O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
“O‘ZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
“O‘ZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 19-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2198]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 8-son, 39-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-sonli “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ular uchun o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilinishi uchun iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-sonli “Uy-joy-kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli “Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 8-son, 40-modda) va 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zkommunxizmat” agentligi qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish bo‘yicha nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligining va “O‘zkommunxizmat” agentligining 2006-yil 14-martdagi 31, 1, 02-317-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori (2006-yil 1-may, ro‘yxat raqami 1566) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 18-son, 154-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligining va “O‘zkommunxizmat” agentligining 2006-yil 2-oktabrdagi 86, 11, 1072-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2006-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 1566-1) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 43-44-son, 438-modda).
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-yanvar,
1-son
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-yanvar,
2-son
“O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XOLMUHAMEDOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-yanvar,
01-88-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2 va 01-88-con qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish bo‘yicha
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan ko‘rsatilayotgan ichimlik suvi ta’minoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, issiq suv ta’minoti va isitish (issiqlik ta’minoti) xizmatlari bo‘yicha (bundan buyon matnda kommunal xizmatlar deb yuritiladi) tariflarni shakllantirish va xarajatlar tarkibini aniqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
(1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kommunal xizmatlarning tariflarini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim bo‘lgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qo‘llanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tashkilotlar ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar tariflarini tasdiqlatish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanishini davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tovar va moliya bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilib ariza bilan murojaat qiladi, bundan asosiy faoliyat turi kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘lmagan tashkilotlar mustasno.
Asosiy faoliyat turi kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘lmagan tashkilotlar mazkur xizmatlarga narxlarni (tariflarni) raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq mustaqil belgilaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
3. Tariflarni asoslash uchun qabul qilinadigan kommunal xizmatlarning ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlar ko‘rsatayotgan kommunal xizmatlar tarifi ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 317-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar kommunal xizmatiga tasdiqlanadigan tarifni shakllantirishda xarajatlar hisobiga olinmaydi.
Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 494-son qarori bilan tasdiqlangan Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan muddatlarda texnologik auditdan o‘tkazilmagan inshootlarning foydalanish va saqlash xarajatlari hisobga olinmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilar tomonidan aholi uchun belgilangan tariflarda xarid qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
7. Agar oldingi hisobot davrida tashkilot texnologiya jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga yoqilg‘i-energetika resurslari, xom ashyo va materiallarni tejashga erishgan bo‘lsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta ko‘rib chiqishda tejalgan mablag‘larning 50 foizgacha bo‘lgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yoqilg‘i-energetika resurslari, xom ashyo va materiallarga xarajatlar esa zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish natijasida qo‘llaniladigan aniqlashtirilgan xarajatlar normasi hisobga olingan holda qabul qilinadi.
