1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlish tartibini belgilab beruvchi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 359-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2027-yil 12-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tranzit yoʻlovchilarni davolash uchun tashish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.63.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika taʼminoti va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarda foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-oktabr,
472-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida davlat nazorati ostida boʻlishi kerak boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibini belgilab beradi.
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlashda quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi:
aholining har 1000 kishisiga giyohvandlik vositalariga boʻlgan cheklangan bir yillik umumiy ehtiyoj (tibbiy va ilmiy maqsadlar uchun giyohvandlik vositalari sarfining cheklangan ruxsat etilgan normalariga binoan grammlarda 1-ilovaga muvofiq hisoblab chiqiladi);
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
davolash-profilaktika muassasalari boʻyicha giyohvandlik vositalariga boʻlgan ehtiyoj (2-ilovaga muvofiq hisoblab chiqiladi);
ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga boʻlgan ehtiyoj (3-ilovaga muvofiq hisoblab chiqiladi).
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
3. Respublikaning barcha davolash-profilaktika muassasalari har yili tibbiyot maqsadlarida foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga keyingi yilga boʻlgan ehtiyojni hisoblab chiqadilar hamda oʻz buyurtmanomalarini giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan yigʻma ehtiyojni shakllantirish uchun sogʻliqni saqlash hududiy organlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi deb ataladi) taqdim etadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
3-bandga kiritilgan oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga, shuningdek quyidagilar kiritiladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
4-bandning birinchi xatboshisiga kiritilgan oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa vazirliklar va idoralarning, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga hisoblab chiqilgan ehtiyoji;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa oʻquv yurtlari, nazorat-tahlil laboratoriyalari, davolash-profilaktika muassasalari laboratoriyalarining ilmiy maqsadlari uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga boʻlgan ehtiyoj.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
5. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan yigʻma ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari tomonidan aniqlanadi, Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi tomonidan umumlashtiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
5-bandga kiritilgan oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi ehtiyojlari uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga boʻlgan yigʻma ehtiyojni aniqlaydi, hamda BMTning 1961-yilgi giyohvandlik moddalari toʻgʻrisidagi Yagona konvensiyasi va 1971-yilgi psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablariga muvofiq uni BMTning giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Xalqaro Qoʻmitasiga tasdiqlash va kvota ajratish uchun yuboradi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
6-bandning birinchi xatboshisiga kiritilgan oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.03 Giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash]
Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Xalqaro Qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga boʻlgan kvota tasdiqlangandan keyin giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasi bilan bogʻliq faoliyatga litsenziyaga ega boʻlgan yetkazib beruvchilar bilan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yetkazib berishga shartnomalar tuziladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
6-bandning ikkinchi xatboshisiga kiritilgan oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mahsulot ishlab chiqarish uchun prekursorlarga boʻlgan ehtiyoj korxona tomonidan navbatdagi yil uchun ishlab chiqilgan hamda korxonaning yuqori tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (yuqori turuvchi tashkilot mavjud boʻlmagan taqdirda) bilan kelishilgan prognoz makroiqtisodiy balansga muvofiq sarflashning belgilangan normalaridan kelib chiqib 4-ilovaga binoan aniqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
8. Prekursorlarni kimyoviy reaktivlar foydalanilganda yillik ehtiyoj korxona rahbarining texnika boʻyicha oʻrinbosari (bosh muhandis) tomonidan tasdiqlanadigan ishlab chiqarishni tahliliy nazorat qilish jadvalidan kelib chiqib aniqlanadi. Jadvalda bir tahlil uchun reaktiv sarfi normasi, bir yildagi tahlillar soni va qanday tahlillarda mazkur prekursor qoʻllanilishi aks ettiriladi (5-ilova).
9. Ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalaniladigan prekursorlarga boʻlgan yillik ehtiyoj bir tahlil uchun reaktiv sarfi normasi, bir yildagi tahlillar soni va mazkur prekursor qoʻllaniladigan tahlillarning oʻziga xosligi hisobga olingan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan prekursorlarga boʻlgan yillik ehtiyoj oldingi yillardagi isteʼmol darajasi boʻyicha statistik usul bilan aniqlanadi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
10. Prekursorlardan xom ashyo yoki materiallar sifatida foydalanilgan ushbu korxona yoki tashkilot uchun yangi boʻlgan hamda ilgari makroiqtisodiy balanslarda koʻzda tutilmagan mahsulotni ishlab chiqarishda prekursorlarga boʻlgan ehtiyoj yangi mahsulotning texnik reglamentlarga yoki standartlarga va mazkur Nizomga muvofiq aniqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
11. Prekursorlarga keyingi yilga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisidagi maʼlumotlar idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan yuqori tashkilotlarga yuboriladi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga va Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga taqdim etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
11-bandga kiritilgan oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Tibbiy va ilmiy maqsadlar uchun giyohvandlik vositalari sarfining cheklangan ruxsat berilgan normalari
(aholining har 1000 kishisiga bir yilda grammlarda)
1.
Morfin gidroxlorid
0,3
2.
Promedol (trimeperidin)
5,0
3.
Omnopon
0,3
4.
Kokain
0,2
5.
Dionin (etilmorfin)
0,1
6.
Estotsin gidroxlorid
0,3
7.
Kodein
70,3
8.
Opiy
833,3
9.
Fentanil
0,006
Izoh: Barcha dori turlarining sof taʼsir qiluvchi moddasiga qayta hisoblash yoʻli bilan meʼyorlari belgilangan, shu bilan bogʻliq holda normativ boʻyicha hisoblab chiqilgan ehtiyoji bilan buyurtmanomalarni taqqoslashda mazkur moddalar saqlovchi barcha dori turlari sof moddaga nisbatan qayta hisoblanishi kerak.
Viloyatning giyohvandlik vositalariga hisoblab chiqilgan ehtiyoji quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: P=N X Ch/100;
bunda, P – ushbu dori vositasining bir yilga moʻljallangan maksimal ruxsat etilgan miqdori;
N – ushbu dori vositasining bir yilga 1000 ta kishiga moʻljallangan isteʼmol normativi;
Ch – mintaqaning aholi soni.
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Davolash-profilaktika muassasalari uchun giyohvandlik vositalariga boʻlgan ehtiyoj normativlari
Bir yilda bir oʻringa
Giyohvandlik vositalari nomi
Morfin gidroxlorid 1%-1,0
Omno-pon 1%-1,0
Omno-pon 2%-1,0
Prome-dol 1%-1,0
Pro-medol 2%-1,0
Quruq mor-fin-simon prepa-ratlar yigʻin-disi
Fen-tanil 0,005 %-2,0
Pro-medol kukuni
Prome-dol tablet-kasi
Esto-sin tab-let-kada 0,015 №10
Etil-mor-fin gidro-xlo-rid (sof modda)
Kode-in, uning tuz-lari
Tarki-bida yoʻtal-ga qarshi kode-in bor boʻlgan tablet-kalar
Ko-kain gid-ro-xlo-rid
Bup-renor-fin 0,3 mg
Bup-renor-fin 0,6 mg
Fort-ral (Pen-tazo-sin)
Oʻlchov birligi
Amp.
Amp.
Amp.
Amp.
Amp.
Amp.
Amp.
Gr.
Qad.
Qad.
Gr.
Gr.
Qad.
Gr.
Amp.
Amp.
Amp.
1. Terapevtik .
3,0
0,5
2,0
0,5
5,0
11,0
0,4
0,25
1,5
0,6
0,5
0,2
5,0
—
—
—
0,5
2. Gastroenterologik
3,0
—
0,5
0,5
5,5
9,5
1,0
—
0,5
—
—
—
2,0
—
—
—
0,5
3. Kardiologik
1,0
0,5
1,5
0,5
5,5
9,0
1,5
—
1,0
—
2,0
—
1,0
—
—
—
0,5
4. Pulmonologik
1,0
1,0
2,0
1,0
6,0
11,0
0,5
—
—
—
0,06
0,2
4,0
—
—
—
1,0
5. Allergologik
—
—
—
—
1,0
1,0
—
—
—
—
—
—
1,0
—
—
—
—
6. Endokrinologik
—
—
0,6
—
1,0
1,6
3,0
—
—
—
0,01
—
0,1
—
—
—
—
7. Nefrologik
3,0
—
0,5
0,5
5,5
9,5
1,0
—
0,5
—
—
—
1,5
—
—
—
0,5
8. Revmotologik
2,5
2,0
12,0
4,0
36,0
56,5
5,0
—
0,5
—
0,3
—
1,5
—
—
—
4,0
9. Profpatologik
1,0
1,0
2,0
0,5
6,0
10,5
—
—
—
—
0,06
0,2
3,0
—
—
—
0,05
10. Jarrohlik
6,0
1,5
8,5
7,0
58,0
81,0
6,0
0,4
10,0
0,2
0,4
0,3
6,0
0,04
3,0
3,0
7,0
11. Travmotologik
3,0
1,0
5,0
3,0
21,0
33,0
2,0
—
0,5
—
0,5
—
3,0
0,03
—
—
3,0
12. Ortopedik
—
—
0,2
1,0
4,0
5,2
—
—
—
—
—
—
—
—
—
—
1,0
13. Urologik
5.0
0.5
5.0
4.0
31.0
45.5
7.0
0.3
—
—
0.07
0.2
3.0
—
—
—
4.0
14. Torakal jarrohlik
2.0
—
5.0
20.0
150.0
177.5
5.0
—
—
0.2
—
—
5.0
—
—
—
20.0
15. Kuyganlik
9.5
3.0
13.0
15.0
115.0
155.0
11.0
0.6
4.0
0.2
0.3
0.5
5.0
0.5
—
—
15.0
16. Reanimatsion
9.0
1.0
10.0
20.0
145.0
185.0
100.0
—
—
—
—
—
—
—
—
—
20.0
17. Infeksion
2.0
3.0
2.0
31.0
5.0
43.0
0.2
—
1.0
—
0.3
—
7.5
—
—
—
31.0
18. Homilador va tuqqan ayollar uchun
4.0
0.5
1.0
6.0
4.0
15.5
1.0
—
1.0
—
0.25
—
1.0
—
—
—
6.0
19. Homiladorlik potologiyalari
—
—
—
—
0.5
0.5
—
—
—
—
—
—
0.1
—
—
—
—
20. Ginekologik.
3.0
2.5
9.0
2.5
14.0
31.0
4.0
—
7.0
0.9
0.05
—
1.5
—
—
—
2,5
21. Nevralogik
0,5
—
0,5
2,0
1,0
4,0
0,6
0,3
—
—
0,45
0,6
1,5
0,03
—
—
2,0
22. Psixiatrik
0,2
—
—
—
0,2
0,4
—
—
—
—
0,15
0,4
0,1
—
—
—
—
23. Oftolmologik
0,3
0,5
0,5
0,5
4,0
5,8
1,0
0,3
—
0,2
0,7
—
1,5
0,2
—
—
0,5
24. Otolarin-gologik
2,0
—
6,0
0,5
3,5
12,0
0,6
0,3
—
—
1,3
—
2,5
3,0
—
—
0,5
25.Dermovenerologik
—
—
—
—
0,1
0,1
—
—
—
—
0,1
—
4,0
—
—
—
—
26. Sil
2,0
—
1,5
1,0
2,0
6,5
—
0,1
1,2
0,2
0,35
—
4,0
0,01
—
—
1,0
27. Pediatriya
0,2
0,1
—
0,3
—
0,6
—
—
1,2
—
0,05
1,0
1,0
—
—
—
0,3
28. Onkologik
2,5
—
15,5
2,0
60,0
80,0
10,0
—
0,5
—
0,4
—
1,7
—
6,0
3,0
2,0
29. Narkologik
—
—
—
—
—
—
—
—
—
—
—
—
0,1
—
—
—
—
30. Gemotologik
2,5
2,0
12,0
4,0
36,0
56,5
5,0
—
0,5
—
0,3
—
1,5
—
—
—
—
31. Radiorentgenologik
0,5
2,5
12,0
3,0
7,0
25,0
1,0
—
0,1
—
—
—
—
—
—
—
3,0
32. Qabul boʻlimi
—
—
0,1
—
0,25
0,35
—
—
—
—
—
—
0,45
—
—
—
—
33. Qishloq hududiy kasalxonasi, shu jumladan ambulatoriyalarda
10,0
1,0
6,0
2,0
7,0
26,0
20,0
0,2
0,2
—
0,2
0,5
6,0
0,1
—
—
2,0
Yiliga 1000 ta qabul uchun
34. Poliklinikalarda va ambulatoriyalarda
2,0
0,7
0,3
1,0
2,0
6,0
—
—
0,5
—
0,2
—
2,0
0,04
—
—
1,0
35. Stomatologik poliklinikalarda
—
0,2
0,3
0,3/0,3
-/0,5
0,35/
-/1,0
—
—
—
—
—
—
0,2
—
—
0,3/0,3
36. Onkologik dispanserda
140,0
—
—
55,0
80,0
275,0
—
—
—
—
—
—
—
—
—
—
55,0
37. Sil kasalligi dispanserida
—
—
1,0
0,5
1,0
2,5
—
—
—
—
—
3,5
—
—
—
0,5
38.tez tibbiy yordam koʻrsatilgan holat uchun
14,0
—
7,0
—
39,0
60,0
2,5
—
1,5
—
—
—
—
—
—
—
—
Izoh:
Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika mussasalari uchun giyohvandlik vositalari isteʼmol meʼyorlarni oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi giyohvandlik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
umumiy ogʻriqsizlantirish bilan operatsiya qilinadigan bitta bemorga fentanil 0.005%ning sarflanadigan meyeri – 18 ampula doirasida
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga boʻlgan ehtiyoj normativlari
Foydalanish maqsadi(narkoz, bogʻliklik, stereotipiya, tirishish, sedatsiya, shartli reflekslar va boshqalar)
Bitta hayvonga yuborish usuli dozasi (v/b, qorin ichiga, v/v, p/o, v/a)
Tajriba turi
1.
Psixostimulyatorlar
Kokain
Kalamushlar (180-300g.) Sichqonlar (18-22g.)
Stereotipiya Stimulyatsiya
1-10 mg/kg p/k
Oʻtkir - 8-10ta hayvon
2.
Narkotik analgetiklar
Promedol
Sichqonlar (18-24g)
Analgezimetriya
4-13 mg/kg, v/b p/k,
Oʻtkir - 20 ta sichqon
Kalamushlar (180-400g)
Analgezimetriya
2-4 mg/kg, v/b p/k,
Oʻtkir - 20 ta kalamush
Quyonlar (2,5-3,5 kg)
Analgezimetriya
8 mg/kg, p/k
Oʻtkir - 12 ta quyon
Itlar (10-20kg)
Premedikatsiya uchun
20-40 mg, v/v, p/k bir hayvon uchun
3.
Narkotik analgetiklar
Fentanil
Sichqonlar (18-24g)
Analgezimetriya
0,03-0,2 mg/kg,
Oʻtkir - 20 ta sichqon
Kalamushlar (180-400g)
Analgezimetriya
0,06-0,1 mg/kg
Oʻtkir - 20 ta kalamush
Quyonlar (2,5-3,5 kg)
Analgezimetriya
0,02-01,1 mg/kg,
Oʻtkir - 12 ta quyon
Kalamushlar (300-550g)
Fentanil eritmasini isteʼmol qilishda jismoniy qaramlik yuzaga kelishi
oʻrtacha bir sutkada 40 ml 0,0004% har bir hayvonga
Surunakali (12 oy) 100 ta kalamush
Fentanilga tolerantlikning rivojlanishi
0,2 mg/kg, - p/k 10 kun mobaynida 0,15 mg/kg, v/b
10 kun, 20 kalamush
Kalamushlar (300-550g
Fentanilga tolerantlikning rivojlanishi
0,5-2 ml 0,005% li eritma
5-7 kun
Analgezimetriya
0,05-0,1 mg (1-2 ml 0,005% eritma)
20 ta sichqon
Sichqonlar (22-26g)
Neyroleptanalgeziya: fentanil
2,5-5 mg (1-2 ml
Itlar (10-20kg)
Droperidol
0,25% eritma)
4.
Trankvilizatorlar
Nitrazepam
Sichqonlar (18-22g)
Bogʻliqlik (tolerantlik)
10 mg/kg, v/b
Surunkali 3 oy har kuni 20 ta sichqon
Kalamush (180-300g)
Harakat mexanizmi
10 mg/kg, v/b
Surunkali 10 kun har kuni 20ta kalamush
Quyonlar (2,5-3,5 kg)
EEG tadqiqoti
10 mg/kg, v/b
Surunkali 1 oy har kuni 20 ta quyon
5.
Trankvilizatorlar
Seduksen
Sichqonlar,kalamushlar
Bogʻliqlik (tolerantlik)
10 mg/kg, v/b
Surunkali 3 oy har kuni 20 ta kalamush
Kalamushlar
Harakat mexanizmi
10 mg/kg, v/b
Surunkali 10 kun har kuni 20 ta kalamush
Quyonlar (2,5-3,5 kg)
EEG tadqiqoti
10 mg/kg, v/b
Surunkali 1 oy har kuni 20 ta quyon
6.
Trankvilizatorlar
Xlordiazepoksid
Sichqonlar,kalamushlar
Bogʻliklik(tolerantlik)
15 mg/kg, v/b
Surunkali 3 oy har kuni 20 ta hayvon
Kalamushlar
Harakat mexanizmi
15 mg/kg, v/b
Surunkali 10 kun har kuni 20 ta kalamush
Quyonlar
EEG tadqiqoti
15 mg/kg, v/b
Surunkali 1 oy har kuni 20 ta quyon
7.
Uxlatish uchun
Nembutal
Kalamushlar (180-300g)
Narkoz
50 mg/kg
tkir 10 ta kalamush
Quyonlar (2,5-3,5 kg)
Narkoz
50 mg/kg
Oʻtkir 3 ta quyon
8.
Uxlatish uchun
Geksenal
Sichqonlar (18-22g)
Giyohvandlik samarasi
70 mg/kg, v/b
Oʻtkir 10-30 ta sichqon
9.
Fenobarbital
Sichqonlar (18-22g)
Harakat mexanizmi
20 mg/kg, v/b
Surunkali 2 oy har kuni 30 ta sichqon
Kalamushlar (180-300g)
Harakat mexanizmi
20 mg/kg, v/b
Surunkali 2 oy har kuni 10 ta kalamush
10.
Psixostimulyatorlar
Fenamin
Sichqonlar (18-22g)
Stereotipiya Gipertermiya
8 mg/kg, v/b 10 mg/kg, v/b
Surunkali 3 oy har kuni 30 ta sichqon
Kalamushlar (180-300g)
Stereotipiya Gipertermiya
8 mg/kg, v/b 10 mg/kg, v/b
Surunkali 3 oy har kuni 20 ta kalamush
Kalamushlar Sichqonlar
Stimulyatsiya Stereotipiya
3-8 mg/kg, v/b
Oʻtkir 10 ta hayvon
11.
Narkotik analgetiklar
Morfin
Sichqonlar (18-24g)
Analgezimetriya
3-18 mg/kg, v/b
Oʻtkir, 20 ta sichqon
Kalamushlar (180-400g)
Analgezimetriya
6-10 mg/kg, v/b
Oʻtkir, 20 ta kalamush
Quyonlar (2,5-3,5 kg)
Analgezimetriya
1,5-10 mg/kg, v/b
Oʻtkir, 12 ta quyon
Kalamushlar (300-550g)
oʻrtacha: 30 ml, sutkasiga bir kalamushga 0,038%
Surunkali 12 oy 100 ta kalamush
Kalamushlar (300-550g)
Morfinga tolerantlikning rivojlanishi
20 mg/kg, p/k 10 kun mobaynida
10 kun, 20 ta kalamush
Sichqonlar (26g)
Morfinga tolerantlikning rivojlanishi
15 mg/kg, v/b,
5-7 kun, 20 ta sichqon
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika mussasalari uchun giyohvandlik vositalari isteʼmol meʼyorlarni oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
“Kelishilgan” Iqtisodiyot vazirligi
“Kelishilgan” Yuqori tashkilot rahbari
“Tasdiqlayman” Korxona rahbari
“____” ________________yil
“____” ________________yil
“____” ________________yil
__________________________ (korxona)
boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishi uchun prekursorlarga boʻlgan ehtiyoji
T/r
Ishlab chiqarilgan mahsulot
Xomashyoning nomi / yordamchi materiallar
Nomi (DST, TSH)
Oʻlchov birligi
200__yilga ishlab chiqarish hajmi
T/r
Nomi (DST, TSH)
Oʻlchov birligi
Sarflash normasi
Ishlab chiqarishga ehtiyoj
200__y. 1-yanvarga oʻtish qoldigʻi
200__y. 1-yanvarga normativ qoldigʻi
Qoldiqni hisobga olgan holda buyurtma berilgan ehtiyoj
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 5-ILOVA
“Kelishilgan” Iqtisodiyot vazirligi
“Kelishilgan” Yuqori tashkilot rahbari
“Tasdiqlayman” Korxona rahbari
“___ ”_______ yil
“____ ”____________ yil
“____ ”___________ yil
_____________________ (korxona)
boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishi uchun prekursorlarga boʻlgan ehtiyoji
T/r
Reaktivning nomi (DST, TSH)
Markasi
Qanday tadqiqotlarda qoʻllaniladi
Reaktivning tadqiqotlarga sarflanadigan normasi
Bir yilda oʻtkaziladigan tadqiqotlar soni
Reaktivga yillik ehtiyoj, kg
MZL mudiri
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qaroriga 2-ILOVA
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
1. Mazkur Nizom giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish tartibini belgilab beradi.
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish:
ularning yaroqlilik muddati tugaganda;
giyohvandlik vositasi, psixotrop modda yoki prekursorlar, ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik taʼsirga uchraganda;
bemorlar vafotidan soʻng ularning qarindoshlaridan foydalanilmay qolgan vosita yoki modda tariqasida qabul qilinganda;
ularning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki prekursorlarga mansubligini aniqlashning imkoni boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
3. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish yuridik shaxslar tomonidan ularda faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turiga litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
4. Onkologik bemorlar uyida vafot etgandan keyin qolgan giyohvandlik vositalaridan notoʻgʻri foydalanishning oldini olish maqsadida davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari qarindoshlar tomonidan topshirilgan foydalanilmagan retseptlar, giyohvandlik vositalari qoldiqlari va foydalanilgan giyohvandlik vositalarining boʻsh ampulalari hisobi yuritilishini tashkil etishlari zarur. Davolash-profilaktika muassasasi boʻyicha buyruq bilan hisobdan chiqarish va yoʻq qilish uchun masʼul boʻlgan shaxsga oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish, vafot etgan onkologik bemorning qarindoshlaridan foydalanilmagan retseptlar, tarkibida giyohvandlik vositalar boʻlgan dori-darmon preparatlari qoldiqlarini, boʻsh ampulalarni qabul qilishni tashkil etish vazifasi yuklanadi. Mazkur xodim ambulatoriya kartasiga yozilgan navbatdagi retsept olingan paytdan boshlab preparat sarfini taqqoslashi zarur. Topshirilgan retseptlar va preparatlar soni, ularning nomlari va dorivor shakli (ampula, tabletka, kukun) tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Jurnal mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Topshirilgan retseptlar va dorivor preparatlar yoʻq qilingunga qadar seyfda yoki metall shkaflarda saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Vafot etgan bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan foydalanilmagan giyohvandlik moddalarini va ular yozib beriladigan retseptlarni hisobga olish jurnalida vafot etgan onkologik bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan, yoʻq qilingan foydalanilmagan giyohvandlik vositalari va retseptlar, shuningdek boʻsh ampulalar soni toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Uyda vafot etgan onkologik bemorning qarindoshlari tomonidan topshirilgan kukun, tabletka, ampulalardagi giyohvandlik vositalari va foydalanilmagan retseptlar jamlanishi davomida masʼul shaxs ularni hisobdan chiqarishga tayyorlaydi va keyinchalik 5 kun ichida yoʻq qilinadi. Yoʻq qilish har oyning 30-kunidan kechikmay giyohvandlik vositalari davolash-profilaktika muassasasining giyohvandlik vositalari hisobini yuritish va sarflashni nazorat qilish boʻyicha doimiy ishlovchi komissiyasi va hududiy ichki ishlar organi vakilining ishtirokida mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq bir marta oʻtkaziladi.
Foydalanilgan giyohvandlik vositalarining boʻsh ampulalari ham masʼul shaxs tomonidan keyinchalik yoʻq qilingan holda hisobdan chiqarish uchun tayyorlanadi. Yoʻq qilish davolash-profilaktika muassasasining giyohvandlik vositalari hisobini yuritish va sarflashni nazorat qilish boʻyicha doimiy ishlovchi komissiyasi tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq dalolatnoma tuzilgan holda 10 kunda bir marta oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
5. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan hollarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish uchun ichki ishlar, sogʻliqni saqlash va atrof muhitni muhofaza qilish organlari vakillaridan iborat boʻlgan komissiya tashkil etadilar.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan, biroq ularning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan korxonalar yoki muassasalar bilan shartnomalar tuzadilar va qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda yoʻq qilinishi kerak boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ularga beradilar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish zarurati muassasa rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul shaxs tomonidan asoslanadi. Bunda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni hisobdan chiqarish va keyinchalik yoʻq qilish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarining nomi, ularning dori turlari, miqdori, dozasi, qadoqlanishi va seriya raqamlari koʻrsatilgan holda;
yoʻq qilinishi kerak boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning netto va brutto ogʻirligi;
yoʻq qilish sabablari;
yoʻq qilish uchun masʼul boʻlgan shaxs;
yoʻq qilish joyi va usuli.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlmagan yuridik shaxslar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan korxona yoki muassasa bilan tuzilgan shartnomaning tartib raqamini va uning tuzilgan sanasini koʻrsatadilar.
Buyruq nusxasi kelishish uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiy sogʻliqni saqlash organiga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiy ichki ishlar organiga;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organiga yuboriladi.
(6-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
7. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yoʻq qilish maxsus jihozlangan maydonchalarda va (yoki) maxsus tayyorlangan binolarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish ishlarini bajaruvchi xodimlar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan ishlash tajribasiga ega boʻlishlari, yoʻq qilinayotgan moddalarning fizik-kimyoviy va zaharli xossalarini hamda zararsizlantirish va yoʻq qilishda kechadigan kimyoviy reaksiyalarni bilishlari kerak.
Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
9. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda yoʻq qilinadi:
suyuq dori turlari (inyeksiya uchun ampulalar va flakonlar, miksturalardagi eritmalar, tomchilar) yanchish yoʻli bilan, keyinchalik ampula va flakonlarning ichidagi 1:100 nisbatida suv bilan aralashtirilgan va hosil boʻlgan eritma kanalizatsiyaga oqizilgan holda yoʻq qilinadi, yanchilgan ampula va flakonlarning qoldiqlari ishlab chiqarish chiqindisi yoki maishiy chiqindi sifatida oddiy tartibda chiqarib tashlanadi;
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning suvda eriydigan substansiyalari mavjud boʻlgan qattiq dori turlari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar) kukunsimon holatga kelgunga qadar maydalangandan soʻng 1:100 nisbatida suvga aralashtirilishi va hosil boʻlgan suspenziya (yoki eritma) kanalizatsiyaga oqizilishi kerak;
suvda erimaydigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning substansiyalari mavjud boʻlgan qattiq dori turlari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar), yumshoq dori turlari (surtma, suppozitoriylar), giyohvandlik vositalarining transdermal turlari, shu jumladan foydalanilganlari ham, shuningdek farmatsevtika substansiyalari yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Yoqilishi kerak boʻlgan dorivor vositalar mavjud yonuvchi suyuqlikka yaxshi hoʻllangan holda qogʻozga oʻraladi, tunuka patnisga joylashtiriladi va tutun tortadigan javon ichida yoqiladi (agar binoning ichida yoʻq qilinsa) yoki gulxanda yoqiladi (agar maydonchada yoʻq qilinsa). Kul 4-klassli xavfli modda sifatida chiqarib tashlanadi yoki oddiy tartibda koʻmib tashlanadi.
10. Texnik koʻrsatkichlarga koʻra sanoat ishlab chiqarishi tarmoqlarida, laboratoriya tadqiqotlarida va boshqalarida qoʻllanilmagan prekursorlarni yoʻq qilish normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilishda komissiya tomonidan dalolatnoma tuziladi (mazkur Nizomga 5-ilova), unda quyidagilar koʻrsatiladi:
dalolatnoma tuzilgan sana va joy;
yoʻq qilishda qatnashgan shaxslarning ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
yoʻq qilish asoslari;
yoʻq qilinadigan giyohvandlik vositasi, psixotrop modda va prekursorning nomi (dori turi, dozasi, oʻlchov birligi, seriyasi koʻrsatilgan holda) va miqdori, shuningdek saqlangan idish va oʻram turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yoʻq qilish usuli.
Dalolatnomaning nusxalari soni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilishda ishtirok etgan tomonlar soni bilan belgilanadi.
12. Ularga nisbatan yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni keyinchalik foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
13. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar yoʻq qilinishi uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning tegishli turlariga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning rahbarlari javob beradi.
Giyohvanlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1- ILOVA
Uyida vafot etgan onkologik bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan foydalanilmagan giyohvandlik vositalari va foydalanilmagan retseptlarni hisobga olish
JURNALI
T/r
Tushgan sanasi
Bemorning ismi, familiyasi va otasining ismi manzili, ambulatoriya kartasi raqami
Giyohvandlik preparatlar va retseptlarning umumiy miqdori
Giyohvandlik vositasining seriyasi va retseptlarning raqami
Topshirilgan giyohvandlik vositalari-ning nomi
Ampulalar, kukunlar, tabletkalar va retseptlar miqdori
Topshiruv-chining familiyasi va imzosi
Qabul qiluvchining familiyasi va imzosi
Yoʻq qilin-ganligi toʻgʻrisida belgi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Uyida vafot etgan bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan giyohvandlik vositalarini yoʻq qilish toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
“TASDIQLAYMAN”
Rahbar _____________ (Imzo)
M.Oʻ. “___” _____200_ y.
Uyida vafot etgan bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan giyohvandlik vositalarini yoʻq qilish toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
Komissiya (besh kishidan kam boʻlmagan) tarkibi
Komissiya aʼzolari __________________________________________________ (F.I.O, lavozimi)
Dalolatnoma tuzilgan joy ________________________________________
Sana, oy, yil ____________________________________________________
__________________________________________________ nomi (giyohvandlik vositasi, psixotrop modda, prekursor, dori turi, dozasi, oʻlchov birligi, seriyasi)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tranzit yoʻlovchilarni davolash uchun tashish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
1. Mazkur Nizom tranzit yoʻlovchilarni davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tashish hamda foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit (transfer) oʻtuvchi bemorlar davolanish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish toʻgʻrisida” 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan, II Roʻyxat va III Roʻyxatga kiritilgan, Oʻzbekiston Respublikasida Davlat nazoratida boʻlgan quyidagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni oʻzlari bilan olib oʻtishlari mumkin:
LexUZ sharhi
2-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
yetti kun qabul qilishga moʻljallangan dozadan ortiq boʻlmagan miqdorlarda giyohvandlik vositalari;
15 kun qabul qilishga moʻljallangan dozadan ortiq boʻlmagan miqdorlarda psixotrop moddalar.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
3. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan bemorlar Davlat chegarasidan oʻtish chogʻida kirish punktida oʻzlarida mavjud giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar toʻgʻrisida deklaratsiya toʻldirishlari hamda:
bemor yashagan mamlakatning tibbiyot muassasalari tomonidan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddaning nomi, uning dori turi, vrach tomonidan tayinlangan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddasini qabul qilish va davomiylik muddati koʻrsatilgan hujjati (davolovchi vrach xulosasi)ni;
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar sotib olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatini (retsept nusxasi);
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni bojxona organlariga koʻrsatishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini hamda bemorda boʻlgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning nomiga va miqdoriga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
4. Yoʻlovchilarda tibbiy hujjatlarda koʻrsatilgan hamda bojxona organiga maʼlum qilingan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning miqdori ortiq boʻlgan taqdirda, ortiqcha giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar olib qoʻyiladi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida deklaratsiya toʻldirmagan yoki yashirin holda tashigan taqdirda qonunbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligiga muvofiq sanksiyalar qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
4-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
5. Agar bemor Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qoʻshimcha sotib olish lozim boʻlsa, unda ular Oʻzbekiston Respublikasida berilgan retsept asosida beriladi.
6. Retseptlar vrach koʻrigidan oʻtib giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar zaruriyati sabab boʻlgan kasallik tashxisi tasdiqlangandan keyingina beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Tranzit tarzida oʻtuvchi shaxs roʻyxatdan oʻtgan joydagi hududiy tibbiy muassasalarining vrach-mutaxassislari tomonidan yoxud tranzit tarzid oʻtuvchi yoʻlovchilar kasalligi boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalar vrachlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
7. Retseptlar qabul qilingan qoidalarga muvofiq belgilangan namunadagi blankalarga yozib beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
8. Yozib berilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bevosita tranzit tarzida oʻtuvchi bemorlar tomonidan oʻz mablagʻi hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining tegishli dorixona muassasalaridan sotib olinadi.
9. Davlat chegarasida chiqish punktidan oʻtish vaqtida bemorlar:
Oʻzbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kirish yoki uning hududida sotib olish qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni (vrach xulosasi va retsept nusxasi);
bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning qoldigʻini bojxona organlariga koʻrsatadilar.
LexUZ sharhi
9-bandning uchinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qaroriga 4-ILOVA
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
1. Mazkur Nizom ilmiy va oʻquv maqsadlarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibini belgilab beradi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
2. Ilmiy tekshirish institutlari, laboratoriyalar, oʻquv yurtlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan tegishli faoliyat turiga litsenziyasi mavjud boʻlgan holda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarda foydalanadilar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
3. Ilmiy-tekshirish institutlari, laboratoriyalar, oʻquv yurtlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ilmiy-tadqiqot ishlarining tasdiqlangan tematik rejasiga muvofiq miqdorlarda, oʻquv yurtlari esa – oʻquv dasturlarida koʻzda tutilgan amaliy-laboratoriya mashgʻulotlari uchun hamda ilmiy-tadqiqot ishlarning tasdiqlangan tematikasini bajarish uchun zarur boʻlgan miqdorlarda sotib oladilar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
4. Ilmiy-tekshirish institutlarida, laboratoriyalarda, oʻquv yurtlarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan mazkur Nizomda keltirilgan talablarga rioya qilgan holda foydalanadilar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
5. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida, laboratoriyalarda, oʻquv yurtlarida giyohvandlik vositalari alohida jihozlangan xonalarda, seyflarda, psixotrop moddalar esa – metall shkaflarda saqlanadi. Xona alohida signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlib, binoning tashqi tomoniga qattiq ovozli (sirenali) qoʻngʻiroq oʻrnatilgan va yaqindagi qoʻriqchi (qorovul) postiga ulangan boʻlishi kerak.
6. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlanadigan xonalar derazalarida diametri 15 mm dan kam boʻlmagan temir simli panjara boʻlishi kerak. Temir panjara simlari kesishgan joyda har biri 150x150 mm dan katta boʻlmagan kataklar hosil qilib payvandlanadi. Panjara simlarining uchi devordagi 80 mm dan kam boʻlmagan chuqurlikka oʻrnatiladi va beton bilan qotiriladi. Xonaning eshigi soz boʻlishi, eshik qutisiga yaxshi moslashtirilgan, yoʻgʻon, qalinligi 40 millimetrdan kam boʻlmagan, eshikning ichki yuzasiga temir tunukaning chetlari qaytarilgan holda ikki tomonlama temir tunuka bilan qoplangan holda yoki butun metalldan yasalgan boʻlishi kerak. Eshikda qulflar soni 2 tadan kam boʻlmasligi, shundan bittasi oʻyma qulf boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
7. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlanadigan xonalar, seyflar ish kuni tugagandan keyin qulflanishi, muhrlanishi yoki plombalanishi kerak. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlanadigan xonalar va seyflarning kalitlari, shuningdek muhr yoki plombir muassasa boʻyicha buyruq bilan ushbu vositalarni saqlash uchun vakolatlangan moddiy javobgar shaxsda boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.16.00 Boshqa masalalar]
8. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va ularning hujjatlari saqlanishi hamda ishlarini toʻgʻri tashkil etish uchun javobgarlik muassasa rahbariga yoki uning oʻrinbosariga yuklatiladi.
9. Oʻquv yurtlarida talabalar bilan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishga berilgan giyohvandlik vositalaridan toʻgʻri foydalanish uchun talabalar bilan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishga masʼul boʻlgan oʻqituvchi javob beradi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
10. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar kelib tushganda muassasa rahbari yoki uning oʻrinbosari olingan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning ilova qilingan hujjatlarga mosligini shaxsan tekshirishi va hududiy ichki ishlar organiga axborot berishlari shart.
11. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar zaxiralari saqlanadigan xonaga kirishga bevosita ular bilan ishlaydigan muassasaning buyrugʻi bilan rasmiylashtirilgan shaxslarga ruxsat beriladi.
12. Joriy ishlar uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar faqat muassasa rahbari yoki uning oʻrinbosarining yozma farmoyishiga binoan laboratoriya (boʻlinma, boʻlim, kabinet, kafedra) mudiri imzolagan talabnoma boʻyicha unda ushbu giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olayotgan shaxsning familiyasi va lavozimi koʻrsatilgan holda beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
13. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni berishdan oldin uning saqlanishi uchun javobgar shaxs, berish uchun asoslarni hamda ilova qilinayotgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini shaxsan tekshirishi va undan keyin talabnoma nusxasiga imzo qoʻyishi shart.
14. Ilmiy va oʻquv maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ashyoviy miqdor boʻyicha hisobda turadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning hisobi raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va yuqori tashkilot rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan ilova qilinayotgan shakldagi (1-ilova) alohida kitobda yuritiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.16.00 Boshqa masalalar]
15. Har bir oyning birinchi sanasida ilmiy-tadqiqot muassasalarida, laboratoriyalar va oʻquv yurtlarida ular ixtiyorida boʻlgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inventarizatsiyadan oʻtkaziladi va balans tuziladi. Meʼyoridan ortiqcha sarflanganligi toʻgʻrisida balansda tafovut aniqlangan yoki oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari bilan balans maʼlumotlari mos kelmagan taqdirda, masʼul shaxs bu toʻgʻrida ularni aniqlagandan keyin uch kun muddatda ichki ishlar boʻlimiga xabar beradi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar oʻgʻirlangan taqdirda, masʼul shaxs zudlik bilan hududiy ichki ishlar boshqarmasi organlariga va oʻzining yuqori tashkilotiga xabar berishi shart.
16. Tekshirishlar tamom boʻlgandan keyin giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar namunalari qoldiqlari mavjud boʻlgan taqdirda, ularni muassasada saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxsga beriladi va ular boshqa laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish uchun foydalanishi mumkin. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar namunalari qoldiqlarining yaroqlilik muddati tugagandan keyin belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
17. Ilmiy-tekshirish institutlari, laboratoriyalari, oʻquv yurtlari tomonidan ilmiy va oʻquv maqsadlarda qoʻllaniladigan prekursorlar, ularning saqlanishini taʼminlovchi yongʻin muhofazasi signalizatsiyasi bilan jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
18. Laboratoriyalarda prekursorlarni saqlash, hisobga olish va oqilona foydalanish uchun masʼul laboratoriya (boʻlinma, boʻlim, kabinet, kafedra) mudiri hisoblanadi. Omborlarda prekursorlarni saqlanishi uchun moddiy javobgar shaxs (ombor mudiri) masʼul hisoblanadi.
19. Ilmiy-tekshirish institutlari, laboratoriyalar, oliy oʻquv yurtlari omborlarida ilmiy, tahliliy va diagnostik maqsadlarda qoʻllaniladigan prekursorlar, raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, tashkilot rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan (2-ilova) maxsus kitobda ashyoviy - miqdor sifatida hisobda turishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
20. Har oyning birinchi sanasida belgilangan tartibda prekursorlar xatlovdan oʻtkaziladi va balans tuziladi. Balansda sarf qilish normasidan tafovut aniqlanganda yoki oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari balans maʼlumotlariga mos boʻlmagan taqdirda, muassasa rahbari uni aniqlagandan keyin uch kun muddat ichida bu toʻgʻrida yuqori tashkilotiga va ichki ishlar organlariga xabar beradi.
