Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLI PUNKTLARINI KOMPLEKS QURIShDA ShAHARSOZLIK NORMALARI VA QOIDALARI QATʼIY BAJARILIShINI NAZORAT QILIShNI KUChAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 17 apreldagi 214-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan nazoratning susaytirib yuborilganligi natijasida, shuningdek shaharlar (tumanlar) hokimlarining loqaydligi oqibatida aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, meʼmoriy va tarixiy-madaniy yodgorliklarni tiklashda, avtomobil yoʻllari qurishda, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini joylashtirishda shaharsozlik faoliyati sohasida belgilangan normalar va qoidalarning qoʻpol ravishda buzilishi hollari davom etmoqda.
Hududiy arxitektura va qurilish boʻlinmalari rahbarlarida zarur qatʼiyat yoʻqligi oqibatida aholi punktlarini qurish shaharsozlik va arxitektura normalari, kommunikatsiya, transport va sanitariya talablari, istiqbolli qurish rejalari bilan mutlaqo bogʻlanmasdan amalga oshirilmoqda.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli mansabdor shaxslarining harakatsizligi, passivligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining aholi punktlarini kompleks qurish muammolarini hal qilishdan oʻzlarini chetga olishlari shaharlar va tumanlarning tashqi qiyofasi buzilishiga, aholining asosli noroziligiga olib kelmoqda, shuningdek respublika mehmonlarida salbiy taassurot tugʻdirmoqda.
Respublika aholi punktlarini zamonaviy shaharsozlik talablari va milliy anʼanalarga muvofiq kompleks rivojlantirishni taʼminlash, meʼmoriy-tarixiy merosni saqlab qolish, qabul qilinayotgan loyiha yechimlari sifatini oshirish, shuningdek shaharsozlikka oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarining tegishli hududda shaharsozlik faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, aholi punktlarini kompleks qurishda bosh rejalarga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va uning hududiy arxitektura va qurilish boʻlinmalari, davlat arxitektura-nazorati rahbarlari aholi punktlarini kompleks qurish bosh rejalariga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1-ilovaga muvofiq tarkibda Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) va respublika mintaqalari boʻyicha zaruriyatga qarab vaqtinchalik faoliyat yuritadigan ishchi guruhlari tashkil etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, hududiy qurilish, yer resurslari va davlat kadastri boʻlinmalari, boshqa aloqador organlar tomonidan shaharsozlikka oid qonunchilikka, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, hududiy qurilish boʻlimlari tomonidan aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarining asosiy qoidalari amalga oshirilishini nazorat qilish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
aholi punktlarini zamonaviy talablar va milliy anʼanalarga muvofiq shaharsozlik jihatidan kompleks rivojlantirishni, ularning meʼmoriy-badiiy qiyofasini va boy meʼmoriy-tarixiy merosni saqlab qolishni taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha takliflar kiritish;
shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari, atrof muhitni muhofaza qilish, ekologiya xavfsizligi talablariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya etilishi ahvolini har tomonlama oʻrganish;
noqonuniy qurilishlarning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalaridan nooʻrin foydalanilishining oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
shaharsozlik faoliyati samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy qoidalarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shaharsozlikka oid qonunchilik yuzasidan takliflar tayyorlash;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlikka oid qonunchilikning qoʻpol buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun tegishli mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Belgilab qoʻyilsinki, Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn kun muddatda Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyalari tashkil etsinlar.
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Komissiya (N.Xanov):
aholi punktlarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishining ishchi guruhlar tomonidan muntazam ravishda oʻrganilishini taʼminlasin;
tasdiqlangan jadvalga muvofiq ishchi guruhlar tomonidan oʻrganish natijalari koʻrib chiqilishini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli rahbarlarining hisobotlari eshitib borilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 12-fevral,
41-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi 41-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi
TARKIBI

Ramatov A.J.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi

Lavozimiga kura

Qurilish vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari

Ergashev R.

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

Zakirov B.I.

Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

Tulyaganov K.N.

Qurilish vazirining oʻrinbosari

Abdullayev A.X.

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining raisi

Gulyamov R.A.

Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari

Kuchkarov B.T.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi

Saliyev M.X.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

Mirzabayev D.S.

Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi

Abduvaliyev A.A.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

Javlonov Sh.S.

Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisi

Adilxodjayev B.E.

“ToshkentboshplanLITI” DUK direktori

Madjidov G.G.

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK direktori

Axmedov I.S.

“Qishloqqurilishloyiha” institutining direktori

Lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

Hikmatullayev R.

Qurilish vazirligining hududlarni arxitektura va shaharsozlik jihatidan rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, Komissiyaning masʼul kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Komissiya tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi aholi punktlarida zaruriyatga qarab vaqtinchalik kompleks qurilishni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI

1.

Qurilish vazirligi — bosh boshqarma boshligʻi

2.

Ichki ishlar vazirligi — boshqarma boshligʻi

3.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — boshqarma boshligʻi

4.

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi — boshqarma boshligʻi

5.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — boshqarma boshligʻi

6.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi — boshqarma boshligʻi

7.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmasi — boshqarma boshligʻi

8.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi — boshqarma boshligʻi

9.

Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi — rais oʻrinbosari

10.

“ToshkentboshplanLITI” DUK — direktor oʻrinbosari

11.

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK — direktor oʻrinbosari

12.

“Qishloqqurilishloyiha” instituti — direktor oʻrinbosari

Izoh. Zaruratga qarab, komissiya raisi tomonidan shu tarkibda bir yoki undan ortiq ishchi guruhlari tuzilishi mumkin. Guruh rahbari etib Respublika komissiyasi aʼzolaridan biri biriktiriladi.
(1-ilovaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi 41-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) respublika aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) faoliyat koʻrsatadi, ularning tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
II. Komissiyaning asosiy vazifalari va huquqlari
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, hududiy qurilish, yer resurslari va davlat kadastri boʻlinmalari, boshqa aloqador organlar tomonidan shaharsozlikka oid qonunchilikka, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, hududiy qurilish boʻlimlari tomonidan aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarining asosiy qoidalari amalga oshirilishini nazorat qilish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
aholi punktlarini zamonaviy talablar va milliy anʼanalarga muvofiq shaharsozlik jihatidan kompleks rivojlantirishni, ularning meʼmoriy-badiiy qiyofasini va boy meʼmoriy-tarixiy merosni saqlab qolishni taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha takliflar kiritish;
shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari, atrof muhitni muhofaza qilish, ekologiya xavfsizligi talablariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya etilishi ahvolini har tomonlama oʻrganish;
noqonuniy qurilishlarning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalaridan nooʻrin foydalanilishining oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
shaharsozlik faoliyati samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy qoidalarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shaharsozlikka oid qonunchilik yuzasidan takliflar tayyorlash;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlikka oid qonunchilikning qoʻpol buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun tegishli mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
oʻz qarorlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari tegishli rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Komissiya qarorlarining bajarilishini taʼminlamagan tegishli mansabdor shaxslarga intizomiy va boshqa jazo choralari qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
vakolatli davlat organlariga tegishli hududda shaharsozlikka oid qonunchilik talablari buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yoki belgilangan tartibda taqiqlash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Komissiya faoliyatini tashkil etish
7. Komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Komissiya majlislarini chaqirish va uning kun tartibini belgilash;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan Komissiya aʼzolari ishlarini muvofiqlashtirish;
Komissiya tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Komissiyaning samarali ishlashini taʼminlash yuzasidan boshqa xatti-harakatlarni bajarish.
8. Komissiya oʻz ishlarini Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja va ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalarini koʻrib chiqish jadvali asosida tashkil qiladi.
9. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasi va jadvalga muvofiq har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
10. Komissiya majlisini uning raisi boshqaradi. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
11. Komissiya raisi bilan kelishgan holda uning obyektiv sabablarga koʻra majlisda qatnashmayotgan aʼzolari oʻrniga ularning vakolatli vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishlari mumkin.
12. Komissiya majlisiga tegishli ishchi guruhlar aʼzolari, hududiy komissiyalarning rahbarlari, hokimliklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari, shuningdek, koʻrib chiqilayotgan masalalar xarakteriga koʻra, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari taklif etiladi.
13. Komissiya majlislarida ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlarning natijalari koʻrib chiqiladi, shuningdek hududiy komissiyalarning, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari tegishli rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.
14. Komissiya har chorakda Vazirlar Mahkamasiga bajarilgan ishlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
IV. Komissiyaning ishchi guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi
15. Komissiya yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qiladi, ularga ishlash uchun tegishli mutaxassislarni jalb etadi.
16. Ishchi guruhlar faoliyati Komissiyaning uning raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasiga va joylarda aholi punktlarini kompleks qurish masalalarini oʻrganish jadvaliga muvofiq tashkil etiladi.
17. Ishchi guruh joylarga borgan holda aholi punktlarini kompleks qurishning ahvolini oʻrganadi va tahlil qiladi. Bunda oʻrganish va tahlil qilish Komissiya raisi tasdiqlaydigan oʻrganish rejasiga va savollariga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Ishchi guruhlar oʻz faoliyatini hududiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi. Joylardagi ishchi guruhlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash hududiy komissiyalar raislari zimmasiga yuklanadi.
19. Ishchi guruh joylarga borgungacha, tayyorlangan oʻrganish rejasi va savollari tegishli hududiy komissiyaga yuboriladi, hududiy komissiya ular asosida zarur materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi.
20. Ishchi guruh joylarga kelgach hududiy komissiya tomonidan tayyorlangan materiallarni, hududiy komissiya faoliyatini, Komissiya qarorlarining bajarilishini oʻrganadi va tahlil qiladi.
Aholi punktlarini kompleks qurishning ahvolini oʻrganish ishchi guruh tomonidan, tegishli aholi punktlariga, ishlayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarga, kelgusida qurish moʻljallanayotgan hududlarga bevosita borgan holda amalga oshiriladi.
Ishchi guruh oʻz vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
aholi punktlarini kompleks qurishning ahvolini oʻrganish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlarining mutaxassislarini jalb qilish;
mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boʻlinmalaridan zarur maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari tegishli rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
tegishli hududiy komissiyalarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boʻlinmalariga aholi punktlarini kompleks qurish sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shaharsozlikka doir qonunchilikka, shaharsozlik normalari va qoidalariga qatʼiy va izchil rioya qilinishini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boʻlinmalariga Komissiya qarorlari bajarilishini taʼminlamagan tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy va boshqa jazo choralari qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish.
21. Ishchi guruh oʻrganish natijalari boʻyicha hududiy komissiya bilan birgalikda, komissiya majlislarida koʻrib chiqish uchun xulosa va tegishli materiallar tayyorlaydi. Xulosa ishchi guruh va hududiy komissiya rahbari tomonidan imzolanadi hamda boshqa materiallar bilan birga Komissiyaga kiritiladi.
Ishchi guruhlar va hududiy komissiyalarning rahbarlari va aʼzolari tayyorlangan materiallarning sifati va xolisonaligi uchun shaxsan javob beradilar.
22. Ishchi guruhlarning ish reglamenti, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ishlarning ahvolini oʻrganish va Komissiya majlisida koʻrib chiqishga kiritish uchun tegishli takliflar tayyorlash tartibi Komissiya tomonidan belgilanadi.
V. Komissiyaning ishchi organi va kotibi
23. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
24. Komissiyaning ishchi organi:
navbatdagi davr uchun Komissiyaning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi va vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, korxonalar hamda Komissiya aʼzolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalarni olish huquqiga ega boʻladi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlashni va Komissiya majlislarini oʻtkazishni tashkil qiladi;
Komissiyaga koʻrib chiqish uchun axborot va tahliliy materiallarni taqdim etadi;
Komissiyaga koʻrib chiqish uchun uning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.
25. Komissiya kotibi:
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlar va ishchi organ ishlarini tashkil qiladi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Komissiya majlislarini oʻtkazishni tashkil qiladi;
Komissiya raisi bilan majlislarni oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini kelishib oladi;
Komissiya aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkazilish sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Komissiya qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Komissiya aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
VI. Komissiya majlisiga materiallar tayyorlash tartibi
26. Ishchi guruhlar va hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan materiallarni ishchi organ koʻrib chiqadi, u Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun ularni rasmiylashtiradi, Komissiya majlisining kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar paketini Komissiya kotibiga taqdim etadi.
27. Komissiya majlisi kun tartibidagi har bir masala uchun hujjatlar paketida qaror qabul qilish uchun zarur materiallar (ishchi guruhlarning xulosalari, tahliliy maʼlumotnomalar, jadvallar va shu kabilar) hamda Komissiya qarorining loyihasi mavjud boʻlishi kerak.
28. Komissiya kotibi taqdim etilgan materiallar toʻgʻrisida Komissiya raisiga axborot beradi, Komissiya raisi kun tartibi va taqdim etilgan materiallar maʼqullangan taqdirda Komissiya majlisi oʻtkaziladigan vaqtni va sanani, shuningdek Komissiya majlisiga taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.
29. Komissiya kotibi ishchi organ bilan birgalikda majlis materiallarini protokol loyihasi bilan birga Komissiya aʼzolariga, zaruriyat boʻlganda, shuningdek majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga yuborishni taʼminlaydi.
VII. Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
30. Komissiya qarori Komissiyaning majlisda qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
31. Komissiya raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Komissiyaning alohida masalalar boʻyicha Komissiya aʼzolari bilan kelishilgan qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.
32. Komissiya qarorlari Komissiya majlisi protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya majlisi protokoliga uning barcha aʼzolari tomonidan rozilik belgisi qoʻyiladi, u kotib tomonidan imzolanadi, Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Komissiya aʼzolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
33. Komissiya protokolining asl nusxasi va unga tegishli materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
34. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
35. Komissiya qarorlarining bajarilishini nazorat qilish Komissiyaning ishchi organi va ishchi guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
36. Ishchi organ va ishchi guruhlar Komissiya qarorlarini bajarilishini muntazam ravishda oʻrganishadi va koʻrib chiqishadi, zaruriyat boʻlganda Komissiya raisiga tegishli takliflar kiritishadi.
Qabul qilingan qarorlar bajarilmagan taqdirda Komissiya raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritishga haqlidir.
37. Komissiya qarorlarining hududlarda bajarilishini tashkil etish hududiy komissiyalarga yuklanadi. Hududiy komissiyalar Komissiya qarorlari bajarilishini tashkil etish boʻyicha zarur tadbirlarni ishlab chiqadilar va ularning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlaydilar.
38. Ishchi organ, ishchi guruhlar va hududiy komissiyalar Komissiya qarorlarining bajarilishi natijalari toʻgʻrisida har oyda Komissiyaga zarur materiallarni ilova qilgan holda tegishli tahliliy maʼlumotnoma taqdim etadilar.
39. Komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ahvolini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi 41-son qaroriga
3-ILOVA
Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tegishli hududda aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi.
2. Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiya deb ataladi) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Hududiy komissiya tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) hisob beradi.
Hududiy komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining tumanlar (shaharlar) hokimliklari, hududiy qurilish boʻlinmalari, shuningdek tegishli hududda joylashgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan bajarilishi majburiydir.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
II. Hududiy komissiyaning vazifalari va huquqlari
4. Quyidagilar hududiy komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tumanlar (shaharlar) hokimliklari, hududiy qurilish, yer resurslari va davlat kadastri boʻlinmalari, boshqa aloqador organlar tomonidan shaharsozlikka oid qonunchilikka, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tumanlar (shaharlar) hokimliklari, hududiy qurilish boʻlinmalari tomonidan aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarining asosiy qoidalari, hududlarni rejalashtirish sxemalari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish sxema va loyihalari, tumanni (tumanlar guruhini) rejalashtirish loyihalari, qurish qoidalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va taʼminlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni oqilona joylashtirish, rivojlantirish, aholi punktlari yerlaridan maqsadli foydalanish, uy-joy fondi hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar saqlanishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
zamonaviy talablar va milliy anʼanalarga muvofiq aholi punktlarini shaharsozlik boʻyicha kompleks rivojlantirishni, ularning meʼmoriy-badiiy qiyofasi va boy meʼmoriy-tarixiy meros saqlanishini taʼminlash boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish va takliflar kiritish;
shaharsozlik faoliyati obyektlarining, shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish, ularni ekspertizadan oʻtkazish, shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga, atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya norma va qoidalariga rioya etilishi monitoringini olib borish;
noqonuniy qurilishlarning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalaridan nooʻrin foydalanishning oldini olish va unga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrish;
shaharsozlik faoliyati samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalari asosiy qoidalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shaharsozlikka doir qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Hududiy komissiya quyidagi huquqlarga ega:
oʻz qarorlarining shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan hududiy komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari tegishli rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Komissiya qarorlarining bajarilishini taʼminlamagan tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy va boshqa jazo choralarini qoʻllash shuningdek aybdor shaxslarni qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
vakolatli davlat organlariga tegishli hududda shaharsozlikka doir qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yoki belgilangan tartibda toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Hududiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish
6. Hududiy komissiya ushbu Nizomga ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etiladi.
7. Hududiy komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
hududiy komissiya faoliyatini unga yuklangan vazifalarga muvofiq tashkil etish;
hududiy komissiya majlislarini chaqirish va ularning kun tartibini belgilash;
Komissiya va hududiy komissiya qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