8. Kommunal xizmatlarga narxlar va tariflarni tasdiqlash yoki keyinchalik qayta ko‘rib chiqishda narxlar va tariflar o‘sishining 10 foizi, ushbu kommunal xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning o‘z daromadlari hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Kommunal xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarga tariflarning hisob-kitobi
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari
(1-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Kommunal xizmatlar xarajatlarini hisob-kitob qilishda ishlab chiqarish va xizmatlarni bevosita iste’molchiga sotishdan iborat bo‘lgan ishlarning butun texnologik jarayoni hisobga olinadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Bunda, suv ta’minoti xizmatlari tannarxiga suv olish inshootlari, nasos stansiyalari, tozalash inshootlari, muhandislik tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari bo‘yicha tariflarning hisob-kitoblari mazkur xizmatlar bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xarajatlarni rejaviy hisob-kitob qilishda yo‘qotishlar qonunchilik bilan belgilangan me’yorlar chegarasida nazarda tutiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suv ta’minoti tashkilotining moddiy xarajatlari ko‘tarilgan suv hajmi hamda 1 kub. m suvni tozalash uchun tasdiqlangan me’yoriy reagentlar (xlor, kogulyant va boshqa materiallar) xarajatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Quvvatli va yoritish energiyasi xarajatlari artezian va daryo suvi bo‘yicha chiqarilgan suv hajmiga muvofiq elektr energiyasining taqqoslama me’yorlari, energiya uskunasining belgilangan quvvati va belgilangan quvvatning 1 kVt/soat va 1 kVt uchun amaldagi tariflar bilan hisoblab chiqiladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oqova suvlarni chiqarib yuborishda moddiy xarajatlar (xlor, xlorli ohak va suv havzalariga oqizib yuborishdan oldin zararsizlantirish uchun ishlatiladigan boshqa materiallar) oqindi suvning chiqarilgan va tozalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu xarajatlar miqdori tozalangan oqova suv miqdorini materiallar xarajatining qabul qilingan taqqoslama me’yorlariga va materiallar qiymatiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari hisob-kitobi alohida tuziladi, bunda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar ushbu xizmatlar turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xodimlarining asosiy ish haqiga mutanosib taqsimlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. O‘rtacha iqtisodiy asoslangan tarifning miqdorini hisoblash uchun xizmatlarning barcha iste’molchilarini hisobga olgan holda berilgan suv (ajratilgan oqim suyuqlik) hajmlari bo‘yicha ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tashkilotining daromadlarini aniqlash zarur. Mazkur xizmatlarni yaqin davr (yil)da rivojlantirish istiqbolini hisobga olgan holda aniq hisobot davri (yil) uchun xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi va tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining o‘zgarishi)ning taxminiy ta’siri hamda zaruriy foyda summasidan o‘rtacha iqtisodiy asoslangan tarif hosil bo‘ladi. O‘rtacha iqtisodiy asoslangan tarif miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
To‘r. tarif = S + Fz (so‘m)
Bu yerda:
To‘r. tarif — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi)ga o‘rtacha iqtisodiy asoslangan tarif;
S — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi)ning ishlab chiqarish tannarxi;
Fz — ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tashkilotlarining rentabelli ishini ta’minlovchi 1 kub. m suv (1 kub. m oqova suv) hisob-kitobiga zaruriy foyda (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, foydadan soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar hamda sof foyda summasi).
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining 2014-yil 15-apreldagi 33, 65 va 03-1/392-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2198-1, 12.05.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 231-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlariga haq to‘lash summasi uy-joy fondining obodonlashtirilganligi darajasiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarining 87-bandida belgilangan suv (oqova) iste’moli me’yorlari hamda aholi uchun tariflardan kelib chiqqan holda bir oyda 1 kishiga hisoblab chiqariladi, hisoblagich asbob-uskunalari bo‘lganda esa, to‘lov ularning ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Issiq suv ta’minoti va isitish (issiqlik ta’minoti) xizmati (ishlab chiqarish va yetkazib berish)
(2-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish xarajatlari tarkibiga issiqlik energiyasini ishlab chiqish hamda issiqlik tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar, iste’molchilarning ulanish joylari, harorat, bosimni va suv sarfini muvofiqlashtiruvchi avtomat qurilmalar ishlashini nazorat qilish xarajatlari kiradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
20. Ulgurji iste’molchilar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni hisoblash uchun, issiqlik ta’minoti tashkilotlarning yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hajmi xizmatning barcha iste’molchilarini hisobga olgan holda daromadlarini aniqlash zarur. Bunda daromadlar aniq davr (yil) ushbu tarmoqni yaqin davrlar (yil) da rivojlanish istiqboli hamda ko‘zda tutilayotgan tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining o‘zgarishi) ning ta’siri isitish mavsumining me’yoriy davomiylik muddatini (S), zaruriy foydani (Fz) hisobga olgan holda amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 15-bandidagi formulaga muvofiq).
21. Issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirishda qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlashni o‘tkazishga davlat budjeti (davlat subsidiyalari) hisobidan ajratilgan mablag‘lar issiqlik ta’minoti tashkilotlari xarajatlaridan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 297-moddasiga muvofiq Davlat subsidiyasidan daromadlar soliq solishda jami daromadga kiritilmaydi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlashni o‘tkazish xarajatlar, amortizatsiya ajratmalari, budjet hisobidan ajratiladigan mablag‘lar va moliyalashtirishning boshqa manbalarini hisobga olgan holda, manzilli ro‘yxatlarga muvofiq belgilangan moliyaviy mablag‘larning yetishmaydigan qismiga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibida hisobga olinadi.
22. Issiqlik ta’minoti xizmatlari birligiga tariflarni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar ishlab chiqarish, xodimlarining asosiy ish haqiga nisbati bilan belgilanadi.
23. Tarifni shakllantirishda sof foyda summasi va rentabellik darajasi mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq hisoblab chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining 2014-yil 15-apreldagi 33, 65 va 03-1/392-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2198-1, 12.05.2014-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 231-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Aholi uchun tariflar:
isitish (issiqlik ta’minoti) xizmatlari bo‘yicha isitish mavsumining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydoniga;
issiq suv ta’minoti bo‘yicha hisoblash asbobi bo‘lmaganda bir oyda 1 kishiga;
issiq suv sarfini hisoblash asbobi bo‘lganda 1 kub. m issiq suv uchun.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
26. Aholi uchun markaziy isitish va issiq suv ta’minotiga belgilangan tariflar quyidagilardan kelib chiqqan holda hisoblanadi:
1 Gkal issiqlik tannarxi xarajat;
ulgurji iste’molchilar uchun belgilangan tarif;
tashkilot tomonidan o‘rnatilgan issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilg‘i, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining me’yorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yo‘qotishlarni aniqlash tartibi asosida 1 kv. m isitish maydonini isitish va 1 kub. m suvni qizdirish uchun sarflangan taxminiy issiqlik energiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son “Uy-joy-kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga binoan aholiga markaziy isitish va issiq suv ta’minoti uchun issiqlik energiyasi me’yorlari miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
27. Tariflarni shakllantirishda quyidagilar tannarxni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
issiqlik ta’minoti tashkilotlari xizmatlarining tannarxi issiqlik tarmoqlarini kuzatish, nazorat qilish, xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash bo‘yicha rejalashtirilayotgan tashkiliy va texnik tadbirlariga muvofiq, qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini texnik ko‘rik xizmati va ta’mirlashni hisobga olgan holda aniqlanadi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xarajatlar rejaviy hisob-kitob qilishda issiqlik energiyasidan yo‘qotishlar qonunchilikda belgilangan me’yorlar chegarasida nazarda tutiladi;
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
issiqlik energiyasi bir vaqtning o‘zida isitish (issiqlik ta’minoti) va issiq suv ta’minotida sotilgan taqdirda, xarajatlar moddalari bo‘yicha issiqlik energiyasining isitish (issiqlik ta’minoti) va issiq suv ta’minotidagi mutanosib miqdoriga muvofiq hisoblanishi lozim;
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
issiqlik ta’minoti xizmatlariga moddiy xarajatlar texnik tuzi va uning o‘rnini bosuvchi boshqa materiallar xarajati me’yorlaridan kelib chiqqan holda 1 kub. issiq suv (issiqlik eltuvchi) va unga belgilangan narx hisob-kitobi bo‘yicha belgilanadi;
kuchlanishli tok va yoritish energiyasi xarajatlari elektr energiyasi xarajatining taqqoslama me’yorlari, energiya uskunasining belgilangan quvvati va belgilangan quvvatning 1 kVt/soat va 1 kVt uchun amaldagi tariflarga muvofiq hisoblab chiqiladi.
