Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ADLIYA ORGANLARIDA MAXSUS “ISHONCH TELEFONI” TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2011-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun telefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi oʻrinlarda “ishonch telefoni” deb ataladi) tashkil etilsin.
Belgilansinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, shu jumladan nazorat organlari va litsenziyalovchi organlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlar berishning belgilangan muddatlari va tartibiga rioya qilinmasligi masalalari boʻyicha;
ularga kredit va moliya resurslari berishning noqonuniy rad etilishi yoki berish tartib-qoidalarining asossiz choʻzib yuborilishi yuzasidan;
normativ-huquqiy hujjatlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy taʼsiri, shuningdek boshqa masalalar boʻyicha murojaatlarini olish, umumlashtirish va belgilangan tartibda koʻrib chiqish “ishonch telefoni”ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi vakolatlar berilsin:
“ishonch telefoni” orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan tushayotgan murojaatlarni umumlashtirish hamda belgilangan tartibda mohiyatan koʻrib chiqish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar boʻyicha tashkilotlardan zarur maʼlumotlar va materiallarni talab qilish, shuningdek tegishli murojaatlar boʻyicha mulohazalarni aniqlash uchun tashkilotlarga soʻrovlar yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik talablari buzilishi aniqlangan hollarda tashkilotlarga koʻrsatilgan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini, koʻrib chiqish natijalari boʻyicha asosli javob berishni talab qilgan holda, taalluqliligiga koʻra tashkilotlarga yuborish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomalari bajarilmaganligi va zarur darajada bajarilmaganligi uchun tashkilotlarning rahbarlari shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, adliya organlarining taqdimnomalari bajarilmagan va zarur darajada bajarilmagan taqdirda tashkilotlarning mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1984-moddasi.
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi koʻp kanalli “ishonch telefoni”ni tashkil etish uchun alohida aloqa liniyasi ajratishda adliya organlariga zarur yordam bersin va uning uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
tushgan murojaatlarni, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalarini, shu jumladan tegishli tashkilotlarning javoblarini har haftada Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tushgan murojaatlari, ular boʻyicha koʻrilayotgan choralar, shuningdek taqdimnomalarning tegishli tashkilotlar tomonidan bajarilmasligining aniq holatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy axborot kiritsin;
Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “ishonch telefoni”ni tashkil etilganligi aholi eʼtiboriga yetkazilishini hamda “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar va shikoyatlar boʻyicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-mart,
80-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 80-son qaroriga
ILOVA
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining (keyingi oʻrinlarda tadbirkorlik subyektlari deb ataladi) adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi oʻrinlarda “ishonch telefoni” deb ataladi) orqali tushadigan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha arizalari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
2. Quyidagilar:
davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, shu jumladan nazorat organlari va litsenziyalovchi organlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan;
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlar berishning belgilangan muddatlari va tartibiga rioya qilinmasligi masalalari boʻyicha;
ularga kredit va moliya resurslari berishning noqonuniy rad etilishi yoki berish tartib-qoidalarining asossiz choʻzib yuborilishi yuzasidan;
normativ-huquqiy hujjatlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy taʼsiri, shuningdek boshqa masalalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini olish, umumlashtirish va belgilangan tartibda koʻrib chiqish “ishonch telefoni”ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
3. “Ishonch telefoni” orqali:
arizalar — tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari amalga oshirilishida yordam koʻrsatish soʻralgan murojaatlari;
takliflar — tadbirkorlik subyektlarining davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalari yuzasidan murojaatlari;
shikoyatlar — tadbirkorlik subyektlarining buzilgan qonuniy huquqlar, erkinliklar va manfaatlar tiklanishi talab qilingan murojaatlari qabul qilinadi.
4. Koʻp kanalli “ishonch telefoni” Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparatida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) oʻrnatiladi.
5. “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar dushanba kunidan juma kunigacha (juma kuni ham) (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha adliya organlarining masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
6. Murojaatlarni koʻrib chiqishda adliya organlarining masʼul xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning uning tegishli roziligisiz, shuningdek davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni, tijorat sirini va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni hamda agar bu tadbirkorlik subyektining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini kamsitishga olib kelsa, boshqa maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoʻngʻiroq qiluvchi shaxs toʻgʻrisida murojaat qilish mavzusiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarni aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Takliflar adliya organlari tomonidan ular tushgan kundan boshlab bir oygacha muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganish talab qilinadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklif kiritgan shaxsga oʻn kun muddatda maʼlum qilinadi.
8. Arizalar va shikoyatlar adliya organlari tomonidan tushgan kundan boshlab bir oygacha muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganish va tekshirishni talab qilmaydigan arizalar va shikoyatlar esa — oʻn besh kundan kechikmay koʻrib chiqiladi.
Arizalar yoki shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni talab qilish yoxud boshqa choralarni koʻrish zarur boʻlgan hollarda arizalar yoki shikoyatlarni koʻrib chiqish muddatlari adliya organi rahbari tomonidan istisno tariqasida, biroq bu haqda ariza bergan yoki shikoyat qilgan shaxsga xabar qilingan holda bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
II. “Ishonch telefoni” orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish tartibi
9. “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar butun Oʻzbekiston hududida 008 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qoʻngʻiroq bepuldir. Adliya organlari tomonidan qoʻshimcha telefon raqamlari joriy etilishi mumkin.
