Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha saylov byulletenlari namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi boʻyicha saylov byulleteni namunasi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining saylovi boʻyicha saylov byulleteni namunasi tasdiqlansin (2-ilova).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi ushbu namunalarni joylardagi fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalariga yetkazishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-sentabr,
KQ-91-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 25-sentabrdagi KQ-91-II-sonli Qaroriga
1-ILOVA

Namuna‎

________________
‎(ishchi guruhi
‎raisining imzosi)

Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Boʻston” mahalla
‎fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi boʻyicha
‎ SAYLOV BYULLETENI ‎‎

2013-yil 15-noyabr‎‎

T/r‎

‎‎Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan yili

Oʻzingiz yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi qarshisidagi boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻying‎

1.‎

‎‎ABDULLAYEV TOHIR SAMADOVICH,
1955-yilda tugʻilgan

2.‎

BURXONOV NODIRBEK QOSIMOVICH,
‎1960-yilda tugʻilgan‎‎

3.‎

‎‎JURAYEV BOTIRJON ZARIPOVICH,
1963-yilda tugʻilgan

4.‎

‎‎MURODOV ABDULLA AZIMOVICH,
‎1957-yilda tugʻilgan
Ovoz berish vaqtida bittadan ortiq boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan saylov varaqasi haqiqiy emas deb topiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 25-sentabrdagi KQ-91-II-sonli Qaroriga
2-ILOVA

Namuna‎

____________________
‎(ishchi guruhi
‎raisining imzosi)

‎‎Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini
‎raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining saylovi boʻyicha
‎SAYLOV BYULLETENI

‎‎2013-yil 15-noyabr

T/r‎

‎‎Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan yili

Oʻzingiz yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi
‎qarshisidagi boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻying‎

1.‎‏

AHMEDOV ShERALI SOBIROVICH,
1956-yilda tugʻilgan ‎‎
NABIYEV DILSHODBEK ERGASHEVICH,
‎1952-yilda tugʻilgan

2.

TEMIROV HUSAN UMAROVICH,
1954-yilda tugʻilgan ‎
HAYDAROV ULUGʻBEK ASQAROVICH,
‎1966-yilda tugʻilgan ‎‎

3.‎‏

MAMASOLIYEV MOʻMINJON YANGIBOYEVICH,
1960-yilda tugʻilgan
NAZAROV ABDUVALI XASANOVICH,
‎1949-yilda tugʻilgan ‎‎

4.‎‏

SOIPOV ILXOM ALISHEROVICH,
‎1964-yilda tugʻilgan ‎‎
OʻSAROV OYBEK TURGʻUNOVICH,
1959-yilda tugʻilgan ‎‎

5.‎

‎‎AZIZOV SHOVKAT LAZIZOVICH,
‎1953-yilda tugʻilgan
‎‎IVANOVA IRINA BORISOVNA,
1967-yilda tugʻilgan

6.‎

BOLTABOYEVA RAXIMA TOJIBOYEVNA,
‎1955-yilda tugʻilgan
ZOKIROVA VOLIDA SUYUNOVNA,
1951-yilda tugʻilgan ‎‎

7.

‎‎DAVLATOV BOBIR MAVLONOVICH,
‎1957-yilda tugʻilgan
‎‎SODIKOV IKROMJON BAXROMOVICH,
1958-yilda tugʻilgan
Agar raqamlangan katakdagi bittadan ortiq boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻyilgan boʻlsa yoki bittasiga ham bunday belgi qoʻyilmagan boʻlsa, saylov varaqasi haqiqiy emas deb topiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 9-son, 261-modda)