Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.09.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MULKNI BAHOLASh MILLIY STANDARTI (11-SON MBMS) “XUSUSIYLAShTIRISh MAQSADIDA DAVLAT UY-JOY FONDINING QIYMATINI BAHOLASh”NI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 19-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2279]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 230-modda) hamda “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Rais v. b. A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-sentabr,
01/19-18/06-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 19-sentabrdagi 01/19-18/06-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”
Mazkur Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash” (keyingi oʻrinlarda 11-son MBMS deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 230-modda) hamda “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida baholash faoliyatining normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. 11-son MBMSning maqsadi xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat uy-joy fondining qiymatini aniqlashning va baholash natijalarini aks ettirishning normalari va qoidalarini belgilashdan iboratdir.
2. Quyidagilar 11-son MBMSning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xususiylashtirilishi lozim boʻlgan turar joy binosini baholashning standart tushunchalari va qoidalaridan foydalanish yoʻli bilan baholovchilar harakatlarining muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
baholashning xolisligi va sifatini oshirishga koʻmaklashishga qaratilgan tartibotlarni belgilash;
boshlangʻich axborotga, baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuniga va materialni bayon etishga qoʻyiladigan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar har xil talqin qilinishini istisno etadigan talablarni belgilash;
mulkni baholashning samarali milliy tizimini shakllantirishga koʻmaklashish.
II bob. Atamalar va tushunchalar
3. 11-son MBMSda quyidagi atamalar va tushunchalar qoʻllaniladi:
amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiya qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va oʻtkazish koʻrinishida amortizatsiyaning qiymat ifodasi;
boshlangʻich qiymat — aktivni undan moʻljal boʻyicha foydalanish uchun ishlash holatiga keltirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yetkazib berish va montaj qilish, oʻrnatish, ishga tushirish va boshqa har qanday xarajatlarni inobatga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) boʻyicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati;
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish — fuqarolarga ularning ixtiyoriga asosan davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylarini (uylarining bir qismini) sotish, shu jumladan, imtiyozli asosda sotish yoki tekinga mulk qilib berish tushuniladi;
davlat uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻliq xoʻjalik tasarrufida yoki operativ boshqaruvidagi uy-joy fondidir;
kvartira — koʻp kvartirali uydagi tuzilmaviy-ajralib turuvchi, bunday uydagi umumiy foydalanish binolariga toʻgʻridan toʻgʻri kirish imkoniyatini taʼminlaydigan hamda bir yoki bir nechta xonalar, shuningdek fuqarolarning ularning bunday ajralib turuvchi joyda doimiy yashashi bilan bogʻliq boʻlgan maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yordamchi foydalanish binolaridan iborat boʻlgan turar joy;
turar joy — fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar;
farazlar — baholovchining haqqoniy deb hisoblanadigan taxminlari. Farazlar tekshirish va tasdiqlash mumkin boʻlmagan baholash obyektiga yoki baholash yondashuvlariga taʼsir etadigan faktlar, shartlar yoki vaziyatlarni oʻz ichiga oladi;
cheklovchi shartlar — qonunchilik, buyurtmachi yoki baholovchi tomonidan baholashga qoʻyiladigan cheklovlar;
yakka tartibdagi uy-joy — doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xoʻjalik yuritish uchun moʻljallangan, bitta yer uchastkasida joylashgan, oʻziga qarashli boʻlgan yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovli inshootlari bilan birgalikdagi bir yoki bir nechta uy-joy imoratlari (turar joylar) (keyingi oʻrinlarda uy-joy deb yuritiladi);
qoldiq (balans) qiymat — asosiy vositalarning yigʻilgan amortizatsiya summasi chegirib tashlangan boshlangʻich (tiklash) qiymati.
III bob. Qoʻllanish sohasi
4. Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining baholash obyektlari (keyingi oʻrinlarda baholash obyekti deb yuritiladi) quyidagilar hisoblanadi:
ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolar foydalanayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);
qayta qurilishi, taʼmirlanishi tugallangandan keyin aholi koʻchib kirmagan hamda boʻshatilgan kvartiralar, bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);
yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.
5. 11-son MBMS baholovchi tashkilotlar, baholovchilar hamda baholash xizmatlarining buyurtmachilari uchun moʻljallangan va xususiylashtirish maqsadidagi davlat uy-joy fondi obyektlari qiymatini baholash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda va ushbu baholash obyektlari qiymatini baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini tekshirishda qoʻllanilishi majburiydir.
6. 11-son MBMSni qoʻllashda ushbu 11-son MBMSning ilovasida keltirilgan Uslubiy koʻrsatmalardan foydalanish lozim.
