Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
qoʻshma qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASIGA KIRITILADIGAN QONUN LOYIHALARINI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATIGA TAQDIM ETILGAN QONUNLARNI YuRIDIK-TEXNIK JIHATDAN RASMIYLAShTIRISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 27-yanvardagi qoʻshma majlisidagi iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlari bilan ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq tizimlarini muntazam yangilab borishning aniq va chuqur oʻzaro bogʻliqligini taʼminlashga doir “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” degan maʼruzasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida koʻrsatilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti koʻrib chiqishi uchun qonun loyihalarini yoki yangi qonun hujjati qabul qilinishi, qonun hujjatiga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari yoki uning qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi zarurligi toʻgʻrisidagi takliflarni kirituvchi senatorlarga, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarga qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalarini qoʻllash tavsiya etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish vaqtida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining atamalar, tushunchalar apparatini takomillashtirishga, ularda qabul qilingan qonunlarni roʻyobga chiqarishni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida yuz berayotgan demokratik jarayonlarni ragʻbatlantirishni taʼminlaydigan huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilishi shartligiga alohida eʼtibor qaratsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh,
2010-yil 30-dekabr,
№ 237-II
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh,
2010-yil 30-dekabr,
№ 150-II
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II / 150-II-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarning maqsadi
Ushbu Qoidalarning maqsadi qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirishda va qonunchilik texnikasining vositalari, qoidalari hamda usullaridan foydalanishda bir xillikka rioya etilishi orqali qonunlarning yuqori sifatli boʻlishini taʼminlashdan iborat.
2. Ushbu Qoidalarni ishlab chiqish asosi
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida toʻplangan qonun ijodkorligi faoliyatidagi tajribaga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) faoliyatining amaliy tajribasiga asoslanib ishlab chiqilgan.
3. Ushbu Qoidalarni qoʻllash sohasi
Ushbu Qoidalar:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida koʻrsatilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasiga doir ishlarni, qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish lozim boʻlgan qonunlarning roʻyxatini tayyorlash ishlarini bajarish vaqtida;
senatorlar tomonidan Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlarni muhokama qilish vaqtida;
qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti koʻrib chiqishi uchun qonun loyihalari yoki yangi qonun qabul qilish, qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning qismini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarurligi toʻgʻrisida takliflar kirituvchi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan;
Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matnidagi nomuvofiqliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakillaridan tuzilgan kelishuv komissiyasi aʼzolari tomonidan xulosalar tayyorlash vaqtida amalda qoʻllanilishi uchun moʻljallangan.
4. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari doirasi
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, oʻz davlat hokimiyati oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori egadir.
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun Senatga maʼqullash uchun yuboriladi.
5. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish shakli va normativ asosi
Qonunchilik tashabbusi huquqi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini yoxud Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini kiritish shaklida amalga oshiriladi.
Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Qonunchilik palatasiga kiritish tartib-taomili “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadi.
6. Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish vaqtida quyidagilar taqdim etilishi kerak:
1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
2) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonunlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi;
3) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun osti hujjatlarining roʻyxati;
4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asos;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi boʻlmagan taqdirda, ushbu qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.
Qonun loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda mazkur organlarning qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qarori qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining ushbu qonun loyihasi boʻyicha Qonunchilik palatasidagi vakilini koʻrsatgan holda taqdim etilishi kerak.
Qonun loyihasi matnining hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan materiallarning nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
2-bob. Qonun loyihasining (qonunning) tuzilishi
7. Qonun loyihasining (qonunning) nomi
Qonun loyihasining (qonunning) nomi uning mazmunini va huquqiy tartibga solishning asosiy predmetini aks ettiradi. Nom ijrochilar qonunning nomiga qarab, uning asosiy mazmunini aniqlab olishi, oson eslab qolishi, zarurat boʻlganida tezda qidirib topishi uchun aniq, ravon va imkon qadar axborotga boy boʻlishi, huquqiy tartibga solish predmetini toʻgʻri aks ettirishi zarur.
Qonun loyihasining (qonunning) nomi sahifaning oʻrtasiga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi.
8. Qonun loyihasining (qonunning) muqaddimasi
Muqaddima (kirish) — qonun loyihasining (qonunning) mustaqil qismi boʻlib, u qonunni qabul qilish sabablari, maqsadlari va vazifalariga doir tushuntirishlarni ifoda etadi, biroq uning boʻlishi shart emas. Muqaddima qonun loyihasining (qonunning) boshlanishida, uning nomidan keyin joylashtiriladi. Muqaddima xatboshilarga boʻlinadi.
Qonun loyihasining (qonunning) muqaddimasi:
mustaqil normativ koʻrsatmalarga ega boʻlmaydi;
moddalarga boʻlinmaydi;
qonun qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi, oʻzgartirilishi va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan boshqa qonunlarga taalluqli havolalarga ega boʻlmaydi;
qonunda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalarning ahamiyatini oʻz ichiga olmaydi;
raqamlanmaydi.
Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari muqaddimaga ega boʻlishi mumkin emas.
9. Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari va uning moddalari
Qonun loyihasini (qonunni) tarkibiy birliklarga boʻlish undan foydalanishni osonlashtiradi, uning ichki tuzilishi va tizimlashtirilishini, unga havolalar qilinishini yaxshilaydi, qonun loyihasining (qonunning) tez tushunilishiga yordam beradi.
Qonun loyihasining (qonunning) pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklaridan foydalaniladi:
qism;
boʻlim;
kichik boʻlim;
bob;
paragraf;
modda.
Qonun loyihasi (qonun) moddasining pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklaridan foydalaniladi:
qism;
band (xatboshi);
kichik band (xatboshi).
Agar qonun loyihasida (qonunda) boblar mavjud boʻlmasa, “boʻlim” tarkibiy birligi kiritilmaydi.
Yirik tizimlashtirilgan qonun loyihalari (qonunlar) (masalan, kodekslar) qismlarga, boʻlimlar kichik boʻlimlarga, boblar paragraflarga boʻlinishi mumkin.
10. Qism qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) qismi:
BIRINChI QISM;
IKKINChI QISM
soʻzlari bilan belgilanadi.
Qonun loyihasining (qonunning) qismi:
BIRINChI QISM
UMUMIY QOIDALAR
kabi nomga ega boʻlishi mumkin.
Qonun loyihasining (qonunning) qismi (masalan, kodekslarda) quyidagi tarzda belgilanishi mumkin:
UMUMIY QISM;
MAXSUS QISM
Qonun loyihasi (qonun) qismining belgisi va nomi sahifaning oʻrtasiga bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi.
Qonun loyihasi (qonun) qismining nomi yarim qora shriftda yoziladi.
11. Boʻlim qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) boʻlimi:
rim raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga;
nomga ega boʻladi.
Boʻlimning belgisi va nomi sahifaning oʻrtasiga bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi.
Boʻlimning nomi yarim qora shriftda yoziladi.
Misol:
III BOʻLIM. MAJBURIYAT HUQUQI
12. Kichik boʻlim qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) kichik boʻlimi:
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga;
nomga ega boʻladi.
Kichik boʻlim belgisi bosh harf bilan xatboshidan yoziladi.
Kichik boʻlim nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, “kichik boʻlim” degan soʻzlardan keyin nuqta qoʻyiladi.
Misol:
4-kichik boʻlim. Bitimlar va vakillik
13. Bob qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) bobi:
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga;
nomga ega boʻladi.
Bob belgisi bosh harf bilan xatboshidan yoziladi.
Bob nomi uning belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, “bob” degan soʻzdan keyin nuqta qoʻyiladi.
Misol:
29-bob. Oldi-sotdi
14. Paragraf qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) paragrafi:
“§” belgisi bilan koʻrsatiladi;
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega boʻladi;
nomga ega boʻladi.
Paragraf nomi paragraf raqami bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, “§” belgisidan keyin nuqta qoʻyiladi.
Misol:
2-§. Chakana oldi-sotdi
15. Modda qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) moddasi:
qonun loyihasining (qonunning) asosiy tarkibiy birligi hisoblanadi;
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega boʻladi;
nomga ega boʻladi, ayrim hollarda unga ega boʻlmasligi mumkin.
Modda belgisi arab raqamlaridan boshlanadi va xatboshidan yoziladi.
Moddaning nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yozilib, “modda” degan soʻzdan keyin nuqta qoʻyiladi.
Agar modda nomga ega boʻlmasa, u holda “modda” degan soʻzdan keyin nuqta qoʻyiladi, moddaning belgisi yarim qora raqam bilan xatboshidan yoziladi.
Modda qismlarga boʻlinadi, bu qismlar raqamlanmaydi. Modda qismlarining joylashuv tartibi bosh harf bilan boshlanadigan va nuqta bilan tugaydigan xatboshilarni ketma-ket sanash orqali aniqlanadi.
1-misol:
427-modda. Xaridorga tovar haqida axborot berish
__________________________________________. (birinchi qism)
__________________________________________. (ikkinchi qism)
___________________________________________. (uchinchi qism)
__________________________________________. (toʻrtinchi qism)
2-misol:
6-modda. _______________________
__________________________________________. (birinchi qism)
__________________________________________. (ikkinchi qism)
(qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi 336–I-sonli Qonuni).
Moddaning qismlari bandlarga boʻlinib, bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari bilan belgilanadi.
Bandlar kichik bandlarga boʻlinib, kichik bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadi.
1-misol:
109-modda. Sud buyrugʻini berish tartibi va uni berishni rad etish asoslari
Sudya sud buyrugʻini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi. (birinchi qism)
Sudya quyidagi hollarda sud buyrugʻini berishni rad etadi: (ikkinchi qismning birinchi xatboshisi)
1) agar qarzdor bildirilgan talabga rozi boʻlmasa; (ikkinchi qismning birinchi bandi)
2) huquq toʻgʻrisidagi mavjud nizoni taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib boʻlmaydi deb hisoblansa. (ikkinchi qismning ikkinchi bandi)
Sudya sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. (uchinchi qism)
2-misol:
59-modda. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish
_______________________: (birinchi qism)
1) _____________________; (birinchi qismning 1-bandi)
a) _____________________; (birinchi qism 1-bandining “a” kichik bandi)
3-misol:
78-modda. ______________________
______________________________________: (birinchi qism)
1) ____________________________________; (birinchi qismning 1-bandi)
(qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi)
Alohida hollarda moddaning qismlari, bandlari va kichik bandlari xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
4-misol:
26-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi
Xoʻjalik sudiga taalluqli ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar xoʻjalik sudlari tomonidan koʻriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudloviga tegishli ishlar bundan mustasno. (birinchi qism)
Oliy xoʻjalik sudi quyidagilarni koʻradi: (ikkinchi qismning birinchi xatboshisi)
respublika boshqaruv organlari bilan vakillik va ijroiya hokimiyati mahalliy organlari oʻrtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar; (ikkinchi qismning ikkinchi xatboshisi)
hokimiyat oliy organlarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar. (ikkinchi qismning uchinchi xatboshisi)
Oliy xoʻjalik sudi alohida holatlarni eʼtiborga olgan holda har qanday ishni istalgan xoʻjalik sudidan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga, ishni bir xoʻjalik sudidan boshqasiga oʻtkazishga haqli. (uchinchi qism)
16. Qonun loyihasi matniga qonun yoki uning ayrim qoidalari kuchga kirishi yoki ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni kiritish
Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasining matniga quyidagi qoidalar kiritilishi mumkin:
qonunning yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi;
ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan ilgari qabul qilingan qonunlarni va boshqa qonunlarni yoki ularning ayrim qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi.
1-misol:
4-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2-misol:
15-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2006-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.
3-misol:
295-modda. Ushbu Kodeksning kuchga kirish tartibi
Ushbu Kodeks 1996-yilning 1-aprelidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Kodeks 151-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan taʼtilning eng oz muddatidan ortiqcha qismini pullik kompensatsiya bilan almashtirish 1996-yil 1-apreldan eʼtiboran oxirgi ish yilidagi va shundan keyingi yillardagi taʼtillarga nisbatan qoʻllaniladi.
4-misol:
43-modda. Ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ushbu Qonun kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi 223–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunini kuchga kiritish haqida”gi 224–XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 77-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 664–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 363-modda);
4) ______________________________________________________;
5) ______________________________________________________.
3-bob. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar), shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladigan qonunlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan qonun loyihalari (qonunlar) tuzilishining xususiyatlari
17. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirish
Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar), shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladigan qonunlarning roʻyxatini oʻz ichiga olgan qonun loyihalarining (qonunlarning) moddalari alohida tuzilishga ega boʻladi. Bunday qonun loyihalarining (qonunlarning):
moddalari nomga ega boʻlmaydi;
moddalari qismlarga boʻlinishi mumkin;
qismlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlarga yoki belgilarga ega boʻlmagan xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadigan kichik bandlarga boʻlinishi mumkin.