10. “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun adliya organlarida maxsus xonalar tashkil etiladi va murojaatlarni qabul qilish uchun masʼul boʻlgan xodimlar belgilanadi.
11. “Ishonch telefoni” orqali telefon qoʻngʻiroqlariga javob berishda adliya organining qoʻngʻiroqni qabul qiluvchi masʼul xodimi:
familiyasini, ismini, otasining ismini, egallab turgan lavozimini aytishga;
qoʻngʻiroq qilgan shaxsga “ishonch telefoni” faqat tadbirkorlik subyektidan arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek qasddan yolgʻon maʼlumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻlishini maʼlum qilishi;
qoʻngʻiroq qilgan shaxsga ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan axborot va maʼlumotlarni maʼlum qilishni taklif etishi shart.
12. “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarni toʻplash va umumlashtirish uchun telefondagi soʻzlashuvlarni yozish funksiyasi bilan jihozlangan telefon apparatlaridan foydalaniladi.
13. Tadbirkorlik subyektlarining barcha murojaatlari elektron manbaga yoziladi va ikki yil mobaynida saqlanadi.
14. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishda tadbirkorlik subyektlari familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, oʻzlari ifodalaydigan tadbirkorlik subyektining nomini, STIRni, javob yuborilishi kerak boʻlgan pochta manzilini, qayta bogʻlanish uchun telefon raqamini maʼlum qilishi, shuningdek murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.
15. “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlar adliya organlarining masʼul xodimlari tomonidan umumlashtiriladi va ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtiriladigan adliya organlarining “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini roʻyxatga olish daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda koʻrib chiqish uchun tegishli adliya organi rahbariyatiga kiritiladi.
16. Ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan axborot va maʼlumotlar taqdim etilmagan murojaatlar roʻyxatdan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi.
17. Qabul qilingan murojaat boʻyicha oʻsha kunning oʻzida adliya organining masʼul xodimi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha “nazorat kartochkasi” toʻldiriladi. Nazorat kartochkasi murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinganda vazirlikning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasiga, murojaat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinganda esa — tashkiliy nazorat va tahlil boʻlimlariga yuboriladi.
Nazorat kartochkasi ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan hollarda toʻldirilmaydi.
III. “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
18. “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlar masʼul xodimi murojaatni qabul qilgan adliya organi tomonidan koʻrib chiqiladi, murojaatlarning hududiy tegishliligi bundan mustasno (hududiy adliya organlari uchun).
Zarur hollarda murojaatda koʻrsatilgan holat tadbirkorlik subyektini jalb etgan holda joyning oʻziga chiqib oʻrganilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Adliya organlari tomonidan qonunchilik talablari buzilishi aniqlangan hollarda tegishli tashkilotlarga aniqlangan qonun buzilishlarini, ularning sabablarini va qonun buzilishiga olib kelayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ularda koʻrsatilgan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Agar murojaatda tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqqa zid qilmish toʻgʻrisidagi, shuningdek uni tayyorlayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxs haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, murojaatlar darhol huquqni muhofaza qilish organlariga ularning vakolatlariga muvofiq yuborilishi kerak.
21. “Ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilgan adliya organlari murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarorning bajarilishini nazorat qilishlari, shuningdek, agar zarar tadbirkorlik subyektiga uning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini buzish natijasida yetkazilgan boʻlsa, zararni qonunda belgilangan tartibda undirish yuzasidan choralar koʻrishi shart.
22. Adliya organlarining murojaatlarni koʻrib chiqish vazifasi zimmasiga yuklangan masʼul xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar tushgan taqdirda ushbu murojaatlarni mazkur shaxslarning bevosita koʻrib chiqishi taqiqlanadi.
23. Koʻrib chiqilishi adliya organlarining vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha “ishonch telefoni” orqali murojaatlar tushgan taqdirda, adliya organlarining masʼul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish beriladi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
24. Murojaatni koʻrib chiqqan adliya organi tadbirkorlik subyektiga koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida yozma shaklda xabar berishi shart.
Javob tadbirkorlik subyektiga yuborilgandan keyin murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan shaxsning imzosi bilan nazoratdan chiqariladi, bu haqda “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini roʻyxatdan oʻtkazish daftariga tegishli yozuv qayd etiladi.
Tadbirkorlik subyektiga berilgan yozma javobning nusxasi adliya organlarida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Adliya organlarining taqdimnomalari bajarilmagan va zarur darajada bajarilmagan taqdirda tashkilotlarning mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1984-moddasi.
26. Adliya organlari tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan sabablarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida umumlashtirilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni belgilangan tartibda tahlil qiladi hamda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobot tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. “Ishonch telefoni” orqali tushgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni, shuningdek ular boʻyicha tegishli tashkilotlarning qarorlarini Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirish qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilgan holda har haftalik asosda adliya organlari tomonidan taʼminlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Yakunlovchi qoidalar
28. Tadbirkorlik subyektlari oʻzlarining murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish asossiz rad etilishi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi adliya organiga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
29. “Ishonch telefoni” orqali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun qonunchilikka muvofiq shaxsan javob beradilar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 43-moddasi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Adliya organlarining “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini roʻyxatga olish
DAFTARI

20__ yil “__” _________________da boshlangan

20__ yil “__” ___________________da tugagan

T/r Murojaat qabul qilingan sana Murojaat qiluvchining F.I.O. va manzili Murojaatning qisqacha mazmuni Murojaatni qabul qilgan masʼul shaxsning F.I.O. va lavozimi Koʻrilgan choralar Murojaatni koʻrib chiqish natijalari Izoh
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
Adliya organlarining “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini roʻyxatga olish daftarini yuritish tartibi
1. Adliya organlarining “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini roʻyxatga olish daftari ip oʻtkazib tikilgan, raqamlangan, muhrlangan va imzolangan boʻlishi kerak.
2. Daftarning tegishli boʻlimlarini toʻldirishda qisqartirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Daftarning ikkinchi ustuniga murojaat qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
4. Daftarning uchinchi ustuniga murojaat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. Murojaat qiluvchining pochta manzilini koʻrsatishdan tashqari, murojaat qiluvchining bogʻlanish telefoni mavjud boʻlganda uning telefon raqami ham uchinchi ustunda koʻrsatiladi.
5. Daftarning toʻrtinchi ustunida murojaatning qisqacha mazmuni, tegishli qonun buzilishlar sanasi va boshqa zarur maʼlumotlar aks ettiriladi.
6. Daftarning beshinchi ustunida murojaatni qabul qilgan masʼul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatiladi.
7. Daftarning oltinchi ustunida qabul qilingan murojaat bajarish uchun kimga va qachon yuborilganligi koʻrsatiladi.
8. Daftarning yettinchi ustunida murojaatni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yaʼni murojaatni koʻrib chiqish doirasida koʻrilgan choralar, aniqlangan kamchiliklar va huquqbuzarliklar, shuningdek murojaat qiluvchiga murojaatning koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar joʻnatilganligi haqidagi axborotlar aks ettiriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Vazirning birinchi oʻrinbosari

(yoki oʻrinbosari)

(hududiy adliya organi rahbari)


‎‎NAZORAT KARTOCHKASI

“Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlarning nazorat kartochkasi

Bajaruvchi:
__________________‎

‎‎Sana 20__ y._______

‎‎№_____
‎___________ muddati

‎‎Boshqarma (boʻlim) boshligʻi __________________
Murojaatni qabul qilgan shaxsning F.I.O. Murojaat kelib tushgan sana
Arizachining F.I.O. Ish joyi
‎Arizachining toʻliq manzili va telefoni
Qisqacha mazmuni
Qayerga yuborildi Murojaatni qabul qilgan shaxsning imzosi
Bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot Nazoratdan chiqarish sanasi
‎20__ yil “__” ______

‎‎Boshqarma (boʻlim) boshligʻi __________________
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Adliya organlarining “ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlari boʻyicha
HISOBOT SHAKLI
T/r Hududlar “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar soni Murojaatlar mazmuni Qanoatlantirilgan murojaatlar Huquqiy tushuntirish berishga tegishli murojaatlar soni Huquqiy tushuntirish berilgan murojaatlar soni Koʻrilgan taʼsir choralari Koʻrilgan taʼsir choralari asosida
davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida yer uchastkalari ajratish litsenziyalash va boshqa ruxsatnomalar olish bank ishi sohasida soliq qonunchiligi sohasida ruxsatsiz tekshirishlar oʻtkazish tekshirishlar oʻtkazish qoidalarini buzish boshqa masalalar boʻyicha (koʻrsatilsin) taqdimnoma sudga berilgan daʼvo arizalar soni va summasi intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni shundan: lavozimidan ozod etilganlar soni javobgarlikning boshqa turlariga tortilgan shaxslar soni
1‎
2‎
3‎
...‎
Jami
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 117-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)