Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA “OILA” ILMIY-AMALIY MARKAZI IShTIROKChILAR KENGAShI TARKIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Ishtirokchilar Kengashining yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishtirokchilar Kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritilishi belgilab qoʻyilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 2-fevraldagi 54-son qaroriga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-may,
242-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-maydagi 242-son qaroriga
ILOVA
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Ishtirokchilar Kengashining
TARKIBI
1.‎ Gʻulomova D.M. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Kengash raisi
2.‎ Karimova V.M. —‎ Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori
3.‎ Gʻulomov S.S. —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
4.‎ Joʻrayev R.X. —‎ Xalq taʼlimi vaziri
5.‎ Polvon-zoda A.A. —‎ Adliya vaziri
6.‎ Nazirov F.G. ‎ —‎ Sogʻliqni saqlash vaziri
7.‎ Yoʻldoshev B.S. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
8.‎ Xabibullayev P.Q. —‎ Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi
9.‎ Musurmonova O. —‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi raisi
10.‎ Jalilov Sh.I. —‎ “Mahalla” jamgʻarmasi raisi
11.‎ Ubaydullayev B.X. —‎ Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” jamoat harakati markaziy kengashi raisi
12.‎ Shodimetov Y.Sh. ‎ —‎ “EKOSAN” jamgʻarmasi raisi
13.‎ A. Qodirov —‎ Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
14.‎ Jahongirova D.N. ‎ —‎ Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda)