O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Boshlig‘ining
buyrug‘i
GIDRIDLANGAN MOYLAR ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2218]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
1. Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq B. G‘ULOMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-mart,
66-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 18-martdagi 66-son buyrug‘iga
ILOVA
Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq gidridlangan moylar ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar gidridlangan moylar ishlab chiqarish tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
II bob. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga asosan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2218-2/0118-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar Yog‘-moy va tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2113, 2010-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 205-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-21-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2218-2, 10.02.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2218-2/0118-son)
7-§. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘linmalari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
38. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.
(34 — 38-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
40. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
41. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
42. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
43. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
44. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
45. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
46. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
47. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
49. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
10-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos bo‘lishi kerak.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
51. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
52. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
53. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
54. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
55. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
11-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
56. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
57. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
58. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
59. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak.
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
61. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
62. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
63. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
64. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
65. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
66. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
67. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
69. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, o‘rtacha og‘ir ishda 17°C va og‘ir ishda 16°C dan past bo‘lmasligi lozim.
71. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam bo‘lmasligi kerak.
72. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
13-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-2014 va GOST 12.1.012-2004 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
75. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, bunda shaxsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
14-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
76. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
77. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
79. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha bo‘lishi kerak.
80. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
15-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
82. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 13-bobi.
III bob‎. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga bo‘lgan talablar
1-§. Texnologiya jarayonlariga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
83. Gidridlangan moylar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-2014 talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
84. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
ishlovchilarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi mahsulotlarni qo‘llash, agar ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmasa ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar ko‘rish;
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish uskunalarini to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash;
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
85. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
86. Ishlab chiqarish jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob-uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
87. Ishlab chiqarish jarayoni texnologik hujjatlarga muvofiq olib borilishi lozim.
88. Ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar qo‘llanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi va himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
89. Birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni qo‘llashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik me’yorlar tasdiqlangandan so‘ng ruxsat etiladi.
2-§. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimiga qo‘yiladigan talablar
90. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda silkinish, texnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga ta’sir etuvchi mexanik va boshqa zararli ta’sirlar bo‘lmasligi lozim.
91. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi ta’mirlanganidan so‘ng sinovdan o‘tkazilishi hamda uning natijalari uskunaning pasporti va maxsus jurnalda qayd qilinishi lozim.
92. Nazorat uskunalari yechilgan holda ta’mirlanayotganda, ushbu uskunalar zudlik bilan tekshirilgan va ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lgan uskunalar bilan almashtirilishi lozim.
93. Nazorat uskunalari va signal lampalarining joylashishi, ularning ko‘rsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratishi lozim.
94. Avtomat tarzda boshqaruv tarmog‘i markaziy pultida jarayonning texnologik parametri kattaligi, ularni ish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kattalikka yetganligi haqida signal beruvchi qurilmalar joylashtirilishi lozim.
95. Bo‘linish chegarasi bo‘lgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish uchun yuqori va quyi sathlar belgilangan ko‘rsatkich qo‘llanishi lozim.
96. Daraja ko‘rsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanishda, ular singanda xodimlarni jarohatlanishidan saqlovchi moslama qo‘llanishi lozim.
97. Havoda va ishlab chiqarish xonasining avtoklav bo‘limida hamda kompressor stansiyalarida portlash xavfi bor gazlar miqdori doimiy nazorat etilishi lozim.
98. Bo‘linish chegarasi bo‘lgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish lozim. Idishlardagi sath ko‘rsatkichlaridan tashqari ovozli, yorug‘lik va boshqa signalizatorlar qo‘llanishi mumkin.
3-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
99. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.033-81 talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
(99-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
100. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
101. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
102. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
103. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
104. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
105. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
106. Portlashni oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
107. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
108. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
109. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
4-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
110. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2218-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2218-2/0118-son)
111. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
112. Yoritish va quvvatli uskunalar hamda elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart.
113. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
114. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
115. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
116. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim.
117. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
118. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
119. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
120. Elektr apparatlari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
121. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
122. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
123. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yer bilan ulangan bo‘lishi lozim.
124. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
5-§. Ishlab chiqarish qurilmalarining avariya holatida o‘chirilishini ta’minlovchi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
125. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi texnologik hujjatlarga hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga muvofiq ta’minlanishi kerak.
126. Ish hududida zararli moddalarning konsentratsiyasi nazoratini amalga oshiruvchi hamda qurilmalarning avariyaviy o‘chirilishini ta’minlovchi gaz tahlil qilish apparatlari o‘rnatilishi zarur.
127. Maxsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki xonalarda o‘rnatilgan maxsus kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda “Yong‘indan xavfli!”, “Chekilmasin!”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi!” kabi ogohlantiruvchi va taqiqlovchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
128. Alohida olingan texnologik jarayon (operatsiya)larda ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarining vujudga kelganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berishni ta’minlash maqsadida, gaz tahlil qilish apparatlarida ishlaydigan yorug‘lik va ovoz beruvchi signalizatorlar ko‘zda tutilishi lozim.
129. Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlar va operatsiyalar vaqtida, ushbu hududda xodimga bevosita xavfli va zararli omillarning ta’sirini chegaralovchi himoya ekrani o‘rnatilgan maxsus stendlar bo‘lishi yoki ushbu operatsiyalar mexanizatsiyalangan (avtomatlashtirilgan) qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.
Texnologik jarayon buzilgan hollarda xodimlarga zararli va xavfli omillarning ta’sir etishi istisno qilinishi va ular uchun ish bajarilayotgan joyni zudlik bilan va hech qanday qiyinchiliksiz tark etish imkoniyati ta’minlanishi zarur.
6-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashish
130. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm o‘lchamlari ishlarni bajaruvchi texnologik qurilmalar pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lishi lozim.
131. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
132. Vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
133. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirish joyida harakat yo‘nalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
134. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlar stellajlari oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yo‘lakka qo‘shimcha qo‘llaniladigan transport vositalari o‘lchamlari kengligidagi yo‘l bo‘lishi lozim.
135. Tashkilotlar tomonidan chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirish, ularni zararsizlantirish, qayta ishlash, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va utillashtirish ishlari belgilangan talablarga rioya qilish orqali amalga oshirilishi lozim.
136. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.
137. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi kerak.
7-§. Quvur o‘tkazgichlar va armaturalarga qo‘yiladigan talablar
138. Barcha quvur o‘tkazgichlar loyihalashtirilishi lozim.
139. Tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan quvur o‘tkazgichlar doimo ko‘zdan kechirilishi va ta’mirlanishi lozim.
140. Barcha o‘rnatilgan quvur o‘tkazgichlar foydalanishga topshirilishidan oldin va ta’mirlashdan so‘ng tekshiruvdan va gidravlik sinov natijalari aks etgan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.
141. Tiqin armaturasi va uning joylashishi har bir agregatni ishonchli o‘chirilishini ta’minlashi kerak.
142. Avtoklav bo‘limidagi vodorod, yog‘, katalizator, inert gaz va suv o‘tadigan quvur o‘tkazgichlarda orqaga qaytarish klapanlari bo‘lishi shart.
143. Distillyator, dezorator va boshqa ishlab chiqarish uskunalarining bug‘lantirish uchun kuchli bug‘ beriladigan quvur o‘tkazgichlarida ortga (Suyuqlik yoki gaz fazaning yo‘nalishini faqat bir tomonlama tarafga harakat qilishini ta’minlaydigan moslama) klapani, berkitish ventili, manometri, saqlash va reduksion klapanlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
144. Yangi va ta’mirlangan (texnologik qurilmalarni avariya va noxush hodisadan) saqlash klapanlarining germetikligini tekshirilishi va stendda tartibga solinishi uning texnik pasportiga qayd etilishi lozim.
145. Toksik, yonuvchan, portlovchan moddalar haydaladigan quvurlarni maishiy, yordamchi, omborxona, boshqaruv va xo‘jalik xonalari, transformator xonalari va zina yo‘laklaridan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
146. Yuqori bosim ostidagi bug‘ tizimiga gidravlik turtki berishning oldini olish uchun bug‘ ochqichini tez ochish va bug‘ning to‘planishi natijasida vujudga kelgan suv qaytargichni havo oqimi bilan tozalamasdan ochish taqiqlanadi.
147. Yonuvchan va portlovchan moddalar quvurlarini ochiq olovda qizdirish taqiqlanadi.
148. Tiqin armaturasi qoidaga ko‘ra poldan 3,6 m dan baland bo‘lmagan balandlikka o‘rnatilishi lozim. Ular poldan 1,6 m dan balandda joylashtirilgan hollarda, ko‘chmas asosga o‘rnatilgan narvonli maydoncha yoki uni poldan ta’mirlash mumkin bo‘lgan moslamasi bo‘lishi kerak.
149. Qayta o‘rnatilayotgan va ta’mirlangan tiqin armaturasi zichligi stendda 5 minut ishchi bosim ostida sinalishi kerak.
150. Armaturada uning dastasi va maxoviklarining aylanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi yo‘nalish belgisi bo‘lishi kerak. Barcha jo‘mraklarning old qismida o‘yilgan tiqin holatini ko‘rsatish belgilari oq rangda ko‘rsatilishi shart.
151. Sexlarda (ishlab chiqarish maydonlarida) tiqin, tartibga soluvchi va saqlash armaturalari ko‘rsatilgan quvur o‘tkazgichlarining o‘tkazilish tartibi va nazorat-o‘lchash asboblari tasviri osib qo‘yilishi shart. Chizmadagi tiqin armaturalari raqami va boshqa belgilar texnologik reglamentga mos kelishi shart.
152. Elektrodvigatellarni ishga tushirish qurilmalarida ularning funksional vazifalarini ko‘rsatuvchi yozuv bo‘lishi kerak.
153. Quvur o‘tkazgichlarda mahsulot yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelkalar bo‘lishi kerak. Tiqin armaturasining chizmada tartib raqami yozilgan bo‘lishi kerak.
154. Quvur o‘tkazgichlarni yotqizishda ular osilishi va to‘planib qoladigan joy hosil qilmasligi, yuborilayotgan material tiqilmasligi, kommunikatsiya cho‘zilib ketmasligini ta’minlashi lozim.
155. Yemirilishga uchraydigan apparat va quvur o‘tkazgich devorlarining qalinligi va tarkibi tasdiqlangan reja-jadvalga asosan tekshirilishi kerak. Quvur o‘tkazgichlarni tashqi omillar ta’sirida yemirilishdan saqlash choralari loyiha asosida olib borilishi kerak.
156. Texnologik apparat va quvur o‘tkazgichlarga o‘rnatilgan saqlash klapanlari bug‘ va suyuqlikni xavfsiz joyga chiqarish yo‘liga ega bo‘lishi lozim.
157. Flansli birikmalar tashqaridan kuzatish mumkin bo‘lgan va ochiq, ta’mirlash va o‘rnatish uchun qulay bo‘lgan joylarga joylashtirilishi kerak. Yog‘li, eritkichli, agressiv suyuqlik quvur o‘tkazgichlarining flans birikmalari kishilar o‘tish joylari va ish maydonlari ustidan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
158. Jipslashtirish konstruksiyasi, to‘shama materiali va flans birikmalarini o‘rnatilishi texnologik tizimni ta’mirlash oralig‘ida bajarilganda yemiriluvchan birikmalar germetikligini ta’minlashi shart.
159. Bug‘ tizimiga gidravlik ta’sir ko‘rsatmaslik uchun bug‘ ventillarini tez ochish va kondensat uzatgichini havolatmay ochish taqiqlanadi.
160. Quvurlar o‘tkazgichlarning tashqi devori 45°C gradusdan yuqori bo‘lgan barcha issiqlik tarqatuvchilari issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplanishi shart.
161. Issiqlik izolyatsiyasi materiallari silliq, namlikka va mexanik zararlanishga chidamli va issiq yuzalar uchun o‘tga chidamli bo‘lishi kerak.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
162. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining harakatlanuvchi qismlari GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
163. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining elementlari (elektr o‘tkazgichlari, o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan bo‘lishi lozim.
164. Katta o‘lchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat ko‘rsatish, tekshirish, ta’mirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 m va undan baland joylashgan to‘siqlari va zinalari bor maydonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
165. Asbob-uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi ko‘rsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari bo‘lishi lozim.
166. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
o‘chirib qo‘yilgan yoki nosoz ishlab chiqarish asbob-uskunasining ishlashi cheklab qo‘yilishi;
xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri tugagandan so‘nggina himoya vazifasi tugatilishini ta’minlash;
himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalari bilan himoyalash vazifasi ta’minlanishi;
xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan ta’minlanishi.
167. Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar o‘tkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi lozim.
168. Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashi kerak.
169. Asbob-uskunalarning konstruksiyasi, uning tarkibiy qismi bo‘lgan bug‘ o‘tkazgichlar, elektr simlarining bexosdan zararlanish xavfini bartaraf etishi kerak.
170. Asbob-uskunalarning konstruksiyasi xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali, g‘adir-budur va tikanli bo‘lmasligi kerak.
171. Asbob-uskunalarni holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan reja jadval asosida olib borilishi kerak.
172. Asbob-uskunalarni o‘rnatish, ta’mirlash, tozalash, ko‘tarish va o‘rnini almashtirish ishlari javobgar shaxs nazorati ostida mexanizatsiya yordamida bajarilishi shart.
173. Har bir asbob-uskunaning pasporti, kommunikatsiyalarga ulanish chizmasi, konstruksiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, foydalanishga qabul qilish hujjatlari, shuningdek xavfsiz foydalanish qo‘llanmasi bo‘lishi kerak.
174. Har bir asbob-uskunadan foydalanish sharoitlarini hisobga olgan holda, xizmat qilish muddati belgilanishi va bu muddat uning pasportida qayd etilishi lozim.
175. Asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari, keltiruvchi, uzatuvchi mexanizmlari, uning qismlari (shkiv, qayishlar, zanjirlar, aylanuvchi vallar) uskunaning korpusida joylashgan bo‘lishi kerak.
176. Himoyalash konstruksiyasi qo‘shimcha shovqin, tebranish, xavfli vaziyat yuzaga keltirmasligi, uskunaga xizmat ko‘rsatishni qiyinlashtirmasligi kerak.
177. Tez-tez kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r va boshqalar) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar, ular ochilganida yoki olib tashlanganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish bloklari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
178. Asbob-uskunalarni boshqarish tizimida xodimlarning jarohatlanish xavfini bartaraf etish maqsadida xavfli vaziyatlarda tormozlanish va halokatni to‘xtatish vositalari, shuningdek uskunani buzilishi haqida ogohlantiruvchi signal berish vositalari bo‘lishi lozim.
179. Boshqaruv organlari joylashuvi va konstruksiyasi uskunalarning to‘satdan harakatga kelishining oldini olishi lozim.
180. O‘tish uchun eng kam oraliqlar uskunalarning bo‘rtib turgan qismlarini hisobga olgan holda qoldirilishi shart.
181. Himoyalash qurilmalari yo‘q yoki nosoz bo‘lgan asbob-uskunalardan foydalanish taqiqlanadi.
182. Gazgolderning ko‘rinarli joyida “Portlovchan!”, “Chekish man etiladi!” degan yozuvlar bo‘lishi kerak.
183. Foydalanish jarayonida bir-biri bilan ishqalanganda uchqun chiqarishi mumkin bo‘lgan asbob-uskunalarni gazgolderning ichki yarim o‘ralari va gaz kiritish kamerasiga o‘rnatish taqiqlanadi.
184. Sharnirga mahkamlangan, ilgakka ilingan yoki suriluvchi panjaralar ishga tushirish qurilmasi bilan bloklangan bo‘lishi lozim.
185. Vakuum ostida ishlovchi apparatlar vakummetr va apparat ichidagi bosimni atmosfera bosimiga tenglashtiruvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak.
186. Quvur o‘tkazgich, apparat va tiqin armaturasi flyansi, lyuk va tushish o‘rasi qopqog‘ining teshiklaridan birida mahkamlovchi bolti bo‘lmasa ishlatishga ruxsat etilmaydi.
187. Ish vaqtida apparatni ko‘rish fonari va lyuklarini ochish taqiqlanadi. Apparatdan foydalanish vaqtida ishlov berilayotgan materialning texnologik qo‘llanmada ko‘zda tutilgan miqdori saqlanishi kerak.
188. Harorat va bosimni kuzatish lozim bo‘lgan va ish joyidan uzoqda joylashgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish mumkin bo‘lmagan apparat va agregatlar joylarda ko‘rsatish va masofadan ko‘rsatish asboblari bilan ta’minlanishi kerak.
189. Uskunalarning 45°C gradusdan yuqori bo‘lgan barcha issiqlik tarqatuvchi tashqi devorlari tashqi ta’sirlardan himoya qilingan bo‘lishi shart.
2-§. Sig‘imlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
190. Gidridlangan moylar va xom ashyo aralashmasini saqlash sig‘imlari (rezervuar, bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk bo‘shatish paytida chang tutish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Chang tutish moslamalari ishga yaroqsiz bo‘lganda siloslarni ishlatish man etiladi.
191. Sig‘imlarning tepasi perimetri bo‘yicha to‘silgan bo‘lishi va to‘siqlar GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar” talablari bo‘yicha bajarilishi kerak.
192. Sig‘imlar galereyasidagi oynaning romlari ochiq holatda ushlab turish uchun moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Oyna romini ochish galereya polidan turib amalga oshirilishi kerak.