21. Tayyor dori vositalari hisoblangan prekursorlar, metall shkaflarda saqlanishi kerak.
22. Tez alangalanuvchi prekursorlar tiqin tiqilgan, chidamli shisha yoki metall idishda saqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.16.00 Boshqa masalalar]
23. Prekursorli katta butillar, ballonlar va boshqa yirik idishlar balandligi bir qatorda boʻlgan stellaj tokchalarda saqlanishi kerak, ularning balandligi har xil boʻlgan qatorda saqlanishi taqiqlanadi. Isituvchi priborlar oldida bu moddalarni saqlashga ruxsat berilmaydi. Stellajdan yoki shtabeldan isituvchi elementgacha boʻlgan masofa 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
24. Laboratoriyalarda tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar ichi asbest yoki shisha tola bilan qoplangan metall qutilarda saqlanishi lozim va uning ichki tomoniga laboratoriya mudiri imzolagan saqlanayotgan moddalar roʻyxati yopishtirilgan boʻlishi kerak, idishlar uchdan ikki qismidan koʻp boʻlmagan hajmda toʻldirilishi kerak. Quti qopqogʻining tashqi tomonida “Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar” yozuvi boʻlishi kerak, quti qulf bilan yopilishi kerak.
25. Tez alangalanuvchi va yonuvchi prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa sulfat va azot kislotalar), siqilgan va suyultirilgan gazlar, yonuvchan moddalar (oʻsimlik yogʻi, oltingugurt, bogʻlovchi materiallar), shuningdek organik moddalar hamda xavfli portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi (kaliy xlorat, kaliy permanganat, kaliy xromat va boshqalar) noorganik tuzlar bilan birgalikda saqlanishiga ruxsat berilmaydi.
26. Prekursorlar bilan muomalada (qadoqlash, tashish, tushirish va boshqalar) boʻlganda ehtiyotkorlikka rioya etilishi, shuningdek doimiy ravishda idishning holati, uning germetik zich yopilganligi va butunligi kuzatib borilishi zarur. Idishning nuqsoni va yaroqsizligi aniqlangan taqdirda zudlik bilan uni tuzatish choralari koʻrilishi yoki undagi moddani boshqa butun idishga joylashtirilishi kerak.
27. Bochkaning qopqogʻini zarba vaqtida uchqun bermaydigan yumshoq metalli instrument bilan boʻshatish va burab mahkamlashga ruxsat beriladi.
Bochkalar saqlash xonalariga yumalatib tashilganda va ularni yuklashda bochkaning urilishi va uchqun paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Toʻkilgan suyuqlik zudlik bilan yoʻqotilishi kerak.
28. Ayrim tez alangalanuvchi va yonuvchi prekursorlar (etil efiri va boshqalar) saqlanish vaqtida suyuqlikning alangalanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan statik elektr, uchqun hosil qilish xususiyatlariga egadir. Shuning uchun bunday suyuqliklarni omborda qadoqlash, yongʻindan himoyalanish vositalari bilan jihozlangan va ventilyatsiyasi boʻlgan alohida xonalarda amalga oshirilishi kerak. Ularni metall idishlarga quyishda va qadoqlashda yerga ulangan sim boʻlishi kerak.
29. Havoda bu moddalarning bugʻlari hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun prekursor saqlanadigan idishlar (shtanglaslar, tunuka barabanlar, shisha idishlar va shu kabilar) mahkam yopilishi kerak.
30. Etil efiri qorongʻi salqin joyda (olovdan va isitish priborlaridan uzoqda) korxona tomonidan chiqarilgan idishda saqlanadi. Etil efiri bilan ishlash vaqtida silkitish, zarba berish, ishqalanish va shu kabilarga ruxsat etilmaydi.
31. Kaliy permanganat chang, oltingugurt, organik yogʻlar, efir, spirt, glitserin, organik kislotalar va boshqa organik moddalar bilan oʻzaro taʼsiri vaqtida tez portlaydi. Uni maxsus boʻlmada tunuka barabanlarda, dorixonalarda esa – qopqoqlari mahkam yopiladigan shtanglaslarda yuqorida koʻrsatilgan vositalardan alohida saqlash kerak. Tez alangalanuvchi va yonuvchi moddalar bilan birgalikda saqlashga ruxsat etilmaydi. Kaliy permanganatli tunuka barabanlar va shtanglaslar oʻz vaqtida ehtiyotkorlik bilan ishqalanishga yoʻl qoʻymasdan changdan tozalanadi.
32. Sulfat kislotasini saqlashda yogʻoch-taxta, poxol va boshqa kelib chiqishi organik moddalar bilan ularning yaqin turmasligi chora-tadbirlari koʻrilishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
33. Laboratoriya xonalarining yongʻin xavfsizligini baholash unda saqlanayotgan va foydalanayotgan kimyoviy moddalarning portlovchi va yongʻindan xavfli xususiyatlariga asoslaniladi. Yongʻindan xavfli hisoblangan xonalar oʻt oʻchirgich bilan taʼminlanishi kerak. Oʻt oʻchirgich laboratoriyaning har bir xonasida boʻlishi kerak. Bundan tashqari, har bir laboratoriyada prekursorlarni oʻchirishda foydalaniladigan quruq qumli quti boʻlishi kerak.
34. Prekursorlar bilan ishlashga ruxsati boʻlgan xodim texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishgan boʻlishi kerak.
Ilmiy va oʻquv maqsadlarda giyohvanlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ilmiy-tekshirish institutlarida, laboratoriyalarda va oʻquv yurtlarida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni hisobga olish kitobi
KIRIM
CHIQIM
Imzo
Olingan sana
Olingan joyi va hujjatning raqami
Miqdori
Moddiy javobgar shaxsning F.I.O. va imzosi
Berilgan sana
Kimga berilgan F.I.O.
Sarf qilingan (maqsadi)
Sarf qilingan miqdori
Berdim
Oldim
Qoldiq
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Ilmiy va oʻquv maqsadlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ilmiy-tekshirish institutlarida, laboratoriyalarda va oʻquv yurtlarida prekursorlarni hisobga olish kitobi