|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.11.2005
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORXONALAR BANKROTLIGI VA SANATSIYASI MASALALARI BOʻYIChA HUKUMAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-sonli “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida” 2003-yil 31-yanvardagi PF-3204-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning hamda yirik korxonalarning (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) moliyaviy nobarqarorligiga va bankrotligiga olib keladigan omillarni ularning moliyaviy ahvoli monitoringi asosida aniqlash;
Vazirlar Mahkamasiga korxonalar bankrotligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, bankrotlikning oldini olish maqsadida korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati uchun qulay qonunchilik, makroiqtisodiy va investitsiya muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish;
korxonalar bankrotligini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish, ularni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrib chiqish va kelishish;
rivojlanish istiqboliga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va fermer xoʻjaliklari bankrotligini suddan oldin sanatsiyalash chogʻida ularga nisbatan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllanish orqali bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish.
3. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi ikki hafta muddatda Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hududiy komissiya toʻgʻrisidagi Nizomni, shuningdek tegishli hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-iyun,
294-son
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 31-yanvardagi PF-3204-son Farmoniga muvofiq tuzilgan.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) tuziladi.
6. Hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom va hududiy komissiyalar tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
II. Komissiyaning vazifalari
7. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning hamda yirik korxonalarning (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) moliyaviy nobarqarorligiga va bankrotligiga olib keladigan omillarni ularning moliyaviy ahvoli monitoringi asosida aniqlash;
Vazirlar Mahkamasiga korxonalar bankrotligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, bankrotlikning oldini olish maqsadida korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati uchun qulay qonunchilik, makroiqtisodiy va investitsiya muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish;
korxonalar bankrotligini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish, ularni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrib chiqish va kelishish;
rivojlanish istiqboliga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va fermer xoʻjaliklari bankrotligini suddan oldin sanatsiyalash chogʻida ularga nisbatan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllanish orqali bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish.
III. Komissiyaning huquqlari
8. Komissiya oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
suddan oldin sanatsiyalashni amalga oshirish davrida zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga, shu jumladan fermer xoʻjaliklariga budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga qarzlar boʻyicha penyalarni toʻlash muddatini kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) va hisobdan chiqarish toʻgʻrisida, shuningdek sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining pul majburiyatlariga, soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlariga moratoriy joriy etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
davlat tomonidan yordam olgan korxonalarni suddan oldin sanatsiyalash muddatini uzaytirish va muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Komissiya qaroriga koʻra tarkibi oʻzgartirilayotgan va sanatsiya qilinayotgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini va qurilishi tugallanmagan obyektlarini belgilangan tartibda konservatsiya qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Komissiya qaroriga koʻra tarkibi oʻzgartirilayotgan va sanatsiya qilinayotgan korxonalarning ijtimoiy infratuzilma obyektlarini joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga belgilangan tartibda berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Vazirlar Mahkamasiga toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) hamda jamoa xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik tartibotini boshlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
davlat yordamini olishgan yoxud mulkida davlat ulushi boʻlgan sanatsiya qilinayotgan korxonalar rahbarlarining va tashqi boshqaruvchilarining hisobotlarini eshitish;
xoʻjalik sudlariga tashqi boshqaruv rejalari bajarilmaganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni toʻxtatish va tugatish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish;
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
bankrotlikka olib kelgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish va bu toʻgʻrida qarorlar qabul qilish;
zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalariga taalluqli normativ hujjatlarni belgilangan tartibda va oʻz vakolatlari doirasida tasdiqlash;
vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar, tijorat banklari, joylardagi davlat hokimiyati organlaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni soʻrab olish, ularning Komissiya qarorlarining bajarilishi, tasarrufidagi korxonalarning zarar koʻrib ishlashiga va iqtisodiy nochorligiga olib kelgan sabablar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ni va fermer xoʻjaliklarini sanatsiyalash boʻyicha oʻz vakolatlarining bir qismini hududiy komissiyalarga berish;
hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
9. Komissiyani rais boshqaradi, u ishlarga rahbarlik qiladi, Komissiya majlislarini olib boradi, majlislar protokollarini, Komissiyaning ish dasturini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
10. Komissiya majlislari ish dasturiga muvofiq, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
11. Komissiyaning koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarori, uning uchun majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
12. Majlisda obyektiv sabablarga koʻra qatnashmayotgan Komissiya aʼzolari oʻrniga ularning vakolatli vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
13. Qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida Komissiya raisi Komissiyaning Komissiya aʼzolari bilan kelishilgan alohida masalalar boʻyicha qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.
14. Komissiya majlisini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi xabar, shuningdek Komissiya majlisiga materiallar Komissiya aʼzolariga kotib tomonidan majlisdan kamida ikki kun oldin joʻnatiladi.
V. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
15. Komissiya majlisiga materiallar ishchi organ tomonidan vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, korxonalar, shuningdek ularni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan Komissiya aʼzolari bilan birgalikda Komissiya ish rejasiga muvofiq tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Suddan oldin sanatsiyalashda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yoki sanatsiya muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorlar loyihalariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, shuningdek Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligi korxonalari boʻyicha) xulosalari (yoki protokol loyihasida ijobiy vizalar) ilova qilinishi kerak.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
17. Komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masala hujjatlarida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan materiallar (tahliliy maʼlumotnomalar, jadvallar, moliyaviy sogʻlomlashtirish biznes-rejalari, ekspert xulosalari, iltimosnomalar va shu kabilar) hamda Komissiya qarorining loyihasi boʻlishi kerak.
VI. Komissiyaning ishchi organi va kotibi Komissiyaning ishchi organi
18. Komissiyaning ishchi organi:
Komissiyaning navbatdagi davr uchun ish dasturlari loyihalarini tayyorlaydi;
Komissiyaning navbatdagi majlisiga zarur boʻlgan barcha hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi va vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, korxonalar va Komissiya aʼzolaridan zarur materiallarni va ekspert xulosalarini olish huquqiga ega boʻladi;
sanatsiyalash davrida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni soʻrayotgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish biznes-rejalarini ekspertizaga joʻnatadi;
majlislarni oʻtkazishni va korxonalarni, shirkat va fermer xoʻjaliklarini tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrib chiqish uchun Komissiya qaroriga koʻra tuzilgan ekspert komissiyasi xulosalarini tayyorlashni tashkil qiladi;
Komissiya qarorlari bilan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qiladi;
suddan oldin sanatsiyalash jarayonlari hamda Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha bankrotlik tartibotlari monitoringi axborot va tahliliy materiallarini koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi;
Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun uning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.
19. Komissiya kotibi:
Komissiya qarorlarining bajarilishi monitoringini yuritadi va uning natijalarini Komissiya majlisiga taqdim etadi;
hududiy komissiyalar faoliyatini va Komissiya qarorlari bajarilishini joylarga borgan holda oʻrganadi;
Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlashda ishchi organga koʻmaklashadi;
Komissiya aʼzolarini va taklif qilingan shaxslarni, tegishli materiallarni joʻnatgan holda, majlisning oʻtkazilish sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Komissiya protokollarini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan protokollarni Komissiya aʼzolariga va manfaatdor vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, korxonalarga joʻnatadi;
Komissiyaning ish hujjatlarini yuritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 14-yanvardagi 21-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 341-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 12-son, 99-modda; 2004-y., 7-son, 82-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda)