O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrug‘i
SIL KASALLIGIGA QARSHI MUASSASALAR XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 22-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2266]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-avgust,
54-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 25-avgustdagi 54-B-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar sil kasalligiga qarshi muassasa va tashkilotlarga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar binolar va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 48-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 48-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi muhit hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Xodimlar Sog‘liqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1998, 2009-yil 25-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 391-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
29. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
30. Bosim ostida ishlovchi uskunalarda va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 48-2019-B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2266-1, 08.01.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilotlarda xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 48-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
38. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyena talablari
39. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
41. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
42. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
43. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
44. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
45. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, o‘rtacha og‘ir ishda 170 S va og‘ir ishda 160 S dan past bo‘lmasligi kerak.
46. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 220 S dan kam bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Maishiy xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq oqib keluvchi va so‘ruvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi lozim.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
48. Tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan havo almashtirish tizimi qurilmalarini xavfsiz ishlatish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanishi lozim. Ventilyatsiya qurilmalari ishga yaroqli holda saqlanishi, davriy ravishda ko‘rikdan o‘tkazilib, tozalanib turilishi, nosozliklar aniqlanganida esa, zudlik bilan ta’mirlanishi lozim. Tashkilotlarda havo harorati SanQvaM 12.01.005 “Ish zonasidagi havoga umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
10-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(10-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
50. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
51. Ichimlik suvining harorati 80 S dan 200 S gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
11-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
54. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
55. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar) da montaj qilinishi lozim.
56. Yuqori namlik issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik saqlashdan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart.
57. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
58. Ko‘chirib yuruvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim.
59. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
60. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
61. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalari, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
62. Elektr qurilmalari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilotning mas’ul xodimi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
63. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishi hisobiga olingan holda tashkilotning mas’ul xodimi ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
64. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
65. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi lozim.
12-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
66. Xonalarni tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
67. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
68. Yorug‘ tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
69. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
70. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
71. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
72. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak.
13-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
73. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
74. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
75. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
76. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
77. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
78. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
79. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va to‘siqlar bo‘lishi lozim.
80. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
81. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
82. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak.
83. Tashkilot maydoni butun chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
14-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
84. Tashkilot binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
85. Xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
86. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
87. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositasining eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
88. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 metrdan oshiq bo‘lishi kerak.
89. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
90. Binolar va inshootlar bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tasdiqlanadigan tadbirlar va dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
91. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
92. Tashkilot hududida joylashgan xo‘jalik binolari bemorlarning nazoratsiz kirib-chiqishini oldini oladigan kuzatuv va ogohlantiradigan uskunalar bilan ta’minlanishi lozim.
15-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III. Sil kasalligiga qarshi muassasalarda bemorlarni qabul qilish va ular bilan muloqotda bo‘lishda xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
94. Tashkilotda bemorlarni davolash bo‘limlariga joylashtirish bemorlar tarkibini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
95. Tashkilotga keltirilgan bemorni qabul qilib olish navbatchi tibbiy xodimlar tomonidan bajarilib, bunda albatta shifokordan tashqari hamshira (feldsher) va sanitar bo‘lishlari shart.
96. Bemorlarni qayd qilish bo‘limida xodimlarni tomchi infeksiyadan muhofaza qilish uchun bemorlar bilan gaplashishga ikki qavatli oynalar o‘rnatilgan bo‘lib, hujjatlarni qabul qilish uchun yon tomondan tirqishlar qoldirilishi lozim.
97. Har bir bo‘lim alohida bemor uchun aniq belgilangan o‘tirish joyi bo‘lgan ovqatlanish xonasiga, bo‘lim ichida o‘tkaziladigan mehnat bilan davolash xonasiga, qarindoshlari bilan uchrashuv xonasiga, oshxonadan ovqat uzatadigan darchali bufet xonasiga, toza va kirlangan ich kiyimlar, o‘rin — bosh jildlari hamda ustki kiyim va poyabzal uchun kiyimxonaga, ko‘tarib yuriladigan asbob-uskunalar, aravachalar va qo‘zg‘aluvchi kursilarni saqlash uchun xonalarga, bo‘lim mudiri va katta tibbiy hamshira kabinetlariga, xo‘jalik hamshirasi va xodimlar xonasiga, neyroleptiklarni inyeksiya qilish uchun muolaja xonasiga, xodimlar uchun kiyim xonaga va hojatxonaga ega bo‘lishi lozim.
98. Ichki aloqa uchun mahalliy avtomat telefon stansiyasi yoki selektor aloqasi o‘rnatilishi shart.
99. Bo‘lim mudirlari, shifokor xonalari va katta tibbiy hamshira xonalari orasida xabar yetkazish (signalizatsiya) chiroqli va qo‘ng‘iroqli bo‘lishi lozim.
100. Bo‘limga kirish eshigida bo‘lim yo‘lagiga xabar yetkazadigan qo‘ng‘iroq bo‘lishi kerak.
101. Cho‘milish xonasida xodimlarni shoshilinch chaqirish uchun xabar yetkazish qo‘ng‘irog‘i o‘rnatilishi lozim.
2-§. Sil kasalligiga qarshi muassasalarda zararsizlantirishda qo‘yiladigan talablar
102. Sil kasalligiga qarshi muassasalarda xodimlarning va tashrif buyuruvchilarning sil kasalligi bilan kasallanishlarini oldini olish hamda sil infeksiyasini tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilarga amal qilinishi lozim:
xodimlar va tashrif buyuruvchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari;
xodimlar va tashrif buyuruvchilar muassasaga kirishda xalat, qalpoq (yoki ro‘mol) kiyishlari, chiqayotganda yechishlari;
xodimlar va tashrif buyuruvchilar bemorlarning yotoq joylariga o‘tirmasliklari va ularning idish va boshqa buyumlaridan foydalanmasliklari.
103. Sil kasalligi muassasalari tashrif buyuruvchilarga bemorlarning kiyimlari yoki buyumlarini zararsizlantirmasdan berib yuborishi qat’iyan man qilinadi (idishlar, ro‘molchalar, kiyimlar, o‘yinchoqlar, kitoblar va boshqalar).
104. Tashkilotda quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
joriy zararsizlantirish tadbirlarini o‘tkazish;
tufukdonlarni, idishlarni, ich kiyimlarni, yotoq anjomlarini, ro‘molchalarni va boshqalarni zararsizlantirishni to‘g‘ri tashkil qilish;
xonalarni va buyumlarni tozalash va zararsizlantirish tartibini to‘g‘ri tashkil qilish;
105. Sil kasalligiga qarshi tashkilotlar yiliga kamida bir marta, shuningdek bemorlar qayta joylashtirilganda, tashkilot ko‘chirilganda yoki ta’mirlanishidan oldin yakuniy zararsizlantirish tadbirlarini o‘tkazishi kerak.
106. Tashkilotda zararsizlantirish uchun dezinfeksion kameralar, yotoq anjomlari va ichki kiyimlarni zararsizlantiruvchi uskuna hamda idishlar uchun maxsus sterilizatorlar va boshqalar bo‘lishi zarur.
3-§. Sil kasalligi o‘chog‘ida joriy va yakuniy zararsizlantirishda xavfsizlik talablari
107. Tashkilotda sil kasalligi o‘chog‘ini joriy va yakuniy zararsizlantirish tadbirlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
108. Joriy zararsizlantirish tadbirlari batsilla ajratuvchi aniqlanishi bilan darhol uy sharoitida doimiy ravishda o‘tkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Bemorining uyida joriy zararsizlantirish tadbirlari sil kasalligi muassasalari yoki poliklinikalarning sil kasalligi bo‘limlari, qishloq joylarda esa oilaviy shifokor punktlari tomonidan tashkil qilinishi lozim.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
110. Joriy zararsizlantirish ustidan umumiy nazorat va amaliy yordamni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari hamda dezinfeksiya stansiyalari olib borishlari kerak.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
111. Joriy zararsizlantirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
mexanik zararsizlantirish (nam tozalash, shamollatish va boshqalar);
yuqori haroratdan foydalanish (tufukdonlarni, kiyimlarni, bog‘lov vositalarini, idish va o‘yinchoqlarni kamerada zararsizlantirish;
kimyoviy zararsizlantirish vositalaridan foydalanish.
