Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining faoliyatini va moddiy-texnika bazasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 5-maydagi 130-son qarorini bajarish yuzasidan hamda “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moddiy-texnika bazasini yaratish boʻyicha xarajatlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova berilmaydi
2. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahri, Niyozov koʻchasi (Kichik halqa yoʻli), 17-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlar kompleksini tutash hududlari bilan birga, shu jumladan rekonstruksiya qilingan hamda yangidan barpo etilgan imoratlarni, shuningdek jihozlash uchun sotib olingan mebellar, anjomlar, oʻquv va laboratoriya asbob-uskunalarini, kompyuter va boshqa tashkiliy-texnikani, kutubxona fondini tezkor boshqaruv huquqi bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-mart,
79-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 153-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)