IV bob. Buxgalteriya hisobi standartlari bilan aloqadorlik
7. “Boshlangʻich qiymat”, “qoldiq balans qiymati”, “amortizatsiya” atamalarining taʼriflarini ulardan buxgalteriya hisobida qanday foydalanilsa, shunday tushunish lozim.
8. 11-son MBMSning moliyaviy hisobot hujjatlaridan asosiy farqi baholash obyektini baholashda qoʻllanadigan qiymatning pul ifodasi tarixiy fakt emas, balki obyektning vaqtning aniq paytidagi foydaliligining bahosidan iborat. Bu baholash qiymati moliyaviy hisobotda aks ettirilgan qiymatdan farq qilishi mumkin.
V bob. Standartning talablari
9. Xususiylashtirish maqsadidagi baholash obyektining qiymatini baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
baholashga oid vazifani belgilash va baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish;
baholash obyektini identifikatsiya qilish;
axborot yigʻish va uni tahlil qilish;
yakuniy qiymatni hisoblash;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish.
1-§. Baholashga oid vazifani belgilash va baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish
10. Baholashga oid vazifa buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan birgalikda tuziladi va baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Baholashga oid vazifa quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
baholash obyektining nomi va tavsifi;
baholash obyektining manzili;
baholash sanasi;
baholash maqsadi va baholash natijalaridan foydalanish moʻljali;
baholash maqsadiga muvofiq boʻlgan qiymat turi;
cheklovchi shartlar;
buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etishi lozim boʻlgan dastlabki maʼlumotlar roʻyxati;
baholash ishlarini oʻtkazish muddatlari.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholash toʻgʻrisidagi vazifa qoʻshimcha shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
11. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishda qoldiq balans qiymati aniqlanadi.
2-§. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
12. Baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi taqdim qilingan hujjatlarning baholash obyektining haqiqiy holatiga hamda unga boʻlgan mulkiy huquqlariga muvofiqligini belgilaydi. Shuningdek, baholash jarayonida vujudga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy farazlar va cheklovchi shartlarning tahlili oʻtkaziladi.
13. Baholash obyektini identifikatsiya qilish baholovchi tomonidan buyurtmachi va (yoki) u vakil qilgan shaxs taqdim qilgan hujjatlar — uy-joy yoki turar joyga doir inventar hujjatlar yigʻma jildi asosida baholash obyektini koʻzdan kechirish, oʻlchab koʻrish, fotosuratga olish, uning amalda mavjudligi va haqiqiy holatini oʻrganish, obyektning nomini, joylashgan yerini, miqdor va sifat tarkibini, texnik tavsiflarini hamda baholash obyektining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tavsiflash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
14. Turar joyning umumiy maydoni qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadigan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
15. Baholovchining maʼlumotlari balansda saqlovchi tomonidan taqdim qilingan inventar yigʻma jildi maʼlumotlariga mos kelmasligi faktlari aniqlanganda, balansda saqlovchi vakillari hamda kvartirada yashovchining baholovchi tomonidan kiritiladigan tuzatishlarga ularning roziliklarini tasdiqlovchi imzolari qoʻyiladigan, baholovchi tomonidan turar joy va yordamchi xonalarning texnik tavsifi kartochkasi tuziladi.
16. Buyurtmachi va (yoki) hujjatlarni taqdim qilgan shaxs baholovchining talablariga muvofiq yoki zarur tuzatishlar kiritish ilojsiz boʻlganda ushbu hujjatlarni muvofiqlashtirishni rad etgan taqdirda, baholovchi baholash oʻtkazishni rad qilishi yoki buyurtmachi bilan kelishgan holda baholash obyektining haqiqiy holatidan kelib chiqib baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim qilingan hujjatlardagi nomuvofiqliklar faktlari hamda baholash obyektining holatini aks ettirgan holda baholashni amalga oshirishi mumkin.
3-§. Axborot yigʻish va uni tahlil qilish
17. Axborot yigʻish va uni tahlil qilish:
baholash obyektiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlarni;
baholash obyektiga doir buxgalteriya hisobi va hisobot maʼlumotlarini;
baholash obyektidan foydalanishning cheklovlarini;
baholash obyekti va uning tarkibiy qismlarining texnik tavsifini;
boshqa axborotni olish va oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
18. Baholash obyektlarini baholashda buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan taqdim qilingan dastlabki axborot, shuningdek baholovchi tomonidan buxgalteriya, birlamchi va statistika hisoblaridan olingan maʼlumotlardan foydalaniladi.
19. Quyidagilar buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan taqdim qilinadigan dastlabki axborot hisoblanadi:
turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan order;
balansda saqlovchining baholash obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
uy-joy va/yoki turar joy inventar hujjatlari yigʻma jildining nusxasi.
Baholovchi tomonidan baholash obyektining xususiyatlariga qarab balansda saqlovchidan boshqa qoʻshimcha axborot ham soʻrab olinishi mumkin.
20. Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat uy-joy fondi obyektining qiymatini baholovchi tomonidan aniqlash uchun ishonchli va yetarli boʻlishi lozim. Buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaxs taqdim qilgan axborot, shuningdek bevosita baholovchining oʻzi tomonidan yigʻilgan axborot, axborotni taqdim qilgan tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan taqdirda ishonchli hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/37-sonli (roʻyxat raqami 2279-1, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 22-son, 258-modda)
21. Baholovchi tashkilot, agarda taqdim qilingan axborot hajmi va sifati 11-son MBMS talablariga muvofiq baholashni oʻtkazish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash uchun yetarli boʻlmasa, baholash boʻyicha ishlarni bajarishdan bosh tortishga haqlidir.
4-§. Baholash usullarini tanlash, asoslash va qoʻllash
22. Xususiylashtirish maqsadida baholash obyektining qiymatini baholash baholovchi tomonidan qoldiq balans qiymati usulidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
23. Qoldiq balans qiymati usuli bilan xususiylashtirilishi lozim boʻlgan turar joyni hisoblashda kvartiralarning umumiy maydoni 1 kv. m ning qiymati uy-joy qoldiq balans qiymatining uyning barcha kvartiralari umumiy maydoni yigʻindisiga nisbati sifatida aniqlanadi. Uy-joyda noturar joylar mavjud boʻlgan taqdirda ularning qiymati va umumiy maydoni hisobdan chiqarib tashlanadi.
24. Agar baholash obyektining yigʻilgan amortizatsiyasi 90 va undan yuqori foizni tashkil qilgan taqdirda, qoldiq qiymati sifatida boshlangʻich balans qiymatining 10 foizi qabul qilinadi.
25. Turar joyning isteʼmolchilik sifatlari jamlangan koeffitsiyenti baholovchi tomonidan isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yigʻindisini chiqarish yoʻli bilan hisoblanadi.
26. Baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda xususiylashtirilishi lozim boʻlgan turar joyning hisoblangan qoldiq qiymatini hamda turar joyning isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yigʻindisini koʻrsatadi.
5-§. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish
27. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash obyekti qiymatini aniqlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib, yozma shaklda tuzilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobot hisoblanadi.
28. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash obyektiga tavsif beriladi, yigʻilgan axborot, hisob-kitoblar, baholash obyektining yakuniy qiymati, baholash bazasining tasdigʻi, baholash maqsadi, shuningdek baholash natijalarini toʻliq va bir xilda talqin qilishni taʼminlovchi barcha farazlar va cheklovchi shartlar bayon etiladi.
29. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan dastlabki maʼlumotlar tarkibi va oʻtkazilgan baholash jarayonini bayon etishning ketma-ketligi baholash obyektining qiymatini hisoblashni toʻliq aks ettirish imkonini berishi va oʻxshash natijalarga olib kelishi lozim.
30. Hisobot faqat baholash jarayonida hisoblash va tahlil qilishda foydalanilgan axborot va maʼlumotlardan iborat boʻlishi lozim.
31. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan, baholashni amalga oshirish vaqtida foydalanilgan yoki hisoblashlar natijasida olingan axborotga uning axborot manbai havola qilinishi lozim.
32. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻlishi lozim:
titul varagʻi;
mundarija;
ilova xat (umumlashtiruvchi qism);
kirish;
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan manbalar roʻyxati;
ilovalar.
33. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot raqamlangan va baholovchi (baholovchilar) tomonidan betma-bet imzolangan, tikilgan, shuningdek baholash buyurtmachisi shartnoma tuzgan baholovchi tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanishi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/37-sonli (roʻyxat raqami 2279-1, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 22-son, 258-modda)
34. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotga ilovada baholovchi foydalangan va baholash obyektining miqdor va sifat tavsiflarini belgilovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan, huquqni belgilovchi hujjatlar, shuningdek texnik inventarizatsiya hujjatlari va boshqa zarur hujjatlar keltirilishi lozim. Agarda bu baholash toʻgʻrisidagi vazifada belgilangan boʻlsa, baholash obyektining uning baholash sanasidagi joriy holatini aks ettiruvchi fotosuratlar mavjud boʻlishi majburiydir.
Ilovada baholovchi tashkilot litsenziyasi, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining nusxalari ham keltirilishi lozim.
35. Baholovchi tashkilot baholashning baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan natijalari uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
36. Baholovchi tashkilot koʻrilgan zararlar yoki baholash obyektining sud tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan qiymat haqqoniy emas deb topilganligi uchun, agar ular baholash buyurtmachisi yoki uchinchi shaxslar tomonidan ishonchsiz axborot berilishi oqibatida vujudga kelgan boʻlsa, javobgar boʻlmaydi.
VI bob. Axborotni oshkor etishga qoʻyiladigan talablar
37. Baholash jarayonida foydalanilgan axborotni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda oshkor etish baholash toʻgʻrisidagi hisobotdan foydalanuvchilar baholash jarayoni mantigʻini va baholash obyektining qiymatini aniqlash uchun baholovchi koʻrgan choralarni tushuna oladigan tarzda amalga oshirilishi lozim.
38. Baholash jarayonida qoʻllanilgan barcha axborot oshkor etilishi lozim, maxfiy xususiyatga ega boʻlgan axborot bundan mustasno. Maxfiy axborotni baholovchi faqat buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim qilgan shaxslar bilan kelishgan holda yoki sudning tegishli qaroriga binoan oshkor etadi. Foydalanilayotgan axborotning maxfiylik darajasi buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim qiluvchi yoki unga bevosita aloqador boʻlgan shaxslar tomonidan belgilanadi.
39. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda uning asosida yotgan barcha farazlar va cheklovchi shartlar, shuningdek axborotni oshkor etishga tegishli boʻlgan har qanday talablar ochib beriladi.
40. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotga 11-son MBMSga va boshqa qabul qilingan mulkni baholash standartlariga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi bayonot kiritilishi, standartlarning talablaridan har qanday chetga chiqish koʻrsatilishi va bunday chetga chiqishga tushuntirish berilishi lozim.
41. Baholash obyektining 11-son MBMS talablariga muvofiq tuzilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan yakuniy qiymatidan, agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sanadan 6 oydan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish maqsadida foydalanilishi mumkin.
42. Baholash oʻtgan sanaga (baholashni amalga oshirish sanasiga mos kelmaydigan) qadar boʻlgan holatga koʻra amalga oshirilgan taqdirda, baholash obyektining qiymati toʻgʻrisidagi xulosa faqat baholash amalga oshirilgan oʻtgan sana uchun haqiqiy boʻladi.
VII bob. Standartdan chetga chiqish shartlari
43. Normativ-huquqiy hujjat baholovchiga 11-son MBMS talablariga toʻliq yoki qisman rioya qilish imkoniyatini bermagan holatlarda baholovchi qiymatni aniqlash boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni va tegishli baholash tartibotlarini qoʻllashi lozim. Bunda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aniqlanishi lozim boʻlgan qiymatni koʻrsatish bilan bir qatorda 11-son MBMS talablaridan chetga chiqish sabablari dalillar bilan asoslanishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”ga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”ni qoʻllash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar
11-son MBMSni qoʻllash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar 11-son MBMSni amalda qoʻllash maqsadida ishlab chiqilgan.
I bob. Baholashga oid vazifani belgilash va baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish
1. Baholashga oid vazifani aniqlash buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan birgalikda amalga oshiriladi. Baholashga oid vazifada baholash obyektini baholashning asosiy shartlari, shuningdek baholash oʻtkazishning cheklovchi shartlari aniqlanadi va ifodalanadi.
2. Baholashga oid vazifa quyidagi shaklda tuziladi:
Baholash obyekti (nomi va qisqacha taʼrifi)
Balansda saqlovchi (nomi, rekvizitlari)
Baholash obyektining joylashgan yeri
Baholash buyurtmachisi va uning rekvizitlari
Baholovchi tashkilot va uning rekvizitlari
Baholashni oʻtkazish uchun asos
Baholash maqsadi va vazifasi (baholashni belgilash)
Aniqlanadigan qiymat turi
Cheklovchi shartlar
Baholash sanasi
Dastlabki maʼlumotlar roʻyxati
Baholashni oʻtkazish jadvali (muddatlari)
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholashga oid vazifa qoʻshimcha shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
3. Baholashga oid vazifa baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
II bob. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
4. Yigʻilgan (buyurtmachidan yoki uning vakillaridan olingan) birlamchi hujjatlarga ega boʻlgan holda, baholovchi buyurtmachining vakili yoki baholash obyektining balansda saqlovchisi vakili bilan birgalikda baholash obyektini koʻzdan kechirish, uning amaldagi holatini oʻrganish, uni tavsiflash, oʻlchash va baholash obyektini indentifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajaradi.
5. Baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholash obyektining amaldagi holatidan kelib chiqib uning sifat va miqdor koʻrsatkichlarining buyurtmachi va (yoki) uning vakili taqdim etgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi aniqlanadi hamda baholovchi tomonidan mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi kvartiraning (uyning) turar joy va yordamchi xonalari texnik tavsifi toʻldiriladi.
Shuningdek, baholash obyektiga boʻlgan mulkiy huquqlarning mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi oʻrganiladi.
Zarurat boʻlganda baholovchining soʻroviga binoan hujjatlarni taqdim qilgan shaxs tomonidan tegishli hujjatlarga aniqliklar (izohlar) qoʻshimcha maʼlumotnomalar koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Baholash obyektini identifikatsiya qilish boʻyicha bajarilgan barcha ishlarni baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiradi.
6. Baholash obyektini baholashda quyidagilarni tavsiflash va identifikatsiya qilish lozim:
nomi, funksional vazifasi va joriy foydalanish;
baholash obyekti (uy-joy imoratlari zonasini koʻrsatgan holda) joylashgan yer, uning fizik va huquqiy tavsifi;
baholash obyektining umumiy maydoni;
baholash obyektiga aloqador boʻlgan cheklashlar va qoʻshimcha yuklamalar.
