|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.01.2017
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining yangilangan tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-iyundagi PQ–1989-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq:
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 139 nafardan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-oktabr,
PQ–2058-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PQ–2058-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan ayrim qarorlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini taʼminlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 5-sentabrdagi PQ–167-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 21-martdagi PQ–1730-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi, 3-bandi uchinchi xatboshi, 8-bandi toʻrtinchi xatboshi va 9-bandi, shuningdek qarorning 2-ilovasi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ–1836-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va 1-ilovasi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritishlar toʻgʻrisida” 2012-yil 25-oktabrdagi PQ–1840-sonli qarorining 2-bandi va qaror ilovasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 44-son, 578-modda; 2014-y., 15-son, 162-modda)