OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
AVIATSIYA ISHLARIGA MANSUB XIZMATLAR ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-martda 1924-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 247-modda)ning 94-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Aviatsiya ishlariga mansub xizmatlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 12-fevral,
13-son
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 12-fevraldagi 13-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Aviatsiya ishlariga mansub xizmatlar
T/r‎ Xizmatlar guruhining nomi‎ Ushbu guruhga kiradigan aviatsiya ishlari turlarining roʻyxati‎
‎1 ‎2 3‎
1. Moddalarni va biologik obyektlarni sepish — qishloq xoʻjalik maydonlariga va qishloq xoʻjalik ekinlariga ishlov berish‎
— inson va hayvonlarning parazitlari va kasallik tarqatuvchilari bilan kurashish
— yerlarni rekultivatsiya qilish va chang yer yuzalarini qotirish‎
— tuproqni va yopiq suv havzalarini zararsizlantirish‎
— neft koʻloblari bilan kurashish‎
— oʻrmon va yaylovlar yongʻini bilan kurashish‎
— turar joy va sanoat obyektlarida yongʻinni oʻchirish‎
— qor va muz erishini tartibga solish‎
— yogʻinlar chaqirish ishlari‎
2. Havodan suratga olish, kuzatish va patrullik qilish — qidiruv-suratga olish ishlari‎
— aerosuratga olish parvozlari‎
— aerovizual parvozlar‎
— aerofotosuratga olish ishlari
3.‎ Qurilish-montaj ishlari‎ — balandlikda qurilish-montaj va yuklash-tushirish ishlarini taʼminlash ishlari
4.‎ Aholiga tibbiy yordam koʻrsatish va sanitariya tadbirlarini amalga oshirishga doir parvozlar ‎
‎5. Borish qiyin boʻlgan joylarga odamlar va yuklarni yetkazish — turli ekspeditsiyalar, ilmiy va xoʻjalik tashkilotlariga aloqa qilish, buyurtmachining yoʻlovchilari, yuk va jihozlarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatish
— borish qiyin boʻlgan joylarga odamlar va yuklarni yetkazish
6.‎ Parashutchilar desantini tashish‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 137-modda)