193. Sig‘imlar galereyasi truboprovodlaridan o‘tish uchun o‘tish ko‘priklarini o‘rnatilishi GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
194. Sig‘im ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak:
sig‘imga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tiqin jo‘mraklari yopilishi va GOST 12.4.026-76 bo‘yicha “Tiqin jo‘mraklari ochilmasin, odamlar ishlayapti!” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi.
sig‘imga tushayotganlarda ish bajarish uchun asboblar, yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya yoki bog‘lovchi (signal, arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) vositalari bilan ta’minlanishi.
195. Kajavalar o‘tirgich, oyoq uchun tirgovich, to‘siq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (cho‘ntaklar, xomutlar va boshqalar) bo‘lishi lozim.
196. Kajava to‘sig‘ining balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi, qo‘shimcha to‘siq planka balandligi 0,6 m bo‘lishi, lyulkani osib qo‘yish vositalari uning to‘nkarilishini bartaraf qilishi lozim. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunalari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
V bob. Ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikni ta’minlash talablari
1-§. Ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikning umumiy talablari
197. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
198. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi hamda ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
199. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim.
200. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
201. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
202. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
203. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
204. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
205. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
206. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
207. Havoza va to‘shamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
208. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim.
209. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°C gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
210. Barcha ta’mirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
211. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
212. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
213. Ta’mirlash tugagach barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim. Barcha turdagi ta’mirlash ishlari tarmoq (idoraviy) nizomlariga muvofiq tuzilgan va tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot ta’mirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
214. Yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr uskunalarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun yetarli tajribaga ega bo‘lgan va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha toifasi IV guruhdan past bo‘lmagan xodim tomonidan 1000 V dan yuqori bo‘lgan kuchlanishdagi va malaka toifasi III guruhdan kam bo‘lmagan xodim tomonidan 1000 V gacha kuchlanishga ega bo‘lgan uskunalar bilan ishlashga ruxsat beriladi.
215. Barcha zararli va portlovchi gazlar bo‘lgan hamda gazlar yig‘ilish ehtimoli bor xonalarda ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek ta’mirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
216. Ta’mirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bug‘lar ajralib chiqaruvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bug‘, gaz bor-yo‘qligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi.
217. Vodorod, salomas, tizimidagi oqizish jo‘mraklari tiqilganda va vodorodni tozalash tizimida tiqinlarni ochishga faqat latun yoki mis simlar ishlatilishi lozim.
218. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur o‘tkazgich va mufta qobig‘ida turish taqiqlanadi.
219. Xodimlarning o‘tishi, shuningdek asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarini olib o‘tish uchun mo‘ljallangan yo‘llar sirpanchiq bo‘lmasligi kerak.
220. Zararli va portlovchan moddalar ishlatiluvchi asbob-uskuna va quvur o‘tkazgichlar devorining qalinligi (texnik ko‘rikdan o‘tkazish, parmalash, ultratovush yordamida) belgilangan muddatlarda tekshirib turilishi lozim.
221. Asbob-uskuna va quvur o‘tkazgichlarda ortiqcha bosim borligida boltlarni va shpilkalarni tortish taqiqlanadi.
222. Barcha portlab yonish xavfi bo‘lgan binolarda tortish shamollatish tizimi o‘chirilganda, rejali va ogohlantirish ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
223. Asbob-uskuna (rezervuar)da ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, unga ulangan barcha quvur o‘tkazgichlardan to‘sqich bilan to‘silgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda o‘tkir bug‘ bilan bug‘lantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan bo‘lishi kerak.
224. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa ta’mirlash ishlari ularni bajarish jarayonida ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay xavfli vaziyat yuzaga keltirish sharoitlari aniqlanganda to‘xtatilishi shart.
2-§. Apparat, sig‘im va quduqlar ichida ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
225. Apparat, sig‘im va quduqlarni ochish, ularni tekshiruvdan o‘tkazish, tozalash va ta’mirlash ishlari sex boshlig‘ining yozma ko‘rsatmasiga asosan (avariya hollaridan tashqari) muhandis-texnik shaxslarning uzluksiz nazoratida va ishga kirishish ruxsatnomasi to‘ldirilgandan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
226. Xodimlarni apparat (rezervuar) ichiga tushirishdan oldin unga ulangan barcha quvur o‘tkazgichlar to‘sqichlar bilan berkitilgan, texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan, o‘tkir hidli qoldiqlar neytrallashtiruvchilar bilan xavfsizlantirilgan, suv bilan yuvilgan (yoki bug‘langan) hamda 40°C ga qadar sovutilgan va shamollatilgan bo‘lishi kerak.
