

<!DOCTYPE html>

<html lang="en-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/en/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.10.2020
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1436507" id="onLBC-1436507">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6999"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1436507" id="onLS-1436507">[<b>TSZ:</b><div id="LS3744"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Aloqa]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1436509" id="-1436509">OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1436510" id="-1436510">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1436511" id="-1436511">MOBIL ALOQA XIZMATLARINI KOʻRSATISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1436513" id="-1436513">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1900]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1436515" id="-1436515"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-4969228" id="-4969228">Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/en/acts/-4962057?ONDATE=01.10.2020 00#-4966372">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436517" id="-1436517">Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/en/acts/-33150">“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”</a>gi, <a href="/en/acts/-4704">“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”</a>gi qonunlariga muvofiq mobil aloqadan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish tartibi hamda shartlarini, mobil aloqa tarmogʻi operatorlari va foydalanuvchilarining huquq hamda majburiyatlarini, shuningdek, ularning javobgarliklarini belgilash maqsadida buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436518" id="-1436518">1. “Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish <a href="/en/acts/-1436507#-1436524">qoidalari</a>” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436519" id="-1436519">2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kundan keyin kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1436520" id="-1436520">Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1436521" id="-1436521">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1436522" id="-1436522">2009-yil 4-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1436523" id="-1436523">2-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1436524" id="-1436524"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-1436525" id="-1436525">Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 4-yanvardagi 2-son <a href="/en/acts/-1436507">buyrugʻi</a> bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1436526" id="-1436526">Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1436527" id="-1436527"><strong>QOIDALARI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1436528" id="-1436528"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436530" id="-1436530">Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik <a href="/en/acts/-111189">kodeksi</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/en/acts/-33150">“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”</a>gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 219-modda), <a href="/en/acts/-4704">“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”</a>gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 59-modda) va <a href="/en/acts/-18942">“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”</a>gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 170-modda) qonunlariga muvofiq, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish hamda uni koʻrsatish tartibi va shartlarini, mobil aloqa tarmoqlari operatorlari va abonentlarning huquq va majburiyatlarini, shuningdek ularning javobgarligini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1436531" id="-1436531">1-§. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436532" id="-1436532">1. Mazkur Qoidalar mobil aloqa abonentlari (bundan keyin matnda abonentlar deb yuritilada) va mobil aloqa tarmoqlari operatorlari (bundan keyin matnda operatorlar deb yuritiladi) foydalanishi uchun majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436533" id="-1436533">2. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436534" id="-1436534"><strong>abonent</strong> — mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishi uchun operator bilan shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436536" id="-1436536"><strong>abonent raqami</strong> — mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishi uchun shartnomaning amal qilish davrida abonentga operator tomonidan ajratiladigan raqam; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436537" id="-1436537"><strong>abonent qurilmasi</strong> — abonentga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi mobil aloqa tarmogʻining oxirgi uskunasi, elementi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436539" id="-1436539"><strong>tarifikatsiya birligi</strong> — operator tomonidan belgilangan tarifikatsiya tizimiga bogʻliq boʻlgan koʻrsatiladigan xizmatning toʻlanadigan birligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436540" id="-1436540"><strong>xizmat koʻrsatish zonasi</strong> — operator litsenziya bitimi asosida aloqa xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladigan va normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻrnatilgan shartlarga javob beradigan xizmatlar sifatini taʼminlash uchun texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan hudud;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436541" id="-1436541"><strong>operator</strong> — mobil aloqa tarmogʻiga ega boʻlgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436542" id="-1436542"><strong>mobil aloqa tarmogʻi</strong> — abonentlarga mobil aloqa (telefon, maʼlumotlarni uzatish va boshqalar) xizmatlarini koʻrsatuvchi texnik vositalar (kommutatsion va radiouskuna, abonent qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va sh. k.) majmui. Mobil aloqa tarmoqlariga aloqaning mobil radiotelefon (sotali, trank, lokal-trank, radial-zona, global shaxsiy mobil yoʻldoshli) tarmoqlari kiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436544" id="-1436544"><strong>yirik avariya</strong> — tarmoq va mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish harakati toʻxtatilishiga olib keladigan avariya;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436545" id="-1436545"><strong>tarif rejasi</strong> — operator bir yoki bir nechta mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishni taqdim etadigan baholi shartlar jami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436547" id="-1436547"><strong>SIM-karta</strong> — abonent qurilmasining identifikatsiyasini, uning mobil aloqa tarmogʻidan foydalanishni, shuningdek abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoyani taʼminlanishi yordamida qurilgan mikrosxemali identifikatsion modul. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436548" id="-1436548">3. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq operatorlarning faoliyati belgilangan tartibda olingan litsenziya asosida hamda operator va litsenziya beruvchi organ oʻrtasida tuzilgan litsenziya bitimiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436549" id="-1436549">4. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishda operatorlar hamda telekommunikatsiya tarmoqlarining boshqa operatorlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436551" id="-1436551">5. Mobil aloqa xizmatlari operator va abonent oʻrtasida tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436553" id="-1436553">6. Abonent operatordan mobil aloqaning abonent qurilmasini sotib olishi yoki ijaraga olishi yoxud oʻzining shaxsiy abonent qurilmasidan foydalanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436555" id="-1436555">7. Foydalanilayotgan abonent qurilmasi Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartlarga muvofiq, uskunaning ushbu turiga qoʻyiladigan belgilangan texnik talablarga javob berishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436556" id="-1436556">8. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ “Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/en/acts/-1279545#-1279783">nizomda</a> (2007-yil 27-noyabr, roʻyxat raqami 1743 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 492-modda) belgilangan tartibda mobil aloqaning istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning ishlashini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436557" id="-1436557">9. Operatorlar odamlarning dengizdagi, yerdagi, havodagi, kosmik fazodagi xavfsizligiga, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni oʻtkazishga taalluqli xabarlar, shuningdek yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlar haqidagi xabarlarga mutlaq ustuvorlik taqdim etishlari lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436559" id="-1436559">10. Operatorlar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon soʻzlashuvlari va boshqa xabarlar, shuningdek ularga taalluqli boʻlgan barcha maʼlumotlar sir tutilishiga rioya qilishga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436560" id="-1436560">Telefon soʻzlashuvlarini eshitish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan xabarlar bilan tanishish, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishga, shuningdek soʻzlashuvlar sirlariga doir boshqa cheklanishlariga qonun bilan belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436561" id="-1436561">11. Operator shartnomani bajarish tufayli unga oshkor boʻlgan abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, abonentning roziligisiz uchinchi shaxslarga berishi yoki tarqatishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1436562" id="-1436562">2-§. Abonentlarga koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436563" id="-1436563">12. Abonentlarga operator tomonidan koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlarining roʻyxati operatorga tegishli boʻlgan mobil aloqa tarmogʻining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda operator tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436564" id="-1436564">13. Abonentlarga koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlari shartnoma shartlariga, shuningdek operatorning xizmatlar toʻgʻrisida axborotiga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436565" id="-1436565">14. Operator abonentga mobil aloqa xizmatlaridan kecha-kunduz foydalanish imkonini taʼminlashga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436566" id="-1436566">15. Operator axborot-maʼlumot xizmat tizimini yaratishga va pulli hamda bepul axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatishga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436567" id="-1436567">16. Operator tomonidan koʻrsatiladigan bepul xizmatlarga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436568" id="-1436568">a) operator tomonidan taqdim etiladigan mobil aloqa xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436569" id="-1436569">b) operatorning mobil aloqa tarmogʻiga xizmat koʻrsatish zonasi toʻgʻrisida axborot berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436571" id="-1436571">v) mobil aloqa xizmatlariga tariflar toʻgʻrisida axborot berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436573" id="-1436573">g) abonent shaxsiy hisob raqamining holati toʻgʻrisida axborot berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436574" id="-1436574">d) axborot-maʼlumot xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436575" id="-1436575">e) operator (filiallari)ning rekvizitlari (joylashgan oʻrni) va ish tartibi toʻgʻrisida axborot berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436576" id="-1436576">j) abonentdan texnik nosozliklar, SIM-karta yoki abonent qurilmasi yoʻqolganligi (SIM-kartalardan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun), abonentning shaxsiy maʼlumotlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436577" id="-1436577">z) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida axborot berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436580" id="-1436580">Bepul axborot-maʼlumot xizmatlarining roʻyxati operator tomonidan mustaqil kengaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436581" id="-1436581">17. Operator pulli axborot-maʼlumot xizmatlarining roʻyxatini mustaqil ravishda belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436582" id="-1436582">18. Operator taqdim etiladigan xizmatlar, ularni taqdim etish va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tartibi, ushbu xizmatlarga tariflar, mobil aloqadan foydalanishda cheklanishlar toʻgʻrisida abonentlarni, shuningdek mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnomani tuzish istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarni xabardor qilishga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436583" id="-1436583">Tariflar, xizmat koʻrsatish tartibi, hisob-kitoblar shakli va tartibi oʻzgargan holda, operator abonentlarni bu haqda ommaviy axborot vositalari va (yoki) oʻzi tanlagan boshqa usulda xabardor qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436584" id="-1436584">Operator tarmogʻida mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishining toʻxtatilishiga olib keladigan yirik avariyalar yuz berganda, operator abonentlarni bu haqda, shuningdek xizmatlarni koʻrsatish tiklanishining taxminiy muddatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436585" id="-1436585">19. Operator har bir abonentga tegishli xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan yagona raqamlarni abonent tomonidan terish yordamida favqulodda tezkor xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini taʼminlashi kerak. Favqulodda tezkor xizmatlarga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436586" id="-1436586">a) yongʻinga qarshi yordam;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436587" id="-1436587">b) ichki ishlar organlari (militsiya);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436588" id="-1436588">v) tez tibbiy yordam;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436589" id="-1436589">g) gaz tarmogʻining avariya xizmati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436590" id="-1436590">d) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1436591" id="-1436591">3-§. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma tuzish tartibi va shartlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436592" id="-1436592">20. Mobil aloqa tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash va mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish operator va abonent oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436593" id="-1436593">21. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436594" id="-1436594">22. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma ikki tomonlama shartnoma boʻlib, u tuzilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436595" id="-1436595">23. Abonent va operator oʻrtasidagi shartnoma maʼlum muddatga yoki uni koʻrsatmasdan tuzilgan boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436596" id="-1436596">24. Shartnomada quyidagilar aks etgan boʻlishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436597" id="-1436597">a) shartnoma predmeti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436598" id="-1436598">b) shartnoma tuzilgan sana va joyi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436599" id="-1436599">v) operator nomi (firma nomi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436600" id="-1436600">g) operatorning bank rekvizitlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436601" id="-1436601">d) abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari — jismoniy shaxs uchun, nomi (firma nomi), bank rekvizitlari, joylashgan yeri — yuridik shaxs uchun);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436602" id="-1436602">e) operatorga raqamlash zaxirasidan ajratilgan abonent raqamini abonentga taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436603" id="-1436603">j) shartnomani tuzishda abonent tomonidan tanlangan xizmatlar roʻyxati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436604" id="-1436604">z) hisob-kitoblar tartibi, muddatlari va shakli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436605" id="-1436605">i) hisobni yetkazib berish usuli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436606" id="-1436606">k) tomonlar huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436607" id="-1436607">Shartnomadagi abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgarishlar qoʻshimcha toʻlov undirilmasdan kiritilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436608" id="-1436608">Shartnomada qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga zid kelmaydigan boshqa shartlar boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436609" id="-1436609">25. Operator abonentni alohida haq evaziga koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishga majburlashga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436610" id="-1436610">26. Operator bitta xizmatni koʻrsatish texnologik jihatdan boshqa xizmat bilan shart qilib qoʻyilgan holatdan tashqari, mobil aloqaning bitta xizmatini koʻrsatish uchun aloqaning boshqa xizmatlarini koʻrsatishni shart qilib qoʻyishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436611" id="-1436611">27. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436612" id="-1436612">a) abonentning tashabbusi boʻyicha, bekor qilish sababi koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan holda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436613" id="-1436613">b) operatorning tashabbusi boʻyicha, ushbu Qoidalar yoki shartnoma shartlarida belgilangan talablar abonent tomonidan buzilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436614" id="-1436614">v) agar abonent — jismoniy shaxs vafot etganda yoki abonent — yuridik shaxs tugatilganda tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436615" id="-1436615">g) davlat organining hujjat qabul qilishi natijasida tomonlarning oʻz majburiyatlarini bajarish imkoni boʻlmay qolgan taqdirda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436616" id="-1436616">d) shartnomada yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436617" id="-1436617">28. Shartnoma bekor qilinganda, tomonlar oʻzlarining barcha majburiyatlari boʻyicha hisob-kitoblarini amalga oshirishlari kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1436618" id="-1436618">4-§. Operatorning huquq va majburiyatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436619" id="-1436619">29. Operator quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436620" id="-1436620">a) abonentlarga xizmatlar koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436621" id="-1436621">b) abonent tomonidan shartnoma shartlari buzilgan hollarda xizmatlarni toʻxtatish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436622" id="-1436622">v) mobil aloqa tarmogʻida xabarlarni uzatishda xavfsizlikni taʼminlash va tarmoq abonentlariga koʻrsatilayotgan xizmatlarning tegishli sifatini taʼminlash maqsadida, normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishining toʻxtatilishi nazarda tutilgan texnik tadbirlarni oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436623" id="-1436623">g) abonentning aybi bilan koʻrilgan moddiy zarar qoplanishini talab qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436624" id="-1436624">Operator qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436625" id="-1436625">30. Operator quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436626" id="-1436626">a) oʻz faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlariga va mazkur Qoidalarga hamda mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436627" id="-1436627">b) xizmat koʻrsatish zonasida mobil aloqa tarmogʻining ishini foydalanilayotgan standartning texnik normalariga muvofiq taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436628" id="-1436628">v) mobil aloqa xizmatlarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrsatilishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436629" id="-1436629">g) koʻrsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini shartnomada yoki qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bartaraf etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436630" id="-1436630">d) shartnomada belgilangan muddatlarda koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisoblarni berish, ularni abonentlarga shartnomada koʻrsatilgan usul bilan taqdim etish, abonentlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436631" id="-1436631">e) abonentdan toʻlov olingandan keyin, abonentga mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishini tiklash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436632" id="-1436632">j) abonentning talabi boʻyicha abonent shaxsiy hisobvaragʻidagi oʻzaro hisob-kitoblarning joriy holati toʻgʻrisidagi batafsil axborotni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436633" id="-1436633">z) mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishi toʻxtagan hollarda, abonent tomonidan operatorning aybi bilan xizmatlar koʻrsatilmagan vaqt uchun operatorga ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab, abonent toʻlovini qayta hisoblab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436634" id="-1436634">i) abonentning yozma arizasi boʻyicha, agar abonent uchun boshqa maqbul usul operator tomonidan belgilanmagan boʻlsa, SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) yoʻqolganda, xizmatlarning koʻrsatilishini zudlik bilan toʻxtatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436635" id="-1436635">k) abonentlarning shikoyatlarini 30 kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436636" id="-1436636">Operatorga qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklatilgan boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436637" id="-1436637">31. Operator abonentlarga quyidagi axborotni taqdim etishga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436638" id="-1436638">a) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436639" id="-1436639">b) koʻrsatilayotgan xizmatlarning roʻyxati, shuningdek ularni koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436640" id="-1436640">v) xizmat koʻrsatish zonasi oʻzgarganligi toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436641" id="-1436641">g) yangi tariflar joriy qilingunga qadar kamida 10 