OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
Lok-boʻyoq materiallari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 8-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2455]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Lok-boʻyoq materiallari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-aprel,
23-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 24-apreldagi 23-B son buyrugʻiga
ILOVA
Lok-boʻyoq materiallari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar lok-boʻyoq materiallari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar lok-boʻyoq materiallari bilan bogʻliq ishlarni bajaradigan barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va taʼmirlashda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb yoki ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarning soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilotlar oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishlari lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal, boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
39. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
40. Tashkilot xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
45. Tashkilotlarda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
46. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanish chizmasi tashkilotlarning kirish, chiqish, ish uchastkalari va sexlarining koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
47. Tashkilotning hududi koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmogʻi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
48. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
49. Qishki mavsumda binolarning tomlari qordan, karnizlari muzlardan tozalab turilishi zarur.
50. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
51. Tashkilotning ishlab chiqarish korpuslariga olib boradigan yoʻllarning eni kamida 6 m va avtomobillar bir tomonlama harakatlanadigan boshqa yoʻllarning eni esa 3,5 m boʻlishi lozim.
52. Tashkilotlarning hududi GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoyalash uchun yongʻin texnikasi. Asosiy turlari. Joylashishi va xizmat koʻrsatilishi” talablariga mos keluvchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
53. Xodimlar uchun alohida chekish joylari belgilanib, maxsus idishlar qoʻyilishi va “Chekish joyi” degan yozuv bilan jihozlanishi kerak.
10-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
54. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
55. Ishlab chiqarish binolari havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0294-11 “Ish joyidagi havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorining gigiyenik meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
57. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning mikroiqlimi (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
58. Muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq oʻtkazuvchi pollarida (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
59. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
60. Darvozalar balandligi foydalanilayotgan transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland boʻlishi kerak.
61. Keng izli temir yoʻl transportining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan temir yoʻl transportining enidan ortiq boʻlishi kerak.
62. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash xonalari soʻrish-chiqarish, shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi va kirish eshiklariga “Kirish taqiqlanadi”, “Ochiq olovdan foydalanish man etiladi”, “Chekish mumkin emas” kabi taqiqlovchi xavfsizlik belgilari osilgan boʻlishi kerak.
63. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan barcha ishlab chiqarish xonalarida ventilyatsiya tizimlari buzuq boʻlgan texnologik uskunalarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
64. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
65. Tashkilotning bino va inshootlaridan foydalanish holatini muntazam kuzatish ishlari tashkil etilgan boʻlishi kerak.
66. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
67. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
68. Kirish va chiqish yoʻllari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
69. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
70. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
71. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
72. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, oʻrtacha ogʻir ishda 17º S va ogʻir ishda 16º S dan past boʻlmasligi kerak.
73. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
74. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
75. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
76. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
13-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(13-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
77. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
78. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi kanalizatsiyaga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak.
79. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun beriladigan suvning sifati texnologik talablarga mos boʻlishi kerak.
80. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi va suv quvurlari boʻlmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
81. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berish kerak.
82. Ichimlik suvining harorati 8 °S dan 20 °S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
83. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi boʻlmaganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining boʻlishiga ruxsat etiladi.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
14-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
85. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
86. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
87. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan toʻsib qoʻymaslik kerak.
88. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
89. Yoritish vositalari koʻzni qamashtirishidan saqlash uchun choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
90. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
91. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
92. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
93. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
94. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
95. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
15-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
96. Tashkilotning maishiy va ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
97. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
98. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha talablar
99. Tashkilot atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
100. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
101. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi va ushbu idishlar boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
17-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
102. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
103. Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar”ga muvofiq boʻlishi kerak.
104. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
105. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm toʻxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
106. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq va oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi lozim.
Liniyani toʻxtatgandan soʻng, ovozli va yorugʻlik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
107. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
108. Lok-boʻyoq materiallari bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki bu xonalarda oʻrnatilgan maxsus kameralarda bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda “Yongʻindan xavfli”, “Chekilmasin”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi” degan xavfsizlik belgilari osib qoʻyilishi shart.
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
109. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
110. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
111. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
112. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
113. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
114. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
115. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
116. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
117. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil boʻlishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali yerga ulanishi kerak.
118. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
119. Sexlarda (boʻlimlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarda) yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha, shuningdek yongʻin oʻchirish anjomlarining soz holda boʻlishiga shu boʻlinmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari masʼuldir.
120. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan ishlab chiqarish binolari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
121. Lok-boʻyoq mahsulotlaridan boʻshagan idishlarni ish bajarilayotgan xonada saqlash taqiqlanadi.
122. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda, ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
123. Barcha ishlab chiqarish boʻlimlarida chekish taqiqlanadi.
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
124. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(124-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
125. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
126. Elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
127. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
128. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
129. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
130. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
131. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
132. Tok uzatilmagani sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
133. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
134. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
135. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
136. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
137. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
138. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
139. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
140. Momaqaldiroq vaqtida elektr oʻlchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
141. Lok-boʻyoq materiallarini transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
142. Lok-boʻyoq materiallarini tashish uchun moʻljallangan idishlar soz holda va germetik zich yopiladigan boʻlishi va nuqsonlari boʻlmasligi shart.
143. Shisha, chinni va polimer materiallardan yasalgan nozik, moʻrt va tez sinuvchan idishlarga quyilgan lok-boʻyoq materiallari maxsus taralar (yogʻoch yashiklar yoki savatlar)ga oʻrnatilib, boʻsh joylari qistirma materiallar bilan zichlangan holda tashilishi kerak.
144. Har bir idish oʻrni lok-boʻyoq materiallarining nomi yozilgan yorliqqa va tegishli ogohlantiruvchi yozuvga ega boʻlishi kerak.
145. Lok-boʻyoq materiallarini tushirishdan oldin ularni toʻkilmaganligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar lok-boʻyoq materiallari toʻkilgan boʻlsa, ularni darhol tozalab olish kerak.
146. Lok-boʻyoq materiallarini tashishda agʻdarilib ketishini oldini olish uchun har bir idish oʻrni mahkamlanishi zarur.
147. Lok-boʻyoq materiallarini oziq-ovqat, kiyim-kechak va odamlar bilan birga tashish taqiqlanadi.
148. Tashkilotga keltirilgan lok-boʻyoq materiallari zudlik bilan omborxonaga topshirilishi zarur.
149. Lok-boʻyoq materiallarini qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilishi lozim.
150. Lok-boʻyoq materiallari uchun moʻljallangan omborxonalar alohida yopiq va shamollatiladigan binolarda joylashtirilishi zarur.
151. Lok-boʻyoq materiallari uchun moʻljallangan omborxonalarni tashkilot hududidagi omborxona binolaridagi toʻsilgan seksiyalarda yoki alohida turgan binolarda, shuningdek saqlash sharoitlarini hisobga olgan holda tabiiy shamollatishni taʼminlovchi va ochiq saqlash maydonlardagi bostirmalarda joylashtirish lozim.
152. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam boʻlmagan holda baland boʻlishi va atrofi 0,5 m dan kam boʻlmagan balandlikka ega yonmaydigan devor bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
153. Lok-boʻyoq materiallari uchun moʻljallangan omborxona polining yuzasi tekis, silliq, oson yuviluvchi va suv oqishi uchun qiya holda boʻlishi kerak.
154. Lok-boʻyoq materiallari uchun moʻljallangan omborxona binosi majburiy havo soʻrish va havo almashishi uchun tabiiy shamollatish tizimlariga ega boʻlishi lozim.
155. Materiallar va xom ashyoga aloqasi boʻlmagan boshqa ishlarni lok-boʻyoq materiallari uchun moʻljallangan omborxonada bajarish taqiqlanadi.
156. Lok-boʻyoq materiallari uchun moʻljallangan omborxonada ularning navlari va guruhlari boʻyicha joylashtirilishi kerak.
157. Lok-boʻyoq materiallarini nosoz va germetik zich yopilmagan idishlarda yoki rezervuarlarda qoldirish taqiqlanadi.
158. Butilka, banka va idishlardagi lok-boʻyoq materiallari tirab qoʻyiladigan polkalarda va stellajlarda saqlanishi kerak.
159. Butilka, banka va idishlar eniga ikkitadan koʻp boʻlmagan, uzunligiga oʻn beshtadan koʻp boʻlmagan va balandligi: stellajlarda bittadan koʻp boʻlmagan qatorda, shtabellar orasiga qistirma qoʻyib ikki qatordan koʻp boʻlmagan holda terilishi lozim.
160. Butilka, banka va idishlardagi lok-boʻyoq materiallari ularni agʻdarilishini yoki buzilib ketishini oldini oluvchi idishlarga joylashtirilgan boʻlishi kerak.
161. Ogʻzi tor boʻlgan bochkalarning ogʻzini tepaga qilib, gardishlarga terilishi lozim.
162. Lok-boʻyoq materiallarini omborxona ichida tashishda ularni joydan joyga xavfsiz koʻchirilishini taʼminlovchi arava va boshqa vositalardan foydalanish zarur.
163. Lok-boʻyoq materiallari uchun moʻljallangan omborxonalar va ularni tarqatish joylariga kirish uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan ruxsat berilgan xodimlar kirishi kerak.
164. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
165. Lok-boʻyoq materiallari uchun moʻljallangan omborxona va yuk saqlash maydonchalarida ogʻir va oʻta ogʻir yuklarni ortish va tushirish hamda harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
166. Lok-boʻyoq materiallari uchun moʻljallangan omborxona yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududining kirish joyida harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositasining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
167. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokaralarning ishlab chiqarish binolariga va omborlariga kirishi taqiqlanadi.
168. Xodimlarni avtoyuklagich va avtokaralarda tashish, shuningdek ortilayotgan va tushirilayotgan yuklar ustida turishi taqiqlanadi.
169. Yuk ortish va tushirish ishlari bajarilayotganda xodimlar koʻtarilayotgan yoki tushirilayotgan yuklar ostida turmasliklari kerak.
170. Yuk ortish va tushirish ishlari ushbu ishga tayinlangan masʼul xodim rahbarligi ostida bajarilishi lozim.
171. Yuklar javonlar, tagliklar, shtabellar va boshqa moslamalarga taxlanishi va bunda yuklarning ogʻirligi yuk koʻtarish meʼyoridan ortiq boʻlmasligi lozim.
172. Lok-boʻyoq materiallarini joylashtirishdagi oraliq masofa quyidagicha boʻlishi lozim:
bino devoridan 70 sm;
isitish tizimidan 20 — 50 sm;
yoritish tizimidan 50 sm;
poldan 15 — 30 sm.
173. Shtabellar oraligʻidagi masofa quyidagicha boʻlishi kerak:
yashiklar oraligʻi 2 sm;
taglik va konteynerlar oraligʻi 5–10 sm.
174. Gorizontal holatda taxlanayotgan bochkalarning balandligi uch qatorgacha boʻlishi, qatorlar oraligʻida toʻsiqlar qoʻyish sharti bilan bochkalarni vertikal holatda taxlanayotganida ularning balandligi ikki qatordan oshmasligi kerak.
175. Tez yonuvchi suyuqliklar gorizontal va bir qatorda joylashtirilishi lozim.
5-§. Lok-boʻyoq materiallarining chiqindilarini zararsizlantirishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
176. Lok-boʻyoq materiallari bilan ishlashda ishlatilgan yordamchi materiallar (salfetkalar, lattalar va boshqalar) yopiladigan va yonmaydigan maxsus idishga yigʻilishi kerak.
177. Lok-boʻyoq materiallari polga toʻkilganda, toʻkilgan joyga zudlik bilan qum sepish va undan soʻng sepilgan qum yigʻishtirib olinib yopiladigan maxsus idishga solinishi lozim.
178. Ishlab chiqarish chiqindilari uchun moʻljallangan idish maxsus ajratilgan joyda boʻlishi va ish tugagandan soʻng zararsizlantirish uchun maxsus jihozlangan maydonga qoʻyilishi kerak.