III bob. Axborot yigʻish va uni tahlil qilish
7. Baholash obyektlarini baholash uchun axborot yigʻish tartibi:
zarur maʼlumotlar tarkibini aniqlash;
zarur axborotni yigʻish;
maʼlumotlarni tizimga solish, ularga ishlov berish va tahlil qilish;
axborotni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda bayon etishni oʻz ichiga oladi.
8. Baholovchi baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni yigʻishni amalga oshiradi, baholash obyektining miqdor va sifat koʻrsatkichlarini oʻrganadi, baholash obyektining qiymatini aniqlash uchun muhim boʻlgan axborotni tahlil qiladi.
9. Baholash buyurtmachisi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim:
turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan order;
balansda saqlovchi tomonidan beriladigan baholash obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, jumladan uy-joyning qurilgan yili, uy-joyning joylashuvining zonalligi, uning boshlangʻich balans qiymati (oʻtkazilayotgan qayta baholashni koʻrsatgan holda), yigʻilgan amortizatsiyasi, qoldiq balans qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uy-joyning noturar joylar maydoni ajratilgan holdagi umumiy maydoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
uy-joy joylashuvining zonalligini hamda kvartiraning qayta planlashtirishdan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar majburiy koʻrsatilgan baholash obyektining inventar hujjatlar yigʻma jildi nusxasi.
10. Yigʻilgan axborotni, agarda qoʻshimcha axborotdan foydalanish baholash obyekti baholash qiymati yakuniy miqdorining jiddiy oʻzgarishiga olib kelmasa, ishonchli hisoblanadi. Agarda axborotning yetarli emasligi baholash obyektini baholash qiymatining yakuniy natijasiga taʼsir qilgan taqdirda bu holat baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
IV bob. Baholash usullarini tanlash, asoslash va qoʻllash
11. Davlat uy-joy fondi qiymatini xususiylashtirish maqsadida baholash obyektining qiymatini baholashda faqat qoldiq balans qiymatini aniqlash usulidan foydalaniladi.
12. Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
balansda saqlovchining buxgalteriya maʼlumotlari boʻyicha uy-joyning boshlangʻich qiymati, uy-joy tarkibiga kiradigan noturar joylarning (mavjud boʻlganda) boshlangʻich qiymati, shuningdek yigʻilgan amortizatsiya aniqlanadi;
inventar hujjatlar yigʻma jildi maʼlumotlari boʻyicha uy-joyning maydoni hamda uy-joy tarkibiga kiradigan noturar joylar (mavjud boʻlganda) maydoni aniqlanadi;
1 m2 turar joyning qiymati uyning barcha kvartiralari umumiy maydonining yigʻindisiga nisbatan uy-joy qoldiq balans qiymatining nisbati sifatida hisoblanadi. Uy-joyda noturar joylar mavjud boʻlgan taqdirda quyidagi formula boʻyicha ularning qiymati hamda umumiy maydoni hisobdan chiqarib tashlanadi:
S — umumiy maydon 1 m2 ining qoldiq balans qiymati;
Sb — uyning balans qiymati;
Snt — noturar joylarning balans qiymati;
Q — yigʻilgan amortizatsiya meʼyori;
Fum — uyning umumiy maydoni;
Fnt — noturar joylarning maydoni.
baholanayotgan turar joyning qiymati quyidagi formula boʻyicha 1 m2 ning qoldiq balans qiymatini kvartiraning umumiy maydoniga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi:
Sf = S x Fkv, bu yerda:
Sf — baholanayotgan turar joyning qoldiq balans qiymati;
S — umumiy maydon 1 m2 ining qoldiq balans qiymati;
Fkv — kvartiraning umumiy maydoni.
13. Yigʻilgan amortizatsiya 90 va undan yuqori foizni tashkil qilgan taqdirda qoldiq balans qiymati sifatida boshlangʻich qiymatining 10 foizi qabul qilinadi.
14. Baholovchi tomonidan turar joyning isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyenti ushbu Uslubiy koʻrsatmalarning 2-ilovasiga muvofiq Uy-joyning isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarini hisoblashda keltirilgan koeffitsiyentlarni qoʻshish yoʻli bilan hisoblanadi.
15. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchi baholash obyektining qoldiq balans qiymatini hamda isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yigʻindisini koʻrsatadi.
V bob. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish
16. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash obyekti qiymatini aniqlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib, yozma tarzda tuzilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobot hisoblanadi.
17. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash obyektiga tavsif beriladi, yigʻilgan axborot, hisob-kitoblar, baholash obyektining yakuniy qiymati, baholash bazasining tasdigʻi, baholash maqsadi, shuningdek baholash natijalarini toʻliq va bir xilda talqin qilishni taʼminlovchi barcha farazlar va cheklovchi shartlar bayon etiladi.
18. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan dastlabki maʼlumotlar tarkibi va oʻtkazilgan baholash jarayonini bayon etishning ketma-ketligi baholash obyekti qiymatini hisoblashni toʻliq aks ettirish imkonini berishi va oʻxshash natijalarga olib kelishi lozim.
19. Hisobot faqat baholash jarayonida hisoblash va tahlil qilishda foydalanilgan axborot va maʼlumotlardan iborat boʻlishi lozim.
20. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan, baholashni amalga oshirish vaqtida foydalanilgan yoki hisoblashlar natijasida olingan axborotning manbaiga havola qilinishi lozim.
21. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
№‎ №№‎