112. Sil kasalligi o‘chog‘ida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
bemorning ajratmalarini, idishlarini va ovqat qoldiqlarini zararsizlantirish;
ifloslangan ichki kiyimlarni zararsizlantirish.
113. Sil kasalligi o‘chog‘ida yakuniy zararsizlantirish majburiy ravishda quyidagi xollarda o‘tkazilishi kerak:
bemor kasalxonaga yotqizilganda yoki bir oydan ko‘p muddatga jo‘nab ketganda;
sil kasalligining ochiq shakli bilan kasallangan bemor yashaydigan xonadonda;
bemorning boshqa joyga yashash uchun ko‘chib ketganida;
bemor vafot etganida.
Oldingi tahrirga qarang.
114. Yakuniy zararsizlantirishni o‘tkazish uchun uchastka tibbiyot xodimi dezinfeksiya stansiyasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlariga sil kasalligining klinik shakli hamda zararsizlantirilishi lozim bo‘lgan xonalar soni va kattaligi to‘g‘risida ma’lumot berishi shart.
(114-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
115. Yakuniy zararsizlantirish dezinfeksiya stansiyalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi, shuningdek ular kasallik o‘chog‘ida zararsizlantirishning sifati va o‘z vaqtida o‘tkazilishiga mas’ul hisoblanadilar
(115-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
116. Yakuniy zararsizlantirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
joyida yuqori haroratdan foydalanish (kiyimlar, bog‘lov materiallari, idishlar, o‘yinchoqlarni qaynatish, chiqindilarni kuydirish);
kamerada zararsizlantirish (yotoq anjomlari, bemorlarning ustki va ichki kiyimlari, palaslar, kitoblar va boshqalar);
kimyoviy zararsizlantirish (ich kiyim, idish, xonalar, mebellar);
117. Yakuniy zararsizlantirish tartibi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
yakuniy zararsizlantirish o‘tkazishda shifokor tomonidan zararsizlantiriluvchi narsalar va xonalar hajmini o‘rganish;
zararsizlantirish rejasini tuzish.
118. Birinchi navbatda epidemiologik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan narsalar zararsizlantirilishi lozim (ajratmalar, ich kiyimlar, idishlar va boshqalar).
119. Zararsizlantirish o‘tkazilayotganda yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish lozim.
4-§. Sil kasalligi o‘chog‘i va batsilla ajratuvchiga bo‘lgan gigiyenik talablar
120. Batsilla ajratuvchiga atrofdagilardan ajratilgan holda alohida xona, iloji bo‘lmasa xonaning bir tomoni ajratib berilishi lozim. Bemorning yotog‘i devordan narida, boshqa yotoqlardan esa kamida 1,5 m uzoqlikda bo‘lishi kerak.
121. Xonada faqat bemor uchun kerakli bo‘lgan buyumlar qoldirilishi lozim.
122. Bemorning zararsizlantirilgan idishlari alohida javonda yoki umumiy javonning alohida tokchasida saqlanishi lozim.
123. Bemorning buyumlari, kiyimlari va tualet anjomlari alohida saqlanadi, ustki kiyim uchun ham alohida joy ajratiladi.
124. Bemorning idishlari va buyumlaridan boshqalarning foydalanishi taqiqlanadi.
125. Batsilla ajratuvchining xonasi qishda tez-tez, issiq davrda esa doimo shamollatib turilishi lozim.
126. Sil kasalligi o‘chog‘ida parvarish qilinayotgan bemorlarni nazorat qiluvchi tibbiy xodimlar sil kasalligi yuqishining oldini olishda gigiyenik tartib to‘g‘risida tushuntirishlar olib borishlari kerak.
