Norasmiy tarjima
XALQARO PATENT TASNIFI TOʻGʻRISIDA
Strasburg Bitimi
1971-yil 24-mart, Strasburg
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Bitimga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 276–II-sonli “Xalqaro patent tasnifi toʻgʻrisidagi Strasburg bitimiga qoʻshilish haqida”gi qarori bilan qoʻshilgan.
(2002-yil 12-oktabrdan kuchga kirgan)
Ahdlashuvchi tomonlar,
Patentlar, mualliflik guvohnomalari, foydali modellar va foydalilik haqidagi sertifikatlar tasnifining yagona tizimini umumiy qabul qilish umumiy manfaatlarga mos kelishini hisobga olib, sanoat mulki sohasida yanada yaqin xalqaro hamkorlikni oʻrnatishga yordam berish, ushbu sohadagi milliy qonunchilikni uygʻunlashtirish,
1954-yil 19-dekabrdagi Ixtirolarga patentlarning xalqaro tasnifi toʻgʻrisidagi Yevropa konvensiyasining ahamiyatini tan olib, Yevropa Kengashi Ixtirolarga patentlarning xalqaro tasnifini yaratdi.
Ushbu tasnifning umumiy qiymati va sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining barcha ishtirokchilari uchun ahamiyatini yodda tutib,
Rivojlanayotgan davlatlar uchun ushbu tasnifning ahamiyatini, ularning tobora ortib borayotgan zamonaviy texnologik yutuqlar majmuasiga kirishini osonlashtirishini hisobga olib,
Sanoat mulkini muhofaza qilish toʻgʻrisida 1883 yil 20-martdagi Parij konvensiyasining (1900 yil 14-dekabrda Bryusselda, 1911 yil 2-iyunda Vashingtonda, 1925 yil 6-noyabrda Gaagada, Londonda 1934-yil 2-iyunda, 1958-yil 31 oktabrda Lissabonda va 1967-yil 14-iyulda Stokgolmda oʻzgartirilgan) 19-moddasi eʼtiborga olib,
Quyidagilarni kelishib olishdi:
1-modda
Maxsus ittifoqni tuzish. xalqaro tasnifni qabul qilish
Ushbu Bitim qoʻllaniladigan davlatlar Maxsus ittifoq tuzadilar va ixtiro patentlari, mualliflik guvohnomalari, foydali modellar va foydalilik guvohnomalari uchun yagona tasnifni qabul qiladilar. Tasnif “Xalqaro patent tasnifi” (bundan buyon matnda “Tasnif” deb yuritiladi) deb nomlanadi.
2-modda
Tasnifning taʼrifi
1. a. Tasnifga quyidagilar kiradi:
i. 1954-yil 19-dekabrda ixtiro patentlarining xalqaro tasnifi toʻgʻrisidagi Yevropa konvensiyasining (bundan buyon matnda “Yevropa konvensiyasi” deb yuritiladi) qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan, 1968-yil 1-sentabrda Yevropa Kengashi Bosh kotibi tomonidan kuchga kiritilgan va chop etilgan matn;
ii. ushbu Bitim kuchga kirgunga qadar Yevropa konvensiyasining 2(2)-moddasiga muvofiq kuchga kirgan oʻzgarishlar;
iii. keyinchalik 6-moddaning qoidalariga muvofiq kuchga kiradigan 5-moddaga muvofiq kiritilgan oʻzgarishlar.
2. Tasnif matniga kiritilgan qoʻllanma va izohlar ushbu matnning ajralmas qismi hisoblanadi.
a. (1) (a) (i)-xatboshida koʻrsatilgan matn har biri ingliz va fransuz tillarida ikkita haqiqiy nusxada, ushbu Bitim imzolash uchun ochilgan sanadan saqlanadi, bir nusxasi Yevropa Kengashi Bosh kotibiga va boshqa nusxasi 1967-yil 14-iyuldagi Konvensiya bilan tuzilgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Bosh direktoriga (bundan buyon matnda “Bosh direktor” va “Tashkilot” deb nomlanadi).
b. (1) (a) (ii)-bandda koʻrsatilgan oʻzgarishlar har biri ingliz va fransuz tillarida ikkita haqiqiy nusxada, bir nusxasi Yevropa kengashi Bosh kotibiga, ikkinchisi Bosh direktorda saqlanadi.
s. (1) (a) (iii)-bandda koʻrsatilgan oʻzgarishlar Bosh direktorga ingliz va fransuz tillarida faqat bitta haqiqiy nusxada saqlanadi.
