|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SOG‘LIQNI SAQLASh TIZIMINI ISLOH QILISh DAVLAT DASTURINING AMALGA OShIRILIShI USTIDAN NAZORATNI TAShKIL ETISh BO‘YIChA RESPUBLIKA KOMISSIYASINING YaNGILANGAN TARKIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturining amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etish bo‘yicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Respublika komissiyasining a’zolari boshqa ishga o‘tishganida xuddi shu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga 11-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 3-aprel,
PF-2571-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 116-modda)