127. Har bir bemor ikkitadan mahkam yopiladigan cho‘ntak tufukdoni bilan ta’minlanishi lozim.
IV. Sil kasalligida zararsizlantirish uchun qo‘llaniladigan vosita va uskunalarga bo‘lgan talablar
128. Sil kasalligida zararsizlantiruvchi vositalar sifatida quyidagilar ishlatilishi lozim:
xlorli ohak — xlor hidli oq kukun;
xloramin;
geksilrezorsin;
1-xlor-beta-naftol.
129. Sil kasalligida zararsizlantirishda qo‘llaniluvchi xlorli ohakda kamida 20 — 25 foiz faol xlor bo‘lishi kerak.
130. Xlorli ohak — xlor hidli oq kukun mahkam yopiladigan idishda, quruq, salqin joyda, qorong‘ida, yaxshi shamollatiladigan joyda saqlanishi lozim.
131. Xlorli suvdan zararsizlantirish uchun 10 va 20 foizli konsentratsiyalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
132. Laboratoriya xonalari tabiiy yoritilgan va shamollatish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi, shuningdek kuniga ikki mahal shamollatib turilishi kerak.
133. Barcha xonalarga linoleum to‘shalishi, sanitariya xonalarida esa metlax plitkalari yotqizilgan bo‘lishi kerak. Devorlar moyli bo‘yoq bilan bo‘yalishi, sanitariya xonalarida esa kafel yopishtirilishi zarur.
134. Xonalar va inventarlar kuniga kamida 2-marta tozalanishi kerak. Chiqindilar qopqoqli chelaklarga yig‘ilishi va olib chiqilishi hamda maxsus joyda yoqib yuborilishi lozim.
135. Tozalash inventarlari (chelaklar, lattalar, xokandozlar va boshqalar) alohida ajratilgan xonalarda yoki alohida javonlarda saqlanishi kerak.
136. Iflos ich kiyimlar solingan qoplar saqlanadigan ichki qismiga temir qoplangan qutilarni qo‘yishga xonalar ajratilishi zarur. Bu kiyimlar yuvishdan oldin albatta zararsizlantirilishi lozim.
137. Tufukdon va balg‘amlarni kimyoviy yoki termik yo‘l bilan zararsizlantirishda, shuningdek sudnolar va siydik qabul qiluvchi idishlarni avtomatik ravishda yuvish uskunalarini o‘rnatish uchun alohida xonalar bo‘lishi kerak.
138. Har bir statsionar bo‘limlar issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan, idish yuvish uchun alohida, qo‘l yuvish uchun alohida suv jumraklari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
139. Oshxonada iflos idishlar va toza idishlar uchun alohida stollar ajratilgan bo‘lishi kerak.
140. Bemorlardan qaytgan idishlar ovqat qoldiqlaridan tozalangandan keyin termik yoki kimyoviy yo‘l bilan zararsizlantirilib yuvilishi lozim. Ovqat qoldiqlari albatta zararsizlantirilishi kerak.
141. Rentgen kabinetida uskunaning ekrani orqasiga selluloid plyonkasi o‘rnatiladi, uni kabinetning ish vaqti tugaganidan keyin har kuni 0,25 foizli faol xloramin eritmasi bilan yuvilishi yoki kuydirilishi lozim.
142. Laboratoriyalarda ish tugagandan keyin barcha ishlatilgan materiallar maxsus idishlarga solinib zararsizlantirilishi kerak.
V. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
143. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
144. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
(144-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VI. Yakuniy qoida
145. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XO‘JAYEV
2011-yil 15-avgust
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 15-avgust
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
2011-yil 15-avgust
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2011-yil 15-avgust
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 15-avgust
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2011-yil 15-avgust
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 15-avgust
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 38-son, 398-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)