3-modda
Tasnifning ishchi tillari
1. Tasnif ingliz va fransuz tillarida tuzilmoqda, ikkala matn ham toʻliq haqiqiy.
2. Tasnifning rasmiy matnlari ispan, nemis, portugal, rus va yapon tillarida, shuningdek 7-moddada koʻrsatilgan Assambleya belgilagan boshqa tillarda, manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashganidan keyin yoki ushbu hukumatlar bergan tarjimaga asoslanib, Tashkilotning Xalqaro byurosi (keyingi oʻrinlarda “Xalqaro byuro” deb yuritiladi) tomonidan yoki Maxsus ittifoq yoki Tashkilot budjetiga moliyaviy taʼsir koʻrsatmaydigan boshqa yoʻl bilan tuziladi.
4-modda
Tasnifdan foydalanish
1. Tasnif faqat maʼmuriy xaraktyerga ega.
2. Maxsus ittifoqning har bir davlati tasnifni birlamchi yoki qoʻshimcha tizim sifatida ishlatish huquqiga ega.
3. Maxsus ittifoq davlatlarining vakolatli organlariga quyidagilar kiradi:
i. Davlatlar tomonidan berilgan patentlar, mualliflik guvohnomalari, foydali modellar va foydalilik guvohnomalari, shuningdek, ushbu organlar tomonidan nashr etilgan yoki ular faqat jamoatchilik nazorati uchun berilgandan qatʼiy nazar, koʻrsatilgan muhofaza turlariga taalluqli hujjatlar, va
ii. (i) kichik bandidakoʻrsatilgan hujjatlarni eʼlon qilish yoki namoyish qilish toʻgʻrisida rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan xabarnomalar, (i) kichik bandida koʻrsatilgan hujjat tegishli boʻlgan ixtiroga taalluqli tasnifning toʻliq koʻrsatkichlari.
4. Ushbu Bitim imzolanganda yoki ratifikatsiya hujjati yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat topshirilgandan keyin
i. har qanday davlat jamoatchilikni tanishtirish uchun endigina joylashtirilgan talabnomada, shuningdek, ushbu talabnomalarga tegishli bildirishnomalarda (3)-bandda nazarda tutilgan tasniflash guruhlari yoki kichik guruhlariga tegishli indekslarni kiritishni oʻz zimmasiga olmasligini eʼlon qilishi mumkin, va
ii. yangilik uchun ekspertiza oʻtkazmaydigan har qanday davlat, xoh odatiy, xoh kechiktirilgan ekspertiza boʻlsin, va patent yoki boshqa muhofaza turlarini berish tartibi texnika darajasini aniqlash uchun patent qidiruvini oʻz ichiga olmasa, (3)-bandda koʻrsatilgan hujjatlar va bildirishnomalarga tasniflash guruhlari va kichik guruhlariga tegishli indekslarni kiritishni oʻz zimmasiga olmasligini eʼlon qilishi mumkin. Agar bunday holatlar faqat maʼlum turdagi muhofaza turlariga yoki ayrim texnika sohalariga tegishli boʻlsa, ushbu davlat faqat aytilgan holatlar bilan bogʻliq qoʻshimcha shartlarini aytib oʻtishi mumkin.
5. Tasniflash indekslari oldidan “Xalqaro patent tasnifi” soʻzlari yoki ushbu soʻzlarning qisqartmasi, 5-moddada koʻrsatilgan Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan belgilangandek, qalin harflar bilan yoki ular kiritilishi kerak boʻlgan (3) (i)-bandda koʻrsatilgan har bir hujjatning boshida aniq koʻrinadigan tarzda bosiladi.
6. Agar Maxsus Ittifoqning biron bir davlati hukumatlararo organga patent berishni ishonib topshirsa, tasnifdan foydalanishini taʼminlash uchun u ushbu moddaning barcha oqilona choralarni koʻradi.