kun oldin xizmatlarga tariflar oʻzgarganligi toʻgʻrisida, agar bu oʻzgartirishlar abonent holatini yomonlashtirsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436642" id="-1436642">d) abonentlarga xizmat koʻrsatish punktlari ish rejimi oʻzgarganligi toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436643" id="-1436643">e) oʻz rekvizitlarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1436644" id="-1436644">5-§. Abonentning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436645" id="-1436645">32. Abonent quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436646" id="-1436646">a) amaldagi tariflarga, xizmatlar tavsifi va xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarga, shuningdek operator tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlarga muvofiq shartnomada koʻzda tutilgan mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436647" id="-1436647">b) operatordan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnomada belgilangan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436648" id="-1436648">v) operator axborot-maʼlumot xizmatining xizmatlaridan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436649" id="-1436649">g) barcha amalga oshirilgan ulanishlarning sanasi va vaqti, ularning davomiyligi va abonent raqamlarini koʻrsatgan holda, operator tomonidan belgilangan tartib va shartlarda barcha xizmat turlari boʻyicha batafsil hisobni bepul olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436650" id="-1436650">d) ushbu Qoidalarning talablari va shartnoma shartlariga rioya qilgan holda, shuningdek muayyan hududda (aeroport, samolyot, antenna maydoni va boshqalar) amal qiladigan alohida qoidalarni hamda toʻsqinlik qilishi yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarda (tibbiyot muassasalari, yoqilgʻini saqlash va qayta yuklash hududi, portlash ishlarini oʻtkazish joylarida va boshqalar) cheklanishlarni hisobga olgan holda, istalgan abonent qurilmasidan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436651" id="-1436651">e) favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirishda, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan hollarda mobil aloqa xizmatlaridan bepul foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436652" id="-1436652">j) unga roziligisiz taqdim etilgan xizmatlar uchun toʻlovini toʻlashni rad etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436653" id="-1436653">z) operator tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar boʻyicha takliflar va eʼtirozlar bilan operatorga murojaat etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436654" id="-1436654">i) operator aybi bilan koʻrilgan zararlarni qoplanishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436655" id="-1436655">k) operator xizmatlaridan foydalanishni toʻxtatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436656" id="-1436656">l) shartnomada koʻzda tutilgan tartibda operator bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436657" id="-1436657">m) operator shartnomani bajarmasa yoki xizmatlar shartnomada koʻrsatilgan muddatda koʻrsatilmasligi aniq boʻlsa, shartnomani bajarishdan bosh tortish va zararlarni qoplashni talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436658" id="-1436658">n) operator tomonidan, koʻrsatiladigan xizmatlar sifatining yomonlashishiga olib keladigan darajada shartnoma shartlaridan jiddiy chetga chiqishga yoʻl qoʻyilgan yoki boshqa jiddiy kamchiliklar yuzaga kelgan hollarda, oʻz xohshiga koʻra: kamchiliklarni bepul bartaraf etish, koʻrsatilgan xizmatlar narxini mos ravishda kamaytirish, takroran xizmatlarni koʻrsatish, keltirilgan zararlarni toʻliq qoplagan holda shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436659" id="-1436659">Abonent qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436662" id="-1436662">33. Abonent quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436663" id="-1436663">a) ushbu Qoidalarga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436664" id="-1436664">b) shartnoma shartlarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436665" id="-1436665">v) operatorga SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartalardan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) yoʻqolganligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabar berish. Abonent tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, u yoʻqotilgan SIM-karta yoki abonent qurilmasidan (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) foydalangan holda olingan operator tomonidan koʻrsatilgan mobil aloqa xizmatlariga toʻlov boʻyicha, operator abonentning ularning yoʻqolganligi va xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatish istagi toʻgʻrisidagi arizasini olgan kunigacha majburiyatga ega, agar abonent uchun qulay boʻlgan xabar qilishning boshqa usuli operator tomonidan koʻzda tutilmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436666" id="-1436666">g) koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni oʻz vaqtida toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436667" id="-1436667">d) 30 kun davomida operatorga maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi — jismoniy shaxs uchun, nomi (firma nomi), joylashgan yeri — yuridik shaxs uchun) oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabar berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436668" id="-1436668">Abonent qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1436669" id="-1436669">6-§. Abonentlar bilan hisob-kitoblar va mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436670" id="-1436670">34. Abonentlar bilan hisob-kitoblar va mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi mobil aloqa xizmatlariga tariflar asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436671" id="-1436671">35. Mobil aloqa xizmatlariga tariflar operatorlar tomonidan shartnoma asosida mustaqil belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436672" id="-1436672">36. Mobil aloqa tarmogʻi boʻyicha ulanish davomiyligining tarifikatsiya birligi operator tomonidan belgilanadi. Tarifikatsiya birligi bir minutdan koʻp boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436673" id="-1436673">37. Ulanishning davomiyligini hisobga olish operator tomonidan qabul qilingan tarifikatsiya birligiga muvofiq olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436674" id="-1436674">38. Toʻlov miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan mobil aloqa tarmogʻi boʻyicha ulanish davomiyligi chaqiriluvchi abonent yoki abonent javob bergan deb tenglashtirilgan javob signali boʻlgan uskuna javob bergan sekunddan boshlab chaqiruvchi yoki chaqiriluvchi abonent yoki shu uskuna soʻzlashuvi tugagan vaqtgacha hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436675" id="-1436675">Operator tomonidan belgilangan minimal hisoblangan vaqt birliklarida hisoblangan ulanishlar davomiyligi toʻliq birlikkacha yaxlitlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436676" id="-1436676">Operator ushbu Qoidalarga nisbatan abonent holatini yomonlashtirmaydigan mobil aloqa xizmatlarining tarifikatsiya qoidalarini mustaqil belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436677" id="-1436677">39. Mobil aloqa xizmatlariga tariflar mobil aloqaning ayrim xizmatlari yoki mobil aloqa xizmatlarining toʻplamiga tariflar (tarif rejalari) koʻrinishida belgilanishi mumkin. Tarif rejasi bir kecha-kunduz vaqt, hafta kunlari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari boʻyicha, shuningdek koʻrsatilayotgan mobil aloqa xizmatlarining toʻplami va hajmi boʻyicha differensiyalangan tariflar belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436678" id="-1436678">40. Tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning quyidagi turlari qoʻllanilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436679" id="-1436679">a) abonentning aniq (hisobot) davri uchun toʻlov miqdori haqiqiy olingan mobil aloqa xizmatlarining hajmiga bogʻliq boʻlmagan doimiy kattalik hisoblanadigan abonentlik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436680" id="-1436680">b) abonentning toʻlov miqdori hisobot davri davomida taqdim etilgan abonentning tashabbusi bilan amalga oshirilgan ulanishlar davomiyligining summasiga bogʻliq boʻlgan vaqtbay;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436681" id="-1436681">v) toʻlov miqdori amalda koʻrsatilgan mobil aloqa xizmatlari uchun aniqlanadigan har bir koʻrsatilgan mobil aloqa xizmati uchun.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436682" id="-1436682">Tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning bir nechta turlarini birga qoʻshishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436683" id="-1436683">41. Mobil aloqa xizmati uchun toʻlov tarifikatsiyaning birlik miqdori bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436684" id="-1436684">42. Chaqiriluvchi shaxsning javobiga tenglashtirilgan va ulanish davomiyligining hisobi boshlanadigan javob signaliga ega abonent qurilmasiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436685" id="-1436685">a) axborotni avtomatik qabul qilish rejimida ishlaydigan modem yoki faksimil apparat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436686" id="-1436686">b) avtojavob bergich bilan jihozlangan istalgan abonent qurilmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436687" id="-1436687">v) chaqiriluvchi shaxs boʻlmagan vaqtda axborot bilan almashish imkoniyatini taʼminlaydigan (yoki imitatsiyalaydigan) boshqa abonent qurilmalari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436688" id="-1436688">43. Operator koʻrsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari uchun hisob-kitob davrini mustaqil belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436689" id="-1436689">44. Hisob-kitoblar shakli va tartibi texnologik imkoniyatlardan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda operator tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436690" id="-1436690">Mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek hisobotlarning avans yoki kredit shakli boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436692" id="-1436692">45. Koʻrsatilgan mobil aloqa xizmatlarini hisoblash uchun tegishli xizmatlarni koʻrsatish vaqtida amalda boʻlgan tarifdan foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436693" id="-1436693">46. Abonentlar bilan barcha hisob-kitoblar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartib va shartlarda olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436694" id="-1436694">Koʻrsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari uchun hisob-kitoblar amalga oshirilganda, xorijiy valyuta, shuningdek xorijiy valyutada toʻlov hujjatlaridan foydalanishga qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436695" id="-1436695">47. Abonent tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi <a href="/en/acts/-33150">Qonunida</a>, ushbu Qoidalar va shartnomada belgilangan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha talablar buzilgan holatlarda, buzilishlar bartaraf etilgunga qadar operator mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishini toʻxtatish huquqiga ega. Bunda, mobil aloqa tarmogʻidan foydalana olish va abonent tomonidan favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirish imkoniyati saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436696" id="-1436696">48. Operator tomonidan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻxtatilgandan keyin abonent shartnoma va qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatda aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish huquqiga ega. Aniqlangan buzilishlar bartaraf etilgandan keyin mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tiklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436697" id="-1436697">49. Taqdim etilgan mobil aloqa xizmatlarini kredit bilan toʻlash muddatini operator mustaqil belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436698" id="-1436698">50. Mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi uchun mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni operatorga yetkazish uchun foydalaniladigan, belgilangan usul bilan kodlangan axborotga ega oldindan toʻlov kartasidan (bundan keyin matnda — karta deb yuritiladi) foydalanish mumkin. Kartada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436699" id="-1436699">a) kartani chiqargan operatorning nomi (firma nomi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436701" id="-1436701">b) toʻlanganligini karta tasdiqlaydigan toʻlov miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436702" id="-1436702">v) kartaning amal qilish muddati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436703" id="-1436703">g) operatorning maʼlumot (bogʻlanish) uchun telefonlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436705" id="-1436705">d) kartadan foydalanish qoidalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436706" id="-1436706">e) kartaning identifikatsiya raqami.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436707" id="-1436707">51. Shartnoma bekor qilingan hollarda, abonent avans sifatida kiritilgan pul mablagʻlarini qaytarish uchun operatorga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda, operator pul mablagʻlarining foydalanilmagan qoldigʻini qaytarishga majbur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1436709" id="-1436709">7-§. Tomonlarning javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436710" id="-1436710">52. Operator va abonent Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq javobgar boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436712" id="-1436712">53. Abonent huquqini cheklab qoʻyadigan va qonun hujjatlariga zid keladigan shartnoma shartlari haqiqiy emas deb topiladi. Agar ularning qoʻllanilishi natijasida abonentga zarar yetkazilsa, ular operator tomonidan qonun bilan belgilangan tartibda qoplanishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436714" id="-1436714">54. Operator tuzilgan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun quyidagi holatlarda abonent oldida javobgardir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436715" id="-1436715">a) mobil aloqa tarmogʻidan foydalana olishni taʼminlash muddatlarining buzilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436716" id="-1436716">b) shartnomada belgilangan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish muddatlarining buzilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436717" id="-1436717">v) shartnomada koʻrsatilgan va abonent tomonidan talab qilingan mobil aloqa xizmatlarining barcha turlarini koʻrsatmaganlik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436718" id="-1436718">g) mobil aloqa xizmatlarini sifatsiz koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436719" id="-1436719">d) mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq axborotni taqdim etilmaganligi, toʻliq taqdim etilmaganligi yoki kechiktirib taqdim etilganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436720" id="-1436720">e) shartnomani bajarish natijasida operatorga maʼlum boʻlgan abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tarqalishini cheklash toʻgʻrisidagi talablarning buzilishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436722" id="-1436722">Operator qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa holatlarda ham javobgardir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436723" id="-1436723">55. Xizmatlarni koʻrsatish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari shartnomada belgilanadi. Koʻrsatilayotgan xizmatlarning kamchiliklari abonent tomonidan daʼvo berilgan kundan boshlab 20 kun davomida operator tomonidan bartaraf etilishi kerak (agar bunda qisqa muddat shartnomada belgilanmagan boʻlsa).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436724" id="-1436724">56. Obyektiv sabablarga koʻra operator kamchiliklarni bartaraf etmasa, ushbu muddat uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436726" id="-1436726">57. Agar majburiyatlarning bajarilmaganligi yengib boʻlmaydigan kuch natijasi boʻlsa yoki abonentning aybi bilan yuz bergan boʻlsa, operator abonent oldida javobgarlikka ega emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436728" id="-1436728">58. Nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1436729" id="-1436729">8-§. Yakuniy qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1436732" id="-1436732">59. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1436733" id="-1436733">Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1436735" id="-1436735">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1436736" id="-1436736">2008-yil 26-dekabr</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1436512" id="-1436512">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 67-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
