O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2457]
O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 148-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-iyundagi PF–2612-son “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlaridagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 246-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
9-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
24-son
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
12-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
2013-22-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
01-02/19-28-son
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 27-martdagi 9, 24, 12, 2013-22, 01-02/19-28-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqidagi
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 148-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-iyundagi PF–2612-son “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlaridagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 246-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
chet eldagi tashkilot — xorijiy mamlakatlarda yuridik shaxs sifatida yoki ta’sis etilgan davlat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa shaklda ta’sis etilgan tashkilot, shu jumladan savdo uyi, vakolatxona, filial, tashkilot;
ta’sischi — O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs;
chet elda tashkilot tashkil etish — ta’sischi tomonidan chet eldagi tashkilotni tashkil etish yoki chet eldagi tashkilotning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2. Ta’sischilar tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida, tashkil etilayotgan davlat va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, chet elda tashkilotlar tashkil etish huquqiga ega.
3. Ta’sischilar chet eldagi tashkilotni ta’sischining ta’sis hujjatlariga asosan, vakolatiga chet elda tashkilot tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish kiradigan boshqaruv organi qaroriga asosan tashkil etishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, ta’sischi chet eldagi tashkilotning ustav fondi (kapitali)dagi o‘z ulushini tovarlar bilan shakllantirishda, bojxona organlariga chet elda tashkilot tashkil etish to‘g‘risida qaror taqdim etgan holda, tovarlarni chet eldagi tashkilot ustav fondi (kapitali)dagi o‘z ulushini shakllantirish hisobiga “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga rasmiylashtiradi (tovarlarni olib o‘tishning xususiyatlari “tovarlarni investitsiya sifatida olib chiqish” sifatida ko‘rsatiladi).
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 30-iyuldagi 21, 76, 13, 2014-30, 01-02/19-11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2457-1, 07.08.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 32-son, 413-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 30-iyuldagi 21, 76, 13, 2014-30, 01-02/19-11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2457-1, 07.08.2014-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 32-son, 413-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 30-iyuldagi 21, 76, 13, 2014-30, 01-02/19-11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2457-1, 07.08.2014-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 32-son, 413-modda)
4. Ta’sischi chet eldagi tashkilotni tashkil etish davlati qonunchiligiga muvofiq tashkil etish davlatining ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat mulkchilik shaklidagi yuridik shaxslar tomonidan chet elda korxonalar tashkil etish, ustav fondida ishtirok etish, qayta tashkil etish va korxonalarni tugatish, chet ellardagi davlat mulkini sotib olish va tasarruf etish masalalarini kelishish hamda chet eldagi davlat mulkini saqlanishi va ularning samarali boshqarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1488, 2005-yil 6-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 195-modda) muvofiq davlat korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda chet elda tashkilot tashkil etishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2-bob. Chet elda tashkilot tashkil etish to‘g‘risida xabardor etish
6. Chet eldagi tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ta’sischi bir oy ichida vakolatli organni ushbu haqida chet elda tashkil etilgan tashkilotning tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi akkreditatsiyadan o‘tgan joyi bo‘yicha diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan legalizatsiya qilingan ta’sis hujjatlarini tegishli tarjimasi bilan birga yuborgan holda xabardor qiladi.
Legalizatsiya, agar:
hujjatlarga apostil qo‘yilgan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, bir ahdlashuvchi tomonning hududida maxsus muassasa yoki vakolatli shaxs tomonidan tayyorlangan yoki guvohlantirilgan, ularning vakolati doirasida va belgilangan shaklda va gerbli muhr bilan tasdiqlangan bo‘lsa, boshqa ahdlashuvchi tomonning biron-bir maxsus guvohlantirishsiz qabul qilinishi belgilangan bo‘lsa, talab etilmaydi.
7. Vakolatli organ chet eldagi tashkilotning taqdim etilgan ta’sis hujjatlari asosida ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan chet eldagi tashkilotlar reyestrini shakllantiradi va yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmay, vakolatli organga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda chet eldagi tashkilotlar manziliga tovarlar jo‘natgan ta’sischilar to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vakolatli organ har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechikmay, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi chet elda tashkilotlar tashkil etilganligi to‘g‘risida xabar yuborgan ta’sischilar ro‘yxatini (zarur bo‘lganda — elektron shaklda) taqdim etadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi vakolatli organdan ta’sischilar ro‘yxatini olgan kundan e’tiboran uch ish kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga ro‘yxatda ko‘rsatilgan ta’sischilarning budjet oldida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (zarur bo‘lganda — elektron shaklda) taqdim etadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
10. Davlat bojxona xizmati organlari vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan ustav fondi (kapitali)ni shakllantirish hisobiga olib chiqilgan tovarlarni “eksport” bojxona rejimiga qayta rasmiylashtiradilar.
11. Qayta rasmiylashtirish jarayonidan so‘ng ta’sischi chet eldagi tashkilotning ustav fondi (kapitali)ni shakllantirish uchun yuborilgan tovarlarni qaytarish majburiyatidan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Chet eldagi tashkilotning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, u qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda, shuningdek chet eldagi tashkilotning ta’sischilari, shu jumladan xorijiy ta’sischilari o‘zgarganda ta’sischi bir oy ichida vakolatli organni, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan tegishli hujjatlarni yuborgan holda xabardor etadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 30-iyuldagi 21, 76, 13, 2014-30, 01-02/19-11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2457-1, 07.08.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 32-son, 413-modda)
3-bob. Yakuniy qoidalar
13. Ta’sischilar vakolatli organga chet eldagi tashkilotning u tashkil etilayotgan davlatdagi ro‘yxatdan o‘tkazish va uning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish tartibi to‘g‘risida ma’lumot olish maqsadida murojaat qilishga haqli.
14. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2013-yil 25-mart
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan vakolatli organga taqdim etiladigan chet eldagi tashkilotlar | |||||||||||||||
|
(20__ y. ________________ — ________________ davri uchun) | |||||||||||||||
| | |||||||||||||||
| № | Ta’sischi (eksport qiluvchi) | Ta’sischining (eksport qiluvchi) STIRi |
Chet eldagi tashkilot nomi | Import qiluvchining davlati | Kontrakt sanasi | Kontrakt raqami | Tovar nomi | Ustav fondi (kapitali) hisobiga | TIF TN kodi | O‘lchov birligi | Soni | Qiymati (AQSH dollarida) | Bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumot raqami | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xabarnoma raqami | Chet eldagi tashkilot manziliga ushbu ta’sischi tomonidan oxirgi marta tovarni jo‘natish sanasi |
| | | | | | | | | | | | | | | | |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 20-son, 267-modda; 2014-y., 32-son, 413-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)