Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2014 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Sogʻlom bola yili” Davlat dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻini zamonaviy ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy davlat muassasasi va turistik obyekt sifatida rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2014 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
2014 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻini rivojlantirish boʻyicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
Komissiyaga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan Tadbirlar rejasi belgilangan muddatlarda kompleks tarzda va sifatli amalga oshirilishini oʻzaro muvofiqlashtirish va nazorat qilish yuklansin.
3. Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining birgalikdagi takliflari asosida ajratilayotgan mablagʻlardan rejali ravishda va oqilona foydalanishni taʼminlashni hisobga olgan holda Tadbirlar rejasi parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Tadbirlar rejasini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Investitsiya dasturida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
Botanika bogʻi tomonidan xoʻjalik faoliyatidan va pulli xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kreditlari va grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻi (keyingi oʻrinlarda Botanika bogʻi deb ataladi) hududidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi – buyurtmachi etib;
“OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi – bosh loyihalovchi etib;
bosh pudratchi tashkilot – belgilangan tartibda tender savdolari natijalariga koʻra belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Tadbirlar rejasining bajarilishi toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga Tadbirlar rejasini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tegishli asoslangan takliflar oʻz vaqtida taqdim etilishini;
“OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda Konsepsiyani hisobga olgan va Komissiya bilan kelishgan holda ikki oy muddatda Botanika bogʻining bosh rejasi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda Tadbirlar rejasiga kiritilgan tadbirlarni birgalikda moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni, donor-mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etishga yoʻnaltirilgan doimiy ishlar amalga oshirilishini;
nazarda tutilgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha pudratchi tashkilotlarning sifatli aniqlanishini;
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilgan tadbirlar natijalariga koʻra Botanika bogʻining xoʻjalik faoliyatidan va pulli xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan mablagʻlar, shuningdek har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga tegishli tarzda saqlanishini taʼminlasin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bosh reja bilan bogʻlangan holda tayyorlangan asoslangan hisob-kitoblariga koʻra buyurtmachi tomonidan zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida moliyalashtirish manbalarini aniqlash toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengashga kiritsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida Botanika bogʻi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.
9. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda, tegishli xalqaro tajribani oʻrganish asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Botanika bogʻiga xorijiy turistlarning tashrifini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin, botanika bogʻlari dendrologiya parklarini tashkil etish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalarini tartibga soluvchi qoidalar va normalarni aniqlashtirish va konkretlashtirishni nazarda tutsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 1-avgust,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 211-son qaroriga
1-ILOVA
2014 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻini rivojlantirish
KONSEPSIYASI
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻi (keyingi oʻrinlarda Botanika bogʻi deb ataladi) –Oʻzbekistonning oʻz faoliyatini 1920 yilda boshlagan qadimiy botanika bogʻlaridan biri va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng katta botanika bogʻi hisoblanadi, Toshkent shahrining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan va 66 gektar maydonni egallaydi.
Bogʻning dendrariysi Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Markaziy Osiyo, Uzoq Sharq, Yevropa, Qrim va Kavkaz dendrofloralari ekspozitsiyalaridan tashkil topgan.
