Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
OITSga qarshi kurashishni tashkil qilishning yagona tizimini yaratish, aholini OIV infeksiyasidan ishonchli himoyalash va lozim darajada profilaktika qilishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligini va sifatini oshirish, OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, OITSga qarshi kurashish sohasida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida:
1. Asosini Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlari tashkil etadigan zamonaviy talablarga javob beradigan OITSga qarshi kurashni tashkil etishning yagona tizimi 1-ilovaga muvofiq yaratilsin.
2. OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tashkil qilinsin.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini ta’minlash;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy rejalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
OIV infeksiyasi tarqalishiga sabab bo‘layotgan g‘ayriijtimoiy hodisalarni bartaraf etish, O‘zbekiston xalqining ma’naviy-axloqiy asoslari va azaliy qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, ushbu maqsadlarda aholi orasida rejali asosda tushuntirish ishlarini olib borishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish;
tegishli hududda va butun respublika miqyosida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish holatini monitoring qilish va doimiy ravishda kompleks baholab borish, zarur hollarda mazkur holatning yomonlashuviga qarshi javob qaytarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etish;
OIV/OITSni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz uslublarini o‘rganish va tatbiq etish;
mahalliy korxonalar bazasida OITSni davolash uchun zarur bo‘lgan zamonaviy tibbiy jihozlar, tibbiy buyumlar, shuningdek, dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan OITSga qarshi kurashish sohasida hamjihatlikni ta’minlash, ular bilan O‘zbekiston manfaatlariga to‘g‘ri keladigan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish va uni davolash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyaviy vositalarni jalb qilishda ko‘maklashish.
3. Komissiya tarkibi va Komissiya to‘g‘risidagi Nizom 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar Respublika OITSga qarshi kurash markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
hududiy OITSga qarshi kurash markazlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi va yo‘ldosh kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi, diagnostik, davolash tadbirlarini amalga oshirish;
OIV infeksiyasini yuqtirish tezligiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va baholash bo‘yicha maxsus epidemiologik tadqiqotlar o‘tkazish;
OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarga tashxis qo‘yish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish va amalga oshirish, shuningdek, OIV/OITS va yo‘ldosh kasalliklarga tashxis qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarga metodik yordam ko‘rsatish;
profilaktik, diagnostik va davolash tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;
OIV/OITSni profilaktika qilish, unga tashxis qo‘yish va davolash borasida O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan uslublarni fuqarolar salomatligini, millat genofondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilish va samaradorligini baholash;
OIV/OITSni profilaktika qilish, unga tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz uslublarini qo‘llash borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini tizimli ravishda o‘rganish, tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
tibbiyot xodimlari, boshqa mutaxassislarni OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish yo‘nalishida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni:
Respublika OITSga qarshi kurash markazining tuzilmasi hamda hududiy markazlarning namunaviy tuzilmasi;
OITSga qarshi kurash markazlari to‘g‘risidagi Nizom;
2009 — 2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi bo‘yicha sa’y-harakatlar milliy rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Moliya vazirligining OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish sohasida o‘z faoliyatini olib borayotgan muassasalar va ularning bo‘limlari xodimlari oylik maoshini 2009-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar hisobidan o‘rtacha 18 foizga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarini davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning IV guruhiga o‘tkazish;
mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va o‘ta og‘ir sharoitlari uchun tarif stavkalariga 75 foiz miqdorda qo‘shimcha to‘lov belgilash.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yilda mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ajratsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-dekabr,
PQ-1023-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida OITSga qarshi kurashni tashkil etishning
YAGONA TIZIMI

OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

 

Respublika OITSga qarshi kurash markazi

Vazirlik va idoralar

Gematologiya va qon quyish, dermatologiya va venerologiya ITI, Salomatlik instituti, Respublika markazlari, davolash-profilaktika muassasalari

Kunduzgi statsionarga (10 ta o‘rin) ega bo‘lgan poliklinika (bir smenada 50 ta tashrif)

Klinikalar

(60 ta o‘rin)

ITI va Salomatlik institutining filiallari, viloyat markazlari, dispanserlar, davolash-profilaktika muassasalari hamda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazi, viloyatlar va Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazlari

Vazirlik va idoralarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari va salomatlik markazlari, Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati tuman (shahar) markazlari

Ishonch kabinetlari

Tumanlararo diagnostika laboratoriyalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qaroriga
2-ILOVA
OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi
TARKIBI

Sh.M. Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

R.S. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari

F.G. Nazirov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, komissiya raisining o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha ATD bosh mutaxassisi, komissiya kotibi

Komissiya a’zolari:

A. Parpiyev

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

G‘.B. Shoumarov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

R.J. Kurbanov

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri

Sh.I. Salixov

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

A.A. Xaitov

O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri v.b.

