Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2013-yil 1-yanvardan boshlab:
tovarlarni deklaratsiyalash mexanizmini joriy etish ularning amalda bojxona hududiga olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki deklaratsiya taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
import kontraktlarni bojxona organlarida hisobga qoʻyish bekor qilinadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy banki, Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining, koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar va idoralarning yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda 2013-yil 1-yanvardan boshlab eksport operatsiyalarini bojxonada “on-layn” rejimida rasmiylashtirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda:
tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasi taqdim etish tartibini;
import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasi taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-dekabr,
379-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobillarda xalqaro yuk tashishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asosiy hujjatlar roʻyxati 3-bandining “g” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshidagi “shuningdek korxonalarning oʻzi ishlab chiqargan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish, sotib olish va ularni olib chiqib ketish tartibida:
a) 15-banddagi “ikki ish kuni” soʻzlari “bir ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 18-banddagi “arizasi boʻyicha” soʻzlaridan keyin “brokerlar tomonidan” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan eksport kontraktlari boʻyicha tovarni olib chiqishda yuklab joʻnatish joyidagi bojxona boʻlinmalariga bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etiladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
v) 1-ilovada:
ilovaning nomidagi va 1-banddagi “Import kontraktlarini hisobga qoʻyish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
II boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
III boʻlimning nomidagi “hisobga qoʻyish paytida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11-banddagi “maqsadida” soʻzidan keyin “ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq” soʻzlari qoʻshilsin;
12-banddagi “b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
13-banddagi “va Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining valyuta nazorati boʻlimi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
15-bandning ikkinchi xatboshidagi “bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining bojxona postlari vakolatli bank tomonidan TSOga kiritilgan kontrakt maʼlumotlarini bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlari bilan taqqoslashi kerak va tafovutlar boʻlmagan taqdirda bojxona yuk deklaratsiyasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi”;
g) Nizomga ilovada:
ilova nomidagi “Import kontraktlarini hisobga qoʻyish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Sxemadagi “Vakolatli bank. Hisobga qoʻyish va 2 kundan ortiq boʻlmagan muddatda axborotni TSOga kiritish” bloklari “Vakolatli bank. Hisobga qoʻyish va 8 ish soati mobaynida axborotni TSOga kiritish” bloklari bilan almashtirilsin;
Sxemadagi “Hududiy bojxona boshqarmasi. Hisobga qoʻyish va 2 ish kuni mobaynida axborotni TSOga kiritish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “chet elda korxona taʼsis etgan tashkilotning yoki ushbu Nizomning 6-bandida sanab oʻtilgan boshqa tashkilotlarning tegishli maʼlumotnomasini eksportchi tomonidan taqdim etgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining birja savdolarida tuziladigan eksport-import kontraktlarini tuzish va rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish bilan bogʻliq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 29-maydagi 96-son qaroriga ilova 2-bandining oʻttiz ikkinchi — oʻttiz sakkizinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 36-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Chetdan keltirilayotgan texnologik uskunalarni va ularga ehtiyot qismlarni, shuningdek komponentlarni, xom ashyo va materiallarni mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonda foydalaniladiganlar toifasiga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda):
a) 4-bandning yettinchi xatboshidagi “va bojxona organida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 19-banddagi “kontrakt hisobga qoʻyilgan joydagi bojxona organiga va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 8-ilovadagi “bojxona,” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son)
11. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlar va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 25–bandi va Nizomga 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomning 11-bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 24-modda; 2015-y., 42-son, 534-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son)