buyurtmanoma tushmasa yoki faqat bitta buyurtmanoma tushsa, tanlov oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ishchi organ Davlat komissiyasini va yagona buyurtmanomani bergan qatnashchini bu toʻgʻrida xabardor qiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi, agar tushgan tanlov takliflaridan birortasi ham tanlov shartlariga muvofiq boʻlmasa, tanlovni oʻtmagan deb eʼtirof etishi mumkin.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat komissiyasining qaroriga koʻra tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash bir yoki bir nechta bosqichda oʻtkazilishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ishchi organ qatnashchilarga tanlov takliflarining rad etilganligi toʻgʻrisida har bir bosqichdan keyin, rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xabar qiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Zarurat boʻlganda Davlat komissiyasi qatnashchiga uning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyatini berishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tanlov takliflarini baholash natijalari, gʻolibni va gʻoliblikka nomzodlar rezervini aniqlash boʻyicha takliflar ishchi organ tomonidan Davlat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Tanlovlar yakunlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni Davlat komissiyasining majlisida qatnashgan aʼzolari imzolaydilar va Davlat komissiyasining raisi tasdiqlaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ishchi organ tanlov qatnashchilarini uning natijalari toʻgʻrisida Davlat komissiyasi tomonidan tanlov yakunlari toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qilishi shart.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Tanlov gʻolibini aniqlashda aynan shu muddatda gʻolibga davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun taklifnoma bilan birga bildirishnoma yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Gʻolib bilan muzokaralar davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini imzolash bilan tugamagan taqdirda Davlat komissiyasi qarori bilan rezerv nomzodlar deb eʼtirof etilgan qatnashchilar ularning tanlov takliflari amalda boʻlgan muddat mobaynida davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini tuzish boʻyicha muzokaralarga taklif etilishi mumkin.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tanlov natijalari boʻyicha gʻolib mavjud boʻlmagan taqdirda Davlat komissiyasi tomonidan davlat mulkini boshqa usulda hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning oʻzgarishlarini inobatga olgan holda sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Davlat mulkining oldi-sotdi shartnomalarini tuzish, oʻzaro hisob-kitoblar qilish va Davlat komissiyasining qaroriga koʻra tanlovlarda davlat mulkini sotishda huquqni belgilovchi hujjatlarni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulkini Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish Davlat komissiyasi qarorlari boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi qarorlari boʻyicha sotish
SXEMASI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Davlat komissiyasi

Tanlov hujjatlarini tayyorlash, tanlov hujjatlari yuzasidan xulosa tayyorlash, koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasiga kiritish.

Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida Agentlikning rasmiy veb-saytda eʼlon berish.

Talabgorlarni tanlov hujjatlari bilan taʼminlash.

Talabgorlarning tanlov takliflari bilan birga buyurtmanomalarini qabul qilish.

Davlat komissiyasi-ning ish reglamentiga muvofiq.

Savdo oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin. Davlat komissiyasi-ning ish reglamentiga muvofiq.

2-bosqich

Agentlik , Davlat komissiyasi

Davlat komissiyasining qarorlariga koʻra tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga hamda Davlat komissiyasining ish tartibiga muvofiq tanlov oʻtkazish.

Bir yoki bir necha bosqichda (Davlat komissiyasining qaroriga koʻra).

3-bosqich

Vazirliklar va idoralar, Agentlik , Davlat komissiyasi

IIG tomonidan tanlov qatnashchilarining takliflarini ekspert jihatidan baholash.

Tanlov takliflarini baholash natijalarini koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasiga kiritish.

Tanlov yakunlari boʻyicha protokolni rasmiylashtirish va tasdiqlash.

Tanlov qatnashchilarini uning yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilish.

Davlat komissiyasi-ning ish reglamentiga muvofiq. yakunlari toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida.

4-bosqich

Agentlik

Davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzish, sotib olish toʻlovlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish.

