Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulkidan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Davlat organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek davlat mulkidan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
1-ilovaga muvofiq roʻyxatdagi obyektlarni operativ boshqaruv huquqi asosida davlat organlariga begʻaraz oʻtkazish;
2-ilovaga muvofiq roʻyxatdagi obyektlarni baholash tashkiloti tomonidan belgilanadigan qiymat boʻyicha ochiq savdoda sotish.
2. Davlat raqobat qoʻmitasi bir oy muddatda:
mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan obyektlarni baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan qiymat boʻyicha tegishli davlat organlariga topshirish, davlat organlari tomonidan ularni qabul qilish va ularning kelajakda saqlanishi hamda samarali foydalanilishini taʼminlasin.
ushbu qarorning 2-ilovasida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini samarali boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2014-yil 28-martdagi 75-son qarorining 2-ilovasida koʻrsatilgan obyektlarni belgilangan tartibda baholash va baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan narxda ochiq savdoga qoʻyilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 2-may,
111-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-maydagi 111-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat organlariga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladigan obyektlar
ROʻYXATI

T/r

Nomi

Obyektning joylashgan joyi


Bino va inshootlarning maydoni 1

Obyektni qabul qiluvchi davlat organining nomi

1.

2 qavatli maishiy bino

Toshkent shahar,

Hamza tumani,

Botkina koʻchasi, 110/11-uy

1 764 kv. m

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Sobiq 273-sonli bolalar bogʻchasi bino va inshootlari

Toshkent shahar,

Hamza tumani, Botkin koʻchasi,

110-uy

2 606 kv. m

3.

Bir qavatli bino

Toshkent shahar,

Hamza tumani,  Botkin koʻchasi,

110/A- uy

141 kv. m

4.

Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot institutining sobiq patologik-anatomik binosi

Toshkent shahar,

M. Ulugʻbek tumani, M. Ulugʻbek koʻchasi,  56-uy

318 kv. m

6.

Qurilishi tugallanmagan 12 qavatli turar-joy binosi 2

Toshkent shahar,

Uchtepa tumani, Chilanzor-30, 25-uy

6 091 kv. m

Toshkent shahar hokimligi

7.

Qurilishi tugallanmagan turar-joy binosi 2

Toshkent shahar,

Mirobod tumani,  Istikbol koʻchasi,

18-uy

-

8.

“Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik” MCHJning 100 foiz davlat ulushi

1) Aniqlanishi lozim.
2) Qurilishning yakunlanishi, muhandislik tarmoqlariga va kommunikatsiyalarga ulanishi, mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan umumiy foydalanish joylari va unga tutash hududlarni obodonlashtirish sharti bilan.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-maydagi 111-son qaroriga
2-ILOVA
Ochiq savdoda sotilayotgan obyektlar
ROʻYXATI 1

T/r

Obyekt nomi

Obyektning joylashgan joyi

Bino va inshootlarning maydoni  2

2.

Sobiq savdo doʻkoni binosi

Toshkent shahar,

Yunusobod tumani,

A. Temur koʻchasi, 92-uy

603 kv. m

4.

Poytaxt biznes-kompleksi binosining bir qismi

Toshkent shahar,

M. Ulugʻbek tumani,

X. Alimjon maydoni

(gʻarbiy tomon)

244 kv. m

6.

2 qavatli bino

Toshkent shahar,

Yakkasaroy tumani,

Mirobod koʻchasi, 9A-uy

1 270 kv. m

7.

Sobiq “Zumrad” doʻkoni

Toshkent shahar,

Mirobod tumani,

T. Shevchenko koʻchasi, 31-uy

422 kv. m

8.

2-son davlat meva-sabzavot xarid savdo korxonasining sobiq mulk kompleksi 3

Toshkent shahar, Sergeli tumani, Oltin Vodiy koʻchasi, 2-berk koʻcha, 59-uy

48 254 kv. m

1) Sotilgunga qadar obyektlar davlat mulki uchun belgilangan stavkalarda, shu jumladan, ilgari 2014-yil uchun tegishli ijara shartnomalariga ega boʻlgan tashkilotlarga — foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish haqida eʼlonlarni davriy nashrlarda, shuningdek, Davlat raqobat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi veb-sahifalarida majburiy eʼlon qilishsiz ijaraga berilishi mumkin.
2) Aniqlanishi lozim.
3) Obyektlar funksional maqsadiga qarab qismlarga boʻlib sotilishi mumkin.