Botanika bogʻi kolleksiyasi daraxtlar, butalar, yarim butalar, lianalar, oʻtsimon va suv oʻsimliklarining 4500 dan ortiq turlari, shakllari, xillari va navlaridan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻining boy tarixi, xilma-xil oʻsimlik dunyosi va orttirilgan ilmiy-tadqiqot tajribasi uni zamonaviy ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy davlat muassasasi va ekologik turistik obyekt sifatida yanada kompleks rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratmoqda.
I. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
Koʻp funksiyali yetakchi taʼlim, ilmiy-tadqiqot va madaniy-maʼrifiy muassasa sifatida oʻz faoliyatining barcha yoʻnalishlarida ham koʻp asrlik milliy anʼanalarni, ham jahonning ilgʻor tajribasini oqilona uygʻunlashtirish Botanika bogʻini rivojlantirish asoslarini yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Mazkur Konsepsiyaning bazaviy qoidalari Botanika bogʻini rivojlantirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi:
infratuzilmalar va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot va seleksiya faoliyatini rivojlantirish;
oʻsimlik dunyosi genofondini saqlash va boyitish;
taʼlim va ekologiya-madaniy-maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish va keng qoʻllash, shu jumladan reklama-turistik manfaatlaridagi faoliyatni rivojlantirish.
II. Botanika bogʻini rivojlantirish faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
2.1. Infratuzilmalar va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish
Botanika bogʻida ilmiy-tadqiqot, rekratsion va maʼrifiy-xabardor qiluvchi va turistik faoliyatni rivojlantirish birinchi navbatda Botanika bogʻining ishlab turgan infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qilish va yangi infratuzilma obyektlarini qurish, shuningdek texnikalar parkini yangilashni talab qiladi.
Botanika bogʻining infratuzilmasini rivojlantirish quyidagilarni nazarda tutadi:
Botanika bogʻining asosiy magistral yoʻnalishi boʻyicha kirish hududi va obyektlarini rekonstruksiya qilish;
Botanika bogʻining vizit-markazini qurish;
Oʻzbekistonning tabiiy-madaniy merosini va boyligini aks ettiradigan namunali ekspozitsiyasini qurish;
floristik va faunistik tadqiqotlarni rivojlantirish uchun gerbariylar va zoologiya kolleksiyalarini oʻz ichiga olgan zamonaviy ilmiy kompleksni, shuningdek molekulyar biologiya va biotexnologiya laboratoriyasini qurish;
ilmiy-maʼrifiy tusdagi madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun yashil teatr qurish;
bogʻning yoʻl tarmogʻini modernizatsiya qilish;
kommunal xoʻjaligi (elektr, gaz va suv taʼminoti tarmoqlari), sugʻorish va suv chiqarish tizimlarini, jumladan ariqlar va koʻllar tizimini rekonstruksiya qilish;
har bir ekspozitsiya hududini, ularning mavzu yoʻnalishlarini hisobga olgan holda obodonlashtirish;
oranjereya va issiqxona kompleksini rekonstruksiya qilish.
2.2. Ilmiy-tadqiqot va seleksiya faoliyatini rivojlantirish
Botanika bogʻi tashkil qilingan kundan boshlab, turli floralardagi oʻsimliklarning yangi tuproq-iqlim sharoitlariga iqlimlashtirishning dastlabki bosqichi (introduksiya) va yangi iqlimga koʻniktirish (akklimitizatsiya) natijalari umumlashtiriladigan ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat yuritadi.
Ilmiy tadqiqotlarning yanada yuqori darajaga erishishi maqsadida Botanika bogʻining ilmiy salohiyatini, jumladan innovatsiya yoʻnalishlari boʻyicha oshirish quyidagilarni taʼminlaydigan chora-tadbirlarni qabul qilishni talab qiladi:
tadqiqotlarning zamonaviy yoʻnalishlari boʻyicha yangi ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarni (boʻlimlar va laboratoriyalarni) tashkil etgan holda ilmiy boʻlimlar tuzilmasini rivojlantirish va ular tarkibini kengaytirish;
ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy darajasini taʼminlash uchun laboratoriya va axborot infratuzilmalarini takomillashtirish;
uzluksiz gullaydigan oʻsimliklar uchun ilmiy asoslangan tizimni shakllantirish va 0,1 ga maydonda koʻchatxona tashkil etish;
Botanika bogʻining oʻsimlik dunyosi zararkunandalari va kasalliklari – uning barcha hududlarida oʻsimliklarni himoya qilish ustidan doimiy monitoring olib borish;
daraxtzor va koʻkalamzorlashtirishning boshqa obyektlarini barpo etish uchun keltiriladigan turlarga nisbatan mahalliy sharoitlarga chidamli va jiddiy ustunliklarga ega boʻlgan qimmatbaho va noyob oʻsimliklarni yopiq ildiz sistemasi bilan ekiladigan urugʻ va nihollarni oʻstirishning zamonaviy texnologiyalariga oʻtish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oʻsimlik dunyosining bioxilma-xillik sohasidagi tadqiqotlarni zamonaviy ilmiy-metodik darajada bajarish uchun shuningdek, molekulyar-biokimyo va introduksiya tadqiqotlarining priborlar bazasini mustahkamlash talab qilinadi. Eng avvalo, kolleksiya fondlarini pasportlashtirish uchun elektroforetik priborlar toʻplamini sotib olish, biotexnologiya tadqiqotlari (avtoklav, laminar-bokslar), tarozi xoʻjaligi, spektral priborlar (spektrofotometrlar, fotokolorimetr, mikroskoplar), fitomonitoringning zamonaviy kompyuter tizimi, meteokuzatuvlar uchun asbob-uskunalarni, shuningdek boshqa oʻta zarur boʻlgan laboratoriya asbob-uskunalarini yangilash zarur.
2.3. Oʻsimlik dunyosi genofondini saqlash va boyitish
Botanika bogʻining (Toshkent Botanika bogʻining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri boʻlgan uning xilma-xilligi) yangi va mavjud ekspozitsiyalarini toʻldirish tadbirlarini ishlab chiqish, shu jumladan quyidagi yoʻl bilan nazarda tutiladi:
oʻsimlik xilma-xilligini xatlovdan oʻtkazish;
Botanika bogʻi oʻsimliklar xilma-xilligining maʼlumotlar bazasini yaratish;
Botanika bogʻi kolleksiyalaridagi mahalliy va boshqa rayonlarga tegishli oʻsimlik resurslarining biologik xilma-xilligini saqlash va toʻldirish, ulardan ilmiy va amaliy foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish;
Oʻzbekiston florasining qizil kitobga kiritilgan, yoʻqolib ketayotgan va mahalliy jaydari turlari kolleksiyasini kengaytirish;
Botanika bogʻini milliy ahamiyatga ega boʻlgan noyob tabiiy-oʻsimliklar kompleksiga aylantirish va dunyo miqyosiga chiqish;
bogʻ genofondini xorijiy botanika bogʻlari bilan urugʻlarni indeks ayirboshlash vositasi orqali saqlash va boyitish, shuningdek karantin inspeksiyasi nazorati ostida introduksiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan, olib keltirilgan urugʻlar uchun sertifikatlar berish.
2.4. Taʼlim va madaniy-maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish
Botanika bogʻlari resurslarning noyob komplekslari sifatida oʻz mintaqalarida va mamlakatda umuman barqaror rivojlanish maqsadlari uchun oʻsimliklarning genli banki va qimmatbaho resurslari manbalari sifatida muhim ijtimoiy-ekologik oʻrinni tutgan holda universitetlar doirasidagi tor ixtisoslik doirasidan keng oʻrin tutadi.
Qayd etish lozimki, Botanika bogʻidagi taʼlim jarayonining ajratib turadigan asosiy xususiyati, oʻqitish genetik resurslardan amaliyotda foydalanish, shuningdek dala tadqiqotlari va yer ishlari bilan chambarchas bogʻlangan holda amalga oshiriladi. Bunda Botanika bogʻi laboratoriyalarda va tabiiy sharoitlarda oʻsimliklar bilan ishlashning amaliy koʻnikmalarini olish uchun bir xil imkoniyatni beradigan resurs sifatida muhim ahamiyatni kasb etadi.
Botanika bogʻining taʼlim dasturi barcha darajadagi taʼlim sifatini yaxshilash, taʼlimning turli shakllaridan foydalanishni kengaytirish, ilmiy muassasalar ilmiy-pedagogik kadrlari va bitiruvchilarining malakali vakolatlarini oshirishga qaratilgan davlat dasturlarining ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqadi.
Botanika bogʻining taʼlim dasturi quyidagi turlarga boʻlinadi:
maktabgacha taʼlim;
umumtaʼlim maktab taʼlimi;
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim;
madaniy va maʼrifiy faoliyat.
Maktabgacha taʼlim “Nihol – Rostok” bolalar badiiy ijodiyoti ekologiya studiyasini tashkil etish va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Ekologiya maktabi” mashgʻulotlarini tashkil etishni nazarda tutadi.
Umumtaʼlim maktab taʼlimi oʻquvchilar uchun multimediyali taʼlim resurslarini ishlab chiqish, Botanika bogʻida darslar oʻtkazish, bevosita oʻquvchilar ishtirokida sinfdan tashqari ilmiy-amaliy va tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim kollejlar oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun multimediyali taʼlim resurslarini ishlab chiqish, Botanika bogʻida ishlab chiqarish, diplom oldi amaliyotlarini oʻtash, bakalavrlarning diplom, bitirish malaka ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash, shuningdek oʻquv kurslarini tashkil etishni koʻzda tutadi.
Madaniy va maʼrifiy faoliyat keng koʻlamli tadbirlarini oʻz ichiga oladi, jumladan:
Botanika bogʻi toʻgʻrisida koʻrgazmali axborot materiallari ishlab chiqish, nashr etish, tayyorlash va eʼlon qilish;
ekskursiyalar, sayyor dasturlar, koʻrgazmalar, ommaviy leksiyalar, telekoʻrsatuvlar tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
“Butunjahon yer kuni”, “Butunjahon suv kuni”, “Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni”, “Butunjahon biologiya xilma-xillik kuni” va boshqalar kabi atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish muammolariga bagʻishlangan dunyo miqyosidagi bayramlar bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.
2.5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va keng qoʻllash, jumladan reklam-turistik faoliyatni rivojlantirish
Botanika bogʻi faoliyatining samaradorligini oshirish, axborot resurslaridan keng foydalanish va aniq maqsadli auditoriyani maʼrifiy faoliyat bilan yanada samarali qamrab olish, shuningdek Botanika bogʻining reklama-turistik salohiyatini rivojlantirish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish va keng qoʻllash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va keng qoʻllash ularning funksiyalaridan kelib chiqib, quyidagi yoʻl bilan amalga oshiriladi:
axborot-oʻqitish resurslarini taqdim etish (elektron kutubxonalar, elektron kitoblar, elektron davriy nashrlar, axborot tizimlari);
interfaol shaklda (veb-sayt, elektron pochta, elektron telekonferensiya);
qidiruv resurslari (kataloglar, qidiruv tizimlari) orqali.
Botanika bogʻida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish tadbirlari quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
Internet tarmogʻining global tarmogʻida Botanika bogʻining veb-saytini yaratish;
ommaviy elektron qidiruv tizimlarida (Google va boshqalar) Botanika bogʻi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni joylashtirish;
Botanika bogʻi oʻsimlik dunyosi genofondi tarixiga bagʻishlangan maqolalarni tayyorlash hamda “ZiyoNet” umumtaʼlim tarmogʻida joylashtirish;
iOS i Android platformalari uchun mobil ilovalarni (Botanika bogʻi toʻgʻrisida foto-axborotli ilova) yaratish;
Botanika bogʻining butun hududida audio-gid xizmatlarini tashkil etish;
Botanika bogʻining noyob oʻsimlik dunyosi toʻgʻrisida zarur obzorli axborotni taqdim etgan holda, yoʻl koʻrsatuvchi – elektron kartani tashkil etish, jumladan Botanika bogʻining butun hududi boʻyicha elektron axborot displeylarini qoʻllash;
Botanika bogʻi maʼmuriy-boshqaruv binolarini keng polosali Internet bilan taʼminlash.
III. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi
Konsepsiyani amalga oshirish Tadbirlar rejasini toʻliq va oʻz vaqtida bajarish orqali roʻyobga chiqariladi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Tadbirlar rejasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish Fanlar akademiyasi tomonidan olib boriladi, bunda:
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun tegishli loyihalar boʻyicha takliflar kiritadi;
tegishli bajaruvchilar bilan birgalikda moddiy-texnika resurslari, texnologik quvvatlar va shunga oʻxshash omillarning mavjudligini hisobga olgan holda ushbu Dasturning tadbirlarini oʻrganadi hamda aniqlashtirish va tuzatish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
ushbu Konsepsiyani amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlar va moddiy resurslardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Tadbirlar rejasi, shuningdek Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, amalga oshirish uslublari va shart-sharoitlari boʻyicha takliflar kiritadi;
Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Tadbirlar rejasini bajarilishi toʻgʻrisida axborotni har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Masʼul bajaruvchilar:
belgilangan muddatlar va ishlar hajmiga muvofiq tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini;
tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan moliyaviy mablagʻlardan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va samarali foydalanishni;
Fanlar akademiyasiga har yili keyingi yilgi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ish rejasi taqdim etilishini;
Fanlar akademiyasiga har chorak asosida Konsepsiya va Tadbirlar rejasining amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etilishini;
har yili, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga (Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yoki Fanlar akademiyasini bu toʻgʻrisida bir vaqtda xabardor qilgan holda) keyingi yil uchun davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyaviy mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojlar toʻgʻrisida asoslangan takliflar kiritilishini;
doimiy asosda qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarga erishishga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida zarur choralarni koʻrish uchun boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning monitoringi yuritilishini taʼminlaydilar.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 211-son qaroriga
2-ILOVA
2014 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish
tadbirlari rejasi
Oldingi tahrirga qarang.