NOMI

1.‎ 1.‎ Titul varagʻi
2.‎ 2.‎ Mundarija
3.‎ 3.‎ Umumlashtiruvchi qism (ilova xat)
4.‎ 4.‎ Baholashga oid vazifani belgilash
5.‎ 5.‎ Kirish
5.1‎ Obyektning tavsifi
5.2‎ Kvartiraning (uyning) turar joy va yordamchi xonalarining texnik tavsifi
6.‎ Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini aniqlash
6.1‎ Qoldiq balans qiymatni aniqlash
6.2‎ Isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarini hisoblash
7.‎ Xulosa
Ilovalar
22. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot raqamlangan va baholovchi (baholovchilar) tomonidan betma-bet imzolangan, tikilgan, shuningdek baholash buyurtmachisi shartnoma tuzgan baholovchi tashkilot rahbarining muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) va imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/37-sonli (roʻyxat raqami 2279-1, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 22-son, 258-modda)
23. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotga ilovada baholovchi foydalangan va baholash obyektining miqdor va sifat tavsiflarini belgilovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan huquqni belgilovchi hujjatlar, shuningdek texnik inventarizatsiya hujjatlari va boshqa zarur hujjatlar keltirilishi lozim. Agarda bu baholash toʻgʻrisidagi vazifada belgilangan boʻlsa, baholash obyektining uning baholash sanasidagi joriy holatini aks ettiruvchi fotosuratlar mavjud boʻlishi majburiydir.
Ilovada baholovchi tashkilot litsenziyasi, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining nusxalari ham keltirilishi lozim.
24. Baholovchi tashkilot koʻrilgan zararlar yoki baholash obyektining sud tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan qiymat haqqoniy emas deb topilganligi uchun, agar ular baholash buyurtmachisi yoki uchinchi shaxslar tomonidan ishonchsiz axborot berilishi oqibatida vujudga kelgan boʻlsa, javobgar boʻlmaydi.
VI bob. Standartdan chetga chiqish shartlari
25. Normativ-huquqiy hujjat baholovchiga 11-son MBMS talablariga toʻliq yoki qisman rioya qilish imkoniyatini bermagan holatlarda baholovchi qiymatni aniqlash boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni va tegishli baholash tartibotlarini qoʻllashi lozim. Bunda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aniqlanishi lozim boʻlgan qiymatni koʻrsatish bilan bir qatorda 11-son MBMS talablaridan chetga chiqish sabablari dalillar bilan asoslanishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”ni qoʻllash boʻyicha Uslubiy koʻrsatmalarga
1-ILOVA

_________________________ manzilidagi kvartiraning (uyning)
‎turar joy va yordamchi xonalari
‎TEXNIK TAVSIFI
(Yer tuzish, roʻyxatga olish va koʻchmas mulk kadastri xizmatining maʼlumotlari hamda balansda
‎saqlovchining maʼlumotlari asosida toʻldiriladi)


‎1.1. Kvartiraning turar joy va yordamchi xonalari _________ qavatda joylashgan va quyidagilardan iborat alohida (umumiy) kvartiradir (uyning chetki qismida yoki chetki qismida emasligi koʻrsatiladi):

‎a) yashash xonalari, maydoni bilan
№ 1‎ kv. m‎
№ 2‎ kv. m‎
№ 3‎ kv. m‎
№ 4‎ kv. m‎
Butun kvartiraning yashash maydoni kv. m‎
b) oshxona (umumiy maydoni) kv. m‎
v) vannaxona kv. m‎
g) tualet kv. m‎
d) yoʻlak kv. m‎
e) joylashtirilgan shkaflar kv. m‎
j) balkonlar kv. m‎
z) lodjiyalar (peshayvonlar) kv. m‎‎
Noturar joy maydoni
Kvartiraning umumiy maydoni kv. m‎
1.2. Xonalarning balandligi m‎
1.3. Kvartira/domning balans boʻyicha qiymati soʻm
1.4. Qoldiq balans qiymati soʻm

‎2. Uyga doir umumiy maʼlumotlar:
Loyiha seriyasi
Tashqi devorlar materiali
Tom yopqich materiali
Qavatlar soni
Jihozlangan:
suv oʻtkazgichlar tizimi
kanalizatsiya tizimi
isitish tizimi
telefon aloqasi
elektr yoritqichlar tizimi
axlat tashlash quvuri
liftlar

‎Tuzdi: _______________________________________
Kelishildi:
Balansda saqlovchi _________________________
Kvartirani ijaraga oluvchi ____________________________
Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”ni qoʻllash boʻyicha Uslubiy koʻrsatmalarga
2-ILOVA

Uy-joyning isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarini
‎HISOBLASh

I. Hududiy joylashtirilganlik koeffitsiyentlari

K1d. Uy-joy imoratining zonalar boʻyicha joylashuvi

Har yili tasdiqlanadigan fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurishga taqdim qilinganligi uchun undiriladigan yer soligʻi stavkalari

Har bir zona uchun solishtirma ulushlari

1 zona‎ ‎‎‎
2 zona‎ ‎‎‎
3 zona‎ ‎‎‎
4 zona‎
5 zona‎ ‎‎‎
6 zona‎ ‎‎
7 zona‎ ‎‎‎
8 zona‎ ‎‎‎
9 zona‎ ‎‎‎
10 zona‎ ‎‎‎
11 zona‎ ‎‎‎
12 zona‎ ‎‎‎
13 zona‎ ‎‎‎
14 zona‎ ‎‎‎
K1d. Har yili tasdiqlanadigan fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurishga taqdim qilinganligi uchun undiriladigan yer soligʻi stavkalari bazasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
‎Koeffitsiyentni hisoblash har bir zona uchun solishtirma ulushlarini berish yoʻli bilan oʻtkaziladi, yaʼni barcha zonalar boʻyicha soliq stavkasi qoʻshiladi va har bir zona uchun solishtirma ulush chiqariladi.
‎Olingan solishtirma ulushlar uy-joy imoratining har bir zonasi uchun hududiy joylashtirilganlik koʻrsatkichi hisoblanadi.
‎Izoh: bunda uy-joy imorati zonalari boʻyicha uy-joyning joylashuvi koeffitsiyenti tasdiqlanadigan fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurishga taqdim qilinganligi uchun undiriladigan yer soligʻi stavkalari bazasidan kelib chiqqan holda har yili qaytadan hisoblab chiqiladi.