179. Ishlab chiqarish chiqindilarini yigʻish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda boʻlishi lozim. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmish taqiqlanadi.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga (qurilmalariga) qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Qurilmalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
180. Lok-boʻyoq materiallari bilan ishlashda qoʻllaniladigan qurilmalar SanQvaM 0208-06 “Texnologik jarayonlarni tashkil qilish va ishlab-chiqarish qurilmalariga boʻlgan talablar”ga muvofiq boʻlishi kerak.
181. Barcha qurilmalarda ulardan foydalanish pasportlari boʻlishi lozim.
182. Lok-boʻyoq materiallari bilan ishlashda qoʻllaniladigan asosiy va yordamchi texnologik qurilmalar uchqun chiqarmaydigan materiallardan (aluminiy va mis qotishmalaridan) yasalgan boʻlishi kerak.
183. Lok-boʻyoq materiallari bilan bogʻliq ishlar bajariladigan binolarda (omborxonalarda) oʻrnatilgan elektr va yuk koʻtaruv-transport (elektr dvigatellar, yoritqichlar, simlar, yoqish moslamalari) qurilmalari Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 27-fevraldagi 20-15-62/24-son xatiga asosan texnik qoida va normalarga tegishli deb topilgan) talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
184. Texnologiya va elektr qurilmalari hamda ularning yerga ulash moslamalarining sozligi bosh mexanik va bosh energetik boʻlimlarining mutaxassislari tomonidan ularning pasportlariga belgi qoʻygan holda bosh injener tomonidan tasdiqlangan grafikka muvofiq tekshirilishi kerak. Barcha yoqish-oʻchirish moslamalari xonalardan tashqarida oʻrnatilishi lozim.
2-§. Ishlab chiqarish qurilmalarini joylashtirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
185. Qurilmalarning joylashishi ularda ishlashga, xizmat koʻrsatishga va avariya holatlarida xodimlarni evakuatsiya qilishga qulaylik yaratishni taʼminlashi lozim.
186. Qurilmalar bir-biridan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsirini istisno qiluvchi va mahsulot va materiallarni xavfsiz tashishni taʼminlovchi masofalarda joylashtirilishi kerak.
187. Qurilmalar orasidagi materiallar va mahsulotlarni tashish uchun moʻljallangan yoʻlaklarning kengligi 2,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
188. Texnik xizmat koʻrsatish vaqtida qurilmalarning orasidagi masofa xodimlarning erkin harakatlanishini taʼminlashi lozim.
3-§ Ish joylariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
189. Stendlar va boshqa qurilmalarning ish hududining balandligi poldan yoki xizmat koʻrsatiluvchi maydonchalarning yuzasidan 2 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
190. Barcha ish joylaridagi mexanizmlarni tozalash va ish joylarini yigʻishtirish uchun zarur boʻlgan moslamalar boʻlishi lozim.
191. Ish joylarida lok-boʻyoq materiallari uchun belgilangan sigʻimlar germetik zich yopilgan va lok-boʻyoq materiallarining miqdori ularning smenada ishlatiladigan miqdoridan koʻp boʻlmasligi kerak.
192. Ish joylaridagi zararli moddalar bugʻlarining konsentratsiyasi belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
193. Ish joylari har kuni kamida bir marta nam latta bilan tozalanishi kerak.
V bob. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
194. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi kerak.
195. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.
196. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
197. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi kerak.
198. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
199. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazilishi kerak.
200. Ogʻir yuklarni joyidan koʻchirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak.
201. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan, muddati tugagan mexanizmlarda ishlashga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
202. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi kerak.
203. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
204. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan boʻlishi kerak.
205. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40º S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
206. Barcha taʼmirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi kerak.
207. Materiallarning uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi kerak.
208. Taʼmirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
209. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
210. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish Qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(210-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
211. Mazkur Qoidalar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2013-yil 19-aprel
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 19-aprel
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 19-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 19-aprel
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 19-aprel
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2013-yil 19-aprel
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2013-yil 19-aprel
“Oʻzstandart”agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2013-yil 19-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 19-son, 246-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)