Davlat komissiyasi-ning ish reglamentiga muvofiq. Shartnoma shartlariga muvofiq.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulki obyektlarini tanlov savdolarida sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(7-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Davlat mulki obyektlarini tanlov savdolarida sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mulki obyekti — davlat muassasalari, davlatga tegishli boʻlgan mulkiy majmualar, bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar hamda davlat (aksiyalari) ulushlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin boʻlgan) qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridorni aniqlash boʻyicha savdolar shakli;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiyaviy majburiyatlar — pul bahosiga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan, obyektlarga investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;
ijtimoiy majburiyatlar — pul bahosiga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan, davlat mulki obyektini sotib olishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;
investitsiyalash obyekti — davlat aksiyalari (ulushlari) sotilishi kerak boʻlgan xoʻjalik jamiyati (aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida), davlatga tegishli boʻlgan mulkiy majmua, binolar va inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish koʻrinishidagi koʻchmas mulk;
(2-bandning beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori — davlat mulki obyektini sotish uchun tanlovda va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan belgilanadigan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning dastlabki miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiyalar miqdori — davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan investitsiyalash obyektiga xaridor tomonidan kiritiladigan investitsiyalarning pul bahosi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
investitsiya davri — investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan muddat;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi — Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik);
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvchi — Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
xaridor — qonun hujjatlariga muvofiq sotuvchi bilan davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti);
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy tanlov komissiyasi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradigan hamda tarkibiga Agentlik (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Tabiat resurslari vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari kiradigan tanlov komissiyasi;
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sotib olish toʻlovi — xaridor tomonidan sotilayotgan davlat mulki obyekti uchun Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan milliy valyutadagi va (yoki) erkin muomaladagi valyutadagi (keyingi oʻrinlarda EMV deb ataladi) pul mablagʻlari.
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
3. Xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq qabul qilinadi va quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
oʻtkazilgan pul mablagʻlari va xaridorning faoliyatidan olingan foydani, shu jumladan, uning ulushiga hisoblangan dividendlarni qayta investitsiyalash;
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun xom ashyo va materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish;
taʼmirlash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish;
investitsiyalash obyektining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti oldidagi qarzlarini, kreditlar va boshqa majburiyatlarini toʻliq yoki qisman toʻlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning muayyan turini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
nou-xauni, intellektual mulkning boshqa turlarini joriy etish;
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga xarajat qilish;
faoliyat sohasini saqlab qolish;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllar.
Davlat mulki obyektiga nisbatan xaridorning investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari ularni bajarish muddatlariga ega boʻlishi kerak. Investitsiya majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan qiymat bahosiga ham ega boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishining maqsadi ishlab chiqarishni va boshqaruv tizimlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar)ning hajmini koʻpaytirish va raqobatbardoshligini oshirish va (yoki) mahsulotlarning (xizmatlarning) yangi turlarini ishlab chiqarishni boshlash, ish oʻrinlarini yaratish (koʻpaytirish) yoʻli bilan investitsiyalash obyektining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
5. Davlat mulki obyektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlarining eng kam miqdorini belgilashda (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarori bilan investitsiyaviy majburiyatlarning eng kam miqdori va turi belgilangan davlat mulki obyektlari bundan mustasno) investitsiyaviy majburiyatlarning quyidagi turlari nazarda tutilishi mumkin:
moddiy investitsiyalar — moddiy aktivlarga (binolar, transport vositalari, asbob-uskunalar, tashkiliy texnika va boshqalarga) investitsiyalar;
moliyaviy investitsiyalar — moliyaviy aktivlarga investitsiyalar;
nomoddiy investitsiyalar — nomoddiy aktivlarga investitsiyalar.
Investitsiyalash kompleks turda (ikki va undan ortiq turda) amalga oshirilishi ham mumkin.