hududiy komissiya aʼzolarining unga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
hududiy komissiyaning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa xatti-harakatlarni bajarish.
Hududiy komissiya raisi:
Komissiyaga va uning ishchi guruhlariga haqqoniy va mufassal axborotning oʻz vaqtida taqdim etilishi;
hududiy komissiyaning unga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha faoliyatining natijadorligi uchun javob beradi.
8. Hududiy komissiya aʼzolari ular oʻrtasida taqsimlangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradilar.
9. Hududiy komissiya oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi ish rejasiga muvofiq ishlab chiqiladigan va hududiy komissiya raisi tasdiqlaydigan yillik reja asosida tashkil qiladi.
10. Hududiy komissiya doimiy va muntazam ravishda, tegishli aholi punktlariga, ishlayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarga istiqbolli qurish moʻljallanayotgan hududlarga bevosita borgan holda shaharsozlikka oid qonunchilik, shaharsozlik normalari va qoidalarining talablari bajarilishining ahvolini oʻrganadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Hududiy komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Hududiy komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
12. Hududiy komissiya majlisini uning raisi boshqaradi. Hududiy komissiya raisi boʻlmagan taqdirda majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi. Hududiy komissiya majlisi unda oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hududiy komissiya qarori aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda hududiy komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hududiy komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
13. Hududiy komissiya raisi bilan kelishgan holda uning obyektiv sabablarga koʻra majlisda qatnashmayotgan aʼzolari oʻrniga ularning vakolatli vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishlari mumkin.
14. Hududiy komissiya raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida hududiy komissiya aʼzolari bilan kelishilgan alohida masalalar boʻyicha qarorlarni soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.
15. Hududiy komissiya majlislariga hokimliklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari, shuningdek, koʻrib chiqilayotgan masalalar xarakteriga koʻra, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boʻlinmalari rahbarlari taklif etiladi.
Hududiy komissiya majlislarida hududiy guruhlar tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlarning natijalari koʻrib chiqiladi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy boʻlinmalari tegishli rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.
16. Hududiy komissiya qarorlari hududiy komissiya majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Hududiy komissiya majlisi protokoliga uning barcha aʼzolarining rozilik belgisi qoʻyiladi, protokol kotib tomonidan imzolanadi, hududiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddatda hududiy komissiya aʼzolariga, manfaatdor tashkilotlarga va Komissiyaning ishchi organiga yuboriladi.
17. Hududiy komissiya protokolining asl nusxasi va unga tegishli materiallar hududiy komissiyaning ishchi organida saqlanadi.
18. Hududiy komissiya qarorlarining bajarilishini nazorat qilish hududiy komissiyaning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Hududiy komissiya har oyda, oy tugagandan keyin 10 kun mobaynida Komissiyaga hisobot davrida bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
IV. Hududiy komissiyaning ishchi organi
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tegishli ravishda hududiy komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
21. Hududiy komissiyaning ishchi organi:
navbatdagi davr uchun hududiy komissiyaning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
hududiy komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi va mahalliy davlat hokimiyati tegishli organlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlaridan hamda hududiy komissiya aʼzolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalarni olish huquqiga ega boʻladi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlashni va hududiy komissiya majlislarini oʻtkazishni tashkil qiladi;
hududiy komissiyaga koʻrib chiqish uchun axborot va tahliliy materiallarni taqdim etadi;
hududiy komissiyaga koʻrib chiqish uchun uning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha hududiy komissiyaning majlislarini oʻtkazishni tashkil qiladi;
hududiy komissiya raisi bilan majlislarni oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini kelishib oladi;
hududiy komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkazilish sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
hududiy komissiya qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini hududiy komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
hududiy komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni hududiy komissiya aʼzolariga, manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalariga mutasaddi oʻrinbosari (hududiy komissiya raisi).
2. Hududiy qurilish boʻlimi rahbarlari.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
3. Hududiy yer resurslari va davlat kadastri boʻlinmasining rahbari.
4. Hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boshqarmasining rahbari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
5. Hududiy tabiatni muhofaza qilish boʻlinmasining rahbari.
6. Hududiy ichki ishlar boʻlinmasi rahbarining oʻrinbosari.
7. Hududiy iqtisodiyot boʻlinmasining rahbari.
8. “Mahalla” jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasi rahbari.
9. Boshqa aloqador organlar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 77-modda; 2011-y., 31-son, 327-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)