Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.04.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 21-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1807-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-sonli “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2775, 07.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52 (I)-son) hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 9-son, 164-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 44, 2008-23-son qarori (roʻyxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 180-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-iyun,
57-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-iyun,
2013-31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-son qaroriga
ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-banddagi “respublika budjetining asosiy 23402-hisobvaragʻidan” degan soʻzlar “Yagona gʻazna hisobvaragʻidan (bundan buyon matnda YaGʻH deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Soliq hisobotining shakllariga (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-(I)-son, 162-modda) muvofiq QQS hisob-kitobi;”;
b) “d” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
“e) agarda yuklab joʻnatilgan tovar uchun valyuta tushumi turli chet el valyutasida amalga oshirilayotgan boʻlsa, chet el valyutasini yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan hisob-kitobi.”.
birinchi xatboshidagi “issiqlik taʼminoti, gaz taʼminoti” degan soʻzlar “issiqlik taʼminoti, sanitariya tozalash va gaz taʼminoti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sanitariya tozalash boʻyicha — sanitariya tozalash xizmatlarini koʻrsatganligi toʻgʻrisida maʼlumot.”;
b) quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
“e) yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish natijasida hosil boʻlgan QQS summasini qaytarish uchun — mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi, soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri.”.
4. 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqish va QQS summasini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi taqdim etilgan kundan boshlab 8 ish kunidan kechiktirmay quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli tarmoq boshqarmasi (bundan buyon matnda tarmoq boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan 6 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Tarmoq boshqarmasi koʻrib chiqish natijalari boʻyicha QQS summasini qaytarish toʻgʻrisida soʻrovnoma (bundan buyon matnda soʻrovnoma deb yuritiladi) tayyorlaydi. Soʻrovnoma (asli va bir nusxasi) Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining mutasaddi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xulosasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga (bundan buyon matnda Gʻaznachilik deb yuritiladi) YaGʻHdan soliq toʻlovchining hisob raqamiga toʻlovni amalga oshirish uchun topshiriladi;
Gʻaznachilik xodimi soʻrovnoma nusxasiga soʻrovnomani qabul qilib olingan kun va vaqtni qoʻyib, uni tarmoq boshqarmasiga qaytaradi;
Gʻaznachilik soʻrovnoma va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasini olgandan soʻng 2 ish kuni mobaynida mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda YaGʻH dan QQS summasi toʻlovini amalga oshiradi.
Gʻaznachilik YaGʻH dan QQS summasi toʻlovini amalga oshirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi, shuningdek unga ilova qilingan hujjatlarni tegishli tarmoq boshqarmasiga qaytaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi QQSni qaytarishni rad etgan taqdirda ushbu toʻgʻrisida soliq toʻlovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yozma ravishda maʼlum qiladi.
14. Gʻaznachilik YaGʻH dan QQS summasi toʻlovini amalga oshirgandan soʻng Gʻaznachilik va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazalarining oʻzaro elektron aloqasi yoʻli bilan, Davlat soliq qoʻmitasini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarmoq boshqarmasi va Davlat budjeti bosh boshqarmasini xabardor qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilangan tartibda ushbu toʻgʻrisida tegishli davlat soliq xizmati organlarini xabardor qiladi.
Gʻaznachilik tomonidan oʻzaro elektron aloqasi yoʻli bilan taqdim etilgan xabarnomalar davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalariga QQS boʻyicha summani toʻlov topshiriqnomalari nusxalarida koʻrsatilgan summaga kamaytirish toʻgʻrisida yozuv kiritish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnoma nusxasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi, hamda unga ilova qilingan hujjatlar tegishli tarmoq boshqarmasida, soʻrovnomaning asl nusxasi esa Gʻaznachilikda saqlanadi.”.
5. 15-banddagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 17-bandning ikkinchi xatboshisidan “va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7. 20-banddagi “Davlat budjeti daromadlar va xarajatlar tasnifining 12-boʻlimi, 26-paragrafiga” degan soʻzlar “Davlat budjeti daromadlar tasnifining 3 450 721 “Respublika budjeti xarajatlarini qoplash” kodiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 3-ilovaning nomidagi “issiqlik taʼminoti va gaz taʼminoti” degan soʻzlar “issiqlik taʼminoti, sanitariya tozalash va gaz taʼminoti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.1-banddagi “4 ish kuni” degan soʻzlar “6 ish kuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4.2-banddagi “Davlat budjeti Bosh boshqarmasi (4 ish kuni)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (2 ish kuni)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 9 va 10-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Chet el valyutasini yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning
HISOB-KITOBI
T/r‎ Chet ellik hamkorning nomi ‎ Kontrakt (shartnoma) raqami‎ Kontrakt (shartnoma) sanasi‎ Bojxona yuk deklaratsiyasi raqami va sanasi‎ Yuklab joʻnatishning sanasi‎ Tovarning chet el valyutasidagi qiymati ‎ Valyuta turi‎ Yuklab joʻnatish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatilgan valyuta kursi ‎ Tovarning milliy valyuta ekvivalentidagi qiymati ‎ Yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning oxirgi kunidagi valyuta kursi‎ Milliy valyutadagi ekvivalenti ‎ Chet el valyutasidagi tushumning kelib tushish sanasi‎ Chet el valyutasidagi tushum summasi‎ Yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning oxirgi kunidagi kurs boʻyicha milliy valyutadagi ekvivalenti‎ Salmogʻi‎
‎1.
‎2.
‎3.
...‎
...‎
Jami‎
‎‎

Korxona rahbari‎‎

‎‎___________________

‎‎Bosh hisobchi

‎‎___________________‎
‎‎20___ y. “___” _________


‎M.Oʻ.‎ ‎

‎‎
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
20___ yilda yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha yagona xalqaro tashish hujjatlari
REESTRI
T/r‎‏ Reys raqami Tashish sanasi Yoʻnalish Miqdori Xizmatlar qiymati
qayerdan qayerga tashilgan yoʻlovchilar tashilgan bagajlar tashilgan yuklar tashilgan pochta yoʻlovchilarni tashish boʻyicha bagajlarni tashish boʻyicha yuklarni tashish boʻyicha pochtani tashish boʻyicha
‎‎
‎‎Korxona rahbari ‎‎_____________________‎
‎‎Bosh hisobchi ‎‎‎‎_____________________‎
‎‎20___ y. “___” _________‎


‎‎‎M.Oʻ.”.‎‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 25-son, 330-modda)