5-modda
Ekspertlar qoʻmitasi
1. Maxsus ittifoqning har bir davlati vakillik qiladigan Ekspertlar qoʻmitasi tuziladi.
2. a. Bosh direktor Ekspertlar qoʻmitasining yigʻilishlariga kuzatuvchi sifatida patent sohasida ixtisoslashgan va aʼzo davlatlardan kamida bittasi ushbu Bitim ishtirokchisi boʻlgan hukumatlararo tashkilotlarning vakillarini taklif qiladi.
b. Bosh direktor oʻz tashabbusi bilan yoki Ekspertlar qoʻmitasining iltimosiga binoan boshqa hukumatlararo va xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini oʻzlarini qiziqtirgan masalalarni muhokama qilishda ishtirok etishga taklif qiladi.
3. Ekspertlar qoʻmitasi:
a. Tasnifga oʻzgartirishlar kiritadi;
b. tasnifdan foydalanishni ragʻbatlantirish va uni bir xilda qoʻllanishiga koʻmaklashish maqsadida Maxsus ittifoq davlatlariga tavsiyalar yuboradi;
c. rivojlanayotgan davlatlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ixtirolarni ekspertizadan oʻtkazishda qoʻllaniladigan hujjatlarni qayta tasniflashda xalqaro hamkorlikka koʻmaklashadi;
d. Maxsus Ittifoq yoki Tashkilot budjetiga moliyaviy taʼsir koʻrsatmasdan, rivojlanayotgan davlatlar tomonidan tasnifni qoʻllashga yordam beradigan boshqa choralarni koʻradi;
e. kichik qoʻmitalar va ishchi guruhlar tuzish huquqiga ega.
4. Ekspertlar qoʻmitasi oʻz tartib qoidalarini qabul qiladi. Bu qoidalar uning kichik qoʻmitalari va (2) (a)-bandda koʻrsatilgan hukumatlararo tashkilotlarning ishchi guruhlari yigʻilishlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi, ular tasnifni takomillashtirish boʻyicha katta hajmdagi ishlarni bajarishi mumkin.
5. Tasnifga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar Maxsus ittifoqning har qanday davlatining vakolatli organi, Xalqaro byuro, Ekspertlar qoʻmitasida vakili boʻlgan har qanday hukumatlararo tashkilot va bunday takliflarni kiritish uchun Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan maxsus taklif qilingan boshqa har qanday tashkilot (2) (a)-bandga binoan kiritishi mumkin. Takliflar Xalqaro byuroga yuboriladi, u ekspertlar qoʻmitasi aʼzolari va kuzatuvchilarga ekspertlar qoʻmitasi sessiyasi boshlanishidan ikki oy oldin yuboriladi, sessiyada takliflar koʻrib chiqiladi.
6. a. Har bir Ekspertlar qoʻmitasi aʼzosi — aʼzo davlat bir ovozga ega.
b. Ekspertlar qoʻmitasi oʻz qarorlarini sessiyada qatnashgan va ovoz beradigan davlatlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi.
c. Sessiyada qatnashgan va ovoz berayotgan davlatlarning beshdan bir qismi tomonidan tasniflashning asosiy tuzilmasi oʻzgarishiga olib kelgan yoki muhim qayta tasniflash ishlariga sabab boʻlgan har qanday qaror ishtirok etayotgan va ovoz beradigan davlatlarning toʻrtdan uchidan koʻpining ovozini talab qiladi.
d. Ovoz berishda betaraf qolganlar hisobga olinmaydi.
6-modda
Bildirishnoma, bitimni kuchga kirishi, oʻzgartirish va boshqa qarorlarni chop etish
1. Maxsus ittifoq davlatlarining vakolatli organlari Xalqaro byuro tomonidan Ekspertlar qoʻmitasining tasnifga oʻzgartirishlar kiritish va Ekspertlar qoʻmitasining tavsiyalari toʻgʻrisida har bir qarori toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Oʻzgarishlar xabarnoma yuborilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
2. Xalqaro byuro kuchga kirgan oʻzgarishlarni tasnifga kiritadi. Oʻzgarishlar 7-moddada koʻrsatilgan Assambleya tomonidan belgilanadigan davriy nashrlarda eʼlon qilinadi.
