|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
Bajaruvchilar |
|
I. Oʻquv-metodik tadbirlar | |||
| 1 |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini (belgilangan oʻquv soatlari doirasida) va oliy taʼlim muassasalari talabalarini (bir oʻqituvchiga talabalar soni nisbatining belgilangan normativlari doirasida) oʻqitish dasturiga “Hayot xavfsizligi” oʻquv kursini joriy etish. |
2012-yil sentabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 2 |
Sinovdan oʻtgan “Sogʻliq va hayot xavfsizligi asoslari” va “Hayot xavfsizligi asoslari” oʻquv kurslarini nashr etish va respublikaning barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini taʼminlash. |
2012-yil sentabr | Xalq taʼlimi vazirligi |
| 3 |
Fuqarolar yigʻini kengashi va “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari aʼzolarini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) birlamchi avariya-qutqarish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishga oʻqitish va tayyorlash, shuningdek ularni zarur texnik vositalar bilan taʼminlash. |
2011-2012-yillar mobaynida | “Mahalla” jamgʻarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, fuqarolar yigʻinlari kengashi |
| 4 |
“Hayot xavfsizligi”, “Sogʻliq va hayot xavfsizligi asoslari” va “Hayot xavfsizligi asoslari” oʻquv kurslarini ishlab chiqish, ularni respublika taʼlim muassasalari pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlarining oʻquv rejalariga kiritish. |
2012-yil sentabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 5 |
Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda “Seysmologiya va seysmometriya” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlash dasturini takomillashtirish. |
2011-yil dekabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
| 6 |
Aholi orasida zilzilaga chidamli yakka tartibdagi uylar qurish qoidalari toʻgʻrisida “Zilzilaga chidamli uy qurish” qoʻllanmasini (2.01.03-96 “Seysmik tumanlarda qurish” qurilish meʼyorlari va qoidalari talablarini hisobga olgan holda) ishlab chiqish, nashr etish va tarqatish. |
2011—2014-yillar mobaynida | “Mahalla” jamgʻarmasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, OʻzR FA Seysmologiya instituti, fuqarolar yigʻinlari kengashi |
| 7 |
Quyidagilar uchun: |
2012-yil avgust | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
| 8 |
Zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilish qoidalarini koʻrsatgan holda oʻquvchilarning xavfsizligi pasporti va “Maktab oʻquvchisining shaxsiy xavfsizligi” qoʻllanmasini oʻzbek, qoraqalpoq, rus tillarida va boshqa tillarda (hammasi boʻlib yettita tilda) nashr etish. |
2013-yil avgust | Xalq taʼlimi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
II. Tashkiliy-amaliy tadbirlar | |||
| 9 |
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Yosh qutqaruvchi” koʻngillilar klublarini tashkil etish, ularni tegishli ravishda tayyorlashni tashkil etish. |
2011-2012-yillar mobaynida | “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 10 |
“Yosh qutqaruvchi” klublari oʻrtasida uch bosqichli musobaqalar (shahar, tuman, viloyat, respublika) oʻtkazilishini tashkil etish. |
har yili fevral—aprel oylarida | Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 11 |
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini “Hayot xavfsizligi” oʻquv kursi boʻyicha malakali oʻqituvchilar bilan butlash choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2011-yil sentabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
| 12 |
Vazirlar Mahkamasiga Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining markaziy apparatlarida, shuningdek ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalarida “Sogʻliq va hayot xavfsizligi asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari” va “Hayot xavfsizligi” kurslarini oʻqitishni yaxshilashni muvofiqlashtirish va metodik yordam berish maqsadida bir nafardan (hammasi boʻlib 30 nafar) mutaxassis lavozimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi masalasi boʻyicha takliflar kiritish. |
2011-yil sentabr | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
| 13 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallalarida “Zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) aholining oʻz vaqtida va mutanosib harakat qilishi” mavzusida koʻrgazmali mashq va taktik-maxsus mashqlarni tashkil etish va oʻtkazish. |
2011-2012-yillar mobaynida | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, fuqarolar yigʻinlari kengashi |
| 14 |
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti negizida taʼlim oluvchilarda zilzilalar paytida oʻz vaqtida va mutanosib harakat qilish koʻnikmasini hosil qilish maqsadida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun tegishli yolgʻondakam holatlar trenajyorlari bilan jihozlangan maxsus joy tashkil etish masalasi boʻyicha texnik-iqtisodiy takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2012-yil yanvar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi |
| 15 |
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida taʼlim muassasalarining rahbarlari tarkibini zilzilalar yuz berganda harakat qilishga oʻqitish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etish. |
2013-yil yanvar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 16 |
Seysmik faollikning 8-9 balli zonasida joylashgan yirik aholi punktlari hududlarini seysmik mikrorayonlashtirish. |
2014-yil iyun | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
III. Axborot-maʼrifiy tadbirlar | |||
| 17 |
Har yili zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar (tabiiy va texnogen tusdagi) yuzaga kelishining xususiyatlari va sabablarini, shuningdek zilzilalar xavfi tugʻilganda aholining amaliy harakatlarini ochib beradigan turli ilmiy-taʼlim ommabop qisqa metrajli filmlar va videoroliklar yaratish. |
2012—2015-yillar mobaynida | Oʻzbekiston MTRK, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 18 |
Taʼlim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar (tabiiy va texnogen tusdagi), shuningdek zilzilalar yuz berishi mexanizmlari, ular yuz berganda aholini ogohlantirish va uning tezkorlik bilan harakat qilishi choralari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi maʼrifiy xususiyatga ega boʻlgan animatsion, multimediy va boshqa oʻquv materiallarini ishlab chiqish. |
2011—2013-yillar mobaynida | Oʻzbekiston MTRK, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 19 |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi kanallarida manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillarini jalb etgan holda “Hayot xavfsizligining dolzarb masalalari” mavzusida axborot-taʼlim beruvchi telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar turkumlarini, shuningdek “Hayot xavfsizligi bilimdoni” viktorinasini tashkil etish. |
2011-yil 1-avgustdan | Oʻzbekiston MTRK, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 20 |
Favqulodda vaziyatlar vazirligining veb saytida “Favqulodda vaziyat: unda qanday harakat qilmoq kerak?” ruknini tashkil etish, uni zilzilalar oqibatida yuz bergan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) profilaktikaga va aholining harakat qilishiga tegishli metodik materiallar bilan doimiy ravishda toʻldirib borish. |
2011-yil oktabr | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 21 |
Zilzilalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mavjud axborot-taʼlim beruvchi internet-portallarini qoʻllab-quvvatlash va yangilarini tashkil etish. Taʼlim muassasalarining mahalliy tarmoqlarida “Sogʻliq va hayot faoliyati asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari” va “Hayot xavfsizligi” oʻquv kurslari boʻyicha elektron oʻquv-metodik qoʻllanmalar tashkil etish. |
2011-yil oktabr | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 22 |
Respublika gazeta va jurnallarida “Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar beradi”, “Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish”, “Hayot xavfsizligi” va shu kabi ruknlar tashkil etish. |
2011-yil 1-oktabrdan | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
| 23 |
“Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida” va “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga muvofiq turli xususiyatga ega boʻlgan yirik favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda aholini radio va televideniye vositasida xabardor qilish boʻyicha mavjud matnlarga tuzatish kiritish. |
2011-yil avgust | Oʻzbekiston MTRK, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 24 |
Boʻlishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlar va halokatlar xavfi toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida va toʻliq xabardor qilish maqsadida ishlab turgan obyektlar boʻyicha, mahalliy va hududiy xabar berish tizimlarini takomillashtirish va yangi zamonaviylarini qurish. |
2014-yil yanvar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |