Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.10.2018
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
Qarori
TIJORAT BANKLARI, ShU JUMLADAN BOShQA INVESTORLAR IShTIROKIDA BANKROT KORXONALAR NEGIZIDA TAShKIL ETILGAN KORXONALARNING ASOSIY VOSITALARI VA NOMODDIY AKTIVLARI BO‘YIChA AMORTIZATSIYA AJRATMALARINI O‘RNATILGAN ME’YoRDAN KAMROQ HISOBLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2114]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-sentabrdagi 128, 31, 2018-69, 27/18-sonli “Tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2114-2, 04.10.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-sonli “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 104-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki qaror qiladi:
1. Tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-may,
47-son
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-may,
97-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-may,
2010-21-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-may,
20/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bankining 2010-yil 31-maydagi 47, 97, 2010-21, 20/1-sonli qaroriga
ILOVA
Tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash tartibi to‘g‘risidagi
VAQTINChALIK NIZOM
Mazkur Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-sonli “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 104-modda) muvofiq tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash tartibini belgilaydi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarga (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) tatbiq qilinadi va ushbu korxonalar yangi investorlarga sotilgunga qadar, ammo ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda amal qiladi.
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
amortizatsiya — asosiy vositalar eskirishining qiymatdagi ifodasi, shuningdek asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan qiymatini ularning foydali xizmat muddati mobaynida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning belgilangan maqsadidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga olib borish va sistematik taqsimlash;
mol-mulk mulkdori — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida tijorat banklariga sotish tartibiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 49-son, 479-modda) muvofiq bankrot korxonalarni (shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida) egalikka olgan tijorat banki;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 5-iyundagi 75, 135, 2017-27, 11/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2114-1, 16.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 511-modda)
o‘rnatilgan amortizatsiya me’yori — O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52-son (I)) 144-moddasida ko‘rsatilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya me’yori;
pasaytiruvchi koeffitsiyent — asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha o‘rnatilgan me’yorlardan kamroq amortizatsiya summasini aniqlash uchun qo‘llaniladigan hisob-kitob ko‘rsatkichi bo‘lib, uning qiymati 1,00 yoki 100% dan past, lekin 0,50 yoki 50% dan kam bo‘lmasligi lozim.
2-§. Amortizatsiyani o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash
3. Amortizatsiya, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) va (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (ro‘yxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) muvofiq turli usullarni qo‘llash orqali hisoblanadi.
4. Asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bo‘yicha amortizatsiyani o‘rnatilgan amortizatsiya me’yorlariga muvofiq hisoblayotgan korxonalar, mazkur korxonalar yangi investorlarga sotilgunga qadar, ammo ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda amortizatsiyani o‘rnatilgan me’yorlardan kamroq hisoblashlari mumkin (keyingi o‘rinlarda pasaytirilgan me’yor deb yuritiladi).
5. Korxonalar hisob siyosatida ko‘zda tutilgan amortizatsiya hisoblashning qo‘llayotgan usulidan qat’i nazar, pasaytirilgan me’yorlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblashga o‘tishi mumkin.
6. Pasaytirilgan me’yor pasaytiruvchi koeffitsiyentni asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning aniq nomi bo‘yicha o‘rnatilgan amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
7. Pasaytiruvchi koeffitsiyent, korxona faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hisobga olib korxona tomonidan, mol-mulkning mulkdorlari bilan kelishgan holda aniqlanadi. Pasaytiruvchi koeffitsiyentni aniqlash uchun korxona, tijorat banklariga berilgunga qadar bankrot korxona balansida aks ettirilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatining, ularni tijorat banklari tomonidan (shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida) tashkil qilingan korxonalarga qabul qilingan paytdagi baholangan qiymatiga nisbati, bozordagi xuddi shunday mahsulot narxining korxona mahsuloti qiymatiga nisbati, ishlab chiqarish haqiqiy hajmining ishlab chiqarish quvvatiga nisbati va boshqa ko‘rsatkichlardan biridan foydalanishi mumkin.
8. Pasaytiruvchi koeffitsiyentni aniqlash tartibi korxona rahbarining farmoyishli hujjati (buyruq, farmoyish va boshqalar) bilan tasdiqlanadi.
Pasaytiruvchi koeffitsiyent korxona tomonidan har hisobot davrida (oy, chorak, yilda) qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
9. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash, mazkur obyekt asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangunga qadar yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi.
10. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyekti bo‘yicha pasaytirilgan me’yorlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash, pasaytirilgan me’yorlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi.
11. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash, mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangan oydan yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.
12. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyektlari bo‘yicha pasaytirilgan me’yorlarda amortizatsiya ajratmalari hisobot davri mobaynida har oyda hisoblab boriladi.
13. Ishlab chiqarishi mavsumiy tusga ega bo‘lgan korxonalarda foydalaniladigan asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) bo‘yicha pasaytirilgan me’yordagi amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi, hisobot yilida ulardan foydalanish davriga teng maromda hisoblanadi.
3-§. Yakuniy qoidalar
14. Mazkur Vaqtinchalik nizom bilan belgilangan tartibda amortizatsiyani o‘rnatilgan me’yorlardan kamroq hisoblash davri tugaganidan so‘ng, kelgusida amortizatsiyani hisoblash asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati to‘liq qoplangunga qadar o‘rnatilgan amortizatsiya me’yorlariga yoki amortizatsiyani hisoblash usullariga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Amortizatsiya hisoblashning pasaytirilgan me’yorlarini qo‘llashning haqqoniyligi va asoslanganligi uchun shaxsiy javobgarlik korxonalar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 208-modda; 2017-y., 24-son, 511-modda)