Zaruriyat boʻlganda davlat mulki obyektining xaridori tomonidan qabul qilinadigan, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan, davlat mulki obyektining samarali faoliyat koʻrsatishiga koʻmaklashadigan va (yoki) oʻziga xos xususiyatlarini taʼminlaydigan, investitsiya majburiyatlarining eng kam miqdorini belgilashda hisobga olinmaydigan, biroq davlat mulki obyektini sotishning muhim sharti hisoblanadigan quyidagi ijtimoiy majburiyatlar ham belgilanadi:
muayyan davrga investitsiyalash obyektining faoliyat sohasini va ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolish;
ish oʻrinlari sonini saqlab qolish yoki koʻpaytirish;
ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi eksport ulushi;
muayyan isteʼmolchilarga, qoidaga koʻra, aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga, strategik muhim tashkilotlarga mahsulotlar yetkazib berish;
ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash va atrof muhitni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish;
xodimlarning ijtimoiy-maishiy taʼminoti xususiyatlari;
davlat mulki obyektini sotish shartlarida belgilanadigan boshqa majburiyatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati besh yildan ortiq boʻlmasligi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat komissiyasining alohida qarorlari boʻyicha davlat mulki obyektlarini sotish hollaridan tashqari.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Xususiylashtirilgan davlat mulki obyektida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini hisoblash barcha ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilib va loyiha hujjatlari tasdiqlangandan keyin, lekin oldi-sotdi shartnomasi imzolangan sanadan olti oydan kech boʻlmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
II. Davlat mulki obyektlarini tanlovlarda sotib olish toʻlovi bilan sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
7. Davlat mulki obyektlarini tanlovlarda koʻchmas mulk obyektlari sifatida sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori sotuvchi tomonidan tashkil etilgan Xususiylashtirish boʻyicha komissiya tomonidan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
8. Xususiylashtirish boʻyicha komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan oʻz vakolatlariga muvofiq investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini belgilash yuzasidan quyidagilar asosida takliflar kiritiladi:
yangi qurilish, ishlayotgan korxonani (obyekt)ni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun xarajatlar tarzida asosiy kapitalga (asosiy vositalarga), mashinalar, asbob-uskunalar, asboblar, jihozlar, xarid qilishga, loyiha-qidiruv ishlariga, ish oʻrinlari yaratish yoxud ularni koʻpaytirish va boshqa xarajatlarga talab qilinadigan investitsiyalar miqdorini hisob-kitob qilish normativlari (mavjud boʻlsa);
taqdim etilgan buxgalteriya balansining maʼlumotlariga, moliyaviy natijalar, asosiy vositalar harakati, pul oqimlari, oxirgi uch yildagi oʻz kapitali harakati toʻgʻrisidagi hisobotlar, debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga, keyinchalik moliyaviy aktivlarga (kreditorlik qarzlarni qoplashga, aylanma mablagʻlarni toʻldirishga va boshqalarga) investitsiyalar miqdorini hisoblab chiqish uchun tushuntirish xatini inobatga olgan holda korxonaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish.
9. Davlat mulki obyektlarining investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoji ikki darajada:
aylanma mablagʻlarni toʻldirish va asosiy vositalarni, shuningdek investitsiyalash obyekti faoliyatini (ishlashini) tiklash zaruriyatiga asoslangan eng kam darajada;
biznes-rejalar bajarilishini taʼminlaydigan ehtiyojlar shakllantiriladigan rivojlantirish yoki kengaytirilgan ishlab chiqarish darajasida aniqlanadi.
Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori davlat mulki obyektining ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan investitsiyalarga (moddiy va moliyaviy) ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalarini (ulushlarini) sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori va ularning turi Agentlik tomonidan ushbu xoʻjalik jamiyatlarining takliflari asosida, ularning tegishli hisob-kitoblar va xoʻjalik jamiyatining tasdiqlangan biznes-rejasidan kelib chiqqan holda ulardan foydalanish prognozi bilan asoslangan taqdirda belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III. Davlat mulki obyektlarini Davlat komissiyasi qaroriga koʻra tanlovlarda sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini belgilash
(III-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat komissiyasining qaroriga koʻra sotiladigan davlat mulki obyektlari boʻyicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
ishchi organ ustav fondida davlat mulki obyekti boʻlgan yoki unga biriktirib qoʻyilgan davlat mulki obyekti boʻlgan xoʻjalik boshqaruvi organiga (mavjud boʻlganda) va xoʻjalik jamiyatiga (emitentga, balansda saqlovchisiga) xoʻjalik jamiyatining tasdiqlangan biznes-rejasidan kelib chiqqan holda tegishli hisob-kitoblar va ulardan foydalanish prognozi bilan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori va turlari yuzasidan takliflar taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi;
olingan takliflar asosida ishchi organ tanlov hujjatlari paketi toʻplamiga kiritish uchun davlat mulki obyektini sotishning tanlov shartlarini tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tanlovning uzil-kesil shartlari, shu jumladan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori, turlari va ularni kiritish muddatlari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
V. Davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi
16. Davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish sotuvchi tomonidan quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
shartnomalarni hisobga olish va ularga muvofiq sotib olish toʻlovlari toʻlanishi hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi monitoringini olib borish;
xaridorlar tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini ushbu Nizomda va shartnoma shartlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilish.
17. Shartnomalarni hisobga olish sotuvchi tomonidan shartnoma boʻyicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni koʻrsatgan holda shartnomalar reyestrini yuritish va ularning bajarilishi monitoringini olib borish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xaridorlar tomonidan sotib olish toʻlovlari kiritilishi yuzasidan monitoring Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi hisob raqamidagi mablagʻlar harakati toʻgʻrisida koʻchirmalar olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Xaridorlar tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi monitoringi sotuvchi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishini monitoring qilish Nizomga 1-ilovada keltirilgan vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini Agentlikning “Davlat mulki” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Davlat mulki” AT) integratsiya qilgan holda, investorlarning elektron tizimlarga kiritadigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar investorlar tomonidan elektron shaklda kiritish imkoniyatini yaratish uchun “Davlat mulki” ATda investorlarning shaxsiy kabineti yaratiladi.
Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishini monitoring qilish uchun maʼlumotlar quyidagi manbalardan olinadi:
oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda investorlar tomonidan “Davlat mulki” ATda yaratilgan shaxsiy kabinetlari orqali kiritib boriladigan hisobotlardan;
tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Davlat mulki” ATga integratsiya qilish yoʻli bilan olingan maʼlumotlardan.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan uchinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sotib olish toʻlovlarining Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasining hisob raqamiga tushgan sanasi sotib olish toʻlovlari kiritilgan sana hisoblanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
20. Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi investitsiyalarning investitsiyalash obyektiga investitsiyalar tushishi sanasi boʻyicha (balans hisobga olingan holda va oʻrnatilgan sanasi, agar bu shartnoma shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa: investitsiyalash obyektida — yuridik shaxs yangi tashkil etilganda yoki amaldagi yuridik tiklanganda; investitsiyalash majburiyatlarini bajarish uchun boshqa yuridik shaxs tashkil etmasdan mulk tarzida davlat aktivi sotib olinganda — investorning obyektida) hisobga olinadi.
Shartnomada investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun penya hisoblash yoki jarima qoʻllash nazarda tutilishi mumkin.
21. Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi yozma axborot xaridor tomonidan sotuvchiga shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etilishi kerak. Ushbu axborotga investitsiya majburiyatlarining bajarilishini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
toʻlov topshiriqnomalarining nusxalari, yuk bojxona deklaratsiyalari, taqqoslash dalolatnomalari, bajarilgan ishlar dalolatnomalari, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari, oʻrnatish dalolatnomalari, asbob-uskunalarning foydalanishga topshirilganligi dalolatnomalari, ularning texnik holatini koʻrsatgan holda;
xaridor tomonidan investitsiya dasturi bajarilishi toʻgʻrisida, shu jumladan hisobot taqdim etish sanasida ularga nazarda tutilgan moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning bajarilishi toʻgʻrisida axborot;
obyektning sotishdan oldingi hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish paytidagi moliyaviy-iqtisodiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar;
shartnomada belgilangan hajmda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarilganligini hamda ish oʻrinlari saqlab qolinganligini yoki yaratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
VI. Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish tartibi
22. Xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish shartnomada nazarda tutilgan davriylikka muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish sotuvchi tomonidan xaridorning investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi yozma axboroti asosida amalga oshiriladi. Bunda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning toʻliq hajmda bajarilganligini qabul qilish xaridorning koʻrsatib oʻtilgan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi tugallanganligi toʻgʻrisidagi yozma axboroti hamda shartnoma shartlariga muvofiq mustaqil auditorlik va (yoki) baholovchi tashkilot hisoboti olingan kundan boshlab bir oy oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
24. Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilishni tashkil etish maqsadida sotuvchi investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil qiladi, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
sotuvchining vakili;
shartnoma qatnashchisining va manfaatdor tomonning (agar shunday tomon mavjud boʻlsa) vakili;
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining vakili;
investitsiyalash obyektining vakili;
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy boʻlinmalarining vakili;
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining vakili — shartnomada tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha majburiyatlar mavjud boʻlgan taqdirda;
(24-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy qurilish sohasida hududiy nazorati inspeksiyasining vakili (taʼmirlash va qurilish-montaj, ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish tarzida investitsiya kiritilgan taqdirda);
(24-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
zaruriyat boʻlganda, kelishuv boʻyicha, davlat organlari, banklar, xoʻjalik boshqaruvi tarmoq organlarining xodimlari va boshqa mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulki obyektlarini “nul” xarid qiymati boʻyicha sotish shartnomasiga doir investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilishda Komissiya tarkibiga, shuningdek Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi vakillari ham kiritiladi.
(24-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Komissiya faoliyatiga rahbarlikni uning raisi — sotuvchining vakili amalga oshiradi.
Komissiya majlislarida xaridorning vakili qatnashishga haqli.
25. Sotuvchi Komissiya bilan kelishgan holda xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun shartnoma asosida mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) jalb etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasining soʻrovnomasi tushgandan keyin uch kun muddatda Komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni beradi hamda keyinchalik uning Komissiya ishida qatnashishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Komissiyada ishlash davrida Komissiya aʼzosining asosiy ish joyidagi ish haqi va boshqa qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi.
27. Komissiya xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilganligini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlarni kiritilgan investitsiyalarning shartnoma shartlariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosani hisobga olgan holda, ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan muddat doirasida oʻrganib chiqadi. Zaruriyat boʻlganda Komissiya investitsiyalash obyektiga boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijaraga oluvchi ijaraga olgan davlat mulkini xususiylashtirish natijasida sotib olsa hamda ijara obyektiga ijaraga oluvchi tomonidan oxirgi 18 oy davomida ijara obyektida joylashgan bino va inshootlarning, boshqa asosiy vositalarning modernizatsiyasiga va kapital taʼmirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlarni, agar ular yangi ish joylarini yaratishga xizmat qilgan boʻlsalar, unda olinayotgan mulkning xarid qiymatiga qoʻshib hisoblanadi (xarid qiymatining umumiy narxidan 25% dan oshmagan miqdorda). Shu bilan birga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga baholash va auditorlik xizmatlarining, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining tegishli xizmatlari xulosalari va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tegishli tuman boʻlinmasining maʼlumoti tadim etiladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
28. Komissiya oʻz ishlari natijalari boʻyicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarilgan yoki bajarilmagan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida asoslangan qaror qabul qiladi.
Investor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarishda biznes-rejadan va shartnoma shartlaridan chetga chiqilganda, agar ushbu chetga chiqish iqtisodiy jihatdan asoslangan boʻlsa va investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning maqsadlari va summasiga taʼsir koʻrsatmasa, shuningdek investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishdagi qoloqlikning oʻrnini toʻldirish va investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun penya toʻlash yuzasidan yozma kafolatlar mavjud boʻlsa, Komissiya investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarilgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish shartnomasi boʻyicha (shartnoma tuzish kunida investitsiya majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha kamida 1 000 000 AQSH dollarini tashkil etgan) Komissiya xaridorning yozma murojaati asosida Davlat komissiyasiga investitsiya majburiyatlari miqdorini oʻzgartirish (kamaytirish) yuzasidan taklif kiritishga haqli, bunda quyidagilar boʻyicha majburiyatlar albatta bajarilishi kerak:
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
ish oʻrinlari yaratish (ularni koʻpaytirish);
sanoat mahsulotini shartnomada nazarda tutilgan hajmda ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yoʻli bilan investitsiyalash obyektining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash;
atrof muhitni muhofaza qilish normalarini taʼminlash.
Bunda investitsiyalar miqdori investitsiya majburiyatlarining eng kam miqdorigacha kamaytirilishi mumkin, investitsiya majburiyatlarining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Komissiya ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartnoma boʻyicha xaridorlarning murojaatlarini ikki oy muddatda koʻrib chiqadi va ishchi organga bayonnoma bilan rasmiylashtirilgan qarorni yuboradi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Bunda Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi axborot Komissiya bayonnomasi rasmiylashtirilgandan keyin besh ish kuni mobaynida xaridorga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ishchi organ besh ish kuni mobaynida Komissiyaning investitsiyalar kiritish shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorini koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasiga kiritadi.