Tadbirlar nomi

Masʼul vazirliklar va idoralar

Tadbirni amalga oshirishning hisoblangan qiymati* (mln soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish muddati

I. Infratuzilmani rivojlantirish

Namoyish oranjereyasini va vizit-markazni qurish.

Fanlar akademiyasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, pudratchi tashkilot — tender savdosi gʻolibi

15000,0

Investitsiya dasturi doirasida Davlat budjeti mablagʻlari,

grant mablagʻlari

2016-2017-yillar

Fond oranjereyasini rekonstruksiya qilish.

Fanlar akademiyasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, pudratchi tashkilot — tender savdosi gʻolibi

12000,0

Homiylar mablagʻlari va grant mablagʻlari

2016-2017-yillar

Sugʻorish va suv chiqarib yuborish tizimini rekonstruksiya qilish va tiklash.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Toshkent shahar hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Suvsoz” Dk

3500,0

Botanika bogʻining oʻz mablagʻlari, ixtisoslashtirilgan foydalanish tashkilotlarining mablagʻlari

2015 — 2017-yillar

Elektr taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va tiklash.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, “Toshshaharnur”, korxonasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Ekoenergiya” ilmiy-joriy markazi

5650,0

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari

2015-2016 yillar

Yoʻl tarmoqlarini qurish, organizatsiya piyoda-ekskursiya soʻqmoqlarini tashkil etish.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi

9500,0

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari

2015-2016 yillar

Axborot kiosklariga ega boʻlgan soyabonlar qurish.

“Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

650,0

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari

2014-yil

Ekskursiya marshrutlari boʻylab oʻrindiqlar oʻrnatish.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi,

“Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati

200,0

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mablagʻlari

2014-yil

Suv obyektlarini (koʻllar, jilgʻalar va boshqalar) rekonstruksiya qilish

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Toshkent shahar hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi

3650,0

Botanika bogʻining oʻz mablagʻlari, homiylar va xayriya mablagʻlari

2015-2016-yillar

Kirish guruhini rekonstruksiya qilish.

Fanlar akademiyasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

1800,0

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari

2015-2016-yillar

Oʻzbekistonning tabiiy landshaftini aks ettiruvchi ekspozitsiya yaratish.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi,Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti

2400,0

Investitsiya dasturi doirasida Davlat budjeti mablagʻlari, Botanika bogʻining oʻz mablagʻlari, grant mablagʻlari

2016-2017-yillar

Mavjud savdo nuqtasi oʻrnida kafe qurish.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimligi

700,0

Tadbirkorlar mablagʻlari

2014-2015-yillar

Yashil teatr qurish.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi,Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimligi

3100,0

Investitsiya dasturi doirasida Davlat budjeti mablagʻlari, Botanika bogʻining oʻz mablagʻlari

2015 — 2017-yillar

Gerbariy zali va zoologiya kolleksiyasi uchun bino qurish, molekulyar biologiya va biotexnologiyalar laboratoriyasini modernizatsiya qilish.

Fanlar akademiyasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti

12000,0

Investitsiya dasturi doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

2016-2017-yillar

II. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish

Uzluksiz gullaydigan oʻsimliklar uchun ilmiy asoslangan tizim yaratish hamda 0,1 gektar maydonda koʻchatxona tashkil etish.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti

450 ming AQSh dollari

Xorijiy investitsiyalar, kreditlar va grantlar

2015-2016-yillar

Botanika bogʻi hududida oʻsimlik dunyosi zararkundalari va kasalliklari monitoringini olib borish.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimliklarni himoya qilish markazi, Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti

500,0

Botanika bogʻining oʻz mablagʻlari

2015 — 2017-yillar

III. Oʻsimlik dunyosi genofonini saqlash va boyitish

Oʻsimlik xilma-xilligini muntazam ravishda xatlovdan oʻtkazish.

Fanlar akademiyasi

200,0

Botanika bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari

2014 — 2017-yillar

Botanika bogʻining Oʻsimlik xilma-xilligi maʼlumotlar bazasini yaratish.

Fanlar akademiyasi

60,0

Botanika bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi

2014-yil

Ekspozitsiyalar boʻyicha oʻsimliklar turlarini toʻldirish.

Fanlar akademiyasi

60,0

Botanika bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari

2014 — 2017-yillar

Oʻzbekiston florasining “Qizil kitob”ga kiritilgan, yoʻqolib ketayotgan va mahalliy jaydari turlari kolleksiyasini kengaytirish.

Fanlar akademiyasi

120,0

Botanika bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari

2014 — 2017-yillar

IV. Koʻp funksiyali taʼlim va ekologiya-madaniy-maʼrifiy faoliyat

“Nihol-Rostok” bolalar badiiy ijodiyoti ekologiya toʻgaragini tashkil etish.

Botanika bogʻi, Respublika taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi

250,0

Bajaruvchilarning oʻz mablagʻlari va grant mablagʻlari

2014-2015-yillar

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Ekologiya maktabi” mashgʻulotlarini tashkil etish.

Xalq taʼlimi vazirligi, Botanika bogʻi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi

100,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

2014-yil

Maktab oʻquvchilari, kollej oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun multimediyali taʼlim resurslarini tashkil etish.

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Fanlar akademiyasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

200,0

Bajaruvchilarning oʻz mablagʻlari va grant mablagʻlari

2014 — 2017-yillar

Botanika bogʻida maktab oʻquvchilari bilan darslar oʻtish.

Xalq taʼlimi vazirligi,
Botanika bogʻi

-

Bajaruvchilar mablagʻlari

Muntazam ravishda

Maktab oʻquvchilarining bevosita ishtirokida sinfdan tashqari ilmiy-amaliy va tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.

Ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotini oʻtash, bakalavrlarning diplom, bitirish malaka ishlarini va magistr dissertatsiyalarini tayyorlash.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Botanika bogʻi

-

Bajaruvchilar mablagʻlari

Muntazam ravishda

Qurilayotgan vizit-markaz uchun koʻrgazmali axborot materiallarini ishlab chiqish, nashr etish, tayyorlash va eʼlon qilish.

Fanlar akademiyasi,

Botanika bogʻi,

“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi

200,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

2014-2015-yillar

Ekskursiyalar, sayyor dasturlar, koʻrgazmalar, ommaviy leksiyalar, TV-koʻrsatuvlar, ommaviy axborot vositalarida maqolalar tashkil etish.

Fanlar akademiyasi,

“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi

50,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

2014-2015-yillar

V. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va keng qoʻllash, shu jumladan reklama-turistik
faoliyatni rivojlantirish

Internet global tarmogʻida Toshkent botanika bogʻining veb-saytini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

20,0

Bajaruvchilar mablagʻlari, grant mablagʻlari

2014-yil

Ommaviy elektron kartalarda (Google va boshqalar) Toshkent botanika bogʻi toʻgʻrisida keng axborotni joylashtirish.

Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

40,0

Botanika bogʻi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mablagʻlari

2014-yil

Botanika bogʻi oʻsimliklar dunyosining genofondi tarixiga bagʻishlangan maqolalar tayyorlash va ularni Umumtaʼlim “ZiyoNet” tarmogʻida joylashtirish.

Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20,0

Botanika bogʻi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mablagʻlari

2014-yil

IOS va Android platformalari uchun mobil ilovalar (Botanika bogʻi oʻsimliklar dunyosining genofondi toʻgʻrisidagi foto-axborot ilovalari).

Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

60,0

Botanika bogʻi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mablagʻlari,

grant mablagʻlari

2014-2015-yillar

Botanika bogʻida audio-gid xizmatlarini tashkil etish.

Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

50,0

Botanika bogʻi mablagʻlari,

grant mablagʻlari

2014-2015-yillar

Toshkent botanika bogʻining noyob oʻsimlik dunyosi toʻgʻrisida axborot bergan holda yoʻl koʻrsatuvchi — elektron karta yaratish.

Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10,0

Botanika bogʻi mablagʻlari,

grant mablagʻlari

2014-2015-yillar

Toshkent botanika bogʻining maʼmuriy-boshqaruv binolarini keng polosali Internet bilan taʼminlash.

Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10,0

Botanika bogʻi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mablagʻlari

2014-yil

* Tadbirlarni amalga oshirish qiymati keyinchalik aniqlashtirilishi lozim.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 211-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻini rivojlantirish boʻyicha komissiya
TARKIBI
Ikramov A.I.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi‎
Salixov Sh.I.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti, Komissiya raisining oʻrinbosari‎
Xoʻjayev B.A.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Abdusamatov B.X.‎ —‎‎ Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi ‎
Abdullayev M.R.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
Xashimov Sh.R.‎ —‎‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari ‎
Raxmanov B.S.‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari ‎
Yutkin S.V.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining direktori ‎
Abdullayev B.‎ —‎‎ “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasining direktori ‎
Toʻxtayev B.Y.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining direktori, Komissiya kotibi ‎
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 400-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)