Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Energiya taʼminoti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida*
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-sonli “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Quvvati 10 kVtdan ortiq isteʼmolchi obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
*Hujjatning rus tilidagi matni (Oʻz R QT, 2014-y., 11-son, 122-modda)da berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-mart,
52-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 52-son qaroriga
1-ILOVA
Quvvati 10 kilovattdan ortiq isteʼmolchi obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini kelishish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan isteʼmolchi obyektlarining energiya taʼminoti (elektr energiyasi va issiqlik taʼminoti) loyihalarining (keyingi oʻrinlarda energiya taʼminoti loyihalari deb ataladi) qonun hujjatlari va texnik shartlar talablariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida ularni kelishish tartibini va muddatlarini belgilaydi.
2. Energiya taʼminoti loyihalari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi deb ataladi) yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema va shakl boʻyicha beriladi.
3. Xulosa yuridik va jismoniy shaxslarga yoki energiya taʼminoti loyihalarini ishlab chiqqan loyiha tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchi deb ataladi) beriladi va ariza beruvchiga energiya taʼminoti loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqini beradi.
4. Xulosa amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
II. Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
5. Energiya taʼminoti loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berishga doir talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
ariza beruvchi tomonidan energiya taʼminoti loyihalarini ishlab chiqishda va kelishilgan energiya taʼminoti loyihalarida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishi shartligi;
qurilish sohasida energiya taʼminoti talablari yuzasidan normativ hujjatlarga rioya etish shartligi;
texnik shartlar talablariga rioya etish shartligi;
qurilish-montaj ishlarini kelishilgan energiya taʼminoti loyihasida koʻrsatilgan doirada bajarish.
III. Xulosa olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
6. Ariza beruvchi xulosa olish uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
xulosa berilishi uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
energiya taʼminoti loyihasi;
energiya taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun asos boʻlgan texnik shartlar nusxalari (agar mavjud boʻlsa texnik shartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar) va tashqi energiya taʼminoti loyihasi texnik shartlarni bergan tashkilot bilan kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa.
7. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Xulosa olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. Ulangan quvvati 750 kVAgacha elektr qurilmalarining energiya taʼminoti loyihalari xulosasini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining hududiy boʻlinmalariga (Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalaridan tashqari), ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq boʻlganlari — “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida joylashgan isteʼmolchi obyektlariga xulosa olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladi.
10. Xulosa olish uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va ular darhol “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
11. Agar energiya taʼminoti loyihasi loyiha tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq “bir darcha” tamoyili boʻyicha ishlab chiqilgan boʻlsa, xulosa olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar bevosita energiya taʼminoti loyihasini ishlab chiqqan loyiha tashkiloti tomonidan taqdim etiladi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va xulosani berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
12. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan xulosa berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
13. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari:
kuchlanishi 1000 V (1 kV) boʻlgan elektr qurilmalari uchun hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab uch ish kunidan;
kuchlanishi 6-10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab besh ish kunidan;
kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari, shuningdek issiqlik qurilmalari uchun hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab yetti ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda arizani koʻrib chiqadi, xulosa beradi yoki uni berishni rad etadi.
Quvvati 10 kilovattgacha boʻlgan elektr qurilmalari uchun hisob-kitob-montaj sxemasi energiya taʼminoti loyihasi hisoblanadi va kelishilmaydi.
Xulosa ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.
14. Agar “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari xulosa berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida ariza beruvchiga xulosani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddatdan keyin “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasini yoki uning hududiy boʻlinmalarini yozma ravishda xabardor qilgan holda energiya taʼminoti loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tadbirkorlik subyektining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga xulosani berishi shart. Xulosa olinguniga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qoʻyilgan roʻyxati va tadbirkorlik subyekti tomonidan “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga yoʻllangan yozma bildirishnoma xulosaga tenglashtiriladi va energiya taʼminoti loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga asos boʻladi.
15. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tegishli qaror qabul qilinganidan keyin bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga xulosani beradi (yuboradi) yoki xulosa berilishi rad etilganligi toʻgʻrisida unga yozma ravishda xabar beradi.
Xulosa berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
16. Quyidagi asoslar boʻyicha xulosani berish rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan xulosani berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Xulosa berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat xulosa berish rad etilganligi haqidagi bildirishnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
18. Xulosa berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, shu jumladan xulosani berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
19. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari dalil sifatida koʻrsatilishiga keltirilishiga yoʻl quyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan mustasno.
20. Xulosani berish rad etilganligi haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
21. Ariza beruvchi xulosani berish rad etilganligi, shuningdek “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
V. Xulosaning dublikatini berish
22. Xulosa yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tadbirkorlik subyektining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi. Xulosa dublikati uning asl nusxasini bergan “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladi.
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda xulosaning dublikatini, shuningdek hujjat yaroqsiz holga kelgan taqdirda, xulosaning asl nusxasini berishi (yuborishi) shart.
23. Xulosa dublikati berilganligi uchun tadbirkorlik subyektidan yigʻim undirilmaydi.
VI. Xulosaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
24. Xulosaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
25. Energiya taʼminotining kelishilgan loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazilishining real xavfi yaratilishi xulosaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻluvchi ruxsat beruvchi talablar va shartlar bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga tegishlidir.
VII. Berilgan xulosalar reyestri
26. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan berilgan xulosalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Berilgan xulosalar reyestrida tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar boʻlishi kerak:
tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportiga oid maʼlumotlar, pochta manzili, telefoni;
xulosa berilgan sana va uning raqami;
xulosaning amal qilishini toʻxtatishning asosi va sanasi;
xulosani bekor qilishning asosi va sanasi;
xulosa dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
27. Berilgan xulosalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiqdir.
Quvvati 10 kilovattdan ortiq isteʼmolchi obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Quvvati 10 kilovattdan ortiq isteʼmolchi obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini kelishish
SXEMASI
Izoh:
* Xulosa olish uchun zarur boʻlgan ulangan quvvati 750 kVAgacha elektr qurilmalarining energiya taʼminoti hujjatlari “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining hududiy boʻlinmalariga, ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiqlari esa — “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladi.

Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida joylashgan isteʼmolchi obyektlariga xulosa olish uchun zarur hujjatlar “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladi.
** Kuchlanishi 1000 V boʻlgan elektr qurilmalari uchun 3 ish kuni; kuchlanishi 6–10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun 5 ish kuni; kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun 7 ish kuni.
Quvvati 10 kilovattdan ortiq isteʼmolchi obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi
‎ (yoki uning hududiy boʻlinmasi) boshligʻiga

‎‎______________________________
‎(F.I.O.)

Energiya taʼminoti loyihasi kelishilganligi toʻgʻrisida xulosa berish uchun
‎ ARIZA

_________________________________________________tomonidan ishlab chiqilgan,

‎‎(loyiha tashkilotining nomi)

_________________________________________________________ga tegishli boʻlgan

‎‎(tadbirkorlik subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli*)

‎________________________________________________________________________
(energiya taʼminoti loyihasining nomi)
‎‎energiya taʼminoti loyihasi kelishilganligi toʻgʻrisida xulosa berishingizni soʻraymiz.
‎‎Ilova:___________________________________________________________________
(arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati)

‎‎_____________________

____________‎

‎‎_____________________

‎‎(rahbar)*

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ. ‎

Sana 20__ yil “____” _________________
Izoh: *jismoniy shaxslar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning maʼlumotlari koʻrsatiladi.
Quvvati 10 kilovattdan ortiq isteʼmolchi obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
‎(“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi)

‎_________________________________________________tomonidan ishlab chiqilgan,

‎‎(loyiha tashkilotining nomi)

‎‎__________________________________________________ ga tegishli boʻlgan

‎‎(tadbirkorlik subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli*)

‎________________________________________________________________________

‎‎(energiya taʼminoti loyihasining nomi, obyektning joylashgan joyi)

‎‎______________________________________________________________,


‎‎‎loyiha kelishilganligi toʻgʻrisida xulosa

Yuqorida koʻrsatilgan loyiha koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq keladi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi (yoki uning hududiy boʻlinmasi) bilan kelishilgan deb hisoblanadi.
‎Energiya taʼminoti loyihasining texnik tavsiflari ushbu xulosaga ilovada belgilangan va xulosaning ajralmas qismi hisoblanadi**.

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi
‎(yoki uning hududiy boʻlinmasi) boshligʻi __________

‎‎_________________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎

_________ — son xulosa berilgan sana 20_____ yil “____” ______________________.
Izoh:
* Jismoniy shaxslar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning maʼlumotlari koʻrsatiladi.
** Energiya taʼminoti loyihasining texnik tavsiflari xulosaga ilovada, ixtiyoriy shaklda, keltiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 52-sonli qaroriga
2-ILOVA
Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsatnoma berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga muvofiq isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini (keyingi oʻrinlarda — isteʼmolchilarning elektr qurilmalari deb ataladi) elektr tarmoqlariga ulash hamda ularning ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini taʼminlash maqsadida isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalaniladi:
elektr energiyasi isteʼmolchilari (isteʼmolchilar) — elektr energiyasidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
elektr-texnik laboratoriya (ETL) — mustaqil tashkilot — elektr qurilmalarining va isteʼmolchilar elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarining elektr sinovlarini (oʻlchashlarini) oʻtkazuvchi isteʼmolchi yoki isteʼmolchi korxona va tashkilot tarkibidagi boʻlinma. Ular jumlasiga turgʻun va koʻchma ETL kiradi. ETL kuchlanishi 1000 V gacha, 6kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV boʻlgan elektr uskunalarini sinash boʻyicha tashkil etilishi mumkin;
elektr-texnik xodimlar — isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini montaj qilish, sozlash, texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, ishlash rejimini boshqarish ishlarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi xodimlar toifasi.
3. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini, shu jumladan ETLda joylashtirilgan sinovlarni (oʻlchashlarni) oʻtkazish elektr qurilmalarini, ekspluatatsiya qilishga ruxsatnomani (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar deb ataladi) beradi.
Isteʼmolchilarga ruxsatnoma berilishi ularga elektr tarmoqlarining egalari boʻlgan korxona va tashkilotlarning elektr tarmoqlariga ulanish huquqini beradi.
Ruxsatnomani berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ruxsat berish tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini qonun hujjatlari bilan belgilangan “bir darcha” tamoyili boʻyicha elektr tarmoqlariga ulash tartibida amalga oshiriladi.
5. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat olinishidan oldin isteʼmolchi ularni montaj ishlarini bajargan ixtisoslashtirilgan tashkilotdan (keyingi oʻrinlarda — montaj tashkiloti deb ataladi) va sozlash hamda sinash ishlarini oʻtkazgan ishga tushirish-sozlash tashkilotidan (keyingi oʻrinlarda — sozlash tashkiloti deb ataladi), tegishli qabul qilish-topshirish hujjatlari ilova qilingan holda, ular tomonidan tayyorlangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha qabul qilib oladi.
6. Agar isteʼmolchining montaj qilingan elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mulki etib va/yoki ularga xizmat koʻrsatish uchun topshiriladigan boʻlsa, u holda ularning montaj va sozlash tashkilotlaridan texnik qabul qilishni isteʼmolchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili bilan birgalikda amalga oshiradi.
7. Agar isteʼmolchining ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilgan elektr qurilmalari isteʼmolchi korxona va tashkilotning ichki elektr tarmoqlariga ulanadigan boʻlsa va ularning ulanishi tashqi elektr taʼminoti sxemasining oʻzgartirilishini talab qilmasa, u holda isteʼmolchi elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat olinganidan keyin ularni belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishga tushirishi mumkin.
8. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlarining egasi boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning elektr tarmoqlariga ulash faqat ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
9. Ruxsatnoma amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
II. Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar
10. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalari elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiq bajarilgan, kelishilgan loyiha, ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Bunda isteʼmolchilarning quvvati 10 kVt gacha boʻlgan elektr qurilmalari uchun hisob-kitob-montaj sxemasi — elektr taʼminoti loyihasi hisoblanadi va u kelishilmaydi.
11. Elektr energiyasi isteʼmolchilari boʻlgan korxona va tashkilotlar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun tayyorlangan elektr-texnik xodimlarga (yoki elektr qurilmalariga boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan texnik xizmat koʻrsatilishi uchun shartnomaga), sinovdan oʻtkazilgan himoya vositalariga, asboblarga, ehtiyot qismlarga, aloqa va yongʻin oʻchirish vositalariga ega boʻlishi shart.
Isteʼmolchi korxona va tashkilotlarda rahbarning buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlar jumlasidan, elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli guruhga ega boʻlgan va bilimi sinovdan oʻtgan elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs tayinlanishi lozim.
12. Aholiga sotish uchun chakana savdo tarmogʻiga kelib tushadigan va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan 0,4 kV kuchlanishli yoritish qurilmalari, elektr asboblari va elektr mashinalaridan foydalanuvchi isteʼmolchi elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash yoki yollash imkoniyatiga ega boʻlmasa, elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga yuklashi mumkin.
Bunda, elektr xoʻjaligi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan shaxs hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaxs deb ataladi) tomonidan isteʼmolchilarning elektr qurilmalari texnik koʻrigi bilan bir vaqtda oʻtkaziladigan elektr xavfsizligi va elektr qurilmalariga xavfsiz xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma olishi lozim va bu haqda yoʻriqnomalarni roʻyxatga olish jurnaliga tegishli yozuv kiritiladi.
13. Majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan xorijiy uskunalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat, ular uchun muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgandagina beriladi.
14. Turidan qatʼi nazar, elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga tushirishda isteʼmolchi quyidagi talablar va shartlarni bajarishga majburdir:
elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari, isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari, elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari hamda elektr energetikasi sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
ETL mavjud boʻlganda:
ETLda sinovlar (oʻlchashlar) bilimlari sinovdan oʻtgan va elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli guruhga ega boʻlgan hamda ETLda maxsus ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan maxsus tayyorlangan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi;
ETLda oʻtkaziladigan sinovlar (oʻlchashlar) turi va hajmlaridan qatʼi nazar, toʻrt kishidan kam boʻlmagan xodimlar shtatining boʻlishi, ular jumlasida:
a) umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi va sinovlar (oʻlchashlar) oʻtkazish bilan bogʻliq barcha texnik vazifalarning bajarilishi uchun javob beruvchi ETL boshligʻi (texnik rahbar);
b) oʻtkazilgan sinovlar (oʻlchashlar) natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirish huquqiga ega boʻlgan maxsus tayyorlangan xodimlar (kamida ikki nafar);
ETL boshligʻining lavozim vazifalari tashkilotning shtati boʻyicha boshqa lavozim vazifalari bilan qoʻshib olib borilishiga yoʻl qoʻymaslik;
ETLda sinovlar (oʻlchashlar) ularni oʻtkazish usullari, maqsadi va natijalarini baholash bilan tanishib chiqqan vakolatli shaxslar tomonidan oʻtkazilishi, xodimlar bilimlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun ichki tekshirish oʻtkazilishi;
ETL xodimlari elektr energetikasi sohasida maxsus oliy yoki oʻrta maxsus kasbiy taʼlim yoxud elektr energetikasi sohasida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga va kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtish sharti bilan boshqa oliy yoki oʻrta maxsus kasbiy taʼlim olgan boʻlishi;
tekshirish natijalarini rasmiylashtirgan va Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari boʻyicha bilimlarni sinovdan oʻtkazish jurnalida roʻyxatidan oʻtkazgan holda ETL xodimlarining bilimini tekshirish;
ETLda xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishi hisobi muntazam yuritilishi (ETLning har bir xodimi 5 yilda kamida 1-marta elektr-texnik va issiqlik-texnik xodimlarni tayyorlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan markazlarda malaka oshirishdan oʻtishi lozim);
ETLni buyurtma qilingan ish turlarini bajarish imkonini taʼminlovchi sinash (oʻlchash) vositalari bilan jihozlash;
sinash uskunalari va oʻlchash vositalarini oʻlchashlar birligini taʼminlash davlat tizimining talablariga muvofiq metrologik attestatsiya qilish hamda ishlab chiqaruvchi zavodlarning ekspluatatsion hujjatlari bilan taʼminlash;
sinovlar (oʻlchashlar) oʻtkazuvchi ETLda elektr uskunasiga texnik pasportning mavjudligi.
III. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
15. Isteʼmolchi ruxsatnoma olish uchun tegishli hududiy boʻlinmaga ushbu Nizomga 4 va 5-ilovalarda keltirilgan elektr qurilmalari turiga qarab ruxsatnoma berish uchun hududiy boʻlinmaga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga muvofiq hujjatlarni ilova qilgan holda ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllar boʻyicha elektr qurilmalarining turiga qarab ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani (xatni) taqdim etadi.
16. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar isteʼmolchi tomonidan hududiy boʻlinmaga bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar isteʼmolchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ruxsatnoma olish uchun hududiy boʻlinmalarga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, ushbu hujjatlar qabul qilingan sanasi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol isteʼmolchiga beriladi (yuboriladi).
17. Isteʼmolchilardan ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar talab etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish
18. Hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi taqdim etilgan hujjatlarni ularning kelishilgan loyiha hujjatlariga; isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanayotgan korxona va tashkilot tomonidan berilgan texnik shartlarga; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, shuningdek elektr qurilmalarini sozlash va sinash boʻyicha ishlar toʻliq oʻtkazilganligi, bayonnomalarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, ekspluatatsion va tashkiliy-tasarrufiy hujjatlarning mavjudligi, xodimlarning malakasi borligi va yetarliligi, ularning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga tayyorligi, muvofiqlik sertifikati borligi yuzasidan koʻrib chiqadi.
19. Taqdim etilgan hujjatlar hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 5 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Isteʼmolchining ruxsatnoma olish haqidagi arizasi hududiy boʻlinmada koʻrib chiqilishi uchun va ruxsatnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza beruvchiga taqdim etilgan hujjatlarning sifati va hajmi boʻyicha asoslangan eʼtirozlar maʼlum qilinadi (agar bor boʻlsa), shuningdek elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi kelishiladi.
20. Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilganidan soʻng ular boʻyicha eʼtirozlar boʻlmasa, elektr qurilmalari oʻn ish kuni davomida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
21. Isteʼmolchining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi tomonidan isteʼmolchi korxona va tashkilotning vakili (rahbari yoki elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs) ishtirokida zaruriyat boʻlganda montaj va sozlash tashkilotlarining xodimlarini hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Isteʼmolchining kuchlanishi 1000 Vdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari toʻla hajmda koʻrikdan oʻtkaziladi, kuchlanishi 1000 Vgacha boʻlgan elektr qurilmalari esa tanlov asosida koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin, isteʼmolchilarning umumiy quvvati 10 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalari koʻrikdan oʻtkazilmaydi.
22. Sinovlarni (oʻlchashlarni) oʻtkazish uchun elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi qoʻshimcha ravishda quyidagilarni tekshiradi:
taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxa ekanligi;
ETL xodimlarining sinovlarni (oʻlchashlarni) oʻtkazish boʻyicha ishlarni bajarishga qoʻyilishi haqidagi guvohnomalar, ular malakasining buyurtma berilgan ish turlariga muvofiqligi;
sinash (oʻlchash) vositalarining borligi, holati va saqlash sharoitlari;
elektr oʻlchash asboblari va sinash qurilmalarini qiyoslashdan oʻtkazish jadvali, ularning texnik holati va berilishini hisobga olish jurnalining borligi;
himoya vositalari va ularning saqlanishini hisobga olish jurnali, himoya vositalarini sinash toʻgʻrisidagi guvohnomalar va texnika xavfsizligi boʻyicha plakatlar toʻplami borligini;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning borligi;
turgʻun ETLda ish joylarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi haqidagi maʼlumotlar, himoya toʻrlari, blokirovka qilish qurilmalari, yongʻinni oʻchirish vositalari borligi tekshiriladi.
23. Tarkibida ETL faoliyat koʻrsatayotgan isteʼmolchi korxonalar va tashkilotlarning elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish elektr qurilmalarining turlari boʻyicha alohida rasmiylashtiriladi.
24. Elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilishi lozim.
25. Elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda eʼtirozlar va ushbu Nizomning II boʻlimida belgilab berilgan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlardan chekinishlar boʻlmasa, mansabdor shaxs ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarda keltirilgan shakllar boʻyicha elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligi haqidagi xulosa bilan birgalikda qurilmalarini (elektr qurilmalarining turiga qarab) texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
Dalolatnomaning xulosa qismida isteʼmolchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish mumkinligi koʻrsatiladi. Dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Uning bir nusxasi isteʼmolchiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa — hududiy boʻlinmada qoladi.
26. Isteʼmolchining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasiga asosan tegishli hududiy boʻlinma tomonidan ushbu Nizomga 8-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va isteʼmolchilarga beriladi. Isteʼmolchilarga ruxsatnomaning berilishi tegishli hududiy boʻlinma tomonidan bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma uch nusxada tayyorlanadi: bitta asl nusxasi va 2 ta nusxasi.
Ruxsatnomaning asl nusxasi isteʼmolchiga yuboriladi (topshiriladi), uning bir nusxasi isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanadigan korxona va tashkilotga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa — hududiy boʻlinmada qoladi.
27. Isteʼmolchining elektr qurilmalarida sinash (oʻlchash) ishlarini ruxsatnomada koʻrsatilgandan qiymatdan yuqori kuchlanishda oʻtkazish taqiqlanadi.
28. Elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda ushbu Nizomning II boʻlimida belgilangan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlardan chekinishlar aniqlanganda, hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi tekshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning batafsil roʻyxati hamda elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish mumkin emasligi haqidagi xulosa bilan birgalikda isteʼmolchining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
Tegishli kamchiliklar va nuqsonlar haqidagi koʻrsatmalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilgan aniq qoidalariga havola boʻlishi lozim.
29. Aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar bartaraf etilganidan soʻng isteʼmolchining elektr qurilmalari takroran texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi. Isteʼmolchining elektr qurilmalarini takroran texnik koʻrikdan oʻtkazish murojaat qilinganidan soʻng uch ish kuni davomida amalga oshirilishi lozim.
30. Agar hududiy boʻlinma isteʼmolchining ruxsatnomani olish haqidagi arizasi olingan kundan boshlab oʻn olti ish kuni davomida isteʼmolchiga ruxsatnoma bermasa yoki uning berilishini rad etmasa, koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng isteʼmolchi, tegishli hududiy boʻlinmani yozma ravishda xabardor qilgan holda, elektr tarmoqlarining egasi boʻlgan korxona va tashkilot bilan elektr taʼminoti shartnomasini tuzish va uning tarmoqlariga ulanish huquqiga ega boʻladi.
31. Ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan holatda hududiy boʻlinma isteʼmolchining yozma bildirishnomasi olingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida unga ruxsatnomani berishi shart. Ruxsatnoma olinguniga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qoʻyilgan roʻyxati va isteʼmolchi tomonidan hududiy boʻlinmaga yoʻllagan yozma bildirishnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi va elektr tarmoqlariga ulanish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
32. Ruxsatnomani berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
isteʼmolchi tomonidan ruxsatnomani olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
isteʼmolchining ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar borligi;
texnik koʻrik natijalari boʻyicha asoslangan rad etish xulosasi.
Hududiy boʻlinma tomonidan boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ruxsatnomani berish rad etilishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etish va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega boʻlgan muddat ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
33. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda hududiy boʻlinma tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari dalil sifatida keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari dalil sifatida keltirilishi bundan mustasno.
34. Isteʼmolchi tomonidan ruxsatnomani berish rad etilishi haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va hududiy boʻlinma tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
35. Isteʼmolchi ruxsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek hududiy boʻlinma mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
V. Ruxsatnomaning dublikatini berish
36. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda isteʼmolchining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi. Ruxsatnoma dublikatini berish uning nusxasini bergan hududiy boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy boʻlinma ruxsatnoma dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh kun davomida, shuningdek ruxsatnoma yaroqsizga chiqarilgan hollarda uning asl nusxasini berishi shart.
37. Ruxsatnomaning dublikatini berish uchun yigʻim undirilmaydi.
VI. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish
38. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish “Tadbirkorlik sohasidagi ruxsatnoma berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
39. Ruxsatnoma berilgan maqsadda elektr tarmoqlariga ulanish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazishning real xavfi yaratilishi ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻluvchi ruxsat beruvchi talablar va shartlar bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga tegishlidir.
VII. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
40. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirishi lozim.
Berilgan ruxsatnomalar reyestrida isteʼmolchilar haqidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
isteʼmolchi — yuridik shaxsning nomi — uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
isteʼmolchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid maʼlumotlar, pochta manzili, telefoni;
ruxsatnoma berilgan sana va uning raqami;
ruxsatnomani toʻxtatib turish va qayta tiklashning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
41. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiqdir.
Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish
SXEMASI
Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga
‎ ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizaning (xatning) shakli

_________________________________________________boshligʻiga

(hududiy boʻlinmaning nomi)

‎‎________________________________________________ga

(‎‎F.I.O.)

______________________________________________________dan

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning nomi, joylashgan joyi
‎(yuridik manzili))

yoi____________________________________________________dan

(elektr qurilmalari egasining F.I.O., manzili, telefoni)

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berishingizni soʻraymiz ________________________________________________________________________

(yangidan ishga tushirilayotgan yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarining
‎nomi (keraklisi ostiga chizib qoʻyilsin))

Elektr taʼminoti loyihasi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan ________________________________________________________________________

‎‎(loyihaning kelishilganligi haqidagi xulosaning raqami va sanasi)

Montaj ishlari _______________________________________ tomonidan bajarilgan

(elektr-montaj tashkilotining nomi)

Ishga tushirish-sozlash ishlari ___________________________ tomonidan bajarilgan

(ishga tushirish-sozlash tashkilotining nomi)

Elektr qurilmasi montaj tashkilotidan ishchi komissiya tomonidan qabul qilingan ________________________________________________________________________

(qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan sana)

Elektr xoʻjaligi uchun javobgar sh�xs (yuridik shaxslar uchun) ________________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami)


‎Ilova:‎

‎1. Ijro hujjatlari _______ varaqda;

2. Qabul qilish-topshirish sinovlarining bayonnomalari
‎_______ varaqda.

Isteʼmolchi korxona va tashkilotning rahbari (yuridik shaxslar uchun)

‎‎_________________________

____________‎

________________________

‎(F.I.O)

(imzo) ‎

(sana)

yoki‎

‎‎Elektr qurilmalarining egasi (jismoniy shaxslar uchun)

_________________________‎‎ ____________‎ ________________________‎‎
(F.I.O.) ‎ ‎‎ (imzo) ‎ (sana)‎ ‎‎
Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Sinovlarni (oʻlchashlarni) oʻtkazish uchun isteʼmolchilarning elektr
‎qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi
‎arizaning (xatning) shakli

_________________________________________________boshligʻiga

(hududiy boʻlinmaning nomi)

‎‎________________________________________________ga

(‎‎F.I.O.)

‎‎______________________________________________________dan

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning nomi, joylashgan joyi
‎(yuridik manzili))

‎‎yoki ___________________________________________________ dan

‎‎(elektr qurilmalari egasining F.I.O., manzili, telefoni)‎

Elektr qurilmalarini sinovlarni (oʻlchashlarni) oʻtkazish uchun ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berishingizni soʻraymiz

‎‎‎_______________________________________________________________

(yangidan ishga tushirilayotgan yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarining
‎ nomi (keraklisi ostiga chizib qoʻyilsin))

elektr qurilmalari quyidagilarga ega:
‎koʻchma asboblar toʻplami;
‎statsionar stend inv. raqami_____;
‎1000 Vgacha (yoki 1000 vgacha va undan yuqori) kuchlanishli elektr qurilmalarida sinovlar (oʻlchashlar)ning quyidagi turlarini oʻtkazishga moʻljallangan koʻchma laboratoriya:
1. Simlar va kabellar izolyatsiyasi qarshiligini oʻlchash.
‎2. Erga ulash qurilmalari qarshiligini oʻlchash.
‎3. Erga ulangan qurilmalar va yerga ulangan qurilmaning elementlari oʻrtasida zanjirning borligini tekshirish.
‎4. 1000 Vgacha kuchlanishli elektr qurilmalarida faza-nul zanjirini tekshirish.
‎5. Elektr uskunalari va kabellarni yuqori kuchlanish bilan sinash.
‎6. Himoya vositalarini turgʻun stendda sinash.
‎7. Himoya qilish bilan bogʻliq oʻchirish qurilmasi ishlashini tekshirish (bundan keyingi oʻrinlarda — HOʻQ deb ataladi).
‎Elektr oʻlchash laboratoriyasi quruq isitiladigan xona bilan taʼminlangan va maxsus tayyorlangan xodimlar bilan butlangan.
‎‎Ilova: Ruxsatnomani olish uchun hududiy boʻlinmalarga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlar ___ varaqda.
‎‎Korxona va tashkilotning rahbari

‎‎_________________________

____________‎

________________________

(F.I.O.)‎

(imzo)

(sana)

M.Oʻ.‎ ‎
Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish uchun hududiy boʻlinmaga taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Elektr qurilmalarining ulanishi uchun texnik shartlar.
2. Belgilangan tartibda kelishilgan elektr taʼminoti loyihasi.
3. Isteʼmolchining elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs tomonidan imzolangan obyekt elektr taʼminotining bir chiziqli sxemasi.
4. Montaj tashkiloti bilan isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
5. Elektr qurilmalari uchun muvofiqlik sertifikati.
6. Mavjud himoya vositalari (ular sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar bilan birgalikda yongʻin oʻchirish jihozlari, texnika xavfsizligi boʻyicha plakatlar.
7. Elektr qurilmalari tuzilishi qoidalarining I boʻlimi 1.8-bandida nazarda tutilgan elektr qurilmalarini qabul qilish-topshirish sinovlarining bayonnomalari.
8. Asosiy elektr uskunalarining pasportlari.
9. Elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq.
10. Ijro sxemalari, yer osti ishlarining dalolatnomalari.
11. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispetcherlik xizmatiga isteʼmolchi nomidan elektr qurilmalarini ulash va oʻchirish uchun buyurtmanoma berish huquqiga ega boʻlgan tezkor va tezkor-taʼmirlash xodimlarining roʻyxati (F.I.O., lavozimi, elektr xavfsizligi boʻyicha malaka guruhi, telefon raqamlari).
12. Tarmoqlariga ulanilayotgan korxona va tashkilot bilan kelishilgan elektr qurilmalarini ulash dasturi (35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini ulashda).
Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Sinovlarni (oʻlchashlarni) oʻtkazish uchun isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish uchun hududiy boʻlinmaga taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Tarkibida ETL faoliyat koʻrsatayotgan isteʼmolchi korxona va tashkilot Ustavi (Nizomi) (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
2. ETLni tashkil etish va uning rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi.
3. ETL mutaxassislari va ishchilarining lavozim va ishlab chiqarish yoʻriqnomalari qoidalarini bilishini tekshirish boʻyicha komissiyani tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi.
4. Korxona va tashkilotning elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxsni hamda ushbu korxona va tashkilot tarkibida ETL boʻlganda uning oʻrnini bosuvchi shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi.
5. ETLning elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi.
6. ETL xodimlariga sinovlar (oʻlchashlar) dalolatnomalarini, bayonnomalarini imzolash huquqini berish toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi.
7. “Oʻzstandart” agentligi tomonidan vakil qilingan tashkilot tomonidan berilgan va agentlikning hududiy organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan ETLni attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi.
8. Oʻlchash vositalarini qiyoslash va sinash qurilmalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar.
9. Sinovlarni (oʻlchashlarni) oʻtkazish metodikasi (dasturlar).
10. ETL xodimlarini, ularga sinovlar (oʻlchashlar) boʻyicha maxsus ishlarni bajarishga ruxsatnoma bergan holda xodimlar bilimlarini oxirgi tekshirish bayonnomalarining (jurnallardagi yozuvlarning) nusxalari.
11. ETLda himoya vositalarini hisobga olish, ular oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash va tashkil etish, ularni saqlash uchun javobgar shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi farmoyish.
12. Ishlab chiqarishda sinovlarni (oʻlchashlarni) oʻtkazishda qoʻllaniladigan himoya vositalarining tasdiqlangan roʻyxati.
13. Korxona va tashkilotning nomi toʻliq yozilgan, rahbarning imzo qoʻyishi joy va muhr uchun joy boʻlgan titul varaq tarkibida sinovlar (oʻlchashlar) oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ariza beruvchining texnik hisoboti, shuningdek ETL boshligʻining imzo qoʻyishi uchun joy boʻlgan texnik hisobot mazmunining shakli.
14. Xodimlarning buyurtma berilgan ishlar turlari boʻyicha malakasi.
15. Texnik hujjatlar (sinovlar (oʻlchashlar) dalolatnomalari, bayonnomalarining blankalari, ularni imzolash huquqiga ega boʻlgan shaxslar (kamida ikki nafar) imzolari qoʻyilishi uchun joy va ETLning toʻrt burchakli muhri bosilishi uchun joy boʻlishi lozim).
16. ETLning joriy faoliyati boʻyicha hujjatlar (buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, sinovlar (oʻlchashlar) ning tuzilgan bayonnomalarini berishni roʻyxatdan oʻtkazish jurnallari.
Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
‎DALOLATNOMASI

