|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmogʻini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, buning asosida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini taʼminlash, yerlarning unumdorligini oshirish hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini koʻpaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi maʼqullansin:
2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi 1-ilovaga* muvofiq;
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash boʻyicha ishlarning prognoz parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan 2013 — 2017-yillar davrida irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish prognoz parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
suv isteʼmolchilari va fermer xoʻjaliklari uyushmalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan 2013 — 2017-yillar davrida sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash prognoz parametrlari 4-ilovaga* muvofiq;
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining kredit mablagʻlari va oʻz mablagʻlari hisobidan 2013 — 2017-yillar davrida tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etishning prognoz parametrlari 5-ilovaga* muvofiq.
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda 2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishning hududiy dasturlarini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti bilan kelishilgan holda tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, boshqa ijrochi vazirliklar hamda idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishning Davlat dasturi hamda hududiy dasturlarini sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va Investitsiya dasturining har yillik loyihalarini shakllantirishda 2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishning Davlat dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalarining vakolatlari va vazifalarini kengaytirish zarur deb hisoblansin va ularning zimmasiga davlat kapital qoʻyilmalari hisobidan amalga oshiriladigan irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektorlar hamda boshqa melioratsiya obyektlarini taʼmirlash va tiklash boʻyicha buyurtmachi vazifalari yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu oʻzgarishlar amalga oshirilishini taʼminlasin, vakolatlar va vazifalarni aniq belgilagan holda Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin, ularga yuklatilgan vazifalar va mintaqa yerlarining meliorativ holatini hisobga olgan holda uning tuzilmasi va xodimlar sonini tartibga solsin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2013-yilning 1-mayidan boshlab meva-sabzavotchilik, uzumchilik va poliz mahsulotlarini yetishtirish uchun yer uchastkalarini berish boʻyicha ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida tuziladigan ijara shartnomalarida, qoida tariqasida, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan tomchilatib sugʻorish tizimini va suv tejaydigan boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha investitsiya majburiyatlarini olish nazarda tutiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda 2013-2014-yillarda, tajriba tariqasida, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilishini ragʻbatlantirish mexanizmi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi (Z.T. Mirzayev) quyidagilarni taʼminlasin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
sugʻoriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarning har yilgi roʻyxati shakllantirilishi va tasdiqlanishini, zarur hollarda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat dasturida nazarda tutilgan umumiy parametrlar doirasida ularga yil davomida oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini;
Davlat dasturining tasdiqlangan parametrlari amalga oshirilishi toʻgʻrisida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini har chorakda tinglagan holda, Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalda roʻyobga chiqarish boʻyicha faoliyati samarali monitoring qilinishi va muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Davlat dasturining tasdiqlangan parametrlari amalga oshirilishi toʻgʻrisida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini har chorakda tinglagan holda, Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalda roʻyobga chiqarish boʻyicha faoliyati samarali monitoring qilinishi va muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-aprel,
PQ-1958-son.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 223-modda; 2017-y., 24-son, 492-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)