Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tatbiq qilinmaydigan dorivor vositalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Hujjat nomiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 752-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tayyor dorivor vositalar importini tartibga solish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-fevraldagi 49-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
 LexUZ sharhi
Hujjat muqaddimasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 752-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
1. Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tatbiq qilinmaydigan dorivor vositalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 752-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-fevraldagi 49-son qarori bilan tashkil etilgan Ishchi guruh bilan birgalikda Import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tatbiq qilinmaydigan dorivor vositalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablar ogʻishmay bajarilishini taʼminlasinlar.
 LexUZ sharhi
2-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 752-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-may,
132-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 132-son qaroriga
ILOVA
Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tatbiq qilinmaydigan dorivor vositalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tatbiq qilinmaydigan dorivor vositalar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibini belgilaydi.
2. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar aholining kasallanishi tarkibini, ichki bozor mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarilgan dorivor vositalar bilan toʻldirilganligi va ularning sifatini tahlil qilish asosida dorivor vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) hisobga olingan holda zaruriyat boʻlganda har bir olti oyda kiritiladi.
3. Roʻyxatga asosli takliflar mavjud boʻlgan taqdirda:
Roʻyxatga yangi dorivor vositalarni kiritishni;
Roʻyxatdan dorivor vositalarni chiqarishni;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-fevraldagi 25-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
dorivor vositalarni ishlab chiqarish shakli va TIF TN kodini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
4. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasining “Tayyor dorivor vositalar importini tartibga solish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-fevraldagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha Ishchi guruhning (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) qarori asosida Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ishchi guruhning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
6. Respublikaning farmatsevtika bozori tizimli monitoringini olib borish maqsadida Ishchi guruhga chorakdan keyingi oyning 5-kunigacha har chorakda:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan — davolash-profilaktika muassasalari va aholining dorivor vositalarga boʻlgan ehtiyoji; aholining kasallanishi tuzilmasi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dorivor vositalarning sifati; Roʻyxatga kiritilgan dorivor vositalar import monandlarining yangi savdo nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) toʻgʻrisidagi tahliliy materiallar;
 LexUZ sharhi
6-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-fevraldagi 25-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
“Oʻzfarmsanoat” DAK tomonidan — farmatsevtika korxonalarida ichki bozorning ehtiyojini qondirish uchun yetarli hajmda dorivor vositalarning yangi turlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirilishi; Roʻyxatga kiritilgan dorivor vositani ishlab chiqarish toʻxtatilishi (toʻxtatib turilishi), shu jumladan korxona tugatilishi (faoliyati toʻxtatib turilishi), ishlab chiqarish quvvatlari kamayishi va hokazolar munosabati bilan toʻxtatilishi (toʻxtatib turilishi) haqidagi tahliliy materiallar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan — dorivor vositalar importi va eksporti hajmi, shu jumladan Roʻyxatga kiritilgan dorivor vositalar importi va eksporti hajmi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallar kiritiladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
II. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shartlari va mezonlari
7. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi shartlar mavjud boʻlgan taqdirda kiritiladi:
kasallanish tarkibi hisobga olingan holda ichki bozor konyunkturasining oʻzgarishi;
marketing tadqiqotlari natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va farmatsevtika tashkilotlari tomonidan aniqlangan ichki bozorning ehtiyojini (keyingi oʻrinlarda “ehtiyoj” deb ataladi) qondirish uchun yetarli hajmda dori vositalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-fevraldagi 25-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Roʻyxatga kiritilgan dorivor vositani ishlab chiqarish, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchi tugatilishi (faoliyati uzoq muddat toʻxtatib turilishi), ishlab chiqarish quvvatlari kamayishi va hokazolar munosabati bilan toʻxtatilishi (toʻxtatib turilishi);
ichki bozor ehtiyojlari taʼminlanmasligi.
8. Quyidagilar dorivor vositalarni Roʻyxatga kiritishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
dorivor vositalar ichki bozor ehtiyojini taʼminlaydigan hajmda ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilganligi;
amaldagi ishlab chiqarish salohiyatining davolash-profilaktika muassasalari va aholining dorivor vositalarga ehtiyojini qondirishga muvofiqligi;
dorivor vositalarni zarur hajmda ishlab chiqarishni taʼminlaydigan ishlab chiqarish quvvatlari va xomashyo resurslari mavjudligi.
III. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
9. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish respublika farmatsevtika bozorining tizimli monitoringi, shuningdek vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflari asosida amalga oshiriladi. Takliflar ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha buyurtmanomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etiladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzfarmsanoat” DAK bilan birgalikda respublika farmatsevtika bozori monitoringi natijalarini, shuningdek Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shartlari va mezonlarini hisobga olgan holda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 10 kun mobaynida tushgan takliflarni koʻrib chiqish uchun Ishchi guruh aʼzolariga yuboradi.
11. Ishchi guruh aʼzolari 10 kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi oʻz fikrini taqdim etadilar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ijro etuvchi organ sifatida Ishchi guruh aʼzolarining Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi fikrlarini umumlashtiradi va 5 kun mobaynida ularni koʻrib chiqish uchun Ishchi guruh rahbariga yuboradi.
13. Ishchi guruh 10 kun mobaynida tushgan takliflarni koʻrib chiqadi va Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ishchi guruhning qarori uch kun muddatda bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi.
14. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ishchi guruhning protokoli asosida Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Nizomga
ILOVA
Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tatbiq qilinmaydigan dorivor vositalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
BUYuRTMANOMA
1. Titul varaq:
a) muassasaning va/yoki mahalliy ishlab chiqaruvchining nomi;
b) muassasa va/yoki mahalliy ishlab chiqaruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (manzili, telefon, faks);
v) buyurtmanoma taqdim etilgan sana.
2. Dorivor vositani kiritish yoki chiqarish toʻgʻrisida masalani qoʻyish.
3. Dorivor vositaning, dorivor shaklning nomi, dozasi.
4. Korxonaning quvvati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5. “Oʻzbekekspertiza” OAJning xulosasi ilova qilingan holda dorivor vositaning TIF TN kodi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
6. Dorivor vositalarni zarur hajmda ishlab chiqarish uchun yetarli boʻlgan xomashyoning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-fevraldagi 25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. Kutilayotgan natijalar va ularni baholash mezonlari.
9. Rahbarlarning muhr bilan tasdiqlangan imzolari.
10. Oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda olingan sana koʻrsatilgan holda namunaviy buyurtmanoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 192-modda; 2014-y., 7-son, 74-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/752/0047; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)