7-modda
Maxsus ittifoq Assambleyasi
1. a. Maxsus ittifoqning Maxsus ittifoq davlatlaridan tashkil topgan Assambleyasi bor.
b. Maxsus ittifoqning har bir davlati hukumati bitta vakildan iborat boʻlib, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari va ekspertlari boʻlishi mumkin.
c. 5 (2) (a)-moddada koʻrsatilgan har qanday hukumatlararo tashkilot Assambleya yigʻilishlarida kuzatuvchi boʻlib qatnashishi mumkin va agar Assambleya shunday qaror qabul qilsa, Assambleya tuzishi mumkin boʻlgan qoʻmitalar va ishchi guruhlarda ham qatnashishi mumkin.
d. Har bir vakilning xarajatlari uni tayinlagan hukumat tomonidan qoplanadi.
2. a. 5-moddaning qoidalariga muvofiq, Assambleya:
i. Maxsus ittifoqni saqlash va rivojlantirish va ushbu Bitimni qoʻllash bilan bogʻliq barcha masalalarni koʻrib chiqadi;
ii. Xalqaro byuroga qayta koʻrib chiqish konferensiyalarini tayyorlash boʻyicha koʻrsatma beradi;
iii. Bosh direktorning Maxsus ittifoq bilan bogʻliq hisobotlarini, faoliyatini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi va unga Maxsus ittifoq vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha barcha zarur koʻrsatmalarni beradi;
iv. dasturni belgilaydi, Maxsus ittifoqning uch yillik budjetini qabul qiladi va uning moliyaviy hisobotini tasdiqlaydi;
v. Maxsus ittifoqning moliyaviy reglamentini tasdiqlaydi;
vi. ingliz, fransuz va 3-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan tillardan tashqari qaysi tillarda tasnifning rasmiy matnlarini ishlab chiqish kerakligini hal qiladi;
vii. Maxsus ittifoq maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur deb hisoblaydigan qoʻmitalar va ishchi guruhlarni tuzish;
viii. (1) (s)-bandi qoidalariga rioya qilgan holda, Maxsus ittifoqqa aʼzo boʻlmagan va qaysi hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlari oʻz yigʻilishlariga kuzatuvchi sifatida, shuningdek har qanday u tomonidan tuzilgan qoʻmita yoki ishchi guruh yigʻilishlarga kiritilishini aniqlaydi;
ix. Maxsus ittifoq maqsadlariga erishish uchun boshqa har qanday tegishli choralarni koʻradi;
x. ushbu Bitimdan kelib chiqadigan boshqa funksiyalarni bajaradi.
3. Tashkilot boshqaradigan boshqa Ittifoqlarni qiziqtirgan masalalar boʻyicha Assambleya Tashkilot Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasining fikrini eshitgandan soʻng qaror qabul qiladi.
a. Assambleyaning har bir aʼzo davlati bitta ovozga ega.
b. Assambleyaning aʼzo davlatlari yarmi kvorumni tashkil etadi.
c. Kvorum boʻlmasa, Assambleya qarorlar qabul qilishi mumkin, lekin Assambleyaning barcha bunday qarorlari, oʻz protsedura qoidalariga taalluqli qarorlar bundan mustasno, faqat quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda kuchga kiradi. Xalqaro byuro koʻrsatilgan qarorlarni Assambleya aʼzo boʻlmagan davlatlarga yuboradi va ularni qarorlar yuborilgan kundan boshlab uch oy ichida yozma ravishda ushbu qarorlarga ovoz bersa, qarshi chiqsa yoki betaraf boʻlsa ham xabar berishga taklif qiladi. Agar bu muddat tugagach, ovoz bergan yoki betaraf qolgan davlatlar soni sessiyaning oʻzida kvorumga erishish uchun yetarli boʻlmasa, zarur koʻpchilik ovoz bilan bunday qarorlar kuchga kiradi.
d. 11-moddaning 2-bandiga binoan, Assambleya ovoz berganlarning uchdan ikki qismi ovozi bilan qaror qabul qiladi.
e. Ovoz berishda betaraf qolganlar hisobga olinmaydi.
f. Vakil faqat bitta davlat vakili boʻlishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.
g. Assambleya har uch yilda bir marta Bosh direktor tomonidan chaqirilganda sessiyada yigʻiladi, navbatdan tashqari istisno hollar bundan mustasno, Tashkilot Bosh assambleyasi bilan bir vaqtda va bir joyida yigʻiladi.
h. Assambleya aʼzo davlatlarning chorakdan birining talabiga binoan Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyada yigʻiladi.
i. Bosh direktor har bir sessiya uchun kun tartibini tayyorlaydi.