1-misol:
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ___ yil ___________ da qabul qilingan “__________________________”gi ____-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _______yil, №____, _______-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) ________________________________; (1-band)
2) ________________________________; (2-band)
3) ______________________________; (3-bandning birinchi xatboshisi)
a) ________________________________; (3-bandning “a” kichik bandi)
b) ________________________________; (3-bandning “b” kichik bandi)
4) ________________________________. (4-band)
2-misol:
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ___ yil ___________ da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____ yil, № __, _______-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
________________________________________; (ikkinchi xatboshi)
________________________________________; (uchinchi xatboshi)
________________________________________; (toʻrtinchi xatboshi)
________________________________________. (beshinchi xatboshi)
3-misol:
1-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) _______________________________________________; (1-band)
2) _______________________________________________; (2-band)
3) _______________________________________________; (3-band)
4) _______________________________________________; (4-band)
5) _______________________________________________; (5-band)
6) _______________________________________________. (6-band)
4-misol:
1-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
_______________________________________; (ikkinchi xatboshi)
________________________________________; (uchinchi xatboshi)
_______________________________________. (toʻrtinchi xatboshi)
18. Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklarini raqamlash
Qonun loyihasining (qonunning) moddalari, boblari, boʻlimlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Masalan, har bir bobning moddalarini alohida-alohida raqamlashga yoki har bir boʻlimning boblarini alohida-alohida raqamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida, shuningdek qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida bunday qonunning qismlari, boʻlimlari, boblari, moddalarining raqamlanishini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida, shuningdek qonun moddasining tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida bandlarning raqamlanishini va moddalar qismlari kichik bandlarining harflar bilan belgilanishini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar qoʻshimchalar qonunning oxiriga kiritilayotgan boʻlsa, boʻlimlar, boblar, moddalarning mavjud raqamlanishini davom ettirish zarur (masalan, oxirgi bob 5-bob boʻlsa, 6-bob bilan toʻldiriladi; oxirgi modda 7-modda boʻlsa, 8-modda bilan toʻldiriladi).
Agar qoʻshimchalar moddaning tarkibiy birligi oxiriga kiritilayotgan boʻlsa ham mavjud raqamlashni davom ettirish zarur (masalan, qismning oxirgi bandi 3-band boʻlsa, 4-band bilan toʻldiriladi va hokazo).
Agar qonun yangi tarkibiy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash zarur (masalan, 51-bob, 72-modda, 33-band, “b1” kichik band).
Misol:
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ___ yil _________da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____yil, № _____, _______-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 17 1-modda bilan toʻldirilsin:
“171-modda. _____________________
_________________________________________________________.
_________________________________________________________”;
2) 16-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21)__________________________________________________”;
toʻrtinchi qismi 3-bandi quyidagi mazmundagi “b2” kichik band bilan toʻldirilsin:
“b2) ____________________________________________________”.
19. Qonunning kuchga kirishi tartibi toʻgʻrisidagi modda
Qonun loyihasining (qonunning) qonun kuchga kirishi toʻgʻrisidagi moddasida “kuchga kirish” tushunchasi qoʻllanilishi zarur.
Qonunning kuchga kirishi tartibi toʻgʻrisidagi modda mazkur qonun kuchga kirishining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilanganidan farq qiladigan alohida tartibini oʻrnatish zarur boʻlgan taqdirda kiritiladi.
1-misol:
Ushbu Qonun rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran yigirma kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
2-misol:
Ushbu Qonun 2005-yilning 1-dekabridan eʼtiboran kuchga kiradi.
3-misol:
Ushbu Qonun rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
20. Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklariga izoh
Qonun loyihasiga (qonunga) moddalar, boblar, boʻlimlar, qismlar yoki butun qonun loyihasiga (qonunga) doir izohlar kiritilishi mumkin emas.
21. Qonun loyihalariga (qonunlarga) ilovalar
Qonun loyihalari (qonunlar) turli roʻyxatlar, jadvallar, chizmalar, tariflar, xaritalar, blankalar, hujjatlar, sxemalarning namunalari va boshqa shu kabilar joylashtirilgan ilovalarga ega boʻlishi mumkin.
Ilovalarning va ular taalluqli boʻlgan qonunning yuridik kuchi bir xil.
Agar qonun loyihasiga (qonunga) bir nechta ilova mavjud boʻlsa, ular № belgisi koʻrsatilmagan holda arab raqamlari bilan raqamlanadi. Qonun loyihasining (qonunning) matnida ilovaga havola qilinganida ham № belgisi koʻrsatilmaydi.
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-ilovasiga muvofiq.
Ilova belgisi qonun loyihasi (qonun) matnidan keyingi betning yuqorisidagi oʻng burchakka, qonunning raqami va imzolangan sanasi koʻrsatilmagan holda joylashtiriladi.
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining “______________________”gi Qonuniga ilova
2-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining “______________________”gi Qonuniga 2-ilova
Ilovaning nomi varaqning oʻrtasiga joylashtiriladi.
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar) tuzilishining xususiyatlari
22. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar) quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi oʻrtasida fuqarolik ishlari boʻyicha huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi oʻrtasida fuqarolik ishlari boʻyicha huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin
2-misol:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi quyidagi bayonot eʼtiborga olingan holda ratifikatsiya qilinsin:
Konvensiya 35-moddasining 3-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi oʻzini ushbu Konvensiya 35-moddasining 3-bandi qoidalari bilan bogʻliq deb hisoblamaydi”.
3-misol:
Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasiga qoʻshilish haqida
Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern Konvensiyasiga quyidagi izohlarni inobatga olgan holda qoʻshilinsin:
1) Konvensiyaning 18-moddasi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bayon etadiki, yuqorida zikr etilgan Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan sanada uning hududida jamoat mulki boʻlib qolgan adabiy va badiiy asarlarga nisbatan ushbu Konvensiya qoʻllanilmaydi”;
2) Konvensiyaning qoʻshimcha boʻlimi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi yuqorida zikr etilgan Konvensiya Qoʻshimcha boʻlimining 2 va 3-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi”.
23. Oʻzbekiston Respublikasining bir nechta xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini (qonunni) rasmiylashtirish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi (qonun) bir nechta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilishni oʻz ichiga olsa, bunday qonun loyihasi (qonun) moddalari nomga ega boʻlmagan qonun loyihalariga (qonunlarga) nisbatan qoʻllaniladigan umumiy qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasidagi (qonundagi) Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining nomi ushbu xalqaro shartnoma imzolangan asl nusxadagi nom bilan aynan bir xil boʻlishi kerak. Biron-bir oʻzgartish kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Misol:
1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Energetika Xartiyasiga doir Shartnomani hamda Energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari boʻyicha Energetika Xartiyasiga doir Protokolni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida
1-modda. Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
2-modda. Energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari boʻyicha Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Protokol ratifikatsiya qilinsin.
5-bob. Havolalarning qoʻllanish tartibi
24. Moddalarda boshqa moddalarga, shuningdek ilgari qabul qilingan qonunlarga havolalarni qoʻllanish
Moddalarda boshqa moddalarga, shuningdek ilgari qabul qilingan qonunlarga havolalar faqat huquqiy normalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish uchun yoki takrorlashga yoʻl qoʻymaslik zarur boʻlgandagina qoʻllaniladi.
Faqat kuchga kirgan (amalga kiritilgan) qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. Oʻz kuchini yoʻqotgan qonunlarga va qonun loyihalariga havolalar qilinmaydi.
25. Qonunga havolani rasmiylashtirish
Qonun loyihasida (qonunda) qonunga havola qilish zarurati boʻlsa, quyidagi rekvizitlar quyidagi ketma-ketlikda koʻrsatiladi: qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami, shuningdek qonunning nomi.
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi 160–II-sonli Qonuni bilan tartibga solinadi.
2-misol:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga kiritish haqida”gi 435–II-sonli Qaroriga muvofiq.
Qonunning raqami mavjud boʻlmagan taqdirda uning turi, imzolangan sanasi va qonunning nomi koʻrsatiladi.
Aniq qonunning turi bosh harf bilan koʻrsatiladi.
Ayni bir qonunga bir necha marta havolalar qilinganda, ushbu qonun birinchi marta koʻrsatilayotganida quyidagi shakl qoʻllaniladi:
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522–II-sonli Qonuniga (bundan buyon matnda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni deb yuritiladi) muvofiq.
Toʻliq yangi tahrirda bayon etilgan qonunga havola qilinganida uning rekvizitlari quyidagi ketma-ketlikda koʻrsatiladi: qonunning turi, uning nomi, doirasimon qavslar ichida esa ushbu qonunni yangi tahrirda toʻliq bayon etgan qonunning turi, qonunning imzolangan sanasi va raqami koʻrsatiladi.
Misol:
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga) muvofiq.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga havolalar
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga havolalar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq.
27. Oʻzbekiston Respublikasi kodekslariga havolalar
Kodekslarga havola qilinganida ularning imzolangan sanasi va raqami koʻrsatilmaydi.
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.
2-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan belgilangan tartibda.
3-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq.
Bir necha qismdan iborat kodeksning aniq moddasiga havolalar qilinganida kodeks qismining raqami koʻrsatilmaydi.
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 55-moddasi bilan tartibga solinadi.
2-misol:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 786-moddasiga muvofiq.
28. Qonunning tarkibiy birligiga havolalar
Butun qonunga emas, balki uning faqat tarkibiy birligiga havola qilish zarurati boʻlganida, avval ana shu aniq birlik (eng katta birlikdan boshlab) koʻrsatiladi.
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining ______yil ______________da qabul qilingan “___________________________”gi _____ -sonli Qonuni 15-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi bilan tartibga solinadi.
29. Qonun loyihalarining (qonunlarning) tarkibiy birliklarini belgilash
Boʻlimlar, boblar, moddalar, bandlarning belgilari raqamlar bilan, qismlar va xatboshilarning belgilari soʻzlar bilan, kichik bandlarning belgilari esa, qoʻshtirnoq ichida kichik harflar bilan yoziladi.
Misollar:
5-modda birinchi qismi 2-bandining “v2” kichik bandi;
5-modda ikkinchi qismi 1-bandining “v” kichik bandi;
1-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi;
1-modda birinchi qismining birinchi xatboshisiga muvofiq;
5-bob;
III va IV boʻlimlar.
Ayni bir qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklariga havolalar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
Misollar:
ushbu Qonunning 3-bobidagi;
ushbu bob qoidalari munosabati bilan;
ushbu Kodeks 5-moddasining birinchi qismiga muvofiq;
ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq;
ushbu Qonun 5-moddasi toʻrtinchi qismining 21-bandiga muvofiq;
ushbu Qonun 5-moddasi uchinchi qismi 2-bandining “a1” kichik bandiga muvofiq;
ushbu Qonun 5-moddasi uchinchi qismi 2-bandining “b” kichik bandi bilan tartibga solinadi;
ushbu bobning 2-paragrafidagi.
30. Turli yuridik kuchga ega boʻlgan qonunlarga havolalar
Qonun loyihalarida (qonunlarda) yuqori yoki teng yuridik kuchga ega boʻlgan qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. Quyi yuridik kuchga ega boʻlgan aniq normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning ayrim tarkibiy birliklariga havola qilinishiga (masalan, qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aniq qaroriga havola qilinishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Alohida hollarda, agar ayrim huquqiy munosabatlar ushbu qonun loyihasi (qonun) bilan tartibga solinmagan boʻlsa va bu huquqiy munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan yoki solinishi zarur boʻlsa, qonun loyihasida (qonunda) quyi yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlariga havolalar qilinadi.
31. Boshqa qonunlarning normativ koʻrsatmalariga havolalar
Qonun loyihasining (qonunning) matnida boshqa qonunlarning oʻzi ham havola hisoblangan normativ koʻrsatmalariga havolalar qilinmaydi.
6-bob. Rasmiy eʼlon qilish manbalarini koʻrsatish tartibi
32. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini eʼlon qilishning rasmiy manbalari
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini eʼlon qilishning rasmiy manbalaridir.
Agar qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilsa yoki qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsa, uni eʼlon qilgan rasmiy manba koʻrsatilishi shart.
1-misol:
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda).
2-misol:
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda).
Katta hajmdagi qonunning matni “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarining bir nechta sonida eʼlon qilinganida rasmiy manba sifatida gazetalarning qonun matni eʼlon qilingan barcha sonlarining sanalari koʻrsatiladi.
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1996-yil 14, 15 va 16-noyabrdagi “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalari).
33. Qonunga oʻzgartishlar kiritilganida eʼlon qilingan rasmiy manbani koʻrsatish
Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida quyidagilar koʻrsatiladi:
qonun eʼlon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u boʻlsa) qonun eʼlon qilingan rasmiy manba;
qonunga keyin kiritilgan barcha oʻzgartish va qoʻshimchalar eʼlon qilingan rasmiy manbalar.
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda) 8-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
__________________________________________________________________.
2-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi 734–XII-sonli Qonuniga (2000-yil 26-mayda qabul qilingan 78–II-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 149-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
__________________________________________________________________.
34. Qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida eʼlon qilingan rasmiy manbani koʻrsatish
Qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida qonun eʼlon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u boʻlsa) qonun eʼlon qilingan rasmiy manba koʻrsatiladi. Shuningdek, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan asosiy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritgan qonunlar ham ular rasmiy eʼlon qilingan manba koʻrsatilib, alohida tarzda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
Misollar:
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash toʻgʻrisida”gi 481–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 237-modda);
Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 568–II-sonli Qonunining XVII boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1–2, 18-modda).
7-bob. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
35. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishdan maqsad
Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar) qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan qonuniga muvofiqlashtirish va aynan bir xil masalalar boʻyicha huquqiy normalarning koʻp boʻlishiga barham berish uchun tayyorlanadi.
36. Qonunlarga oʻzgartishlar kiritish
Quyidagilar qonunlarga oʻzgartishlar kiritish hisoblanadi:
soʻzlarni, raqamlarni almashtirish;
soʻzlarni, raqamlarni, jumlalarni chiqarib tashlash;
qonun tarkibiy birligining yangi tahriri;
qonun yoki uning tarkibiy birliklarining amal qilishini uzaytirish.
37. Qonunlarga qoʻshimchalar kiritish
Quyidagilar qonunlarga qoʻshimchalar kiritish hisoblanadi:
qonun moddasining tarkibiy birligini yangi soʻzlar, raqamlar yoki jumlalar bilan toʻldirish;
qonunni tarkibiy birliklar bilan toʻldirish.
38. Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin boʻlgan qonunlar roʻyxati
Oʻzgartish va qoʻshimchalar quyidagi turdagi qonunlarga kiritilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining farmonlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlariga.
39. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni rasmiylashtirish
Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish mustaqil qonun bilan rasmiylashtirilib, unda oʻz navbatida, har bir qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar mustaqil moddalar tarzida rasmiylashtiriladi.
Misol:
“____________________”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “________________”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ______yil ____________da qabul qilingan “___________________________”gi ______-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, №___, ____-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, №_____, ____-modda) 5-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) _______________________________________________________;
2) _______________________________________________________.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ________yil __________da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, №____, ___-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) _______________________________________________________;
2) _______________________________________________________;
3) _______________________________________________________;
4) _______________________________________________________.
40. Bir nechta qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni rasmiylashtirish
Agar qonun loyihasi (qonun) bilan bir yoʻla bir nechta qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilayotgan boʻlsa, bu qonunlar xronologik tartibda (ular imzolangan sana boʻyicha) joylashtiriladi. Ayni bitta sanada imzolangan qonunlar ular raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi.
41. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganligi toʻgʻrisidagi qonunlarni rasmiylashtirish
Qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish bilan bir vaqtda ushbu qonunning tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotganlik toʻgʻrisidagi qoidalar bitta moddada joylashtirilishi mumkin. Bunda kiritilayotgan oʻzgartishlar, qoʻshimchalar, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish izchil (moddama-modda) bayon etilishi kerak.
Misol:
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining _________yil _______da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____yil, № _____, _______-modda; ____yil, №____, _______-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-moddadagi “________” degan soʻzlar “_________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 2-moddaning birinchi qismi “________________” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 3-modda ikkinchi qismining 2-bandidan “________” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 4-modda oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“_____________________________________________________________”;
6) 6-moddadagi “___________” degan soʻzlar “_________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
42. Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida rekvizitlarni koʻrsatish
Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida hujjatning imzolangan sanasi, nomi, raqami (agar u mavjud boʻlsa) va hujjatning turi, shuningdek u eʼlon qilingan tegishli rasmiy manba koʻrsatilishi shart.
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi 160–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 8-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
__________________________________________________________________.
Agar oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan qonun toʻliq yangi tahrirda bayon etilgan boʻlsa, uning rekvizitlari quyidagi ketma-ketlikda koʻrsatiladi: qonunning turi, qonunning imzolangan sanasi va raqami (agar u boʻlsa), nomi, soʻngra doirasimon qavslarda ushbu hujjatni yangi tahrirda toʻliq bayon etgan qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami, shuningdek doirasimon qavslarda u eʼlon qilingan rasmiy manba koʻrsatiladi.
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi 510–XII-sonli Qonuniga (1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616–I-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 97-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
__________________________________________________________________.
43. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar) nomlarini aniqlashtirish
Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritayotgan qonun loyihalari (qonunlar) nomini bayon qilish ularning mazmuniga bogʻliq. Agar faqat oʻzgartishlar yoki faqat qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilayotgan boʻlsa, u holda qonun loyihalarining (qonunlarning) nomida tegishincha qonunga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritilayotganligi aniqlashtiriladi. Qonun loyihasi (qonun) nomiga qonun loyihasining (qonunning) tuzilishi ham taʼsir koʻrsatadi. Masalan, agar qonun loyihasi (qonun) qoʻshimchalardan boshlansa, u holda uning nomida qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilganligi, basharti oʻzgartishlardan boshlansa, u holda qonun loyihasi (qonun) nomida tegishincha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi koʻrsatiladi.
Qonunning bitta yoki ikkita (undan ortiq emas) moddasiga oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilganida qonun loyihasining (qonunning) nomini aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
1-misol:
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 30-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida
2-misol:
“________________________”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga va “___________________”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga qoʻshimchalar kiritish haqida
44. Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin boʻlgan qonun
Oʻzgartish va qoʻshimchalar doimo faqat asosiy qonunga kiritiladi. Asosiy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritgan qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish orqali oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
45. Doimiy amalda boʻlgan qonunga vaqtinchalik xususiyatdagi huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Asosiy qonunga vaqtinchalik xususiyatdagi huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aniq masalalar boʻyicha vaqtincha (umumiy belgilanganidan farqlanadigan) huquqiy tartibga solishni belgilash zarurati mavjud boʻlganida mustaqil qonun qabul qilinadi.
46. Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida qoʻshtirnoqlardan foydalanish
Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida tegishli matn qoʻshtirnoq ichiga olinadi.
47. Qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni bayon qilish
Qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ular kiritilayotgan aniq tarkibiy birlik koʻrsatilgan holda ketma-ket (moddama-modda) bayon etilishi kerak.
48. Qonunni oʻzidan kattaroq tarkibiy birliklar tutashgan joyda turgan tarkibiy birlik bilan toʻldirish
Qonun tegishincha boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, qismlar tutashgan joyda modda, bob, kichik boʻlim, boʻlim bilan toʻldirilayotganda qonunning tegishli bobi, kichik boʻlimi, boʻlimi, qismiga havola qilgan holda qoʻshilayotgan modda, bob, kichik boʻlim, boʻlimning aniq joyi koʻrsatiladi.
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining _____ yil ______da qabul qilingan “______________”gi _____-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _______yil, №_____, _____-modda; ______yil, №_____, ______-modda) 1-bobi quyidagi mazmundagi 141-modda bilan toʻldirilsin:
“141-modda. ______________________.
______________________________________________________________”.
2-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining _____ yil ______da qabul qilingan “______________”gi _____-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _______yil, №_____, _____-modda; ______yil, №_____, ______-modda) 2-bobi quyidagi mazmundagi 141-modda bilan toʻldirilsin:
“141-modda. _______________________
______________________________________________________________”.
49. Qonunga umumlashtirilgan shaklda oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Qonunga umumlashtirilgan shaklda oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishiga (shu jumladan, soʻzlar va soʻz birikmalarini “matn boʻyicha” degan shakldan foydalangan holda almashtirishga yoki toʻldirishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Umumiy qoidaga binoan har bir oʻzgartish yoki qoʻshimcha oʻzgartirilayotgan yoki qoʻshimcha kiritilayotgan qonunning aniq tarkibiy birligini koʻrsatgan holda alohida rasmiylashtirilishi kerak.
Istisno tariqasida, faqat qonunning bitta moddasiga yoki moddaning tarkibiy birligiga umumlashgan shaklda oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritish mumkin. Agar bu moddaga yoki uning tarkibiy birligiga boshqa hech qanday oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilmasa, almashtirilayotgan yoki toʻldirilayotgan soʻz yoki soʻzlardan hamma joyda bir xil sonda va kelishikda foydalanilgan boʻlsa, bunday oʻzgartish yoki qoʻshimcha quyidagi tarzda rasmiylashtirilishi kerak:
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “__________________”gi ______-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 10-moddasidagi “________________” degan soʻzlar “________________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “_________________”gi _____-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 10-moddasi “_____________” degan soʻzlardan keyin “_____________” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
50. Qonunning moddasida turli son va kelishiklarda qoʻllanilgan soʻzlarni almashtirish
Agar qonunning moddasida bir necha hollarda soʻzni yoki soʻzlarni almashtirish zarur boʻlsa va almashtirilayotgan soʻz yoki soʻzlar turli son va kelishiklarda yoxud faqat bir sonda, biroq turli kelishiklarda qoʻllanilgan boʻlsa, mazkur modda yoki tarkibiy birlikka boshqa oʻzgartishlar kiritilmayotgan boʻlsa, quyidagi shakl qoʻllaniladi:
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “__________________”gi ______ -sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____yil, №_____, ___-modda) 10-moddasidagi tegishli son va kelishikdagi “_______(soʻzlar bosh kelishikda, birlikda koʻrsatiladi)______” degan soʻzlar tegishli son va kelishikdagi “_______(soʻzlar bosh kelishikda, birlikda koʻrsatiladi)______” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining _______yil _______da qabul qilingan “_________________”gi _______-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 10-moddasidagi tegishli son va kelishikdagi “___(soʻzlar bosh kelishikda, birlikda yoki koʻplikda koʻrsatiladi)__” degan soʻzlar tegishli son va kelishikdagi “_____(soʻzlar bosh kelishikda, birlikda yoki koʻplikda koʻrsatiladi)_____” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
51. Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilayotganida tarkibiy birliklarni koʻrsatishdagi izchillik
Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilayotganida dastlab qaysi tarkibiy birlik oʻzgartirilayotganligi va toʻldirilayotganligi koʻrsatiladi, keyin esa oʻzgartish va qoʻshimchalarning xususiyati koʻrsatiladi. Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish eng katta tarkibiy birlikdan boshlab rasmiylashtiriladi.
1-misol:
7-modda birinchi qismi 2-bandining “v” kichik bandidagi “________” degan soʻzlar “_________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-misol:
Oʻzbekiston Respublikasining ____yil ____________da qabul qilingan “______________________”gi ____-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ____-modda) 7-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“__________________________________________________________”.
52. Qonun moddasining turli tarkibiy birliklariga qoʻshimchalar kiritishni rasmiylashtirish
Modda, moddaning qismi, bandi, kichik bandi, xatboshisiga qoʻshimchalar kiritilayotganida ushbu qoʻshimcha qaysi soʻzlardan keyin yozilishi koʻrsatiladi.
Misol:
1-modda “_________” degan soʻzlardan keyin “_________” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
53. Qonun moddasining tarkibiy birligi oxiriga qoʻshimchalar kiritish
Agar qonun moddasining tarkibiy birligi soʻzlar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa va bu qoʻshimcha mazkur tarkibiy birlikning oxirida joylashishi kerak boʻlsa, u holda quyidagi shakl qoʻllaniladi:
Misol:
1-moddaning 1-bandiga “___________________” degan soʻzlar qoʻshilsin.
Bunda qoʻshilayotgan tarkibiy birlikning oxirida ishlatilgan tinish belgisi qoʻshimcha kiritilganidan keyin koʻrsatmasiz saqlab qolinadi.
54. Moddaning turli tarkibiy birliklariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni rasmiylashtirish
Qonun moddasining turli tarkibiy birliklariga bir nechta oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
Misol:
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ______ yil ________da qabul qilingan “_____________________”gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ___yil, №___, ___-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-moddaning:
birinchi qismidagi “_________” degan soʻzlar “_________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi “_________” degan soʻzlardan keyin “_________” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7) ______________________________________________________”;
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“______________________________________________________________”;
2) 3-modda ikkinchi qismi 2-bandining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
3) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-modda. ______________________
________________________________________________________”.
55. Qonunning moddasini tarkibiy birliklar bilan toʻldirish
Qonunning moddasi qismlar, bandlar, kichik bandlar yoki xatboshilar bilan toʻldirilganda qismlar, bandlar, kichik bandlar yoki xatboshilarning tartib raqamlari koʻrsatilishi shart. Bunda avval toʻldirilayotgan tarkibiy birlik nomi, keyin moddani toʻldirayotgan tarkibiy birlik, soʻngra “toʻldirilsin” degan soʻz, undan keyin esa tarkibiy birlikning mazmuni koʻrsatiladi.
1-misol:
2-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“_____________________________________________________________”;
33-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“_____________________________________________________________”;
oʻn toʻrtinchi – yigirma toʻrtinchi xatboshilari tegishincha oʻn beshinchi – yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2-misol:
7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“_____________________________________________________________”.
3-misol:
15-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi – toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“________________________________________________________;
_________________________________________________________;
_________________________________________________________;
_________________________________________________________;
________________________________________________________”.
Agar qonunning moddasi uchtadan ortiq boʻlmagan qismlar bilan yoki qonun moddasining qismi (bandi) uchtadan ortiq boʻlmagan xatboshilar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, bunda toʻldirilayotgan qismlar yoki xatboshilarning tartib raqamlari vergul orqali yoziladi.
1-misol:
7-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“________________________________________________________.
________________________________________________________.
________________________________________________________”.
2-misol:
4-moddaning 5-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“______________________________________________________________;
_______________________________________________________________;
______________________________________________________________”.
toʻrtinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Qonunning moddasini bandlar yoki kichik bandlar bilan toʻldirish va bu bandlarni tegishincha modda, band yoki kichik bandning oxiriga joylashtirish zarur boʻlsa, qoʻshilayotgan bandlar yoki kichik bandlarning tartib raqamlari koʻrsatilishi shart.
1-misol:
6-moddaning beshinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4)_____________________________________________________”.
2-misol:
7-modda uchinchi qismining 3-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d)___________________________________________________________”.
Bu kabi qator hollarda zarur boʻlgan tinish belgisini almashtirish qonunning joriy tahririni tayyorlash vaqtida (qonun loyihasining (qonunning) matnida izoh berilmagan holda) amalga oshiriladi.
56. Qonunni yangi tahrirda qabul qilish oʻrniga yangi qonun qabul qilish
Qonunni yangi tahrirda qabul qilish, qoida tariqasida, maqsadga muvofiq emas. Qonunning yangi tahriri oʻrniga yangi qonun qabul qilib, ayni bir vaqtda avval amalda boʻlgan qonunni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish maqsadga muvofiq, agar:
qonunga uni mohiyatan qayta ishlashni talab qiladigan va ayrim tarkibiy birliklarining yangi tahriri bilan cheklanib boʻlmaydigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa;
qonunga uning deyarli barcha tarkibiy birliklariga daxldor oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa;
qonunning faqat ayrim tarkibiy birliklari oʻz ahamiyatini qisman saqlab qolsa.
57. Qonunning tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon qilish
Qonunning tarkibiy birligi yangi tahrirda bayon etiladi, agar:
mazkur tarkibiy birlikka jiddiy oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa;
qonunning tarkibiy birligi matniga bir necha marta oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlsa.
Qonunning tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon etish ushbu tarkibiy birlik oraliq tahrirlarining barchasini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishga asos boʻlmaydi.
Qonunning bitta tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon etish zarur boʻlsa, quyidagi shakl qoʻllaniladi:
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining ______ yil ________da qabul qilingan “__________________”gi ______-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 16-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16-modda. _______________________
_____________________________________________________________”.
Bunday holda qonunning nomi quyidagicha boʻlishi kerak:
“___________________________”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida
58. Raqamli belgilar va soʻzlarni almashtirish
Raqamli belgilarni almashtirish zarur boʻlganida “sonlar” emas, balki “raqamlar” atamasi ishlatiladi.
Misollar:
“15, 18, 124” raqamlari “16, 19, 125” raqamlari bilan almashtirilsin;
“45” raqami “55” raqami bilan almashtirilsin.
Soʻzlar va raqamlarni almashtirish zarur boʻlsa, “soʻzlar” atamasi ishlatiladi.
Misol:
“10-marta” degan soʻzlar “20-marta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
59. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga ega qonun loyihasining (qonunning) nomlanishi
Agar qonun loyihasida (qonunda) qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi moddalar bilan bir vaqtda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxati berilgan modda mavjud boʻlsa, bunday moddaning mavjud ekanligi qonun loyihasining (qonunning) nomida ifoda etilishi shart.
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
8-bob. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxati
60. Amaldagi qonunlarni qabul qilinayotgan qonun bilan muvofiqlashtirish
Qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan (qilinayotgan) qonuni bilan muvofiqlashtirish, aynan bir xil masalalar boʻyicha huquqiy normalarning koʻp boʻlishiga barham berish uchun qonunlarni (ularning tarkibiy birliklarini) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish orqali qonunlarni qabul qilinayotgan qonun bilan muvofiqlashtirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlanadi.
61. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatini tuzish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyxatiga quyidagilar kiritiladi:
1) oʻz kuchini toʻliq yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar. Bunda qonunning oʻzi ham, asosiy qonunning matniga ilgari oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan barcha qonunlar ham alohida tarzda koʻrsatiladi.
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining ______yil ________da qabul qilingan “_____________________”gi _______-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №___, ___-modda);
2) qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar, yaʼni butun qonun emas, balki uning ayrim tarkibiy birliklari (qonunning raqamlangan barcha tarkibiy birliklari, shu jumladan xatboshilari) oʻz kuchini yoʻqotadi.
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “_________________”gi______ -sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ____ yil, № ___, ___-modda) 5-bobi;
3) alohida hollarda (agar mustaqil tarkibiy birlik sifatida ajratilmagan qism nazarda tutilayotgan boʻlsa), ajralmas qismi oʻz kuchini yoʻqotayotgan qonunlar (yoki ularning tarkibiy birliklari).
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan “Sogʻlom avlod uchun” ordeni toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 257-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 4-moddasi birinchi qismi uchinchi xatboshisining va 5-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisining shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishga taalluqli qismi.
62. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkin boʻlgan qonunlarning turlari
Qonunlarning quyidagi turlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmonlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining qarorlari.
63. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatini rasmiylashtirish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyxati yangi huquqiy tartibga solishni belgilovchi qonun loyihasining (qonunning) mustaqil moddasi boʻlishi, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasining (qonunning) mustaqil moddasi yoki moddalari boʻlishi yoki mustaqil qonun loyihasi (qonun) boʻlishi mumkin.
Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ayni oʻsha qonunning tarkibiy birliklarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni bir vaqtning oʻzida rasmiylashtirish ushbu Qoidalarning 41-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
64. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyxatiga qoʻyiladigan asosiy talablar
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyxati yuridik jihatdan asoslangan va tugal boʻlishi, yaʼni yangi qonunga zid boʻlgan bironta ham qonun roʻyxatdan tushib qolmasligi, oʻz ahamiyatini saqlab qolgan bironta ham qonun yoki uning qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi uchun mazkur roʻyxatga kirib qolmasligi kerak.
65. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganligini rasmiylashtirish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining qonun bilan tasdiqlangan farmoni oʻz kuchini yoʻqotayotgan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyxatiga ana shu farmon va uni tasdiqlovchi qonun (yoxud uning qismi) alohida tarzda kiritiladi. Bunda ushbu roʻyxatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritgan qonunlar alohida tarzda kiritiladi.
66. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qarori bilan amalga kiritilgan qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganligini rasmiylashtirish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarori bilan amalga kiritilgan qonun oʻz kuchini yoʻqotayotgan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga qonun va uni amalga kiritish toʻgʻrisidagi qaror alohida tarzda kiritiladi. Bunda qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritgan qonunlar roʻyxatga alohida tarzda kiritiladi.
67. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga kiritilayotgan qonunning rekvizitlari
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga kiritilayotgan har bir qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami (agar u mavjud boʻlsa), qonunning nomi, shuningdek u rasmiy eʼlon qilingan manba koʻrsatilishi kerak.
68. Qonunni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga kiritish
Har bir qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga alohida tarzda kiritiladi. Bunday roʻyxatda aks ettirilgan qonunlar tartib raqamiga ega boʻlishi mumkin (bunday holda ular bandlar hisoblanadi va arab raqamlarida raqamlanib, doirasimon qavs bilan yopiladi).
69. Qonunlarning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatida xronologik tartibda joylashtirilishi
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatida qonunlar xronologik tartibda (ular imzolangan sana boʻyicha) joylashtiriladi. Ayni bir sanada imzolangan qonunlar ularning raqamiga qarab, raqamlarning ortib borishi tartibida joylashtiriladi.
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning bitta roʻyxatida qonunlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan turli sanalarni belgilash zarur boʻlsa, roʻyxat kuchini yoʻqotishning tegishli sanasiga (muddatiga) muvofiq shaklga solinadigan tarkibiy birliklarga boʻlinadi.
70. Qonunda bitta modda yoki tarkibiy birlik qolgan boʻlsa, qonunning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi
Agar qonunda boshqa moddalar yoki tarkibiy birliklar oʻz kuchini yoʻqotganidan keyin faqat bitta modda yoki tarkibiy birlik qolgan boʻlsa-yu, u ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlsa, bunday holda ana shu bitta modda yoki tarkibiy birlik emas, balki butun qonun toʻliq kuchini yoʻqotgan deb topilishi zarur.
71. Boshqa qonunlar (ularning tarkibiy birliklari) oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi moddalar mavjud boʻlgan qonunning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi
Agar qonunda ilgari qabul qilingan qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topgan moddalar mavjud boʻlsa, ushbu qonunni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlganida qonun shunday moddalar mavjud boʻlishidan qatʼi nazar, oʻz kuchini toʻliq yoʻqotgan deb topiladi.
72. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga amalda oʻz kuchini yoʻqotgan yoxud keyingi qonunlarga singib ketgan qonunlarni kiritish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatlariga nafaqat yangi qonun qabul qilinguniga qadar amalda boʻlgan qonunlarni, balki ushbu masalaga doir avval amalda oʻz kuchini yoʻqotgan yoxud keyin qabul qilingan qonunlarga singib ketgan, ammo belgilangan tartibda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan qonunlar ham kiritilishi lozim.
73. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyxatiga vaqtinchalik kuchga ega boʻlgan qonunlarni kiritish tartibi
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatlariga vaqtinchalik kuchga ega boʻlib, amal qilish muddati oʻtgan qonunlar (normalar) kiritilmaydi. Vaqtinchalik kuchga ega boʻlgan qonunlar (normalar) faqat amal qilish muddati oʻtmagan taqdirdagina oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga kiritiladi.
Agar vaqtinchalik kuchga ega boʻlgan qonun yoki uning tarkibiy birligining amal qilishi nomaʼlum muddatga uzaytirilgan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga asosiy qonun ham, uning muddatini uzaytirgan qonun ham kiritiladi.
74. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga qonundagi ilovaga koʻrsatma va ilovaning oʻzi mavjud boʻlgan qonunning tarkibiy birligini kiritish tartibi
Agar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan bandda yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan moddada tegishincha oʻz kuchini yoʻqotishi lozim boʻlgan ilovaga koʻrsatma mavjud boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga faqat mazkur band yoki modda kiritiladi, ilova esa, garchi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansa-da, alohida tarzda koʻrsatilmaydi.
Agar qonunning bandida yoki moddasida ilovani tasdiqlash bilan bir qatorda oʻz ahamiyatini saqlab qoladigan boshqa masalalarga doir koʻrsatmalar mavjud boʻlsa, ilova esa toʻliq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga faqat ana shu bandning yoki shu moddaning ilovaga taalluqli qismi kiritiladi.
Agar ilova toʻliq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkin boʻlmasa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxatiga faqat ilovaning tarkibiy birliklari kiritiladi.
Misol:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining____ yil _______da qabul qilingan “_________________”gi _____-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, №____, ___-modda) bilan tasdiqlangan ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin
Agar qonun hali kuchga kirmagan boʻlsa-yu, unga zarurat qolmagan boʻlsa, “bekor qilinsin” degan atama qoʻllaniladi.
9-bob. Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Senatga maʼqullash uchun yuboriladigan qonun matnini rasmiylashtirish
75. Senatga yuboriladigan hujjatlar roʻyxati
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun maʼqullash uchun Senatga kiritilganda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1) Qonunchilik palatasining qonun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori;
2) Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matni;
3) qonunga uning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati;
4) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi;
6) qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan materiallarning koʻchirma nusxalari.
76. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunga ilova qilinadigan qiyosiy jadvalni rasmiylashtirish
Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matniga qiyosiy jadval ham ilova qilinadi. Qiyosiy jadval, qoida tariqasida, uchta grafadan iborat boʻladi: birinchisi — “qonunchilik tashabbusi subyekti kiritgan qonun loyihasi tahriri”, ikkinchisi — “Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun tahriri”, uchinchisi — “kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni asoslash”.
Qiyosiy jadvaldagi birinchi va ikkinchi grafalar quyidagi koʻrinishda bayon qilinadi:
oʻzgartirilayotgan raqamlar, soʻzlar, jumlalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar yarim qora shriftlar bilan ajratiladi;
qoʻshimcha qilinayotgan raqamlar, soʻzlar, jumlalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar yarim qora shriftlar bilan ajratiladi;
oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar yoki olib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, jumlalar birinchi grafada kursiv bilan belgilanadi.
Agar qonunning tarkibiy birligi yangi tahrirda bayon qilinayotgan boʻlsa, u holda qiyosiy jadvalda tegishincha faqat oʻzgartirilayotgan, qoʻshilayotgan, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, jumlalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar ajratiladi.
Birinchi va ikkinchi grafalarda oʻzgartirilmayotgan tegishli raqamlar, soʻzlar, jumlalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar kiritilayotgan oʻzgartishlar koʻzga tashlanib turishini taʼminlash uchun oddiy shrift bilan qayd etiladi.
77. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matnini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan texnik talablar
Qonun matni A 4 bichimdagi qogʻoz varagʻining bir tomoniga masshtabi kichraytirilmasdan joylashtirilishi lozim. Qonun matnining birinchi beti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan tegishli blankda bosilishi lozim.
Qonun matnining betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim. Betning tartib raqami betning yuqorisida oʻrtaga bosiladi. Birinchi betda 1 raqami qoʻyilmaydi.
Qonun matni standart varaqda satrlararo 1,0 intervalida bosilishi kerak; har bir bet hoshiyaga ega boʻladi: yuqorida va pastda — 2 sm, chap tomonda — 3 sm, oʻng tomonda — 2 sm, xatboshi bir xil va besh-olti belgiga teng boʻlishi lozim. Qonun matnidagi soʻzlar orasidagi boʻshliq bitta-ikkita harf kattaligidan oshmasligi lozim.
Qonun matni kompyuterda bosilganida “Microsoft Word” matn muharriridan 14 hajmdagi “Times New Roman” shriftini qoʻllagan holda foydalaniladi.
78. Qonunlarning davlat va rus tillaridagi matnlariga qoʻyiladigan asosiy talablar
Qonunlarning davlat va rus tillaridagi matnlari grammatika qoidalari talablariga javob berishi va oʻzaro muvofiq boʻlishi lozim. Qonunlarning davlat va rus tillaridagi tahrirlari oʻrtasida farq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
79. Qonun matniga viza qoʻyish
Qonunchilik palatasi va Senatda qonun matniga viza qoʻyishni vakolatli shaxslar — tegishincha Qonunchilik palatasi Spikerining va Senat Raisining oʻrinbosarlari, masʼul qoʻmitalar raislari, Qonunchilik palatasi va Senat devonlarining rahbarlari, boʻlim mudirlari amalga oshiradilar. Vizalar qonun matni oxirgi betining tagiga qoʻyiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 15-modda)