O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING SAFARBARLIK CHAQIRUVI REZERVIDAGI XIZMATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni samarali tashkil etish, muddatli xizmat harbiy xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yil bahorgi chaqiruvdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash tashkil etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatga, shu jumladan cheklanishlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar yigirma yetti yoshgacha safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatida bo‘ladilar va uni o‘tagandan keyin Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerviga o‘tkaziladilar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda pul badallarini to‘lashi va xizmat davrida bir marta bir oylik harbiy yig‘inda xizmatni o‘tashi safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilish sharti hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy yig‘inlardan o‘tish davrida, ularni o‘tkazish joyiga borish va qaytishga ketadigan vaqtni qo‘shib hisoblaganda, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining ish joylarida ularning ish o‘rni (lavozimi) saqlab turiladi. Harbiy yig‘inlarga yuborilganlik haqidagi ma’lumotnoma olingan kundan boshlab harbiy yig‘inlardan qaytgunga qadar bo‘lgan davrda ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxonaning tugatilishi holatlaridan tashqari. Agar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi harbiy yig‘inlar vaqtida kasallanib qolgan bo‘lib, ular tugagandan keyin ham tuzalmayotgan bo‘lsa uning ish o‘rni (lavozimi) saqlab turiladi, harbiy yig‘inlar tugagan kundan boshlab esa qonunchilikka muvofiq vaqtinchalik ishga yaroqsizligi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan to‘lanadigan mablag‘lar Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” Maxsus hisobraqamida (keyingi o‘rinlarda Maxsus hisobraqam deb ataladi) jamlanadi va muddatli harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan tegishli vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini zaxiraga bo‘shatishda ularga nafaqa pulini to‘lash, shuningdek, Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan qurol-yarog‘, harbiy-texnik mulk, o‘q-dorilar xarid qilish, binolarni ta’mirlash va qurish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ishtirokida harbiy yig‘inlar o‘tkazish, yig‘inlar ma’muriyatining ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi xodimlarning mudofaa ishlari organlaridagi ta’minotiga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mudofaa ishlari organlarida safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari hisobini yurituvchi xodimlarning qo‘shimcha soni Maxsus hisobraqamning daromadlari va xarajatlari smetasi tasdiqlanayotganda belgilanadi. Bunda yangi moliya yilida Maxsus hisobraqamning daromadlari va xarajatlari smetasi tasdiqlangunicha ularga ish haqi to‘lash o‘tgan moliya yilida belgilangan xodimlar soni doirasida amalga oshiriladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadigan fuqarolar tomonidan Maxsus hisob raqamiga pul badallari o‘tkazish shartlari Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatga navbatdagi chaqiriq davrida ular tomonidan Mudofaa vazirligi bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi;
safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin bir yil mobaynida Davlat-tijorat Xalq banki muassasalari orqali to‘lanadi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra to‘lov to‘liq hajmda bir yo‘la yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin;
safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslarning harbiy yig‘inlari hududiy prinsip asosida Mudofaa vazirligining harbiy qismlari bazasida tashkil etiladi;
Maxsus hisob raqamiga belgilangan badalni to‘lagan va harbiy yig‘inlardan o‘tgan shaxslar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilinadilar.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamiga badal o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Davlat xavfsizlik xizmati va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa vazirliklar va idoralar Maxsus hisob raqamiga tushgan pul mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini ta’minlasinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qo‘yilsinki, Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamida jamlanadigan mablag‘lar soliq solishning barcha turlaridan ozod qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining kotibi G‘.D. Oblayarov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 22-fevral,
99-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-fevraldagi
99-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashini tashkil etish va o‘tash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat — harbiy xizmatga, shu jumladan cheklanishlar bilan yaroqli bo‘lgan, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq navbatdagi chaqiriq davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga chaqirilmaydigan shaxslar tomonidan o‘taladigan harbiy xizmat turidir.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning pul badali to‘lashlari, shuningdek xizmat mobaynida oylik harbiy yig‘inlardan o‘tishlari fuqarolar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash shartlari hisoblanadi. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan pul badalining miqdori o‘zgartirilmaydi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-sentabrdagi 267-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 488-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan to‘langan pul badallari summasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” Maxsus hisobraqamida (keyingi o‘rinlarda Maxsus hisobraqam deb ataladi) jamlanadi va muddatli harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan tegishli vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini zaxiraga bo‘shatishda ularga nafaqa pulini to‘lash, shuningdek, Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan qurol-yarog‘, harbiy-texnik mulk, o‘q-dorilar xarid qilish, binolarni ta’mirlash va qurish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ishtirokida harbiy yig‘inlar o‘tkazish, yig‘inlar ma’muriyatining ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi xodimlarning mudofaa ishlari organlaridagi ta’minotiga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa vazirligining Maxsus hisobraqami Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazida ochiladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga yigirma yetti yoshga to‘lgunga qadar olinadilar. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishlari, shuningdek favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin. Harbiy yig‘inlar Mudofaa vazirligining harbiy qismlari bazasida (keyingi o‘rinlarda matnda “harbiy qismlar” deb yuritiladi) hududiy prinsip bo‘yicha tashkil etiladi.
Belgilangan tartibda pul badalini to‘lagan va safarbarlik chaqiruvi rezervida bo‘lgan davrda oylik yig‘inlardan o‘tgan fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etiladilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan shaxslar yigirma yetti yoshga to‘lganlaridan keyin Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerviga o‘tkaziladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash qonunchilikka, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
II. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish va uni o‘tash tartibi
4. Tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish bo‘yicha belgilangan naryad bajarilgandan keyin jismoniy va aqliy jihatdan eng yaxshi tayyorlangan chaqiriluvchilarni tanlash yo‘li bilan qolgan chaqiriluvchilarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
5. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilgandan keyin Mudofaa vazirligi tomonidan Maxsus hisob raqamiga badal o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yozma shartnoma tuziladi.
Shartnoma shartlari:
Maxsus hisob raqamiga badallar to‘lash muddatlari, miqdori va tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olinadigan shaxslarning butun xizmat davri mobaynida qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni vijdonan bajarish majburiyatini;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa vazirligining qonunchilikka muvofiq fuqaroga safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashini, xizmat tamom bo‘lgandan keyin esa uni Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga o‘tkazishni ta’minlash majburiyatini;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
uchinchi shaxs (kafil) tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan tegishli moliyaviy majburiyatlar zarur tarzda bajarilishi kafolatini;
shartnomani to‘xtatish shartlarini nazarda tutadi.
Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxsning va uning kafilining familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportiga oid ma’lumotlar; Mudofaa vazirligi nomidan shartnomani imzolagan mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining harbiy unvoni, familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari; shartnoma imzolangan sana.
Shartnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan muddatli harbiy xizmatga fuqarolarni navbatdagi chaqirish muddati davomida mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs va kafil tomonidan imzolanishi hamda mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va muhrlangan bo‘lishi kerak.
6. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarning ro‘yxati tuziladi. Ro‘yxatning birinchi nusxasi unga ilova qilingan shartnomalar bilan birgalikda mudofaa ishlari bo‘limida saqlanadi. Ro‘yxatning ikkinchi nusxasi viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboriladi.
7. Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs yoki uning kafili (yuridik va jismoniy shaxs) tomonidan Davlat-tijorat Xalq bankining filial tarmog‘i orqali to‘lanadi.
Budjet mablag‘lari hisobiga pul badali to‘lash qat’iyan taqiqlanadi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari to‘lash xizmatga olingandan keyin bir yil mobaynida to‘lanadi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra to‘lov shartnomada belgilangan muddat mobaynida to‘liq hajmda bir yo‘la yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.
Pul badali to‘langanligi to‘g‘risida Xalq banki filialining belgisi qo‘yilgan kvitansiya nusxasini (agar badal naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan to‘lansa elektron to‘lov ko‘chirmasi) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs uni shaxsiy hisobga qo‘yish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim etadi. Kvitansiya mudofaa ishlari bo‘limida imzolangan shartnomada ilova sifatida saqlanadi.
8. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash davrida fuqarolar yigirma yetti yoshgacha mudofaa ishlari bo‘limlarida alohida harbiy hisobda turadilar.