227. O‘z tuzilishida harakatlanuvchi qismlari bo‘lgan apparatlarga xodimlar tushirilishidan oldin, uni o‘chirish bilan quvvatsizlantirilishi, xavfsizlik qo‘shimchasi olinib, “Yoqilmasin, xodimlar ishlamoqda!” degan ogohlantirish yozuvi ilib qo‘yilishi kerak.
228. Apparat, sig‘im va quduqlarning ichidagi havodan olingan namunaning tahlili ularning ichidagi havoda hajmi bo‘yicha kamida 20 foiz kislorod borligini va ammiak, sirka kislotasi va boshqa zararli aralashmalar yo‘qligini ko‘rsatgan taqdirdagina ularning ichida ishlarni bajarishga ruxsat etilishi lozim.
229. Ishlar mas’ul muhandis-texnik xodimning rahbarligida kamida uch xodim tomonidan bajarilishi, ulardan biri apparat, idish yoki quduqning ichida bo‘lishi, ikkinchisi esa yuqorida turib qutqarish arqonini ushlagan holda ichkarida ishlayotgan xodimni kuzatib turishi va quduqning yonidan ketmasligi lozim.
230. Apparatning ichida ishlayotgan xodimning sog‘lig‘i yomonlashsa, u darhol ishni to‘xtatib, tashqariga chiqishi lozim. Zarur hollarda kuzatib turuvchi va ish rahbari jabrlangan xodimni tashqariga chiqarib olishlari shart.
231. Xodim avariya holatlarida ichida gaz bor yoki havo almashinuvi yetishmaydigan apparatlar, sig‘imlar, quduqlarda ta’mirlash ishlarini boshlashidan oldin shlangli protivogazni kiyishi lozim. Shlangning orqa uchi toza havoli hududga chiqarib, mahkamlanib qo‘yilishi shart.
232. Shlangli protivogazda tanaffussiz ishlash muddati 15 daqiqadan oshmasligi shart, shundan so‘ng xodim 15 daqiqa ochiq havoda dam olishi lozim.
233. Idishlarni, ularning ichiga xodimlarning tushishi bilan bog‘liq ishlarga tayyorlash, hamda ishlash paytidagi ko‘riladigan xavfsizlik choralari naryad-ruxsatnomada bayon qilingan bo‘lishi lozim.
234. Ta’mirlash jarayonida yong‘in xavfsizligi choralarini ta’minlash uchun javobgarlik olovli ishlar olib boriladigan sex, tajribaxona, ustaxona, omborxona, bo‘lim rahbarlariga yuklatilishi kerak.
235. Vaqtinchalik payvandlash ishlari va boshqa olovli ishlar bajariladigan joylar obyektning yong‘in xavfsizligi uchun javobgar shaxsining (muassasa, sex, laboratoriya, ustaxona, omborxona va shu kabilarning rahbari) yozma ruxsati bilan aniqlanishi lozim.
236. Olovli ishlar bilan bog‘liq ta’mirlashga yong‘in xavfsizligi talablarini bilishi belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tgan va maxsus ruxsatnoma berilgan xodimlar qo‘yilishi lozim.
237. Olovli ishlarni boshlashdan oldin, ushbu ishlarni bajaruvchi xodimlar mazkur ishlab chiqarishda ishlarni bexatar bajarish qoidalari bilan tanishtirilishi lozim.
238. Ishlab turgan portlash xavfi bor obyektlar va ishlab chiqarish qurilmalariga 25 m gacha bo‘lgan masofadagi hududlarda olovli ishlarni bajarish taqiqlanadi.
239. Olovli ishlar bajarilayotgan ish joylarida xavf yuzaga kelgan zahotiyoq ish to‘xtatilishi shart.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
240. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
241. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
VII bob. Yakuniy qoidalar
242. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksionerlik temir yo‘l kompaniyasi va “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
2011-yil 16-mart
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 16-mart
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 16-mart
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2011-yil 16-mart
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2011-yil 16-mart
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2011-yil 16-mart
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 16-mart
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksionerlik temir yo‘l kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2011-yil 16-mart
“Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi A. BO‘RIYEV
2011-yil 16-mart
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 166-modda; 2017-y., 28-son, 678-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 10.02.2022-y., 10/22/2218-2/0118-son; 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)