Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
Qarori
NOMZODLIK IMTIHONLARINI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1356-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/6-sonli “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2442, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 9-son, 28-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2004-yil 25-martdagi 103/5-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlik imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1356, 2004-yil 18-may) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. K. SULTONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-mart,
163/13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-son qaroriga
ILOVA
Nomzodlik imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻzbek yoki rus tili” degan soʻzlar “oʻzbek, rus yoki ingliz tilida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qiluvchilar “Umumiy pedagogika, pedagogika va taʼlim tarixi” fanidan ham nomzodlik imtihonini topshiradilar”.
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish huquqi tegishli fan sohalari boʻyicha ilmiy-tashkiliy tuzilmalari (kafedra, boʻlim, laboratoriya) mavjud boʻlgan hamda yetarli ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatga, shuningdek tegishli moddiy-texnik bazaga ega boʻlgan oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga OAK tomonidan beriladi.
Ixtisoslik fani boʻyicha nomzodlik imtihonlari dissertatsiya himoyasi moʻljallangan ixtisoslashgan kengashlar faoliyat koʻrsatib turgan tashkilotlar huzuridagi nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyalari tomonidan qabul qilinadi”.
4. 7-bandning birinchi—toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyalari har bir fan boʻyicha oliy oʻquv yurtining yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining rahbari tomonidan OAK bilan kelishilgan holda bir yil muddatga tuziladi. Komissiya ilmiy darajaga ega boʻlgan malakali ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlardan iborat boʻlgan besh — yetti nafar aʼzodan, shu jumladan shu fan sohasi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan raisdan iborat boʻladi. Komissiya raisidan tashqari komissiya aʼzolaridan kamida bir nafari fan doktori boʻlishi lozim.
Chet tili boʻyicha nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyasi chet tillar kafedralarining oʻqituvchilari (shundan kamida bir nafari ilmiy darajaga ega boʻlishi kerak) hamda talabgorning ixtisosligi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan va tegishli chet tilida bemalol gaplasha oladigan besh nafar aʼzodan iborat tarkibda OAK bilan kelishilgan holda bir yil muddatga tuziladi.
Talabgorlar roʻyxati buyruq bilan rasmiylashtirilib, jamoatchilikka eʼlon qilinadi. Buyruqda nomzodlik imtihonini oʻtkazish joyi va vaqti aniq koʻrsatilishi kerak.
Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyalari, uning aʼzolarining kamida toʻrt nafari, shu jumladan fan doktori ishtirok etayotgan boʻlsa imtihon olishga haqli”.
birinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Imtihon qabul qiladigan muassasa nomzodlik imtihoni qabul qilinishidan besh kun oldin talabgorlar roʻyxatini imtihon qabul qilish vaqti, joyi va komissiyaning tarkibiga doir maʼlumotlarni kuzatuv xati bilan birga OAKga yuborishi zarur”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“OAKni xabardor qilmasdan nomzodlik imtihonlarini olish man etiladi”.
“Imtihon topshiruvchi” degan soʻzlar “Talabgor” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor bilet boʻyicha savollarga imtihon komissiyasi aʼzolari oldida javob beradi. Imtihon komissiyasi aʼzolari talabgorga imtihon qabul qilinayotgan fan boʻyicha qoʻshimcha savollar berishga haqlidirlar. Imtihon natijalari boʻyicha komissiya aʼzolarining har biri oʻz bahosini komissiya raisiga maʼlum qiladi. Komissiya raisi umumiy bahoni oʻrta arifmetik ravishda chiqaradi”.
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Talabgorning bilim darajasi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Bunda baholash “aʼlo” (86 — 100), “yaxshi” (71 — 85), “qoniqarli” (55 — 70) va “qoniqarsiz” (0 — 54) koʻrinishda boʻladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ixtisoslashgan kengashlarga nomzodlik imtihonlaridan faqat “aʼlo” (86 — 100) va “yaxshi” (71 — 85) baho qoʻyilgan talabgorlarning dissertatsiya ishlarini himoyaga qabul qilish tavsiya etiladi”.
8. 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Imtihon topshiruvchining” degan soʻzlar “Talabgorning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. 14-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “imtihon topshiruvchi” degan soʻzlar “talabgor” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 117-modda)