28. Aholi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarni aniqlashning namunaviy hisob-kitobi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Yakuniy qoida
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
29. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi J. ISMAILOV
2011-yil 19-yanvar
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomga
ILOVA
ILOVA
Aholi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini aniqlashning
NAMUNAVIY HISOB-KITOBI
1. Isitishdagi (issiqlik ta’minotidagi) 1 kv. m isitish maydoni uchun bir kunda hisob-kitob bo‘yicha:
bir kunga 1 kv. m isitish maydoniga isitishdagi (issiqlik ta’minotidagi) issiqlik energiyasining taqqoslama iste’moli — 0,001539979 Gkal*;
isitish (issiqlik ta’minoti) tarifi (QQS hisobga olgan holda) — 156 643 so‘m;
bir kunga isitishdagi (issiqlik ta’minoti) 1 kv. m isitish maydoni uchun tarif o‘rtacha 241 so‘mni tashkil qiladi:
156 643 so‘m. x 0,001539979 = 241 so‘m.
2. Issiq suv ta’minoti uchun hisoblash asbobi bo‘lmaganda bir oyda 1 kishiga:
bir oyda 1 kishiga issiq suv ta’minotidagi issiqlik energiyasining taqqoslama iste’moli — 0,165591785 Gkal;
issiqlik energiyasi tarifi (QQS hisobga olgan holda) — 156 643 so‘m;
bir oyda 1 kishiga issiq suv uchun tarif 25 938 so‘mni tashkil qiladi:
156 643 so‘m. x 0,165591785 = 25 938 so‘m.
Izoh: Turarjoy xonadonlarida issiq suvni individual hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda, issiq suv ta’minoti xizmatlariga belgilangan tariflarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “Respublika issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
3. Hisoblash asbobi bo‘lganda aholi uchun 1 kub. m issiq suv uchun:
barcha iste’molchilar uchun 1 Gkal issiqlik energiyasi 156 643 so‘m/Gkalni (QQS hisobga olgan holda) tashkil qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
uzatuvchi quvurdagi issiq suv harorati — 72,8 ºS;
uzatuvchi quvur izolyatsiyasi orqali issiqlikning me’yoriy yillik o‘rtacha yo‘qotilishi — 73,94 Gkal/s;
uzatuvchi quvurdagi suvning yillik o‘rtacha soatlik xarajati — 33 560,0 kub. m/s (issiqlik manbayidagi xarajat o‘lchagichi ma’lumoti bo‘yicha);
issiq suv tayyorlash uchun ishlatiladigan chiqarilgan suvning yillik o‘rtacha harorati — 10,8 ºS.
Atrof-muhitga yo‘qolishi sababli uzatuvchi quvurdagi suv haroratining yillik o‘rtacha pasaytirilishi:
Delta t = | 73,94 x 106 | 2,20S | bu yerda: |
33560,0 x 103 |
106 — Gkalni Kkalga o‘tkazish koeffitsiyenti;
103 — kgga o‘tkazish koeffitsiyenti.
Aholiga beriladigan issiq suvning o‘rtacha harorati:
Tgv = 72,8° — 2,2 = 70,6°S.
Turarjoy binolarida issiq suv haroratining sovishi hisobga olingan holda aholiga yetkazib beriladigan issiq suvning o‘rtacha harorati (K=0,96).
Tgv = 70,6 x 0,96 = 67,8°S.
Issiq suvning tarkibidagi issiqlik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
i = 0,001 (67,8° — 10,8°) = 0,057 (Gkal/kub. m).
1 kub.m issiq suv uchun tarif:
Tgv = 156 643 x 0,057 = 8 928,6 so‘m/kub. m.
*Markaziy isitish va issiq suv ta’minotidagi issiqlikning taqqoslama iste’moli har bir hudud (alohida aholi punkti) uchun Issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilg‘i, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining me’yorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yo‘qotishlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1687, 2007-yil 7-iyun) asosida ishlab chiqiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 76-modda; 2014-y., 20-son, 231-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)