1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Xalqaro standartlar darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi)ning Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
2. Toshkent shahridagi Inxa Universitetining asosiy faoliyat yoʻnalishi etib quyidagilar belgilansin:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashni taʼminlash;
respublikaning oliy taʼlim tizimiga oʻquv jarayonini zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-taʼlim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashish;
respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz taʼlim va malaka oshirish tizimini shakllantirishga koʻmaklashish, ilmiy tadqiqot va taʼlim muassasalari, dasturiy mahsulot ishlab chiquvchilar, ishlab chiqarish korxonalari, sanoat va infratuzilma tarmoqlari hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari isteʼmolchilari oʻrtasida oʻzaro mustahkam hamkorlikni oʻrnatish;
iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga mos maqsadli taʼlim dasturlarini tashkil etish uchun sharoit yaratish.
Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻqitish uchun malakali professor-oʻqituvchilarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni jalb etish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti alohida mulkka, mustaqil balansga ega boʻlgan, oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻz tasarrufidagi pul mablagʻlari va mulki bilan javob beruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi taʼsischiligidagi oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi. Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligiga uning tizim tashkilotlarini universitet ustavini shakllantirishga jalb etishga ruxsat etiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
oʻquv-uslubiy rahbarlik va taʼlim jarayonini amalga oshirish Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari qoʻllangan holda tuziladigan bitimlar asosida taʼminlanadi;
talabalarni oʻqitish ingliz tilida, Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq olib boriladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
Universitetning Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilariga belgilangan namunadagi Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) diplomini hamda Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
Toshkent shahridagi Inxa Universitetiga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda, Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Universitetga Koreya Respublikasidagi Inxa universiteti dasturlari bilan bir qatorda, boshqa yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan ham qoʻshma dasturlarni yoʻlga qoʻyishga hamda bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom va qoʻshimcha ravishda hamkor universitetlar diplomlarini berishga ruxsat etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
4. Toshkent shahridagi Inxa Universitetining yuqori boshqaruv organi etib 2-ilovaga muvofiq tarkibdagi Vasiylik kengashi belgilansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ikki oy muddatda Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Toshkent shahridagi Inxa Universitetining taʼsis hujjatlarini tasdiqlashni, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
8. Belgilansinki:
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti uchun binolarni olish va rekonstruksiya qilish, qurish, zarurat boʻlganda yangi binolar qurish, shuningdek binolar, oʻquv auditoriyalari, elektron kutubxona, tadqiqot laboratoriyalari va universitetning boshqa inshootlarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomi, jihoz, mebel, kompyuter va boshqa oʻquv texnika vositalari bilan jihozlash xarajatlari taʼsischilar va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan, yetmagan qismi esa Investitsion dasturda nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar doirasida ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga;
Toshkent shahridagi Inxa Universitetining joriy faoliyati xarajatlari talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushadigan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
9 Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Toshkent shahridagi Inxa Universitetiga baholash qiymati boʻyicha:
Toshkent shahar, Ziyolilar koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni, tutash hudud va muhandislik kommunikatsiyalari bilan birgalikda;
Toshkent shahar, Ziyolilar koʻchasi, 13a-uy manzilida joylashgan tugallanmagan qurilish obyektini, tutash hudud va muhandislik kommunikatsiyalari bilan birgalikda realizatsiya qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Toshkent shahridagi Inxa Universiteti taʼsischilarining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasi binosidan birgalikda foydalanish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir hafta muddatda mazkur qarorning 8-bandida koʻrsatilgan obyektlarni 2014-2015 oʻquv yili boshlangunga qadar realizatsiya qilingan binolarni rekonstruksiya qilish va universitetni zamonaviy talablarga muvofiq zarur mebellar, inventarlar, oʻquv va laboratoriya anjomlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlash ishlarini tugatishni taʼminlash sharti bilan sotishni nazarda tutadigan Toshkent shahridagi Inxa Universitetining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish boʻyicha qaror qabul qilsin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasini zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash va birgalikda foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek unda universitetning elektron kutubxonasini joylashtirishni nazarda tutgan holda modernizatsiya qilish loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Toshkent shahridagi Inxa Universitetini qurish va rekonstruksiya qilish, jihozlash va faoliyatini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqilmaydigan asbob-uskuna, kompyuter texnikasi, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyot, multimediya mahsuloti, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti buyurtmanomalari boʻyicha Universitetning ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-noyabrdagi PQ-2651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 528-modda)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti buyurtmanomalari boʻyicha Universitetning xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlariga, ularning oila aʼzolariga, davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda, koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti buyurtmanomalari boʻyicha universitetni tashkil etish va uning faoliyat yuritishida ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etilishiga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son;)
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-mart,
PQ-2155-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi PQ-2155-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti muassislari
TARKIBI
1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
2. “Oʻzbekneftgaz” MXK
3. “Oʻzbekenergo” AJ
4. “Oʻzkimyosanoat” AJ
5. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK
6. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ
9. “Oʻzbektelekom” AJ
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi
K.X. Karimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari,Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari
A.R. Karimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
R.O. Karimjonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari
Sh.Sh. Usmanov
—
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi direktori
N.N. Xasanov
—
“Oʻzbektelekom” AK boshqaruvi raisi
M.M. Djalalov
—
Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kengash tarkibiga kiritiladi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)