|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINING OLDI-SOTDI SHARTNOMALARINI RASMIYLASHTIRISHNI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan—O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan—O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 164-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 13-yanvar,
12-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda, 1994-y., 9-son, 46-modda, 1997-y., 4-son, 14-modda):
a) to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat avtomobil nazorati” va “DAN boshqarmasining” so‘zlari “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati” va “YHX bosh boshqarmasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan—O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 578-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1994-yil 29-sentabrdagi 491-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 46-modda, 1997-y., 4-son, 14-modda):
a) to‘rtinchi xatboshida “Davlat avtomobil nazorati” va “DAN boshqarmasining” so‘zlari “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati” va “YHX bosh boshqarmasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan—O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan—O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 164-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 8-modda; 2006-y., 19-son, 164-modda; 2009-y., 52-son, 578-modda)