Davlat komissiyasi qabul qilgan qaror toʻgʻrisidagi axborot ishchi organ tomonidan xaridorga yetkaziladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Davlat komissiyasi tomonidan investitsiya majburiyatlari miqdorini oʻzgartirish (kamaytirish) toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Komissiya sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi shartnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qoʻshimcha kelishuv tuzilishi haqida qaror qiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Komissiya qarori uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Komissiyaning u qabul qilgan qarorga rozi boʻlmagan aʼzosi oʻz fikrini yozma ravishda bayon qilish va uni bayonnomaga ilova qilish huquqiga ega.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
34. Komissiya tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar toʻliq hajmda bajarilgan deb eʼtirof etilgan taqdirda sotuvchi xaridorga sotib olingan davlat mulki obyektlarini tasarruf etish huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat mobaynida quyidagi harakatlardan birini amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
koʻrsatib oʻtilgan qaror qabul qilingan kundan boshlab xaridorning xizmat koʻrsatuvchi vositachisiga xaridor sotib olgan aksiyalarni blokirovkadan chiqarish yuzasidan topshiriqnoma taqdim etadi;
(34-bandning ikkkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
xaridor tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav fondidagi ulushga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi berilgan sertifikatning asl nusxasi taqdim etilgandan keyin xaridorda u sotib olgan ulushni tasarruf etish huquqi paydo boʻlganligi toʻgʻrisidagi yozuvni qayd etadi;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
Oldingi tahrirga qarang.
xaridor tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderining asl nusxasi taqdim etilgandan keyin “tasarruf etish huquqi bilan” yozuvini kiritadi.
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
35. Komissiya tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda sotuvchi shartnomaga muvofiq qaror qabul qiladi va besh ish kuni mobaynida xaridorni oʻz qarori toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
VII. Xaridorning shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi
36. Xaridor tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda sotuvchi:
xaridorga sotib olish toʻlovlarini kiritish muddatlarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari mavjudligi va (yoki) shartnomada tegishli axborot taqdim etish nazarda tutilgan muddatlarda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish toʻgʻrisida yozma talabnoma (bildirishnoma) joʻnatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
sotib olish toʻlovlarini kiritishning har bir oʻtkazib yuborilgan kuni uchun kechiktirilgan toʻlov summasi 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya hisoblab yozadi;
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
shartnoma shartlariga muvofiq xaridordan jarima ushlab qoladi;
agar xaridor tomonidan shartnomada nazarda tutilgan muddat oʻtgandan keyin uch oy mobaynida sotib olish toʻlovlari va (yoki) investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning navbatdagi qismi shartnomada nazarda tutilgan hajmda kiritilmagan boʻlsa, belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqadi.
Jarimani qoʻllash miqdori va tartibi, shuningdek shartnomani bekor qilish shartlari shartnomada koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Investorning investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishning shartnomada nazarda tutilgan muddati tugaganidan soʻng uch oy davomida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida asoslangan iltimosnomasi tushgan taqdirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, davlat mulki obyektini ushbu investorga sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ va shartnomaning boshqa qatnashchilari bilan kelishgan holda, shartnomaning amal qilish muddatini bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin, bunda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishning umumiy muddati besh yildan oshib ketmasligi kerak (investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno).
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish muddatini bir yildan ortiq muddatga hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishning umumiy muddatini besh yildan koʻp muddatga uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat komissiyasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlari shartnomada belgilangan muddatda, lekin ularni kiritishning oraliq muddatlarini buzgan holda toʻliq hajmda toʻlangan taqdirda, xaridorning tegishli murojaati asosida ushbu muddat buzilgani uchun hisoblab yozilgan penya summasi sotuvchi tomonidan investitsiyaviy majburiyatlar summasiga, shartnomada nazarda tutilgan qabul qilingan investitsiyaviy majburiyatlarga qoʻshimcha sifatida, ularni bajarish muddatini uzaytirmasdan oʻtkazilishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 837-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129)
VIII. Yakunlovchi qoida
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 158, 216-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulki obyektlarini tanlov savdolarida sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
“Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Axborot tizimlaridan olinadigan maʼlumot