Pul badalini to‘liq miqdorda to‘lagan shaxslarga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgandan keyin ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatda bo‘lganliklari to‘g‘risida belgi qo‘yilgan harbiy guvohnomalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxs keyinchalik tinch davrda harbiy xizmatga yaroqsiz yoki urush davrida harbiy xizmatga cheklangan darajada yaroqli deb topilgan taqdirda u zaxiraga o‘tkazilishi kerak, u tomonidan pul badallari to‘lash esa to‘xtatiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga to‘langan mablag‘lar, agarda u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda va unga tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
(91-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda to‘langan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxo‘riga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.
Ortiqcha to‘langan, shuningdek, Maxsus hisobraqamga yanglishib o‘tkazilgan pul badallari mazkur Nizomning va 9³-bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.
Boshqa holatlarda Maxsus hisobraqamga o‘tkazilgan pul badallari qaytarib berilmaydi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
92. TIEK tomonidan I, II yoki III guruh nogironligi bo‘lgan shaxs (layoqatsiz) deb topilgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi yoki belgilangan tartibda berilgan ishonchnoma asosida uning nomidan ish ko‘rayotgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining layoqatsiz deb topilgan ishonchli vakili yoki vafot etgan (halok bo‘lgan) safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining yaqin qarindoshi (merosxo‘ri, vasiysi yoki homiysi) TIEK xulosasining (o‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning) nusxasi, Maxsus hisob raqamiga badallar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi tomonlarning imzolari qo‘yilgan shartnomaning, shuningdek yaqin qarindoshlik aloqalarini (merosxo‘rlik huquqini, vasiylikni yoki homiylikni) tasdiqlovchi tegishli hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qo‘yilgan joyidagi) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining nomiga to‘langan pul badallarini qaytarish haqida (to‘langan pul summasini ko‘rsatgan holda) ariza beradi.
(92-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Maxsus hisob raqamiga pul badallarini to‘lagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi to‘langan pul badallari to‘g‘risidagi kvitansiyalarning (to‘lov topshiriqnomasining) nusxalarini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qo‘yilgan joyidagi) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining nomiga ortiqcha to‘langan pul badallarini qaytarish haqida (to‘langan va ortiqcha to‘langan pul summasini ko‘rsatgan holda) ariza beradi.
Mudofaa ishlari bo‘limi to‘langan pul badallarini qaytarish haqida berilgan arizani ko‘rib chiqadi va arizada ko‘rsatilgan pul summasini hisob ma’lumotlari bilan taqqoslaydi (arizada ko‘rsatilgan pul summasi bilan hisob ma’lumotlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lgan hollarda mudofaa ishlari bo‘limi aniqlangan tafovut haqida ariza bergan shaxsni xabardor qiladi).
Arizada ko‘rsatilgan pul summasini taqqoslab ko‘rgandan so‘ng mudofaa ishlari bo‘limi taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni mobaynida mudofaa ishlari boshqarmasiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa ishlari boshqarmasi mudofaa ishlari bo‘limi taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng uch ish kuni mobaynida tegishli harbiy okrukka to‘langan pul badallarini qaytarish haqida iltimosnoma yuboradi.
(92-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy okrug mudofaa ishlari boshqarmasi taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng uch ish kuni mobaynida Mudofaa vazirligiga tranzit hisobraqamiga to‘langan pul badallarini qaytarish haqida xat yuboradi.
(92-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa vazirligi harbiy okrug taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng uch kun muddatda arizada ko‘rsatilgan pul summasini, to‘lov taqdimnomasining “To‘lov tafsilotlari” satrida harbiy okrugdan yuborilgan xatning, tuzilgan shartnomaning sanasi va raqamini, pul mablag‘larini oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatgan holda, Maxsus hisobraqamdagi pul mablag‘larini saqlash uchun harbiy okrugning depozit hisobraqamiga qaytaradi.
(92-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(92-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Harbiy okrugning moliya xizmati, Mudofaa vazirligidan Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, ularni mansubligiga ko‘ra tegishli mudofaa ishlari boshqarmasiga yuboradi.
Mudofaa ishlari boshqarmasi, harbiy okrugning moliya xizmatidan Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, ularni mansubligiga ko‘ra tegishli mudofaa ishlari bo‘limiga yuboradi.
Mudofaa ishlari bo‘limi, mudofaa ishlari boshqarmasidan Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng uch kun muddatda:
ariza bergan shaxsga pul mablag‘larini naqd pulda to‘laydi yoki (ariza beruvchining roziligi bilan) plastik kartochkaga o‘tkazib beradi — pul badallari naqd pulda to‘langan taqdirda;
pul mablag‘larini ariza bergan shaxsning hisob raqamiga o‘tkazadi — pul badallari Maxsus hisob raqamiga jismoniy (yuridik) shaxslar tomonidan o‘tkazilgan taqdirda.
Mudofaa ishlari bo‘limi, uch ish kuni mobaynida, kvitansiyaning (to‘lov topshiriqnomasining) raqami va sanasini ko‘rsatgan holda pul badallarining ariza bergan shaxsga to‘langanligi (o‘tkazilganligi) haqida belgilangan tartibda mudofaa ishlari boshqarmasiga xabar qiladi hamda hisob ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
93. Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘larini yanglishib o‘tkazgan jismoniy (yuridik) shaxs, o‘tkazilgan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi kvitansiyani (to‘lov topshiriqnomasini) ilova qilgan holda, yanglishib o‘tkazgan pul mablag‘larini qaytarish haqida (to‘langan pul summasini ko‘rsatib) tegishli mudofaa ishlari bo‘lim boshlig‘i nomiga ariza beradi.
Mudofaa ishlari bo‘limi yanglishib o‘tkazilgan pul mablag‘larini qaytarish haqida berilgan arizani ko‘rib chiqadi va arizada ko‘rsatilgan pul summasini hisob ma’lumotlari bilan taqqoslab ko‘radi (arizada ko‘rsatilgan pul summasi bilan hisob ma’lumotlarining o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lgan hollarda mudofaa ishlari bo‘limi aniqlangan tafovut haqida ariza bergan shaxsga xabar qiladi).
Mudofaa ishlari bo‘limi, arizada ko‘rsatilgan pul summasini taqqoslab ko‘rgandan so‘ng, uch ish kuni mobaynida mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarni yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa ishlari boshqarmasi mudofaa ishlari bo‘limi taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng uch ish kuni mobaynida tegishli harbiy okrukka yanglishib o‘tkazilgan pul mablag‘larini qaytarish haqida iltimosnoma yuboradi.
(93-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy okrug mudofaa ishlari boshqarmasi taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng uch ish kuni mobaynida Mudofaa vazirligiga tranzit hisobraqamiga yanglishib o‘tkazilgan pul mablag‘larini qaytarish haqida xat yuboradi.
(93-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa vazirligi harbiy okrug taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng uch kun muddatda arizada ko‘rsatilgan pul summasini, to‘lov taqdimnomasining “To‘lov tafsilotlari” satrida harbiy okrugdan yuborilgan xatning, tuzilgan shartnomaning sanasi va raqamini, pul mablag‘larini oluvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini (yoki yuridik shaxsning nomini) ko‘rsatgan holda, tranzit hisobraqamiga pul mablag‘lari yanglishib o‘tkazilgan Xalq banki tegishli filialining alohida maxsus hisobraqamiga qaytaradi.
(93-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq bankining tegishli filiali yanglishib o‘tkazilgan pul mablag‘larini Mudofaa vazirligidan alohida maxsus hisob raqamiga qabul qilib:
(93-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
pul mablag‘lari naqd pul bilan to‘langanda — ularni ariza bergan shaxsga naqd pul mablag‘lari bilan to‘laydi yoki (ariza bergan shaxsning roziligi bilan) plastik kartochkasiga o‘tkazadi;
pul mablag‘i jismoniy (yuridik) shaxslar tomonidan o‘tkazilganda — pul mablag‘larini ariza bergan shaxsning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazadi.
(91-93-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-sentabrdagi 267-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 488-modda)
10. Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan va yashash joyini o‘zgartirgan fuqarolar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda harbiy hisobga qo‘yiladi va undan chiqariladi. Bunda pul badalining qolgan qismini to‘lash uning tomonidan yangi yashash joyi bo‘yicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tayotgan fuqarolar doimiy yashash uchun chet elga ketgan taqdirda, faqat maxsus hisob raqamiga pul badalining to‘liq summasi to‘langandan keyin harbiy hisobdan chiqariladilar.
11. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga xizmatga olingan, harbiy-hisobga olish bo‘yicha turdosh mutaxassislikka ega bo‘lgan, maxsus hisob raqamiga pul badalini to‘liq hajmda to‘lagan va oylik yig‘inlardan o‘tgan shaxslar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga ixtiyoriy tartibda qabul qilinishi, shuningdek Mudofaa vazirligining serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga yuborilishi mumkin.
12. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish yuzasidan chaqiriluvchilar bilan Mudofaa vazirligi o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda, bunday kelishmovchiliklar qonunga muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan pul badali to‘liq hajmda to‘lanmagan yoki uning bir qismi to‘lanmagan taqdirda, shartnoma shartlariga muvofiq, to‘lanmagan summa (muddatida to‘lanmagan qismi) fuqarodan sud tartibida undirib olinadi.
Badalning to‘liq summasi shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmaganda yoki belgilangan to‘lov olti oydan ortiq muddatga kechiktirilganda fuqaro muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Bunda uning tomonidan badal summasining to‘langan qismi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnoma tuzishdan bosh tortilgan taqdirda maxsus hisob raqamiga to‘lanishi kerak bo‘lgan pul badallari qonunchilikka muvofiq undiriladi.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”).
III. Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy tayyorgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
13. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan va belgilangan badalni Maxsus hisobraqamga to‘liq hajmda to‘lagan shaxslar oylik o‘quv yig‘inlariga jalb etilishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
14. Yig‘inlarga jalb etiladigan shaxslarni tanlash tuman chaqiruv komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi, ma’lumoti darajasi va ularning mutaxassisligi, qo‘shinlarning tegishli harbiy-hisobga olish mutaxassisliklariga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinadi.
15. Safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yig‘inlari ishlab chiqarishdan ajratilgan holda va fuqarolarning tegishli qo‘shilmalar va qismlarning harbiy shaharchalarda yashashi sharti bilan Mudofaa vazirligining harbiy qismlari kadrlari bo‘linmalari negizida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy tayyorgarlik dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
17. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy tayyorgarligi Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan harbiy tayyorgarlikni o‘tkazishning yillik rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy tayyorgarlikni o‘tkazish rejalarida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha joriy yilda yig‘inlardan o‘tishi kerak bo‘lgan fuqarolarning umumiy soni;
harbiy tayyorgarlikka yuborilayotgan fuqarolarning soni, yig‘inlarni o‘tkazish muddatlari, shuningdek yig‘inlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tadbirlar ko‘rsatilgan holda negizida harbiy yig‘inlar tashkil etadigan harbiy qismlar belgilanadi.
Harbiy tayyorgarlikni o‘tkazish rejasi Mudofaa vazirining ko‘rsatmasi bilan amalga joriy etiladi. Rejadan ko‘chirmalar ijro etish uchun harbiy okruglarga, mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboriladi.
18. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarni harbiy tayyorgarlik o‘tkaziladigan joylarga jo‘natish komandalar tarkibida va harbiy tayyorgarlikni o‘tkazish rejasida belgilangan muddatlarda mudofaa ishlari boshqarmalarining yig‘ish punktlarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Yig‘inlardan o‘tish davrida fuqarolarga muddatli xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlar joriy etiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
20. Harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan fuqaro o‘zgaruvchan tarkib ro‘yxatiga olingan kun harbiy yig‘inlar boshlangan kun, harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan fuqaro qismning o‘zgaruvchan tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy yig‘inlar tamom bo‘lgan kun deb hisoblanadi.
IV. Mudofaa vazirligi va harbiy boshqaruv organlarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish bo‘yicha funksiyalari
21. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etishga umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi. Unga:
fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish bo‘yicha faoliyatni va fuqarolarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish va u tamom bo‘lgandan keyin Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazishning samarali tizimini barpo etish;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallarining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini, shuningdek Mudofaa vazirligining talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamiga tushgan pul mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
Mudofaa vazirligining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olishni amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linmalarini tayyorgarlik ko‘rgan harbiy xizmatchilar bilan butlash, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarni hisobga olish va ularning harbiy tayyorgarligi yuklanadi.
22. Harbiy okruglarning qo‘mondonliklariga:
fuqarolarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga o‘z vaqtida olinishi, maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari tushishini nazorat qilish;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy tayyorgarligiga bevosita rahbarlik qilish, uning tashkil etilishi va o‘tkazilishini nazorat qilish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar harbiy tayyorgarligining o‘quv moddiy-texnika bazasini barpo etish;
Maxsus hisob raqamiga tushgan mablag‘larni belgilangan tartibda taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish yuklanadi.
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalariga:
fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish ishlarini tashkil etish;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar harbiy hisobga olinishini nazorat qilish;
harbiy okruglarga pul badallari va harbiy yig‘inlardan o‘tgan fuqarolarning soni to‘g‘risida har oylik yig‘ma hisobotlar taqdim etish;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarni hisobga olishni va harbiy yig‘inlarga jo‘natishni, yig‘inlar tamom bo‘lgandan keyin esa — yig‘ish punktigacha qaytarib olib kelishni tashkil etish yuklanadi.
24. Fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish tumanlar (shaharlar) mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi, bo‘limlarga:
yoshlar orasida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatning xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borish;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olinadigan fuqarolar bilan shartnomalar tuzish, badallar tushumi summalarini Davlat-tijorat Xalq banki bo‘limlari bilan har oyda taqqoslash;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning shaxsiy hisobini yuritish;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan va harbiy tayyorgarlik yig‘inlariga jalb etiladigan shaxslarni yig‘ish punktlariga jo‘natish;
Oldingi tahrirga qarang.
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish, to‘lovlar belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda esa — to‘lovlarning qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishi chora-tadbirlarini ko‘rish;
