Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Qoʻqon toʻqimachilik kombinati” DK mulki hisoblangan qurilishi tugallanmagan kompleks negizida zamonaviy toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
Yuqori sifatli raqobatbardosh toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada oshirish, jahon standartlariga mos keladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, zamonaviy yuqori texnologiyali toʻqimachilik ishlab chiqarishni tashkil etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
1. Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joylashgan “Qoʻqon toʻqimachilik kombinati” davlat korxonasining qurilishi tugallanmagan mulk majmuasi negizida zamonaviy yuqori texnologiyali toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish boʻyicha xorijiy investorning aniq majburiyatlarini belgilovchi 2010-yil 30-martda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va “Indorama Industry Pte LTD” (Singapur Respublikasi) kompaniyasi oʻrtasidagi imzolangan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
2. “Indorama Industry Pte LTD” kompaniyasi Shartnomaga asosan quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga olganligini belgilansin:
“Qoʻqon toʻqimachilik kombinati” davlat korxonasining mulkiy kompleksiga 2010 — 2013-yillarda kamida 55 million AQSH dollari, shu jumladan korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan kamida 15 million AQSH dollari miqdorida xorijiy banklarning kredit resurslari hisobidan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatisiz loyihalarni moliyalashtirish tamoyillari boʻyicha — kamida 40 million AQSH dollari investitsiyalarni amalga oshirish;
2013-yil yakuni boʻyicha yiliga 16 — 20 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash boʻyicha loyiha quvvatiga erishgan holda, eng yangi yigiruv texnologiyasi bilan jihozlangan toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish;
loyiha quvvatiga yetgandan keyin har yili 26 — 32 million AQSH dollari miqdorida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti;
tashkil etilayotgan ishlab chiqarish toʻliq loyiha quvvatiga ega boʻlgandan keyin 450 — 550 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida va Investitsiya shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarning bajarilishini taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” assotsatsiya bilan hamkorlikda, xorijiy investor tomonidan Investitsiya shartnomasiga muvofiq majburiyatlarning toʻliq bajarilishini tizimli nazorat qilishni taʼminlasin.
3. Investitsiya shartnomasini amalga oshirish doirasida taʼsischilar oʻrtasida quyidagi ulushlarni taqsimlagan holda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qoʻshma korxona tashkil etilishi belgilansin:
76% “Indorama Industry Pte LTD” ulushi boʻlib, texnologik asbob-uskunalar va pul mablagʻlari shaklida qoʻshilgan;
24% Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining naqd pul shaklida kiritilgan ulushidir.
Belgilab qoʻyilsinki, qoʻshma korxonaning 20 million AQSH dollari ekvivalentidagi ustav kapitali belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch yil davomida taʼsischilar tomonidan bosqichma-bosqich shakllantiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi “nol” sotib olish qiymatida:
yangi tashkil etiladigan qoʻshma korxona uchun “Qoʻqon toʻqimachilik kombinatining” mol-mulk kompleksini (tugallanmagan 9-qavatli boshqaruv binosi bundan mustasno) xorijiy investor tomonidan Investitsiya shartnomasiga binoan oʻz zimmasiga olgan majburiyatlari toʻliq bajarilguncha mulkni tasarruf etmaslik sharti bilan shartnoma asosida berilishi;
“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJga tegishli, Qoʻqon shahrida Birja markazini yaratish uchun investitsiya majburiyatlari doirasida foydalanish uchun ajratilgan, tugallanmagan 9-qavatli boshqaruv binosini (tasarruf qilish huquqisiz) mulk kompleksidan chiqarib berilishi taʼminlansin.
5. Tashkil etilayotgan qoʻshma korxonaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar tadbiq etilsin.
6. Mulk majmuasini qurish va jihozlash, shuningdek, qoʻshma korxonaning oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, texnologik jihozlar, butlovchi buyumlar va qurilish materiallari Investitsiya shartnomasining amal qilish muddatiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq bojxona toʻlovlaridan ozod etilsin (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno).
7. Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan belgilangan tartibda mazkur loyihani 2010-yil va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Qoʻqon toʻqimachilik kombinati” DKning budjet va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha 98,6 million soʻm qarzini va unga nisbatan hisoblangan 59,0 million soʻm jarimani 2010-yil 1-apreldagi holatga koʻra hisobdan chiqarish taklifi qabul qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” assotsatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qoʻshma korxona taqdimnomaga asosan mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlarni undiruvisiz va belgilangan tartibda kirish vizalarini rasmiylashtirishni taʼminlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” assotsatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qoʻshma korxona talabiga binoan belgilangan tartibda koʻp martalik vizalarning rasmiylashtirilishi, berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, koʻrsatilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar uchun davlat bojini toʻlamagan holda vaqtinchalik roʻyxatga olish va vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish muddatini uzaytirish taʼminlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” assotsatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qoʻshma korxona taqdimnomasiga asosan mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish belgilangan tartibda taʼminlansin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-may,
PQ-1333-son