H.S. Karomatov

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

E.T.Salixov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati bosh konsultanti

S.B. Xolboyev

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari

A.X. Qo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari

R.M. Shoabdurahmonov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari

T.A. Hamroqulov

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari

N.T. Yo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari

M.M. Xolmuxamedov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari — Kasb-hunar ta’limi markazi direktori

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

M. Hazratqulov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

G.M. G‘iyosova

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori

M. Quronov

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari

M.M. Xojimatov

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari

U.T. Alimov

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi

A.X. Ahmedov

“Mahalla” jamg‘armasi boshqaruvi raisi

N.K. To‘rayeva

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

A.M. Alimov

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi

N.N. Habibullayev

Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi raisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qaroriga
3-ILOVA
OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
II. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining O‘zbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy rejalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
OIV infeksiyasi tarqalishiga sabab bo‘layotgan g‘ayriijtimoiy hodisalarni bartaraf etish, O‘zbekiston xalqining ma’naviy-axloqiy asoslari va azaliy qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, ushbu maqsadlarda aholi orasida rejali asosda tushuntirish ishlarini olib borishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish;
tegishli hududda va butun respublika miqyosida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish holatini monitoring qilish va doimiy ravishda kompleks baholab borish, zarur hollarda mazkur holatning yomonlashuviga qarshi javob qaytarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
OIV/OITSni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz uslublarini o‘rganish va O‘zbekistonda tatbiq etishni ta’minlash;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan OITSga qarshi kurashish sohasida hamjihatlikni ta’minlash, ular bilan O‘zbekiston manfaatlariga to‘g‘ri keladigan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish va uni davolash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilishda ko‘maklashish.
5. Komissiya o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan OIV infeksiyasi, giyohvandlik va jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalar tarqalishini profilaktika qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, davlat dasturlarining amalga oshirilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkillashtiradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
OIV infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya yig‘ilishlarida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining OIV infeksiyasi tarqalishini profilaktika qilish bo‘yicha milliy harakatlar rejalarini va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
respublikada OIV infeksiyasi tarqalishini profilaktika qilishning monitoringi natijalarini tahlil qilish va baholash bo‘yicha ishlarni olib boradi hamda vaziyatga nisbatan javob qaytarish bo‘yicha aniq tavsiyalar tayyorlaydi;
yetakchi olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda, respublikamizda qo‘llanilayotgan OIV/OITSni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolash metodlarining samaradorligini tahlil qilishni ta’minlaydi;
mahalliy korxonalar bazasida OITSni davolash va unga tashxis qo‘yish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy tibbiy jihozlar, tibbiy buyumlar va dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha ish olib boradi;
OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
OITS tarqalishiga sabab bo‘layotgan fohishabozlik va giyohvandlik singari g‘ayriijtimoiy holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks rejalar ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ma’naviy-axloqiy asoslar, an’anaviy qadriyatlar va O‘zbekiston xalqining mentalitetini inobatga olgan holda, OIV/OITSni profilaktika qilish masalalariga oid o‘quv-metodik, axborot-tushintirish materiallari ishlab chiqilishini tashkillashtiradi;
ma’nan boy, har tomonlama rivojlangan barkamol yoshlarni shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalarida OITS profilaktikasi masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil qiladi;
OITSni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz uslublarini respublikada joriy etish, tibbiyot muassasalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekistonda xalqaro va xorijiy tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan OITS tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalar va dasturlarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqib, bu borada qarorlar qabul qiladi;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan OITS tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalar va dasturlarni amalga oshirishning borishini muvofiqlashtiradi va monitoringini ta’minlaydi.
Komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
III. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
6. Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilik hujjatlari va OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish masalalari bilan bog‘liq institutsional asoslarni takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan zarur ma’lumotlar va materiallarni belgilangan tartibda olish;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat, xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan respublikada OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
respublikada OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir qonunchilik hujjatlarining buzilishiga olib kelayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish, tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat, xalqaro va xorijiy tashkilotlar oldiga OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini qo‘yish;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya ishiga vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va jamoatchilik vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
yetakchi olimlar va yuqori malakali mutaxassislar orasidan o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlari tuzish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
7. Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun javobgar hisoblanadi.
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
8. Komissiya jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatadi va Komissiya raisi, rais o‘rinbosarlari, kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari kiritiladi.
9. Komissiya faoliyati a’zolarning teng huquqliligi va qarorlarni qabul qilishda kollegiallik tamoyillariga asoslanadi.
Komissiya yig‘ilishlari uning vakolatiga kiruvchi masalalar tayyorlanishiga qarab, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Komissiya yig‘ilishi uning ishida a’zolarning oddiy ko‘pchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Komissiya qarorlari yig‘ilishda ishtirok etayotgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya yig‘ilishida bayonnoma yuritilib, u Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
10. Komissiya yig‘ilishlarini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti tomonidan amalga oshiriladi.