Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.10.2009
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO VALYUTA FONDI VA JAHON BANKI GURUHI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek mavjud qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yangilarini tayyorlashni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi bilan hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash) tuzilsin.
Muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida 2-ilovaga muvofiq ishchi guruhi tuzilsin, unga kengash kotibiyati funksiyasi yuklansin.
2. Muvofiqlashtiruvchi kengashga:
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ko‘rsatiladigan moliyaviy va texnik yordamdan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari;
makroiqtisodiy rivojlantirish borasida xorijiy va milliy ekspertlar tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklansin.
3. Moliyaviy va texnik hamkorlik loyihalarida ishtirok etadigan vazirliklar va idoralarga:
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul shaxslarni tayinlash;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tasdiqlangan amaldagi loyihalarni bajarishning borishi to‘g‘risida Muvofiqlashtiruvchi kengashga yilning har choragida hisobotlar taqdim etish yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 22-iyul,
261-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1- ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-dekabrdagi 520-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2- ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-dekabrdagi 520-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)