(24-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mudofaa ishlari boshqarmasiga fuqarolar tomonidan Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari to‘lanishi va harbiy yig‘inlardan o‘tganlar soni to‘g‘risida har oylik hisobotlar taqdim etish;
mudofaa ishlari boshqarmasiga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tamomlagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish yuklanadi.
V. Yakuniy qoidalar
25. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan tegishli yo‘riqnomalarni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish tartibini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-fevraldagi
99-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risida
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami (keyingi o‘rinlarda Maxsus hisob raqami deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
II. Maxsus hisob raqamida mablag‘larni shakllantirish manbalari va jamlash tartibi
2. Maxsus hisob raqami mablag‘lari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to‘laydigan pul badallari hisobiga shakllantiriladi.
3. Pul badali miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to‘laydigan pul badallari mablag‘larni jamlash uchun quyidagi hisob raqamlari ochiladi:
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga — Xalq bankining tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisob raqami (keyingi o‘rinlarda tuman (shahar) tranzit hisob raqami deb ataladi) ochiladi;
viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrining) mudofaa ishlari boshqarmasiga — Xalq bankining tegishli viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrining) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisob raqami (keyingi o‘rinlarda viloyat tranzit hisob raqami deb ataladi) ochiladi;
Mudofaa vazirligiga — Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazida 21512 “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” talab qilib olinadigan maxsus (depozit) hisobraqami ochiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
5. Tegishli tuman tranzit hisob raqamlariga pul mablag‘lari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar yoki ularning kafillari tomonidan (yuridik shaxslardan tashqari) faqat Davlat-tijorat Xalq bankining filiallari orqali, mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan yoziladigan, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tranzit hisob raqamlari rekvizitlari qo‘yilgan kvitansiyalar blankalari asosida o‘tkaziladi.
Badallar boshqa tumanlar (shaharlar)ning xalq banklari tuman (shahar) filiallari orqali to‘langan taqdirda Xalq bankining ushbu filiallari tushgan mablag‘larni keyingi ish kunidan kechikmay safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxsning yashash joyidagi Xalq banki filiallarida ochilgan mudofaa ishlari tegishli bo‘limlarining tranzit hisob raqamlariga ko‘rsatib o‘tilgan rekvizitlarga muvofiq o‘tkazadilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarning yuridik shaxslar hisoblanadigan kafillari pul badallarini o‘zining xizmat ko‘rsatuvchi banklari orqali to‘lov topshiriqnomalari bilan tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlarining tranzit hisob raqamlariga to‘laydilar.
6. Pul badalini safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning kafillari tomonidan budjet mablag‘lari hisobiga o‘tkazish (to‘lash) qat’iyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xalq bankining tuman (shahar) filiallari to‘langan badallar summasini Xalq banki filiallarining viloyat tranzit hisobraqamlariga, Xalq bankining viloyat filiallari esa to‘langan badallar summasini Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazidagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 21512 “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” talab qilib olinadigan maxsus (depozit) hisobraqamiga keyingi ish kunidan kechiktirmay o‘tkazadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
III. Maxsus hisob raqamiga mablag‘lar tushishi hisobi va hisoboti
8. Xalq bankining mudofaa ishlari tegishli bo‘limlariga xizmat ko‘rsatuvchi tuman (shahar) filiallari tranzit hisob raqami bo‘yicha operatsiyalar tugallangandan so‘ng keyingi ish kunida ularga belgilangan tartibda ko‘chirmalar taqdim etishadi.
9. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari bank ko‘chirmalariga muvofiq tushgan badallar summasini safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning shaxsiy hisob raqamlarida aks ettirilgan summa bilan badal to‘langanligi to‘g‘risida ular tomonidan taqdim etilgan kvitansiyalar nusxalari asosida taqqoslaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi pul mablag‘lari tushishi to‘g‘risida Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha har oylik hisobot tuzadi va Xalq bankining tuman (shahar) filiali bilan kelishilgandan keyin uni hisobot davri tugagandan so‘ng 3 ish kuni mobaynida mudofaa ishlarining tegishli boshqarmalariga taqdim etadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Mudofaa ishlari boshqarmasi mudofaa ishlari bo‘limlarining har oylik hisobotlarini umumlashtiradi va Xalq bankining viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar) filiali bilan kelishilgandan keyin hisobot davri tugagandan so‘ng besh ish kunidan kechikmay Mudofaa vazirligiga yig‘ma hisobot taqdim etadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Mudofaa vazirligi mudofaa ishlari boshqarmalarining har oylik hisobotlarini umumlashtiradi va hisobot davri tugagandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublika aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan kelishadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
IV. Maxsus hisob raqami mablag‘laridan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Maxsus hisobraqam mablag‘laridan muddatli harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan tegishli vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini zaxiraga bo‘shatishda ularga nafaqa pulini to‘lash, shuningdek, Mudofaa vaziriligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shu jumladan qurol-yarog‘, harbiy-texnik mulk, o‘q-dorilar xarid qilish, binolarni ta’mirlash va qurish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ishtirokida harbiy yig‘inlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, yig‘inlar ma’muriyatining ta’minoti, mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi xodimlarni ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan belgilanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/198/0317-son)
Maxsus hisobraqam mablag‘laridan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga (yig‘ma va tegishli vazirliklar va idoralar bo‘yicha) muvofiq foydalaniladi.
Har bir idora bo‘yicha xarajatlar smetalari uning rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda Mudofaa vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mudofaa vazirligi har yili 15-martgacha Maxsus hisobraqamga pul badali tushumlaridan kelib chiqqan holda, tegishli hisob-kitoblar va asoslar bilan birga daromadlar hamda mablag‘larni sarflash smetasini tasdiqlaydi.
Maxsus hisobraqam daromadlari va mablag‘larini sarflash smetasi tasdiqlanib, Moliya vazirligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, Mudofaa vazirligi xarajatlar smetalarini ishlab chiqish uchun nazorat raqamlarini muddatli harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan tegishli vazirliklar hamda idoralarga yetkazadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Maxsus hisob raqamidan vazirliklarga va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarga, harbiy okruglarga, harbiy qismlarga va muassasalarga tushgan mablag‘larning sarflanishini hisobga olish uchun ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
21506 — agar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazlarida xizmat ko‘rsatilsa;
20203 — agar tijorat banklarida xizmat ko‘rsatilsa talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamlari ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Vazirliklarda va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda ushbu tuzilmalarning rahbarlari, harbiy okruglarda — tegishli harbiy okruglar qo‘shinlari komandirlari, harbiy qismlar va muassasalarda — ularning komandirlari (boshliqlari) Maxsus hisob raqamidan tushgan mablag‘larning tasarrufchilari hisoblanadilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mudofaa vazirligiga Maxsus hisob raqami bo‘sh mablag‘larini:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Davlat qisqa muddatli pul majburiyatlarida;
tijorat banklaridagi depozitlarda joylashtirishga ruxsat etiladi.
Joylashtirish natijasida olingan daromadlar Maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
17. Maxsus hisob raqami mablag‘larini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga o‘tkazish va vaqtinchalik olib qo‘yish taqiqlanadi.
18. Maxsus hisob raqami mablag‘larining hisobot yili oxiridagi qoldiqlari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi.
19. Maxsus hisob raqamiga mablag‘larni hisoblash va o‘tkazish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov undirilmaydi.
V. Maxsus hisob raqamining mablag‘laridan foydalanish hisobi va hisoboti
20. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy tayyorgarligi o‘tkaziladigan harbiy qismlar qilingan sarf-xarajatlar yuzasidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 8- kunidan kechikmay harbiy okruglarga “Safarbarlik chaqiruvi rezervi bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risida hisobot” 2-shakli bo‘yicha hisobot taqdim etishadi. Hisobotda qilingan sarf-xarajatlarning hammasi moddalar bo‘yicha aks ettirilgan bo‘lishi kerak.
21. Harbiy okruglar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay yig‘ma hisobotlar taqdim etishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar (Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqalar) har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay Mudofaa vazirligiga tasdiqlangan xarajatlar smetasining ijrosi bo‘yicha hisobotlar taqdim etishadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
VI. Maxsus hisob raqami mablag‘larining tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
23. Maxsus hisob raqamiga mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq tushishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
24. Maxsus hisob raqami mablag‘laridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq qat’iy belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan javobgarlik mablag‘larni oluvchi vazirliklar va idoralarga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Maxsus hisob raqami mablag‘larining maqsadli moliyalashtirilishi va foydalanilishi ustidan nazorat tegishli vazirliklar va idoralarning nazorat-taftish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-fevraldagi
99-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamiga badal o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
(3-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
namunaviy shartnoma

№ ___________________________‎

“____” ___________________ yil‎

______________________________‎

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nomidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori asosida ish ko‘ruvchi _________________________ tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i __________________________________________________
‎ ______________________________________________________________________________bir tomondan,
‎(F.I.O., harbiy unvoni)

‎‎keyingi o‘rinlarda Chaqiriluvchi deb ataluvchi fuqaro
‎___________________________________________________________________________________________
(Familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari)‎
‎___________________________________________________________________________________________

‎(yashash joyi manzili)

‎‎Yuridik shaxslar uchun ________________________________________________________________________
‎(yuridik shaxs nomi, yuridik manzili)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(bank rekvizitlari)

‎‎nomidan, ___________________________________________________________________________ asosida
‎(shartnoma tuzish vakolatini beruvchi hujjat)

‎‎ish ko‘ruvchi, keyingi o‘rinlarda Kafil deb ataluvchi ____________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar
1. Shartnoma mavzuyi
Oldingi tahrirga qarang.

1.1. Chaqiriluvchi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga kira turib o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi: ‎‎

— “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamiga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining _____ baravari miqdorida pul badali o‘tkazish.‎‎

Shartnoma tuzilayotgan kunda badal

______________________________
‎(so‘z bilan)

so‘mni tashkil etadi.

— Mudofaa ishlari bo‘limi yo‘llanmasiga muvofiq harbiy tayyorgarlik bo‘yicha bir oylik harbiy yig‘inlardan o‘tish. ‎‎

1.2. Mudofaa vazirligi Chaqiriluvchi tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi uchun shart-sharoitlar yaratish, belgilangan pul badalini to‘liq hajmda to‘lagan va harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan Chaqiriluvchiga u yigirma yetti yoshga to‘lganda harbiy guvohnoma berish majburiyatini oladi.

(1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. To‘lovlarni to‘lash tartibi va muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.

2.1. To‘lovlar Chaqiriluvchi yoki Kafil tomonidan Davlat-tijorat Xalq banki filiallari orqali “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamiga shaxsan to‘lanishi kerak.

‎‎2.2. Badal xizmatga qabul qilingandan keyin bir mobaynida quyidagi shartlarda to‘lanadi (shartnoma tomonlari quyidagi variantlardan birini tanlaydi):
‎‎a) biryo‘la, to‘liq hajmda 200 yil ___________dan kech bo‘lmagan muddatda;
‎‎b) har chorakda teng ulushlarda;

v) boshqa shartlarda: ‎‎______‎‎______________________________________________
(tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi)

‎‎2.3. To‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi Chaqiriluvchi tomonidan tuman mudofaa ishlari bo‘limiga to‘lov to‘langandan keyin uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.‎‎

2.4. Badal summasi shartnoma imzolangan kunda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori miqdori asosida belgilanadi.

(2.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
3. Kafillik

3.1. Kafil Chaqiriluvchi tomonidan Mudofaa vazirligi oldidagi majburiyatlarning to‘liq hajmda bajarilishi majburiyatini oladi.

3.2. Chaqiriluvchi tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda Kafil Mudofaa vazirligi oldida Chaqiriluvchi moliyaviy majburiyatlarining bajarilmagan qismi bo‘yicha to‘liq javob beradi hamda Chaqiriluvchi tomonidan to‘lanmagan summani qoplash majburiyatini oladi.

3.3. Kafilning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligining mazkur shartnomada nazarda tutilmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining kafillik shartnomamini tartibga soluvchi normalari bilan reglamentlanadi.

4. Majburiyatlarning bajarilmaganligi va zarur darajada
bajarilmaganligi uchun javobgarlik

4.1. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan shartnoma shartlariga ko‘ra pul badali to‘lanmagan taqdirda, to‘lanmagan summa Chaqiriluvchidan sud orqali undirib olinadi.

4.2. Badalning to‘liq miqdori mazkur shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmagan va to‘lov olti oydan kechiktirib yuborilgan taqdirda chaqiriluvchi muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Bunda badalning to‘langan qismi qaytarilmaydi.

5. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
‎‎‎‎5.1. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan, uch
nusxada tuzilgan. ______________________

(notarial idora rekvizitlari)

da saqlanadi. ‎
‎‎5.2. Shartnoma taraflar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va Chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervi safida xizmatda bo‘lgan butun davrda amal qiladi.
‎‎5.3. Shartnoma Chaqiriluvchi tomonidan pul badallarining to‘liq summasi 2.2-bandda belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda Mudofaa vazirligi tashabbusi bekor bekor qilinishi mumkin.
‎‎5.4. Mazkur shartnomada tartibga solinmagan masalalar bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikka amal qiladilar.
‎‎5.5. Shartnomani bajarish jarayonida, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish yuzasidan paydo bo‘ladigan barcha nizolar qonunchilikka muvofiq sudda ko‘rib chiqiladi va hal qilinadi.


‎‎‎Tomonlarning imzolari


‎O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nomidan


‎Cha
qiriluvchi

‎‎


‎Kafil

________________tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i
‎______________________
‎(harbiy unvoni, F.I.O

__________________
‎(F.I.O)
____________________
‎(imzo)

______________________
(F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi)
______________________
‎(imzo, muhr (yuridik shaxs uchun)

______________________
‎(imzo, muhr)

‎‎‎
(5.4-5.5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 36-modda; 2015-y., 37-son, 488-modda; 2017-y., 28-son, 666-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 12.04.2021-y., 09/21/198/0317-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)