20___ yil “____” _____________ № _____

Ushbu dalolatnoma ________________________________________________________

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning nomi yoki elektr qurilmalari
‎egasining F.I.O. (keraklisi ostiga chizilsin))

20___ yil “___” _______dagi ___-son arizasiga asosan
‎_________________________________________________________ mansabdor shaxsi

(hududiy boʻlinmaning nomi,‎‎ lavozimi)

(F.I.O.)‎

tomonidan isteʼmolchi korxona va tashkilotning vakili (yuridik shaxslar uchun) _____________________________ ___________________ yoki elektr qurilmalarining

‎‎(lavozimi,

(F. I. O.)‎‎

egasi (jismoniy shaxslar uchun) _____________________________ ishtirokida tuzildi.

‎‎(F.I.O.)

Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqildi va elektr qurilmalari texnik koʻrikdan oʻtkazildi.

‎‎1. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalari:
‎‎_______________________________________________________________

‎‎(elektr qurilmalarining nomi, elektr taʼminoti manbalari)

‎‎1.1. Elektr qurilmalarining tarkibi va tavsifi:
‎‎_______________________________________________________________

(turi, quvvati, kuchlanishi, soni)

‎1.2. Texnik hujjatlar
‎1.2.1. Texnik shartlar 20___ yil “_____” ____________da _____________ raqami bilan
‎____ kVa (kVt) quvvat bilan ulanish uchun ______________________________________

tomonidan berilgan. ‎

‎‎(texnik shartlarni bergan korxona va tashkilotning nomi)

1.2.2. Elektr taʼminoti loyihasi ____________________________________________ _________________________________________________ tomonidan ishlab chiqilgan.
(loyiha tashkilotning nomi, ishlab chiqish raqami va sanasi)
Ushbu loyiha “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va _____________________________

(loyiha kelishilganligi toʻgʻrisidagi ‎xulosaning raqami va sanasi)

hamda elektr qurilmalari tarmoqlariga ulanadigan korxona va tashkilot bilan ______________________________________________________________ kelishilgan.‎‎

(korxona va tashkilotning nomi, loyiha kelishilganligi toʻgʻrisidagi
‎xulosaning raqami va sanasi)

1.2.3. Elektr-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari hamda sinovlar ______________________________________________________________ tomonidan

(tashkilotning nomi, litsenziya raqami, kim tomonidan berilgan, amal qilish muddati)

bajarildi.‎

1.2.4. Ishga tushirish-sozlash hujjatlari, sinovlar (oʻlchashlar) bayonnomalarining Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari (EQTQ) va Texnika xavfsizligi qoidalari (TXQ) talablariga muvofiqligi __________

2. Elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi

‎‎2.1. Elektr qurilmalari ekspluatatsiyasini tashkil etish:
2.1.1. Elektr qurilmalari ekspluatatsiyasi _____________________________________ _______________________________________________________________ tomonidan

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning nomi yoki elektr qurilmalari
‎egasining F.I.O. (keraklisi ostiga chizilsin))

amalga oshiriladi.

‎2.1.2. Elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs ________________________ _____________

‎‎(lavozimi)

(F. I. O.,) ‎

20___ yil “___” ________ dagi___ -son buyruq bilan tayinlangan.

‎Qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda _________ yil “____” ______________da va TXQ boʻyicha bilimlari tekshirilgan va unga ____ V kuchlanishli elektr qurilmalari bilan ishlash uchun elektr xavfsizligi boʻyicha______ guruh berilgan.

2.1.3. Elektr-texnik xodimlar soni va malakasi boʻyicha yetarli ekanligi ________________________________________________________________________

2.1.4. Elektr-himoya vositalarining holati, ularning yetarli ekanligi ________________________________________________________________________

2.1.5. Tezkor texnik hujjatlarning mavjudligi (ha, yoʻq):
‎tasdiqlangan prinsipial elektr sxemasi ______________________________________;
‎lavozim yoʻriqnomalari ___________________________________________________;
‎ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ____________________________________;
‎naryad blankalari ________________________________________________________;

‎2.1.6. Quyidagi jurnallarning mavjudligi (ha, yoʻq):
‎TEQ va TXQ boʻyicha bilimlarni tekshirish ___________________________________;
‎elektr-texnik xodimlarga yoʻriqnoma berish ___________________________________;
‎tezkor-jurnal ___________________________________________________________;
‎himoya vositalarini hisobga olish va saqlash ___________________________________;
‎elektr uskunalarining nuqsonlari (nosozliklari) ______________________________;
‎2.1.7. Asosiy elektr uskunalariga pasportlar (sertifikatlar) _____________________ ________________________________________________________________________

‎‎2.2. Elektr qurilmalarining texnik holati
‎2.2.1. Yongʻinga qarshi vositalar bilan taʼminlash ________________________________
‎2.2.2. Oʻlchash asboblarining holati ____________________________________________
‎2.2.3. Erga ulash qurilmalarining holati _______________________________________
‎2.2.4. Elektr xonalari va ularda montaj qilingan elektr qurilmalarining elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga muvofiqligi _____________________________
‎ _______________________________________________________________________
‎2.2.5. Kabel va havo liniyalarining texnik holati _______________________________ ________________________________________________________________________
‎2.2.6. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-rostlash apparatlari, elektr yoritish asboblarining texnik holati ________________________________________________
‎2.2.7. Kompensatsiyalovchi qurilmalarning texnik holati (bor boʻlsa) ______________________________________________________________________

‎‎(turi, ishlab chiqaruvchi zavodning raqami)

2.2.8. Taqsimlash qurilmalari _______________________________________________
‎2.2.10. Kuch transformatorlari ______________________________________________
‎2.2.11. Hisobga olish sxemasining montaji (hisobga olish asboblarini, oʻlchash transformatorlarini va boshqalarni oʻrnatish) ________________________________ ________________________________________________________________________
‎‎3. Xulosa
‎‎_______________________________________________________________‎

(texnik koʻrikdan oʻtkazishga taqdim etilgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya
‎qilishga ruxsat berish mumkinligi)

Mansabdor shaxs ___________________________________ _______________________
(hududiy boʻlinmaning nomi lavozimi)

(F.I.O.)‎

20___ yil “___” ____________ ______________________

(imzo)

Isteʼmolchi korxona va tashkilotning rahbari yoki elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs (yuridik shaxslar uchun) ____________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________

(korxona va tashkilotning nomi, lavozimi

F. I. O.‎)
20___ yil “___” ______________ ______________________

(imzo)

Isteʼmolchining M.Oʻ.
‎yoki
Elektr qurilmalarining egasi‎ (jismoniy shaxslar uchun) ________________________

‎‎(F.I.O., telefon raqami)

20___ yil “___” ______________ ______________________

(imzo)

Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

Sinovlarni (oʻlchashlarni) oʻtkazish uchun ETLda joylashgan isteʼmolchilarning
‎elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
‎DALOLATNOMASI

‎20___ yil “____” _____________ № ____


‎Ushbu dalolatnoma ________________________________________________________

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning nomi yoki elektr qurilmalari egasining
‎F.I.O. (keraklisi ostiga chizilsin))

20___ yil “___” _______dagi ___-son arizasiga asosan __________________
_________________________________________ ________________ mansabdor shaxsi

‎‎(hududiy boʻlinmaning nomi, lavozimi

(F. I. O.)‎‎

tomonidan isteʼmolchi korxona va tashkilotning vakili (yuridik shaxslar uchun) _________________________ _______________________ yoki elektr qurilmalarining

(lavozimi,

‎‎F. I. O.)‎‎‎

egasi (jismoniy shaxslar uchun) __________________ ishtirokida tuzildi.‎
‎Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqildi va elektr qurilmalari texnik koʻrikdan oʻtkazildi.

‎1. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmasi:

‎‎_______________________________________________________________

(turgʻun, koʻchma, koʻtarib yuriladigan asboblar toʻplami bilan (keraklisi ostiga chizilsin))

‎2. Xulosa ________________________________________________________

(texnik koʻrikdan oʻtkazishga taqdim etilgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga

‎‎_______________________________________________________________

ruxsat berish mumkinligi sinovlar (oʻlchashlar) oʻtkaziladigan elektr qurilmalari kuchlanishining qiymatini

‎‎_______________________________________________________________

_____ V qiymatini va ruxsat berilgan sinovlar va (yoki) oʻlchashlar turlarining roʻyxatini koʻrsatgan holda)

Mansabdor shaxs __________________________________________________________

(hududiy boʻlinmaning nomi, lavozimi

(F.I.O) ‎

20___ yil “___” __________ __________________

(imzo)

Isteʼmolchi korxona va tashkilotning rahbari yoki elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs (yuridik shaxslar uchun) ____________________________________________________ ________________________________________________________________________
(korxona va tashkilotning nomi, lavozimi F. I. O.)‎
20___ yil “___” ___________ ___________________

(imzo)

Isteʼmolchining M.Oʻ.‎
Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI (“OʻZDAVENERGONAZORAT”)

‎Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga va/yoki sinovlarni
‎ (oʻlchashlarni) oʻtkazish uchun elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga
‎RUXSATNOMA № ________

‎20___ yil “_____” _____________
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining _______________________ hududiy boʻlinmasi

(hududiy boʻlinmaning nomi)

‎‎_______________________________________________________________

(yangi, rekonstruksiya qilingan (keraklisi ostiga chizilsin))

elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishning 20___ yil “__” __________dagi ____-son dalolatnomasiga asosan ____________________________________________

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning
_______________________________________________________________ga tegishli

nomi yoki elektr) qurilmalari egasining F.I.O. (keraklisi ostiga chizilsin))

boʻlgan __________________________________________________________________

(elektr qurilmalarining toʻliq nomi, kuchlanish qiymatini koʻrsatgan holda)

elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat beradi.
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi ______________________________________ ning

‎‎(hududiy boʻlinmaning nomi)

boshligʻi ___________________________________ M.Oʻ. _______________________
(‎‎F.I.O.) ‎ ‎

(imzo, sana)‎

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 52-son qaroriga
3-ILOVA
Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat boʻyicha Davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga muvofiq isteʼmolchilarning yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilingan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini (keyingi oʻrinlarda — isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalari deb ataladi) issiqlik tarmoqlariga ulash hamda ularning ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini taʼminlash maqsadida isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
issiqlik energiyasi isteʼmolchilari (isteʼmolchilar) — issiqlik energiyasidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
issiqlik-texnik xodimlar — isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash ishlarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi, issiqlik qurilmalari ishlash rejimini boshqaruvchi xodimlar toifasi.
3. Isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnomani (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma deb ataladi) “Oʻzenergonazorat” inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar deb ataladi) beradilar.
Isteʼmolchilarga ruxsatnoma berish ularga issiqlik tarmoqlarining egalari boʻlgan korxona va tashkilotlarning issiqlik tarmoqlariga ulanish huquqini beradi.
Ruxsatnomani berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilishidan oldin isteʼmolchi ularni montaj ishlarini bajargan ixtisoslashgan tashkilotdan (keyingi oʻrinlarda — montaj qilish tashkiloti deb ataladi) hamda sozlash va sinov ishlarini oʻtkazgan ishga tushirish-sozlash tashkilotidan (keyingi oʻrinlarda — sozlash tashkiloti deb ataladi) ular tomonidan tegishli qabul qilish-topshirish hujjatlari ilova qilingan holda tayyorlangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha qabul qilib oladi.
5. Agar isteʼmolchining montaj qilingan issiqlik qurilmalari hududiy issiqlik tarmoqlari korxonasi mulki etib va/yoki ularga xizmat koʻrsatish uchun beriladigan boʻlsa, u holda ularni montaj va sozlash tashkilotlaridan texnik qabul qilishni isteʼmolchi issiqlik taʼminoti korxonasining vakili bilan birgalikda amalga oshiradi.
6. Agar isteʼmolchining ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilgan issiqlik qurilmalari isteʼmolchi korxona va tashkilotning ichki issiqlik tarmoqlariga ulanadigan boʻlsa va ularning ulanishi tashqi issiqlik taʼminoti sxemasining oʻzgartirilishini talab qilmasa, u holda isteʼmolchi issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilgandan keyin ularni belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishga tushirishi mumkin.
7. Issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan issiqlik energiyasini isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalariga yetkazib berish faqat isteʼmolchilarda ruxsatnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
8. Ruxsatnoma amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
II. Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
9. Isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga, texnik shartlarga muvofiq bajarilishi, kelishilgan loyiha, ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
10. Issiqlik energiyasi isteʼmolchilari boʻlgan korxona va tashkilotlar issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarga (yoki issiqlik qurilmalariga boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan texnik xizmat koʻrsatish uchun shartnomaga); sinovdan oʻtkazilgan himoya vositalariga, asboblarga, ehtiyot qismlarga, aloqa va yongʻinni oʻchirish vositalariga ega boʻlishi lozim.
11. Majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan xorijiy uskunalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish unga muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda beriladi.
12. Isteʼmolchi issiqlik qurilmalarini ishga tushirishda elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, Issiqlik mexanikasi uskunalarini texnik ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari, Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (TEQ), Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari (TXQ) va elektr energetika sohasidagi qonun hujjatlari talablari va shartlarini bajarishi shart.
III. Ruxsatnomani olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
13. Ruxsatnomani olish uchun isteʼmolchi tegishli hududiy boʻlinmaga ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan ruxsatnoma berish uchun hududiy boʻlinmaga taqdim etiladigan hujjatlar Roʻyxatiga muvofiq hujjatlarni ilova qilgan holda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha ruxsatnoma berish haqidagi arizani (xatni) taqdim etadi.
14. Ruxsatnomani olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar isteʼmolchi tomonidan hududiy boʻlimga bevosita, yoki olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar isteʼmolchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ruxsatnomani olish uchun hududiy boʻlinmaga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va darhol hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qoʻyilgan holda isteʼmolchiga beriladi (yuboriladi).
15. Isteʼmolchilardan ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish
16. Hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi (keyingi oʻrinlarda — mansabdor shaxs deb ataladi) taqdim etilgan hujjatlarni kelishilgan loyiha hujjatlariga; issiqlik qurilmalari issiqlik tarmoqlariga ulanayotgan korxona va tashkilot tomonidan berilgan texnik shartlarga; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, shuningdek issiqlik qurilmalarini sozlash va sinash boʻyicha ishlarning toʻliq bajarilganligi, bayonnomalarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, ekspluatatsiya qilish va tashkiliy-tasarrufiy hujjatlarning borligi, xodimlarning malakasi borligi va yetarliligi hamda ularning issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga tayyorligi, muvofiqlik sertifikatlari borligi yuzasidan koʻrib chiqadi.
17. Taqdim etilgan hujjatlar hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Isteʼmolchining ruxsatnomani olish haqidagi arizasi hududiy boʻlinmada koʻrib chiqilganligi uchun va ruxsatnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha murojaat etuvchiga taqdim etilgan hujjatlarning sifati va hajmi boʻyicha asoslangan eʼtirozlar (agar bor boʻlsa) maʼlum qilinadi, shuningdek issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi kelishib olinadi.
18. Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilganidan soʻng va ular boʻyicha eʼtirozlar boʻlmasa, issiqlik qurilmalari oʻn ish kuni mobaynida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
19. Isteʼmolchining issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi tomonidan isteʼmolchi korxona va tashkilotning vakili (rahbari yoki issiqlik xoʻjaligi uchun javobgar shaxs) ishtirokida, zarur boʻlganda montaj va sozlash tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek hududiy issiqlik taʼminoti korxonasining vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Isteʼmolchining issiqlik yuklamasi 0,1 Gkal/soat dan yuqori boʻlgan issiqlik qurilmalari toʻla hajmda koʻrikdan oʻtkaziladi, issiqlik yuklamasi 0,1 Gkal/soat gacha boʻlgan qurilmalar esa tanlab koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.
20. Issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda mansabdor shaxs ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilishi kerak.
21. Isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda eʼtirozlar va ushbu Nizomning II boʻlimida belgilangan ruxsat berishga doir talablar va shartlardan chekinishlar boʻlmasa, hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha issiqlik qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi haqidagi xulosa bilan birgalikda isteʼmolchining issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
22. Isteʼmolchining issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilishi asosida tegishli hududiy boʻlinma tomonidan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va isteʼmolchilarga beriladi. Isteʼmolchilarga ruxsatnomani berish tegishli hududiy boʻlinma tomonidan bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma uch nusxada tayyorlanadi: bitta asl nusxasi va 2 ta nusxasi.
Ruxsatnomaning asl nusxasi isteʼmolchiga yuboriladi (topshiriladi), uning bitta nusxasi isteʼmolchining issiqlik qurilmalari issiqlik tarmoqlariga ulanadigan korxona va tashkilotga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa — hududiy boʻlinmada qoladi.
23. Issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda ushbu Nizomning II boʻlimida belgilangan ruxsat berishga doir talablar va shartlardan chekinishlar aniqlanganda, hududiy boʻlinmaning mansabdor shaxsi isteʼmolchining issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va unda tekshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning batafsil roʻyxatini koʻrsatadi hamda issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish mumkin emasligi haqida xulosa beradi.
Tegishli kamchiliklar va nuqsonlar boʻyicha koʻrsatmalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilgan aniq qoidalariga havolalar boʻlishi kerak.
24. Aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar bartaraf etilganidan soʻng isteʼmolchining issiqlik qurilmalari takroran texnik koʻrikdan oʻtkazishga taqdim etiladi. Issiqlik qurilmalarini takroran texnik koʻrikdan oʻtkazish murojaat qilinganidan soʻng uch ish kuni mobaynida amalga oshirilishi kerak.
25. Agar hududiy boʻlinma isteʼmolchining ruxsatnoma olish haqidagi arizasi olingan kundan boshlab oʻn olti ish kuni mobaynida isteʼmolchiga ruxsatnomani bermasa va uning berilishini rad etmasa, koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng isteʼmolchi, tegishli hududiy boʻlinmani yozma ravishda xabardor qilgan holda, issiqlik tarmoqlarining egasi boʻlgan korxona va tashkilot bilan issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish va uning issiqlik tarmoqlariga ulanish huquqiga ega boʻladi.
26. Ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan holatda hududiy boʻlinma isteʼmolchining yozma bildirishnoma olingan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida unga ruxsatnomani berishi shart. Ruxsatnoma olinguniga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qoʻyilgan roʻyxati va isteʼmolchi tomonidan hududiy boʻlinmaga yoʻllangan yozma bildirishnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun asos hisoblanadi.
27. Quyidagi asoslar boʻyicha ruxsatnomani berish rad etilishi mumkin:
ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar isteʼmolchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
isteʼmolchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning borligi;
ruxsat berish tartib-taomillariga muvofiq oʻtkazilishi majburiy hisoblangan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning natijalari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa.
Ruxsatnoma berish hududiy boʻlinma tomonidan boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas, degan vajlar bilan rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
28. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda hududiy boʻlinma tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari dalil sifatida keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari dalil sifatida keltirilishi bundan mustasno.
29. Isteʼmolchi tomonidan ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va hududiy boʻlinma tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
30. Isteʼmolchi ruxsatnomani berish rad etilganligi ustidan, shuningdek hududiy boʻlinma mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
V. Ruxsatnomaning dublikatini berish
31. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda isteʼmolchining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi. Ruxsatnomaning dublikatini berish asl nusxani bergan hududiy boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy boʻlinma ruxsatnoma dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida, shuningdek ruxsatnoma yaroqsiz holga kelganda uning asl nusxasini berishi shart.
32. Ruxsatnomaning dublikatini berish uchun yigʻim undirilmaydi.
VI. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
33. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, shuningdek uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
34. Ruxsatnoma berilgan maqsadda issiqlik tarmoqlariga ulanish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazishning real xavfi yaratilishi ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻluvchi ruxsat beruvchi talablar va shartlar bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga tegishlidir.
VII. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
35. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirishi kerak.
Berilgan ruxsatnomalar reyestrida isteʼmolchilar haqidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
isteʼmolchi — yuridik shaxsning nomi — uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
isteʼmolchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid maʼlumotlar, pochta manzili, telefoni;
ruxsatnoma berilgan sana va uning raqami;
ruxsatnomani toʻxtatib turish va qayta tiklashning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
36. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiqdir.
Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish
SXEMASI
Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma
‎ berish toʻgʻrisidagi arizaning
‎ (xatning) shakli

‎‎ ________________________________________________boshligʻiga

(hududiy boʻlinmaning nomi)

‎‎________________________________________________ga

‎‎(F.I.O.)

______________________________________________________dan

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning nomi, joylashgan joyi (yuridik manzili))

yoki ___________________________________________________dan
��

(issiqlik qurilmalari egasining F.I.O., manzili, telefoni)

Issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berishingizni soʻraymiz ________________________________________________________________________

(yangidan ishga tushirilayotgan yoki rekonstruksiya qilingan issiqlik
‎qurilmalarining nomi (keraklisi ostiga chizib qoʻyilsin))

Issiqlik taʼminoti loyihasi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan ________________________________________________________________________

(loyihaning kelishilganligi haqidagi xulosaning raqami va sanasi)

Montaj ishlari _______________________________________ tomonidan bajarilgan
‎‎(issiqlik-montaj tashkilotining nomi)
Ishga tushirish-sozlash ishlari ___________________________ tomonidan bajarilgan

(ishga tushirish-sozlash tashkilotining nomi)

Issiqlik qurilmasi montaj tashkilotidan ishchi komissiya tomonidan qabul qilingan ________________________________________________________________________

(qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan sana)

Issiqlik xoʻjaligi uchun javobgar shaxs (yuridik shaxslar uchun) ________________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami)

Ilova:‎ ‎‎1. Ijro hujjatlari _____ varaqda;‎
‎‎2. Qabul qilish-topshirish sinovlarining bayonnomalari ______ varaqda.
Isteʼmolchi korxona va tashkilotning rahbari (yuridik shaxslar uchun) ______________________________ ____________ _____________________________

(‎F.I.O)

(imzo) ‎

(sana)

yoki
Issiqlik qurilmalarining egasi (jismoniy shaxslar uchun) ______________________________ ________________ _________________________

(F.I.O.) ‎

(imzo) ‎

(sana)‎

Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish uchun hududiy boʻlinmaga taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Issiqlik qurilmalarini ulash uchun texnik shartlar.
2. Belgilangan tartibda kelishilgan issiqlik taʼminoti loyihasi.
3. Isteʼmolchilarning issiqlik tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar bajarilganligi haqida issiqlik taʼminoti korxonalaridan maʼlumotnoma.
4. Issiqlik taʼminoti korxonalaridan olingan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari ishlashga tayyor ekanligi haqidagi maʼlumotnoma.
5. Montaj tashkiloti bilan isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
6. Issiqlik xoʻjaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq.
7. Issiqlik qurilmalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha tezkor va tezkor-taʼmirlovchi xodimlar roʻyxati.
8. Issiqlik punktining armatura raqamlari qoʻyilgan quvurlari va berkituvchi armaturalarning ijro (koʻrgazmali) sxemasi, yer osti ishlari dalolatnomalari.
9. Issiqlik qurilmalarining pasportlari.
10. Qoʻllaniladigan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va quvurlarning sertifikatlari.
11. Isitish tizimi, issiq suv taʼminoti tizimi va issiqlik tarmoqlarini yuvish; boshqarish bogʻlamasi, issiqlik kiritish va isitish tizimi zichlanganligi haqidagi dalolatnomalar.
12. Soplolar yoki tegishli diametrdagi cheklovchi shaybalar oʻrnatilganligi haqidagi dalolatnomalar
13. Lavozim va ekspluatatsiya qilish yoʻriqnomalari, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar.
14. Yoʻriqnoma berish, TEQ va XTQ boʻyicha bilimlar sinovlari jurnallari, issiqlik qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish vaqtida aniqlangan nuqsonlarni hisobga olish, tezkor, naryad-ruxsatnoma berish, nazorat-oʻlchash priborlari va avtomatikani hisobga olish jurnallari.
Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
‎DALOLATNOMASI

_______ yil “____” _____________ №_____

Ushbu dalolatnoma ________________________________________________________

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning nomi yoki issiqlik qurilmalari egasining
‎ F.I.O. (keraklisi ostiga chizilsin))

_____ yil “___” _______dagi ___-son arizasiga asosan _________________________ ____________________________________ _____________________ mansabdor shaxsi
‎‎(hududiy boʻlinmaning nomi, lavozimi F.I.O.)‎‎

tomonidan ‎‎ isteʼmolchi korxona va tashkilotning vakili (yuridik shaxslar uchun) ____________________________________________________________ yoki issiqlik

‎‎(lavozimi,

‎‎‎‎(F. I. O.)
qurilmalarining egasi (jismoniy shaxslar uchun) ______________________________

(‎‎F. I. O.)

ishtirokida tuzildi.

‎Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqildi va issiqlik qurilmalari texnik koʻrikdan oʻtkazildi.

1. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan issiqlik qurilmalari:
‎_________________________________________________________

(issiqlik qurilmalarining nomi)

1.1. Issiqlik qurilmalarining tarkibi va tavsifi:
1.1.1. Loyiha boʻyicha issiqlik yuklamasi:
T/r‎ ‎‎Nomi Yuklama turi, isteʼmoli Miqdori Oʻlchov birligi

1.‎

Isitish

maks.

‎‎

Gkal/soat

2.‎

Ventilyatsiya

maks.

‎‎

Gkal/soat

3.‎

Texnologik ehtiyojlar

maks.

‎‎

Gkal/soat

4.‎

Issiq suv taʼminoti

oʻr. sut.

‎‎

Gkal/soat

5.‎

Issiq suv taʼminoti

maks.

‎‎

Gkal/soat

6.‎

Issiqlik eltuvchi sarfi

maks.

‎‎

t/soat

7.‎

Kondensat qaytishi

meʼyorlangan

‎‎

t/soat

8.‎

Sirqish miqdori

meʼyorlangan

‎‎

t/soat, Gkal/yil

9.‎

Issiqlik yoʻqotishlar

meʼyorlangan

‎‎

Gkal/yil

10.‎

Issiqlik energiyasining yillik isteʼmoli

taxminan

Gkal/yil


‎1.1.2. Issiqlik energiyasi manbai issiqlik eltuvchisining tasnifi

Issiqlik eltuvchining nomi

Mavjud toʻplam, atm

Harorat jadvali

Statik bosim, m


‎‎‎Suv, bugʻ‎

‎R1

R2

DR‎

‎T1

T2

‎DT

‎‎‎hm‎

‎‎ ‎‎

‎1.2. Texnik hujjatlar
‎1.2.1. Texnik shartlar _____________________________________ tomonidan berilgan.

(texnik shartlarni bergan korxona va tashkilotning nomi)

1.2.2. Issiqlik taʼminoti loyihasi __________________________________________ _________________________________________________tomonidan ishlab chiqilgan.

(loyiha tashkilotining nomi, ishlab chiqish raqami va sanasi)

Ushbu loyiha “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va _____________________________

(loyiha kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosaning
‎ raqami va sanasi)

hamda issiqlik qurilmalari tarmoqlariga ulanadigan korxona va tashkilot bilan ______________________________________________________________ kelishilgan.

(korxona va tashkilotning nomi, loyiha kelishilganligi toʻgʻrisidagi
‎xulosaning raqami va sanasi)

1.2.3. Montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari hamda sinovlar _____________________________________________________ tomonidan bajarildi.

(tashkilotning nomi)

1.2.4. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilma, issiqlik tarmogʻi, taqsimlash punkti (markaziy issiqlik punkti (MIP), individual issiqlik punkti (IIP) texnik va mualliflik nazorati tomonidan tasdiqlangan, egalik qiluvchining imzosi qoʻyilgan va muhri bosilgan rasmiylashtirilgan pasport bilan birgalikda ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish uchun taqdim etiladi:
______ yil “___” ___________; _____ yil “___” ____________
‎______ yil “___” ___________
‎1.2.5. Ichki issiqlik isteʼmoli tizimlari qabul qilish dalolatnomasi bilan birgalikda taqdim etiladi:
‎isitish ____ yil “__” ________________ IST ______ yil “___” ________
‎ventilyatsiya ____ yil “__” __________ tex. ehtiyoj. _____ yil “___” _______

‎1.2.6. Issiqlik tarmoqlariga issiqlik qurilmalari ulanayotgan korxona va tashkilotdan texnik shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida 20___ yil “___” ________da _______________________________________________________________tomonidan

‎‎‎‎‎berilgan maʼlumotnoma

‎‎‎‎( korxona va tashkilotning nomi)

‎‎2. Issiqlik qurilmalarini koʻzdan kechirishda va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi:

‎2.1. Issiqlik qurilmalari ekspluatatsiyasini tashkil etish:
2.1.1. Issiqlik qurilmalari ekspluatatsiyasi ___________________________________
_______________________________________________ tomonidan amalga oshiriladi.

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning nomi yoki issiqlik qurilmalari
‎ egasining F.I.O. (keraklisi ostiga chizilsin))

2.1.2. Issiqlik xoʻjaligi uchun javobgar shaxs _______________ ___________________

(lavozimi

‎F. I. O., )

20___ yil “___” ______________ dagi___ -son buyruq bilan tayinlangan.
‎Qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda 20____ yil “___” _________________da TEQQ va TXQ boʻyicha bilimlar tekshirilgan, jurnaldagi yozuv raqami_______________

‎2.1.3. Issiqlik-texnik xodimlar soni va malakasi boʻyicha yetarli ekanligi ________________________________________________________________________

2.1.4. Issiqlik qurilmalari pasportlari ______________________________________

‎2.2. Issiqlik qurilmalarining texnik holati (TEQQ va TXQga muvofiqlik)

‎2.2.1. Issiqlik tarmoqlari __________________________________________________
‎2.2.2. Issiqlik punktlari ___________________________________________________
‎2.2.3. Tizimlar:
‎isitish _________________________________________________________________
‎ventilyatsiya ______________________________________________________________
‎issiq suv taʼminoti _______________________________________________________
‎texnologik qurilmalar _____________________________________________________
‎kondensatni yigʻish va qaytarish tizimlari _____________________________________

‎‎‎3. Xulosa
‎_______________________________________________________________________

(texnik koʻrikdan oʻtkazishga taqdim etilgan issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish mumkinligi)

Mansabdor shaxs __________________________________ ________________________
(hududiy boʻlinmaning nomi lavozimi)

‎‎(F.I.O)

20___ yil “___” ___________ ___________________

‎‎(imzo)

Isteʼmolchi korxona va tashkilotning rahbari yoki issiqlik xoʻjaligi uchun javobgar shaxs (yuridik shaxslar uchun) ________________________________________________ _____________________________________________________ __________________

‎‎(korxona va tashkilotning nomi, lavozimi

‎‎F.I.O.)

20___ yil “___” _____________ ____________________

‎‎(imzo)

‎Isteʼmolchining M.Oʻ.
‎yoki
Issiqlik qurilmalarining egasi ‎(jismoniy shaxslar uchun)_______________________

‎‎(F.I.O., telefon raqami)

20___ yil “___” _____________ _____________________

(imzo)

Isteʼmolchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA





‎‎

ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI
‎(“OʻZDAVENERGONAZORAT”)

‎Issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga
‎ RUXSATNOMA № ________


‎ 20___ yil “____” __________________

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining _______________________________ hududiy

‎‎(hududiy boʻlinmaning nomi)

‎‎boʻlinmasi_______________________________________________________

(yangi, rekonstruksiya qilingan (keraklisi ostiga chizilsin)

issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishning 20___ yil “___”__________dagi
‎______-son dalolatnomasiga asosan __________________________________________

(isteʼmolchi korxona va tashkilotning nomi yoki issiqlik

_________________________________________________________ga tegishli boʻlgan

qurilmalari egasining F.I.O. (keraklisi ostiga chizilsin))

_______________________________________________________________

(issiqlik qurilmalarining toʻliq nomi, kuchlanish qiymatini koʻrsatgan holda)

‎‎issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat beradi.
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi ______________________________________ ning

(hududiy boʻlinmaning nomi)

‎‎boshligʻi ___________________________________ ‎‎M.Oʻ. ________________________
(F.I.O.) ‎

(imzo, sana)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 13-son, 122-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)