Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
VAKOLATLI BANKLAR TOMONIDAN NOREZIDENTLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY VALYUTASIDAGI HISOBVARAQLARINI YURITISh TARTIBIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 510-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 231-son bilan tasdiqlangan “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi”ga (roʻyxat raqami 510, 1998-yil 22-oktabr) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v.v.b. Q. ROFIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 26-dekabr,
38/11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 47-modda)