Assambleya oʻz tartib-qoidalarini qabul qiladi.
8-modda
Xalqaro byuro
1. a. Maxsus ittifoqning maʼmuriy vazifalarini Xalqaro byuro bajaradi.
b. Xalqaro byuro, shu jumladan, Assambleyaning, Ekspertlar qoʻmitasining, Assambleya yoki Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan tuzilishi mumkin boʻlgan boshqa qoʻmitalar va ishchi guruhlarning yigʻilishlarini tayyorlaydi va xizmat qiladi.
c. Bosh direktor Maxsus ittifoqning bosh ijrochi direktoridir va Maxsus ittifoq vakili hisoblanadi.
2. Bosh direktor va u tayinlagan har qanday xodim tashkil etilgan barcha Assambleya yigʻilishlarida, qoʻmitalarda va ishchi guruhlarda ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi. Bosh direktor yoki u tayinlagan xodim shu organlarning ex-officio kotibi hisoblanadi.
3. a. Xalqaro byuro, Assambleyaning koʻrsatmasiga binoan, har qanday qayta koʻrib chiqish konferensiyalarini tayyorlaydi.
b. Xalqaro byuro bunday konferensiyalarni tayyorlash boʻyicha hukumatlararo, xalqaro va milliy nodavlat tashkilotlar bilan maslahatlashishi mumkin.
c. Bosh direktor va u tayinlagan xodimlar ovoz berish huquqisiz qayta koʻrib chiqish konferensiyalaridagi muhokamalarda qatnashadilar.
d. Xalqaro byuro unga yuklatilgan boshqa har qanday vazifalarni bajaradi.
9-modda
Moliyalashtirish
1. a) Maxsus ittifoq oʻz budjetiga ega.
b) Maxsus ittifoq budjeti Maxsus ittifoqning daromadlari va xarajatlarini, uning ittifoqlarining umumiy xarajatlari budjetiga qoʻshilishini va agar kerak boʻlsa, Tashkilot Konferensiyasi budjetiga ajratmalarni oʻz ichiga oladi.
c) Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar — bu faqat Maxsus ittifoq bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar, shu vaqtning oʻzida Tashkilot boshqaradigan bir yoki bir nechta boshqa Ittifoqlarga tegishli. Maxsus ittifoqning ushbu umumiy xarajatlardagi ulushi uning ushbu xarajatlarga boʻlgan qiziqishiga mos keladi.
2. Maxsus ittifoq budjeti Tashkilot tomonidan boshqariladigan boshqa ittifoqlarning budjetlari bilan muvofiqlashtirish zarurligini hisobga olgan holda tuziladi.
3. Maxsus ittifoq budjeti quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
a. Maxsus ittifoqqa aʼzo davlatlarning badallari;
b. Maxsus ittifoq doirasida Xalqaro byuro tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun yigʻim va bojlar;
c. Maxsus ittifoqqa tegishli Xalqaro byuroning nashrlarini sotishdan tushgan tushumlar va bunday nashrlarga boʻlgan huquqlardan foydalanishdan tushgan mablagʻlar;
d. sovgʻalar, meros va grantlar;
e. ijara haqi, foizlar va boshqa daromadlar.
4. a. (3)(i)-bandiga muvofiq budjetga qoʻshiladigan hissani aniqlash uchun Maxsus ittifoqning har bir davlati Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij ittifoqi bilan bir xil sinfga kiradi, har yili oʻz hissasini ushbu Ittifoq uchun belgilangan birliklar soni boʻyicha toʻlaydi.
b. Maxsus ittifoqning har bir davlatining yillik badali, barcha davlatlarning Maxsus ittifoq budjetiga qoʻshgan yillik badallari miqdoriga teng, shuningdek, u tegishli boʻlgan sinf birliklari soni, barcha davlatlar birliklarining umumiy sonini bildiradi.
c. badallar har yilning birinchi yanvariga qadar toʻlanishi kerak.
d. oʻz badallarini toʻlash boʻyicha qarzdor boʻlgan davlat, agar qarzdorlik miqdori oldingi ikki yil davomida toʻlanadigan badallar miqdoriga teng yoki undan oshsa, Maxsus ittifoqning barcha organlarida ovoz berish huquqidan mahrum boʻladi. Biroq, bunday davlatga oʻz hissalarini toʻlashning kechikishi alohida va muqarrar holatlar tufayli sodir boʻlgan deb hisoblasa, Ittifoq organida oʻz ovoz berish huquqlarini amalga oshirishda davom etishga ruxsat berilishi mumkin.
e. agar budjet yangi moliyaviy yil boshlanishidan oldin tasdiqlanmagan boʻlsa, u holda moliyaviy reglamentda koʻzda tutilgan tartibda budjet oʻtgan yil darajasida belgilanadi.
5. Maxsus ittifoq nomidan Xalqaro byuro tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun yigʻim va bojlar Bosh direktor tomonidan belgilanadi, u bu haqda Assambleyaga hisobot beradi.
a. Maxsus ittifoq har bir Maxsus ittifoq davlati tomonidan toʻlanadigan bir martalik toʻlovlardan iborat aylanma mablagʻlar fondiga ega. Agar mablagʻ yetishmay qolsa, Assambleya uni koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
b. har bir davlatning ushbu jamgʻarmaga dastlabki toʻlovi miqdori yoki bu jamgʻarmani koʻpaytirishdagi davlatning ulushi, ushbu jamgʻarma tashkil etilgan yoki uni koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yilga qoʻshgan hissasiga mutanosibdir.
c. Bu nisbat va toʻlov shartlari Assambleya tomonidan Bosh direktorning taklifiga binoan va Tashkilot Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasining fikrini eshitgandan soʻng belgilanadi.
6. a. Tashkilotning qarorgohi joylashgan davlat bilan tuzilgan qarorgoh toʻgʻrisidagi bitim, agar aylanma mablagʻlar yetarli boʻlmasa, ushbu davlat kredit berishini nazarda tutadi. Bu kreditlarning hajmi va ularni taqdim etish shartlari, har bir alohida holatda, bu davlat va Tashkilot oʻrtasidagi maxsus kelishuv mavzusi boʻladi.
b. (a)-kichik bandda koʻrsatilgan davlat ham, Tashkilot ham kredit majburiyatini yozma ogohlantirish orqali bekor qilishga haqli. Bekor qilish bunday xabarnoma yuborilgan yil tugaganidan uch yil oʻtgach kuchga kiradi.
7. Moliyaviy audit Ittifoqning bir yoki bir nechta davlatlari yoki Assambleyaning roziligi bilan tayinlangan tashqi auditorlar tomonidan moliyaviy tartibga solish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
10-modda
Bitimni qayta koʻrish
1. Mazkur Bitim vaqti-vaqti bilan Maxsus ittifoq davlatlarining maxsus konferensiyalari tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
2. Qayta koʻrib chiqish konferensiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi qarorni Assambleya qabul qiladi.
3. 7, 8, 9 va 11-moddalarga oʻzgartirishlar qayta koʻrib chiqish konferensiyasida yoki 11-modda qoidalariga muvofiq qabul qilinishi mumkin.
11-modda
Bitimning ayrim moddalariga oʻzgartirish kiritish
1. 7, 8, 9-moddalarga va ushbu moddaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar Maxsus ittifoqning istalgan davlati yoki Bosh direktori tomonidan kiritilishi mumkin. Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan Assambleyada koʻrib chiqilishidan kamida olti oy oldin Maxsus ittifoq davlatlariga yuboriladi.
2. (1)-bandda nazarda tutilgan moddalarga tuzatishlar Assambleya tomonidan qabul qilinadi, buning uchun ovozlarning toʻrtdan uch qismi ovoz berishi kerak; shu bilan birga, 7-modda va ushbu bandga kiritilgan har qanday oʻzgartirish ovoz berilganlarning beshdan toʻrt qismi ovozi bilan qabul qilinadi.
a. (1)-bandda nazarda tutilgan moddalarga kiritilgan har qanday tuzatish, har bir davlatning konstitutsiyaviy tartibiga muvofiq, uning qabul qilinganligi toʻgʻrisida yozma xabarnomalar qabul qilinganidan keyin bir oy oʻtgach kuchga kiradi. Bosh direktor ushbu tuzatish qabul qilingan paytda Maxsus ittifoqqa aʼzo boʻlgan davlatlarning toʻrtdan uch qismi ovozi bilan qaror qabul qiladi.
b. Shunday qilib qabul qilingan ushbu moddalarga kiritilgan har qanday oʻzgartirish kuchga kirgan vaqtda Maxsus ittifoq aʼzolari boʻlgan barcha davlatlar uchun majburiydir; ammo, Maxsus ittifoq davlatlarining moliyaviy majburiyatlarini oshiruvchi har qanday oʻzgartirish faqat bunday tuzatish qabul qilinganligini bildirgan davlatlar uchun majburiydir.
c. (a)-kichik band qoidalariga muvofiq qabul qilingan har qanday tuzatish (a)-kichik band qoidalariga muvofiq ushbu tuzatish kuchga kirgan kundan keyin Maxsus ittifoq aʼzoligiga kirgan barcha davlatlar uchun majburiy boʻladi.
12-modda
Bitimga qoʻshilish
1. Sanoat mulkini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Parij konvensiyasining har qanday ishtirokchi davlati ushbu Bitimga quyidagicha aʼzo boʻlishi mumkin:
i. Bitimni imzolash, keyin ratifikatsiya hujjati topshirish, yoki
ii. Bitimga qoʻshilish dalolatnomasini saqlashga topshirish.
2. Ratifikatsiya va bitimga qoʻshilish hujjatlari Bosh direktorda saqlanadi.
3. Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining Stokgolm aktining 24-moddasi qoidalari ushbu Bitimga nisbatan qoʻllaniladi.
4. (3)-band hech qanday tarzda Maxsus ittifoqning biron bir davlati ushbu Bitim boshqa davlat tomonidan ushbu band qoʻllaniladigan hududga nisbatan aniq vaziyatni yashirincha qabul qilishi yoki qabul qilishi degan maʼnoni anglatmaydi.
13-modda
Bitimning kuchga kirishi
1. a. Ushbu Bitim ratifikatsiya yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat topshirilgan sanadan bir yil oʻtgach kuchga kiradi:
i. ushbu Bitim imzolash uchun ochiq boʻlgan sanada Yevropa konvensiyasi ishtirokchilari boʻlgan davlatlarning uchdan ikki qismi tomonidan imzolansa, va
ii. Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining ishtirokchisi boʻlgan uchta davlat, ilgari Yevropa konvensiyasining ishtirokchisi boʻlmagan va ratifikatsiya yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni saqlashga topshirish sanasigacha Xalqaro byuro tomonidan eʼlon qilingan soʻnggi yillik statistik maʼlumotlarga koʻra, hech boʻlmaganda 40 mingdan oshiq patent yoki mualliflik guvohnomasiga talabnoma topshirgan davlat boʻlsa.
b. (a)-kichik bandiga muvofiq ushbu Bitim kuchga kirgan davlatlardan boshqa har qanday davlat uchun Bitim Bosh direktor tomonidan ratifikatsiya qilinganligi yoki bitimga qoʻshilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan kundan boshlab bir yil oʻtgach kuchga kiradi, agar ratifikatsiya yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa. Bu holda, ushbu Bitim davlatga nisbatan koʻrsatilgan sanada kuchga kiradi. SSSRning 1971-yil 24-martdagi Xalqaro patent tasnifi toʻgʻrisidagi Strasburg bitimiga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi hujjat 1975-yil 30-sentabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Bosh direktoriga topshirildi. Bitim SSSR uchun 1975-yil 7-oktabrda kuchga kirgan.
c. Ushbu Bitimni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan Yevropa konvensiyasi ishtirokchilari, ushbu Bitim ushbu davlatlarga nisbatan kuchga kirgan kundan kechiktirmay, kuchga kirgan taqdirda, qayd etilgan Konvensiyani denonsatsiya qilishga majburdirlar.
2. Bitimni ratifikatsiya qilish yoki unga qoʻshilish avtomatik ravishda barcha qoidalarni qabul qilishga va ushbu Bitimda belgilangan barcha imtiyozlarni olishga olib keladi.
14-modda
Bitimning amal qilish muddati
Ushbu bitim Sanoat mulkini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Parij konvensiyasi bilan bir xil amal qilish muddatiga ega.
15-modda
Denonsatsiya
1. Maxsus ittifoqning har qanday davlati Bosh direktor nomiga yuborilgan xabarnoma orqali ushbu Bitimni bekor qilishi mumkin.
2. Denonsatsiya Bosh direktor xabarnoma olgan kundan boshlab bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
3. Ushbu moddada nazarda tutilgan denonsatsiya huquqi Maxsus ittifoqqa aʼzo boʻlgan kundan boshlab besh yil oʻtgunga qadar hech bir davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin emas.
16-modda
Bitimni imzolash, ishchi tillari, bildirishnoma, depozitariy funksiyasi
1. a. Ushbu bitim ingliz va fransuz tillarida bitta nusxada imzolangan, ikkala matn ham haqiqiydir.
b. Ushbu Bitim 1971-yil 30-sentabrga qadar Strasburg shahrida imzolash uchun ochiq qoladi.
c. Ushbu Bitimning asl matni, imzolash uchun yopilgandan soʻng, Bosh direktorda saqlanadi.
2. Rasmiy matnlar Bosh direktor tomonidan manfaatdor hukumatlar bilan kelishilgan holda ispan, nemis, portugal, rus va yapon tillarida, shuningdek Assambleya belgilaydigan boshqa tillarda tuziladi.
3. a. Bosh direktor ushbu Bitimning imzolangan matnining ikki nusxasini, u tegishli tarzda tasdiqlagan holda, uni imzolagan barcha davlatlar hukumatlariga va soʻrov boʻyicha boshqa davlat hukumatiga yuboradi. Bosh direktor, shuningdek, oʻzi tasdiqlagan bitta nusxani Yevropa kengashi Bosh kotibiga yuboradi.
b. Bosh direktor iltimosiga binoan ushbu Bitimni imzolagan yoki unga qoʻshilgan har qanday davlat hukumatiga tasnifning ingliz yoki fransuz tillarida tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
4. Ushbu Bitim Bosh direktor tomonidan Birlashgan millatlar tashkiloti kotibiyatida roʻyxatga olinadi.
5. Bosh direktor Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga aʼzo boʻlgan barcha davlatlar hukumatlari va Yevropa kengashi Bosh kotibini xabardor qiladi:
a. imzolashlar haqida;
b. ratifikatsiya hujjatlari yoki bitimga qoʻshilish hujjatlarini saqlashga qoʻyish toʻgʻrisida;
c. ushbu Bitim kuchga kirish sanasi toʻgʻrisida;
d. tasnifdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartlar toʻgʻrisida;
e. ushbu Bitimga tuzatishlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida;
f. bunday oʻzgartirishlar kuchga kirgan sanalar;
g. qabul qilingan denonsatsiyalar haqida.
17-modda
Oʻtish davri qoidalari
1. Ushbu Bitim kuchga kirganidan keyin ikki yil mobaynida, Yevropa konvensiyasiga aʼzo boʻlgan, hali Maxsus ittifoq aʼzolari boʻlmagan davlatlar, agar xohlasalar, Ekspertlar qoʻmitasida xuddi shu Maxsus ittifoq aʼzolik huquqlaridan foydalanishlari mumkin..
2. (1)-bandda koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin uch yil ichida ushbu bandda koʻrsatilgan davlatlar, aytilgan Qoʻmita qaror qabul qilsa, u tomonidan tuzilgan har qanday kichik qoʻmitada yoki ishchi guruhda, Ekspertlar qoʻmitasining yigʻilishlarida kuzatuvchi boʻlib ishtirok etishlari mumkin. Xuddi shu davrda ushbu davlatlar 5(5)-moddaga muvofiq tasnifga oʻzgartirish kiritishi mumkin va 6(1)-moddaga muvofiq Ekspertlar qoʻmitasining qarorlari va tavsiyalari toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak.
3. Ushbu Bitim kuchga kirganidan keyin besh yil mobaynida, Yevropa konvensiyasiga aʼzo boʻlgan, hali Maxsus ittifoq aʼzolari boʻlmagan davlatlar, agar Assambleya shunday qaror qabul qilsa, har qanday qoʻmitada yoki ishchi guruh, Assambleyaning yigʻilishlarida kuzatuvchi boʻlib qatnashishi mumkin.
(imzolar)