|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2013
|
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA IMPORT BOJXONA BOJI VA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘IDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1802-3]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3, 01-02/8-44-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2436, 20.03.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli Farmonining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) 5-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784, 01-02/8-38-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1802, 2008-yil 3-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 19-son, 163-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
54-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
25-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
EG-01/10-1463-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
01-02/8-6-son
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 24-martdagi 54, 25, EG-01/10-1463, 01-02/8-6-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
24. |
8426 11 000 0 — 8426 19 000 0, |
Kema derrik-kranlar; ko‘tarish kranlari, shu jumladan kabel-kranlar; harakatlanadigan ko‘tarma fermalar, portalli yuk ortuvchilar va yuk ko‘tarish krani bilan jihozlangan aravachalar |
2. 81-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
81. |
8704 10, |
Yuk tashish va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan motorli transport vositalari |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 119-modda)