|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlarni narx yuzasidan boshqarishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. “Oʻzstandart” agentligi Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori talablariga muvofiq Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq toʻlash qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-aprel,
108-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (1-ilova):
a) 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Laboratoriya sinovlarini oʻtkazganlik, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirganlik va berganlik uchun toʻlov tartibi, ariza beruvchiga muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqi berilganligi uchun bir yoʻla toʻlanadigan bir martalik yigʻimlar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilanadi”;
b) 34-banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 225-modda)