Koʻrsatkichlar

Tavsifi

Qiymatning oʻzgarishi foizda

oshishi

kamayishi

K2d. Uy-joyning kvartal ichida joylashganligi Shovqin darajasi pasaygan, mikroiqlim yaxshilanishi

6.0 ‎

K3d. Uy-joyning magistral koʻchalar boʻylab joylashganligi Transport harakatidan chiqadigan shovqin, gazlanganlik (asosiy old tomoni bilan (magistral koʻchalarning) qizil chizigʻidan chiqib ketgan uy-joylar uchun )

6.0‎

K4d. Uy-joyning jamoat transporti bekatidan 500 m narida joylashganligi Jamoat transportidan foydalanishning qulayligi

6.0 ‎

K5d . Uy-joyning savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalaridan 500 m narida joylashganligi Tovarlar sotib olish va maishiy xizmatlardan foydalanishning qulayligi

6.0 ‎

K6d . Uy-joyning yirik ishlab chiqarish obyektlari, aerodromlar, temir yoʻllardan uzoqlashish zonalariga yaqin joylashganligi Atmosferaning samolyotlar parvozi va temir yoʻllar tarkibi harakatidan, zararli chiqindilardan gazlar bilan toʻlganligi

10.0‎

II. K7d. Uyning isteʼmolchilik xususiyatlari

5 qavatdan ortiq qavatli uylarda liftning yoʻqligi

3‎

Galereya turidagi uy

1

Oilaviy yotoqxona turidagi uy
Ishlaydigan axlat tashlash quvuri mavjudligi

2‎‎

Uy devorlarining konstruktiv tavsiflari
daraxt

10‎‎

gʻisht

10‎

III. Kvartiralarning sifat koʻrsatkichlari

K1k. Kvartiralarning uyning oxirgi qavatida joylashganligi Yil fasllari boʻyicha xona ichki haroratining bir meʼyorda boʻlmasligi Sifat koʻrsatkichiga taʼsir qiluvchi foizlarni hisoblash quyida keltirilgan
K2k. Kvartiralarda markazlashtirilgan issiqlik taʼminotining yoʻqligi Suvni isitish va xonalarni isitishdagi noqulayliklar

5.0‎

K3k. Sanuzellarning (vanna va hojatxonaning) bir xonaga joylashganligi

3‎

K4k. 7m2 dan katta oshxona maydoni

4 va har bir 3 m2 ga oshishda 0,2 dan qoʻshib boriladi

K5k. Yirik panelli uylar uchun kvartiralarning chetki qismlarda joylashganligi Xonalardagi harorat-namlik rejimining yetarli emasligi

4.0‎


‎IV. Kvartirani isteʼmolchilik xususiyatlarining qavatlarga bogʻliq holdagi koeffitsiyentlari (foizlarda)


‎1. 4 qavatgacha boʻlgan kvartiralar uchun
K1 — (+3) — 1 qavatga va (–3) oxirgi qavat uchun;
K2 — 0 — barcha oraliqdagi qavatlar uchun.

‎2. Qavat (5 qavatli uy):
K1 — (+3) — 1, 2, 3-qavatlardagi va (–3) 5-qavatdagi kvartiralar uchun;
K2 — 0 — 4-qavatdagi kvartiralar uchun.

‎3. Qavat (9 qavatli uy):
K1 — (+3) — 1 dan boshlab 4-qavatlardagi va (–3) 9-qavatdagi kvartiralar uchun;
K2 — 0 — 7, 8-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K3 — (+1) — 5, 6-qavatlardagi kvartiralar uchun.

‎4. Qavat (12 qavatli uy):
K1 — (+3) — 1 dan boshlab 4-qavatlardagi va (–3) 12-qavatdagi kvartiralar uchun;
K2 — (–2) — 9 dan boshlab 11-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K3 — 0 — 7, 8-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K4 — (+1) — 5, 6-qavatlardagi kvartiralar uchun.

‎5. Qavat (16 qavatli uy)
K1 — (+3) — 1 dan boshlab 5-qavatlardagi va (–) 16-qavatdagi kvartiralar uchun;
K2 — (–2) — 12 dan boshlab 15-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K3 — 0 — 9 dan boshlab 11-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K4 — (+1) — 6 dan boshlab 8-qavatlardagi kvartiralar uchun.

‎6. Xonalarning balandligi:
K1 — (–4) — balandligi 2,5 m dan kam boʻlgan kvartiralar uchun;
K2 — 0 — balandligi 2,5 m dan 2,7 m gacha boʻlgan kvartiralar uchun;
K3 — (+2) — balandligi 2,7 m dan 3 m gacha boʻlgan kvartiralar uchun;
K4 — (+5) — balandligi 3 m dan ortiq kvartiralar uchun.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 459-modda; 2016-y., 22-son, 258-modda)