|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XO‘JALIGINI GIDROMETEOROLOGIK TA’MINLAShNI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalq xo‘jaligini gidrometeorologik ta’minlashni yaxshilash, gidrometeorologiya xizmatining ilmiy-texnika bazasini mustahkamlash, tabiat hodisalari tufayli kelib chiqqan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Boshgidromet” boshqarmasi:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha agrometeorologik postlarni oqilona joylashtirish, ularni priborlar va asbob-uskunalar bilan jihozlash, ular ishiga uslubiy rahbarlik qilishni ta’minlash, texnik xodimlarni o‘rgatish ishlarini amalga oshirsin;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tezkor gidrometeorologik axborotning birlashgan tizimini yaratish haqidagi taklifni ishlab chiqsin va 1995-yil 1-iyulgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi hamda Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda gidrometeorologik kuzatishlarni amalga oshirish uchun zamonaviy priborlar va asbob-uskunalar yaratish va ularni respublikada ishlab chiqarish dasturi loyihasini tayyorlasin hamda 1995-yil 1-avgustgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Boshgidromet” boshqarmasiga 1995-yilda 1 va 2-ilovalarga muvofiq priborlar va asbob-uskunalar xarid qilish maqsadida O‘zbekiston respublika valyuta birjasi orqali sotib olinadigan 844 mln Rossiya rubli va 108 ming AQSh dollarini so‘m bilan qoplash uchun respublika budjetidan mablag‘ ajratsin;
har yili respublika budjetida “Boshgidromet” boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblarni hisobga olgan holda ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga mablag‘larni nazarda tutsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
“Boshgidromet” boshqarmasini uning buyurtmanomalari bo‘yicha gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan moddalar bilan ta’minlasin;
“Boshgidromet” boshqarmasi bilan birgalikda bu moddalarni transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining dehqonchilik sanoati majmui bo‘limiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.
1995-yil 27-fevral.
70-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-fevraldagi 70-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
MDH mamlakatlaridan Rossiya rubliga xarid qilinadigan
priborlar, asbob-uskunalar va materiallar
priborlar, asbob-uskunalar va materiallar
RO‘YXATI
|
NOMI |
Miqdori |
Qiymati |
| Har xil termometrlar | 10000 | 100 |
| MRZ-ZA radiozondlar | 266 | 63,84 |
| Har xil gidrometeorologik asbob- uskunalar | - | 400 |
| Porshenli ichki yonish dvigatelli elektr generator qurilmalari | 15 | 30 |
| Fototelegraf apparatlari | 23 | 160 |
| Radiostansiyalar | 26 | 90,8 |
| JAMI: | | 844,64 |
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-fevraldagi 70-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Erkin almashtiriladigan valyuta (AQSh dollari)ga xarid qilinadigan asbob-uskunalar va xarajat qilinadigan materiallarga bo‘lgan
EHTIYOJ
|
NOMI |
Miqdori |
Qiymati |
| Dasturiy ta’minlangan maxsus kompyuterlar negizida xabarlarni jamlash markazi (INTELKOM.Italiya- Rossiya) | 1 | 78 |
| MD-200 magnit disklari paketlari (BASF firmasi, Germaniya ) | 30 | 30 |
| JAMI | | 108 |