|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING SAFARBARLIK CHAQIRUVI REZERVIDAGI XIZMATINI TASHKIL ETISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri va Mudofaa vazirining taklifi qabul qilinsin hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolar tomonidan Maxsus hisob raqamiga to‘lanadigan pul badali summasi 2003-yilda eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida belgilansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-fevral,
104-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 38-modda)