Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.08.2019
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ETIL SPIRTI VA ALKOGOLLI MAHSULOTLAR IShLAB ChIQARISh FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Alkogolli mahsulotlar, va birinchi navbatda, kichik va xususiy biznes subyektlari tomonidan natural vinolar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi guruhi litsenziatlar tomonidan natural vino ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlardan foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borsin va davriy asosda Komissiyaga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-mart,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 89-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
a) “v” kichik bandga “tarkibida spirt bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlardan (don mahsulotlaridan) tayyorlangan spirt” so‘zlari qo‘shilsin;
b) “d” kichik banddagi “meva-rezavor mevadan” so‘zlari “meva-rezavor maxsus mevadan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi “d-1” kichik band qo‘shilsin:
“d-1) tabiiy achigan natural vino (etil spirti qo‘shilmagan)”;
g) “j” kichik bandga “viski” so‘zi qo‘shilsin;
a) o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik quvvatlardan kamida 60 foizga foydalanilishi ta’minlanishi. Ushbu talab faqat tabiiy achigan natural vino (etil spirti qo‘shilmagan) ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarga, shuningdek ishlab chiqarish quvvatlari litsenziatga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarga ko‘ra foydalanilmagan hollarda tatbiq etilmaydi”;
b) o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish va hisobga olish tizimini joriy etish”.
“v” kichik bandga “ushbu shart faqat tabiiy achigan natural vino (etil spirti qo‘shilmagan) ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarga tatbiq etilmaydi” so‘zlari qo‘shilsin;
“g” kichik bandga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
“Texnologiya liniyalari va asbob-uskunalari zamonaviy, yangi va belgilangan tartibda sertifikatlangan bo‘lishi kerak”;
“j” kichik bandga “shuningdek faqat tabiiy achigan natural vino (etil spirti qo‘shilmagan) ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar” so‘zlari qo‘shilsin;
4. 10-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik quvvatlardan kamida 60 foizga foydalanilishini ta’minlash (faqat tabiiy achigan natural vino (etil spirti qo‘shilmagan) ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun, ishlab chiqarish quvvatlarining darajasi monitoring natijalariga ko‘ra belgilanadi). Ushbu shart ishlab chiqarish quvvatlari litsenziatga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra foydalanilmagan hollarga tatbiq etilmaydi”.
5. 37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“37. Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun quyidagi miqdorlarda davlat boji undiriladi:
a) quyidagilar sanoat asosida ishlab chiqarilganda eng kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdorida:
aroq va likyor-aroq mahsulotlari;
darajasi past (pivodan tashqari) va o‘tkir spirtli ichimliklar, damlamalar va likyorlar;
vino ichimliklari: o‘tkirligi 4 hajmli foizdan 8 hajmli foizgacha bo‘lgan past darajali ichimliklar, o‘tkirligi 9 hajmli foizdan 28 hajmli foizgacha bo‘lgan o‘tkir ichimliklar;
b) quyidagilar sanoat asosida ishlab chiqarilganda eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida:
oziq-ovqat spirti, tozalangan spirt, shu jumladan uzum va meva-rezavor mevadan tayyorlangan spirt;
konyak va kalvados spirti, tarkibida spirt bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlardan (don mahsulotlaridan) tayyorlangan spirt;
konyak (brendi), konyak ichimliklari va kalvadoslar, balzamlar, viski;
uzum va meva-rezavor maxsus mevadan hamda tarkibida spirt bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlardan tayyorlangan vinolar;
v) quyidagilar sanoat asosida ishlab chiqarilganda eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida:
shampan vinosi, ko‘piklanadigan va gazli vinolar;
uzum va meva-rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosi;
g) quyidagilar sanoat asosida ishlab chiqarilganda eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida:
uzumdan (tozalangan va tozalanmagan) va meva-rezavor mevadan, shuningdek tarkibida spirt bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlardan (don mahsulotlaridan) tayyorlangan vinomateriallar;
tabiiy achigan vino (etil spirti qo‘shilmagan).
Litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablag‘lari respublika budjetiga o‘tkaziladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 12-13-son, 120-modda)