Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR UCHUN ENG KAM ULGURJI-SOTISH VA CHAKANA NARXLARNI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Alkogolli mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2010-yil 1-yanvardan boshlab alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun ularning 1-ilovaga muvofiq narxlardan past narxlarda sotilishi mumkin boʻlmagan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar, mahsulotlarni sotish narxlari va hajmi oʻzgarishidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin;
alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan past narxlarda sotish holatlari aniqlangan taqdirda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga va chakana savdo korxonalariga nisbatan tegishli jarima sanksiyalari qoʻllanadi, aybdor shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
3. “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar boʻyicha belgilangan talablarga 2010-yil 1-yanvardan boshlab rioya etilishini taʼminlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar koʻrsin;
ishlab chiqaruvchi korxonalarga va chakana savdo korxonalariga 2010-yil 1-yanvardan boshlab alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilishi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda maʼlum qilsin;
alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 2010-yil 1-yanvardan boshlab, belgilangan tartibda monitoring va tekshirishlarni amalga oshirishda alkogolli mahsulotlarning belgilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan past narxlarda sotilishi hollarini aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
5. 2010-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-dekabr,
327-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga
1-ILOVA
Alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar

Sotilayotgan tovarning nomi‎

Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi‎ Eng kam chakana narx‎
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida‎ 1800‎ 2400
Konyak, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida‎ 3800‎ 5000‎
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2010-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari 60-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxdan past narxlar boʻyicha”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 569-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda, 42-43-son, 364-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)