|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Bajarish muddatlari | Masʼul bajaruvchilar |
| I. Institut faoliyatini va oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish | |||
| 1. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan shahar hokimligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 2. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining xarajatlar smetasi va shtat jadvalini belgilangan tartibda qayta tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
| 3. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining tuzilmasini tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 4. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Vasiylik kengashini tashkil etish, uning tarkibiga kadrlarning asosiy foydalanuvchilari — Namangan viloyati korxonalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralarning vakillarini kiritish. |
2011-yil avgust | Namangan viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 5. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti faoliyat koʻrsata boshlaganligi munosabati bilan yoshlar oʻrtasida faol tushuntirish, kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish va olib borish. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Milliy teleradiokompaniya |
| 6. |
2011-2012 oʻquv yilidan boshlab va keyingi oʻquv yillarida joriy etiladigan fanlar va taʼlimning yangi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarni ishlab chiqish. |
Har yili 1-sentabrgacha | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 7. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti ixtisosligi oʻzgarishini hisobga olgan holda institutning pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash. |
2011-yil sentabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 8. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan (yillik va istiqbolli) ehtiyojni tarmoqlar va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda oʻrganish. |
Har yili 1-yanvargacha | Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK |
| 9. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining asosiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha magistratura ochish uchun zarur oʻquv-laboratoriya bazasi, ilmiy-pedagogik salohiyat va oʻquv-metodik kompleksni tashkil etish. |
2012/2013 oʻquv yili boshlangunga qadar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| II. Professor-oʻqituvchilar tarkibini toʻldirish | |||
| 1. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti kafedralarini tanlovda tanlash asosida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish. |
Har yili oʻquv yili boshlangungacha | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 2. |
Tarmoqlar korxonalaridan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashayotgan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlaridan yetarlicha ilmiy-pedagogik tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar va olimlarning maʼlumotlar bazasini yaratish. |
2011-2012-yillar | Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasiga, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi |
| 3. |
Keyinchalik Namangan muhandislik-texnologiya institutida pedagogik faoliyat olib borishi uchun stajyor tadqiqotchilar-izlanuvchilarni Toshkent davlat texnika universitetida, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida va Toshkent shahridagi boshqa bazaviy oliy taʼlim muassasalarida maqsadli tayyorlash. |
Jadvalga muvofiq | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 4. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutida masofadan oʻqitish elementlarini joriy etish uchun zarur texnik, dasturiy, metodik shart-sharoitlar yaratish va Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti oʻqituvchilarining leksiyalarini tashkil etish. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 5. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining maxsus kafedralari ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni tashkil etish va xoʻjalik shartnomalarini bajarish. Namangan muhandislik-texnologiya institutining ixtisosli yoʻnalishlariga muvofiq tarmoq muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar mavzulari roʻyxatini ishlab chiqish. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 6. |
Namangan muhandislik-texnolnologiya instituti hamda “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK korxonalarining birgalikdagi ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik ishlanmalarini tashkil etish. |
2012-yildan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 7. |
Bazaviy texnika oliy taʼlim muassasalari (Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti)ning yetakchi olimlari rahbarligida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun yosh oʻqituvchilarga shart-sharoitlar yaratish. |
2011-yildan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| III. Moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash | |||
| 1. |
2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturiga muvofiq, institutda kadrlar tayyorlashning tasdiqlangan yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish vazifalaridan kelib chiqqan holda, Namangan muhandislik-texnologiya institutining oʻquv-laboratoriya korpuslarini, talabalarning yashash joylarini va sport zallarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va texnika bilan jihozlash. |
2012 — 2016-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan viloyati hokimligi |
| 2. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining axborot-resurs markazini kengaytirish va ishlarini takomillashtirish, uni zamonaviy kompyuter va nusxa koʻpaytirish texnikasi bilan taʼminlash, Internet tarmogʻiga keng kirishni tashkil etish. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasiga, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 3. |
Kadrlar tayyorlashning yangi yoʻnalishlariga muvofiq Namangan muhandislik-texnologiya institutini oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan elektron variantda), davriy maxsus nashrlar bilan taʼminlash. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasiga, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |