|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.12.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda koʻzdan kechirish majburiy boʻlgan tovarlar Roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 4-maydagi 75-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son va “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek bojxonada amalga oshirilayotgan koʻzdan kechirishlar mexanizmini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, bojxona nazoratini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-mart,
62-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-martdagi 62-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda koʻzdan kechirish majburiy boʻlgan tovarlar Roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 4-maydagi 75-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“respublikaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va koʻrsatib oʻtilgan Roʻyxatga kiritilgan tovarlar yuk bojxona deklaratsiyalari taqdim etish joylarida puxta koʻzdan kechirilishini taʼminlasin”.
2. Quyidagi mazmundagi 21 — band qoʻshilsin:
“21. Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan Roʻyxatga kiritilgan tovarlarni chegaradosh bojxona postlarida koʻzdan kechirilishi quyidagi hollarda:
tovarga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar oʻzaro bir-biriga muvofiq boʻlmagan yoxud tashilayotgan tovarlarning toʻliq nomi va kodlari Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq kamida 6 ta belgi darajasida koʻrsatilmaganda;
bojxona nazoratining texnik vositalarini qoʻllash yakunlari boʻyicha amaldagi maʼlumotlarning tovarga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
transport vositasining yuk boʻlmasiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud boʻlganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga respublikaning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki respublika davlat boshqaruvi boshqa organlaridan tushgan materiallar, shuningdek xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan olingan bojxonada koʻzdan kechirishni amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
davlat bojxona xizmati organlari xodimlarida bojxona qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida asosli gumoni mavjud boʻlganda majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Bunda koʻzdan kechirish davlat bojxona xizmati organi xodimining bildirgisi asosida hamda bojxona posti boshligʻining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 127-modda)