Vazirlik va idoralar nomi

1.

Investorlar tomonidan sotilgan davlat aktivlarida amalga oshirilayotgan loyihalari doirasida kiritilgan investitsiyalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2.

Investorlarning tadbirkorlik faoliyatidagi iqtisodiy parametrlari hamda ishlab chiqarish va eksport hajmlari toʻgʻrisida axborot

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

3.

Investorlar tomonidan shartnoma amal qilish davrida yaratilgan yangi ish oʻrinlari soni

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

4.

Investorlar tomonidan chet davlatlardan olib kirilgan import tovarlari (asbob-uskuna, texnologiya, xomashyo va materiallar) toʻgʻrisida bojxona yuk deklaratsiyalari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

5.

Investorlarning taʼsischilari,ulush miqdori hamda ularning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumot

Adliya vazirligi

Investorlarning aksiyadorlari, aksiya paketlari miqdori hamda ularning oʻzgarishi toʻgʻrisida maʼlumot

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ

6.

Sotilgan davlat koʻchmas mulki hududida bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga, shuningdek qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 6-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 37-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 54-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qarori)” 2007-yil 12-sentabrdagi 192-son qarori qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 9-son, 52-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qarori 1-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshi hamda 1 — 3-ilovalar, shuningdek qarorga 6-ilovaning 2, 3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 8-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmoni)” 2012-yil 29-maydagi 149-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 37-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-son Farmoni)” 2012-yil 20-iyundagi 177-son qaroriga ilova 2-bandining “a” va “g” kichik bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 45-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmoni)” 2012-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 92-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 34-bandining “b” kichik bandi, 53-bandi, 65-bandining “a”, “b” va “v” kichik bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 41-son, 506-modda; 2015-y., 21-son, 270-modda, 39-son, 507-modda; 2017-y., 13-son, 207-modda, 15-son, 252-modda, 25-son, 543-modda; 33-son, 863-modda; 18.10.2017-y., 09/17/837/0129; 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son, 09/17/915/0259-son; 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son; 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son, 14.02.2022-y., 09/22/71/0129-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)