Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.08.2013
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN ISTE’MOL TOVARLARINING RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 27-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1853-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 16-iyuldagi 40, 67, 7, 01-02/8-16-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2500, 12.08.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli qarorini (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 31-32-son, 309-modda) ijro etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 1-avgustdagi 56, 73, EG-01/19-3822, 01-02/8-46-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlari ro‘yxatining (ro‘yxat raqami 1853, 2008-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 37-38-son, 384-modda) “TIF TN kodi 2007-yil tahriri” grafasidagi “8523 (8523 21 000 0 va dasturiy ta’minotdan tashqari)” kodli satri “8523 29 — 8523 52 900 1 (dasturiy ta’minotdan tashqari), 8523 52 900 9 (bank plastik kartochkalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan chip-modullardan tashqari), 8523 59 — 8523 80 (dasturiy ta’minotdan tashqari)” kodli satr bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XO‘JAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyun,
76-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyun,
65-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyun,
EG-01/10-3881-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyun,
01-02/8-13-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 27-son, 318-modda)