|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari prognozi toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qarorini hamda Vazirlar Mahkamasining “AYQShlarda sotiladigan avtomobil benzini va dizel yonilgʻisining chakana narxlariga chegirmalar belgilash toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 375-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalariga benzin, dizel yonilgʻisi, suyultirilgan va siqilgan gaz ishlatganlik uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq stavkalarini belgilash toʻgʻrisida” 2011-yil 31-dekabrdagi 350-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Oʻzdavneftgazinspeksiya” bilan birgalikda bir oy muddatda bir tonna avtobenzin va dizel yonilgʻisi narxini aniqlash uchun hajm koʻrsatkichini litrlardan tonnaga qayta hisoblab chiqish qoʻllanilishining ogʻirlik koeffitsiyentini belgilasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-mart,
69-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-martdagi 69-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish va ularga tariflarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida” 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda):
a) 1-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “korxonalarning” soʻzi “neft bazalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshidagi “xususiylashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin;
v) ilovada:
ilovaning nomidagi “korxonalarning” soʻzi “neft bazalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Neft mahsulotlarini sotishda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodidan temir yoʻl orqali neft bazalarigacha tashish haqi miqdorini shunday tartibda belgilaydiki, bunda aynan bir turdagi bir tonna neft mahsulotlarining istalgan neft bazasigacha yoki neft bazasi filialigacha tashish summasi bir xil boʻlishi kerak. Bunda neftni qayta ishlash zavodlarining neft mahsulotlarini temir yoʻl orqali tashish boʻyicha mumkin boʻlgan salbiy moliyaviy natijasi umumiy xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga qoplanadi”;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalarining cheklangan ustama narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan deklaratsiya qilinadi.
Bunda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalarining cheklangan ustama narxlarini deklaratsiya qilish uchun hisob-kitoblar, neft mahsulotlarini neft bazalaridan AYQSh joylashgan joygacha tashish boʻyicha xarajatlarning ustama narxlar tarkibiga kiritilishini hisobga olgan holda, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi;
9-10 bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalaridan avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini AYQShga sotish, chegirishni hisobga olgan holda, yagona chakana narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Butun respublika boʻyicha yagona chakana narxlar markazlashtirilgan holda belgilanadigan neft mahsulotlarini neft bazalari tomonidan, shu jumladan AYQSh hamda neft bazalari tarkibiga kiradigan boshqa boʻlinmalar orqali sotishda sotish narxi (qoʻshilgan qiymat soligʻini va neft bazasi ustama narxini chegirgan holda) va sotib olish narxi oʻrtasidagi ijobiy tafovut tegishli neftni qayta ishlash zavodlarining depozit hisob raqamlariga ularning yetkazib berishlariga mutanosib ravishda oʻtkaziladi. Bunda neftni qayta ishlash zavodlarining depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladigan summa avtobenzinni sotib olishga xarajatlarning bir qismi shaxslarning ayrim toifalariga har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadigan pul mablagʻlari summasiga kamaytiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan ushbu summalar boʻyicha har chorakda neft bazalari va neftni qayta ishlaydigan zavodlari oʻrtasida taqqoslash dalolatnomalari tuziladi.
Neftni qayta ishlash zavodlarining depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladigan koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar neft bazalarining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalari summasiga kiritilmaydi, yagona soliq toʻlovini toʻlashda esa — yagona soliq toʻloviga kiritilmaydi.
10. Neft bazalarining cheklangan ustama narxlarini deklaratsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Barcha AYQShlar uchun, ularning joylashgan joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisining chakana narxidan chegirishlarning yagona miqdori belgilanadi”;
20-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “korxonalar tomonidan belgilangan cheklangan darajalar” soʻzlari ““Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalari tomonidan belgilangan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 11-son, 141-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)